OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifRabindranat Tagor
Asar nomiJogeshshorning qurboni (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Bengal adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Rabindranat Tagor
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm13KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Jogeshshorning qurboni (hikoya)
Rabindranat Tagor

Jogeshshor qachonlardir tuppa-tuzuk hayot kechirar edi. Hozir esa, uning nuragan loyshuvoq uyida ilonlar, qurbaqalar va koʻrshapalaqlar oʻrmalaydi. Chol boʻlsa, kichik kulbada yashab, zerikkan chogʻlarida «Bxagavad-gita»ni oʻqib vaqt oʻtkazadi.

Oʻn bir yil ilgari u qiz koʻrdi. Oʻsha mahaldayoq uning bir vaqtlardagi farovonlik oyi bota boshlagan edi. Shuning uchun boʻlsa kerak, qiziga Komola deb nom qoʻydi. Bu hiyladan murod ma’budalarning eng injigʻi — Lakshmining diqqatini bu uyga jalb etish edi.

Garchi bu nayrangdan hech narsa chiqmasa-da, har holda, ma’buda Lakshmi qizning chehrasiga bir nigoh tashlab qoʻydi — Komola sohibjamol qiz boʻlib oʻsdi.

Jogeshshor qizini erga berib, biror narsa ortirishni xotiriga ham keltirmagan edi. Unga kim qoʻyibdi bu haqda oʻylashni! Shu atrofdan bitta-yarimta moʻmin-qobilni topib, Komolani uzatib yuborsa boʻldi-da.

Lekin ammasi boshqacha oʻylardi: uning sevikli jiyani faqat badavlat xonadonga tushishi kerak! «Men topgan-tutganimning hammasini sepiga beraman» — deb ahd etdi u. Nihoyat, u shastr oʻqish bilan band boʻlgan akasi Jogeshshorni kuyov qidirishga joʻnatdi.

Chol Rajaxiga borib tanish bir advokatning uyiga qoʻndi.

Advokatning mijozlari orasida Gourshundor Choudxuri degan bir zamindor boʻlib, uning birdan-bir oʻgʻli Bibxutibushon kolledjda oʻqir, advokatning uyida tarbiyalanardi.

Bu yigitning Komolani qachon va qanday qilib koʻrganligi bir xudodan boshqa hech kimga ma’lum emas.

Jogeshshor, tabiiyki, xudoning bu makrini oʻylab-oʻylab tagiga yetolmadi. Bibxutiga boʻlajak kuyovim deb qarash uning xayoliga ham kelgan emas. Bu moʻmin chol oʻziga bino qoʻyishni ham, yelib-yugurishni ham bilmasdi. Bibxuti esa, xushbichim, jonon yigit! Shunday yigit unga kuyov boʻlarmidi!

Jogeshshor advokatning yordami bilan qizi ajoyib kuyov topdi. Yigit juda bilimdon boʻlmasa ham molu dunyosi yetarli. U yiliga davlat xazinasiga uch ming ikki yuz yetmish besh rupiya soliq toʻlaydi, shundoq boʻlgach, biror oʻquv yurtini bitirmagan boʻlsa hech boqisi yoʻq.

Qiz ham kuyovning ota-onalariga ma’qul boʻldi. Ular advokatning uyida mehmon boʻlib, sutda tayyorlangan shirinliklar va noranj yongʻogʻidan pishirilgan tansiq taomlar tanovul etishdi.

Bu darakni eshitib ertasiga Bibxuti Jogeshshoming uyiga keldi. Cholning kayfi chogʻ edi, u mehmonni siylamoqchi boʻldi. Ammo yigit ishtahasi yoʻqligini aytib, hech narsa yemadi va biror ogʻiz gapirmay chiqib ketdi.

Oʻsha kuni kechqurun advokat Bibxutidan xat oldi. Yigit, Jogeshshoming qizi menga juda ham ma’qul, men oʻshanga uylanaman, deb yozibdi. «Ana xolos, — deb oʻyladi advokat, — men baloga qoladigan boʻldim. Endi Gou'rshundor oʻgʻlining qarindoshimga uylanishini faqat mendan koʻradi».

Oʻtakasi chiqqan advokat Jogeshshorni qishloqqa yubo-rib, Komolaning toʻyini tezlatishga urindi, oʻz tarbiyasidagi yigitga esa, faqat oʻqish bilan shugʻullan, boshqa har qanday fikrni yigʻishtirib qoʻy, deb nasihat qildi.

