OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOtabek Joʻraboyev
Asar nomiTarjima nega qilinadi?
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Otabek Joʻraboyev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Maqolalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm15KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/02
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
"Hurriyat" gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tarjima nega qilinadi?
Otabek Joʻraboyev

Ahmad Lutfiy asarlarining oʻzbekcha nashrlari haqida

Afsuski, ta’kidlangan asarlar mutolaasi davomida kitobxon oʻzbek tilining jozibasi toʻla aks etgan asarni oʻqish baxtiga musharraf boʻladi, deyish qiyin. Misol uchun, «Abu Bakr Siddiq (Rasulullohning gʻordagi birodari)» «Movarounnahr», 2005) kitobini olaylik (Tarji- mon ­­—­­ Sarvar Jahongirov).Abu Bakr (r.a.)dek kishiga bagʻishlangan tarixiy asarni tarjima qilib, xalqqa, oʻquvchilar ommasiga yetkazib berilganligi tahsinga sazovor. Lekin... Avvalo, kitobning toʻla nashri chamasi hali-hanuz tugatilmaydi, shekilli. Negaki, kitob noshirlari birgina romanni shu kungacha toʻrt qismga boʻlib bosishdi. Kitob 1-dan 4-ga borgan sari yupqarib bormoqda-yu, oxiri koʻrinmayapti.

Keyingi yillarda koʻp sonli diniy adabiyot namunalari oʻzbek tiliga oʻgirila boshlandi. Xususan, «Hujjat ul-islom» Abu Homid Gʻazzoliyning «Ihyo-u ulumiddin» asarining arabchadan mahorat bilan qilinayotgan tarjimalarini tilga olish mumkin.

Turk tilidan amalga oshirilgan koʻplab diniy-falsafiy, tasavvufiy asarlarning tarjimalari sirasiga diniy xarakterga ega badiiy adabiyot namunalari ham qoʻshilmoqda.

Taqdim etilayotgan asarlar orasida turkiyalik taniqli yozuvchi va olim Ahmad Lutfiy Qozonchi asarlari salmoqli oʻrin tutadi.

Ushbu maqolada, mazkur muallifning sof diniy-tarixiy zamirga ega «Saodat asri qissalari», «Abu Bakr Siddiq» va «Hazrati Umar» romanlarining oʻzbekcha tarjimasi xususida soʻz yuritmoqchimiz. Negaki, keyingi davrda oʻzbek oʻquvchilari tomonidan eng koʻp soʻralayotgan kitoblar orasida bu uch asar peshqadamlardandir.

Afsuski, ta’kidlangan asarlar mutolaasi davomida kitobxon oʻzbek tilining jozibasi toʻla aks etgan asarni oʻqish baxtiga musharraf boʻladi, deyish qiyin. Misol uchun, «Abu Bakr Siddiq (Rasulullohning gʻordagi birodari)» «Movarounnahr», 2005) kitobini olaylik (Tarji- mon ­­—­­ Sarvar Jahongirov).

Abu Bakr (r.a.)dek kishiga bagʻishlangan tarixiy asarni tarjima qilib, xalqqa, oʻquvchilar ommasiga yetkazib berilganligi tahsinga sazovor. Lekin...

Avvalo, kitobning toʻla nashri chamasi hali-hanuz tugatilmaydi, shekilli. Negaki, kitob noshirlari birgina romanni shu kungacha toʻrt qismga boʻlib bosishdi. Kitob 1-dan 4-ga borgan sari yupqarib bormoqda-yu, oxiri koʻrinmayapti.

Tarjima aslida nima uchun qilinadi?..

Xalqni yangi asar va bilim bilan tezroq boyi­tish uchunmi yoki qanday boʻlsa-da, bozorgir kitobni naridan beri tarjima qilib, pul ishlash uchunmi?! Axir bu kitob hazrati Muhammad (s.a.v.)ning eng yaqin safdoshi va tarixda sadoqatiyu, sobit e’tiqodi bilan nom qoldirgan ulugʻ inson haqida-ku!.. Nahotki, ma’naviy mas’uliyat his qilinmasa?! Asarning 1-kitobini qoʻliga olgan oʻquvchi muqovaning oʻzidayoq imlo xatosiga duch keladi: «Rasululloh» oʻrniga «rosululloh» yozilgan. Yaxshiki, keyingi kitoblarda bu xato tuzatildi. Lekin yana bir adabsiz yanglishlik davom etgan. Ya’ni kitob muqovasida ham, titul varagʻida ham asar muallifining nomi berilmagan. Faqatgina ichki sahifa ostida kichik harf­lar bilan «Ahmad Lutfiy Qozonchi «Abu Bakr Siddiq» «Muvarounnahr», 2005», deb koʻrsatilgan.

