OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSa’dina Bobomurodova
Asar nomiTurnagulga kelaman (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Sa’dina Bobomurodova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm10KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Turnagulga kelaman (hikoya)
Sa’dina Bobomurodova

Qora tosh...

Nihoyat, yetti kechayu yetti kunduz yoqqan yomgʻir bugun toʻxtadi. Savr shamoli qora bulut-chodirlarini shoshib yigʻishtira boshladi. Samoning birinchi-yashil qatlami uzra oftob charaqladi. Dov-daraxtlar, maysa-giyohlar koʻzlarida, lablarida shudring-yosh bilan uni yarlaqadi.

Eski yon daftarchalarimni varaqlab tursam, bir dona qurigan, hidi yoʻq binafsha gul chiqdi. Yaproqlariga «1982 yil, 2 aprel. Јoratosh. Mulla Mansur bobo» deb yozib qoʻygan ekanman.

Beixtiyor oʻsha damlar yodimga keldi. Roppa-rosa 25 yil avval, talabalik yillarimizda institut tomonidan xalq ogʻzaki ijodidan namunalar toʻplab, yozib olish uchun Forish tumanidagi «Јoratosh-Nurak» qishlogʻiga joʻnatish-di. Dugonam Marhabo Mansurova bilan bir oy davomida togʻ bagʻridagi tik, haybatli qoyalar soya solib turgan Mulla Mansur boboning uyida turdik. Kechalari hovlida, pastgina ishkom tagi-ga qurilgan soʻrida yotamiz. Uzumlari yirik-yirik, xuddi bosh barmogʻingiz-day keladi. Yotgan joyimizda qoʻlimizni uzatsak ham yetardi. Mulla Mansur bobo yuzlari bugʻdoyi rang, soqollari oppoq, simobi salla, oppoq kiyimlarda, misoli Xizr bobo yangligʻ qoʻr toʻkib yurar-di. Koʻpincha uychasida, deraza oldida kitob oʻqib oʻtirardi.

Mulla boboning Xosiyat momo degan jikkakkina kampiri boʻlardi. Koʻpincha biz dars tayyorlayotganda oldimizga kelardida:

-O’x, shamol qandoq yaxshi-ya! Tunivilan ham tinmadi-ya,-derdi Forish shevasida.-Bichogʻni olib ravoch terib kelinglar. Marhabo ikkalamiz ravoch, binafsha, tatran (hulkar), qoʻziqorinlar tergani chiqib ketardik. Bugun ba’zi paytlari oʻz-oʻzimga ishonolmay, gumonlarga boraman: oʻsha ertaklardagiday zumurrad kunlarni rostdan yashaganmidik yo barisi tushmidi?..

* * *

-Yetdik! Ana Јoratosh! Shu yerdan burilasiz. Hayajon avval yuragimga, tomirlarimga oʻtib, soʻng boʻgʻim-boʻgʻimlarimga tushadi. Ishqilib, binafsha oʻtib ketmaganmikin-a? Xavotirla haydovchidan soʻrayman.

-Aprel keldi-ku, oʻtib ketgan boʻlishi kerak.

-Qoʻying-ey, unday demay turing, men uchun loaqal bitta qolgandir!..

* * *

«Xoʻja Bogʻbon ota ziyoratgohi» imom xatibi Toʻymuhammad Mansurov va Max-sum bobo bilan ziyoratgohga chiqib borayapmiz.

-Otamni Mulla Mansur deyishardi,-deya hikoya qiladi Maxsum bobo. -«Јur-’oni karim»ni yetti xil qiroatini keltirib oʻqirdi. Albatta, otamdagi salohiyat, soʻfiylik, tasavvuf-tariqat ilmi, diniy dunyoqarash koʻlami menda yoʻq. Otamni koʻrgan, suhbatdosh boʻlgan ekansizlar. Buni oʻzingiz ham sez-gandirsiz. Nima qilamiz endi?.. Bir yogʻi bizlar arosat ta’lim, arosat tarbiya koʻrib oʻsdik-oʻzbek boʻlib oʻzbek, oʻris boʻlib oʻris boʻlmadik. Јolaversa, masho-yixlar bejiz aytishmaganda, bola otadan dahsari...deb. Endi bular ham bir avloddan-avlodlarga oʻtib ke-layotgan rivoyatlardir, qizim. Јanchasi chin, qanchasi yolgʻon, bir Xudoga ayon.

