OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifRabindranat Tagor
Asar nomiOʻlikmi, tirik? (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Bengal adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Rabindranat Tagor
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm24KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Oʻlikmi, tirik? (hikoya)
Rabindranat Tagor

I

Ranigxat zamindori Sharodashonkorning uyida yashovchi tul xotin Kadominining qarindoshlari yoʻq edi. Hammasi birin-ketin vafot etgan. Qayin ogʻasi Sharodashonkorning kichik oʻgʻli uning yagona ovunchogʻi, quvonchi edi. Bu goʻdak tugʻilgandan soʻng onasi uzoq kasal boʻlib, bolani Kadomini boqib oʻstirdi. Xotin kishi birovning bolasini tarbiya qildimi, garchi unga muhabbatdan boshqa hech qanday huquqi boʻlmasa ham, mehru muhabbati tobora ortib boraveradi. Muhabbat esa oʻz huquqini hech qan¬day hujjat bilan isbot qilolmaydi. Zotan, muhabbat bunga muhtoj ham emas, u oʻzining ishonchsiz sanamiga kun sayin zoʻrroq ehtiros bilan xizmat eta beradi.

Kadomini bolaga boʻlgan mehrini sarf etib boʻlgach, bir kuni kechasi qoʻqqisdan oʻlib qoldi. Bu baxtsiz hodisa srabon oyida yuz berdi. Uning yuragi birdan urishdan toʻxtadi. Dunyoda hamma ish oʻz navbatida davom etardi, faqat mehr bilan toʻla shu nozik yurakdagi davr soati mangu toʻxtadi. Politsiyaning xarxashasidan qutulish uchun zamindorning toʻrt braxmani jasadni tezroq kuydirishga qaror qildilar.

Dafn gulxani yoqiladigan qabriston qishloqdan ancha uzoqda edi. Bu yerda, koʻl boʻyida bir kulba boʻlib, yonida baland banyan daraxti oʻsardi. Qachonlardir bu yerdan daryo oʻtganu hozir qurigan. Uning oʻzanida dafn marosimlari oʻtkazish uchun koʻl qazilgan edi. Atrof-tevarakdagi aholi bu koʻlni qadimgi muqaddas daryoning bir qismi deb, unga zoʻr ixlos qoʻygan edi.

Xizmatchilar jasadni kulbaning oʻrtasiga keltirib qoʻyib, dafn gulxani uchun oʻtin kutib oʻtirdilar.

Vaqt shunday sekin oʻtardiki, xizmatchilardan Nitay bilan Guruchoronning toqati toq boʻlib, nega oʻtin keltirishmadi, deb bilgani ketdilar. Bidxu bilan Bonmali esa, jasadni poylab qoldi.

Zim-ziyo kecha edi. Qalin bulutlar bilan qoplangan osmonda birorta yulduz koʻrinmasdi. Ikki kishi xonada xomush oʻtiribdi. Birining sham va gugurti bor edi, lekin gugurt nam tortib qolgani uchun, har qancha urinsa ham yondirolmadi, chiroqlari esa oʻchib qoldi.

Uzoq jimlikdan soʻng ularning biri:
— Hozir tamaki bilan trubka boʻlsa xoʻp soz boʻlardi-da, — dedi.
— Men chopib borib, birpasda hammasini olib kelishim mumkin, — dedi Bonmali.

Bonmalining muddaosini payqagan Bidxu qichqirib yubordi:
— Nima, bu yerda men yolgʻiz qolamanmi?

Yana jimlik choʻkdi. Har daqiqa bir soat boʻlib tuyulardi.

Ular oʻtinga ketganlarni ich-ichlaridan la’natlardilar. Hatto, ular bir joyda oʻtirib chilim chekayotgandir, deb gumonsiray ham boshladilar.

Atrofda sukunat hukmron edi, faqat tinmagur baqalarning vaqillashi, tungi chigirtkalarning chirillashi jimlikni buzardi. Braxmanlarga tobutdagi jasad qimirlaganday, goʻyo ayol boshqa yonboshiga agʻdarilganday tuyuldi. Bidxu bilan Bonmalini vahm bosib «Ram! Ram!» deb qichqirib yubordilar.

