OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifRahmatilla Yunusov
Asar nomiChavandoz (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Rahmatilla Yunusov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm12KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Chavandoz (hikoya)
Rahmatilla Yunusov

-Yo pirim, oʻzing madad ber!

Davlat shunday deb uloqqa engashdi. Јoʻli uloqqa tegay-tegay deganda ot joyidan qimirlab ketdi, otni kimdir turtib yubordi, kimligini bilolmadi, bunday ur-surda polvonlardan har narsa kutish mumkin. U ot jilovini qaytarib keldida, yana uloqqa engashdi. Otiga yana kimdir achchiq qamchi urdi, biroq ot bu gal joyidan koʻzgʻalmadi. Davlat butun gav-dasini uloq tomon tashladi, qoʻ-liga takaning juni ilinib, bor kuchi bilan torta boshladi. Yonida kelayotgan Bosim polvon uni qoʻriqlab turdi.

Davlat uloqni egarga oʻngarib oldi, taqimiga bosib, otiga ustma-ust qamchi bosdi. Ot toʻdani yorib olgʻa intildi. Bir nechta otliq uni quvishga tushdi, biroq yetolmadi. Polvonlardan kimdir uning asabiga tegish uchun «gʻirromlik qilding, Davlat« dedi. Ammo Davlat bunga e’tibor bermadi, chunki u halolligiga ishonardi. Ot esa manzil tomon yeldek uchib bo-rardi. Moʻljalga besh-olti metrlar qolganida u uloqni taqimidan boʻshatdi, belgiga kirishi bilan uloqni tashlab yubordi. Uloq besh-olti marta umbaloq oshib, pakkaning oʻrtasiga borib tushdi. Uning orqasidan kelayotgan jarchi »Xalol boʻldi, halol...» deb baqirdi. Uning ovozi bir zumda tomoshabinlarga yetib bordi va Davlatni olqishlagan ovozlar eshitildi. Davlat quvonib ketdi.
-Mana, polvon, solimingiz!-Toʻy bakovuli uning qoʻliga tana arqonini tutqazdi.

(Koʻpkarida solim olish polvon uchun sharaf, uning qandayligining ahamiyati yoʻq, u tuya boʻlsa ham, bir soʻm boʻlsa ham baribir).

Davlat tana arqonini oʻrtoqlariga tutqazib oʻzi toʻdaga kirishga tayyorlana boshladi. Beixtiyor yodiga ilk marta solim olgan payti keldi.

...oʻshanda Yangiboy akaning choʻbir oti bilan koʻpkariga kirgandi. Yomgʻir maydalab yogʻib turardi. Choʻbir Davlatga yoqib qoldi. Jonivor avvallari ham toʻdaga kirib yurganmi, harqalay oʻzini yoʻqotib qoʻy-madi. Uloq oldiga borganda bir joyda turib berdi, ayrim otlarga oʻxshab choʻltonglamadi. Јoʻliga takaning juni tekkanida yuragi oʻynoqlab ketdi. Kuchim yetarmikan degan fikr xayolidan chaqmoqdek oʻtdi. Uloqni bor kuchi bilan tortib egarga oʻngʻardi. Taqimiga bosib otga ustma-ust qamchi urdi. Orqasidan polvonlar quvishga tushdi. Choʻbir baribir choʻbirligiga bordi. Unga Kuntuv degan qozoq polvoni yetib oldida uloqqa tarmashdi. Kuntuv har tortganda ot qimirlab ketar, Davlat esa ot bilan qoʻshilib Kuntuv oldiga borib qolardi. Biroq bor kuchi bilan tortganligidan uloqni bermas, Kuntuv esa unga sari kuchini koʻrsatardi. Yoʻq, Davlat uloqni bermadi, moʻljalga borib tashladi. Ot ham, Davlat ham qora terga tushib ketgandi. Davlat uloqni pakka tashlaganidan xursand boʻlsa, Kuntuv uloqni ololmaganidan alam qilar, otini tinmay soʻkardi.

