OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifRabindranat Tagor
Asar nomiTentak Ramkanai (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Bengal adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Rabindranat Tagor
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm11KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tentak Ramkanai (hikoya)
Rabindranat Tagor

Faqat hasadchilar, behudaga ovoza tarqatishni kasb qilganlargina, Guruchoron oigan paytda uning xotini ichkarida qarta oʻynash bilan mashgʻul edi, deb aytishlari mumkin. Yoʻq, aslida, bu mahal u zoʻr ishtaha bilan ziravor sepilgan sovuq shovla va baliq yeb oʻtirgan edi. Chaqirayotganlarini eshitib, chaynab turganini tupurdiyu qolgan shovlani naryoqqa surib qoʻyib, zarda bilan:
— Ikki osham shovla yegani ham vaqt yoʻgʻ-a! — deb poʻngʻilladi.

Guruchoron jon bermoqda edi. Doktor ham endigina chiqib ketdi. Guruchoronning ukasi Ramkanai bemorning bosh tomonida turib:
— Aka, agar xohlasangiz, vasiyatingizni menga ayting, yozib qoʻyay, — dedi.
— Mayli, yoz, — dedi bemor zaif tovush bilan. Ramkanai qogʻoz, qalam tayyorladi.
— Butun mol-mulkimni qonuniy rafiqam Shrimoti Borodashundoriga vasiyat qilib qoldirdim, — dedi Guru¬ choron.

Ramkanai qoʻli bormasa ham vasiyatnomani yozdi, lekin u, farzandsiz akasi mol-mulkini oʻz oʻgii Nobodipga vasiyat qilib qoldirar, deb oʻylagan edi.

Aka-uka boshqa-boshqa yashasalar ham, Ramkanaining xotini qaynogʻasining merosiga zoʻr umid bogiagan edi. U hatto oʻgiining xizmatga kirishiga ham rozi bo’lmay, uni yoshgina uylantirib qoʻygan edi. Tabiiyki, nikoh samarasiz qolmadi: yoshlar bola-chaqalik ham boʻldilar.

Mana vasiyatnoma tayyor. Unga imzo chekish uchun Ramkanai akasiga uzatdi. Jon uzayotgan bemorning qaltiroq qoʻl bilan ilang-bilang qilib chizgan chizigʻidan Guruchoronning nomini oʻqib olish qiyin edi.

Xotini shovlani tashlab yugurib chiqqanda, Guru¬choronning gapirishga majoli yoʻq, tildan qolgan edi. Borodashundori yigiay boshladi. Merosdan noumid boʻlganlar, bu — yolgʻon koʻzyoshi, deb pichirlashdilar, ammo siz bunga inonmang!

Ramkanaining xotini vasiyatnomani eshitgach janjal boshladi.
— Chol aqldan ozibdi! — deb jigʻibiyroni chiqdi uning, — tuppa-tuzuk jiyani turib-a...

Ramkanai xotinining izmidan chiqmasdi, uning bu hislati shu darajada ediki, boshqalar buni qdoqlik deb atardilar. Ammo bu oʻrinda u ham chidolmadi:
— Jonim, axir sen aqldan ozgan emassan-ku! Nega oʻzingni tutolmaysan? Akam o’lgan bo’lsa men hayotman, axir. Bu gaplarni keyin gaplashamiz. Hozir bunaqa gap-soʻzning mavridi emas.

Amakisining kasalligini eshitib, Nobodip oshigʻich ravishda yetib kelganda, Guruchoron jon bergan edi.
— Koʻramiz, kim senga urf-odatga muvofiq dam gulxani yoqarkan, — deb tahdid qildi u, oigan amakisiga qarab, — men seni dafn qilib boʻpman!

Marhum dovdirroq odam boʻlib, afkori omma bilan uncha hisoblashmas edi. Shastrlarda makruh sanalgan ovqatlarni iste’mol qilish unga ayniqsa yoqar edi. Agar buning uchun uni kofir deb atasalar, u:
— Men kofir boʻlsam, mol goʻshti yeganim boʻlsin, — deb, suhbatdoshining battar gʻashiga tegar edi.

U umr boʻyi shunday yashadi. Binobarin, urf-odatga muvofiq dafh etilmaganda ham, uning narigi dunyoda och qolishdan qoʻrqadi deb oʻylash behuda. Ammo Nobodip shundan boshqa yoʻl bilan undan oʻch ololmas edi. «Toki men tirik ekanman, — deb oʻylardi yigit, — amakimning merosisiz ham nonimni topib yeyman, qani u, narigi dun¬yoda bir toʻgʻram non topib koʻrsin-chi...» Tirik odamlarda imkoniyat koʻpda!

Ramkanai Borodashundoriga bunday dedi:
— Xonim, akam hamma molu mulkini sizga qoldirdi. Mana vasiyatnoma. Uni temirsandiqqa mahkam bekitib qoʻying.

