OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSa’diy Sheroziy
Asar nomiHikmatga toʻla olam (gʻazal, ruboiy, hikmatlar)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Fors adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Sa’diy Sheroziy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm200KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/18
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Hikmatga toʻla olam (gʻazal, ruboiy, hikmatlar)
Sa’diy Sheroziy

Hayot Muallimi

Mashhur fors-tojik shoiri, adibi va mutafakkiri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy nomini eshitmagan, uning jahon soʻz san’ati durdonalari qatoridan oʻrin olgan «Boʻston» va «Guliston» asarlaridan bahramand boʻlmagan adabiyot muxlisi topilmasa kerak. Sharq xalqlari orasida Shayx Sa’diy nomi bilan shuhrat qozongan bu donishmand inson 1203 yili Sheroz shahrida tugʻilgan. Otasi Sheroz otabegi Sa’d binni Zangiyning mulozimlaridan boʻlgan. Lekin u 10—11 yoshlarida otadan yetim qoladi.

Saroy tomonidan nafaqa tayinlangan boʻlsa-da, oilaning moddiy ahvoli ogʻir edi. Mayda savdogarchilik bilan shugʻullangan akasining ham bozori tezda kasod boʻladi. Shunga qaramay, bilimga chanqoq Muslihiddin boshlangʻich ma’lumotni tugʻilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni davom ettirish uchun xalifalik poytaxti, oʻsha davrning eng yirik ilm va madaniyat markazi boʻlgan Bagʻdodga boradi. Dongdor «Nizomiya» va «Mustansiriya» madrasalarida kalom, fiqh, tafsir ilmlari, arab tili sarfu nahfi, arab va fors adabiyoti, Sharq falsafasi, tarix, mantiq, tib xamda boshqa tabiiy va aniq fanlarni oʻrganadi. Taniqli tasavvuf olimi va faylasuf adib Shahobiddin Suhravardiy hamda yirik ilohiyot allomasi Abulfaraj Abdurahmon ibn Javziy qoʻlida tahsil oladi.

XI asrda saljuqiy sultonlardan bir nechtasiga vazirlik qilgan mashhur davlat va jamoat arbobi Nizomulmulk asos solgan «Nnzomiya» madrasasi 6 ming talabani oʻz bagʻriga olsa, «Mustansiriya» kutubxonasida 70 ming jilddan ortiq kitob boʻlgan. Bu ikki ulkan madrasaning musulmon Sharqidagi nufuzini shundan ham bilsa boʻladi. Talabalar orasida, ayniqsa, zabardast arab shoiri Mutanabbiy she’rlariga qiziqish kuchli edi. Bu mutolaalar keyinchalik Sa’diy ijodiga kuchli ta’sir koʻrsatdi. U bu yerdagi ilmiy-adabiy davralarda faol ishtirok etib, bilimining keng va chuqurligi, dalillarining oʻtkir va asosliligi, voizlik iqtidori tufayli hammaning e’tiborini oʻziga jalb qilar va bahsu munozaralarda hamisha gʻolib chiqar edi.

Madrasani tutatgan Sa’diy olgan bilimlarini amaliyotga qoʻllash oʻrniga, Sharq mamlakatlari boʻylab uzoq yillik sayohatga otlanadi. Buni ikki sabab bilan asoslash mumkin: birinchisi shoirning sayohatga oʻchligi, ikkinchisi - moʻgʻullar tasarrufidagi ulkan hududda ilmu ijod uchun osoyishta shart-sharoitning yuqligi. U goh olim va voiz, goh soʻfiy va darvesh suratida Eron, Arabiston, Kichik Osiyo, Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston kabi mamlakatlarni ba’zida otu eshak, ba’zan esa poyi piyoda kezib chiqadi. Bu sayohatlar 20 yildan ortiq davom etgan. Sayohat davrida Sa’diyga karvonni qaroqchilardan himoya qilib, muhorabaga kirishiga ham, turli joylardagi madrasa va qozixonalarda va’z oʻqishiga ham, shayxu soʻfiylar bilan mubohasa qilishiga ham toʻgʻri kelgan. U Hindistonda ham boʻlib, bir muddat butxonada istiqomat qilgan, salibchilarga asir tushib, ularning qal’alarini tuzatish ishlarida qatnashishga majbur boʻlgan. Bu sayohatlar davomnda Sa’diy hayot ilmini chuqur oʻrganib, inson fe’lini butun murakkabligi bilan anglab, oʻz davrining koʻpni koʻrgan donishmand kishisi boʻlib yetishadi. XIII asrning oʻrtalarida Sherozga qaytib kelgan shoir dunyo tashvishlaridan oʻzini chetga olib, shahar chekkasidagi shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechiradi va 1292 yili vafot etadi. U dafn etilgan bogʻ va maqbara she’riyat ixlosmandlarining ziyoratgohlaridan biri boʻlib, undan kecha-kunduz shoir muxlislarining qadami arimaydi.

Barcha mashhur kishilar kabi Sa’diy hayoti ham afsona va rivoyatlarga koʻmilib kettan. Chunonchi, turli manbalarda shoirning Sharq mamlakatlari boʻylab sayohati 20 yildan 50 yilgacha davom etgani naql qilinadi. Yoki u juda uzoq 102, 108, hatto 120 yil umr koʻrgani aytiladi. Goʻyo u oʻz umrini uch qismga taqsim qilib, 30 yilini ilm tahsili, 30 yilini sayohat, 30 yilini ijodga bagʻishlagan emish. (Ba’zi manbalarda 30 oʻrniga, 40 raqami tilga olinadi.) Bu taxminlarning barchasi Sa’diyning tarjimai holi haqida yetarli ma’lumot saqlanib qolmaganligidan. Shuning uchun ham shoir ijodining tadqiqotchilari uning tarjimai holini asarlari asosida tiklashga harakat qilganlar. Jumladan, «Boʻston» va «Guliston» asarlaridagi ba’zi hikoyatlardan kelib chiqib, uning yomon xotinga uchragani, undan bir oʻgʻil koʻrib, Yamanda boʻlgan vaqtida yolgʻiz jigarbandi ham vafot etgani xususida ma’lumot berishadi. Bu haqda «Guliston»da shunday hikoyat keltiriladi:

«Damashqdagi doʻstlarimning suhbati jonimga tegib, shahardan bosh olib, Quddusi sharif biyoboniga joʻnadim-da, hayvonlar bilan ulfatlashib, to faranglar qoʻliga asir tushgunimcha oʻsha yerda yashadim. Meni yahudiylar bilan birga qoʻshib, Taroblis xandaqini qazishga olib borib ishlatdilar. Halablik sardorlardan biri men bilan oshna edi, yonimizdan oʻta turib, meni tanib qoldi-da, xitob qildi: «Iye, bu qanday hol?» Men unga: «Nima ham deyman?» deb javob berdim.

Ahvolimga achinib, oʻn dinor toʻlab, asirlikdan xalos etdi va oʻzi bilan Halabga olib ketdi. U yerda yuz dinorlik qalin puli bilan qizini menga nikohlab berdi. Oradan sal vaqt oʻtgach bilsam, qizi badfe’l, shallaqi va oʻjar ekan, tilini zahar qilib, jonimdan bezor eta boshladi.

Oxiri bir kun basharamga tik boqib, ta’na-malomatlar bilan dedi: «Sen otam oʻn dinor barobariga faranglardan xalos etgan odam emasmisan?» Men javob berdim: «Ha, otang oʻn dinor barobariga faranglardan ozod etib, yuz dinor barobariga changalingga topshirgan odam men boʻlaman!»

«Boʻston»ning shoir hayoti tafsilotlariga bagʻishlangan qismida esa quyidagi ishoraga duch kelamiz:

Ba San’oduram, tifle andar guzasht,
Chi goʻyam k-az onam, chi bar sar guzasht..

Mazmuni: «San’oda musofirligimda bolam dunyodan oʻtdi. Boshimdan kechgan hodisalarning qaysi birini aytay?»

Moʻgʻullar istilosidan tashqari, Yevropa mamlakatlarining Sharqqa uyushtirgan salib yurishlari ham Sa’diy davriga toʻgʻri keladi. Bu hodisalar shoir yashagan zamonning qanchalik murakkab va ogʻir boʻlganligini koʻrsatadi. Uning sayohatlari choʻzilishi, xususan, Arabistonda koʻproq qolib ketishi oʻz yurtidagi huddi shu notinchlik, ilmu ijod uchun shart-sharoitning yoʻqligidan boʻlsa kerak.

Fors tojik adabiyotida Sa’diyning maqomi juda yuksak. Xususan, boy hayotiy tajriba asosida yaratgan «Boʻston» (1257) va «Guliston» (1258) asarlari unga olamshumul shuhrat keltirdi.

«Boʻston» oʻn qismdan iborat boʻlib, uning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: hamd; na’t; kitobning yozilish sababi; Abu Bakr bin Sa’d bin Zangiy madhi; Sa’d bin Abu Bakr bin Sa’d madhi; birinchi bob — odilligu tadbiru andisha zikrida; ikkinchi bob — ehson zikrida; uchinchi bob — ishqu oshiqligu mastlik zikrida: toʻrtinchi bob — tavoze’ zikrida; beshinchi bob — rizo zikrida; oltinchi bob - qanoat zikrida; yettinchi bob tarbiyat olami zikrida; sakkizinchi bob — shukru omonlik zikrida; toʻqqizinchi bob — tavba va savob yoʻli zikrida; oʻninchi bob — munojot va kitob xotimasi zikrida.

«Boʻston» kitobiylikdan uzoq boʻlib, u bevosita qaynoq ijtimoiy-siyosiy hayotdan, jonli xalq tilidan suv ichgan, oziqlangan va shuning uchun ham jamiyatning hamma tabaqalariga tushunarli boʻlgan» (A.Hayitmetov).

«Guliston» sakkiz bobdan iborat boʻlib, uning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: debocha; birinchi bob - podshohlar siyrati zikrida: ikkinchi bob — darveshlar axloqi zikrida; uchinchi bob — qanoat fazilati zikrida; toʻrtinchi bob sukut saqlashning foydalari zikrida; beshinchi bob — ishq va yoshlik zikrida; oltinchi bob — qarilik va zaiflik zikrida; yettinchi bob - tarbiyat ta’siri zikrida; sakkizinchi bob — suhbat odobi zikrida.

«Guliston» — fors-tojik didaktik adabiyotining choʻqqisi hisoblaiadi. U «pandu nasihat va odob-axloq kitobi sifatida shuhrat qozongan... Umrining koʻp qismini sayohatlarda oʻtkazgan, koʻp xalqlar, millatu elatlar hayotini kuzatgan, turli tabaqa kishilari bilan muloqotda boʻlgan Sa’diy koʻrgan-kechirganlarini, hayotiy tajribasini umumlashtirib, ularni yuksak badiiy shaklda, qisqa-qisqa, ammo gʻoyat shirali, ta’sirchan musajja’ nasriy jumlalar va she’riy baytlar bilan ziynatlab, oʻziga xos hikoyatlar toʻplamini yaratgan. Ularda donishmand bir hakim insonning zakovati, nasihatlari ham, yengil hazil-mutoyiba, lutfu nuktadonligi ham, his-tuygʻularga limmo-lim shoirona mahorati ham mujassam. Shu sababli har xil toifadagi, turli tab’li odamlar «Guliston»dan bahra ola biladilar» (N.Komilov).

Sa’diyni gʻazal janrining kashshofi va ustodi sifatida ham ulugʻlashadi, chunki ungacha forsiy she'riyatning yetakchi janrlari qasida, doston, masnaviy, qit’a va ruboiy edi. Rudakiy, Sanoiy, Xoqoniy, Jamodiddin va Kamoliddin Isfahoniylar koʻplab gʻazallar yozgan boʻlsalar-da, ular qasida va qit’a xarakteriga ega boʻlib, oʻzaro mustaqil alohida baytlardan gʻazal yaratish an’anasini Sa’diy boshlab berdi. U gʻazalchilikdagi oʻzigacha olib borilgan izlanish va tajribalarni rivojlantirib, gʻazalni takomilga yetkazdi, keyin Xusrav Dehlaviy, Hasan Dehlaviy, Xoju Kirmoniy kabi zabardast shoirlar uni yanada taraqqiy ettirib, Hofiz Sheroziyga yetkazdilar, Hofiz esa uni yuksak choʻqqiga olib chiqdi. Sa’diy gʻazallari 4 devondan iborat boʻlib, ular «Tayyibot» («Latif gʻazallar»). «Badoye’» («Yangi gʻazallar»), «Xavotim» («Xotima gʻazallar») va «Gʻazaliyoti qadim») («Eski gʻazallar»)dan iborat.

Sa’diy ikki tilda yoziladigan she’r turi — mulamma’ (shiru shakar)ning ham asoschisi hisoblanadi. Arab tilini yaxshi bilganligidan u arabcha misra va baytlarni forsiy bilan uygʻunlashtirib, ushbu shaklni ixtiro qilgan. Keyinchalik forsiy-turkiy ibora va misralar vositasida shiru shakar yozish an’anasi paydo boʻldi.

Sa’diy tarje'band janrini ham rivojlantirib, baland poyaga koʻtardi. Undan keyin oʻtgan shoirlar, hatto Hofiz va Jomiy kabi she’r ustodlari ham bu borada unga ergashdilar.

Sa’diy fors-tojik badiiy nasrining ham asoschisi hisoblanadi. Ungacha faqat maktublar, hujjatlar, ilmiy va tasavvufiy asarlar, adabiy xarakterdagi tarixiy lavhalargina nasrda yozilgan. Bundan tashqari, shoirning hayot va inson haqidagi fikrlarining qaymogʻini oʻzida jamlagan «Sohibiya» asari, arabcha va forscha qasidalari, qit'a, ruboiy va fardlari ham mashhur.

Sa’diy Sheroziyning Eronda Muhammadali Furoʻgʻiy tomonidan tartib berilgan kulliyotp 18 qismdai iborat: 1. Guliston. 2. Boʻston. 3. Gʻazaliyot (Gʻazallar). 4. Tarje’ot (Tarje’bandlar). 5. Qit’aot (Qit’alar). 6. Ruboiyot (Ruboiylar). 7. Mulhaqot (Payvasta she’rlar). 8. Mufradot (Fardlar). 9. Mavoiz (Pand-nasnhatlar). 10. Marosiy (Marsiyalar). 11. Qasoidi arabiy (Arabcha qasidalar). 12. Gʻazaliyoti mushtamil bar pandu nasihat (Pand-nacihat mavzuidagi gʻazallar). 13. Musallasot (Musallaslar - har bandi uch misradai iborat she'r turi: dastlabki ikki misrasi oʻzaro qofiyadosh boʻlib, uchinchi misra keyingi bandlarning oxirgi misrasi bilan hamqofiya boʻladi). 14. Qit’aot. 15. Ruboiyot dar axloqu mav’iza (Axloq va pand-nasihat mavzuidagi ruboiylar). 16. Masnaviyot (Masnaviylar). 17. Mufradot. 18. Rasoyili nasr (Nasriy risolalar).

Sa’diyga qadar alifbo asosida devon tartib berish an’anasi boʻlmagan. Sa’diy ham devonini alifbo asosida tartibga solmagan. Bu ishni shoir vafotidan keyin 1326 yili Besutun taxallusli Ali binni Ahmad ibni Abu Bakr degan kishi amalga oshirgan. Shundan soʻng barcha shoirlar she’rlarini ularning oxirgi harfi boʻyicha tartibga sola boshladilar.

Bir umr xalq ichida yashagani, hayotning butun achchiq-chuchugini totgani uchun ham Sa’diy asarlari boshqa Sharq shoirlarinikidan hayratlanarli darajada hayotiyligi bilan alohida ajralib turadi. Uni Sharq adabiyotshunoslari vuqu'goʻy, ya’ni hayotni bor boʻyicha tasvirlaydigan adib deyishadi. Hozirgi termin bilan ifodalaganda, bu realist yozuvchi degani boʻladi. «Boʻston» va «Guliston» hayotiy hikoyatlardan tashkil topgani, donishmand shoirning bu hikoyatlar soʻngida qissadan hissa tarzida keltirgan she'rlari real turmushdan chiqarilgan xulosalar ekanligi bilan ham jahon ilmu adab ahlini birday oʻziga tortib kelmoqda.

«Guliston»ga ergashib koʻplab asarlar yozilgan, lekin ulardan faqat 3 tasi: Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston»i, Majiddin Xofiyping «Xoriston»i, Habib Qooniyning «Parishon»i shuhrat qozongan.

Sa’diy ham kitoblar, ham odamlardan bir umr ta’lim oldi — Sharq mamlakatlari boʻylab uzoq yillik sayohatlari uni dunyoda koʻpni koʻrgan, katta hayotiy tajriba toʻplagan, oʻz davrining barcha ilmlarini egallagan donishmand kishiga aylantirdi. Bu haqda uning oʻzi «Boʻston»ning muqaddimasida yozadi:

Dar yaqson olam bigashtam base,
Basar burdam ayyom bo har kase.
Tamattoʻ' ba har goʻshaye yoftam,
Zi har xirmane xoʻshaye yoftam.

Mazmuni: «Dunyoning eng chekka joylarigacha safar qildim, turli toifadagi odamlar bilan hamsuhbat boʻldim. Har goʻshadan bir manfaat topdim, har xirmondan bir boshoq oldim».

XIX asrda yashagan taniqli turk tanqidchisi Ziyoposho «Xarobot» asarida Firdavsiy va Sa’diyni oʻzaro qiyoslab, jumladan shunday degan edi:

«... Firdavsiy «Shohnoma»ni vujudga keltirish uchun oʻttiz yil mashaqqat tortdi. Haqiqatan ham, oʻlmas bir asar yaratdi. Quyosh chiqishini bir yuz yigirma yerda bir-biriga oʻxshamaydigan bir yuz yigirma xil rang bilan tasvir qilgan. Ammo shunga qaramasdan, «Shohnoma» ommaga Sa’diyning «Boʻston»i bergan foydani bera olmaydi. Sa’diy «Boʻston»da dunyoni, yashab turgan dunyoni tasvirlagan. Agar badiiy ijoddan maqsad ommaga foyda yetkazish boʻlsa, «Boʻston»ning har bir soʻzi topilmas bir dur, — bir gavhardir va har bir bayti bir xazina».

Shu tariqa, u badiiy asar toʻgʻrisida ommaga manfaati tegishi va ifoda tarzining ochiqligi nuqtai nazaridan muhokama yuritib, Sa’diyni fors-tojik mumtoz shoirlaringshg barchasidan afzal qoʻyadi.

Sadriddin Ayniy ham Sa’diyning «asarlaridan aqlga sigʻmaydigan, oʻxshashi tiriklik olamida boʻlmagan yoki boʻlib oʻtmagan biror narsani topolmaysiz», — deb lutf etgan edi. U shoir ijodini tekshirish davomida: «Sa’diy, shubhasiz, fors-tojik klassik adabiyotining juda ulugʻ siymolaridan boʻlib, bundaqasi boʻlmagan», — degan xulosaga keladi. Darhaqiqat, mumtoz fors-tojik adabiyotida biror-bir adib ijodi Sa’diy asarlarichalik hayotiyligi bilan ajralib turmaydi. U ilhomni, mavzuni, mazmunni, soʻz va obrazli iboralarni xalqdan olib, xalqqa qaytardi. Shoir asarlarinipg xalqchil asosi shunda.

Abdurahmon Jomiy «Bahoriston» asarida e’tirof etishicha, Sa’diyning «soʻzlari hamma toifalarga ma’qul tushdi. Uning haqida bir shoir quyidagi misralarni yozmish va haqiqatan insof gavharini tizmish:

She’r olamida paygʻambar uchta.
Garchandki, «lo nabiya ba’diy».
Dostonu qasidayu gʻazalda
Firdavsiyu Anvariyu Sa’diy».