Toʻy bakovuli Davlatni chaqirib solimini berdi. Yosh polvon solimning nimaligiga qiziqmadi, eng muhimi, oʻzini sinab koʻrdi. Demak, polvonlik qoʻlidan kelar ekan. Oʻshanda solimni olib iziga qaytar ekan, bolaligini eslab koʻzlariga yosh keldi. Otasi tashlab ketgandan keyin ukasi Ochil bilan qishloqning podasini boqardi. Har kuni eshagiga minib, mol orqasidan ketar ekan, onasi Mayram xola belboqqa non tugib berardida:
-Mollarga ehtiyot boʻlgin, tagʻin birortasi Urqoʻlsoyga tushib ketmasin,-deya qayta-qayta tayinlardi.

Davlat esa mollarni yaylovga haydardida, oʻrtoqlarini yigʻib uloq-uloq oʻynardi. Bu hol har kuni takrorlanardi. Ayrim kunlarigina Mirzaqul, Musurmon, Zokir kelmay qolardi, chunki ular maktabga borishardi. Dav-lat esa maktabga bormay qoʻygandi. Maktabga borish uchun oyoqqa biron narsa kiyish kerak, dalada esa yalangoyoq yurganingni hech kim koʻrmaydi. Ayniqsa, qish kunlari qiynalardi. Oyogʻiga latta bogʻlardida, mol boqishga ketardi. Јatqaloq paytlari esa bundan ham qiyin boʻlardi. Oyogʻiga chaqirtikanak kirib ketardi. Shunday paytlari koʻzlaridan yosh chiqib ketar, «albatta ot olaman» deb oʻzi-oʻziga soʻz berardi.

Solimni olib uyga borganida onasi Mayram xola shunchalik quvongandiki, oʻgʻlining peshonasidan qayta-qayta oʻpgandi. U oʻgʻlining solim olib kelganidan emas, yigit boʻlib qolganidan quvongandi. Davlat asta-sekin tilga tusha boshladi, katta-kichik davralarda nomi tilga olinadigan boʻldi.

Polvonlikda birgina kuchga ishonib boʻlmaydi, bu yerda tajriba ham kerak. Aksariyat polvonlar chalgʻitma usul ishlatib, uloqni tortib olib qoʻyadi. Bunday paytlari ehtiyot boʻlmasang ogʻzingdagi luqmani olib qoʻyishi hech gapmas. Bu borada unga Bosim polvon oʻzining tajribasini oʻrgatdi. Polvonlikning sir-asrorlaridan saboq berdi.

«Yolgʻiz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dongʻi chiqmas», degan maqol aynan povlonlar uchun aytilganligini Davlat keyinchalik tushunib yetdi. Bu borada Bosim polvon unga tez-tez eslatib turardi, uni halol boʻlishga, polvonlar bilan yaxshi muomala qilishga undardi. Polvon boʻlaman degan kishi oʻz kuchiga ishonibgina qolmasdan, oʻrtoqlariga ham suyanishi kerak ekan. Shu bilan birga uni tushunadigan ot ham zarur ekan. Ot bilan polvon bir-birini tushunsagina maqsadga erishish mumkinligi ma’lum boʻldi. Buning uchun esa otni tarbiyalash lozim. Davlat oʻz otini koʻpkariga kirish oldidan yaxshilab sovutadigan, uni yetaklab sayr qiladigan boʻldi.

«Ot yigitning qanoti» degan soʻz haqiqatdan ham toʻgʻri aytilgan ekan. Davlat toʻdaga kiraverib, polvonlar bilan tortishaverib, buni oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Yana bir bor ishonch hosil qildi. Ot uni har qanday manzilga yetkazadigan va koʻpkaridan solimsiz qaytmaydigan boʻldi.

Viloyatning «Hosil bayrami» boʻladigan kun belgilangach, bu toʻgʻrida barcha polvonlarga xabar berildi. Davlat ham bu toʻyga tayyorgarlik koʻra boshladi. Bu koʻpkari boshqalaridan keskin farq qilishini u juda yaxshi bilardi. Ustaga tiktirish uchun bergan maxsus etigini olib keldi, ataylab tikilgan paxtalik shi-mini sandiqdan oldirdi, yangi egar-afzal ham sotib oldi.

