OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOmonullo Abdusalomov
Asar nomiPushaymon (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Omonullo Abdusalomov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/17
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Pushaymon (hikoya)
Omonullo Abdusalomov

Darsga qoʻngʻiroq chalindi. 6 «G« sinf oʻquvchilari maktab ustaxonasiga kirishdi. Mehnat ta’limi oʻqituvchisi Umrzoq aka Saidov bolalarga topshiriq berib qayoqqadir chiqib ketdi. Shundan soʻng Botir eshik orasidan moʻralab: »Xayriyat, domla ketyapti», — deya ich-ichidan suyundi.

Bolalar ishga berilib ketishdi. Biri taxta randalab nimadir yasamoqchi, yana biri temir egovlagan, qolganlari esa turli ishlar bilan band. Stanokni oʻrab olgan bolalar allanimani muhokama qilishardi.

Botirning gʻashi keldi: «Ular jinni-pinnimi oʻzi? Namuncha jon kuydirib ishlamasa. Ahmoqlar! Undan koʻra futbol oʻynasalaring oʻlasanlarmi? Baribir oʻsha «3" bahoni qoʻyib berishadi-da. He, lappashanglar! Xoʻ-oʻsh, men hozir nima qilsam ekan-a? Stadionga chiqib futbol oʻynasammikan? Agarda birortasi uchrab qolsa "Oʻqituvchimiz yoʻq» deb bahona qilib qoʻyaqolaman-da».

Shu oʻy bilan Botir eshikni chap biqinidagi krandan suv icharkan, devordagi dori-darmon solingan maxsus qutichaga koʻzi tushdi. Goʻyo unga ish topilganday sevinib sekingina sumkachani ochdi. Avval atrofga alangladi-da, yarimlab qolgan dorini toʻkib, shishaga suv quydi. Darhol sumkaning ogʻzini berkitdi. Endi juftakni rostlamoqchi boʻlgan edi, biroq ulgurolmadi. Chunki, ustaxona yoʻlagida domla kelardi. Botir ustaxonaga kirib allaqanday taxtani aralay boshladi. Hech qancha vaqt oʻtmay, arra tasodifan izidan chiqib, chap qoʻlining bosh barmogʻini kesib olgani sezildi. «Uh» degancha oʻng qoʻli bilan mahkam qisib oldi.

Umrzoq aka yuz bergan hodisani tushunib chaqqonlik bilan quti tomon yugurdi. Ammo zarur dori-darmon oʻrnida suv toʻla shishani koʻrib hafsalasi pir boʻldi. «Qaysi ahmoqning ishi bu?»

Muallim bolalarga qaradi.

Botir ogʻriqqa chidayolmay hoʻngrab yigʻlagisi kelsa-da, ammo sir boy bermaslik uchun tishini-tishiga qoʻydi.
— Solievni tezlik bilan medpunktga olib borish kerak, — dedi oʻqituvchi hayajonlanib. — Ketdik bolalar.

Oʻquvchilarning yarmisi muallimga ergashdi. Ular taxminan bir kilometrcha yurishdi chogʻi. Yetgunlaricha Botirning boʻlari-boʻldi.
— Axir maktabda birinchi yordam uchun maxsus quticha bor edi-ku? — dedi hamshira qoshlarini chimirib, — nega darrov dorilab bogʻlab qoʻymadingiz? Mana, ancha qon yoʻqotibdi.
— Qaysidir vijdonsiz dorini toʻkib, oʻrniga suv quyibdi, — dedi muallim boʻgʻriqib.

Botirning koʻzlariga beixtiyor yosh qalqdi. Bu ogʻriqdanmi, uyatdanmi, hech kim bilmasdi.