OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

2 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifRashod Nuri Guntekin
Asar nomiGʻamsizning oʻlimi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Romantik adabiyot
Mualliflar
   - Rashod Nuri Guntekin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonIsmatulla Doʻstmurodov
Hajm11KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/02
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Gʻamsizning oʻlimi (hikoya)
Rashod Nuri Guntekin

Oʻsha kuni ertalab, talabalar bayrami nishonlanadigan kuni bolalar bogʻchasida oldingidan farqli besaranjomlik va jonlanish yuz berdi. Koʻchalardan guruh-guruh boʻlib boshlangʻich va oʻrta maktablarning oʻquvchilari marsh aytib oʻtishar, hammasi shaharning olis saylgohlariga yoʻl olishardi.

Eng katta tarbiyalanuvchisi olti yoshda boʻlgan bu bogʻcha bolalarini uzoqroq joyga eltish biroz mushkulligi tufayli har yili ular bayramni kichkina oyoqlari bilan 20 daqiqacha yoʻl bosib boriladigan xushmanzara soy boʻyida nishonlashadi.

Tayyorgarlik joy-joyida. Bogʻcha turli-tuman rangli kiyimdagi jonli gullar dalasidek toʻlib-toshgan. Oʻgʻil bolalar yangi poyabzallarini artib tozalashsa, qizlar bir-birining sochlarini toʻgʻrilab, buzilgan lentalarini bogʻlab qoʻyishar, tugmalarini oʻtkazishardi. Bu paytda olti yoshli bir qizaloq tosh zinaga oʻtirib, toʻrt yoshli yetim oʻrtogʻining soʻkilgan koʻylagini tikishga urinar, bu esa albatta, koʻrgan odamning hayratiga sabab boʻlardi.

Nihoyat tayyorgarlik tugab, quvnoq bolalar guruhi yoʻlga tushdi. Kichkintoylar bir qoʻllarida rangli paketlar, oʻyinchoq va yeguliklar bilan toʻla savatlarni koʻtarib olishgan, ikkinchisi bilan esa oʻrtoqlarining qoʻllaridan mahkam tutishgancha yoʻllarida davom etishardi. Koʻchada ortiqcha shovqin-suron chiqarmaslik uchun oʻqituvchilar bolalarga marsh ayttira boshlashdi. Katta bolalar qomatlarini bor kuchi bilan koʻtarib, xursandchilikdan ichiga sigʻmay kuylashardi. Kichkinalar yurishda qanday boʻlsa ashula aytishda ham shunday orqada qolishar, natijada pala-partish ovozlar paydo boʻlardi. Bolalar koʻchalardan oʻtisharkan, derazalar ochilib ayollar boshlarini chiqarar, doʻkonlardagi sotuvchilar nima boʻlayotganini bilish uchun qiziqib qarashardi.

Bolalar bogʻchasining hamma sayohatlarida boʻlgani kabi bu gal ham safning boshida gʻamsiz kichkinalar bilan birga ildamlashardi Famsiz sariq rangli qari it. U bolalar bogʻchasi joylashgan mahallada yashaydi. Famsiz odamlardek tushuna oladi. Lekin u ba’zi odamlarga qaraganda vafodorroq jonivor. Daydi yurgani uchunmi, mahalladagilar unga gʻamsiz deb nom qoʻyishgan. Darhaqiqat, rostdan ham u ja’mi itlarning eng gʻamgini. Bunga bir necha yil avval katta baxtsizlikka uchragani sabab boʻlgan.

Oʻshanda u toʻrt bolasining birdaniga zaharlanib, koʻz oʻngida toʻlgʻona-toʻlgʻona oʻlganidan qattiq gʻamga botgandi. Oʻlik bolalarini ortib olib ketayotgan mashinaning orqasidan ancha olisgacha chopib borib, bir hafta orqaga qaytmagandi.

Oʻshanda uni biror joyda falokatga uchrab jon berganini taxmin qilganlar ham boʻldi. Biroq gʻamsiz devona va oʻychan koʻringani bilan juda ziyrak it edi. U dushmanlarini tez payqab olsa-da, ba’zan oʻzini ularga ishonib zaharli ovqatlarini yeb, tuzoqlariga tushadigandek koʻrsatardi. Lekin bunday qilmasdi. Shu sababli dushmanlari uni oʻldirishning ilojini topisholmasdi. Oʻshanda u tez-tez quloqqa chalinayotgan sovuq gaplarni chippakka chiqarib, bir haftadan keyin yana mahallaga qaytib kelgandi. Ammo u endi baxtga qarshi qarib, gʻamginlashib qolgan, uzun sariq tuklari loyga bulanib, yaralangan oyoqlari bilan oqsogʻlanib qadam tashlardi.