Biroq bu nasihat Bibxutining jahlini chiqarib, oʻjarligini oshirdi, xolos.

Jogeshshoming kulbasida zoʻr berib toʻy taraddudini koʻra boshladilar.

Kunlardan bir kun Jogeshshor yashagan qishloqda Bibxutining oʻzi paydo boʻldi.
— Marhamat, azizim, marhamat, — dedi besaranjom chol.

«Mehmonni qaerga oʻtqizish, nima bilan mehmon qilish kerak? Axir, men shaharliklarga yoqadigan taomni qayoqdan olay», — degan tashvishda qoldi u.

Bibxuti choʻmilish oldidan tosh kursida oʻtirib badaniga xushboʻy narsalar surkay boshladi. Komolaning ammasi uzun boʻyli, barvasta yigitning fil suyagiday oq badaniga qarab mahliyo boʻldi.
— Qani endi shu yigit bizning Komolani ola qolsa, — deb shivirladi u, Jogeshshoming qulogʻiga.

Chol qoʻrqqanidan koʻzlarini katta ochib:
— Boʻlmagʻur gaplami qoʻysang-chi, — deb yubordi.
— Ha, nima boʻpti? Yaxshi niyat, urinib koʻrish kerak.

Amma mol bozordan pishloq olib kelib, mehmonga ovqat tayyorlay boshladi.

Ovqatdan keyin Bibxuti xijolatda qizarib-boʻzarib cholning qiziga ogʻiz soldi.

Shoshib qolgan Jogeshshor bu katta yangilikni darhol singlisiga yetkazdi.
— Juda soz, azizim! Lekin bunaqa hovliqishning keragi yoʻq! — dedi ayol. Uni biror narsa bilan hayratda qoldirish ancha mushkul edi. Agar Kobil amiri yoxud Xitoy hoqoni ostonangga keldi, desa ham bu ayol hayron boʻlmas edi.

Lekin Jogeshshor sira oʻzini bosolmadi. U yigitning qoʻlidan ushlab:
— Azizim, ishqilib bizni xijolat qilib qoʻyma, — deb yolvorardi.

Bibxuti, qizga niyatini rasmiy ravishda bildirib, otasining huzuriga joʻnadi.

Gourshundor savodsiz edi, shuning uchun ham oʻgʻli¬ning bilimdonligidan juda faxrlanardi. U hamisha oʻzining nodonligi va madaniyatsizligini Bibxutidan yashirishga urinar, oʻgʻlim koʻnglida men uchun uyalmasaydi, savodsizligimdan nafratlanmasaydi, deb juda qoʻrqardi.

Shunday boʻlsa ham, oʻgʻlining kambagʻal qizga uylanish niyatida ekanini bilib jahli chiqdi.

Yigit otasining soʻzlarini boshini quyi solib tingladi. Chol bir oz hovuridan tushgach, oʻzini tutib soʻzlariga yakun yasadi:
— Men uning sepidan quruq qolaman deb gapirayotganim yoʻq. Boʻlajak qaynota bilan savdolashib oʻtiradigan pastkash odam emasman. Kelinim yaxshi oiladan boʻlsin deyman, xolos.

Shunda Bibxuti uning yaqindagina kambagʻallashib qolgan moʻtabar avlodga mansub ekanini aytdi.

Gourshundorning e’tiroz qiladigan joyi qolmay, nochor rozi boʻldi, lekin dilida Jogeshshorga kek saqlab qoʻydi.

Komola bilan Bibxutini fotiha qilishdi, oliq-soliqlar haqida ham kelishib olishdi, lekin toʻyni qaerda oʻtkazishga kelganda sira ham bir fikrga kelisholmadi. Gourshundor oʻgʻlining nikoh toʻyini katta dabdaba bilan oʻtkazmoqchi edi, Burashitoldagi kulba esa bunday marosimga nobop. U qaysarlik qilib, toʻy oʻz uyimda boʻladi, deb turib oldi.

Komolaning ammasi esa, xunob boʻlib yigʻlagani yigʻlagan edi: «Axir, biz ham bir vaqtlar yaxshi kun koʻrardik. Toʻgʻri, Lakshmi bizdan yuz oʻgirdi, shuning uchun biz oʻz sha’nimizni poymol qilib, ajdodlarimizning muborak xotirasini tahqirlashimiz lozimmi? Yoʻq, bunday sharmsorlikka yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Mayli, uyimiz poxol bilan yopilgan boʻlsa ham, toʻy faqat oʻzimizda boʻladi!»

