OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifO.Genri
Asar nomiYigirma yildan soʻng (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Amerika adabiyoti
Boʻlimlar
   - Yumor
Mualliflar
   - O.Genri
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonAmir Fayzulla (Ruschadan)
Hajm8KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Kitob dunyosi» gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Yigirma yildan soʻng (hikoya)
O.Genri

Politsiyachi posbon koʻchadan vajohat bilan oʻtib borardi. U yakkam-dukkam uchraydigan yoʻlovchilarni hayratga solish uchun ataylab vajohatli koʻrinayotgandir, balki bu unga odat boʻlib qolgandir. Havo nam, hali soat kechki oʻn boʻlib ulgurmagan esa-da, qattiq esayotgan shamoldan yomgʻir hidi kelardi, koʻchalar deyarli boʻm-boʻsh edi.

Yoʻl-yoʻlakay eshiklarni tekshirgan, chaqqon va gʻalati harakatlar bilan tayoqchasini silkitgancha ora-sira oʻz mulkining barcha burchaklariga ziyrak nigoh tashlagan koʻyi boʻydor, baquvvat gavdali, oyoqlarini xiyol kerib yuruvchi politsiyachi jamoatchilik osoyishtaligini ta’minlovchi posbonning ajoyib qiyofasini oʻzida mujassam etgandi. Unga tegishli daha ahli allaqachon osuda uyquda. Faqat allaqayerlarda, tamaki doʻkonimi yoki tungi bardami, hamon chiroqlar miltillaydi. Bu atrofdagi binolarning koʻpchiligini idoralar band qilgan, ular esa allaqachon berkilib boʻlgandi.

Mahallalardan birining yarmiga yetar-etmas politsiyachi birdan odimini sekinlatdi. Qorongʻilikda, temir buyumlar sotiladigan doʻkon eshigi yonida ogʻzida yondirilmagan sigareta tishlagan bir odam turardi. Politsiyachi unga qarab yurgan zahoti u tez-tez gapira ketdi.
– Hammasi joyida, serjant, – dedi noma’lum kishi xotirjam ohangda. – Oshnamni kutib turibman, bor-yoʻgʻi shu. Mana shu uchrashuvni u bilan yigirma yil muqaddam kelishib olgandik. Bu sizga sal gʻalati tuyulsa kerak, shundaymi? Nachora, istasangiz, buni bir boshdan tushuntirib beray, koʻnglingiz tortarmidi? Hozir mana bu doʻkon turgan joyda ilgari «Ota Jo Bredi» restorani boʻlguvchi edi.
– Besh yil oldin, – dedi politsiyachi, – oʻsha uyni buzib tashlashdi.

