OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Pak In Suk. Yarim tun (hikoya)
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifPak In Suk
Asar nomiYarim tun (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Koreys adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Pak In Suk
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonMalohat G’afforova (Koreyschadan)
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
«Kitob dunyosi» gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Yarim tun (hikoya)
Pak In Suk

Har kuni oʻn birdan ellik besh daqiqa oʻtgan payt men uchun juda muhim. Shunday paytda men va oyim bir-birimizdan uzoqda boʻlamiz. Tungi navbatda ishlaganim bois, har safar 11:55 da oyimga telefon qilish mening odatimga aylangan.
– Oyi, menman, he-he. Mendan xavotir olmay, uxlayvering, oyijon, – deyman men.
– Tezroq kelgin, oʻgʻlim. Men yaxshiman, oʻzingni asra. oʻayrat bilan ishla.
– Xoʻp, oyi.

Mening bu qoʻngʻirogʻim onamga bir olam quvonch beradi, goʻyo kun boʻyi madorsiz yurgan-u, gaplashganimizdan soʻng oyim kuchga toʻlgandek boʻlardi.
– Oyijon, xavotir olmang, men tezda boraman, – deyman ba’zan beparvo.

Doim uyga kirib borganimda, avaylab oʻstirgan farzandini hech kimga ishona olmay, tuni bilan uxlamay meni kutib oʻtirgan oyimning holatini koʻrib yuragim achishadi.
– In Suk, keldingmi? – deydi oyim yuz yildan buyon koʻrmagandek mehr bilan tikilib. U mening kelishimni kutib, mijja qoqmagani uchun koʻzlari qizarib, oʻzi toliqib oʻtirardi.
– Hali ham uxlamadingizmi?
– Sening kelganingni koʻrsam tinch uxlayman-da, oʻgʻlim. Charchagandirsan?
– Oyijon...

Men mehrsiz farzand, ba’zan hatto onamga bir qoʻngʻiroq qilishga ham erinaman. Ishim tugagach, saharda uyga kirib kelaman. Bir kuni kelsam, onam mudrab oʻtirgan ekan. Uni uygʻotib yubormaslik uchun eshikni ohista ochdim-u yengil qadamlar bilan ichkariga kirdim. Oyim televizorni yoqqan koʻyi stolga suyanib uxlar edi. «Yaxshiyam shu televizor bor», dedim men oʻzimga. Shu payt oyimning qoʻlidan polga nimadir tushib ketdi. Telefon va raqamlar yozilgan daftar edi bu. Unda ish joyimning telefon raqami yozilgan edi. Oyim mening qoʻngʻirogʻimni kutib, oʻzim qoʻngʻiroq qilsammikan, deya ikkilangan va uxlab qolgan koʻrinadi. Stolga suyanib uxlab qolgan oyimning ajin tushgan yuzlariga qarab, ichimdan otilib chiqishga urinayotgan yigʻini tutib tura olmadim. Qishda barglarini toʻkib koʻrimsiz boʻlib qolgan daraxt kabi huvillab qolgan edi oyimning yuzi. U kishini ohista koʻtarib, karovatiga yotqizdim va koʻrpani avaylabgina yopib qoʻydim. Shu payt onam uygʻonib qoldi.
– In Suk, keldingmi...
– Oyi kechiring.
– Kechiring, deganing nimasi, axir faqatgina oʻn ikki boʻlishidan oldin telefon qilib qoʻysang boʻlar edi-ku. Tinchlikmi oʻzi? Qoʻngʻiroq qilmaganing uchun xavotir oldim. Yana...

Oyim uyqusirab, horgʻin ovozda gapirdi. Soʻng chuqur nafas olib, bir entikib oldi. Doim oʻzini oʻylaydigan, menga bor mehrini tortiq qiladigan onam oʻzimdan hech narsa soʻramasdi. Faqatgina bir chimdim mehr... bir ogʻiz shirin soʻz kifoya onamga. Shunda har kuni oyimga mehr ulashishga qasam ichdim. Qanday ishim boʻlishidan qat’i nazar, albatta oyimga telefon qilib, uni shirin soʻzlar bilan siylashga oʻz-oʻzimga soʻz berdim.

...Oyimning vafot etganiga bir yildan oshdi, men oʻz odatimcha ish tutaman. Qoʻlimga telefonni olaman-u osmonga qarab shunday deyman:

– Oyijon, sizni yaxshi koʻraman...