OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Odil Yoqubov. Qalampir (etyud)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOdil Yoqubov
Asar nomiQalampir (etyud)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Odil Yoqubov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Etyudlar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qalampir (etyud)
Odil Yoqubov

Abdulla akaning «Oʻtmishdan ertaklar» asari muhokamasida bir masala ustida qattiq munozara boʻldi.

Asarda, munozara ishtirokchilarining tili bilan aytganda, bitta «nozik» joy bor: qishloqda usta Qahhorning nafasi oʻtkir emish, — degan gap tarqab ketadi-yu, kasalga chalingan qiz-juvonlar uning hujrasiga serqatnov boʻlib qolishadi. Shu sababdan qishloqda har xil mish-mish gap tarqab, janjalga aylanadi va axir-oqibat usta Qahhor istiqomat qilib turgan joyidan koʻchishga majbur boʻladi.

Muhokama qatnashchilarining aksariyati bu epizod usta Qahhor obraziga putur yetkazadi, — degan bahonada Abdulla akadan uni asardan olib tashlashni iltimos qilishdi. Men asar chiqqandan keyin ham bir-muncha odamlar bu epizoddan norozi boʻlib yurganlarini, «Axir bu voqealar yoshlarimizga ibrat boʻlolmaydi-ku!» deganlarini eshitdim.

Bizning adabiy muhitimizda shu yoʻsindagi gaplar koʻp boʻladi. Nega? Masalaga bu tarzda yondashish realizm an’analariga yot-ku? Ulkan realistik adabiyot bunaqa «nozik» voqealarni tasvirlashdan hech qachon «qochgan» emas.

Bittagina misol: M. Sholoxovning «Tinch don» romanida Aksinyani oʻz otasi zoʻrlaydi, Mitka Korshunov Natalyani ta’qib etadi, Darya qaynatasi Panteley Prokofevichga osiladi. Qalampir ta’mi keladigan bunaqa joylar romanda ancha-muncha bor...

Shubhasiz, «Tinch Don»ni olamga mashhur qilgan narsa bunaqa «yalangʻoch» joylar emas, lekin romanning bu joylarini olib tashlang-chi, asar, achchiq boʻlsa ham, boʻlakcha «maza» berib turgan bir ta’mdan, qalampir ta’midan mahrum boʻlmasmikan? Albatta, qalampir hammaga ham yoqavermaydi, biroq... nega endi bitta-ikkita me’dasi buzuq oshxoʻrlarni deb, xushboʻy, serqalampir osh oʻrniga, boʻtqa shovla yer ekanmiz?