Kutilmaganda, kulbada ogʻir xoʻrsinish eshitildi. Xizmatkorlar bir lahza kulbadan chiqib qishloqqa qarab qochdilar. Uch mil chamasi chopib borgach, qaytib kelayotgan sheriklarini koʻrib qoldilar. Ular chindan ham chilim chekib, hech narsa bilmay qaytayotgan edilar, ammo, daraxt kesilgan, hademay oʻtin keltiriladi, deb xabar qildilar. Bidxu bilan Bonmali kulbada roʻy bergan hodisani soʻzlab berishdi. Nitay bilan Guruchoron bunga ishonmasdan, ularni qoʻrqoqlikda aybladilar. Toʻrtovlon qabristondagi kulbaga qaytib kelishdi. Tobutni boʻsh koʻrib hang-mang boʻlib qoldilar. Hammasi hayratda edi, bir-birlariga qaradilar. Jasadni qashqirlar olib ketdimikan desalar, atrofda biror parcha latta koʻrinmasdi. Xizmatkorlar tashqariga chiqib, kulba yonida, loyda zoifona oyoq izini koʻrib qolishdi.

Sharodashonkor ahmoq emasdi, agar boʻlgan haqiqatni unga soʻzlaganlarida ham, uning bunga ishonishi dargumon. Uzoq muhokamadan soʻng, oʻlik kuydirildi, deb xabar qilishga ahd etdilar.

Tong otarda, odamlar oʻtin olib kelishi bilan, kulbada ozroq oʻtin bor ekan, jasad kuydirildi, deb aytdilar. Bu gapning toʻgʻriligiga hech kim shak-shubha qilmadi. Rostdan ham kulbada jasad yoʻq edi, jasad esa unaqa boylik emaski, birov oʻgʻirlab ketsa.

II

Hammaga ayonki, odam ba’zan oʻlganday tuyulsa ham, jon uning badanini ilitib turadi. Xuddi shunday Kadomini ham oʻlmagan, faqat oʻlikka oʻxshab qolgan edi.

Oʻziga kelib, qarasa — atrofi qop-qorongʻi. U goʻyo oʻz joyida yotar edi.
— Singlim, — deb chaqirdi u. Hech kim javob bermadi. Qattiq qoʻrqqan Kadomini tobutda yotganini birdan payqadi. Ogʻrib nafasi boʻgʻilganini esladi. Bu vaqtda ovsini bolasi uchun oʻchoqda sut ilitib turgan edi. Kadominining majoli qurib, oʻzini koʻrpaga tashladi.
— Singlim, bolani olib kel, men olaman, — dedi u uzuq-yuluq ovoz bilan hushdan ketayozib.

Shundan soʻng, goʻyo siyoh quyilgandek hamma narsa birdan qoraydi. Kadominining xiralangan tushunchasida olam kitobining hamma harflari bir onda bir-biriga qoʻshilib ketdi. Bola oxirgi marta uni chaqirdimi-yoʻqmi, buni eslolmaydi. Bu tanish olamdan oʻlimning nihoyasiz, noma’lum yoʻliga ravona boʻlganda, bolaning mehr bilan vidolashish armugʻonini oldimi, yoʻqmi, buni ham eslol¬maydi.

Bu kimsasiz zulmatni u dastlab, hech narsa koʻrinmaydigan, hech bir sado eshitilmaydigan, mehnatsiz, abadiy tetiklik talab etadigan makon — Oʻlim tangrisi Yamaning makoni deb oʻyladi. Ochiq eshikdan rutubat aralash shamol esib, baqalarning vaqillashi eshitilgach, Kadomini juda yoshligidan boshlab azob-uqubatlar bilan toʻlgan qisqa hayot yoʻlini oʻylab, oʻzining hali bu dunyoda ekanini sezdi. Birdan chaqmoq chaqib koʻlni, banyan daraxtini, keng dalalarni va uzoqda qorayib turgan qator daraxtlarni yoritdi. Ayol, oy oʻn besh kunlik boʻlgan kezlarda bu koʻlda choʻmilganini, dam gulxani ustida yotgan oʻliklami koʻrib qoʻrqqanlarini esladi.

