OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

3 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifRahim Qodirov
Asar nomiTilni tiygan yaxshi (qatralar)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Rahim Qodirov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Qatralar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/12/14
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tilni tiygan yaxshi (qatralar)
Rahim Qodirov

Yer Mehri

– Namuncha yerga yopishmasang, – debdi Shamol.
– Yerning mehri, bagʻri issiq-da, – debdi Qor.

Shakl

– Koʻp siqmagin, ezildim-ku! – zorlanibdi Loy.
– Siqmasam, gʻisht shakliga kirib boʻpsan! – deb javob qilibdi qolip.

Goʻzallik

– Odamlar nega doim senga intiladi? Siring nimada?– soʻrabdi Jar.
– Ularni boshimga koʻtarib, dunyoni koʻrsataman, – debdi Choʻqqi.

Alam Va Gʻam

Alam sherigi Gʻamga debdi:
– Tabassum bilan gaplashma, u bizni koʻrolmaydi.

Bagʻri Issiq

– Toshkoʻmir buncha qop-qora, xunuk boʻlmasa? – debdi Kesak.
– Sirtdan baho bermagin, uning bagʻri naqadar issiq, – debdi Tosh.

Gul Va Zarpechak

Zarpechak Gulga oʻshqiribdi:
– Qurib ketgur. Odamlar boʻyi-basting uchun doim bizni yuladilar!..
– E, nodon, shunga quritadilar, deb oʻylanasanmi? Axir, barcha narsani boʻgʻib koʻkartirmaysan-ku?!.

Toʻgʻrilik Uchun

Bolgʻa egri mixni toʻgʻrilashga harakat qilardi. Shunda egri Mixdan nido chiqibdi:
– Rahming kelsin...
– Boʻlmasa, toʻgʻri tur-da, – debdi Bolgʻa.

Qoʻnimsizlik

– Meni nega shamol quvlagani quvlagan? – soʻrabdi Somon.
– Ildizingdan ayrilgansan! Shunga qoʻniming yoʻq, – javob beribdi Chinor.

Ulugʻ Baxt

– Oqibating shu ekan: bir zum yonib, keyin keraksiz boʻlib qolding-ku! – debdi Kulga Kesak.
– Axir, olov boʻlib, odamlarning xizmatini oʻtab, burchimni ado etdim. Bundan ulugʻ baxt bormi! – debdi Kul.

Vazifa

– Koʻp gapirib, boshimizni ogʻritib yubording, – dedi Tishlar.
– Vazifam gapirish-da, – deya yaltoqlanibdi Til.
– Tilni tiyish ham bizning vazifamiz doirasiga kiradi!

Tishlar birlashib, ogʻizni ochirmabdi.

Devor

– Odamlar gʻalati-da, devorning qulogʻi bor, sekin gapiringlar, deb meni gunohkor qilishadi, – debdi Devor.
– E’tibor berma, ular bir-birlaridan qoʻrqqanlaridan sendan xavotirlanishadi, – debdi shift.

Qadr

– Qisqich oʻzi nima-yu, xizmati qancha boʻlardi?
– Xizmatini qadrlaymiz. Bizlarni birlashtirib tursa, boʻlgani, – izoh beribdi Qogʻoz.

Bagʻri Kenglik

Toshlardan oʻtayotgan issiq harorat tuproqni qizdirardi.
– Toshbagʻirsan, deyishardi. Haq ekan, bunchalik kuydirmasang?
– Nima qilay, Quyoshni koʻrdim deguncha taftida yonaman, – debdi tosh.

Alhazar

– Boshni men omon saqlab turibman, – debdi Til.
– Alhazar! Tavba! – deb hayron qolibdi Aql.

Oqibat

Farzin Filga izoh beribdi:
– Ruh oʻzini toʻgʻrilikka uraverib, oqibat oʻrnini chetdan topdi-ku.
– Undoq emas. Shohimiz uning sadoqatini bilib, oʻz oʻrnini topshirgan, – debdi Fil.

«Yoshlik» jurnalining 2011-yil, 7-sonidan olindi.