Ha, ajablanmang, muallif va kitob nomidan keyin tinish belgilari qoʻyilmay, imloviy xatolar bilan xuddi shu tarzda 2-, 3- va 4-kitobda ham berilgan.

Xoʻsh, nega asar muallifining nomi yuqoriga chiqarilmaydi. Bu uning ma’naviy va mualliflik haqqi-ku!

Biz hazrati Abu Bakr (r.a.) haqida yaratilgan, goʻzal bir tarixiy asarni badiiy jihatdan mukammal tarjimada oʻqish uchun kitobni sotib olganmiz va kamoli qiziqish bilan oʻqishga tutinamiz.

Biroq dastlabki sahifalardayoq gʻaliz ifodalarga duch kelamiz. To kitobning toʻrtinchisigacha, aksariyat oʻrinlarda tumtaroq jumlalar, egayu kesimi, toʻldiruvchiyu aniqlovchisining oʻrni almashib ketgan gaplarni oʻqiymiz. Juda ham yaxshi kayfiyatda olgan kitobingizni azbaroyi ma’naviy ahamiyati uchungina avaylaysiz. Yoʻqsa...

Mana, 1-kitob muqaddimasidagi dastlabki parchalar:

«Iymon sohibi boʻlish barchamizning eng avvalgi, niyatimiz va maqsadimizdir. Bu maqsad bizni bevosita dinni chuqurroq oʻrganishga, sahobalar hayoti bilan tanishishga roʻbaru qiladi...»

Bir qaraganda, mazmun bor, gap ham aniqdek. Lekin diqqat etilsa, turkcha qurilgan jumla oʻzbekcha soʻzlar ishtirokida takrorlangan, xolos. Oʻzbek kitobxoni uchun oʻzbekcha tarjimada berilsa boʻlmasmidi? Masalan, shunday: «Barchamizning asos niyatimiz va bosh maqsadimiz, albatta, imonli boʻlishdir. Ushbu maqsad bizlarni dinimizni chuqurroq oʻrganishga va sahobalarning hayot yoʻli bilan tanishib borishga undaydi...»

Xuddi shu sahifadagi yana bir jumla: «Paygʻambarimiz (s.a.v.)ni eng yaxshi tanigan, boshqalarga nasib qilmagan koʻpgina xotiralarga ega bu qimmatli insondan ham, afsuski, juda kam xotiraga egamiz...»

Xoʻsh, bu gapdan biror mazmun ang­lay oldingizmi?

Fikri ojizimizcha, mutarjim: «Afsuski, hazrati paygʻambarimiz (s.a.v.)ni eng yaxshi bilguvchi va ul zot haqlarida, oʻzgalarga nasib qilmagan, koʻplab goʻzal xotiralar sohibi boʻlmish bu qadrli insonning oʻzi haqida juda kam yodnomalarga egamiz...» deya tarjima qilmoqchi boʻlgan koʻrinadi.

Tarjima asnosida nafaqat tilni yaxshi bilish, balki oʻzbek adabiy til me’yori, gap qurilishi va, qolaversa, turkcha soʻzlarning kontekstdagi oʻzbekcha muvofiq ekvivalentlarini topa bilish ham kerak. Masalan, asarning 4-kitobi 37-betida: «Bu gaplardan hazrat Sayfullohning koʻzlari yashnab ketdi...» deyiladi. Oʻzbekchada koʻz yashnamaydi, yuz yashnaydi, koʻz chaqnaydi.