U dastlab uyga qaytmoqchi boʻldi. Keyin oʻylab qoldi: «Axir men oʻlganman! Qanday qilib ular meni uyga kiritadi. Men ularning badbaxtligiga sabab boʻlmaymanmi. Men tiriklar saltanatidan quvilganman. Men endi arvohman, xolos. Agar shunday boʻlmasa, men Sharodashonkorning yaxshi himoya qilinadigan ichkari uyidan ne yoʻsinda bu uzoq qabristonga tushib qoldim? Jasadim kuydirilmagan. Meni kuydirishi lozim boʻlgan odamlar qayoqqa ketishdi?» Ayol Sharodashonkorning charogʻon uyini esladi, soʻngra oʻzini uzoq qorongʻi qabristonda tanho, tashlandiq holda yotganini oʻylab, endi kishilik jamiyatining a’zosi emasligini payqadi. U faqat qoʻrqinchli tush, vahmali koʻlanka yoxud arvoh edi!

Kadomini, shularni xayoldan kechirgan hamono, yerdagi qonunlar zanjiridan xalos boʻlganday, oʻzida favqulodda kuch va cheksiz erkinlik his etdi. Endi u xohlaganini qila olar va istagan tomoniga keta olardi. Bu yangi fikrdan devonavor holga kelgan Kadomini kulbadan chiqib qabristonda namoyon boʻldi. Uning yuragida na iymanish va na qoʻrquvning soyasi bor edi.

Lekin u andak yurib, butun vujudida horgʻinlik sezdi. Chor-atrof, ba’zi joylari sholipoyalar bilan qoplangan koʻz ilgʻamas tekislikdan iborat edi. Goho Kadomini tizza boʻyi suvda turganini payqab qolardi. Tong yorishib, uylar atrofidagi daraxtlarda qushlar nagʻmasi eshitilganda, boyoqish juvonni qoʻrquv bosdi. U endilikda bu olam va tirik odamlar bilan qanday aloqada boʻlishini tasavvur etolmasdi. Kadomini zim-ziyo kechada qabristonda ekan, oʻzini ozod va oʻz joyida his etgandi. Ammo tong yori¬shib, uylar va odamlarni koʻrgach, u dahshatda qoldi. Odamlar arvohlardan, arvohlar esa odamlardan qoʻrqadi, ularni oʻlim daryosi bir-biridan ajratib turadi.

III

Kadominining kiyimlari iflos, oʻzi vahimali xayollar tufayli aqldan ozib telbaga oʻxshab qolgan edi. Shu alfozda uni odamlar koʻrsa qoʻrqar, bolalar koʻrsa yo tosh otar, yoxud qoʻrqib yashirinar edilar. Xayriyat, uni bu ahvolda birinchi marta uchratgan kishi yolgʻiz bir yoʻlovchi boʻldi.
— Xonim, siz moʻtabar ayolga oʻxshaysiz, — dedi yoʻlovchi unga yaqin kelib, — bu ahvolda qayoqqa bormoqchisiz?

Kadomini nima deb javob berishini bilmay, xomushlik bilan unga termilib qoldi. U hali ham tirik ekaniga va moʻtabar ayolga oʻxshashiga, u bilan gaplashishlari mumkinligiga ishonmas edi.
— Yuring! Men sizni uyingizga eltib qoʻyaman. Ayting, uyingiz qaerda? — dedi yoʻlovchi.

