OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Oybek. Bola Alisher (qissa)
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifOybek
Asar nomiBola Alisher (qissa)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Oybek
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Qissalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/06/13
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Bola Alisher (qissa)
Oybek

Kaftiga quyosh qoʻndirilganday charaqlagan, keng chorxari mehmonxonada yangi yavmud gilam ustida tigʻiz davra qurgan qoʻnoqlar, yaqin doʻstlar samimiy suxanvarlik ila suhbat qilurlar. Katta kashmiriy shol dasturxon uzra pista-bodom, magʻiz, asal, xilma-xil holvalar toʻkilgan. Mehmonlar oshab ichish ila turli qiziq voqealardan gaplashurlar; majlisda xush suhbat bir dam uzilmas edi. Gʻiyosiddin Kichkina — kamtar, muloyim fe’lli, koʻzlari aqlli, kalta soqoli oʻziga yarashgan, jussasi kichik kishi. Koʻpchilik uni Gʻiyosiddiy Kichkina der, ammo yaqin doʻstlari koʻpincha Kichik bahodir der edilar.

Xuroson oʻlkasida moliya ishlarida muhim mansabni egallagan, Sabzavor hokimi ham boʻlgan Gʻiyosiddin Kichkina yuksak mavqeli beklardan edi. Oʻlkaning turli viloyatlarida yura-yura, nihoyat, osmoni goʻzal moviy nurga choʻmgan, oʻzining sevimli shahri Hirotdagi hovlisida istiqomat qilur edi. Hovli ham Hirotning shimoli sharqida, serdaraxt, xush bir manzilga qurilgan edi.

Sharaqlab qaynab turgan, qornida quyosh jilvasi oʻynagan katta mis qumgʻonni koʻtarib kirgan mulozim choynakka xoʻshboʻy choyni damlagach, tavoze ila xoʻjasiga uzatdi-da, yengil yurib chiqib ketdi. Gʻiyosiddin Kichkina piyoz poʻsti kabi yupqa nafis Xitoy piyolalariga choy suzib, doʻstlariga bir-bir uzatar edi.

Majlis ahlidan biri, yetmishlardan oshib, saksonlarga borgan qariya, barloslardan edi. Qosh-qovogʻi osilgan bu kishi dastavval odati boʻyicha bir yoʻtalib olgach, soʻzlarini qoʻrgʻoshin salmoqligi ila donalab gapira boshladi. Yoshligida Temurning jasur jangchilaridan, sevimli mard yigitlaridan boʻlgan qari barlosning yuzidagi qaygʻu koʻlkasini shu tobda doʻstlari ochiq koʻrar, chuqur his qilar edilar.


— Turkistonning, Xuroson mamlakatining ahvoliga bir nazar tashlangiz... Bilmadim, oqibati ne boʻlur?! Hazrat Temur yaratgan davlat chil-chil buzildi. Temurdan soʻng xiyla vaqt shahzodalarningʻ boshi jangdan chiqmadi, har biri hamisha muttasil, oʻz nafsini oʻylaydi, Sulaymon taxtini yolgʻiz oʻziga ravo koʻradi. Ha, shunday shahzodalarning ona suti hanuz ogʻzida boʻlgan eng kichigi ham, otning oldingi oyogʻi oʻzim boʻlaman, deydi. Muddaolari shu barchasining. Hech bir aqli komil sohibning ishi emas bu. Davlatning ildizi bir boʻlmasa, xalq jabr dengiziga botib ketgusi muhaqqaq. Qarshimizdagi foje ahvol shuldir. Bu yangligʻ andishalar kaminaning koʻngliga kundan-kun anduh toʻldirib borur. Butun jahonni titratgan xoqon Temurning tan-tanasini koʻrgan biz kabi qariyalarning bunday falokatga zarra qadar bardosh bermogʻi mutlaqo qiyindir. Buningdek dahshatli falokatni daf etmoq tadbirini axtarish — barchamizning burchimiz.

Quyuq tuman kabi oʻrtaga choʻkkan sukunat bir necha daqiqa davom etdi. Keksa barlosning aytganlaridan ta’sirlanib chuqur xayolda oʻtirgan ma’murlardan biri sovib qolayozgan choyni tez-tez hoʻpladi-da, piyolani dasturxonga qoʻydi. Belida xanjar, boshida suvsar telpak, gavdasi miqti ma’mur siyrak soqolini bir silab olgach, quyuq qoshlarini koʻtarib, teran joylashgan kichik koʻzlarini keksa barlosga tikdi:


— Ayttanlaringiz ma’qul, taqsir, ulugʻ xoqonimiz Temur oftob kabi olamda yolgʻiz edilar, jahonni koʻp qamragan edilar. Hazrat Shohruh Xurosonda jang boʻroni, qon daryosi oqizib ham bir nav tartib joriy etolmadilar. Temur davlatining etak-etaklari kesildi-da, qoʻlda qolgani qoldi. Endi hazrat Shohruh keksaydilar. Shahzodalararo tagʻin nizolar, jang-qirgʻinlar alangalanib ketmagay, deb gumon qilurmiz. Lekin amin boʻlsinlarki, Samarqand taxtida oʻltirmish Ulugʻbek hazrat bobosiga munosib ilm-ma’rifat mash’alini baland koʻtarmish olim xoqondir. Ortiqcha ishtibohlar ila behuda iztirob chekmagaysizlar.

Gap Ulugʻbek ustiga koʻchganidan sevinib keggan Mirsaid sabrsizlik bilan soʻz kutardi. Ma’mur gapiga nuqta qoʻyishi bilan Mirsaid darhol soʻzini ilib oldi. Ajoyib rangdor uslub egasi, turkiy she’rlar ila mashhur Qobuliy taxallusli, ellik yoshlardagi bu shoir Alisherning togʻasi edi. Oppoq chaqnagan takyasini boshida bir aylantirib olgach, kulimsirab, dedi:


— Janoblar, Ulugʻbek hazratlari jahonda ilmning eng ulkan koni deya ming daf’a faxrlansak hamki ozdir. Rasadxonasi bu olamda yakka, misli yoʻq. Men Samarqand safarimda rasadxonani koʻrgach, aql-hushimni yoʻqotdim.