Yana bir muhim jihat, tarjima uchun tanlangan soʻzlardan matn mazmun-mohiyatiga mos soʻz sinonimini ishlatish lozim boʻladi. Misol uchun, ushbu asarning 2-kitobi 8-sahifasida shunday qisqa suhbat keltirilgan:

«— Assalomu alaykum, ey, Abu Bakr!..
— Vaalaykum assalom, Rasululloh (sav)ning seviklilari
— Biz sening huzuringga yordam berish niyatida keldik...»

«Rasulullohning seviklilari» turk tili uchun uygʻun, oʻzbekchada esa biroz oʻngʻaysiz jaranglaydi. Agar «sevikli» oʻrniga «mahbub» qoʻllanilsa, maqbulroq boʻlardi. Turk tilida hatto ota-onaga ham «sen» deya murojaat etiladi. Ammo xalqimiz uchun bu odobsizlik sanaladi va tarjimalarda ham bu an’anaga amal qilinsa, xususan, Rasululloh va Abu Bakr­dek ulugʻ insonlarga, albatta, «siz» deya murojaat qilinsa, yaxshiroq boʻlardi.

Yana bir muhim masala shuki, ba’zi istiloh, joy va kishi nomlarini qanday boʻlsa, shundayicha oʻgiravermaslik kerak. Masalan, mazkur asar tarjimasining toʻrtala kitobida ham «Bizans», «Amavi xonadoni», «valiy», «Rumlar», «juz’ya», «Qorin bin Kir­yonus» kabi kalimalarga duch kelinadi. Albatta, oddiy oʻzbek kitobxoni uchun bu soʻzlar notanish. «Bizans» — turklar qadimgi Vizantiyani shunday atashadi, «Umaviylar»ni esa «amavi» deyishadi, «valiy» soʻzi esa «doʻst» ma’nosida boʻlib, asar matnida «voliy» — «boshqaruvchi» mazmunida kelmoqdadir, «Rumlar» emas «rumliklar», «juz’ya» emas, «jiz’ya», «Qorin bin Kiryonus» emas, «Qorun ibn Kiryonus» tarzida berilishi kerak.

Shu oʻrinda bir til qoidasini eslatish joiz. Turk tilining usmonliturk hatto, undan ham oldingi davr­larda qolgan bir xususiyatini tilshunoslar alohida ta’kidlashadi. U ham boʻlsa, «turkchadagi kalima oldi-berdisida iste’molga kirayotgan ajnabiy soʻzlarni xuddi oʻzidek qabul etilmagan va ularni turk tili fonetikasiga uygʻunlashtirilgan. Hatto olinayotgan kalimalar sas jihatidangina oʻzgarishga uchrab qolmay, balki koʻp hollarda ma’no va qoʻllanish doirasida ham oʻzgarish roʻy bergan...» (Prof.Dr. Muharrem Ergin. Turk dili. Istanbul, 1992, 162).

Oʻzbek tilida esa bu holatga koʻp ham duch kelinmaydi. Bizda koʻproq soʻzning asliga tayanish kuchli. Nazarimizda, tarjimonlar ana shu jihatga e’tibor bermaganlar.

Yana bir qiziq holat shuki, ushbu kitoblarning dastlabki uchtasida «Muqaddima»lar berilgan. Aslida ham yozuvchi bir asarga uch muqaddima yozganmi, degan savol paydo boʻladi.

Asarda yoritilayotgan voqealarga e’tiborsizlik yoki nima tarjima qilinayotganini fahmlamaslik holati ham kuzatiladi. Mana, qarang: «Jumladan keltirishimiz mumkin, hazrat Abu Bakr (r.a.) Madinaga kelib, sahobalar bilan uchrashdi. Bu gal Rumlar bilan roʻbaru kelish vaqti kelgan edi. Ular ham xuddi shu fikr­da ekanliklarini aytishdi. Shunday qilib, Mutening intiqomi olinardi...» (3-kitob, 3-4-betlar).

Aytish kerakki, zotan Abu Bakr Madinada edilar va u kishi sahobalar bilan uchrashish uchun Makkaga borganlar. Shuning uchun ushbu jumla taxminan quyidagicha berilishi kerak edi: «Jumladan, hazrati Abu Bakr (r.a.)ni Makkaga borib, sahobalar ila uchrashish asnosida, rumliklar bilan toʻqnashish vaqti kelganligi haqida qilgan muhokamalari edi. Sahobalar ham xuddi shu fikrda ekanliklarini aytishdi va shu tariqa, Muta’ning intiqomi ham olinar edi...»