Bilmadim, rostmi-yolgʻon, mahalladagi ayollar u haqidagi bir voqeani koʻp gapirishardi. Yoamsiz bolalarining oʻlimidan keyin yashashni istamagan emish... Vayronaga aylangan binolar oldida turgancha osmonga qarab yolvorgandek toʻxtab-toʻxtab uligan, bolalarini zaharlagan ovqatdan unga ham berishlarini soʻraganmish... Hatto bir marta zaharlangan ekan-u, oʻlmagan emish... Koʻp azob chekib, ancha payt sudralib yurgandan keyin yana oyoqqa turib ketganmish...

Famsiz bolalari oʻlgach mahalladagilardan xafa boʻlib, bolalar bogʻchasining orqasidagi vayronaga joylashib olgandi. U endi oldingidek koʻchalarda aylanib yurmas, faqat ahyon-ahyonda bogʻcha darvozasidan iymanib ichkariga kirib bolalar bilan oʻynar, tushlik vaqtida ulardan ortgan yeguliklarni yer edi.

Kattalarga qaraganda koʻproq bolalarga ishonardi. Kichiklardan yomonlik koʻrmasligini bilgani va ularni ham oʻlib ketgan kichkina jigarporalari kabi himoyasiz ekanini his qilgani uchunmi, shunday qilardi.

Oʻqituvchilar bu oltin rangli, hammaga mahzun va oʻzgacha mehr bilan qarab qoʻyadigan, bolalarning har bir erkaligi-yu jabr-zulmiga bardosh beradigan qari, koʻcha itini quvishmas, uni himoya qilishardi. Shuning uchun bolalar bogʻchasining qorovuli va xodimlari unga gʻamxoʻrlik qilishardi. U kichkintoylarning eng sevimli doʻstiga aylangandi.

Bolalar bogʻchalari jamiyatning kichiklashtirilgan bir boʻlagiga oʻxshaydi. Bu yerda kambagʻallik, oilaga dogʻ tushishi kabi sabablar bilan jamiyatdan ajratib qoʻyilgan yoki turli xil vaj tufayli yolgʻiz yashash istagida uyidan qochgan murgʻak bolalar hayot kechirishadi. Famsiz bogʻchaning bir chekkasida bolalar bilan ovunadi. Mushtdek yuraklarida aytib boʻlmaydigan dard-u gʻamlarini sigʻdirib yashayotgan bolalar uning loy oyoqlarini qoʻllarida tutgancha jonivor bilan suhbatlashardi.

Famsiz ham bolalarga mehribonlik qilardi. Hatto bir marta uning bogʻchada yugurib yiqilgan kichkintoyning yaralangan tizzasini tili bilan yalayotganini koʻrgan oʻqituvchilar hayron qolishgandi.

Bolalar toʻdasi mahalladan chiqib yam-yashil dalalardan oʻtadigan tor soʻqmoq boʻylab harakatlanar, gʻamsiz hammadan oldinda magʻrur ildamlardi. Lekin nimagadir bugun uning koʻzlarida ma’yus kayfiyat zohir edi.

Nihoyat bayram oʻtkaziladigan joyga yetib borishdi. Bu yer soya-salqin daryo sohili boʻlib, suv ostida silkinayotgan yashil suvoʻtlari tepadan aniq koʻrinib turardi. Bolalarning shovqin-suronidan oʻtloqdagi qushlar hurkib uchib ketdi. Hozir ularning xursandchilik qiladigan payti. Ular qichqirib-quvalashib har tarafga tarqalishar, ba’zilar daraxtga tirmashib chiqa boshlashsa, ba’zilar oʻtloqzorda yumalashib oʻynardi. Kechqurun boʻlishiga hali ancha vaqt borligini hisobga olmasdan butun kuch va shodliklarini sarf qilishar, ayrimlari ul-bul yeguliklarini tanovvul qilishni ham boshlab yuborishdi.

Famsiz biroz jonlanib bolalar bilan oʻynay boshladi. Lekin birdaniga toʻxtadi. Boshini koʻtarib alamli faryod qildi. Keyin asta-sekin jimib qoldi-yu, kattakon ikkita toshning orasida toʻlgʻona-toʻlgʻona yotib qoldi.

It kasallangan edi. Buni darhol fahmlagan bolalar unga ovqat olib bordilar. U ovqatni yemas, vaqti-vaqti bilan ingrab, tishlarini gʻijirlatib qoʻyardi. Uning iztirobli boqishlarini oʻqituvchilar ham koʻrishdi.
— Yaqinlashmanglar, bolalar... Nima boʻlgandayam bu hayvon, balki quturgan boʻlishi mumkin, — deyishdi kattalar.

Bolalarni tartibga keltira olishmagandan keyin xodimlardan birini navbatchi qilib qoʻyishga majbur boʻlishdi.

* * *

Olti-etti yoshlardagi qiz nimanidir eslab, baqira boshladi.
— Ey, voh, gʻamsizni zaharlashdi. Bugun ertalab xarid qilgani baqqolga borgandim. Bir chekkadagi axlatlar oldida uni koʻrgandim. Boshqa itlar bilan birga bir nimalarni yeyishardi. Menimcha, ana shu aniq zaharli ovqat edi...