Notanish kishi gugurtni «chirt» yoqib, sigara tutatdi. Gugurt alangasida uning yuzi, chorburchak jagʻi, oʻtkir koʻzlari va oʻng qoshi yonidagi kichkina oq chandiq koʻrindi. Yupqa boʻyinbogʻidagi yirik olmos koʻzli toʻgʻnogʻich charaqlab ketdi.
– Bugun, – soʻzida davom etdi haligi kishi, – «Ota Bredi»da mening eng yaxshi oʻrtogʻim va dunyodagi eng ajoyib yigit Jim Uels bilan birga ovqatlanganimga roppa-rosa yigirma yil boʻldi. Ikkalamiz ham shu Nyu-Yorkda tugʻishgan aka-ukalardek birga katta boʻlganmiz. Tong otishi bilan baxtimni qidirib, men oʻarbga yoʻl olardim. Men oʻn sakkizga qadam qoʻygan, Jim esa yigirma bahorni koʻrgan boʻz yigitlar edik. Jimmini Nyu-Yorkdan sugʻurib olib chiqish oʻlimdan qiyin edi, u bu shaharni yer yuzidagi yagona ma’qul va manzur joy deb bilardi. Xullas, oʻsha oqshom biz rosa yigirma yildan keyin uchrashishga kelishdik, hayotimiz qanday kechmasin va taqdir bizlarni har qancha uzoqqa uloqtirmasin, oʻsha kun, oʻsha soatda uchrashishimizni shart qilib qoʻydik. Biz shuncha vaqt ichida bemalol ahvolimizni oʻnglab, baxtimizni qaror toptirib olamiz, deb oʻylagandik.
– Juda qiziq ish boʻlgan ekan-ku, – gap qotdi politsiyachi. – Garchi, nazarimda, uchrashuvlar oraligʻidagi muddat hazilakam boʻlmasa-da. Xoʻsh, nima boʻldi, ajrashganlaringizdan buyon oshnangizdan dom-darak topoldingizmi, ishqilib?
– Yoʻq, dastlabki vaqtlarda bir-birimizga xat yozib turdik. Biroq, bir yo ikki yil oʻtib, bir-birimizni izsiz yoʻqotdik. oʻarbni oʻzingiz bilasiz, oʻziga yetgancha keng yurt, mening esa unda bormagan joyim qolmadi. Ammo bir narsaga imonim komil edi: agar oʻlib ketmagan boʻlsa, Jimmi shartlashilgan joyga, albatta, keladi. Bunday vafodor va subutli doʻstni kunduz chiroq yoqib topolmaysan. Uni esdan chiqarishi mumkin emas. Bu yerga vaqtida yetib kelish uchun necha ming millik yoʻlni bosib oʻtdim, agar Jim ham soʻzida tursa, bundan sira pushaymon boʻlmayman, albatta.

U bashang soatini chiqardi – soatning qopqogʻiga mayda olmos donachalari qadalgan edi.
– Uch daqiqasi kam oʻn, – dedi u. – Biz restoran eshigi oldida ajrashganimizda soat roppa-rosa oʻn edi.
– Nazarimda, oʻarbda ishlaring yomon ketmagan, shekilli? – oʻsmoqchilab soʻradi politsiyachi.
– O’-hoʻ, boʻlmasa-chi! Agar mening yarim omadim Jimga kulib boqqanida, doʻppimni osmonga otardim. O’zi biroz lanjroq boʻlsa-da, bahosi yoʻq yigit. Unga gap uqtirgunimcha naq ona sutim ogʻzimga kelgandi. Nyu-Yorkda esa odam toʻnkaligicha qolib ketadi. Faqat oʻarb odamni charxlaydi.

Politsiyachi tayogʻini aylantirib, bir qadam olgʻa yurdi.
– Boʻpti, men boray. Ishqilib, doʻstingiz aytilgan vaqtda kelsin-da. Juda soniyama-soniya aniq kelishini talab qilmassiz undan?
– Ha, albatta. Koʻpi bilan yana yarim soat kutaman-da. Agar joni omon boʻlsa, shu paytgacha, albatta, yetib kelishi kerak edi. Yaxshi boring, serjant.
– Tuningiz xayrli boʻlsin, ser, – politsiyachi eshiklarni yoʻl-yoʻlakay koʻzdan kechirgancha kelgan yoʻlida davom etdi.

Endi yomgʻir maydalab, shigʻalab yogʻa boshlagandi, oʻqtin-oʻqtin esib turgan shamol ham bir maromga oʻtib, izgʻiringa aylangandi. Yoqalarini koʻtarib va qoʻllarini choʻntaklariga suqib olgan siyrak yoʻlovchilar ma’yus va holda ovoz chiqarmay, shoshib oʻtib ketishardi. Necha ming millab yoʻl bosib kelgan kishi esa doʻstiga boʻlgan qariyb bema’ni va’dasida turmoq uchun sigarasini tortgancha kutib qolaverdi.