Eron adabiyotshunosi Ali Dashtiy shunday lutf etadi:

«Sa’diy kitobi toabad fors tilining oʻlchovi boʻlib qoladi: har soʻzki, unga toʻgʻri kelsa — toʻgʻri, har soʻzki, unga toʻgʻri kelmasa notoʻgʻridir».

Sa’diyshunos Muhammadali Furoʻiyning yozishicha: «... fors adabiyoti toʻrt ustunga suyanadi, bular — Firdavsiy «Shohnoma»si, Shayx Sa’diy «Kulliyot»i, Mavlaviy «Masnaviy»si va Xoja Hofiz «Devon»i».

Sa’diy oʻzidan keyingi fors tojik adabiyotiga eng kuchli ta'sir koʻrsatgan zabardast soʻz san’atkoridir. «Umuman, butun Sharqda Sa'diy nomi juda koʻp tilga olinib turadi. Shoirlar, faylasuflar va olimlargina emas, oddiy xalq namoyandalari ham oʻz fikrlarining toʻgʻriligini isbotlash uchun bu soʻz ustodinnng ajoyib asarlaridan dalil keltiradilar. Dono shoirning purhikmat jumlalari sakkiz asrdan beri majlislarga, kishilar nutqiga oro berib, ongiga ta’sir koʻrsatib kelmoqda» (Sh.Shomuhamedov).

Xalq hayotini yaxshi bilgan Sa’diy koʻplab xalq maqol-matallari, obrazli iboralarini asarlariga olib kiradi. Oʻz navbatida, bu donishmand insonning oʻzi ham koʻplab hikmatlar ijod etganki, ular xalq ogʻzaki ijodi tarkibiga singib ketgan: ulardan qaysi biri xalqqa tegishli-yu, qaysi biri Sa’diydan oʻzlashtirilganligini ajratib boʻlmaydi:

Kimki befoyda umrin oʻtkazdi,
Hech narsa olmasdan oltin ketkazdi.
Sevinma dushmanim olmish deb ajal,
Bir kuni senga ham gal keladi, gal.
Birlashsa chumoli ittifoq boʻlib,
Arslon teriyeini olajak shilib.
(Sh. Shomuhamedov tarjimalari)

Sa’diyni hayot muallimi deydilar. Chunki shoirning pandu nasihatlari, maqol va hikmatga aylanib ketgan chuqur mazmunli fikrlari, falsafiy xulosalari hayotiy: u dunyo kezib, hayotni har tomonlama oʻrganib, inson umrining mohiyati, fe’l-atvorining turfa qirralarini uzoq yillar mobaynida teran nigoh bilan kuzatib, ohorli va chuqur mazmunli badiiy umumlashmalar qiladi — ularning xalq maqollariday, hikmatli soʻzlarday jaranglashining sababi shunda:

To mard suxan nagufta boshad,
Aybu xunarash nuhufta boshad.
Har besha gumon mabar, ki xolist,
Shoyad, ki palang xufta boshad!

Mazmuni: «To kishi soʻzga ogʻiz ochmay turib, uning nuqsonin) fazilatini bilib boʻlmaydi. Shunga oʻxshab, toʻqayni sokin koʻrib, uni tinch deb oʻilama, ajab emaski, bir ovloqda yoʻlbars uxlab yotgan boʻlsa!»

Yoki:

Gurbai miskin agar par doshti,
Tuxmi gunjishk az jahon bardoshti.
In du shoxi gov agar xar doshti,
Hech kasro peshi xud nagzoshti.

Mazmuni: «Bechora mushukning agar qanoti boʻlsa, dunyoda chumchuqning urugʻini quritar, hoʻkizdagi ikki shox eshakda boʻlganpda hech kimni yaqiniga yoʻlatmas edi».

Pand-nasihat, hikmat Sa’diy asarlarining qat-qatiga singib ketgan. U hayotiy voqea-hodisalarni turli shakllarda ifodalab, koʻrgan-kechirganlari yuzasidan xulosa chiqaradi va kishilarni insoniy kamolotta da’vat etadi, umr yoʻllaridan qoqilmaslik, adashmaslikka, oʻtkinchi hayotning qadriga yetishga, bir-birini avaylashga chaqiradi, halol mehnat qilib, osoyishta yashashning ahamiyatini tushuntiradi, ilmu hunarning afzalliklarini uqtiradi.

Xech narsa hayotning oʻrnini bosolmagani singari, hayot haqqoniyatiga asoslangan asarlarning umri ham boqiy boʻladi. Ayni jihatdan, shoir she’rlarining har bir hujayrasidan hayot nafasi ufurib turadi. Bu she’rlarning qon tomiri turmushning qaynoq vujudiga ulangan.

Hayotning oʻzi ustozlik qilgan kishi chinakam donishmand boʻladi. Chunki hayot saboqlari hamisha jonli va aniq boʻladi. Buning ustiga, hayot degan ustoznipg dunyoning jild-jild kitoblariga kirmay qolgan usul va tajribalari ham koʻp. Yillar davomida jild-jild kitoblardan ololmagan sabogʻingni hayot bir lahzada miyangga joylab qoʻyishi mumkin. Kitobiy ilmlar xotiradan oʻchib ketishi mumkin, lekin hayot saboqlari sira esdan chiqmaydi. Sa’diy hikmatlari hayotdan olingani uchun ham asrlar davomida oʻz qimmatini yoʻqotmay kelayapti va to yer yuzida inson avlodi yashar ekan, ularning ahamiyati zarracha kamaymaydi, bil’aks, ortib boraveradi. Zero, insonning tabiiy va ma’naviy intilishlari hamma davrlar va jamiyatlarda ham deyarli bir xil.

Bu she'rlar oʻz zamonining barcha ilmlarini egallagan alloma, dunyo kezgan donishmand, olam va odam mohiyati ustida bir umr tafakkur yuritgan mutafakkirning oʻy-fikrlari, falsafiy umumlashmalari, hayotiy xulosalari. Dunyoni mukammal, hayotni toʻkis, insonni barkamol koʻrishni istagan bani bashar taqdiri uchun mas’ul zotning orzu-armonlari, umid-iztiroblari.

Sa’diy asarlarining tili sodda, uslubi loʻnda, xalqona soʻzlar va obrazli ifodalarga boy, tashbehu timsollari hayotiy, shs'riy san’atlarni mahorat bilan qoʻllaydi, shaklan goʻzal, mazmunan teran, badiiy yuksak bu asarlarga oʻxshatib yozishga uringanlar koʻp, lekin hech kim Sa’diy darajasiga koʻtarilolmagan. Shuning uchun ham fors-tojik adabiyotshunoslari uning uslubini «sahli mumtane’», ya’ni «oson u, imkoni yoʻq» deb ta’riflaganlar.

«Guliston» XVII asrning birinchi yarmidayoq Yevropa tillariga tarjima qilinib, tarqala boshlagan. U ilk bor fransuz diplomati Andre Ris tomonidan fransuz tiliga oʻgirilib, 1634 yili Parijda nashr etilgan. Bu tarjima juda erkin bajarilgan va mukammal boʻlmasa-da, koʻpchiliknnng e’tiborini tortadi. 1635 yili asar fransuzchadan nemis tiliga tarjima qilingan. Shundan keyin boshqa gʻarb tillari, shuningdek, rus tiliga ham oʻgirilgan. Rus tilida «Guliston» (1957. 1959) va «Boʻston» (1963) asarlarining mukammal tarjimalari bosilib chiqqan.

«Sa’diy yolgʻiz Eron emas, balki Osiyoning, Afriqoning hamma yerida hurmatli bir faylasufdir. Uning tarzi bayonining tarovatini va ifodasining qimmatini Ovrupo ilmu adab ahli ham koʻpdan beri tan olganlar», — deb yozadi mashhur major olimi Xerman Vamberi. Buyuk nemis shoiri va mutafakkiri I. V. Hyote Sa’diyni «juda mahsuldor va fayzlp», «hayot tajribasi bilan boyigan juda yaxshi shoir» deb hisoblagan.

Mashhur fransuz faylasufi va adibi Vol'ter «Guliston»dan xabardor boʻlgan va ba’zi she’rlarida undan foydalangan. Taniqli fransuz masalchisi Lafonten ham «Guliston»dagi hikoyat va naqllardan oʻz masallarida istifoda etgan. Ulugʻ rus shoiri A. S. Pushkin: «Sa’diy va Hofiz asarlarining pinhoniy asroriga yetgunimcha she’rlarimda quvonchbaxsh jihatlar va hayotdoʻstlik kam uchrardi», — degan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tinchlik Kengashi binosi peshtoqiga «Guliston»dan olingan quyidagi misralarning darj etilgani ham Sa’diyning insoniyat shoiriga aylanib ketganligidan dalolat beradi:

Bani odam a’zoi yakdigarand,
Ki dar ofarinish zi yak gavharand.
Chu uzve ba dard ovarad roʻzgor,
Digar uzvhoro namonad qaror.

Mazmuni: «Odam bolalari ibtidoda bir gavhardan bino boʻlganlari tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Binobarin, zamon uning bir a’zosiga jarohat yetkazsa, boshqa a’zolari ham oʻz tinchini yoʻqotadi».

1958 yili Butun Jahon Tinchlik Qoʻmitasining qarori bilan «Guliston»ning 700 yilligi jahon miqyosida keng tantana qilingan.

Sa’diy asarlari qadimdan oʻabek xalqi orasida ham mashhur. «Boʻston» va «Guliston» asarlari madrasalarda asosiy darsliklar sifatida oʻqitilib kelgan. Mumtoz shoirlarimiz bu ulugʻ soʻz san'atkoridan oʻrganganlar, ta’sirlanganlar. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Xojaning «Gulzor», Abdulla Avloniyning «Turkiy «Guliston» yoxud axloq» asarlari bevosita Sa’diy «Guliston»i ta’sirida yaratilgan. «Devoni Foniy»da Sa’diy gʻazaliga 22 ga tatabbu’, uning tavrida 4 ta gʻazal mavjud. Chunonchi, Navoiyniig Sa’diy gʻazaliga yozgan bir tatabbu’sida oʻqiymiz:

Foniy, ba rahi Sa’diy agar zad qadame chand,
Bo oʻ suxanash bin, ki chu shiru shakar aftod.

Mazmuni: «Foniy Sa’diy yoʻlida bir necha qadam urgani uchun ham soʻzlari sut va shakar koʻshilganidek shirin boʻldi».

Albatga, tasavvuf adabiyoti namoyandasi sifatida Sa'diy soʻfiyona she’rlar ham yozgan («Guliston»ning ikkinchi bobida nyuir bolaligida otasi bilan soʻfiylar majlisida boʻlganligi toʻgʻrisida hikoya qiladp). Lekin ularda ham, Navoiy ta’biri bilan aytganda, haqiqiy va majoziy muhabbatni mahorat bilan omuxta qilib yuborgan. «Nasoyim ul-muhabbat» tazkirasida keltirilishicha, Sa’diy Sheroziyga Xizr nazar qilgan. Mashhur tariqat piri Nizomiddin Avliyoga qoʻl berib, uning rahbarligida riyozat bosqichlarini bosib oʻtayotgan Amir Xusrav Dehlaviy bir kecha tushida Xizr alayhissalomni koʻrib, undan oʻz ogʻziga muborak tupugipp solib qoʻyishini oʻtinadi. Lekin Xizr aytadiki: «Bu davlat sendan avval Sa’diyga muyassar boʻldi!»

Sharq mumtoz soʻz san’ati muxlislari e’tiboriga havola qilinayotgan Sa’diy Sheroziy ijodidan dastalangan ushbu toʻplamga zabardast fors-tojik shoiri asarlarining oʻzbekcha tarjimalari ichidan eng yaxshilari tanlab olindi. Ma’lumki, nasr va nazm aralash xalqona uyelubda yozilgani, rivoyat, naql, hikmatga boyligi bilan katta shuhrat qozongan «Guliston» asari oʻzbek tiliga bir necha marta tarjima qilingan. Bu asarni birinchi marta 1390—1391 yillarda XIV asr oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Sayfi Saroyi «Guliston bit-turkiy» nomi bilan Misrda tarjima qilgan.

Sayfi Saroyi doʻstlari va maslakdoshlarining da’vatiga koʻra, «Guliston»ni oʻzbek tilining qinchoq shevasida oʻgiradi. U asarning aslini aytarli saqlab qolgan, ayni paytda, asliyatdan bir qadar chekingan. Bu davr omili bilan ham bogʻliq: oʻrta asrlarda tarjimaga birmuncha erkin yondashilgan — tarjimonning asarni qisqartirish, oʻzgartirish, hatto unga qoʻshimcha qilishi mumkin boʻlgan. Sayfi Saroyi ham tarjima jarayonida «Guliston»dagn ayrim parchalarni tushirib qoldiradi, ba’zi she’rlarni ijodiy qayta ishlaydi, oʻzining va zamondosh shoirlarning ba’zi she'rlarini kiritadi, ayrimlarini tarjima qilmay, oʻzicha qoldiradi. Shunga qaramay, tarjima muvaffaqiyatli chiqqan hamda asrlar mobaynida turkiy xalqlarni Sa’diy ijodn bilan tanishtirish va donishmand shoirning ma’naviy-axloqiy qarashlarini targʻib qilishda muhim rol' oʻynagan.

XIX asrda «Guliston» Xiva xoni Muhammad Rahimxon II — Feruz topshirigʻi bilan zabardast shoir va mohir mugarjim Muhammadrizo Ogahiy tomonidan ikkinchi marta oʻzbek tiliga tarjima qilinadi. Asarni birmuncha qisqartirib tarjima qilgani, chunonchi, 187 hikoyatdan 25 tasini qoldirib ketgani, 1000 ga yaqin she’riy parchalardan 522 baytini she’r bilan oʻgirib, qolganini nasrlashtirgani, bir qancha arabiy matnlarni oʻzbekchalashtirmaganiga qaramay, «Ogahiy Sa’diy Sheroziy hikoyatlarining badiiy tarovati, ruhini oʻquvchiga yetkazadi. Sa’diy saj’lari, ixcham, lekin loʻnda aforistik jumlalarda tuzilgan nasri, qit’a va ruboiylari, serohang, jarangdor ifodalari Ogahiy tarjimasida oʻzbekcha nafosat bilan aks etgan» (N.Komilov).

«Guliston»ning uchinchi tarjimasi toshkentlik mudarris va shoir Mullo Murodxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli qalamiga mansub boʻlib, u «Shavqi Guliston» deb atalgan. «Murodxoʻja madrasa talabalari ehtiyojini hisobga olib, asarning qiyin soʻz va iboratlarini sharhlagan va forsiy originalini ham qoʻshib, «Gʻulomiya» matbaasida nashr ettiradi» (1909). Lekin soʻzma-soʻz tarjima prinsipi ustunligi va badiiy saviyasi baland boʻlmaganligi tufayli bu tarjima uncha shuhrat qozonmagan.

1968 yili «Guliston»ning toʻrtinchi tarjimasi bosilib chiqdi. Asardagi she’rlarni Gʻafur Gʻulom va Shoislom Shomuhamedov, nasr qismini Rustam Komilovlar oʻzbekchalashtirishgan. Bu «Guliston»ni hozirgi davr oʻquvchisiga tanishtirish yoʻlida muhim qadam boʻldi.

«Boʻston» asari avval Chustiy, keyin Sh. Shomuhamedov tomonidan tarjima qilingan boʻlsa-da, bu tarjimalarning har ikkalasi ham toʻliq emas. Asar qisqartirilib, zamonga moslab. diniy-tasavvufiy ruhdagi qismlardan xoli qilingan holda oʻzbekchaga oʻgirilgan. Lekin bir-biridan goʻzal va mazmunli hikoyatlar, xalq maqol-matallari darajasidagi teran hikmatlar asar haqida toʻliq tasavvur beradi va har qanday oʻquvchini oʻzpga jalb qiladi.

Biz mazkur toʻplamni tartib berishda bu tarjimalarnipg barchasidan foydalanishga harakat qildik. Tabiiyki, Sayfi Saroyi va Ogahiy tarjimalari ichidan bugungi oʻquvchiga nisbatan tushunarlproqlarshsh tanladik, Chunki tarjima harchand yaxshi chiqqan boʻlmasin, unda qadimiy turkiy soʻzlar yoki arab-fors soʻzlari nisbati koʻp boʻlsa, hozirgi oʻquvchi uni tushunishda qiynaladi.

Albatta, Sa’diy Sheroziyga oʻxshagan jahon adabiyoti zabardast namoyandalarining durdona asarlariga har bir davrning oʻz talabi, har bir oʻquvchining oʻz ehtiyoji boʻladi. Bu yangi tarjimalar va nashrlarni zarur qilib qoʻyadi. Qoʻlingizdagi toʻplam ana shu talab va extiyoj natijasi oʻlaroq maydonga keldi. Agar u ta’bingizga muvofiq tushib, qalbingpzda aks sado bersa, biz oʻz vazifamizni uddalagan boʻlamiz.