Fikrimizcha, bu qadar gʻarib tarjimaning asosiy sababi — shoshma-shosharlik. Asar originali va tarjimasini mutaxassis nazaridan oʻtkazib olishda aslo loqaydlik va besabrlik qilmaslik kerak.

«Hazrati Umar» asarining tarjimasi («Movarounnahr», 2005) esa yuqorida ta’kidlangan nuqsonlardan anchagina xoli. Yosh tarjimon Shoakmal Shoakbar oʻgʻli va muharrir Abdugʻafur Iskandarning astoydil mehnat qilganliklari sezilib turibdi. Asar nashri yuqoridagidan farq­li ravishda muallifi koʻrsatilgan holda, chiroyli dizayn bilan ikki kitob holida oʻquvchilarga taqdim etilgani ham kishini mamnun qiladi.

«Hazrati Umar» kitobi ancha ravon oʻqiladi, tarjima asnosida munosib soʻz tanlashga diqqat qilingan. Jumlalar bayoni sodda va tushunarli. Ammo ba’zi oʻrinlarda gap qurilishi va mazmun ifodalashda gʻalizlik uchraydi. Misol uchun, 2-kitob 95-sahifadagi: «Kaskar serunum yerli, odamlar boy yurt edi» jumlasini «Kaskar yerlari serunum, odamlari boy yurt edi» yoki koʻp takrorlangan «amir ul-moʻ’minin» iborasi «amir al-moʻ’minin» tarzida berilsa, muvofiq boʻlardi. Yoxud 1-kitob 16-betdagi «boykot» soʻzi oʻrniga «e’tiroz», «rad qilish» mazmunidagi boshqa biror oʻzbekchaga uygʻunroq soʻz ishlatilsa, kitobxon yaxshiroq tushunardi.

E’tiborsizliklar tufayli roʻy bergan ba’zi jiddiy kamchiliklar ushbu kitobning ham husnini buzib turibdi. Masalan, 2-kitobning 89-sahifasida oʻqiymiz: «Chunki Alloh taolo «Moida, 93» degan. Men esa Allohdan taqvo qilaman...»

Toʻgʻri, zukko kitobxon Qur’oni karimdagi «Moida» surasining 93-oyatini oʻqib olishi kerakligini ang­laydi. Biroq hamma badiiy asarda ham kerakli adabiyotlarga ishoralar qilinaversa... unda badiiylik mohiyati qayda qoladi?!

«Men esa Allohdan taqvo qilaman...» jumlasi esa sharhga muhtoj. Ushbuni «Men Allohdan qoʻrqib taqvo qilaman» deyilsa, mazmunga uy­gʻun boʻlardi. Chunki ishora qilingan oyatda ham «Allohdan qoʻrqib, chiroyli amallar qilish» haqida soʻz boradi.

Yana bir nuqson: nashrning 126-141 sahifalar oraligʻidagi asar matni mazkur kitobning avvalgi, aniqrogʻi, 36-51-betlarining aynan oʻzidir.

Ushbu nuqsonlarni texnik kamchilik ham deylik, lekin minglab oʻquvchilarga taqdim etilayotgan nashrlar uchun bu kabi kamchiliklar loyiq emas!..

Ma’lumki, tarjimachiligimiz koʻp yillik tajribaga ega va uning oʻziga xos an’analari ham ma’lum qadar shakllangan. Birgina misol, Rashod Nuri Guntekinning mashhur «Choliqushi» romanining Mirzakalon Ismoiliy tomonidan amalga oshirilgan oʻzbekcha tarjimasi tarjimon mahorati tufayli hanuz kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

Yuqorida nomlari tilga olingan asarlarda esa tarjimon mahorati va tajribasi sezilmaydi, hatto oʻzbek tilining adabiy me’yorlaridan bexabarlik koʻzga tashlanadi. Tarjima qilish uchun faqat tilni bilish kamlik qiladi va har bir til biluvchi badiiy tarjimonlik huquqiga ega emas. Buning uchun yozuvchilik iste’dodi va bilim ham talab qilinadi. «Saodat asri qissalari» ana shu talab asosida tarjima qilinganiga guvoh boʻlasiz. Balki shuning uchundir, Nurulloh Muhammad Raufxon tomonidan tarjima qilingan «Saodat asri qissalari» asarida yuqorida ta’kidlangan koʻp kamchiliklarni uchratmaysiz. Kitob muallifi ham hurmat bilan koʻrsatilgan, dizayn va tahrir masalalari ham oʻrinli, chiroyli hal etilgan.

