OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOskar Uayld
Asar nomiXudbin Pahlavon (rivoyat)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Irlandiya adabiyoti
Boʻlimlar
   - Estetizm
Mualliflar
   - Oskar Uayld
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Rivoyatlar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonEldor Fozilov (Ingliz tilidan)
Hajm9KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/02
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Yoshlik» jurnali, 2001 yil, 3-son


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Xudbin Pahlavon (rivoyat)
Oskar Uayld

Har kuni peshindan soʻng maktabdan qaytgan bolalar Paxlavonning bogʻiga kelib oʻynashni odat qilib olishgan edi.

Bu bogʻ juda keng, yam-yashil maysa bilan qoplangan, maysalar orasida esa, charaqlab turgan yulduzlardek, gullar ochilib turishardi, tagʻin bogʻda oʻn ikki tup shaftoli daraxti boʻlib, ular koʻklam chogʻi marvaridsimon gullarga berkanishar, kuzda esa gʻarq pishgan mevalari ogʻirligidan pastga egilishardi. Daraxtlarga qoʻngan qushchalar shunday yoqimli sayrashardiki, bolalar koʻpincha beixtiyor oʻyinlaridan toʻxtab qushchalar ovoziga maxliyolarcha quloq solishardi. «Qanday mazza-a bu yerda!», chugʻurlashishardi ular bir-birlarini quvlashib.

Kunlardan bir kun Paxlavon uyiga qaytib keldi. U oʻrtogʻi, odamxoʻr Korniuelnikida yetti yil mehmon boʻlib, yetti yil suhbatlasha-suhbatlasha, oxiri, gapi tamom boʻlgach, oʻz qoʻrgʻoniga qaytgan edi. Kelishi bilanoq uning koʻzi, bogʻda oʻynayotgan bolalarga tushdi.

«Nima qilayapsizlar bu yerda?», deya oʻshqirdi u hirqiroq ovozda. Bolalar esa duch kelgan tomonga toʻzgʻib, qochib ketishdi.

«Bu mening va faqat mening bogʻim, - dedi Pahlavon. - Hamma bilsinki, oʻzimdan boshqa hech kimga bu yerda oʻynashga ruxsat yoʻq».

Shundan keiin u bogʻ atrofini baland devor bilan oʻrab olib, ogohlantiruvchi taxtacha osib qoʻydi:

RUXSATSIZ KIRGANLAR QONUNAN JAZOLANIShADI

Bechora bolalar endi qaerda oʻynashni bilishmasdi. Ular bir-ikki katta yoʻl boʻylarida oʻynab koʻrishdi, lekin yoʻllar juda chang va mayda toshlar bilan qoplangani uchun ularning koʻngliga yoqmas edi. Koʻpincha ular darslardan keyin baland devor tagida yurishib, ichkaridagi ajoyib bogʻni qoʻmsashardi. «Qanday mazza qilardik-a u yerda», deya eslashardi.

Bahor kelib oʻlkaning hamma joylarida daraxtlar gul bilan qoplandi, qushlar uchib kelishdi. Faqat Xudbin Pahlavon bogʻida hali ham Qish edi. Qushchalar sayrogʻidan darak ham yoʻq, chunki bolalardan darak yoʻq edi-da; daraxtlar esa goʻyo gullashni esidan chiqargandek. Oʻsha haligi goʻzal gullar maysalar orasidan moʻralashib ogohlantirish taxtachasini koʻrib qolishdi va shunchalar xafa boʻlib ketishdiki, boshlarini yana oʻtlar orasiga olib, uyquga ketishdi. Bogʻda faqatgina Qor bilan Ayozni e’zozlaydigan oʻsimligu jonzotlar qolishdi. «Bahor bu bogʻni esidan ham chiqarib yubordi, - deb tantana qilishardi ular, - biz endi butun yil davomida shu yerda yashayveramiz». Qor oʻzining oppoq choponi bilan maysazorlarni yopardi, Ayoz esa daraxtlarni kumush rangga boʻyardi. Keyin ular Shimol Shamolini oʻzlariga sheriklikka chaqirishdi. U oʻzining momiq choponiga oʻralib kelib, kun boʻyi bogʻ ustida aylanar, kamin moʻrilarining ichigacha kirib chiyillardi. «Bu ajoyib dargoh, - dedi u, - biz bu yerga doʻlni ham chaqirishimiz kerak». Shunday qilib Doʻl ham bu yerda hozir boʻldi. U, kuniga uch soatlab, qoʻrgʻon tomi sopolini sindirguncha gumbirlatar, keyin koʻrgʻon va bogʻ ustida chir aylana boshlardi.