Ergash Ochilov


Gʻazallar

Shoislom Shomuhamedov tarjimalari
Ey sorbon, ohista yur, oromi jonim boradur,
Tandin dilu jonim olib, ul dilsitonim boradur.
Qolurmumen olis boʻlib, bechorayu ma’yus boʻlib,
Qalbim firoq tigʻi tilib, to ustuxonim boradur.
Derdim qilib nayrang-fusun, sirrim etay pinhop bu kun,
Pinhon boʻlolmas chunki xunh dildan nihonim boradur.
Sarkash nigorimdan judo, ayshu qarorim bebaqo.
Manqalda otashdek qaro dud birla qonim boradur.
Cheksam-da zulm bedodini, ham va’dalar barbodini,
Koʻksimda tutgum yodini, toki zabonim boradur.
Toʻxtat bir oz, ey sorbon, karvonni qilma tez chunon,
Sarvi ravon ishqida jon — ruhi ravonim boradur.
Qayt, koʻzlarimga qoʻy oyoq, ey dilfirib, ketma yiroq,
Ey nozanin, koʻkka bu choq ohu figʻonim boradur!
To subhki, uyqu bilmadim, nosihni koʻzga ilmadim,
Ammo ataylab qilmadim — qoʻldan inonim boradur.
Sabr ayla, der, menga jaras, yor vaslini qilma havas,
Bu menga loyiq ish emas, chun xonumonim boradur.
Unday chiqar jonu bu tan, sabil qolur deb koʻp suxan,
Tinglagan erdim, endi man koʻrdimki jonim boradur.
Qilma figʻon, ey Sa’diyo, hech arzimas ul bevafo,
Toqatni qoʻymas bu jafo, aqlu imonim boradur.
* * *
Senmisan, yo bogʻima sarvi ravonim keldimu?
Yo malak odamsifat boʻlgan zamonim keldimu?
Ud tutatmoq boʻldimu boʻston aro doʻstlar ishi,
Yoki yorim keldi, yo mushk korvonim keldimu?
Sorbon, solgil nazar zebo nigorim husniga,
Gar haridor boʻlsa, tutdim qoʻlda jonim, keldimu?
Endi hech dardu alam birla oʻtirmam uyda man,
Keldimu bozorga gul, javlonli onim keldimu?
Garchi sen oning sanam tarzini inkor aylasang,
Men hamon koʻzim nigoron — jonajonim keldimu?
Koʻzlarim gar qayta koʻrmoqda nigorim chehrasin,
Vah, magarkim murda tanga qayta jonim keldimu?!
Harnakim, mendan ketishga hozir erdi bogʻladi,
Barcha hayrat etdi yo oromijonim keldimu?
Nay agar ozodalar majlici ichra nolavash,
Zaxmidindur nolasi, ul jon figʻonim keldimu?
Uyqudek xummor koʻzingdan ajragach bir lahza, ayt,
Uyqusiz koʻzlarga xobi nogahonim keldimu?
Nola qilma, Sa’diyo, jabr etsa yoring, himmat et,
Yor jabri yorga oʻtgay, soyabonim keldimu?!
* * *
Doʻstlarimning suhbati xuddi olam jannati,
Yo jahannamning oʻti nomunosib suhbati.
Gar azizlar suhbati birla oʻtsa bir nafas,
Shul nafasni bil hayot hosili ham sharbati.
Koʻz, quloq, til boʻlsa ham, barcha odam boʻlmagay,
Qancha koʻrdim devu jin — misli odam surati.
Xush chiroydan ham bashar husnn ortar-ku, faqat —
Odam oʻlgʻay shul kishi boʻlsa goʻzal siyrati.
Men hasadni bilmasam, hasratin bilmas edim,
Hasad oʻtin soladi yor qoʻshilgan fursati.
Kim bahorni koʻrmasa koʻkalamzorga chiqib,
Robia’ oyida ham bor muharram qimmati.
Koʻzi doimo goʻzal chehrada dil boʻlsa tosh,
Nasihatga koʻnmagay, dil toʻliq jaholati.
Kezdim olam yuzini, topmay orom asarin,
Boʻlsa faqat sevgili yor quchogʻin rohati.
Ahli dillar tomiridan toza xun oqsa agar,
Doʻst visoli malhami, dori topgan illati.
Molu duiyo yaxshidur, tan sharifu jon aziz,
Barchasidan ham baland yori vafodor hurmati!
Mumsik odam kulfati — molu dunyo tashvishi,
Doʻst-la shodon oʻtadi Sa’diyning har soati.
* * *
Kumush, zar boʻlsa sochgum, xonumonim,
Boʻsang orzusiga qurbon bu jonim.
Agar ertan meni zindon eturlar,
Bu naqd oltin daqiqa boʻstonim.
Jahon oʻtkinchidir — yoʻq e’tiqodim,
Dilim komi oʻzing, jonu jahonim.
Etaging gulga toʻlgʻuzgum bu bogʻda,
Agar lutf etsa menga bogʻbonim.
Humoyun baxtini qaydan bilay men,
Uzoq Simurgʻ inidin oshiyonim.
Sen ishq darsini berding shahrimizga,
Eshit sharhin, kel, aytay, nuktadonim.
Gʻanim koʻp dilda-yu, dastingdan ammo,
Huzuringda tutilgay til-zabonim.
Men aytay, mayli, bilsin dushmanu doʻst,
Boʻlib mast, oshkor barcha nihonim.
Agar istar esang, ey sarvi siymin,
Toʻkarsan, roziman ming bora, qonim.
Dema: Sa’diy, murodingdan koʻngil uz,
Boʻlibsan toshbagʻir, ey mehribonim!
Tirikman to xayoling dilda doim,
Agar oʻtsam, oʻzing oromi jonim.
* * *
Kim labing tishlab ketibdir, ey sanam?
Kim koʻribdir bogʻi lutfingdin karam?
Umrim ichra ne totibman eng laziz,
Eng shirin hosilni uzmish qay odam?
Obi hayvon chashmasi senga halol,
Chekmish Iskandar nechuk mehnat, alam.
Bu qizil may yoki inson qonidir,
Yo siyoh tomgan kishi chakmoni nam?
Jumlaga ulfatsan-u, mendan judo,
Na gunoh senda, dahr kori bu ham.
Koʻp turib qolmas yetilgan meva hech,
Xalq qoʻyar pishgan shirin sori qadam.
Ming shukr, bir bor qulab tushmish devol,
Qayta bu bogʻni birov koʻrmas shinam.
Gul u hafta ochmagandi ogʻzini,
Pardasin yel yirtdi bul kun subhidam.
Qilmam endi sharbatin ichmak havas
Bul idishdan sharbat ichmish oʻzga ham.
Sa’diy, oʻzga ishq eshigin qoq, bu bogʻ -
Ichra oʻtlabdir suruv qoʻylar bu dam.
* * *
Yuzlaring mendin oʻgirma oftob,
Begunoh qatl etmogʻingda yoʻq savob.
Tunda tushda sen quchogʻimga kirib,
Kelganingda ne xush erdi uyqu — xob.
Ichda otash koʻzlarimda suv bilan,
Nisfi hoʻl, nisfi quruqman, ne azob.
Kipriging paykoniga jonim nishon,
Tirnogʻing pardoziga qonim xizob.
U soʻz aytar boʻlsa, dillardir asir,
U separ tuz — odam ahlidir kabob.
Kim kirib kelsa, u deb qildim gumon,
Tashna miskin suv debon koʻrgay sarob.
Hayf-ku bunday badan uzra libos,
Zulm-ku bunday goʻzal yuzga niqob!
Subhdin to tonggacha yuz berkitib,
Aylama oy birla oftobni itob.
Sa’diyo, yoring barin tutmak esang,
Top chidam, bursa qulogʻing naq rubob.
* * *
Zamon gʻamidan desam hikayat,
Qissam choʻzilardi benihoyat.
Ming yillik umr kerak boʻlardi,
Mingdan birini demakka albat.
Ahvolim aytar koʻzimning oʻzi,
Oʻzimga soʻzlash emasdir odat.
Holimga majlis dili kuyardi,
Yor firoqidan boshlasam suhbat.
Chaman bulbuli boshlaydi figʻon,
Aytsam yor boshga solganin furqat.
Tongda icharlar qayda qolishdi,
Xumorim aytib, qilay ziyofat.
Sa’diy beqaror dilin dardini,
Beqaror dilga aytsin oqibat.
Hech kim qayrilib boqmas men tomon,
Ayyom gʻamida desam shikoyat.
* * *
Doʻstsiz yotmoq badanda,
Misli murda kafanda.
Sensiz boʻlurmi shodlik,
Ruh boʻlmasa badanda?
Sabo boʻstonda koʻrmas,
Sen kabi sarv chamanda.
Kun chiqqandek yaqodan
Yashnar yuz pirahanda.
Sochlaring halqa-halqa,
Balo bor har shikanda.
Ishq koʻyi bozorida
Qiymatsiz jon bu tanda.
Yetti iqlim yasholmas
Sa’diysiz anjumanda.
Yo diling xora toshdir,
Yo men uzoq ekan-da.
Ergash Ochilov tarjimalari
* * *
Bu goʻzal yuzlarga boqmaslik juda mushkil emish,
Kim nasihat qilsa menga, pandi behosil emish.
Husn shohidan agarchi dilda ming qoʻrquv yashar,
Tongda yorni koʻrgan oshiq baxtga vosil emish.
Kulgichi chohidagi bechoralarning holati
Ul malaklardekki, Bobul chohida manzil emish.
Bundan avval zuhdu taqvoni da’vo qilgan edim,
Endi bildim: neki da’vo ayladim, botil emish.
Barchaning nazdida garchi oʻlim elchisi zahar,
Yor zahar bersa ham, ammo, daf’i dardi dil emish.
Yor koʻnidan oyoq tortib ketolmayman sira,
Doʻstlar, ma’zur tuting, koʻnglim shunga moyil emish.
Sabr qil, devona deb hukm etsa oqillar seni,
Bermasa kim jonni jononga, nechuk oqil emish?
Kufr deb bilsa goʻzallar yuziga boqmoqni kim,
Ul faqat suvratga mastu ma’nidan gʻofil emish.
Sorbon, ohista yur, karvon ila jonim borar,
Yor mahofa ustida, ostida goʻyo dil emish.
Tushsa hijron oʻrtamizga garchi yuz manzilda ham,
U shirin jon ichra tushgan bir ajib manzil emish.
Doʻst boʻling, Sa’diy, qiyinmas har nechuk inson bilan,
Bogʻlanib qolsang va lekin, dil uzish mushkil emish.
* * *
Biz ushbu shaqarda xoru bu elda faqir,
Bandingga giriftormiz-u, domingga asir.
Olam eshigi elga ochiq, bizga yopiq,
Zulfing seni boʻynimizdagi zanjir, axir!
Men sendan uzolmagayman-ey asti koʻzim,
Sen ham nazaringni uzma, ey qomati hur!
Nazdingda oshiqlar ichida yaxshisi yoʻq,
Ammo men uchun jahonda yoʻq senga nazir!
Orzum edi: bir kun senga jonim beraman!
Bildim: koʻrasan hattoki jonni-da haqir.
Men barcha bu soʻzlarni dedim dard zoʻridan,
Chiqmas hidi oʻtga solmasa chunki abir.
Har qancha yashirmasin parishonligini,
Oshiq yuzi fosh etar sirini baribir.
Bu keksashshg ishqi seni hayratga solar,
Bu keksa dil oʻgidan boʻl, ey yosh, hazir!
Koʻz Ka’basi qoshinshi kamonxonasidir,
Uzmaydi nigoh tigʻ urib, etsang-da basir.
Nodon kishilar menga nasihat qilishar.
Oshiqqa nasihat sira boʻlmaydi zarur.
Husn ahli yaralmishdir azal koʻrmoq uchun,
Gar koʻrmasa, Sa’diy, ne kerak koʻzga nur?!
* * *
Goʻzal yor zulfi domiga giriftormanmi men tanho?
Kim oshiq bir diloromga — uning boshida shu savdo!
Goʻzal yor vasliga yetgan chamanga qilmagay parvo,
Goʻzal yor qaddiga shaydo chamanning sarvi ham hatto!
Meni oshigʻu shaydo deb bilarmish ul paripaykar,
Qayerdan bilsnn oshiq qolini oʻz husniga shaydo?
Bilarman: ohu faryodim yetar, lekin qachon qilgay —
Bu ishq iqlimi quliga u husn eli shohi parvo?
Shirinning vasli Farhodga muyassar boʻlmadi garchand,
Shirin ishqida shirin jonini topshirdi-ku ammo?
Aql istarki, ishq ustidan oʻz hukmini oʻtkazsin
Va lekin teng kelolmas kuchliga ojiz kishi aslo.
Menga avval odamlar ta’nasi botardi koʻp ogʻir,
Choʻchitmas endi yomgʻir, chunki boʻldi manzilim daryo.
Agar xohla vafo ayla, jafo qilsang da zorim yoʻq,
Men uchun sendan oʻzga narsada qolgan emas ma’no.
Ishonmayman, sinab Sa’diyni shuncha, tashlasang-ketsang,
Yetishgach soyai lutfing, kerakmas menga bu dunyo!
Vafo suvi bilan xoknmni qorgan erdilar asli,
Sabo qayga olib borsa, vafo hidi boʻlar paydo.
* * *
Dilim to boʻldi oshiq — bir nafas begʻam topolmasman,
Bu olamda dili gʻamsiz biror odam topolmasman.
Yonimda hamdamim yoʻq — bir nafas xurram nafas olmam,
Nafas jonim bilan chiqsin, agar hamdam topolmasman.
Dilimda bir sirim bordir koʻzim qoni aro oʻsgan,
Bu sirni kimga aytay men — biror mahram topolmasman?
Qanoat ayladim dardiga — bir darmon koʻrinmaydir,
Chidarman zaxmiga, chunki biror malxam topolmasman.
Agar kim boʻlmasa oshiq, xushu xursand u olamda,
Men oshiq boʻldim-u, koʻnglimni hech xurram topolmasman.
Toʻkilgan koʻz yoshim birlan toʻkildi obroʻyim ham,
Koʻzim yoshidan oʻzga yigʻlabon shabnam topolmasman.
Yetar, Sa’diy, damingni ichga yut, qoʻldan ketibdir ish,
Boʻlishga yor bilan birga biror dam ham topolmasman.
* * *
Zamon gʻamigami chiday yo yor firogʻini chekay?
Dilimda sabr qolmadi-ku: qaysi dogʻini chekay?
Na quvvatim yetar ketay desam koʻngil uzib uzoq,
Na qudratim bir oʻpibon boʻsa titrogʻini chekay.
Na qoʻli bor toqatning-u, aql yengiga tiqay desam,
Na aqlning oyogʻi — bir qaror yarogʻini chekay.
Jahonda doʻst jafosidan qoniga tashna kimsa yoʻq,
Bir umr doʻstning men-ey jafosi togʻini chekay.
Gʻanim jafosiga chidar chidamli boʻlsa kim agar,
Chidamli boʻla-yu, mudom shu yor firogʻini chekay.
* * *
Tong yeli, oʻtarsan sanam ostonasidan,
Oʻtgan kabi jannat bogʻi — koshonasidan!
Ishq dardi yengibdi seni — yoʻq oʻzga sabab,
Bezor togʻu dasht sen kabi devonasidan!
Bir bor nazaring yor yuziga tushsa agar,
Dunyo toʻlar erdi bu ishq afsonasidan!
Qoʻldan-ku chiqarmagayman yor etagini,
Mehrini darigʻ tutsa-da parvonasidan.
Dildan seni yoding sira ketmaydi, sanam,
Bilsang-da meni dahr eli begonasidan.
Yozilmasa koʻnglingni gʻubori, na qilay?
Boʻlsam bexabar murodi pinhonasidan.
Oʻtsang-da yonimdan qiyo boqmading-ey,
Qildingmi ibo dilimni vayronasidan?
Sen shoʻxu pshrinsoʻzu huru sarvu suman,
Hayratda oʻzi sen kabi jononasidan!
Toʻr tashlama kimga — oʻsha tushdi toʻringga,
Ursang qilich, ichdi ajal paymonasidan.
Fursat toʻfoni oʻchirolmaydi sira,
Sa’diy soʻzi she’r mulkini durdonasidan.
* * *
Ishqbozlikni, axir, dunyoga men keltirmadim,
Bu gunohga yoki men ilk martaba qoʻl urmadim.
Bexabardirsan mudom oshufta koʻnglim holidap,
Men-da koʻnglimning gʻamini senga hech bildirmadim.
Man’ etib menga muhabbatni, malomat qilma koʻp,
Men muhabbat jomini ichganda seni koʻrmadim.
Qoʻy meni-yu, oʻz gʻaming tashvishini qil, chunki men —
Yorga dil bergan kunimdan jon gʻamida yurmadim.
Ahd qildimki, etay jonimni yoʻlingga fido,
Ahdim ustidan chiqarman — bexuda soʻz bermadim.
Men jahondan yuz oʻgirdim — bogʻladim vaslingga dil,
Koʻz tugib lutfingga, ummid gulini soʻldirmadim.
Sen meni borgan sari husningga aylaysan asir,
Izlaring izlab jahonda qancha men charx urmadim!
Toʻtiyo boʻlsin oyogʻingning gʻubori koʻzima,
Bu jahonda to vujudim gardini qoldirmadim.
Qoʻllarim Mahsharda ham qoʻyib yubormas etaging,
To degaysan koʻnglini Sa’diyni nega soʻrmadim?
* * *
Bu alif qadni koʻringkim, nima raftor qiladi?
Bu shakar labni koʻringkim, nima guftor qiladi?
Ixtiyorini olib, telba qilar xush ahlini,
Har qachonkim iltifot ul pariruxsor qiladi.
Mastu xummor koʻzlari shoʻxligu dilbarlik etib,
Barcha hushyor kishilar qasdiga ozor qiladi.
Biz jahondai yuz oʻgirdik shu goʻzal orzusida,
Bevafo yor boʻlsa, qahriga giriftor qiladi.
Bexabar ishq ahlining holidan zuhd ahli azal,
Qayda gofil boʻlsa, oqildan oʻsha or qiladi.
Olishar sabru qarorimni mudom oy yuzlilar,
Bu jihatdan Sa’diy oʻz aybini iqror qiladi.
Endi boqmayman goʻzallar yuziga aslo deya
Qilsa da yuz bora tavba, yana bekor qiladi.
* * *
Men tushdim-u bandingga qachon, ozodman!
Gar shohman-u, senga qulligimdan shodman!
Bor dardi jahonning menga qilmas ta’sir,
Chehrangni koʻrish bilan dili obodman!
Xurram oʻsha kun — jonni senga topshirsam,
Farhod ila Majnunga, axir, avlodman!
Qoshingda makon tutdim-u, berdim koʻngil,
Doʻstlik uyini qilolmadim bunyod man.
Bilsang, nima xohishim mening vaslingdan:
Oʻzlikni qilolsam seni deb barbod man!
Qay kunki, dilim olding-u, mahbub boʻlding,
Ushshoqqa vafo bobida men ustodman!
Qaddingni xayoli toki koʻzim ichra,
Sarv boʻlsa xaloyiq, men sarvi ozodman!
Bu tashbeh agar mosmas: shirinsoʻzsankim,
Bu borada Shirinsan-u, men Farhodman!
Davlat qani — toʻksam qadamingga qumdek?
Men doʻmbiradek ichi havoyu bodman.
Bu charxu falak boʻldi mudom qasdimda,
Tortmas qoʻlini to boʻlmasam barbod man.
Sheroz siqiltirdi koʻnglimni juda,
Qilsam boʻlar endi safari Bagʻdod man.
Koʻkka yetar, ammo Sohibi devonga —
Yetmas sira ursam-da necha faryod man!
Sa’diy, vatanni sevish iymoidandir,
Lek oʻlma ochingdan deya: «Men zuryodman!»
* * *
Bu banda mudom fidoi joning.
Oson menga ushbu imtihoning.
Joningga qasamkim, yega olmas
Bir tola sochingga nigaroning.
Bir kimsaga yoʻq agarchi mehring,
Barcha bu jahonda mehriboning.
Boshim qadamingga, ey sitamgar,
Boʻlsin fido istagan zamoning!
Ming jahd ila senga yeta olmam,
Qoʻl yetmas — uzoqdadir makoning.
Har lahza xayoling menga hamroh,
Yet oʻzga gʻamu unut gumoning.
Nodon kishilar qadingni sarvga
Tashbeh etib oshirar figʻoning.
Bu kiprigu qoshki, senda mavjud,
Dil ovida ne kerak kamoning?
Sa’diy vujudi zaifligidan
Qildek belicha emish, ishoning!
Soʻz degali ochmasang ogʻizni,
Pinhon edi barchadan dahoning.
Bundan-da shirin soʻz boʻlmagaydir,
Soʻzlar uni shu shirin zaboning.
* * *
Saboda boʻlsa zulfining hidi nozli nigorimni,
Quvonchu rohati u xasta koʻnglim — beqarorimni.
Umidim borki, umrim baxti yotmas uyquda mangu,
Oʻngimda boʻlmasa, tushimda quchgayman-ku yorimni.
Agar bilsam, sitamgar mahbuba jonimga qasd etgay,
Fido yoʻliga qilgayman shu joni bemadorimni.
Bilarman: arzimas tuhfa unga mening aziz jonim,
Nachora, baxsh etarman men qoʻlimda har na borimni!
Bu xil muomala hech ham emasdir ixtiyorimda,
Azaldan yor rizosi aylamish band ixtiyorimni.
Jafosidan agar koʻnglimda boʻlsa yuz jarohat ham
Va lekin bandasiman to hanuz shul gʻamgusorimni.
Oʻrin yoʻq koʻnglim ichra oʻzganing ishqi uchun zarra,
Oʻzingdan oʻzga aslo jalb etolmas e’tiborimni!
Koʻngilda na guliston zavqiyu na lolazor shavqi,
Koʻrarman yor yuzida har nafas turfa bahorimni!
Sening ishqingda kuydi, ey sitamgar, koʻngli Sa’diyning,
Muruvvat etmadnng bir bor koʻray deb intizorimni.
Murodimning ushalmasligi boʻlsa gar murod senga,
Murodi sen bilan bir xil ekan koʻzi xumorimni.
* * *
Qoʻlimdan kelmas aslo to sening yodingsiz oʻltirsam,
Hushim yoʻqdir yuzingdan oʻzganing ham yuzini koʻrsam.
Azaldan, angladim, rosti, talashdim Shirin ustida,
Ajab yoʻq, misli Farhod yorga shirin jonni topshirsam.
Seni har narsadan ortiq sevarman ushbu olamda,
Agar aqlimda nuqson-u, dinimda bir ziyon koʻrsam!
Kumushdek oq, latif qoʻling meni shamshirsiz oʻldirdi,
Ajab yoʻq, qoʻlga shamshir olsang-u, taslimga yuz bursam.
Ot, ey tong, senga mushtoqman, hademay kun yalov tikkay,
Hilol oldi Surayyodan bu yaldo tunini soʻrsam.
Azal keldim-u borliqdan bu yoʻqlik sahrosiga,
Umidim bor — kechirgaysan, bechoraman — dilim yorsam.
Bu koʻngil misli sham’ boʻlsin, tarahhum aylasnn menga.
Yonimda sham’ kabi yongan kishi yoʻq — sizga bildirsam.
Labing bir-biriga qovushmagay kulganda misli gum,
Ravomi unda men — bulbul butimor yangligʻ oʻltirsam?
Raqib barmogʻini tishlaydi, Sa’diy, koʻzlaringni yum,
Guling hidlayman-u, bogʻbon, lek uzmam, bogʻingga kirsam.
* * *
Oʻtar erdi hayotim xurramu xush,
Suyukli mahbubamni aylab ogʻush.
Boʻlib mast ishqidan-u, vaslidan shod,
Dinu dunyoni qilgandim faromush.
Emas shirin labi ta’rifga muhtoj,
Zahar tutsa, qilardim bol kabi noʻsh.
Adashtirdi meni lutfiyu husni:
Sadafmi yoki u yor koʻksi emish?
Goʻzal ruxsoru jonparvar soʻzi deb,
Qulogʻu koʻz boʻlishdir menga xohish.
Bu tun qanday qilib aylandi tongga?
Edim xushdan judo koʻrgan kabi tush.
Xato qildi azonida muazzin,
U ham mendek edimi mastu behush?
Bu ishqni sir tutishga yetmadi sabr,
Kuchaydi doʻstu dushman ichra mish-mish.
Agar koʻrgan esang, Sa’diy, tushingda,
Kecha oʻtdi, bugun chiqarma tovush!
Agar qashshoq koʻrib qolsa xazina,
Qilar hirs vasvasa, turmaydi xomush.