Koʻpkariga rostdan ham koʻp polvonlar yigʻilishdi. Katta-katta solimlar qoʻyildi, bu yerda tuyadan tortib mototsiklgacha qoʻyilgan edi, demak kurash jiddiy boʻladi.
-Polvonlar-ov, eshitmadim demanglar, borishi ming soʻm, kelishi ming soʻm!

Toʻy bakovulining ovozidan soʻng polvonlar harakatga tushib qolishdi. Koʻpkari boshlandi.

Davlat shoshmadi. Har safargiday avval koʻpkarining sur'atini kuzatmoqchi boʻldi. Bu oʻziga xos kuzatish oʻyini boʻlib, undan polvonning hatti-harakati qanday boʻlishini bilib olsa boʻladi.

Davlat uchinchi solimda otini toʻdaga soldi. Bu gal tuya qoʻyildi. Uloq oʻrtaga tashlanganidan keyin polvonlar shovqin koʻtarib qurshab olishdi. Kimningdir qoʻli qoʻliga tekkanida, yana kimningdir tortib olayotganida taka qoʻlidan tushib ketardi. Davlat ham uloq oldiga borib, bir-ikki marta qoʻl uzatib koʻrdi. Dimogʻiga otlarning tanish ter hidi urilganiga ham ahamiyat berma-di. Urina-urina takaning oldingi oyogʻiga qoʻl uzatdi. Taka nihoyatda katta va ogʻir edi.
-Bosim aka, siz meni narigi tomondan qoʻrib turing!

Davlat sherigiga shunday dedi-da, «Yo pirim, oʻzing madad ber!» deb takaga qoʻl uzatdi, uni torta boshladi. Takani bir amallab egarga oʻngʻardi. Bosim oraga ot tushirmay turdi.

Takani taqimiga bosdida, oti-ga qamchi urdi. Bosim polvon uning uloqni oʻngʻarib olganini koʻrdi-da, oldinga tushib toʻdani yorganicha yoʻl boshladi. Ot uning orqa-sidan yelib ketdi. Takaning ogʻirligidan boʻlsa kerak, Davlat ham, ot ham yarimyoʻlga yetmasdan qora terga tushib ketdi. Bosim polvon endi uning oʻng tomoniga oʻtib ol-gan, quvib kelayotganlarni Davlatga yaqinlashtirmas edi. Bunday paytlari ayrim polvonlar salgina kuch bilan sendan uloqni tortib olib qoʻyishi ma’lum, chunki ot ham, polvon ham charchab qolgan boʻladi. Davlat bir amallab moʻljalga yetib oldida, taqimidagi takani pakka tashladi. Yukdan boʻshagan ot yengil nafas olib dam qaytardi.
-Uloqni Davlat polvon tashladi!-Toʻy raisining ovozi polvonni toʻlqinlantirib yubordi. Garchi u bunday yoqimli soʻzlarni eshitaverib oʻrganib qolgan boʻlsa ham negadir birinchi mar-ta solim olayotgan yosh polvondek entikib ketdi. Јuloqlari tagi-da «Tashladi, tashladi...» degan soʻzlar qayta-qayta jaranglab turdi.
-Soliming qutlugʻ boʻlsin, polvon! Yuvish kerak!

Davlat oʻzini qutlagan kishiga qaradi-yu, hangu-mang boʻlganicha turib qoldi. Uning yonida Kuntuv polvon kulimsiraganicha turardi.

Gapning rosti, Kuntuv polvon shuhratni koʻtarolmadi, u har uloqdan keyin ulfatlari bilan «yuzta-yuzta« qiladigan odat chiqardi. Bora-bora bu »yuz»talar shishalarga aylanib ketdi. Aroq oʻz kuchini koʻrsatdi. Kuntuv polvon uloqqa yaramay qoldi. Endi u solim oladigan polvonlarga tilamchilik qiladigan boʻldi. Dastlab uni avvalgi shuhrati boqib yurdi, keyinchalik esa polvonlar ham undan oʻzini olib qochadigan boʻlishdi.