Shu payt tul xotin uzundan-uzoq aytib yigʻladi. Unga bir necha choʻrilar qoʻshilishdi. Figʻonu nola butun qishloq aholisini uygʻotdi.

Yuqorida zikr etilgan bir parcha qogʻozning paydo boʻlishi bu tovushning ohangdoshligini buzdi, yigʻi-sigʻi tartibdan chiqdi.
— Oh, namuncha baxtsizman, baxti qoraman! — deb aytib yigʻlardi Borodashundor. — Aka, — derdi u ba’zan toʻxtab, — vasiyatnoma kimning nomiga yozilgan? Sizning nomingizga boʻlsa kerak?.. Oh, endi menga kim qaraydi? Endi mening holimdan kim xabar oladi? Hammalaring birdan baqirmanglar. Toʻxtanglar, men eshitay, — deb hayqirdi beka va tagʻin davom etdi:
— Nega men oldinroq oʻlmadim, nima uchun ham men tirik qoldim, voydod...

Ramkanai ichida: «Ha, bu taqdirning sovuq qiligʻi boʻlsa kerak», — deb uh tortib qoʻydi.

Uyda xotini Ramkanaini burovga oldi. Arava bilan ariqqa tushib ketgan hoʻkiz, aravakashdan kaltak yeb, moʻltillab turgandek, Ramkanai ham xotinining ta’nalarini xomush turib eshitdi.

Nihoyat, u gʻamginlik bilan gapirdi:
— Axir ayb mendami? Men Guruchoron emasman-ku!

Xotini yana bobillab ketdi:
— Oʻzingcha odamoxunlik qilgansan-da. Akang «yoz!» desa, oʻylab-netmay yoza bergansan. Hammang bir goʻrsan... Ehtimol sen ham uning izidan borarsan — men oʻlganda, bitta badburush alvastini uyga yetaklab kelib, mening tilladek bolamni koʻchaga haydab yuborarsan. Bundan umidingni uzib qoʻya qol. Men hali beri oʻlmayman.

Ayol, erining kelajakda qilishi mumkin boʻlgan shuningdek adolatsizliklari haqida soʻzlarkan, borgan sari gʻazabi oshib borardi.

Bu xayoliy ayblashlarga qarshi zarracha e’tiroz bildirgan taqdirda, badtar baloga qolishni Ramkanai tajribadan yaxshi bilardi. U goʻyo chindan xotini oʻlib, Nobodipni mahru meros etib, butun mol-mulkini ikkinchi xotinga vasiyat qilgan-u, endi oʻzini oqlashga iloj topmagan aybdorday xomush oʻtirardi.

Eru xotin janjallashib turganda Nobodip tajribali doʻstlari bilan maslahat qilib kelib onasiga bunday dedi:
— Amakimning mol-dunyosi bari bir meniki boʻladi, sen behudaga qaygʻurma, lekin otamni vaqtincha biror yoqqa yuborish kerak. Agar u shu yerda boʻlsa, hech ish chiqarib boʻlmaydi.

Nobodipning onasi erini tentak deb bilardi. Shuning uchun oʻgʻlining dalillarini darrov ma’qulladi.

Xotini bir bahona topib, noshud, nodon va goʻl erini hol-joniga qoʻymay, Banorasga joʻnatdi. Bu orada Nobodip yangasi Borodashundorini soxta vasiyatnoma yasashda ayblab sudga berdi. Yangasi ham Nobodipni xuddi shunday ayblab sudga berdi. Nobodip oʻz nomiga yozilgan vasiyatnomani koʻrsatdi, unda Guruchoronning nomi aniq yozilgan edi; u yana bir necha «xolis» guvohlar ham topib qoʻydi.

Borodashundorining yagona guvohi Nobodipning otasi edi. Undagi vasiyatnomada esa, vasiyat qiluvchining imzosini aniqlash gʻoyat mushkul boʻldi. Ayolga dalda beradigan birdan-bir kishi uning uyida yashab turgan oʻgay ukasi edi, xolos.
— Tashvish qilmang, opa sudda oʻzim tarafingizni olaman, boshqa guvohlar ham topaman, — dedi u.

Hamma narsa tayyor boʻlgach, Nobodipning onasi erini Banorasdan chaqirdi. Qoʻlida soyaboni, yelkasida xurjuni bilan bu yuraksiz janob uyga kirib keldi. U kishi andak hazil-mutoyiba qilmoqchi boʻlib, qoʻl qovushtirdi va ta’zim vaziyatida turib:
— Kamina qulvachchalari keldilar. Xonimning qanday amru farmonlari boʻladi? — deb soʻradi. Ammo xotini jiddiy tus olib:
— Hazilga balo bormi, bas, boʻldi. Qaerdagi bahonalar bilan Banorasda yurib-yurib, birdan bizni eslab qolibdi, — dedi.

Keyin, eru xotin bir-birlarini qanday izzat-hurmat qilishlari haqida yana uzoq gaplashib, nihoyat, boshqa mavzuga oʻtdilar.