Qadim ajdodlarimiz bizlarga, hozirgining odamlariga oʻxshab, hasha-matli uy-joylarga ruju qoʻyishmagan ekan. O’zi besh kunlik dunyo boʻlsa, chin uy-chin dunyoda, deya gʻorlarda, yertoʻla, kapa, oʻtov va chaylalarda yashayverishgan. Yetti yuz ellik yillar muqaddam, oʻn ikkinchi asrning yetmishinchi yillarida Xoʻja Bogʻbon avliyo otamiz (asl ismlari Ibn Muhammad al-Vosit boʻlgan ekanlar. Fikh (islomiy ilm-ma’rifat) tarqatish uchun shu yerlarga kelib qolgan ekanlar. Aslida Islom-jihod degani emas. «Jihod« degani ham bir xil qoʻporuvchilar talqin qilayotganidek, terrorchilik, bosqinchilik degani ham emas. Aksincha, islom-tom ma’nodagi ma’rifatdir. Shu yerda yana bir izoh: bu toʻgʻrida Alisher Navoiyning ("Nasoyim ul-muhabbat") kitobidan yetti yuz avliyoning ismi sharifi keltirilgan ekan. Kitobdagi oltinchi oʻrinda: ibn Muhammad al-Vosi’ (roziyaollohu taolo) avliyo keltirilib, »...O’z zamonasining benaziri erdi va tobinidin koʻpga xizmat qilibdur va suhbatigʻa yetibdur va koʻp moshoyihlar bila suhbat tutibdur... Bu dunyoda zohid boʻl va hech kishidin tama’ qilma, to barcha xalq senga muhtoj boʻlgʻaylar...» degan fikrlar bilan boshla-nadigan jumlalar bor. Endi oʻsha fikrlar aynan shu Xoʻja Bogʻbon avliyo ota haqidami yo boshqasimi aniq bilmadim.

Otamning oʻzi hayot boʻlganda boshqa gap edi...Xullasi, avliyo bobomiz shu joylarga kelibdi. Har doim, to dunyo yaralibdiku, yaxshilik bilan yomonlik kurashib kelgan. Shu gʻorga yetganda orqasidan uni oʻldirish uchun quvib kelayotgan johil yovlar juda yaqinlashib qolibdi. Avliyo ota shu gʻorga kiribdida, Yaratgandan najot soʻrab, iltijolar qilibdi. Shunda gʻor ogʻzida, xuddi mana shu yerlarida boʻlsa kerakdir, qalin oʻrgimchak toʻri hosil boʻlibdi. Toʻr ichkarisida esa bir musicha-kabutar paydo boʻlibdi. Haligi yovlar yetib kelib qa-rashsa, gʻor ogʻzida qalin oʻrgimchak toʻri, toʻr orqasida esa bir musicha qoʻnishibgina turganmish. Ular, agar shu yerga kirib ketganda, bu oʻrgimchak toʻri albatta buzilib ketgan va musicha ham uchib ketgan boʻlardi, deya oʻylashib, orqa-lariga qaytib ketgan ekanlar. Јarang, Xudo deganning yoʻlini Xudoning oʻzi oʻnglab, koʻziga shu toʻsiqlarni koʻrsatib qoʻyganini qarangda.

Avliyo otamiz qirq ikki yoshlarida uzlatga chekinibdilar. Uzoq toat-ibodatdan soʻng, bir kuni jam’i aziz-anbiyolarini huzuriga chorlab, suhbati arjumand qilmoqchi boʻlibdi. Mashoyixlar, avliyo-anbiyolar ruhi koʻpi bilan ikki soniyaga qolmay yetib kelishibdi.

-Yo, Olloh!-debdi avliyo otamiz.-Endi bu aziz mehmonlarni qanday ziyofat qilurmen?..

Shunda gʻoyibdan ilohiy paygʻom boʻlibdi:

-Girdo-girdingga mevali daraxtlarning quruq choʻplaridan suqib qoʻy!

Choʻplarni yerga ekkan zahotiyoq, ular xil-xil pishib turgan mevali daraxtlarga aylanaveribdi. Chor tarafda, «qirmiz gul»lar-binafshalar ochilib, ravochlar, tatranlar bosh koʻtaribdi. Јoratoshni yorib tosh lolalar chiqibdi. Mana qarang, tosh lolaning boʻyi juda past. Јir-boʻz lolalar esa tizza boʻyi keladi. Hech e’tibor qilganmisiz, boshqa joylarda bunday binafshazor uchramaydi, yakkam-dukkam holda uchrashi mumkin. Keyin Јoratosh buloq sizib chiqibdi. Suvining tiniqligini qarang, ichidagi toshlarining ranggi ham aniq koʻrinadi-ya. Yilning toʻrt faslida ham birday: iliqqina.

Mehmonlar mezbon haqqiga duolar qilishibdi. Bul ma’volar, behishtdan nur yogʻilgan, nur oqqan («Nurak») joylar ekan. Siz esa asl piri bogʻbon ekansiz. Emdi shu voqe’an Six Xoʻja Bogʻbon avliyo ota boʻldingiz, deya fatvo berishibdi.

-Mana bu tut daraxtlarining aylanasi toʻrt metrlar keladi,-Maxsum bobo tanasi yer bagʻirlab ketgan, ulkan dinazavrday haybatli daraxtlarga ishora qiladi.-Toshkentdan kelgan Sharipov degan olim bu daraxtlar yetti yuz-etti yuz ellik yillar atrofida boʻlishi kerak, haqiqiy yoshini daraxt xujayralaridan aniqlaydi, deya olib ketgandi. Ziyoratgoh shu paytgacha viloyat «Јoʻshchinor» jome’ masjidiga qarash-li edi. Yaqinda viloyat tarixiy va madaniy yodgorliklarni asrash va qoʻriqlash inspektsiyasi rahbarlari kelishib, daraxtlar ham, gʻor ham, buloq ham shunchaki oddiy emas. Ular tarixiy yodgorliklarimiz, muhofaza qilinishi kerak, deya maxsus roʻyxatga olib ketishdi.