Yuvosh Jogeshshor ancha qiyin ahvolda qoldi. Nihoyat, Bibxutining qoʻllashi bilan toʻyni kelinnikida oʻtkazmoqchi boidilar.

Gourshundor va uning xeshu aqrabolari Jogeshshorni battar yomon koʻrib qoldilar. Ular, kuyovni ogohlantirmay, juda koʻp kuyovnavkar boshlab borib, bu gerdaygan kambagʻalning ta’zirini berishga ahd qildilar.

Toʻy boyshax oyida boʻlishi kerak edi. Jogeshshor bor-yoʻgʻini toʻyga sarf etdi. Uyiga ayvon qildi. Pabnadan un, yogʻ, qand va boshqa masalliqlar olib keldi.

Ammaning ham jiyan toʻyiga atagan pullari tamom boʻlayozdi.

Xuddi oʻchakishganday, toʻyga ikki kun qolganda havo aynidi. Dahshatli boʻron koʻtarilib, sel quya boshladi. Soʻnggi yigirma besh yil mobaynida bunday sel boʻlganini hech kim eslolmasdi.

Gourshundor oldinroq harakat qilib, stansiyaga bir necha fil va taxtiravon yubordi. Jogeshshor qoʻshnilarining soyabon aravalarini yolladi, havo yomon boʻlgani uchun aravakashlar borishga koʻnmadilar. Jogeshshor yalinib-yolvorib, ikki baravar haq toʻlashga va’da qilib, ularni arang koʻndirdi. Bu aravalarga tushgan odamlar esa dargʻazab boʻlib ketdilar.

Qishloq yoʻlini suv bosgan edi. Fillar oyoqlarini yopishqoq loydan koʻtarolmas, aravalarning gʻildiragi zoʻrgʻa aylanardi. Yomgʻir hamon sharillab quymoqda. Kuyovnavkarlarning hammayogʻi hoʻl, loy. Ular bunday xoʻrlik uchun oʻch olishga ahd qilishdi! Shoʻrlik Jogeshshor bemahal yomgʻir uchun ham javob berishga majbur edi.

Nihoyat, kuyov oʻz qavm-qarindoshlari, yor-doʻstlari bilan qaynota uyiga yetib keldi. Kutilmaganda buncha mehmonning paydo boʻlishini koʻrib boyoqish Jogesh¬shorni vahima bosdi. «Buncha odamni qaerga joylay-man», — deb oʻylardi u.

Chol ikki qoʻli bilan boshini ushlab:
— Juda yomon boʻldi-ku, endi sharmanda boʻla-man, — deb gʻudirlar edi.

Jogeshshor bu oyda buncha yomgʻirning qaerdan paydo boʻlishini sira tushunolmasdi.

Yangi ayvon atrofidan suv sharillab oqmoqda. Aslida tor joy, atrofda suv oqib turganida yanada torroq tuyular edi. Shunda qishloqning kattayu kichigi Jogeshshorga yordamga keldi. Ularning qiy-chuvi yomgʻirning sharil-lashiga qoʻshilib ketdi. Goʻyo birov dengizni chayqaganday tuyulardi.

Qishloq oqsoqollari, munosib izzat-hurmat koʻrsatolmaganlari uchun mehmonlardan uzr soʻradilar.

Kuyov taomilga muvofiq, ichkariga kirib ketdi. Uning hamrohlari:
— Ochdan oʻldik-ku, bizga ovqat beringlar! — deb toʻpolon qilishardi.

Bechora Jogeshshor ikki bukilib, xafa boʻlmanglar, deb iltijo qilardi.
— Men qoʻlimdan kelgancha harakat qildim, — derdi u,— taom tayyorladim, biroq hammasini suv bosib ketdi...

Darhaqiqat, masalliqlarning bir qismi hanuzgacha Pabnadan kelmagan edi. Buning ustiga chalavayron oshxonaga suv kirib, pechkani gʻarq etdi, bor masalliq ham suv ostida qolib, boʻtqaga aylandi.

Burashitola uncha boy qishloq emas ediki, u yerdan kerakli masalliqlar darrov topila qolsa.