Ruboiylar

- Ergash Ochilov tarjimalari -
Koʻnglim oʻtidan ichimdagi qon qaynar,
Shundan meni el telba debon gap oʻynar.
Kim koʻrsa edi Layli yuzini bir bor,
Bilgay edi: Majnunni nima dard qiynar?
* * *
Vah-vah, na qiyomat bu kelishgan qomat!
Yoʻq sarvda hatto qomatingga nisbat!
Boshlandi qiyomat, demasin, marhumlar,
Hech oʻtma mozor qoshidan, ey mohtal’at!
* * *
Buzgancha vafo shartini ul jonona,
Tark ayladi — koʻnglimni qilib vayrona.
Dedi: «Meni uyqungda koʻrarsan endi!»
Dedim: «Menga sensiz uyqudir begona!»
* * *
Shohdir oʻsha bevafo koʻngil taxtimda,
Sham’ elga, biroq alangadir raxtimda.
Ul barcha bilan oʻng-u, faqat men ila ters,
Yoʻq aybi uning, gunoh bu shoʻr baxtimda!
* * *
Tunlar oʻtadi — uyqu qochib koʻzimdan,
Koʻnglimni uzolmagum dilafroʻzimdan.
Oʻz qoʻli bilan toʻksa edi qonimni,
Oʻlsam edi rozi boʻlib oʻz-oʻzimdan.
* * *
Sabrim tugadi — qildi koʻngil yorni havas,
Jonimni oyogʻi ostiga tashla-yu, bas,
Ming ont ichay el oldida boshimni urib:
Toʻkkan kishi qonimni gunohkor emas!
* * *
Yor ishqi koʻngilni bir nafas tark etmas,
Dardini koʻtarmoqqa-da sabri yetmas.
Yo gulni tikoniga sabr aylamas-u.
Yo guldan umidini uzib-da ketmas.
* * *
Kelganda bahor havosi olam na goʻzal!
Qush nagʻmasi, gul gʻunchasi, shabnam na goʻzal!
Nay nolasiga chang esa hamdam na goʻzal!
Yor boʻlsa yoningda yana mahram na goʻzal!
* * *
Yor boʻlsa quchogʻimda kechamdir kunduz.
Yor birla oʻtar kunim misoli Navroʻz!
Oʻtdi kecha, indinni kutib oʻltirma,
Har qancha bugunni zavqini sursang oz!
* * *
Mehmon bu kecha menga oʻshal dilafroʻz,
Baxtimga raqiblar arzigay qilsa koʻz.
Sham’ oʻchsin-u, oy botsin — oʻshal nozli sanam
Koʻynimda ekan, kecham misoli kunduz!
* * *
Sarv olgan uning qomatidan andoza,
Ogʻzidan oʻgʻirlagan bahr durri toza.
Har qayda binafshani koʻrib ayturman:
Sochi kabi koʻp buralma, qilma noz-a!
* * *
Tun yoʻqki, koʻzim yuzingga orzumand emas,
Jonim-da kelib labimga senga band emas.
Sen oʻzgaga dil bersang ham, men sendan
Uzmasman umid — hech kim senga monand emas!
* * *
Umrimning umid qushi meni tark etdi,
Sarxush kechalar oxiri boshga yetdi.
Har lahzasi jonga teng boʻlgan umrim,
Afsuski, behuda qoʻlimdan ketdi...
* * *
«Bir kecha qilay, — degan eding, — koʻngling shod,
Bu barcha gʻamu azoblarimdan ozod».
Oʻtdi oʻsha kundan beri qancha tunlar,
Lekin oʻsha va’dangni hech etmaysan yod!
* * *
Sen har nima kiysang, oʻsha zebo boʻladi!
Boʻz boʻlsa-da u, atlasu kimxo boʻladi!
Bir marta yuzingni koʻrsa har kimsa agar,
U endi qiyomatgacha shaydo boʻladi!
* * *
Koʻngliga zamona har necha ursa tikan,
Hamma ham urib oh, sochini yulmas ekan.
Koʻplarni dili xuddi momoqaldiroq
Yigʻlaydi-yu, ammo yengadi kulgi bilan.
* * *
Har qanchaki sarv boʻlsa agar olamda,
Yor qomati qoshida oʻshal mulzam-da.
Mahliyo boʻlma koʻp baland qadlarga,
Boʻy qancha uzun, aql oʻshancha kam-da!
* * *
Koʻzdan yashirin, dilda ayon — holing ne?
Lab uzra tabassum, dili qon — qoling ne?
Bir marta vido’ aylamay oshiqlariga,
Ey tutguchi yuksakda makon — holing ne?
* * *
Har qanday orzu boʻlsa, bir kun yetasan!
Bas, behuda gʻam chekmaki, qarib ketasan.
Dushman-ku jafo qilsa, boʻlishgay doʻsting,
Doʻstim deganing dushman chiqsa, netasan?!.
* * *
Har bir tosh agar la’li Badaxshon boʻladi,
Bas, la’l ila tosh bahosi yakson boʻladi.
Gar barcha quduqda obi hayvon boʻladi,
Topmoqlik uni hammaga oson boʻladi.
* * *
Cholgʻuvchi, oʻshal yordan paygʻom bergil!
Oshiqqa bir ishva bilan orom bergil!
Soqiy, vafo mayi toʻla jom bergil!
Rashk etsa hasadgoʻy, degil: «Jon bergil!»
* * *
Gul rangli sharob tila agar odam esang!
Tursin taralib nolai nay, nagʻmay chang!
Koʻknori ichib, bir yerda tosh qotgandan,
Toshni qoʻshib ich koʻknoriga, ey holi tang!
* * *
Sen, yaxshisi, dil zaxmiga bir malham qoʻy!
Gʻamxoʻrligi elni behuda, erkam, qoʻy!
Oʻldir meni oʻz qoʻling bilan — oʻldirsang.
Dushman qoʻliga topshirma hech ham, qoʻy!
* * *
Bu dunyo muhabbatini dildan yulaman!
Ming ne’matini bir arpaga teng bilaman!
Xar qanchaki bunda yangiman, zavq bilan
Bu koʻhna jahonda yangi guldek kulaman!
* * *
Men bandasi ul kimsanikim, dil olgay,
Yo boshqa birovni oʻzi sevib qolgay.
Kim oʻzganing oshigʻi yo ma’shugʻi emas,
Koʻziga uning, yaxshisi, tuproq toʻlgay...
* * *
Yoʻq oʻzga iloj — tikka boray xonasiga!
Xoh shamshiru xoh tigʻ ursin devonasiga!
Tutsa qoʻlini — mangu vafodori boʻlay
Quvsa — oʻlayin bosh qoʻyib ostonasiga!
* * *
Bu kecha choʻzildi koʻp — oqarmay ketdi,
Qushlar-da ovozini chiqarmay ketdi.
Men tun boʻyi qoqmay mija toqqa boqaman:
Togʻ tongni quchogʻidan chiqarmay ketdi...
* * *
Yuzing qoshida dunyo gulistonlari mot!
Baxsh etgusi vasling kishiga mangu hayot!
Bir qatra tomiz ikki labingdan yerga,
Oʻlik tabiatga jon kirsin shu zahot!
* * *
Dushman eli jabrini oshirsa gʻoyat,
Diltang boʻlma, bor bu sinovda hikmat:
Har kimki chekar ta’na-malomat behad,
Yor shafqatpga boʻlsa sazovor shoyad...
* * *
Ming ta’na-malomat qilishar ortimdan,
Yolgʻon ila tuhmat qilishar ortimdan.
Dushman soʻzi deb kechib boʻlarmi doʻstdan?
Mayli, necha gʻiybat qilishar ortimdan.
* * *
Hayhot! Ochilib ulgurmay gul soʻlsa!
Koshki ochilib, tamom sururga toʻlsa!
Koʻnglida umidi koʻp edi shoʻrlikning,
Ne foyda: umid koʻp-u, umr oz boʻlsa!
* * *
Ey tong yeli, sen uzoq safar aylagasen,
Ul yor eshigidan-da guzar aylagasen.
Bizdan unga sen duoyu xizmat yetkaz.
Soʻr: «Doʻstlardan qachon xabar aylagasen?»
* * *
Mard aylar-u may kishini, shodlikka toʻliq,
Koʻknori mijozi-chi, sovuq hamda quruq.
()y yuzli sanamni top-u, ich alvon may.
Kim koʻp koʻk yesa, rangi boʻlar sap-sariq.
* * *
Bechora kishilar senga maftun boʻladi,
Vaslingga yetolmay zoru dilxun boʻladi.
Bir lahza seningsiz toqati toq kishining
Har lahza seningsiz ahvoli chun boʻladi?
* * *
Gar toʻkkali qonimni sanam aylasa ahd,
Qilmam sira jonimni xalos etgali jahd.
«Mendan ne gunoh oʻtdiki, yor boʻldi xafa?»
Qiynar meni shu tuygʻu, shu qaygʻu hama vaqt...
* * *
Har kimsaga kimki e’tibor etgusidir,
Orif nazarida oʻsha nast ketgusidir.
Qozi ikki shohid oldida fatvo berar,
Ishq yoʻlida bir shohid oʻzi yetgusidir.
* * *
Koʻnglim yorishar faqat shu yor tufayli,
Chiroyli emas, der uni dushman xayli.
Yotlar koʻziga xunuk koʻrinsin, mayli,
Tengi yoʻq uning menga misoli Layli.
* * *
Ishq ahli tabibi, bir nafas oʻltirsang,
Ishqingda bu xastalarni holin soʻrsang.
Farhodsifat senga agar oshiqman,
Sen chunki Shiripsan — sababini soʻrsang.
* * *
Yer davlatu baxtu kulsa taqdir bir zum,
Boshimni ostingga fpdo qilsaydim.
Oson menga boʻlmoq qadaming tuprogʻi,
Lskin sen oyogʻingni qoʻyarsanmi, gulim?
* * *
Qildik necha limmo-lim qadahni xoli,
Boʻlsaydi nasib, koshki, labingning boli.
Bosmish meni zoʻr qaygʻu: labingga yetmay,
Oʻlsam netaman? Asli shu oshiq holi...
Kiprik-la supurgum yor ostonasini.
Gap-soʻz qilar el men kabi devonasini.
Ming hayda — oyogʻini ololmas tortib.
Koʻr holini pashshani — bol parvonasini!
* * *
Koʻzga boqib, surma emas, koʻrsa tikan,
Chaqmoq-da chaqib, oʻt ichra qolsa xirman,
Yov etsa asir, ursa yana qoʻlga kishan.
Doʻst oʻrniga yaxshi koʻrganingdan dushman!
* * *
Bu lutfu karam sohibi goʻzalga qara!
Pista kabi xandon bu labi la’lga qara!
Senga bu ilohiy husn sari yoʻl yoʻqdir,
Koʻzimdagi suv, suvrati yal-yalga qara!
* * *
Koʻr johu jalolu husnu rangni birga!
Odam dilini mengzama tosh, temirga.
Kim oshiq emas birovga yo unga birov,
Hech qilma havas bema’ni bu taqdirga!
* * *
Bir kuni qilib azmi sahro senu men,
Chiqsak bu shahardan asta tanho senu men.
Atrofda kishi boʻlmasa uchrashganda,
Shod boʻlamiz oʻshanda, illo, senu men.
* * *
Ey yor, qayerdasan — quchogʻim boʻm-boʻsh?
Oʻtgan kechagi lutfu karaming qani, xoʻsh?
Har qancha koʻzimdan yashirin boʻlsang ham,
Ishqing yuragimda tunu kun urgusi joʻsh!
* * *
Odam degani shuncha boʻlarmi zebo?
Yo sarv degan shuncha balandu barno?
Koʻngli choʻkadi — kimni u tark etsa agar,
Koʻngli oʻsadi — kimga agar boqsa qiyo!
* * *
Ey, koshki, odamlar bu sanamni koʻrsa
Ham yonida oʻltirsa-yu, suhbat qursa,
Shaydosi boʻlib, atrofida charx ursa,
Oshiq holiga zora kulmay yursa.
* * *
Oshiqlik ishidan, istadim, tavba qilay.
Shoyad, bu ishq azobidan chetda boʻlay.
Har lahza biroq sabru qarorimni olib,
Borgan sari yaxshiroq koʻrinsang, ne qilay?!
* * *
Doʻst aybini doʻst yuziga kim solmasa, bas,
Bu chin doʻstlik odati-yu rasmi emas.
Doʻstlik shuki, doʻsti toʻgʻri yoʻldan toysa,
Doʻstlik yuzidan doʻstini doʻstim demas.
* * *
Ey bulbuli xushlaxja, ovozing mumtoz,
Sarxushsan-u sevgidan, havasga xamroz.
Xavfim shuki, yetmaysan aziz yoringga,
Solmish seni toʻrga chunki yoqimli ovoz.
* * *
Eldan uzilib, chetda nihon yigʻlayman,
To koʻkka yetar nola-figʻon yigʻlayman.
Qush orqasidan yigʻlab qolgan boladek
Oʻtgan umrim uchun chunon yigʻlayman...
* * *
Ul doʻstki, husnidan boʻlar paydo koʻz,
Gar qilmasa jilva husni, nopaydo koʻz.
Bir bor yuzini koʻrish uchun shaydo koʻz,
Koʻrishga yaramasa, nega naydo koʻz?!
* * *
Men qaddiga bandaman shu shamshodtanning!
Farhodiman-ey, shu Shirin shoʻxu shangning!
Ogʻziga quloq tutsa-da, soʻz ma’nisiga
Yetmas faxmi la’lidan holi tangning!
* * *
Men izlamasam dilimga orom, na qilay?
Yor yoʻlida menga bosh tikish kom, na qilay?
Derlar menga: «Qoʻy u yorni — qoningni toʻkar!»
Dil donasiga boʻlgan esa rom, na qilay?
* * *
Dedim: qaramayman yuziga dilbarni!
Soʻfiy kabi qilmayman kufr nshlarni!
Koʻrdimki, bu ish loyiq emas tab’imga,
Ming tavba qilib, yigʻib oldim hushlarni...
* * *
Bir lahza qarori yoʻq seningsiz dilni,
Gar boʻlmasa gul yuzing, netarman gulni?
Derlarki: «Unutsang, boʻlasan xotirjam»,
«Alhamdini unutsam-da, unutmam ulni!»
* * *
Ul yorki, koʻzim chashmasidan oʻtgʻay yodi,
Shafqat qilishini soʻrashim kutgay edi,
Dil-chi, yashirib dardini qon yutgay edi,
Bilsa goʻyo sochi ila band etgay edi.
* * *
Ey yor, seningsiz menga bu dunyo tor,
Men yeen ila faxr etarman-u, sen esa or.
Doʻstingman-u men, sen-chi, misoli agyor.
Bu dilmi va yo toshmi, axir, boʻl iqror?!
* * *
Gar boʻlsa muyassar menga vasl ayyomi,
Bosh ketsa-da, bas, ushalsa dilning komi.
Men bitta oʻpardim u yarimta xolidan,
Rost boʻlsin, deb bitgani hijron shomi.
* * *
Gar yov mingta, senda-chi, yuz navkar bor,
Oʻzingni halok qilma sira, boʻl hushyor:
Gar kelsa qoʻlingdan uni ayla tor-mor,
Gar ojiz esang, sulhdan uyalma zinhor.
* * *
Sen qon kabi jismimni tutibsan butkul,
Bosh ustiga, sendan nima kelsa, ey gul!
Biz yor gʻamida tunni uladik tongga,
Maqtanma saharda turganingga, bulbul!
* * *
Yuv, deydi, menga hamma, yomon yordan qoʻl,
Yaxshiligidai yomonligi moʻldir, moʻl.
Har yaxshi-yomonu ranju rohat — neki bor,
Ma’qul bari kelsa nozli yordan bir yoʻl...
* * *
Taqdir sira tadbir bilan oʻzgarmas,
Ming intil-u-intilma — biror naf bermas.
Dedimki: borib sabr qilay birmuncha,
Sabr etgash, afsuski, men qodirmas.
* * *
Parvonadek ishqini etib koʻksiga jo.
Koʻrsatmadi hech kim yoriga sidqu vafo.
Dushmanligidan qaychi kesar sham’ boshini,
Parvona qilar doʻstligidan jonni fido.
* * *
Doʻst boʻlsang agar, doʻstga munosib doʻst boʻl!
Don boʻlsin-u doʻst, sen esa unga poʻst boʻl!
Dushmanni agarchi yuzinn koʻrging yoʻq,
Doʻst koʻngli uchun ham uni afv et, doʻst boʻl!
* * *
U dushmanu doʻst koʻnglini ogʻritdi,
Goʻyoki gunoh-la vujudin masx etdi.
Avvalda uning gami edi dillarda,
Endi bu jahonning gʻami unga yetdi...
* * *
Boshdan nimalar oʻtmadi — dil bermay tob,
Koʻzim yoshidan boʻldi etagim gʻarqob.
Koʻksimni teshib oʻtgan oʻqni koʻrasan,
Koʻnglimga agar qoʻlingni tiqsang, mohtob!
* * *
Zolim knshining zulmi oʻziga uradi!
Odilga adolat ezgu nom keltiradi!
Shoh odil boʻlsa, taxtu mulki poydor,
Shoh zolim boʻlsa, borini boy beradi!
* * *
Qanday chidayin — bu ne gʻaroyib holat:
Na vasliga, na hajriga bordnr toqat!
Ochilsa qayerda gul — azaliy odat:
Bulbulni shu yerda nolasi bilmas had.
* * *
Yoʻq menda koʻyingda sabru toqat sira ham:
Sendan na uzoqlik, na yaqinlikka, sanam.
Shunga qaramay, hamisha sabr etmak ishim,
Oshiq kishiga qismat zkan sabru chidam.
* * *
Ey yor, bilasanmm, ne uchun aytdim roz?
Koʻnglim qushi koʻksimaro qildi parvoz!
Holimdan ajablanma-yu, hovonchaga boq:
Koʻrgach yoridan jafo, chiqardi ovoz.
* * *
Gul fasli-yu, davri shodmonlik keldi,
Afsuski, boshimga notavonlnk keldi.
Umrimni(ng) bahori oʻtdi koʻrmay mehring,
Umrim qishi vaqti mehribonlik keldi...
* * *
Bir koʻrsatib oʻzini oʻshal qomati dol,
Koʻnglimni qoʻlimdan oldi-yu, qildi uvol.
Ovlaydi koʻngillarni koʻzi ovchi misol,
Boy bermayman dilni, desang, koʻr boʻla qol!
* * *
Tavba toʻnini kiyay desam-da harchand,
Voizga quloq tutib mudom tinglab pand,
Qarshimda namoyon boʻldi-yu sarv monand,
Uchdi yelga har soʻzki, dedi donishmand!
* * *
Derlar mepga: «Borma ul sanamning izidan,
Andisha qil elni(ng) yaxshi-yomon soʻzidan».
Tushdim domiga — endi nasihat bekor.
Sudrar meni u — bormayman oʻz-oʻzidan.
* * *
Jang qilgani sen bilan birov botinmas.
Chunki u tuzogʻingga tushib qolgay, bas.
Sen birla kurashmoqqa menga na dil bor.
Na sabr — uzay desam koʻngilni, xullas.
* * *
Xusn ahliki, koʻrgan kishilar suqlanishar,
Ming hayfki, pardada koʻrib cheklanishar.
Har holda, niqob tutishlari bejiz emas:
Bozorga solishdan oʻzini saqlanishar.
* * *
Hayf dilgaki, u samo’ni qilmaydi havas,
Toshdir oʻsha, toshga ishq ishi loyiq emas!
Kim sevgnga begona — samo’ unga harom,
Kim kuymasa oʻt ichra, tutun chiqmadi, bas!
* * *
Gar sevgi daraxti mevaga kon boʻlgay,
Ul yerda duru marvarid arzon boʻlgay.
Qay yerda guzallar oromijon boʻlgay,
Chin yor balo kelganda namoyon boʻlgay.
* * *
Oʻtgan kecha menga iqbol yor edi,
Koʻlimda yanogʻi olmasi bor edi.
Chogʻlangan ednm oʻpgali, voh, uygʻondim,
Bir boʻsa xumorida dilim zor edi.
* * *
Umr — qisqa ekan, shodlikning dodini ber!
Oy chiqsa, Surayyoni falak haydadi koʻr!
To tonggacha yot uyqu shirinlik qilsa,
Bomdod qazo boʻlsa, erursan ma’zur.
* * *
Savdosini soldi yuragimga ul shoʻx,
Siymosini naqsh etdi koʻzimga — naq choʻgʻ.
Boshimni fido qilay oyogʻiga uning,
Boshsiz yashasa boʻlar, yorsiz esa yoʻq!
* * *
Husnini tomosho qildi oynada, bas,
Tomoq, lab, ogʻiz, tish — bari qoʻzgʻandi havas.
Bir soʻzi qulogʻimga chalindi shu nafas:
«Jon kelsa-da labga, labga hech yetgan emas!»
* * *
Koʻyingda boshimni qilmaguncha qurbon,
Qoʻlim hech uzilmas etagingdan, jonon.
Sening sari yoʻl uzoq va ogʻir chandon,
Oʻlsam-da bu yoʻlda, toʻxtamasman bir on.
* * *
Ey tunni yuzi yoritguchi mohtal’at,
Tun-kun sen ila boʻlsa kishi, ne davlat!
Yoʻq dunyoda sen kabi chiroyli xilqat.
Hech hojat emas senga boʻyoq, zeb-ziynat.
* * *
Yo silta jahonga qoʻl-u, xilvat xohla!
Yo ishq uyini oʻrta bir oʻtligʻ oh-la!
Oshiqlik ila goʻshanishinlik mosmas,
Chok boʻlmayeidan parda koʻzingni bogʻla!
* * *
Ishqimnn hasad ahli havasga yoʻyishar,
Oʻtkinchi havas bandasi deb ayb qoʻyishar.
Asli mening ishqimni koʻrolmay kuyishar,
Husn ahlini, chunki oʻzlari ham suyishar!
* * *
Ishratda yashar kim molu davlatga ega,
Bilmas u gado ohi sababini — nega?
Jayxunu Furot toʻlib zilol suv oqadi,
Sahrodagilar zor uni bir qatrasiga!
* * *
Orzum edi zulfing tuzogʻi, sevarim,
Yengil qilib ogʻiringni, jabring chekarim.
Xoh jonu dilimni ista, xoh siymu zarim,
Har ne tilasang, qilish muhayyo hunarim.
* * *
Bedor oʻtadi uzun bu tunlar, bedor,
Tong chogʻi bolishga bosh qoʻyarman nochor.
Koʻz uyquga ketdi bir koʻray deb yorni,
Shunday deb oʻzimni ovutaman bekor.
* * *
Har lahza yuzing guliga tushsa nazarim,
Nargis kabi yumilmasa, deyman, basarim.
Sensiz sumanu argʻuvon ichra guzarim -
Gar boʻlsa-da, yoʻq binafshadek bosh urarim.
* * *
Men shunchaki kelmadimki, choʻlni koʻraman,
Yo suv boʻyida havas qilib oʻltiraman.
Sen dashtu daladan gulu lola tersang,
Men boʻlsa, sening yuzing gulini teraman!
* * *
Hurdek u sanamni(ng) qaddu bastini koʻray!
Oydek yuzini, koʻzlari mastini koʻray!
Koʻrmoqqa yaqindan uni yoʻl bermasalar,
Mayliga, uzoqdan dilni doʻstini koʻray!
* * *
Bir kun kelar u menga qilib lutfu karam,
Jonimga yoqar bosgani har bitta qadam,
Koʻzdan yashirin boʻlsa-da harchand u sanam,
Qayga qaramay, koʻrib turarman uni ham.
* * *
Shu qoshi qalamni(ng) zulfi qotil chinakam,
Lekin choʻchitolmas qilib u jabru sitam.
La’lidan olurman ikki-uch boʻta bu dam,
Oʻldirsin-u oʻldirsa, yoʻq aybim sira ham.
* * *
Men oʻzga bilan qilmasman ahd-paymon,
Oshiq unutarmi sevganini oson?
Men senga beray dilimni jon rohatisan,
Dil sendan uzib, kimga berarman, jonon?!
* * *
Har kun nozu lutfing meni battar oʻrtar,
Har kun toʻlishar husnu jamoling, dilbar.
Qozpga olib boray, desam, qoʻrqarman,
Qozini(ng) dilini-da olarsan yaksar.
* * *
Dil ketsa-da, hech koʻzni boʻlarkanmi tikib,
Zuhding yoʻq ekanmi, yoʻq demak makru firib.
Koʻmdirgan emas bechora parvonani sham’,
Kuydirgan Oʻzi sham’ husnini afzun qilib!