Oʻqituvchilar qari itning bunday ehtiyotsizlik qilishini kutishmagandi. Biroq qizchaning aytganlari toʻgʻri edi. Famsiz zaharlanib qiynaladigan hamma itlar kabi toʻlgʻonib-toʻlgʻonib tipirchilardi. Endi bolalarning xursandchiligidan asar ham qolmadi. Bayram oʻtayotgan oʻtloqzor jim-jit boʻlib qoldi. Shu yetmaganday, ba’zi bolalar yigʻlay boshlashdi. Hamma qiladigan ishini unutganday, parishon boʻlib qolgandi.

Famsiz bogʻchaning qadrdon hayvoni boʻlib qolgan boʻlsa-da, oʻqituvchilar bayramni bolalarga zahar qilishni istashmadi.
— Bolalar, qoʻrqmanglar! Sizlar bilmaysizlar, gʻamsiz oldin ham bir necha marta zaharlanib, keyin tuzalib ketgandi. Unga hech narsa boʻlmaydi, qani, hamma oʻyinga! — dedi oʻqituvchilardan biri.

Kichkintoylarni qiyinchilik bilan tarqata boshladilar. Kimdir yigʻlashda davom etar, yana kimdir kattalarning soʻzidan taskin olib, Qamsiz sabrli jonivor, unga hech narsa qilmaydi, deyishardi. Hatto kichkina hovuchlarini ochib, uni duo qilganlar ham boʻldi.

Bolalarni gʻamsizdan uzoqlashtirishning iloji boʻlmadi va oʻqituvchilar buning boshqa chorasini oʻylab topishdi. Ular bayram joyini ikki-uch daqiqa olislikdagi boshqa bir yerga koʻchirishga qaror qilishdi. Toʻshanchilar, paketlar yigʻishtirilib, bolalar gʻamsizni yolgʻiz tashlab keta boshlashdi...

* * *

Bolalar oʻzaro kelishib olishdimi, har toʻrt-besh daqiqada bir oʻquvchi yoʻqolib qolar va ular hech kimga bildirmay gʻamsizning ahvolidan xabar olishardi. Bundan eng kichkina bolalar ham xabardor boʻlsa-da, oʻqituvchilardan sir tutishib miq etishmasdi.

Bir soat oʻtib, gʻamsiz jon taslim qilayotgani haqidagi sovuq gap tarqaldi. Bechora yotib olgan toshlar orasidan chiqib, achinarli ahvolda tipirchilardi. Famsizning ogʻzidan qon kelayotgani uchun yuz-koʻzi, oyoqlari qip-qizil tusga kirgandi. Endi na buyruq, na doʻq-poʻpisa bolalarni itning oldiga borishdan toʻxtatib qola olardi. Hamma bolalar birdaniga baqirib yigʻlab chopa boshladilar... Oʻqituvchilar zoʻrlik bilan ikki-uchtasini qaytarib qolishsa, yana boshqa sakkiz-toʻqqiztasi qochib ketishardi.

Biroq endi hech kim itga yaqinlasha olmadi. Chunki gʻamsizning tipirchilashi qoʻrqinchli tus olgan edi. U oʻzini qoʻyarga joy topolmay tipirchilar, oyoqlari bilan har tarafga tuproqni titkilar, qonga boʻyalgan ogʻzini osmonga qaratib, tahdid qilayotganday tushunarsiz ovozda gʻingshirdi. Bu hol bir muddat davom etgach, oxiri u soʻnggi kuchini toʻpladi. Va ichini yondirayotgan olovni pasaytirish uchun daryo tomonga yugurib ketdi.

* * *

Xuddi shu paytda daryo ustidagi omonatgina taxta koʻprik yaqinida, chamasi, besh yoshlardagi ikki qizcha oʻynab yurardi. Ular itning chang-toʻzonga bulanib oʻzlari tomonga yugurib kelayotganini koʻrib, qoʻrqib ketishdi. Koʻprikdan narigi tarafga oʻtib olmoqchi boʻlishdi-yu, azbaroyi shoshilganidan bittasi daryoga tushib ketib, jon holatda pitirlay boshladi.

Falokatni koʻrgan gʻamsiz darhol toʻxtab qoldi. Yoʻlini koʻprik tarafga oʻzgartirib chopdi va qizchaning orqasidan suvga otildi. Ogʻzi bilan uning kiyimidan tishlab sayozroq joyga olib chiqdi. Oʻqituvchilar yetib kelgunicha uni suv ustida ushlab turdi.

Keyin sabri va nasibasi tugadi chogʻi, asta oyoqlari ostida suvga yiqildi. Bir-ikki marta shoʻnQib atrofdagi suvni harakatlantirdi va joni uzildi. Boʻshashib qolgan tanasi bir zayldagi suv oqimiga boʻysunib, asta-sekin sohildan uzoqlasha boshladi.