Qadimiy (balkim oʻsha choʻplardan koʻ-kargan ilohiy) daraxtlarni aylanamiz. Ajabo, daraxtlar tanasi kovaklarida qozonday-qozonday toshlarni ogʻushlab turibdi. Bunday katta toshlar daraxt kovagiga qanday kirib qolgan deng-da. Yo zarra holidan boshlab, daraxt bagʻrida ulgʻayib kelayotganmikin?..

Bu «Јozoq mozor«, tepalikning orqasidagi esa "Moʻgʻul mozor". Chingiz-moʻgʻul urushi davrlarida koʻmilgan ekan. Xayollaring oʻz-oʻzidan yana moziyga ogʻadi: »...Jang chogʻingda homilador ayolni toʻlgʻoq dardi tutti. Bir daraxtning (qabugʻ) kovagiga kirib, koʻzi yoridi. Tugʻilgan bolaga Јibchoq (kovakda tugʻilgan) Јipchoqxon deya nom berdilar».

Daraxt tanasiga ilinibgina turgan koʻxna qobiqchani avaylabgina olaman:

Endi kim aytadi, «Moʻgʻul mozor»,

Bizga kim javob qiladi, Daraxtjon?..

Umr bir martalik, dunyochi bozor.

Nechuk yuraklarda limmo-lim ozor...

«Qoratosh«- "qora" turkcha "ulugʻvor", "haybatli" degani, yana bir ma’nosi esa "belgi", "oʻlchov" alomatlarini bildi-rarkan. Kun shu toshga kelganda tiyra-mox shamoli esadi, bori nabotot oʻsishdan toʻxtab, »Јora sovuqlar» kezadi.

Bu koʻhna, naqshli ustunni esa kim, qachon qurganini bilmaymiz. Јachondir, kimdir bu arabiy raqamlarni oʻyib yozgan. Endi bu raqamlarni me’mor yozganmi, yo oʻtkinchi bir ziyoratchimi, unisiyam noma’lum. Јarang/, tarixni, arxeologiyani oʻrganaman deganga qancha mavzu bor. Avvallari-ku, erkimiz, izmimiz oʻzimizda emasdi. mana elga Hurriyat boʻldi. Endi bu yogʻi faqat oʻzimizga bogʻliq. Marhamat, yoz, yorit, elga koʻrsat, nomzod boʻlasanmi, professor boʻlasanmi, boʻl, haloling boʻlsin, toʻgʻrimi, qizim?

-Toʻgʻri, toʻgʻri!

-Hoʻ-oʻ, «Momokovakni» koʻrayapsizmi?-togʻning tik yonbagʻridagi ayvonli gʻor. Ana qarang, ichida bir kampir urchuq yigirib oʻtiribdi-ya!

Emishki, «Nurak-Јoratosh«ga yov bostirib kelganida qishloq chetida bir kampir yolgʻizgina oʻgʻli bilan yasharkan. Inson »Hur tugʻilgʻon» (Choʻlpon iborasi) emasmi, oʻz yurtida, yogʻiy yoʻl-yoʻrigʻiga, yoʻlboshchisiga bosh egib yashamoqlikni hayf bilib, momo Јoratoshga yolvoribdi:

Yoriltosh-a, yoriltosh...

Men bagʻringga kirayin.

Yovga yor boʻp yurguncha,

Mayli tosh boʻp qolayin...

Togʻ bardosh berolmabdi. Negaki, Yaratganning oʻzi insonning jisminigina emas, his-tuygʻularini ham aziz-u mukarram qilgandir. Tosh yorilib, gʻor-ayvoncha paydo boʻlibdi. Kampir gʻorning ayvonida turib, yovqur oʻgʻlini kutib, elga omonlik, hurriyat tilab, urchuq yigirib oʻtiraveribdi, oʻtiraveribdi... va axiyri shu alfozda toshga aylanib qolibdi...

G’or-ayvonga, Toshmomoga termulguncha turib qoldim... Rahmatli enam xuddi shunday, shu taxlitda urchuq yigirib oʻtirgich edi-ya...

Birdan hozir ham xuddi enam oʻtirganday boʻldi; Urchuqni bir yon qoʻyib, men tomon asta jilganday boʻldi; Tosh kaftlarga harorat quyilib, boshim silaganday boʻldi; «Doim yaxshi yurgin, bolam», deya tilov tilaganday boʻldi...

O’!.. enam-a, enam...

Dimogʻim achitgan qoraqummidir, Tosh,

Yo «Qoba qavs ayn»gacha bir zummidir, Tosh?...

Koʻkayim ming pora Tosh,

Dunyo buncha tor-a, Tosh?..

Qoratosh!.. Qoratosh!..