Kadomini oʻylab qoldi. U qaynagʻasining uyiga qaytishni xotiriga ham keltirmasdi. Biroq, boshqa boshpanasi yoʻq. Shunda yoshlikdagi dugonasi Jogomaya yodiga tushdi. Dugonasi erga tekkandan beri u bilan koʻrishmagan, ammo ora-sira bir-birlariga xat yozishib turardilar. Ular goho bir-birlaridan oʻpkalab qoʻyardilar, sababi ma’lum, albatta: Kadomini Jogomayani juda yaxshi koʻrganini isbot qilishga tirishar, Jogomaya esa, sening muhabbating menikichalik emas, deb oʻpkalar edi. Lekin har ikkalasi, mabodo yana uchrashguday boʻlsak, ortiq gina qilishmay, totuv yashaymiz deb ahd qilgan edi¬lar.
— Men Nishindapurga, Patichoron janoblarining uylariga boraman, — dedi Kadomini.

Yoʻlovchi Kalkuttaga borayotgan edi. Nishindapur garchi uzoqroq boʻlsa ham har holda uning yoʻli ustida. U Kadominini dugonasining uyiga boshlab bordi. Boshda Kadomini bilan Jogomaya bir-birlarini tanimay turdilar. Taniganlaridan soʻng:
— Voy, kela qol, oʻrtoqjon, marhamat! Qadamlaringga hasanot, — dedi Jogomaya gul-gul ochilib, — men seni qaytib koʻrarman deb xotirimga ham keltirmagan edim. Xoʻsh, azizim, qanday shamol uchirdi? Nahotki qaynagʻang kelishingga rozi boʻlgan boʻlsa?

Kadomini xomush turardi.
— Opajon, — dedi u yolvorgan ohangda, — qaynagʻam toʻgʻrisida surishtirib oʻtirma, yaxshisi uyingdan boshpana ber, senga choʻri boʻlay. Sen nima desang barini bajo keltiraman.
— Nimalar deyapsan oʻzing? — xitob etdi Jogo¬maya.— Menga choʻri boʻlarmish! Axir sen mening eng yaqin, jonajon oʻrtogʻimsan-ku!

Shu palla xonaga Patichoron kirib keldi. Kadomini bir lahza unga nazar solib, soʻng ohista xonadan chiqib ketdi. U boshiga soriysining uchini ham yopmadi, uy xoʻjasiga izzat-ikrom ham koʻrsatmadi. Bu qiliq eriga xush kelmasligidan qoʻrqib, Jogomaya voqeani batafsil tushuntirishga kirishdi. Patichoron hamisha Jogomayaga yon bersa-da, bu gal soʻzlariga e’tibor qilmay, xotinini oʻngʻaysiz vaziyatda qoldirib chiqib ketdi.

Kadomini dugonasining uyida tura boshladi, lekin ular orasida ilgarigi ishonch yoʻq edi. Oʻlim ularni bir-biridan ayirib turardi. Juvon boshqalar bilan inoq boʻlolmas, uning barhayotligi hali oʻziga ham jumboqday tuyulardi. Kadomini Jogomayaga qarab, uning eri, uy-joyi bor, u mendan uzoq bir olamda yashaydi, dugonam bebaqo dunyoning tirik odami, shu olamning burchini ado etib, uning huzur-halovatidan bahramand boʻladi, men esa, faqat bir soyaman, deb oʻylardi. Jogomaya foniy — Oʻtkinchi dunyoda yashaydi, Kadomini esa abadiylikda.

Jogomayaning ham koʻngli qandaydir gʻash edi, lekin buning sababini oʻzi bilmaydi. Xotin kishi sirni yoqtirmaydi, chunki sir mayda oilaviy tashvishlarni emas, she’riyat, qahramonlik va olimlikning yoʻldoshidir. Shuning uchun, agar xotin kishi biror narsani tushunmasa yo bu narsadan aloqani butunlay uzadi, yoxud uni oʻzi tushunadigan qilishga tirishadi. Bordiyu bu ikkisi ham muyassar boʻlmasa, jahli chiqadi. Kadomini parishonroq koʻringan sari, uning yuragidagi dardini bilolmay, Jogomayaning tobora jahli chiqaverdi. Kadomini oʻzidan-oʻzi qoʻrqar, lekin oʻzidan qochib qutulishning ilojini topolmasdi. Ajinadan qoʻrqqan odamlar orqalariga qayrilib qarashga hayiqadilar: ularga hamma yer mudhish tuyuladi. Ammo Kadomini hammadan koʻproq oʻzidan qoʻrqardi, zotan uning atrofini oʻragan kishilardan qoʻrqadigan joyi qolmagan. Tunda yolgʻiz xonada yotib vahimaga tushar, oqshomlari chiroq shu'lasida oʻz soyasini koʻrib larzaga kelar edi. Uning vahimachiligi bu uyda yashovchi boshqa odamlarni ham oʻz soyasidan qoʻrqadi¬gan qilib qoʻydi. Xizmatchilar va Jogomayaga chor-atrofda arvohlar koʻrinadigan boʻlib qoldi.