«Saodat asri qissalari» asarining avvalgi ikki kitobi tarjimasining mashaqqatli va muvaffaqiyatli tahriri muharrirga endi uchinchi kitobning tarjimoni sifatida oʻrtaga chiqishga da’vat qilgandek. Mazkur asarning uchinchi kitobi («Sharq», 2004) ham ravon oʻqiladi, kitobxonning voqealar rivoji sari qiziqishi orta boradi. Rasululloh (s. a. v.) hayotlariga oid turfa xil tarixiy voqealarning goʻzal tasviri oʻquvchini oʻsha davr muhiti va ruhiyatiga olib kira olgan.

Koʻplab kitob ixlosmandlarining hatto koʻchalarda ushbu asarni berilib oʻqiyotganliklarining guvohi boʻldik. Koʻpchilik toʻla qoniqish, hatto koʻz yosh bilan oʻqiganliklarini gapirib berishdi. Bunga sabab holatlar asarning ma’naviy ruhi bilan birga tarjimaning mahorat ila amalga oshirilganligida hamdir.

Shunday boʻlsa-da, ushbu asar tarjimasining ham ba’zi oʻrinlarida turkcha matnga kuchli taqlid sezilib qolgan. Misol uchun, 3-kitobning 8-sahifasidagi jumla: «Bu daf’a qirmiziga tortib ketadigan qora yuzli xotin oʻrnidan turdi...»

Bizningcha, ushbu gapni oʻzbekcha qilib: «Bu daf’a qizgʻishtob boʻlib ketgan qoramagʻiz ayol oʻrnidan turdi» deyilsa, uygʻun tushardi.

Yoki 9-betda berilgan: «Ehtimolki, bu toshmalar ichini toʻldirgan azoblarning uchlari edi» jumlasi ham gʻaliz, ham tushunarsiz. Buning oʻrniga: «Ehtimol, bu toshmalar toʻlib-toshib kelayotgan azoblardan nishona edi» deyilsa, mazmun aniqroq chiqardi.

Tarjimadagi bu kabi nuqsonlardan yana biri turkcha murojaat uslubini saqlashga intilishdir.

«— Sizni nima injitdi, yo Nabiyalloh?» — deb soʻrashdi» (3-kitob, 13-bet).

Axir shu savolni oʻzbekchada sodda, ravon va goʻzal qilib: «Nima sizni ranjitdi» yoki «Yo Nabiyalloh, sizni nima ranjitdi?» deyish mumkin emasmi?..

Ammo shuni kamoli qoniqish bilan aytish kerakki, «Saodat asri qissalari» Ahmad Lutfiy Qozonchi asarlari ichida, ayrim kamchiliklariga qaramay, oʻzbekchaga eng muvaffaqiyatli amalga oshirilgan tarjimadir. Ushbu nashr Ahmad Lutfiy kabi bosh­qa turk adiblarining asarlarini tarjima qilayotgan mutarjimlar uchun oʻrnak boʻla oladi. Zamonaviy turk tilidan oʻgirilgan yana boshqa asarlar, xususan, «Qaynona», «Oʻgay ona», «Jinlar orasida qolgan qiz», «Aldangan Ayselning tavbasi», «Vijdon azobi», «Gullar suvsaganda» kabi kitoblarning past saviyada tarjima qilinganligi esa alohida maqola mavzusidir.

Maqoladan koʻzlangan maqsad nomlari tilga olingan asarlar tarjimasini zinhor-bazinhor kamsitish emas. Asosiy niyatimiz — kitobxonning yuksak talabini qondiradigan va, eng muhimi, didni oʻldirmaydigan asarlarni koʻproq koʻrish va oʻqish istagidir.