Fardlar

Ergash Ochilov tarjimalari
Balolar domida qolsang, Xudo nomini tutgaysan.
Agar hal boʻlsa mushkuling, yana Haqni unutgaysan.
* * *
Shunday deyishar ,ekan bir qavmi arab:
Nasli tutasin, agar tugʻilsa beadab!
* * *
Ey boʻri, kuchingga boʻlma maftun,
Yuz bergusidir dodingnn bir kun.
* * *
Xudoni esla doim sogʻu boyu shod yurganda,
Dilu jondan Xudo deysan, axir, baxt yuz oʻgirganda.
* * *
Kim kuchliyu qudratliyu ham pahlavon?
Oʻz nafsini yengolgan odam pahlavon!
* * *
Insofga kirib, kim xayr uchun bogʻlar bel:
Topsin uni(ng) xayridan madad muhtoj el.
* * *
Boylik va amal — nokas uchun olamda,
Ov chogʻida it yaxshi, axir, odamdan.
* * *
Qilgan kishini koʻrmadim ishqing tummor,
Qulluq qilishar sening qoshingda nochor.
* * *
Ketmas davlatni bersa toat ila xush,
Naf qilsa musofir molu davlat ila xush.
* * *
Voiz netar el qilmasa pandini qabul?
Paygʻomni etishsa rad, gunohkormi rasul?
* * *
Yor koʻyida qat’ ayladik qancha manzil,
Men bergan emasman, oʻzi oldi koʻngil.
* * *
Kalxat, desa, lochin qushini kimdakim
Koʻzida uning bir aybi bordir balkim.
* * *
Yoʻl yursang agar, yoʻldan iborat olam,
Choh koʻrgusi har qadamda qoʻrqoq odam.
* * *
Olam eli yor boʻlishini istasa tab’,
Muomala qil barchani(ng) fe’liga qarab.
* * *
Daryoga tushib, agar choʻkar boʻlsa kishi,
Oyogʻu qoʻliga zoʻr berish boʻlgay ishi.
* * *
Tish boʻlmasa, burda nonga ham sabr etasan,
Nonning oʻzi boʻlmasa agarda netasan?!
* * *
Sulton ishi shu: har kuni farmon chiqarar,
Xalqi bajarolmay uni sochi oqarar.
* * *
Bir-birni ayang, koʻngilga bermang ozor,
Yaxshi gina-kudratdan ahillik ming bor.
* * *
Dedimki: umid qudugʻidan suv chiqadi!
Afsuski, chelakni-da yutib ketgan edi...
* * *
Tinchingni buzuvchi haqiqatdan begumon,
Koʻnglingga yoquvchi yolgʻon yaxshi, ishon!
* * *
Manzilidan oʻtsa-da faqirlarniig shoh
Bir chetiga boʻyrasin oʻtirmas hech goh.
* * *
Kimning koʻziga koʻrinsa xalq xor,
Qolmaydi ulugʻlik unda poydor.
* * *
Muruvvat qolmasa, aynisa ochun,
Chumoli rpzqiga koʻz tikar lochin.
* * *
Joʻmard yesa begonayu xesh tashvishini,
Nomard esa oʻilaydi faqat oʻz ishini.
* * *
Bu toifa kunni aysh ila tunga ular,
Farq etmasa och tun ila kunni, ne bilar?
* * *
Qudrat ila oʻlchama odam mardini,
Kim zulm tpgʻini ushatsa, bil mard uni.
* * *
Bir kimsani(ng) koʻnglini olish maqsadida,
Oʻzga kishini ranjitish bema’ni juda.
* * *
Koʻr: boʻri agarchi echkiyu qoʻylarni urar,
Sher bir kuni muttaxamni(ng) qornini yorar.
* * *
Takrorladi bir soʻzni uluklar beadad:
Bu xalq azal bor edi, boʻlgay to abad!
* * *
Darvesh toʻniga quyosh pinhon boʻlsa,
Hayrat joyimas, bulut xukmron boʻlsa.
* * *
Ishonma zohiriga, botini balki yomon boʻlgay,
Zahar ba’zan shirin halvoning ichinda nihon boʻlgay.
* * *
It boʻlsa kichikligida murdor,
Ulgʻaysa, shu fe’l boʻlar namudor.
* * *
Dushman oʻlganiga boʻlma mamnun,
Hech kim bu jahonga boʻlmas ustun.
* * *
Gar boʻlsa oʻtinlar bari ud, tosh esa dur,
Toʻymaydi koʻzi ochning koʻzi baribir.
* * *
Nokasga nasiba berma, kuchga toʻladi,
Boʻri tishi tez boʻlsa, qon koʻp toʻkadi.
* * *
Qaydan biladi uyquchi mastu xummor,
Oʻtkazganini bemor tunni bedor?
* * *
Ikki oshiq birga quvonsa yaxshi.
Ikki oʻtin qoʻshilib yonsa yaxshi.
* * *
Shukr et, uydasan, ahli ayoling qoshda,
Bechora musofirning ahvoli boshqa.
* * *
Yoritmas agar lutfi chirogʻi yoʻlini,
Topmas kishi oʻz jahdi bilan manzilini.
* * *
Har kim yetuk olim, komil inson esa boq:
Kafshi uning eski-yu, toʻni qirqyamoq.
* * *
Uch toifa dunyoda chiqargay donglar:
Paygʻambaru miskinu ulugʻ insonlar.
* * *
Tole’ nuri koʻzlaringni etsin ravshan,
Doʻst koʻrsa quvonsin, kuyib oʻlsin dushman!
* * *
Sen uxlaganingda biz parishon boʻldik,
Uygʻonding-u, biz tirildik — xandon boʻldik.
* * *
Tortishadi asli xunuk yuzga niqob,
Sen toʻsma goʻzal yuzingni aslo, mohtob!
* * *
Sham’ning shu’lasi agar baland boʻlgaydir,
Xavfim shuki: bir kun uying oʻt olgaydir...
* * *
Yaxshilik yaxshi — kil qoʻlingdan kelsa,
Ma’lumdir ajri kim yomonlik qilsa.
* * *
Gar zohidu rindu fosiqu pok boʻlish —
Imkoni qoʻlingdamasmi, ma’zur bu ish.
* * *
Nafs orom olar xoh qasru xoh gʻorda, rosti,
Joy tanlamas uyqu: taxtda yo devor osti.
* * *
Sen mazhabini kimning agar doʻst tutasan,
Yo shartiga koʻnasan va yo tark etasan.
* * *
Afsusu nadomat bilan oʻtkazma umr,
Har lahza aziz, vaqt misoli shamshir.
* * *
Bechora, faqirlarga qiling lutfu karam,
Bechoradir Olloh oldida barcha odam.


«Sohibiya»Dan

- Shoislom Shomuhamedov tarjimalari -
Minbarning poyida tursa ham eshak,
Tarbiya yuqmaydi, boʻlmaydi odam.
Tarbiya koʻrmayin ulgʻaysa kishi.
Eshak boʻlib qolur yuzga kirsa ham.
* * *
Hovonchaga dedim: «Doding koʻp baland.
Ayt, kimdan chekasan bunchalik faryod?»
Dedi: «Ne til bilan aytay, ey Sa’diy,
Zarbni oʻz yorimdan yeyman umrbod!»
* * *
Faqat xush koʻngildan izla yaxshilik.
Tinchlik sarmoyasin izla avvalo.
Sust qoʻlda tez qilich yaraqlay olmas,
Buzuq dildan chiqmas yaxshi soʻz aslo.
* * *
Tinchlik mulki erur mevador daraxt,
Mevasiga aylang qanoat chandon.
Faqat bir martaba totar mevasin
Daraxtni ildizdan quritgan nodon.
* * *
Odam ersang, faqat yaxshilik ista,
Seni farq etsinlar toki hayvondan.
Hayvondan seni aql ajratib tursin,
Yoʻqsa, u qudratda zoʻr-ku insondan!
* * *
Beadablikda agar mashhur kishi,
Xayr kutma undan ortiq sen hecham.
Suv agar oshsa boshingdan — baribir:
Bir qarichmi, nayza boʻymi, ming qadam.
* * *
Darvesh qoqib oʻtsa eshiging bir bor,
Unga eshik koʻpdir, sen yemagil gʻam.
Senga «sir» aytganga ishonaverma,
Senga aytgan aytar boshqalarga ham.
* * *
Aqlli koʻrsa gar nodondan jafo,
Qahri olovlanmas, dilga solmas gʻam.
Arzon tosh sindirsa zar kosann gar,
Tosh narxi oshmaydi, oltpn boʻlmas kam.
* * *
Foyda bermas ulkan a’zolar hecham,
Aqlsiz, hunarsiz boʻlsa gar odam.
Biznikidan katta hoʻkiz koʻzlari,
Uzunroqdir eshak quloqlari ham.

Hikmatlar

- Shoislom Shomuhamedov tarjimalari -
Ikki kishi oʻrtasiga oʻt tashlar kezi,
Bu oʻrtada aqlsizning kuyadi oʻzi.
* * *
Dono kishi vujudi misoli zaru tillo,
Har qayerga borsa ham qimmati tushmas aslo.
* * *
Chumoli yoz boʻyi yigʻar yemak-don,
Toki qishda uyi boʻlsin farovon.
* * *
Harakat boʻlmasa, boʻshab kishani,
Orzuga yetolmas polvonlar tani.
* * *
Har ishdakim, inson koʻrsatur himmat,
Tikan ham guldasta boʻlur oqibat.
* * *
Chin azmu harakat qilmay muttasil,
Hech kimsa murodi boʻlmadi hosil.
* * *
Erta kun arpaga zor boʻlmay desang.
Bu kun ek, shoyadki, bugʻdoy non esang.
* * *
Mashaqqat chekmagan topmas xazina,
Tun ortidan kunduz kelar hamisha.
* * *
Boʻlsa bir hunaring, agar yuz aybing.
Doʻst nazdida hunar yopar yuz aybing.
* * *
Bir xunar egasi boʻlsa odam gar,
U emas, koʻrsatur oʻzin shu hunar.
* * *
Bani odam ilmdan topmish kamol,
Bekor bunda mansabu boylik va mol.
* * *
Bor narsangni berib, bama’nilik ol,
Barchasi ketsa ham, shu abad qolur.
* * *
Istar etsang otangdan meros,
Bogʻla otang ilmiga ixlos.
* * *