«Vo ajab, nega Bahor kelmayapti, - derdi Xudbin Pahlavon deraza yonida oʻtirib oppoq va sovuq bogʻiga tikilarkan. - Lekin ob-havo oʻzgarib qolishidan umidim bor».

Ammo bogʻga na Bahor va na Yoz keldi. Boshqa bogʻlarga Kuz koʻpdan-koʻp shirin-shakar mevalarni toʻkib soldi, lekin Pahlavoiga hech nima bermadi. «U oʻta xudbin-ku», derdi Kuz. Shunday, uning bogʻidan Qish arimadi va Shimol Shamoli, Doʻl, Ayoz va Qor daraxtlar atrofini aylanib raqsga tushaverishdi.

Bir kuni ertalab Pahlavon, endigina uyqudan uygonib toʻshagida yotganida, nafis bir musiqani eshitib qoldi. U shunday yoqimli ediki, bunday kuylarni faqatgina shu atrofdan oʻtib ketayotgan Qirol sozandalarigina chalishi mumkin edi. Haqiqatda esa, bu, tashqaridagi mitti urugʻxoʻr qushchaning sayrogʻi edi. Lekin Xudbin oʻz bogʻida qush ovozini shunchalik koʻpdan beri eshitmagan ediki, bu unga dunyodagi eng dilrabo kuydek eshitilardi. Shu topda uning tepasida raqsga tushayotgan Doʻl toʻxtadi, Shimol Shamoli esa oʻkirishni bas qildi va ochiq derazadan xushboʻy hid taratib kirib keldi. «Shubhasiz, nihoyat Bahor keldi», dedi Pahlavon va oʻrnidan irgʻib tashqariga qaradi.

Hayhot?!

Uning koʻzi tashqaridagi gʻaroyib bir manzaraga tushdi. Bogʻ devoridagi kichkina bir tirqishdan biqinib bolalar kirib kelishar va bogʻdagi daraxt shoxlariga tirmashib chiqib olishardi. Uning koʻz oʻngidagi har bir daraxt shohida bittadan bolakay oʻtirardi. Daraxtlar esa, bolalar qaytishganidan shunchalik xursand boʻlishgandiki, ularniig shoxlari bolalarning boshlari ustida mehribon qoʻllar misoli mayin tebranishardi. Qushchalar atrofda aylanib quvnoq sayrashar, gullar esa oʻtlar orasidan yuqoriga qarab xursand boʻlishardi. Bu oʻta orombaxsh manzara edi, lekin bogʻning uzoqdagi bir chekkasida hali ham qish hukm surardi. U yerdagi daraxt ostida bir bolakay yurardi. U shunday kichkina ediki, daraxtning shoxlariga boʻyi yetmasdan uning atrofida aylanib, achchiq-achchiq yigʻlardi. Bechora daraxt esa haligacha Ayoz va Qorning zabtida boʻlib, Shimol Shamoli uning ustida aylanib esardi. «Ustimga chiqib olaqol, bolakay», derdi daraxt va shoxlarini imkoni boricha egib unga uzatardi, lekin bola juda mitti edi.

Bu holni koʻrdi-yu Paxlavonning yuragi ezilib ketdi. «Qanchalar ablah ekanman-a! Bu yerga nega Bahor kelmaganini endi tushundim. Hozir anavi bolakayni koʻtarib anavi daraxtning baland shoxiga oʻtkazamanu, keyin lanati devorni buzib-buzib tashlayman, bundan buyon bogʻim bolalar uchun oʻyin maydonchasi boʻladi».

U qilmishidan astoydil pushaymon tortdi.

Alqissa Pahlavon zinadan tushib, tashqi eshikni ohista ochib bogʻga chikdi. Lekin uni koʻrgan bolalar qoʻrqib har tomonga toʻzgʻib ketishdi va shu zahoti bogʻga yana Qish kirib keldi. Faqat mitti bolakaygina koʻzlari yoshga toʻla boʻlgani uchun Paxlavonni koʻrmadi va qochib ketmadi. Pahlavon uning orqasidan ohista yaqinlashib, uni avaylab qoʻliga oldi va daraxtga oʻtkazib qoʻydi. Va shu zahotiyoq daraxt gul bilan qoplandi, bolakay qoʻllarini choʻzib Pahlavonning boʻynidan quchoqlab olib oʻpib qoʻydi. Boshqa bolalar Pahlavonning dargʻazabmasligini koʻrib chopqillashib qaytib kelishdi va ular bilan Bahor ham qaytib keldi. «Bu endi sizlarning bogʻingiz, bolakaylar», dedi Paxlavon va oʻzining ulkan boltasini olib devorni parchalab yiqitdi. Va shu kunning choshgohida, bozorga ketayotganlar, odam aqlini lol qoldiradigan bu koʻrkam bogʻda, bolalar bilan oʻynayotgan Pahlavonni koʻrishar edi.