Davlat unga achindi. Јanday polvon ediya, uloqqa tashlanganida tortib olmasa qoʻymasdi. Shuhrat shunday narsa ekanki, u odamni tepaga chiqarib qoʻyarkan, tushish qiyin ekan. Pastdagi odamlar nazaringda kichkinadek, bachkanadek koʻrinar ekan. Davlat buni oʻz boshidan oʻtkazdi, shuhratning quli boʻlib qolganidan afsuslandi. Yaxshiyamki, dunyoda halol insonlar koʻp ekan. Uni Bosim polvon bu yoʻldan qaytardi.

Davlat ham katta-katta toʻylarda solim olaverib, nomi tilga tushadigan boʻlib qoldi. Davralarda u bilan urishtirib ichishni orzu qiladiganlar ham koʻpayib qolishdi. Rad etadigan boʻlsa xafa boʻlishlarini bildirishdi ham. Uloqqa borishini aytishganida ham zoʻrlashni qoʻyishmasdi. Insonning yuzi issiq boʻlar ekan, ularning soʻzlarini ikki qilolmadi. Ichib olib toʻdaga kiradigan odat chiqardi. Bir gal ham shunday qildi. Uloqqa engashayotganida yiqilib tushdi. Polvonlardan kimdir achinib, kimdir esa mazax qilib bosh chayqadi.

Polvonlar qanchalik shafqatsiz boʻlishmasin, ularda odamgarchilik ham bor. Chavandozlarning biri uning yiqilganini koʻrib, oʻrnidan turishga yordamlashdi. Јoʻlidan yetaklab chetroqqa chiqarib qoʻydi.

Jonivor otlar ham shunchalik aqlli boʻlishadiki, odam yotganligini koʻrib bosmaslikka harakat qilishadi.

Hushiga kelganidan keyin Davlat boʻlgan voqealarni eslab rosa hijolat tortdi. Boʻlari boʻlib oʻtirganida Bosim polvon oldiga keldi. Gap-soʻzsiz qamchi bilan yuz-koʻzi aralash solib yubordi. Shu-shu boʻldi-yu, ikkinchi marta aroq ichib koʻpkariga kirmaydigan boʻldi. Yiqilgani ham mayli-ya, bir gal ham bir yosh polvon bilan tortishib qolib, uloqni oldirib qoʻydi. Bir alam qildi, bir alam qildi...

Davlat Kuntuv polvondan uzoqlashgach yana oʻzini toʻdaga urdi. Koʻpkari qizigan payt. Otlar yanada koʻpayib ketgan, toʻdaga kirish ham qiyin edi. U bir amallab toʻdani yorib kirdi-da, oʻzini uloqqa tashladi. Uloq qoʻldan qoʻlga oʻtib turar, polvonlarning asabiylashib soʻkingani, otlarning achchiq-achchiq kishnagani uzoq-uzoqlarga eshitilib turardi. Terning badboʻy hidi koʻngilni behuzur qilar, ammo polvonlar bunga e’tibor ham bermas, jon-jahdlari bilan uloqqa tashlanishardi.

Davlat ham uloqqa qoʻl uzatib, bir polvon bilan tortishib qoldi. Bunday paytlari polvonlar takaning duch kelgan joyidan ushlab tortishadi. U bilan tortishayotgan polvon tanish edi. Baxtiyor Allayorov degan yosh polvon uning e’tiborini ancha vaqtdan buyon tortib yurardi. Harakatchan, uncha-muncha polvonlarga haq bermaydigan, kelbatli yigit. Demak, yosh polvonga yordam berish, vaqti kelganida qoʻllab yuborish lozim.
-Davlat aka, charchaganingiz yoʻqmi?-soʻz qotdi Baxtiyor.
-Rahmat, uka.

Davlat taqimidagi uloqni salgina boʻshatdida, Baxtiyorga moyillik berdi. Uni hara-katlaridanoq tushungan Baxtiyor yonboshidan yaqinlashib keldida, uloqqa qoʻl uzatdi. Koʻp oʻtmasdan Davlat polvon takani Baxtiyorga berdida, oʻzi uning orqasidan joʻnadi.
-Ust tomonidan oʻra, takaning orqasini sal koʻtarib qoʻy!

Davlat Baxtiyorga shunday deb tayinladi. Bir vaqtlari ustozi Bosim polvon ham unga shunday deb oʻrgatardi...