Ustod cuhbati jon ozugʻidir

* * *
Bilim mezonida soʻzing oʻlchab ol,
Ilmsiz gap bari shamoldir, shamol.
* * *
Xarchand oʻqibsan — bilimdonsan,
Agar amal qilmading — nodonsan.
Ustiga kitob ortilgan eshak
Na olim va na donodir beshak.
* * *
Nodon qulogʻiga pand xuddi qafasda shamol,
Olamning nasihati galvirdagi suv misol.
* * *
Qachon oxirga otam umri yetdi,
Nasihat soʻzni menga ayta ketdi:
Dedikim, shahvat oʻtdir, ayla parhez,
Oʻzingga doʻzax oʻtin aylama tez.
Ul oʻt kuydirsa, boʻlgʻay toqating toq,
Sabrdan suv urib, maxv ayla yosh choq.
* * *
Tushundim, padaring ekan koʻp fozil,
Otang kamolidan senga ne hosil?
* * *
Hamma insonlar ham odamga farzand,
Biri yaxshi, biri yomonlikka band.
Birisidan topmas chumoli ozor.
Birisida itdan kamroq nomus-or.
* * *
Birlashsa chumoli ittifoq boʻlib.
Arslon terisin olajak shilib.
* * *
Doʻstlik, sadoqatga belingni bogʻla,
Kina malomatdan tilingni bovla.
* * *
Bu boʻstonda doʻstlar etmasa koʻmak,
Nasib boʻlmas maqsad gulini termak.
* * *
Doʻsting boʻlsa dushman bilan hamnishin,
Undan qoʻl yuvmoqni oqillik degin.
* * *
Doʻst oldida bandda boʻlsa ham oyoq.
Oʻzga bilan gul sayridan yaxshiroq.
* * *
Piyodadan boʻlmas otliq xabari,
U ohista borar, piyoda chopib.
* * *
Tez tugalmaydir qadimiy oshnolar suhbati,
Suvni gar ming pora qilsapg ham, qoʻshilgay oqibat.
* * *
Tavoze’dan erur doʻstlik moyasi.
Undan oliynishon boʻlur poyasi.
* * *
Gar dushman necha bor boʻlsa hamki doʻst,
Doʻstlar hisobiga qoʻshmaydi oqil.
* * *
Doʻst koʻnglin ovlash uchun birma-bir,
Otang bogʻini sotsang ham arzir.
* * *
Yaxshi doʻst aybingni misoli koʻzgu
Yuzma-yuz oʻzingga ochiq aytadi.
Yomon-chi, taroqdek ming tili bilan
Sochdan sochga igʻvo qilib qaytadi.
* * *
Yor uldir, koʻnsa gar yor jafosiga,
Orzusin koʻndirsa yor rizosiga.
* * *
Dono dushman baland koʻtarar chandon,
Yerga urar seni doʻst boʻlsa nodon.
* * *
Yoʻlingda chuqurni koʻrsatgan inson,
Nazdimda hakiqiy doʻsting, begumon.
* * *
Tinch bitar ishga ham qilaversa jang,
Demak, ul odamning aqlin bosmish zang.
* * *
Fildek zoʻr boʻlsang-u, shsrdek urishqoq,
Nazdimda jangdan sulh ming bor afzalroq.
* * *
Sulh istar kishining koʻnglin sindirma,
Sulh eshigin qoqsa, sen jang qidirma.
* * *
Sen oʻldirmasang yovni jangda dadil,
Seni oʻldirar u, buni yaxshi bil.
* * *
Istasang darddan diling ozodligin,
Oʻyla oʻzgalar dilin obodligin.
* * *
Mol-dunyo qoʻlga kirgizmoq hunarmas,
Qoʻlingdan kelsa gar bir dilni ovla.
* * *
Yomonga yaxshilik qilmoq yomondir,
Buni yaxshi bilar aqli rasolar.
Boʻriga yaxshilik — qoʻylar boshiga
Keturgay qanchadan-qancha balolar.
* * *
Gar ish bitsa lutfu yaxshilik bilan.
Na hojat janjalu ur-sur qilishdan.
* * *
Agar dur boʻlsaydi har qatra shabnam,
Durga toʻlar edi munchoq bozor ham.
Yaxshilar ketidan agar choparsan,
Istaging, baxtingni shunda toparsan.
* * *
Muloyimlik bilan yurmasa ishi.
Nochor dagʻallikka kirishar kishi.
* * *
Kimki kechirmasa oʻzini oʻzi,
Kechirmas oʻzga ham kelganda kezi.
* * *
Yaxshiga yaxshi boʻl, yomonga yomon,
Gullarga gul boʻlgin, tikonga tikon.
* * *
Gar koʻrsang koʻr kishi oldinda choxdir.
Indamay oʻtirsang, katta gunohdir.
* * *
Yomonlikni koʻrmasang oʻzingga ravo,
Birovga ham uni qilma, birodar.
Agarda oʻz onang izzatin qilsang.
Qil mening onamni soʻkishdan hazar.
* * *
Har kimki sendan qoʻrquvda boʻlsa,
Undan tinchlik kutib, boʻlmagʻil gʻofil.
Chayon sanchar ekan odamga nishin,
Koʻpincha qoʻrquvdan sanchar, yaxshi bil.
* * *
Har joyda yomonlik oʻrgatar yomon,
Xas choʻpga yopishar gʻarq boʻlgan inson.
Yomon kishilarga hamroh boʻlmagil,
Qorasin yuqtirar misoli qozon.
* * *
Bemuruvvat, xunuk ariga aytgil:
Asal-ku bermaysan, nishingni sanchma!
* * *
Yomon-la oʻtirma, yomon suhbati
Tab’ingnn kir qilur, poklik ofati.
* * *
Yomon bilan oʻtirgan inson,
Bir yaxshilik koʻrmas hech qachon.
* * *
Kim mehr koʻrgazdi yirtqich boʻriga,
Sitam-la shoʻr qoʻshdi qoʻyning shoʻriga.
* * *
Rostlikdan bosh tortmas hech dono inson,
Rostlikdan odamga kelur ardoq, shon.
* * *
Dil, agar rostlikni etsang ixtiyor,
Dunyo xalqi senga boʻlur doʻstu yor.
* * *
Pokiza boʻlmasa kimning qilmishi,
Hikmat soʻzi bilan tuzalmas ishi.
Nur yogʻar nasihat soʻzlamasa ham,
Turishi ibratdir pokiza kishi.

Qoshning rostligi egriligidir

* * *
Jahonda toʻgʻrilikdan yaxshi ish yoʻq,
Toʻgʻrilik gulida tikanu nish yoʻq.
* * *
Ey birodar, yolgʻon gapirma zinhor,
Yolgʻonchi boʻlur koru bee’tibor.
* * *
Yolgʻon beviqor qilur odamni,
Yolgʻon sharmisor qilur odamni.
Yolgʻonchidan ordir oqillar ishi,
Yolgʻonchini odam demas hech kishi.
* * *
Odam tani jon bilan sharaflidir yagona,
Zebo kiyim emasdir insonlikdan nishona.
* * *
Nodonlardek yuzlab soʻzni qilma qator,
Donolardek bir soʻz degil, lek ma’nodor.
* * *
Tiliga oʻtkazolmas ersa hukmin,
Oʻtirsin gungu lol burchakda miskin.
* * *
Qanoat yaxshidir kecha-kunduzi,
Qanoatli zotning yorugʻ yulduzi.
* * *
Ayyom gardishidan koʻp boʻlma diqqat,
Sabr oʻzi achchigʻ-u, mevasi lazzat.
* * *
Aqlli boʻladi jahongashta xoʻp,
U sovuq-issiqni tortib koʻrmish koʻp.
* * *
Doʻkonu uyingdai chiqolman bir on,
Xargiz, ey xom odam, boʻlmading nnson.
Chiqib endi sen ham kezgil jahonni,
Boʻshab qolmasidan sendan bu jahon.
* * *
Bir kun pochor yiqilmogʻingni bilsang,
Oʻtirma koʻp baland, pastroq oʻgir sal.
Uchib otdan boʻyin, bel singanidan,
Piyoda yurganing afzal, ming afzal.
* * *
Manmanlik, kibru havo qilmasin boshingni band,
Baland boʻlmak istasang, tutmagin oʻzni baland.
* * *
Gadoga bir diram kumush boʻlsa bas,
Sulaymon Ajamning mulkiga toʻymas.
* * *
Ochofat ahliga rahm etma zinhor,
Ochofatu mechkay odam doim xor.
* * *
Och ichakni toʻygʻizar bitta nonning ovqati,
Och koʻzni toʻydirolmas butun olam ne’mati.
* * *
Oʻtirgil ochu bechora, yalangʻoch,
Vale nokasga aslo boʻlma muhtoj.
* * *
Boshqalar moliga koʻngil qoʻymagil,
Soʻngra koʻngil uzmoq juda ham mushkil.
* * *
Tama’ ahlin koʻzi dunyo moliga
Toʻymas — toʻlmagandek shabnamga quduq.
* * *
Vahshat bilan koʻkrak kergan yoʻlbars ham,
Sichqondek qopqonga tushar yem izlab.
* * *
Ey gʻofil, koʻp oʻnlab foyda-yu mol,
Umring sarmoyasin aylama poymol.
* * *
Yer yuzining ne’mati och koʻzni toʻydirolmas,
Xirmon-xirmon don gʻalvir koʻzlarin toʻldirolmas.
* * *
May ichishar yonoq boʻlsin deb zebo,
Oxiri u yuzni qilar kahrabo.
* * *

Asali arzimas nishi zahriga

Xalqqa tarki dunyo qil, deb oʻrgatar,
Lekin oʻzlari-chi, donu pul yigʻar.

Yarashgan ishni qil, qoʻldan kelganini emas

Tashna odam koʻzin gar bossa uyqu,
Tushiga kiradi butun olam suv.
* * *
Chopqir otlar koʻpi yoʻlda oʻlib ketdi.
Oqsoq eshak manziliga borib yetdi.

Ahmoqqa maqtov yoqadi

Nokasga yoʻl koʻrgazmoq
Koʻrga chiroq tutmoqdir.

«Guliston»Dan

- Sayfi Saroyi tarjimalari -
Fitna yuzli rost soʻzdan boʻl yiroq,
Maslahatli yolgʻon andan yaxshiroq.
Oqil ul soʻzni oʻrinda soʻzlagay,
Ham javobini munosib koʻzlagay.
Kim muxolif boʻlsa sulton soʻzina,
Kelturur ul koʻb balolar oʻzina.
* * *
Ey necha bekni, malikni oʻyla yebtur bu jahon -
Kim, alardan yer yuzinda qolmadi zarra nishon.
Xayr qil, ey ne’mati koʻp xoja, sen andin burun —
Kim, yurub degan munodiy: «Qolmadi xoja falon!»
* * *
Sigʻar bir hujragʻa oʻn ikki mehmon,
Bir iqlima sigʻishmas ikki sulton.
* * *
Bu zamona zohidin koʻr: Ka’bagʻa ortin berib,
Yuz xaloyiqqa tutub, doyim qilur botil namoz.
Zohid uldurkim, tavakkulning maqominda turub,
Tunu kun qilgʻay ibodat, dam-badam uzru niyoz.
* * *
Qilib tavba qutulmoqqa boʻlur Tangri azobindan,
Va lekin bu xaloyiqning tilindan qurtulub boʻlmas.
* * *
Eshik bogʻlab oʻturma ul sababdan,
Koʻrunmasun deyu bu mendagi ayb.
Eshikni bogʻlab oʻlturmoq ne xojat.
Bu holingni bilur ul olim ul-gʻayb.
* * *
Tilar boʻlsang nasib olmoq saodat kimyosindan,
Qanoat goʻshasin tutqil, kechib dunyo safosindan.
Muhaqqiqlarning ogʻzindan necha navbat eshittim men:
Faqir er sabri ortuqdur gʻaniylarning atosindan.
* * *
Yoʻlungda dinu donish tark etibman,
Bu mehringni koʻngulda berk etibman.
Men ul qushman — nechalardap qutulgʻan,
Sening ishqing tuzogʻina tutulgʻan.
* * *
Hojat tilama xasis erdan.
Bugʻdoy tama’ etma shoʻra yerdan.
Jafolargʻa tahammul qil, tilasang —
Yuzung Tangri qatinda oq boʻlgʻay.
Bu koʻp tubroq boʻl, andan burunroq -
Kim erta gul taping tubroq boʻlgʻay.
* * *
Chun andan oʻzga foniydur bilursan,
Burungʻilarning ortincha yurursan.
Bu manzilga adamdan har ki yetti.
Kafandan oʻzgasin qoʻydi-yu ketti.
* * *
Ayo, tashi riyo birlan bezanmish,
Ichinda zarracha yoʻq mayli taqvo.
Alingda bor esa, koʻrguz valoyat,
Yoʻq esa, ne kerak bu lofu da’vo?
* * *
Tushub bir kun otindan, bu masalni
Badiha nazm etti Xoja Ishoq,
Jahon sevgan kishining koʻzlarini
Qanoat toʻldurur yo oʻlsa tubroq!
* * *
Kima zamona jafo qilmagʻa tilar boʻlsa,
Berur xilofi murodin anga kelib ayyom.
Koʻgarchin oʻz vatanini yana qachon koʻrgay,
Qazo anga qilur esa nasib donai dom.
* * *
Ajalsiz odamiy oʻlmas, deyib sen
Yilonni quyruqindan tutma zinhor.
* * *
Koʻzun bogʻlar darohim oqil erning,
Tama’ solur uchar qushni tuzoqqa.
* * *
Magʻrur boʻlub sen oʻz-oʻzungga qolma,
Dushmanni jarohat etting, emin boʻlma.
* * *
Dushman nazarinda qilmagʻil qaygʻung yod,
«Lo havlu va lo...» degay, dagʻi boʻlgʻay shod.
* * *
Har kimni koʻngul tilasa, koʻrkli uldur,
Ishqina hamisha jon ichinda yoʻldur.
* * *
Aytti: «Oqar tengizni tiysa boʻlur va lekin
Har muddaiy tilini tiysa boʻlurmi? Boʻlmas...»
* * *
Orif bilan oʻlturmoq johilga erur zindon,
Johil bila oʻlturmoq orifga jahannamdur.
* * *
Gar kirib jannatgʻa sen qilsang qaror,
Oʻzgalar qilgʻay tamugʻni ixtiyor.
* * *
Koʻngulni bogʻlama bir yerga znnhor,
Yana mushkuldur andan olmoq, ey yor.
* * *
Men kerak oʻlgay edim, ey gulbadan, sendan burun,
To koʻzum sensiz jahonni koʻrmagay erdi bu kun.
* * *
Kuzatur oʻzga aybin — sen ani koʻr.
Magar oʻz aybina doyim koʻzi koʻr.
* * *
Jahon xopining alvon ne’matindan
Besh-olti luqma yedim, ayttilar: bas.
* * *
Bir kishining tishin chekib jarroh.
Chiqarur boʻlsa, bil nedur holi.
Kel, qiyos et, ne boʻlgʻay ul soat
Totli jon chiqsa, qolsa tan holi.
* * *
Vafo istamagil bulbuldan, ey yor —
Ki, har bir gul uza yuz turli sayror.
* * *
Oʻzungdan eygu birlan oʻlturub-tur,
Yomon er birla qilma umr zoye’.
* * *
Qari boʻldung — yigitlikdan aling yuv,
Bilarsankim, yana qaytmas oqar suv.
Yigitlikni yigitlarga quyub ket,
Bu kun tongda ujun koʻb eyguluk et.
* * *
Onasi injinib, Rustamga aytti:
«Ayo, koʻrgan oʻzun haybatli arslon,
Agar boʻlsa edi yodingda ul kun —
Ki, alimda eding bir yashar oʻgʻlon.
Bu kun boʻyla menga javr etmas eding
Ki, sen bir pahlavon, men bir qari jon».
* * *
Yo vafo yoʻqturur bu olamda,
Yo kishi qilmadi jahonda ani.
Mendan oʻq ilmin oʻtranib ketkan,
Oqibat qildi ul nishona mani.
* * *
Boshimiz ustunda bu xalqi jahon
Sayr etgaylar yer uzra koʻb zamon.
Aldin-alga keldi bizga mamlakat,
Ayla ham ketkay kelib aldan ravon.
* * *
Qaysi faqiri qone’ taqvo bilan tirilsa,
Topsa ajab deguldur hazratga ul kuni yoʻl.
Qoʻrqsa vazir Haqdan, qoʻrqqan bikin malikdan,
Topub maqomi oliy boʻlgan malak sifat ul.
* * *
Yetganincha kuchung koʻngul yobqil,
Kim xaloyiq senga duo qilgʻay.
Tushkap er hojatin ravo qilsang,
Haq sening xojating ravo qilgay.
* * *