Xotini, erlarning xotinlarga munosabatini musulmonlarning tovuqqa munosabati bilan taqqosladi. Eri esa, xotinlarning lablari kishini maftun etadi, ammo yuraklari oʻtkir ustaraga oʻxshaydi, dedi.

Ramkanaining xotinlarga bunday fasohat bilan muomala qilishni qachon oʻrganganini aytish juda qiyin edi.

Bu orada, hech kutilmaganda, Ramkanaiga chaqiruv qogʻozi kelib qoldi: uni guvoh tariqasida sudga chaqirgan edilar. Tashvishga tushgan er, buning tagida nima gap bor ekan, deb behuda xayol surardi. Bu vaqt xotini kelib, badburush alvasti ovsini Nobodipni mehribon amakisining merosidan mahrum qilibgina qolmay, bu tillo bolani yana turmaga ham oʻtkazishga urinayotganini yigʻlab turib xabar qildi...

Nihoyat, gap nima ustida ekanini payqab, Ramkanai:
— Yaxshi qilmabsizlar, bu xayrli ish emas, — dedi baland ovoz bilan.

Shunda xotini har qanday yasamalikka xotima berib, muddaoni ochib soldi:
— Axir Nobodipning nima gunohi bor? — dedi u, — nahotki u amakisining mol-dunyosini ololmasa? Bir ogʻiz gap bilan shuncha narsadan voz kechadimi? Qani, marhamat qilib ayt-chi, qayoqdandir bir yalmogʻiz, er qotili, moxov qizi uchib kelib uyni egallab olsa, ajoyib, goʻzal, adabli voris nima qilmogʻi kerak? U ayol sehr-jodu bilan amakini oʻlim oldida yoʻldan ozdirdi. Endi uning ajoyib jiyani bu anglashilmovchilikni tuzatishga urinyapti, xolos. Oʻzing oʻylab koʻr, axir, bu adolat emasmi?

Shoʻrlik Ramkanai, ona-bolaning tili bir ekanini bilgach, peshonasiga urib, xomush boʻldi. Boyoqish chol yemoq-ichmoqdan ham qoldi.

Shu tariqa ikki kun tuz totmadi. Nihoyat, sud boshlandi. Nobodip tahdid va va’dalar qilib, Borodashundorining oʻgay ukasiga shunday ta’sir qildiki, u darrov Nobodip foydasiga guvohlik bera qoldi.

Omad qushi Borodashundorini qoldirib, ikkinchi tarafga parvoz qilay deb turganda, sud Ramkanaini guvohlikka chaqirdi.

Ochlikdan madori qurigan chol arang oʻrnidan turib guvohlar kursisining orqa suyanchigʻiga tayandi. Uning lablari va tili tashnalikdan quriqshagan edi.

Tajribali advokat har taraflama murakkab soʻroqlar berishga kirishdi. U uzoqdan boshladi, ehtiyot bilan soʻroqlar berib, masalaning mohiyatiga yaqinlashdi.

Ramkanai sudga oʻgirilib, ikki kaftini bir-biriga qoʻydi-da, iltijo qilgandek:
— Janoblar, men majoli qurigan cholman. Uzoq gapirolmayman, qisqacha soʻzlab beray. Mening marhum ukam Guruchoron Chokroborti oʻlim oldida hamma mol-mulkini xotini Borodashundori xonimga vasiyat qilib qoldirdi. Bu vasiyatnomani u aytib turdi, men yozib oldim. Keyin imzo chekdi. Oʻgʻlim olib kelgan vasiyatnoma esa — soxta! — Shu soʻzlarni aytgach, cholni qaltiroq bosdi va xushdan ketib yiqildi.

Prokuror yonida oʻtirgan advokat taajjub bilan qoshlarini chimirib, pichirladi:
— Ish chappa ketdi-ku! Bu odam oʻzini yoʻqotib qoʻydi!

Oʻgay uka boʻlsa, sevinganidan chopgancha uyga kirdi-da, opasi Borodashundoriga:
— Chol hamma ishni rasvo qildi. Sud mening guvohligim tufayli bizning foydamizga hukm chiqardi, — dedi.
— Rostdan ham, odamning ichidagini bilish qiyin. Men bu cholni halol odam deb yurardim, — dedi Borodashundora.

Qamoqqa olingan Nobodipning tajribali doʻstlari uzoq fikrlashib, ishning bunday chappa ketishiga faqat cholning qoʻrqoqligi sabab boʻldi, chindan ham u sud huzurida turganda aqldan ozgan edi, bunaqa ahmoq shaharimizda boshqa topilmasa kerak, degan xulosaga keldilar.

Ramkanaining isitmasi oshib ketdi. Bu tentak, bemaza, befoyda ota jon berguncha aljirab, oʻgʻlining nomini tildan qoʻymadi. Qarindoshlarning ba’zilari — men ularning nomlarini zikr qilishni istamayman — cholning vafotidan keyin:
— U shu safarga bundan bir oz ilgariroq otlanganda, juda yaxshi boʻlardi, — dedilar.

1891