OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Odil Yoqubov. Xol (etyud)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOdil Yoqubov
Asar nomiXol (etyud)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Odil Yoqubov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Xol (etyud)
Odil Yoqubov

Rahmatli buvim ona tovuqqa oʻxshagan, nevara, evara, chevaralarini bagʻridan chiqarmaydigan, mehribon, muloyim bir kampir edilar.

U kishi yoshligida xushroʻy boʻlganlar, koʻzlari katta katta, labining ustida, burnining chap tomonida noʻxatdek qora xoli bor edi.

Uzun qish kechalari biz buvimlarning boshidan kechirgan sarguzashtlarini, birinchi eridan chekkan jafolarini (u kishi uch marta turmush qurgan, shuning uchun ham nevaralari uyiga sigʻmas edi!) etimiz jimirlab eshitardik. Esimda bor, bir kuni katta xolamning boʻyiga yetgan qizi kampirni quchoqlab:
— Buvijon! — dedi erkalanib. — Koshkiydi, xudo shu husni-jamolingizni, mana bu qora xolingizni menga bersa!

Buvim boshini chayqab kulimsiradilar, soʻng:

— Hasad qilmay qoʻyaqol, jon qizginam! — dedilar ma’yus. — Bu hol oʻlgur boshimga qanaqa savdolarni solmagan, aylansin buving!