Qachon fahm etmasa oʻzni eshitkan,
Soʻz aytkan erking anda yozuqi yoʻq.
Irodatning qulogʻin soʻzga tutqan
Kishi bu ma’rifatdan hazz olur choʻq.
* * *
Tilasang ma’rifat nurin koʻrarga,
Iching xoli kerak boʻlsa yemaktan.
Qachon boʻlgʻay munavvar botiningkim,
Yemakdan burnunga tegru toʻlusan.
* * *
Bir itni yetti tengizda yuvsa,
Chun boʻldi oʻsha palidraktur.
Iso eshakin Hijoz eltib
Ketursa, yana hamon eshaktur.
* * *
Shom elinda fitna qoʻbti bir zamon,
Oʻylakim, boʻldi jahonda doston.
Xalqi ketti xonumonin tark etib,
Yettilar oʻzga viloyatqa kelib.
Topti erdamli kishi anda sharaf,
Ey necha erdamsiz er boʻldi talaf.
Boʻldn erdamli faqir oʻgʻli vazir,
Qoldn erdamsiz vazir oʻgʻli faqir.
Erdam — erning davlatidur, bil yaqin —
Kim, tutanmas mol erur matlablayin.
* * *
Kichilikda adab oʻgranmagan er,
Ulu boʻlsa, bil, andin xayr kelmas.
Egulur yosh agʻoch nechuk tilasang,
Quri zgri agʻoch oʻtsuz guzalmas.
* * *
Bir oʻgʻlin bir malik maktabga berdi,
Murassa’ erdi oltun lavha naqshi.
Muni lavhinda yozdi kotib avval:
Ota mehridan ustod javri yaxshi!
* * *
Ey hazin koʻrgan oʻzgadan ustod,
Ne edi avvaling, qil oxir yod.
Ilk bir qatra suv edi isming,
Boʻldi qirq kunda surati jisming.
Emdi boʻldung bu kun bahrdur er,
«Pahlavoni jahon», senga el der.
* * *
Har ki nafsin yengar — bahodur ul,
Pahlavon boʻlsang, aning beki boʻl!
* * *
Boʻlmasa qirq yasharda aqlu adab,
Degul inson desang ani, ne ajb.
* * *
Erlik ul ish degul, koʻngul yoqqay,
Yo kishi aybini koʻrub chiqqay.
* * *
Saxiylarning alipda bir diram yoʻq,
Gʻaniylarda darohim choʻq, karam yoʻq.
* * *
Kishiga qilma shikoyat jahondan, ey darvesh,
Turub-yurub qiladur shukri ne’mati Mavlo.
Alingda, chunkim, ayo xoja, molu ne’mat koʻb,
Yedur, bagʻishla, tilasang saodati uqbo.
* * *
Ichirib elga qoshuq birla shoʻrba,
Choʻmuch sopi bilan koʻzin chiqarma.
* * *
Yomonga eyguluk qilsang, sunub qoʻl,
Alingdan davlating olmoq tilar ul.
* * *
Aling yuv ul munofiq doʻstdankim.
Yurur dushmanlaring birlan boʻlub yor.
* * *
Odamiy koʻnglin yiqar soʻz soʻzlama,
Sulh eyasindan xusumat koʻzlama.
* * *
Dushmaningni koʻrub faqiri haqir.
Lof urub, burmagʻil biyik zinhor.
Har soʻngakning boʻlur ichinda ilik.
Tekma, koʻnglak ichinda bir er bor.
* * *
Qil hazar dushman soʻzindan, ey rafiq,
Nekim ul aytsa, aniig sen aksin et!
Koʻrguzursa sogʻ yona yoʻl senga,
Sen aning soʻzin zshitma, soʻlga ket!
* * *
Yahudiy bir musulmon er bilan soʻzga kelib bir kun,
Xilof uzra chekishtilar nechakim bor edi imkon.
Musulmon ont ichib, Tangrp kalomining uza aytti:
«Yahudiyman — bu qavlimning ichinda bor esa nuqson!»
Yahudiy er dagʻi ontlar ichib Tavrot uza aytti:
«Musulmonman — agar boʻlsa soʻzumda zarracha yolgʻon!»
Agar bu aql dunyodan chiqib ketsa, yaqin bilkim,
Tasavvur etmagay hargiz oʻzin bir odamiy nodon.
* * *
Ayo, kelgin jahonga, eyguluk et,
Yomon ishni yomonlarga qoʻyub ket.
* * *
Oʻn kishi bir sufrada yemak yer, dagʻi ortar,
Ikki it bir murdor uchun bir-birin yirtar.
* * *
Gʻaniydir ulki, qanoat ichinda sabri choʻq,
Jahonda sabru qanoat bikin maishat yoʻq.
Haris yesa jahonni — hanuz ochu faqir,
Hamisha ahli qanoat bir oʻtmagi bila toʻq.
* * *
Qachon sendan bilikli er ochib ogʻzin soʻza kelsa,
Necha yaxshi bilur boʻlsang, soʻzina e’tiroz etma.
* * *
Kishining fazlu miqdori boʻlur ma’lum bir kunda
Va lekin nafsi xubsini boqib yillar bilib boʻlmas.
* * *
Sen seni doim koʻrarsan oʻzgalardan ortuq er,
Oʻylakim, ahval kishi birni boqib, ikki koʻrar.
Bosh urushmagʻil urushchi pahlavon qoʻchqor bilan.
Chun bilursankim, urushsang, ul senipg boshing yorar.
* * *
Ne turursan boqib, ayo yoʻldosh,
Tosh uzadur yilon, alingda tosh.
* * *
Xush aytti muni ul adibi zarif:
Malikka boʻlurmi qalandar qarif.
Oʻz ali bilan oʻz qoʻlun sindurur,
Qaviy birla panja tutushqan zaif.
* * *
Ey oʻzun koʻrgan necha bir degasen —
Kim, falon alloma mufti oʻgʻliman!
Bor esa bu qavlungga keltur dalil,
Gul tikandan keldi, Ozardan Xalil.
* * *
Sen ani bir soʻz bila sindurmagʻil, ey yori chust—
Kim, piyola sinsa, mushkuldur yana qilmoq durust.
* * *
Koʻzung och uyqudan, ey odam oʻgʻli.
Senki kimdan kesib, kimga tuzubsan,
Xato soʻzni eshitib dushmaningdan.
Kerakli doʻst ahdini buzubsan.
* * *
Hasud erga balo keleup demakim.
Aning uzra hasad ogʻir balodur.
Ne lozim sen anga dushman boʻlursan,
Uchungni chun hasad andan olodur.
* * *
Ne qadarkim beklar oshp totli boʻlsa, ey qoʻnoq.
Yorli yoʻqsulgʻa quru(q) oʻtmagi andan yaxshiroq.
* * *
Munofpq suhbatingda ne’mating yer,
Chiqib dushmanlaringga gʻiybating der.
* * *
Or koʻrma bilmaganni soʻrmagʻa,
Soʻrmayincha ilm oʻgranmas kishi.
Ilm oʻqub, har kim amal qildi esa,
Jannat ichinda tafarrujdur ishi.
* * *
Eshitib, tutmasa har kim nasihat,
Boʻlur ul xalq aro doyim fazihat.
* * *
Ey nechalarni koʻrubtur bu jahon,
Ey nechalardan dagʻi ortib qolur.
Sen alardan olmasang ibrat bu kun,
Tong bila sendan bular ibrat olur.
* * *
Faridun xaymasining tegrasinda
Nasihat yozmish oltun birla naqqosh:
Yomongʻa eyguluk qil, ey saxiy er,
Saodat eygularga boʻldi yoʻldosh.
* * *
Munda doyim eyguluk etkan kishi,
Jannat ichinda tamoshodur ishi.
Ogahiy tarjimalari
* * *
Eyki, sulton oldida soʻzing topibdur e’tibor,
Yaxshi soʻz ayturni pesha qil oʻzingga zinhor.
* * *
Dedi bir vaqt bir oriq dono
Semuz ablahga nuktai margʻub:
Ki bedav ot agarchi logʻardur,
Lek bordur semuz eshakdin xoʻb.
* * *
Men oningdek kimsa ermasmanki, yovdin qochgʻomen,
Mardman andoqki, koʻrgungdur tanimni qon aro.
Kim urushgʻa chiqgʻusi — kechmak kerakdur jonidin,
Qonigʻa qolgʻay cherikning, gar qochar maydon aro.
* * *
Boʻri farzandi boʻri boʻlgʻusidur,
Nechakim odam ichra ulgʻaysun.
* * *
Qilmading suratim haqir koʻrub,
Manda mundoq ulugʻ hunarni gumon.
Oriq ot ish kunida butkorur ish,
Boʻlmas ul ish semuz oʻkuzdin ayon.
* * *
Nuh oʻgʻli boʻlub yamonlar ila,
Yedi nasli nubuvvata barham.
Yaxshilar izigʻa igorgʻon uchun
Boʻldi ashobi Kahf iti odam.
* * *
Yaxshi qilichni kimsa temurdin nechuk yasar,
Nokas boʻlurmu tarbiyatu lutf birla kas.
Yomgʻur agarchi shahr ila sahrogʻa teng yogʻar,
Gulshanda lola, shoʻrada butgusi xoru xas.
* * *
Zamini shoʻra sumbul bar keturmas,
Nechukkim tuxm qilsang jonfishonligʻ.
Yamongʻa yaxshiligʻ qilmoq biaynih
Erur yaxshigʻa qilmoqligʻ yamonligʻ.
* * *
Kimsaga gar doʻst boʻlsa mehribon,
Dushmani koʻb boʻlsa, ondin ne ziyon.
Sipoh holidin qilgʻil ogohligʻ,
Ki shah lashkar ila qilur shohligʻ.
* * *
Podshoheki, zulm etar bunyod,
Qilgʻay oʻz mulku davlatin barbod.
* * *
Qorning toʻq esa, arpa noni yaxshi koʻrunmas,
Gar och esang, oy qursi kibi xoʻb erur va sof.
A’rof bihisht oʻlgʻusidur doʻzax eliga,
Jannat eliga boʻlgʻusi doʻzax vale a’rof.
* * *
Darveshu gʻaniydir bu eshikda tufroq,
Har kimki gʻaniyroq, ehtiyoji koʻbroq.
* * *
Bir-birga ulus erur a’zo,
Zoti birdur borigʻa, ey dono.
Yetsa har a’zogʻa agar ozor,
Qolmagʻoy oʻzga uzvlarga qaror.
Oʻzgalar dardidin esang begʻam,
Loyiq ermas seni demak odam.
* * *
Ey amir, oʻlmagʻil faqirozor,
Tokay oʻlgʻusi garm bu bozor.
Gar sanga javru zulm esa margʻub,
Oʻlganingdur tirikligingdin xoʻb.
* * *
Yoʻqtur jahon ichra manga aslo bu damdin yaxshi dam,
Kim neku badning fikridin koʻnglumda yoʻq bir zarra gʻam.
* * *
Qaror tutmagʻay ozodalar qoʻlida mol,
Nechukki, suv yoʻligʻa mone’ oʻlmagʻay gʻirbol.
* * *
Ablahekim, yoqgʻoy ul isrof ila kunduz charogʻ,
Tezdurkim, qolmagʻoy oqshom charogʻi ichra yogʻ.
* * *
Mumkin ermaski, tashna qolgʻon el
Shoʻr suvning labigʻa kelgaylar.
Boʻlsa har yerda chashmai shirin,
Xalq onga xujum qilgʻaylar.
* * *
Sipahdin agar zar tutulsa darigʻ,
Sipah dogʻi chekmas aduv sori tigʻ.
* * *
Olsa zar xizmat uchun ahli sipah bergay bosh.
Zar gar olmas esa, ketgay olib har sori bosh.
* * *
Sharif ondin erur barcha qutlar ichra Humo
Ki, yeb soʻngok, tilamas hech jonvargʻa izo.
* * *
Durri nofe’ bahr arodur beshumor,
Gar salomat istasang, tutgʻil kanor.
* * *
Doʻst oni dema, ne’mat vaqtida
Gar urar har lahza lofi yorligʻ.
Doʻst uldur, tangdast oʻlgʻon chogʻi
Dastgir oʻlub, qilur dildorligʻ.
* * *
Yurma beparvo amal ichra agar oqil esang,
Toki dutiman tonmagʻay hargiz shikastinggʻa majol.
Sen libosing nok tut, andisha qilma kimsadin.
Yoʻq esa gozur urub, tosh uzra aylar poymol.
* * *
Na jurm koʻrgan ekan mun’imi karamosor,
Ki bandani nazarida hamisha tutgʻusi xor.
Ulugʻligu karam ul Tangrigʻa musallamdur,
Ki non berur nechakim banda boʻlsa badkirdor.
* * *
Necha yil bu bayt fikrida edim —
Kim, oʻqur erdi oni bir filbon:
Moʻrni koʻrsang oyoqing ostida,
Fil oyoqida oʻzing qilgʻil gumon.
* * *
Birov ikki kungina shoh xizmatiga kelur,
Uchipchi kun shoh anga lutf ila nigoh qilur.
Kimki, qilsa ibodat Xudogʻa sidq bila,
Netong, yuziga agar maqsad eshiki ochilur.
* * *
Xazar qil ohidin darveshlarning,
Yonar bir uchqunidin jumla olam.
* * *
Vafo yoʻq erdimu olamda hargiz
Va yoxud qilmadi ahli zamona.
Ki har kim otmoq oʻq oʻrgandi mendin,
Mani ul oqibat qildi nishona.
* * *
Jahonda gar umidu rohatu ranj oʻlmasa erdi,
Falak boshidin oʻtgay erdi faqr ahli oyoqi ham.
Vazirlar qoʻrqsa erdi Xudodin, oʻylakim, shahdin,
Boʻlur erdi malak, balkim malakning yaxshirogʻi ham.
* * *
Bu ne’matkim, qoʻlungla yer tutubdur,
Yaqin bilkim, necha qoʻldin oʻtubdur.
* * *
Gar aduv oʻlsa, ango boʻlmasmen aslo shodmon —
Kim, oʻzim dogʻi jahonda qolmagʻumdur jovidon.
* * *
Koʻpolsa erdi donolik bila non,
Topa olmas edi bir luqma nodon.
Yetar nodonga andoq rizq har dam —
Ki, donolar ango hayron boʻlur ham.
* * *
Oʻzungdin oʻzgaga koʻz solmogʻung hech —
Ki, to oldingda oʻzluk pardasi bor.
Xudobin koʻz sango gar bersa Tangri,
Oʻzungni koʻrgung eldin ojizu zor.
* * *
Dalqu tayebehu muraqqa’din senga yoʻq sud hech,
To yamon af’oldin pok oʻlmayin beishtiboh.
Hojat ermas surating darveshlardek tuzmaking,
Siyratingni sof et-u, boshinggʻa qoʻy zarrin kuloh.
* * *
Sen oʻzuigni yaxshi qil, to badsigol
Topmasun aybingni ayturgʻa majol.
* * *
Sen agar yaxshi boʻlub, olam seni desa yamon,
Yaxshidur boʻlsang yamon-u, el seni yaxshi degoy.
* * *
Boʻlmasa dunyo — boʻlurmiz dardmand,
Boʻlsa — mehrigʻa boʻlurmiz poyband.
Bu jahondin, koʻr, yamonroq yoʻq balo,
Boʻlsa-yu-boʻlmasa tortamiz ano.
* * *
Dahr aro gar pir boʻlsun, gar murid,
Sofdil boʻlsun, nechukknm Boyazid.
Chunki dunyo sori mayl etti ayon,
Soʻng xalos oʻlmoq ango qilma gumon.
* * *
Kimki zohiddur, anga hojat emas dunyoyu zar,
Zohid ermas har kishikim, qilsa dunyoga nazar.
* * *
Elgʻa dunyodin berurlar bimlar,
Oʻzlari doim yigʻarlar simlar.
Chun amal qilmas esa olim agar
Oʻz soʻzigʻa, aylagʻay kimga asar?
Olim uldurkim, asar qilgʻay soʻzi,
Demagʻay ul soʻznikim, qilmas oʻzi.
Qaysi olimkim, badanparvar boʻlur,
Oʻzi gumrahdur, nechuk rahbar boʻlur.
* * *
Badroʻy xotunning eri yaxshidur gar boʻlsa koʻr,
To aylasun oning bila koʻrmay yuzin zavqi surur.
* * *
Agar sulton gʻaniy va komrondur,
Va gar darvesh hojatmandi nondur,
* * *
Ikkov ham elta olmas — jon berar hol:
Kafandin oʻzga dahr amvolidin mol.
Chu- qilgʻung molu mulkingdin judoliq,
Erur shahliqdin avloroq gadoliq.
* * *
Eyki, koʻnglungda yoʻqdurur taqvo,
Bermagil suvratinggʻa ham oro.
Toki ostingda boʻryo bordur,
Balki koʻngling aro riyo bordur.