Kunlardan bir kun Kadomini yarim kechada Jogo¬mayaning eshigi oldiga chopib kelib:
— Singlim, singlim, sendan yolvorib soʻrayman, meni yolgʻiz qoldirma! — deb faryod qildi.

Jogomaya qoʻrqib, yana jahli chiqdi. U Kadominini shu zahotiyoq uydan quvmoqchi boʻldi. Rahmdil Patichoron mehmonni arang yupatib, qoʻshni xonada yotishga koʻndirdi. Ertasiga, kutilmaganda, xotini uni oʻz xonasiga chaqirib dagʻdagʻa qila boshladi:
— Siz qanaqa odamsiz. Begona bir xotin qaynagʻasining uyini tashlab siznikiga kelib olgan boʻlsa. Mana salkam bir oy boʻlib qoldi, siz boʻlsangiz, unga, bu uyda turishing mumkin emas, deb loaqal shama ham qilib qoʻymadingiz. Zarracha noroziligingizni ham koʻrmadim. Siz erkaklar hammangiz shunaqasiz.

Ayollar erkaklarni gʻayriixtiyoriy ravishda doim xotin jinsiga moyillikda ayblaydilar. Garchi Patichoron, kimsasiz, lekin suluv Kadominiga muhabbatim odob doirasidan chiqmaydi, deb qasamyod qilishga tayyor boʻlsa ham, u oʻz xatti-harakati bilan buni isbot etolmadi. Uning fikricha, qaynagʻa uyida sababsiz xoʻrlangan Kadomini boshqa iloj topmay, toqatsizlikdan qochgan va uning uyiga boshpana qidirib kelgan. Bas, shunday ekan, qanday qilib u, bu ota-onasiz juvonni oʻz uyidan ketkiza oladi. Patichoron Kadomini bilan savol-javob qilib, uning yarasini yangilashni istamay, yuqoridagi mulohazalarini xotiniga soʻzlab, shu bilan bu gapga xotima bermoqchi boʻldi. Bundan hech ish chiqmagach, Jogomaya erinchoq eriga ta’sir qilishning boshqa vositalarini qidira ketdi. Nihoyat, eri ham oilada osoyishtalik barqaror boʻlmogʻi uchun, Kadominining qaynagʻasiga xabar qilish lozimligini payqadi. U maktubdan natija chiqmaydi deb, Ranigxatga oʻzi bormoqchi boʻldi. Eri joʻnashi bilan Jogomaya Kadominini chaqirib:
— Oʻrtoqjon, sen bundan soʻng biznikida turishing aqldan emas. Oʻzing bilasan: el ogʻziga elak tutib boʻlmaydi, — dedi.

Kadomini boʻlsa dugonasiga gʻamgin nigoh tashlab:
— Odamlar nima desa der, menga nima? — deb javob berdi.

Jogomaya bunday javobdan taajjublandi:
— Agar sen odamlarning gap-soʻziga beparvo boʻlsang, biz beparvo qaray olmaymiz! — deb baqirdi u.— Boshqa joydan kelgan bir juvonning buncha vaqt uyimizda turib qolishini biz odamlarga ne til bilan tushuntiramiz?
— Mening uyim bormi, axir?