Yigirma daqiqacha oʻtgach, paltosini quloqlarigacha koʻtarib olgan baland boʻyli odam koʻchani shoshib kesib oʻtdi-da, doʻkon eshigi oldida kutib turgan kishi tomon qarab yurdi.
– Bu senmisan, Bob? – soʻradi yangi kelgan odam ishonqiramay.
– Sen Jimmi Uels emasmisan? – oʻsha zahoti javob qaytardi unisi.
– Yo Parvardigor! – dedi novcha odam sigarali kishining har ikkala qoʻlini qoʻllari bilan tutib. – Qara-ya, Bob ekaning kunday koʻrinib turibdi. Agar hali ham yorugʻ olamda bor boʻlsang, seni bu yerda topishimga zarra shubha qilmagandim. Buni qara-ya! Yigirma yil – hazilakam gap emas. Koʻrdingmi, Bob, restoranimizni buzib tashlashibdi. Afsus, oʻshanda sen bilan ikkovimiz kechki ovqatni qanaqangi tushirgandik unda. Xoʻsh, gapir, doʻstim, oʻarbda kunlaring ne kechdi?
– Zoʻr. U yerda nasibamga nima yozilgan boʻlsa, hammasiga erishdim. Sen esa butunlay oʻzgarib ketibsan, Jim. Esimda, sen mendan ikki-uch dyum pastroq eding.
– Ha, yigirmaga toʻlganimdan keyin biroz boʻyga tortdim.
– Sening ishlaring qalay, Jimmi?
– Chidasa boʻladi. Shahar muassasalaridan birida xizmat qilaman. Boʻpti, Bob, ketdik. Men bir kunjakni bilaman, ikkovimiz u yerda xumordan chiqquncha gaplashamiz, eski paytlarni eslaymiz.

Ular bir-birlarining qoʻltigʻidan olib, yoʻlga tushishdi. Bob oʻarbdan omadi yurishib, koʻzini yogʻ bosib kelgani, ishdagi muvaffaqiyatlari haqida labi labiga tegmay hikoya qila ketdi. Boshini yoqasi ichiga biratoʻla tiqib olgan sherigi esa uni qiziqish bilan tinglar edi.

Mahalla burchagida dorixona doʻkonining chirogʻi miltillardi. Yoruqqa yaqin kelib, har ikkala yoʻlovchi bir vaqtda bir-biriga qarab burildi-da, bir-birining yuziga koʻz tashladi. oʻarbdan kelgani birdan toʻxtadi va qoʻlini oldi.
– Siz Jim Uels emassiz, – dedi u shartta. – Yigirma yil – uzoq muddat, ammo kishining rimcha burni tugmachadek boʻlib qoladigan darajada uzoq emas.
– Bu muddat ichida ajabtovur odam ham muttahamga aylanadi goho, – javob berdi novchasi. – Gap bunday, Bob, oʻn daqiqa boʻldiki, siz hibsdasiz, Chikagoda xuddi shuni taxmin qilishgandi, siz, albatta, bizning yerlarga kelib-ketishni kanda qilmaysiz, siz bilan suhbat qurishimiz mumkinligini ham xabar qilishgandi. Xoʻsh, ortiqcha shovqin-suron koʻtarish niyatingiz yoʻqmi, mabodo? Unday boʻlsa, oqilona yoʻl tutganingizdan minnnatdorman. Endi esa sizni politsiyaga topshirishdan oldin men yana bir topshiriqni bajarishim kerak. Mana bu xatni oling. Uni shu yerda, deraza oldida oʻqib koʻrishingiz mumkin. Buni menga Uels politsiya posboni berdi.

oʻarbdan kelgan odam uzatilgan bir parcha qogʻozni ochdi. Xatni oʻqib boʻlgach, uning qattiq qoʻllari xiyol titradi. Xat qisqagina edi:

«Bob! Men tayinlangan joyga vaqtida yetib keldim. Sen gugurt chaqqaningda, men Chikago qidirayotgan odamning basharasini tanib qoldim. Men bu ishni oʻzim qila olmasdim va seni hibsga olish uchun oʻzimizning mahalliy agentlardan birini yubora qoldim.

Jimmi».