Ular kun boʻyi, toʻyguncha oʻynab, kechqurun xayrlashish uchun Paxlavonning yoniga kelishdi.

«Iya, anavi kichkina oʻrtogʻingiz qani? - soʻradi u. - Men uni daraxtga oʻtqazib koʻygandim». Pahlavon oʻzini oʻpib qoʻygayi uchun uni juda yaxshi koʻrib qolgan edi.

«Biz bilmaymiz, - javob berishdi bolalar. - U bu yerdai ketib qoldi».

«Siz uni topib aytib qoʻying, u ertaga albatta kelsin», - dedi Pahlavon. Lekin bolalar, uning qaerda yashashini bilmasliklarini va uni ilgari hech qachon koʻrmaganliklarini aytib qasamga tayanishdi.

Har kuni bolalar maktabdan kelib Pahlavon bilan oʻynashardi. Lekin u, mehri tushib qolgan oʻsha kichkina bolakayni boshqa koʻrmadi. Pahlavon bolalarni koʻrganidan xursand boʻlardi, lekin shunga qaramasdan oʻzining birinchi oʻrtogʻi mittivoyni kutar va uni juda koʻp eslardi. «Uni koʻrishni istardim», - derdi u entikib.

Yillar oʻtdi. Pahlavon qarib, darmonsizlandi. U boshqa deyarli oʻynay olmas, oʻzining chayqaluvchi kursisida oʻtirgancha, bolalar oʻyinini tomosha qilib, bogʻining koʻrinishidan lazzatlanardi. «Mening gullarim benihoya chiroyli, derdi u, - lekin bolalar ularning hammasidan ham goʻzalroq».

Qish tonglaridan birida, oʻ oʻz derazasidan, bu faslning libosini kuzatar edi. U endi Qishni koʻrgani koʻzi yoʻq, uning uchun bu, uxlayotgan Bahor boʻlib, gullar esa dam olishayotgandek edi.

Birdan u hayronlikdan koʻzlarini ishqab-surtib tashqariga tikilib qoldi. Bu chindan ham gʻaroyib bir koʻrinish edi. Bogʻning uzoq bir chekkasidan oppoq nafis gul bilan qoplangan daraxt koʻrinardi. Uning shoxlari oltindan boʻlib, ulardan kumush mevalar toʻkilib turar, pastda esa oʻsha, Pahlavonning mehri tushib qolgan mitti bolakay yurardi.

Quvonchini ichiga sigʻdirolmagan Pahlavon yugurib zinadan bogʻga tushdi. U shunday shoshardiki, maysazorlarni bosib-yanchib bolaga yaqinlashdi. Uning tepasiga kelganida esa, shu ondayoq gʻazabdan qizarib ketgan yuzini unga yaqinlashtirib soʻradi: «Qaysi manfur seni jarohatlashga jur’at qildi?» Bolakayning kaftchalarida ikkita mixdan qolgan jarohat izlari boʻlib, yana boshqa Ikkita mixdan qolgan izlar uning oyoqchalarida koʻrinardi.

«Qaysi manfur seni jarohatlashga jur’at qildi? - deb hayqirdi Pahlavon. - Ayt menga, toki men uni katta qilichim bilan chopib tashlay!»

«Kerakmas, - javob berdi bola, - bular, axir, Mehr jarohatlari-ku».

«Aslida kimsan oʻzing?» - dedi Paxlavon va gʻalati bir iltifot bilan bolakay qarshisida tiz choʻkdi.

Shunda bola Pahlavonga jilmayib javob berdi: «Bir kuni, sen menga oʻz bogʻingda oʻynashga ruxsat bermaganding, bugun esa sen men bilan mening Jannatdagi bogʻimga ketasan».

Tushlikdan keyin bogʻga kelgan bolalar Pahlavonning oppoq gullab turgan daraxt tagida oʻlib yotganini koʻrishdi.