Gourshundor mamnun boʻldi. Uni quvontirgan narsa Jogeshshorning boshiga tushgan kulfat edi.
— Mehmonlarni och qoldirish yaxshi emas, biror chora koʻrish kerak-da! — dedi zarda qilib.

Jahli chiqib turgan mehmonlar gʻovgʻa koʻtarishdi:
— Biz stansiyaga chiqib, poezdga oʻtiramiz-da, uy-uyimizga ketamiz! — deb baqirishdi. Jogeshshor qoʻl qovushtirib yolvorardi:
— Sizlardan oʻtinib soʻrayman, ketmanglar. Hali u-bu narsam bor. Bizning oʻlkamiz ajoyib pishlogʻi bilan dong chiqargan. Men pishloq va boshqa shirinliklarni koʻnglingiz xohlagancha topib kelaman. Nima boʻlsa ham ketmanglar! Bunday koʻngilsiz hodisa roʻy bergani uchun nechogʻli xafa ekanimni bir xudoning oʻzi biladi.

Sutfurushlar Jogeshshorni qoʻllab yubordilar:
— Qoʻrqmang, muxtaram, biz sizga pishloq bilani shirinlikni qoʻlimizdan kelgancha topib beramiz, — dedilar ular.

Agar mehmonlar och qaytishsa, butun qishloq isnodga qolardi. Shuning uchun sutfurushlar juda koʻp pishloq keltirishdi.

Oʻzaro shivirlashib olgach, mehmonlar mezbondan soʻradilar:
— Siz rostdan ham pishloq qancha kerak boʻlsa shuncha topa olasizmi?

Jogeshshor bir oz nafasini rostladi.
— Albatta.
— Boʻpti, olib kela bering!

Mehmonlar yana qaytib oʻtirishdi. Gourshundor bir chekkada jim turib, ahvolni zimdan kuzatar edi. Yomgʻirda hovuz toshib, mehmondorchilik uchun tuzalgan joyning atrofida ham loyqa koʻlmak suv hosil boʻlgan: pishloq keltirilgan hamon mehmonlar uni yel-kalaridan oshirib shunday irgʻitdilarki, shalop-shalop etib loyga tushaverdi.

Boyoqish cholning koʻzlariga jiqqa yosh toʻldi. Ammo u qayta-qayta uzr soʻrab iltijo qilardi.
— Men xoksor bir odamman, meni ranjitib nima qilasiz?! — der edi u.

Qaysi birdir toshyurak kuldi:
— Siz kelinning otasi, oʻz gunohingizni yuvolmaysiz. Qishloq oqsoqollari ham Jogeshshorga ta’na qila boshladilar.
— Agar qizingni oʻz baravaringga berganingda bunday kulgi boʻlmas eding, — deyishdi nafrat bilan.

Ichkaridan yigʻi eshitildi, qizning katta buvisi tashqaridagi tartibsizlikdan xoʻrligi kelib yigʻlab yubordi. Buni koʻrib nabirasi ham yigʻladi. Shunda kelinning ammasi Bibxutining yoniga keldi:
— Biz kambagʻalmiz, uzr soʻraymiz. Lekin bizni masxaralab, toʻyni buzishning nima hojati bor?

Bu vaqtda sutfurushlar pishloqning loyga irgʻitayotganlarini koʻrib, janjal koʻtarmoqchi boʻlib turgan edilar.

Jogeshshor nima boʻlsa ham ularni tinchitishga harakat qilardi: u mehmonlar bilan sutfurushlar orasida janjal chiqmasaydi deb qoʻrqardi.

Bu hangoma boʻlib turgan joyga, kutilmaganda, kuyov chiqib keldi.
— Shu ishlar bizga munosibman, — dedi boʻgʻiq ovoz bilan otasiga qarab. Yigit pishloq solingan patnisni oʻzi olib mehmonlarning oldiga qoʻya boshladi.
— Sizlar orqaroqda turinglar, agar biror kishi pishloqni loyga tashlasa, olib joyiga qoʻyinglar, — dedi u sutfurushlarga.

Bir necha kishi oʻtirishini ham, turishini ham bilmay, Gourshundorga qaradi.

Bibxuti Gourshundorni taklif etdi:

— Ota, oʻtiring endi, vaqt allamahal boʻlib qoldi. Gourshundor oʻtirdi. Uning oldiga ham xurmo yaprogʻida pishloq qoʻydilar.