OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Odil Yoqubov. Fotiha (etyud)
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOdil Yoqubov
Asar nomiFotiha (etyud)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Odil Yoqubov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Etyudlar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Fotiha (etyud)
Odil Yoqubov

Qishloqda rasm bor: olti-etti oy, hatto bir yildan keyin borsangiz ham bu orada vafot etgan tanish-bilishlarga fotiha oʻqib, oila a’zolariga ta’ziya bildirishingiz kerak.

Qishloqqa bir borganimda, bizning soy mahalladan yosh bir yigit vafot etganini aytib qolishdi. Moʻysafid amakim va oʻqituvchi jiyanim bilan marhumga fotiha oʻqigani bordik.

Men marhumni bolaligidan tanir edim. U eri frontda halok boʻlgan, mushtipar bir bevaning yolgʻiz oʻgʻli edi.

Yigit armiya safida uch yil xizmat qilib, u yerdan yaxshigina montyor boʻlib, rus qiziga uylanib qaytgan, lekin koʻp oʻtmay, toʻgʻon qurilishidan tok urib oʻlgan edi.

Bu voqea men borishdan qariyb bir yil avval sodir boʻlgan, bu orada kelin ham Rossiyaga ketib qolgan edi.

Mushtipar ona qizining uyiga koʻchib oʻtgan ekan, bizni kuyov bola boʻlsa kerak, oliftalarcha kiyingan, yosh, quvnoq bir yigit qarshi oldi va derazalari toqqa qaragan katta chorsi xonaga boshlab kirdi.

Uyning toʻrida, boshida koʻk doka roʻmol, ozgʻingina bir xotin koʻrpa qavib oʻtirardi. Biz kirishimiz bilan ayol oʻrnidan turdi va roʻmolini yuziga tortganicha chetlab yurib, togʻ tomondagi ichkarigi uyga kirib ketdi.

Amakim fotiha oʻqidi. Keyin dasturxon yozildi. Choy ustida gap-soʻz, har xil hangomalar. Kuyov bola ham xushchaqchaq yigit ekan, u yoq-bu yoqdan gapirib, kuldirib oʻtirdi. Nihoyat, bir-ikki piyola choy ichilgach, qoʻzgʻaldik.

Biz hovliga chiqib, koʻchaga burilganimizda qaerdandir orqadan, bogʻ tomondagi uydan, hazin bir kuy qulogʻimga chalinganday boʻldi. Beixtiyor qadamimni sekinlatdimu a’zoyi-badanim qaqshab ketdi. Men kuy, deb oʻylagan tovush kuy emas, ona yigʻisi edi!.. Ona sekin, goʻyo bizdan iymanganday, goʻyo xushchaqchaq kuyov bolasi eshitib qolishidan qoʻrqqanday, ohista yoʻqsab, nimalarnidir aytib yigʻlardi. Uning soʻzlarini tushunib boʻlmas, lekin nima deyayotganini hazin kuyday mungli ovozi oʻzi aytib turar, u kimgadir zorlanar, faryod chekar, nola qilar edi.

Nega biz bu ostonaga keldik? Nega mushtipar onaning bitmagan yarasini qayta tirnadik? Nega dasturxon ustida gurunglashib oʻtirdik, hiringlashib kulishdik? Axir biz uchun u yigitning oʻlganiga bir yil oʻtgan boʻlsa oʻtgandir, lekin ona-chi? Ona uchun oʻgʻlining oʻchmas siymosi koʻz oldida hanuzgacha turgandir, axir?

Shu-shu biror joyga fotihaga borsam, boʻlakcha mungga, qandaydir yuksak musibat, ovunchsiz nolaga toʻla oʻsha tovush esimga tushadi. Bu tovush birovlarning musibatini chuqurroq his qilishga, sukut saqlashga da’vat etadi.