«Ana xolos, — deb oʻyladi. Jogomaya, — nimalar deb javrayapti bu baxti qora xotin?»
— Men sizlar uchun kimman? — deb ohista davom etdi Kadomini. — Ayting-chi, men yerda yuribmanmi? Sizlar kulasizlar, yigʻlaysizlar, har qaysingiz oʻz ishingiz bilan bandsiz. Men-chi, men faqat mushohada qilib turaman. Sizlar — odamsizlar, men boʻlsam, faqat bir soyaman. Oʻylab oʻyimga yetmayman, nega parvardigori olam meni sizning dunyongizda qoldirdi? Sizlar mendan hayotimizga raxna soladi, turmushimizni achchiq qiladi oilamizga badbaxtlik keltiradi, deb qoʻrqyapsizlar. Meni sizlarga bogʻlab turgan narsa nima? Modomiki tangri menga hech qanday oʻrin qoldirmagan ekan, men bu zanjirni uzib sizlardan ham ketaman.

Shu asnoda, uning nigohi gʻalati, soʻzlari shundav gʻayritabiiy ediki, Jogomaya nimanidir payqagandav boʻldi-yu, bu sirni oxirigacha anglay olmadi. Ortiqcha savol-javob qilishga yuragi dov bermay, ogʻir xayolga choʻmib, asta chiqib ketdi.

IV

Patichoron Ranigxatdan qaytib kelganda kech soat oʻnga yaqinlashgan edi. Yomgʻirdan har joy, har joyda koʻlmak suv, goʻyo kechaning ham, yomgʻirning nihoyasi yoʻqday tuyulardi.
— Xoʻsh, nima gap? — deb soʻradi Jogomaya.
— Gap koʻp, andak sabr qil, — dedi eri. Patichoron hoʻl kiyimlarini yechib, qayta kiyindi, kechki ovqatni yeb, karavotga choʻzilib yotdi-da, papiros cheka boshladi. Uning koʻzlarida tashvish bor edi.

Jogomaya kunjikovligini bir oz bosib turgach, oxiri erining oldiga kelib:
— Gapira qolsangiz-chi, nimalarni bilib keldingiz? — deb soʻradi.
— Sen yanglishibsan, — dedi Patichoron.

Bu gapni eridan eshitar-eshitmas Jogomyaning jigʻibiyroni chiqdi. Xotinlar sira yanglishmaydi, bordiyu shunday hol roʻy berguday boʻlsa ham aqlli erkak oʻzini bilmaslikka solishi, yoxud shu aybni oʻz boʻyniga olishi kerak.
— Xoʻsh, nimani bilib keldingiz? — jahl bilan yana soʻradi xotini.
— Sen uyimizdan boshpana bergan juvon Kadomini emas!

Oʻz eridan bunday behuda gapni eshitgan xotinning jinni boiishi ham hech gap emas.
— Nima, men oʻz dugonamni tanimaymanmi? — deb baqirdi Jogomaya, — buni ham sizdan soʻrashim kerakmidi? Sizning es-hushingiz joyidami oʻzi?

Patichoron bu haqda munozara qilishning befoyda ekanini payqadi. U oʻzi haq ekanini isbot etadi. Jogomayaning dugonasi Kadomini oigan, bunda hech qanday shubha yoʻq.
— Siz hamma narsani chatoq qilib kelgan koʻrinasiz,— dedi Jogomaya. — Yo boradigan joyga bormagansiz, yoxud aytgan gaplarini tushunmagansiz. U yerda sizga kimning koʻzi uchib turuvdi. Bundan koʻra xat yuborgan yaxshi emasmidi?

Xotinining gapga ishonmaganidan Patichoronning koʻngli ozor topib, oʻz fikrini isbotlash uchun dalillar keltira boshladi, lekin xotinini ishontira olmadi. Ammo shu bahs paytida eru xotin bir fikrga keldilar: nima boʻlsa ham Kadominini uydan ketkazish kerak. Bu borada har ikkovining ham asoslari bor edi. Patichoron: bu juvon, dugonangman deb xotinini aldagani uchun, Jogomaya esa: bu juvonni yengiltak ayol deb oʻylagani uchun. Qattiq munozarada har ikki tomon ham boʻsh kelmadi. Eru xotin qoʻshni xonada Kadomini uxlayotganini unutib, borgan sari jazavalari tutib, baqirib tortishar edilar.
— Oldimizda xavf-xatar bor! Men bu soʻzlarning barini oʻz qulogʻim bilan eshitib keldim, — dedi er.
— Bu gapning tagida nima borligini oʻzim koʻrib turib, nega endi sizning gaplaringizga quloq solar ekanman, — deb javob berdi xotini.

Nihoyat, Jogomaya:
— Yaxshi, ayting-chi Kadomini qachon oʻlibdi? — deb soʻradi. Bu soʻroqdan murod Kadomining oʻlimi bilan soʻnggi maktubi orasida qancha vaqt oʻtganini aniqlab, erining xatosini isbotlash edi. Eri Kadominining oʻlimi tarixini soʻzlab berdi. Hisoblab qarashsa, Kadominining oʻlimi uning bu dargohda paydo boʻlishidan sal ilgari ekan. Shunda Jogomayaning sodda koʻngli dahshatdan qaltirab ketdi. Patichoron ham vahimaga tushganday boʻldi. Shu asnoda eshik ochilib sovuq shabada chiroqni oʻchirdi. Xona zulmatga chulgʻanib, Kadomini kirib keldi. Kechasi soat birlar chamasi edi. Tashqarida yomgʻir shibbalab quyardi.
— Jogomaya, men dugonang Kadominiman, ammo men tirik emasman. Men oʻlganman, — dedi ayol.

Jogomaya dahshatdan qichqirib yubordi. Erining esa vahimadan tili kalimaga kelmasdi.
— Men oʻlganman, xolos. Axir bundan boʻlak sizlarga biror zarar-zahmat yetkazmadim-ku! — davom etdi ayol. — Menga na tiriklar, na oʻliklar orasida oʻrin bor. Shoʻrim qursin, men qayoqqa bosh uray endi? — iztirobdan goʻyo uxlagan tangrini uygʻotmoqchi boʻlganday, u yana takrorladi. — Qayoqqa bosh uray? — shu ahvolda xushsiz yotgan dugonasini qoldirib, Kadomini yugurgancha uydan chiqib ketdi.

V

Kadominining qanday qilib Ranigxatga yetib kelganini aytish qiyin. Dastlab u hech kimga koʻrinmadi. Boyoqish ayol tuz totmay, butun kunini xaroba bir ibodatxonada oʻtkazdi.

Yomgʻir kuchayib, qosh qorayib, momaqaldiroqdan qoʻrqqan odamlar oshgʻich uyga joʻnaganda, Kadomini yoʻlga chiqdi. U oʻz qaynagʻasining eshigiga yaqinlashgach, yuragi zoʻr berib tepa boshladi. Ayol boshiga roʻmolini tashlab hovliga kirdi. Eshikdagi posbon uni oqsochlardandir deb oʻylab, yoʻlini toʻsmadi.

Yomgʻir quyar, boʻron shiddat bilan hayqirardi. Uy bekasi, Sharodashonkorning xotini, oʻzining tul singlisi bilan karta oʻynab oʻtirardi. Xizmatchi ayol oshxonada. Yotoqdagi karavotda bezgakdan azob chekkan kasal bola yotibdi. Kadominining yotoqqa kirganini hech kim payqamay qoldi. Bu ayolni qaynagʻasining uyiga kelishga nima majbur etganini men bilmayman, buning sababini u shoʻrlikning oʻzi ham bilmasdi, uning birgina orzusi shu goʻdakka yana bir nazar solish edi. Kadomini qayoqqa borishini, soʻng nima qilishini oʻylamagandi. U chiroq yorugʻida jajji qoʻllarini musht qilib, isitmada yonib turgan bolaning yuzlarini koʻrdi. Alamdan yuragi ezilib ketdi. Qani endi bu goʻdakkinani olib bagʻriga bosa olsa... «Mensiz buning holidan kim xabar oladi? — deb oʻyladi Kadomini. — Uning onasi oʻyin-kulgini, laqillashni, kartabozlikni yaxshi koʻradi. Goʻdak mening qoʻlimda chogʻida, u bola tarbiyasi haqida oʻylab ham koʻrmas, tamom ozod edi, endi bu goʻdakka kim gʻamxoʻrlik qiladi?»

Shu payt bola ikkinchi yonboshiga agʻdarilib, uyqusirab qichqirdi:
— Xolajon, suv bering!

Bola hanuz gʻamxoʻr xolasini unutmagandi. Kadomini darhol koʻzadan ozgina suv quyib, bolani qoʻliga olib ichirdi. Bola uyqu orasida ham oʻziga tanish qoʻldan suv ichganiga taajjublanmasa boʻladi. Kadomini oʻzini tutolmay, bolani oʻpib, uni qoʻlida tebrata boshlagach, bola ham uygʻonib xolasini quchoqlab soʻradi:
— Xolajon, siz oʻlganmisiz?
— Shundoq, qoʻzim.
— Endi yana qaytib keldingizmi? Boshqa oʻlmang! Ayol javob berishga ulgurmay, ovoz eshitildi: xizmatchi xotinlardan biri likobchada sago olib kirdi, Kadominini koʻrishi bilan qoʻlidan likobcha tushib ketdi-da, qichqirgancha polga yiqildi. Bu ovozni eshitib, uy bekasi ham kartani tashlab, chopib xonaga kirdi; kirdi-yu, dong qotib qoldi, na soʻzlashga, na yurishga majoli bor edi. Bola bu ahvolni koʻrib vahimadan yigʻlab qichqirdi:
— Xolajon, keting! Xolajon, keting!

Ana shunda, shuncha kundan keyingina, Kadomini oʻzining oʻlmaganligini angladi. Tanish xona, bundagi jihozlar, kichik jiyani, oʻzining unga boʻlgan muhabbati — mana shularning hammasi bilan aloqasi borligini payqadi. Bu sinashta olam bilan uning orasida hech narsa yoʻq ekan. Dugonasining uyida boʻlsa, Kadomini oʻzini rostdan ham oʻlganday sezardi.
— Singlim, nega mendan qoʻrqyapsan? — hayajon ichida soʻradi boyoqish juvon. — Qaragin, men ilgari qanday boʻlsam, hozir ham shundayman-ku!

Uning ovozini eshitib, beka behush boʻlib yiqildi.

Bu hodisani singlisidan eshitib Sharodashonkor kirib keldi. U qoʻllarini qovushtirib, yolvorgan holda Kadominiga qarab soʻzladi:
— Kichkina kelin, shu ish sizga munosibmi? Shotish — mening bittayu bitta oʻgʻlim, nega unga azob berasiz? Begona emasmiz-ku! Siz ketgandan buyon bola faqir ichikib, ozib-toʻzimoqda. Kasaldan chiqmaydi. Kechayu kunduz: «Xolajon! Xolajon!» deb chaqirgani chaqirgan. Siz bu dunyo bilan vidolashgansiz. Keling bu munosabatlarni ham uzing. Biz sizning arvohingizni noumid qilmaymiz.

Kadominining toqati toq boʻlib, qichqirib yubordi:
— Axir men tirikman, oʻlgan emasman! Oʻlik emasligimni ne yoʻsinda sizga isbot qilsam ekan!

Shundan soʻng ayol polda turgan xurmachani koʻtarib oʻz peshonasiga urdi. Bir zumda peshonasidan qon tirqirab chiqdi.
— Qaranglar, men tirikman! — deb takrorladi ayol.

Sharodashonkor qimir etmay turar, bola qoʻrqib qichqirar, uy bekasi bilan xizmatchi ayol polda hushsiz yotardi.

«Men tirikman! Men tirikman!» deb faryod qilgancha ayol xonadan qochib chiqdi va zinapoyalardan chopib, toʻgʻri hovlidagi koʻl boʻyiga borib oʻzini suvga tashladi. Sharodashonkor suvning chayqalganini eshitdi, xolos.

Kechasi va ertasiga kunboʻyi yomgʻir yogʻdi. Kadomini oʻzining tirik ekanini oʻlimi bilan isbot qildi.

1892