Sabr yoʻq har kishida hikmat yoʻq

Erurmen notavon ul nav’kim moʻr,
Emasmen nishzan andoqki zanbur.
Muning shukrin nechun qilgʻum mani zor —
Ki, ermasmen qaviyu mardumozor.
* * *
Qilurman koʻhna hirqamga qanoat,
Vale chekmon knshidin bori minnat.
* * *
Sabr kunjin maskan aylab, ruq’a tikkan yaxshidur,
Xojalar oldigʻa borib joma qilgʻondin talab.
Doʻzax ichra ming uqubat tortgʻon avlodurur,
Kirgʻali jannat aro hamsoya boʻlgʻondin sabab.
* * *
Bilkim, tirik yurmakdurur luqma yemaklikdin murod,
San jahlu gʻaflatdin muning aksigʻa qilding e’tiqod.
* * *
Kishigʻa kam yemak boʻlsa tabiat,
Qotigʻliq kelsa, boʻlgʻay anga oson.
Va gar xud koʻb yebon tanparvar oʻlsa,
Tuza olmoy qotigʻliqgʻa, berur jon.
* * *
Yema koʻp, oʻylakim, boʻgʻzinggʻa yetgay,
Yegil oz, oʻylakim, jon rohat etgay.
Qorinni ul sifat toʻydurma har tun —
Ki kelturgay musibat topmogʻon kun.
* * *
Nonim afzun boʻldi, ammo obroʻyim boʻldi kam,
Benavoligʻ yaxshi koʻrgandin tama’ning zillatin.
* * *
Bori insonu hayvonu jamiki jonvarlarning
Kamoli benavoligʻdin falakka chiqti afgʻoni.
* * *
Yemagʻay sher sarqutin itning
Oʻlsa gar ochligʻda xoru zor.
Och oʻlub, oʻlmagingga rozi boʻl,
Sifladin luqma istama zinhor.
Gar Faridundek oʻlsa ne’matda,
Kishi deb behunarni qilma shumor.
Kiysa noahl egniga debo,
Bordurur zarhal aylagan devor.
* * *
Seningdek shohning qadridin aslo hech boʻlmas kam
Meningdek xor dexqon uyiga boʻlmoq bila mehmon.
* * *
Vale dehqon kulohi goʻshasi aflokdin oʻtgʻay,
Boshigʻa soya solsa lutf aylab sen kibi sulton.
* * *
Qoʻl uzotmoqligʻ ulus oldida yorim non uchun,
Yaxshiroqdur qoʻl kesilgʻondin yorim ibnon uchun.
* * *
Keldi dononing vujudi, oʻylakim, pokiza zar,
Borsa har yergʻa, bilurlar xalq qadru qiymatin.
Shahrdin chiqmas ulugʻzoda ashr nodon esa,
Ne uchunkim, oʻzga yerda tutmagʻaylar izzatin.
* * *
Boʻlmasa zar, zoʻr ila daryodin oʻtmak boʻlmagay,
Bir kishining zari yaxshi oʻn kishining zoʻridan.
* * *
Gʻurbat ahli qadrini bilmas kishi.
Toki gʻurbat birla tushmaydur ishi.
* * *
Emin oʻlturmadim yilondin hsch,
Toki bildim, onga nedur xislat.
Ichida bor adovati zahri,
Gar muloyim erur onga surat.
* * *
Kim yuzigʻa ochar savol eshikin,
Oʻlgucha ul niyozmand boʻlur,
Xirsni tashla, podshohligʻ qil,
Betama’ el boshi baland boʻlur.
* * *
Chu soʻz nechakim sofu shirin erur,
Sazovori ta’zimu tahsin erur.
Muqarrar oni aylamak xoʻb emas,
Ki halvoni bir yegil-u, ayla bas.
* * *
Aqlligʻ kishi hech demas kalom,
Kalomin birov qilmaguncha tamom.
* * *
Na soʻz eshitsa, oni demakmidur oqil ishi -
Ki, shoh sirrini deb, boshini berurmu kishi?
* * *
Qochormen, oʻyla, noqis doʻstdinkim,
Menga aybim hunar koʻrguzgʻusidur.
Borurman, oʻyla, dushmanning qoshigʻa
Ki, deb aybimu qolim tuzgusidur.
* * *
Uning oningdek etar xalqgʻa haroshi dil,
Ki gesha oncha yoʻna olmogʻusi toshdin gil.
* * *
Kimgakim podshoh murid oʻlsa,
Koʻrunur pok agar palid oʻlsa.
Kimgakim podshoh nazar qilmas,
Koʻzigʻa hech bir kishi ilmas.
* * *
Yigit har necha xoʻbu xushnamodur
Va lekin yoʻqdurur hargiz vafosi.
Vafo ummid etib boʻlmas yigitdin —
Ki, koʻbdur boshida turluk havosi.
* * *
Necha yil oʻtgusi — urmassan
Oʻz otang goʻri tufrogʻi sori yuz.
San otang haqqida na ish qilsang,
Tutgʻil oʻgʻlungdin oni san dogʻi koʻz.
* * *
Gadodin zohir oʻlsa ming buzuq soʻz,
Ulus mingdin birini bilmagʻaylar.
Agar shoh aytsa bir bazla nogah,
Yoyardin dahr aro tortilmagʻanlar.
* * *
Siymu zar chiqgʻusidur toshdin,
Barcha toshdin chiqmagʻusi siymu zar.
Chun quyosh yer yuzigʻa partav solur,
Barcha yerda lola boʻlmas jilvagar.
* * *
Boʻgʻoz xotun, oyo donoi hushyor,
Tugʻar vaqtida garchi mor tugʻgʻoy.
Base yaxshidur ul farzanddinkim,
Oni nodon va nohamvor tugʻgʻoy.
* * *
Karim el qoʻllarida bir diram yoʻq,
Diramlik kimsalarda bir karam yoʻq.
* * *
Degil hojiyi badguhargʻa mendin —
Ki, yirtib el toʻnin yetkursin ozor.
Aning yoʻq tevacha qadri, nedinkim,
Yobon ul xor doim tortadur bor.
* * *
Ohkim, topgʻay edi koʻnglum farah,
Sabzani qilsam tamosho har bahor.
Emdi tufroqim sori qilsang nazar,
Koʻrgasen ustimda turluk sabzavor.
* * *
To rostligʻin bilmas esang soʻzning agar xoʻb,
Ayturgʻa hamul soʻzni ogʻiz ochmagʻil aslo.
* * *
Ilmdin har kishiki olmadi kom.
Bir mato’ olmay etdi zarin tamom.
* * *
Goh qahr etmak kerakdur, goh lutf,
Goh mehr etmak kerakdur, goh itob.
* * *
Miskin haris olam aro tinmayin yurar:
Ul rizqning izidin, ajal oning izidin.
* * *
Eyki, minding yuguruk ot uza, ogoh boʻlgʻil
Ki, yuk ostida eshaki ojiz bandi gildur.
* * *
Och qoʻshnungning uyiga boribon oʻt tilama -
Ki, uyi tunglukidin chiqgʻoni dudi dildur.
* * *
Kimki rohatda oʻtkarur holin,
Na bilur ochlarning ahvolin.
Ochlar holin ul kishi bilgʻay
Boshigʻa ochlik gʻami kelgʻay.
* * *
Soʻzunggʻa gʻarra boʻlma shirin deb,
Anga nodonlar aylasa tahsin.
* * *
Fazling ar yoʻq esa, onn bilgil
Ki, soʻz ayturgʻa ochma hargiz til.
Odamini til etgusi rasvo,
Ochma ogʻzingni, boʻlma beparvo.
* * *
Birovkim, erur odati rost soʻz,
Xatosin dogʻi chin etarlar gumon.
Va agar yolgʻon ayturda chiqsa oti,
Bilur chin soʻzin yolgʻon ahli jahon.
* * *
Har gʻamekim, oxiri boʻlgʻusi xurramlikgʻa zam,
Yaxshidur ul shodligʻdinkim, soʻngʻgida bor gʻam.
- Gʻafur Gʻulom tarjimalari -
* * *
Vafosiz dunyoga dil berma zinhor.
Hech kimga doʻst boʻlmas charxi kajraftor.
Oʻladi shubhasiz yaxshi ham yomon,
Baxtlidir yaxshi nom qoldirgan inson.
* * *
Tiriksan, goʻringga gullar ekib qol,
Keyin qoʻzgʻalmoqqa qolmagay majol.
Davron oftob-u, umr xuddi qor,
Tiriksan, magʻrurlik qilmagin zinhor.
* * *
Puling yoʻq, bozorda nima qilasan?
Qoʻrqaman, sallangdan ajrab kelasan...
* * *
Kimki oʻz hosilin xom yeb tugatar,
Kuz kuni xirmondan mashoqlar terar.
* * *
Bu kun soʻzlamoqqa senda imkon bor,
Har qancha yaxshi soʻz topsang, aytib qol.
Ertaga ajalning elchisi kelgach,
Tiling qimirlashga tonmagay majol.
* * *
Ogʻiz ichida gil, nedur, ey oqil?
Hunar xazinasin kalitidir — u.
Eshik yopiq ekan, bilib boʻlmagay
U yerda nnma bor — munchoqmi, inju?
* * *
Agarchi bilimdonlar xuzurida jim turish —
Odobdir. Ammo, payti kelganida soʻzlab qol.
Ikki hol aqlsizlik: gap kelganda gapirmay,
Zarur chogʻda jim turmay, boʻlib ketish soʻzamol.
* * *
Dunyoni xoʻb koʻrgan, soʻz ustasi chol
Soʻzlashdan ilgari aniqlar ahvol.
Ogʻzingga kelganin valaqlay berma,
Keyinroq soʻzlarsan, bundan gʻam yema.
* * *
Oʻylab koʻr, ogʻzingdan chiqarkan nafas,
Toki demasinlar: «Qil gapingni bas!»
Til bilan hayvondan ajralur inson,
Bema’ni gapirgan hayvondan yomon.
* * *
Nochor qolgan kishi zoʻr berar tilga,
Magʻlub boʻlgan mushuk tashlanur itga.
* * *
Bu jahon hech kimga qolmas, birodar,
Dilingni Tangriga topshirsang yetar.
* * *
Tayanch deb bilmagil bu dunyo molin,
Koʻplarni oʻstirib, berdi zavolin.
Jon berar ekansan, farqi yoʻq sira:
Taxtda oʻlasanmi yo, tuproq uzra.
* * *
Churq etib ogʻzini ochmasa kishi,
Bilinmas undagi fazilat, nuqson.
Bu oʻrmon xoli deb gumon qilmagil,
Balki uxlab yotar shu yerda qoplon.
* * *
Jahondan Humo qush yitib ketsa ham.
Boyqush soyasini istamas odam.
* * *
Yarim noni boʻlgan ochiqqoʻl kishi
Yarmini gadoylar yesin, deb oʻlar.
Bir iqlim egallab toʻymas podshoh,
Yana bir iqlimni olmoqchi boʻlar.
* * *
Koʻchat endigina tomir qoʻygan on.
Bir odam sugʻurib olishi oson.
Vaqt oʻtib, ildizin otganida-chi,
Qoʻpora olmaydi boʻronlar kuchi!
* * *
Bulutdan chin hayot yomgʻiri yogʻsa,
Tol daraxt shoxida meva pishmaydi.
Urinma yomonni yaxshi qilishga,
Boʻyrabop qamishdan shakar chiqmaydi.
* * *
Bir kuni Zol dedi oʻgʻli Rustamga:
«Dushmanni oʻylama kuchsiz va kamtar.
Bir talay suv kelib kichik buloqdan,
Yukli tuyani ham oqizib ketar».
* * *
Qaro baxt kishilar baxtiyorlarning
Hamisha zavolin orzu qiladi.
Shanparak kunduzi koʻra olmaydi,
Xoʻsh, bunda quyoshnipg aybi nimadi?
Minglarcha shapparak koʻr boʻlsa-boʻlsin,
Quyosh porlay bersin koʻkda abadiy.
* * *
Oʻz xalqiga javru zulm ravo koʻrgan podshohning
Oʻz doʻstlari yov boʻlur qiyin dam kelgan kuni,
Fuqaroga shafqat qilsang dushmandan omondasan,
Adolatli shahanshohning xalqi bu — oʻz qoʻshini.
* * *
Har bitta gapning ham vaqti yetadi,
Behuda gapirsang, qadring ketadi.
* * *
Garchi yuz yil oʻtparast oʻtga xizmat etadi,
Oʻzi yoqqan olovga tushsa, kuyib ketadi.
* * *
Xudoning rizosi — toʻgʻrilik ishi,
Adashmas tuz yoʻldan ketguvchi kishi.
* * *
Ishing chappa ketganida diling ogʻrib, chekma gʻam,
Chunki zulmat ichidadir obi hayot suvi ham.
* * *
Yomon kunga qolganingda tutma dilingni hazin,
Xudo berar marhamat koʻp, lekin koʻzdan yashirin.
* * *
Zamonaga oʻpka qilma, yuzingni tirishtirma,
Chidam achchiq keladi-yu, mevasi gʻoyat shirin.
* * *
Daryodan dur yigʻasan siqqanicha quchoqqa,
Yo toʻlqinlar oʻlaksangni uloqtirar qirgʻoqqa.
Koʻrmadingmi, biror kishi ulugʻ martaba topsa,
Xushomadga keladilar ta’zim bilan qoshiga.
Toyilsa-yu, ishi chappa ketar boʻlsa, qaraysiz,
Hech tan tortmay oyoq qoʻyib, chiqadilar boshiga.
* * *
Amiru vaziru podshohlarning
Yoniga besabab bormaslik kerak.
* * *
Qutida turganda burqimaydi ud,
Sen olov ustiga uni tashlagil.
Ulugʻlik niyating boʻlsa, saxiy boʻl,
Urugʻ sochilmasa, unmaydi hosil.
* * *
Fuqaroning bogʻchasidan sulton uzsa bir olma,
Navkarlari qoʻporadi daraxtlarning ildizin.
Zoʻrlik bilan beshta tuxum ola qolsa podshoh,
Askarlari sixga tortur tovuqlardan besh yuzin.
* * *
Sultonning rizosin topa olmaysan,
Toki fuqaroning koʻnglin topmasang.
Xudo bandasiga yaxshilik qilgʻil,
Xudo gunohimni kechirsin, desang.
* * *
Har kimning mansabi, quvvati bordir,
Xalq molin yemakka qudrati bordir.
Kattakon soʻngaklar halqumdan oʻtar,
Lekin pastga tushib, qorinni yirtar.
Xalqqa zulm etsa har bir sitamkor,
Unga qargʻish — la’nat qolur poydor.
* * *
Oqil kishi alam oʻtsa, oʻz xalqidan oʻpkalamas,
Na aziyat, na rohatga xaloyiq sabab emas.
Birni birga doʻstu dushman qilmak Xudoning ishi
Va Xudoning izmidadir hamma dilini yozmishi.
Agarchi otilganda kamondan otiladi,
Biror oʻqchi otganini aqllilar biladi.
* * *
Nima balo, ilonmisan, koʻrganingni chaqasan,
Boyqushmisan, qaysi yerga qoʻnsang, uni yiqasan.
* * *
Choʻlning shamolidek oʻtajak davron,
Oʻtar achchiq-chuchuk, yaxshi-yu yomon.
Zolim bizga sitam qildim, deb oʻylar,
Chidadik, gunohi oʻzida hamon.
* * *
Sultonning ra’yiga qarshi soʻz aytmak,
Oʻz yurak qoningga qoʻl yuvmak demak.
Kunduzni podsho kecha deb bilsa.
«Hay-hay, ana Hulkar!» — demaklik kerak.
* * *
Doʻstlarning koʻnglini qoʻlga olay deb,
Otameros bogʻni sotilsa yaxshi.
Yaxshilar qozonin qaynatish uchun
Bisotu buyumlar yoqilsa yaxshi.
Yomon niyatga ham sen yaxshilik qil
It ogʻzin non bilan tiyilsa yaxshi.
* * *
Qoʻlda elab, xamir qilmak soʻnmagan ohaktoshni,
Oson ishdir amirlarga egishdan aziz boshni.
* * *
Qimmatli umrimiz koʻp isrof boʻldi,
Yozu qish nima yeb, ne kiyaman deb.
Sen, qorin qurgʻur ham bitta nonga koʻn,
Ikki bukulishni bizga koʻrma ep.
* * *
Baxtli va davlatli boʻlmas bilimdon,
Buning barchasiga sabab osmon.
Jahonda uchraydi takror va takror:
Ahmoqlar hurmatda, aqllilar xor.
Kimyogar qiynalib oʻlib ketadi,
Ablahga xazina nasib etadi.
* * *
Yuzma-yuz kelganda quy kabi yuvosh
Orqadan boʻriday odamxoʻr, bebosh.
* * *
Sirtimni maqtay berib, meni uyaltirmagil,
Ichimda qancha nuqson, uni oʻzim bilaman.
* * *
Elatdan bittasi ahmoqlik qilsa,
Qishloqning obroʻsin kulday toʻzgʻitar.
Ushbu maqolni ham eshitgandirsan:
«Yaramas bir buzoq poda bulgʻatar».
* * *
Dilni ogʻritarlik bir qoʻpol kishi,
Bilimdon davrada nojoʻya ishi,
Kattakon quduqda limmo-lim gulob,
Bitta oʻlaksa it qilganday harob.
* * *
Qiyin kunga qolgan chogʻda ruhing boʻlmasin tushkun,
Dushmanlarning terisidan doʻstingga bichgil poʻstin.
* * *
Bir kishi kasal uzra tun boʻyi yigʻladi zor,
Tongda yigʻlagan oʻldi, sogʻayib turdi bemor.
* * *
Oʻgʻrining omadi kelib turgan choq,
Karvonning dodiga solarmi quloq?
* * *
Zanglagan temirni ming ishqov berib,
Koʻzguday sayqallab, boqib boʻlmaydi.
Qora koʻngillarga oʻgit foydasiz,
Toshga temir mixni qoqib boʻlmaydi.
* * *
Shod kunlaring gʻamginlarning koʻnglin top,
Dil ogʻritgan balolarga qoladi.
Boʻla turib tilanchiga bermasang,
Biror zolim sendan yulqib oladi.
* * *
Biror esli kishiga hatto hazil soʻz aytsang,
U shundan ham oʻziga chiqaradi xulosa.
Ammo ahmoq kishiga yuzlab hikmat oʻrgatsang,
Barchasi uning uchun tuyular hazil narsa.
* * *
Oʻzing yaxshi boʻlsang yurish-turishda,
Sendan ayb topolmas har bir yaramas.
Tanburning oʻz sozi joyida boʻlsa,
Sozanda qulogʻin burab oʻtirmas.
* * *
Bildingmi, tong chogʻida nima der menga bulbul:
«Nechuk odam sanalgʻay sevgidan bexabar dil?
Arab she’rin eshitgan tuya zavqidan oʻynar,
Senda zavqdan asar yoʻq, hayvon ekansan butkul».
* * *
Agar sen istasang boylik va davlat,
Eng katta boylikka tengdir qanoat.
Etaging toʻldirsa bir boy zar bilan,
Sen unga qarama shod nazar bilan.
* * *
Katta kishilardan eshitdim har gal:
Darveshlar chidami boylikdan afzal.
* * *
Moʻlu koʻl, kattakon amalga mingach,
Doʻstini tanimas koʻzin bosib yogʻ.
Oshnolar yoniga hasrat-la borur.
Amaldan haydalib, ojiz qolgan chogʻ.
* * *
Doʻstni-ku yoʻqlamoq zarra ayb emas,
Ammo «Bas!» deguncha boravermagil.
Boshqalar tergashin yoqtirmas boʻlsang,
Oʻzingni avvalo oʻzing tergagil.
* * *
Yaxshi erkak uyidagi yomon xotin misoli
Bu dunyoda erkak uchun jahannamning timsoli.
Yomon xotin suhbatidan qochib, qidir panohi,
Jahannamning olovidan oʻzing saqla, ilohi!
* * *
Bola-chaqa qaygʻusida band boʻlgap kishi
Juda qiyin tinch turmushni xayol qilishi.
Farzandlar qaygʻusi: kiyimi, noni
Esingdan chiqarar sayri samoni.
Kunduzi koʻnglimda qilaman qaror,
Bu kecha Tangrini topay deb bir bor.
Qachonki xuftonning vaqti keladi —
Roʻzgorim tashvishi kela turadi.
* * *
Mayli, kim boʻlmasin: pirmi, muridmi,
Yoki zoʻr shoirdir, yetuk shuhratga,
Bu tuban dunyoga kelishi bilan
Oyogʻi asalga ilashgan pashsha.
* * *
Xonaqohdan madrasaga keldi yurakli kishi
Va tariqat ahli bilan ulfatchilikni buzdi.
Men soʻradim: «Olim bilan xudojoʻyning farqin ayt,
Nima uchun olimlargʻa tortimingni koʻrguzding?»
Dedi: «Obid toʻfon qoʻpsa, sholchasin axtaradi,
Olim esa suv gʻarq qilgan kishini qutqazadi».
* * *
Katta daryo bir tosh bilan loyqalanib qolmaydi,
Ranjish bilgan bilimdonni jildiragan ariq de.
* * *
Qarindoshing boʻla qolsa diyonatsiz, beadab,
Sen ham undan qarindoshlik ipin uzsang, yaxshi gap.
* * *
Bagʻdodda bir quvnoq keksa bor erdi,
Qizini kavushdoʻz yigitga berdi.
Ayovsiz davangi shunchalar soʻrdi,
Qizning dudogʻidan qonlar yugurdi.
Ertalab otasi buni koʻradi,
Kuyovi oldiga borib soʻradi:
«Buncha chaynamasang, choʻzmasang, ahmoq,
Kavushlik terimas, bu nozik dudoq!»
Kulgi-chun aytmadim, menga quloq sol,
Xazilni tashla-yu, jiddiysini ol:
Birovning tab’ida yomonlik boʻlsa,
Oʻlgancha qoladi — bu turgan narsa.
* * *
Devorga yozilgan boʻlsa ham oʻgit,
Unga amal qilgay esi bor odam.
* * *
Eshitdim, bir sipoh kundan bir kuni
Boʻri changalndan qutqardi qoʻyni.
Oqshom qoʻy boʻgʻziga pichoq ishqadi,
Shunda qoʻy yalinib, unga yigʻladi:
«Avvali boʻridan qutqargan sensan,
Bilsam, oʻsha boʻri oʻzing ekansan!»
- Shoislom Shomuhamedov tarjimalari -
Oʻz mehnatidan non yegan kishi,
Hotam minnatidan ozod yosh-qishi.
* * *
«Hamyoni sof tilla toʻla boʻlsa ham,
Och kishi sahroda qoʻyolmas qadam.
Biyobonda qolgan och bechoraga,
Kumushdan yaxshidir qaynagan shalgʻam».
* * *
Qovrilgan qush qadri toʻqlar oldida
Dasturxonda piyoz, kashnich, oʻtdan kam.
Och oldida oʻtar tovuq oʻrniga
Quruq suvda qaynab pishgan bir shalgʻam.
* * *
Dil na qilsin past tabiat boʻlsa tan,
Har mahal esmas shamol xohish bilan.
* * *
Muhtoj banda iltijoda Xudoga qoʻlin ochar,
Toʻqligida qoʻllarini qoʻltiqqa urib qochar.
* * *
Oltin-kumush boʻlsa, yedir barchaga.
Oʻzing ham rohat qil, yeb-ichib qolgin.
Sendan qolajakdir bu imoratlar,
Gʻishtlar boʻlganda ham kumush yo oltin.
* * *
Oʻlgan agar tirilib kelsa,
Urugʻlari bilan boʻlsa jam,
Ogʻir edi meros qaytarmoq
Qarindoshin oʻlimidan ham.
* * *
Ye, ey badbaxt, hech nnma ayamasdan,
Badbaxt oʻldi yiqqanini yemasdan.
* * *
Agar ish koʻrsatmasa, bekordir fazlu hunar,
Ud olovga tushmasa, uyni qilmas muattar.
* * *
Badavlat gʻaribmas togʻu choʻlda ham.
Qayga borsa, qurar yotogʻu chodir.
Oʻz kulbasida ham gʻaribu zabun
Orzuga yetmagan bechora faqir.
Agar kosib musofirlikka chiqsa,
Qiyinlik betini koʻrmaydi aslo.
Kschin och uxlamoqqa majbur oʻlgʻay.
Gar oʻz yurtida taxtdan tushsa podsho.
* * *
Rizq agar har kimgʻa kelur begumon,
Aql der: «Qidirgil uni sen oʻzing!»
Hech kishi ajalsiz oʻlmaydi, ammo
Kim ajdar ogʻziga uradi oʻzin?
* * *
Aqlning koʻzi ham tama’dan bogʻliq,
Tama’dan ilingay domga qush, baliq.
Zulm koʻrsang, kiygil chidam etigin,
Yumshoqlik yopadi urish eshigin.
Yumshoq muomala, shirinsoʻz odam
Bir qil bilan tortib ketar filni ham.
Yumshoq boʻlgil, yumshoq ipakni hatto
Oʻtkir qilichlar ham kesolmas aslo.
* * *
Rizqingdan ortiqni yeb boʻlmasa ham,
Talabda boʻlmagʻil dangasa, begʻam.
Gʻavvos nahang ogʻzin oʻylasa agar,
Qoʻlga kiritolmas hech durru gavhar.
* * *
Ilvasin keltirmas ovchi ham har kun,
Bir kun yoʻlbars yirtib tashlashi mumkin.
* * *
Gohida ravshanfikr donolardan ham
Chiqmasligi mumkin durustroq tadbir.
Gohida aqlsiz goʻdak bir bola
Yanglishib, nishonga oʻq urar mohir.
* * *
Hunardan katta ayb yoʻqdir adovat koʻziga har dam,
Oʻzi gul boʻlsa hach, dushman koʻzinda bir tikan Sa’diy.
* * *
Soʻz demasang, senda kimning ishi bor,
Dedingmi, dalil ayt, isbotla takror.
* * *
Oʻz uyingdagini bilolmay zinhor,
Qaydan bilding — falak avjida ne bor?
* * *
Inkor koʻzi-la qaragan kishiga
Yusufning yuzi koʻrinar xunuk.
Agar chuhabbat-la qarasa devga,
Dev koʻrinar farishtadek tup-tuzuk.
* * *
Gar begona kelsa shamning yoniga,
Soya qilsa, oʻldir unday odamni.
Labi shirin, shakarxanda yor kelsa,
Yenging bilan shu on oʻchirgil shamni.
* * *
Dengiz foydasi yaxshi, toʻlqin solmasa dahshat,
Gul suhbati xush edi sanchilmaganda tikon.
Visol bogʻida tovus kabi qilardim xirom,
Bu kun yor hijronida toʻlgʻandich misli ilon.
* * *
Oʻzingdan yaxshiroqni izla, fursatni gʻanimat bil,
Oʻzingdeklar bilan mumkin qadar kamroq suhbat qil.
* * *
Er quchogʻidan xotin tursa har subh norizo,
Bunday uyda dam-badam qoʻzgʻar janjal, mojaro.
* * *
Nayrang bilan soching qilasan qora,
Ammo bukchaygan bel rost boʻlmas sira.
* * *
Oʻzi buyurmoqqa oʻrgangan kishi
Qiyin boshqalarga quloq solishi.
Kim agar oʻsibdi nozu ne’matda.
Holi ogʻir boʻlar qolsa kulfatda.
* * *
Agarda muallim boʻlsa beozor,
Bolalar sinfni qilishar bozor.
* * *
Kiriming boʻlmasa, chiqimni toʻxtat,
Qayiqchilar kuylar shunday bir qoʻshiq:
«Agar toqqa yomgʻir yogʻib turmasa.
Bir yilda Dajla ham boʻlar qup-quruq».
* * *
Orzugʻa yetishgan baxtiyor nechun
Qaro kun gʻamida chekadi alam?
Shodlik-la yeb-ichib, yasha, ey dilkash,
Ertangi kunni deb bugun chekma gʻam!
* * *
Past nodon mastlikda oʻylamas aslo
Ne kechar ahvoli yoʻqlik kunida.
Bahorda bargi moʻl daraxtlar nochor -
Yalangʻoch qolar qish izgʻirinida.
* * *
Oʻz eliga vafo qilmagan kishi
Na sevimli boʻlur va na donishmand».
* * *
Agar boʻlmas ekan fazlu hunar hech,
Bilib boʻlmas odammi, naqshi devor.
Bisot, mol qoʻlga kirgizmoq hunarmas,
Qoʻlingdan kelsa, bir dil ovla, ey yor!
* * *
Zulm ila xalq terisin shilgan oʻshal hojiga
Mening nomimdan borib, ikki ogʻiz soʻz degin:
«Sen hoji emas, balki hoji erur bu tuyang,
Chunki tikan ovqati, koʻtarar odam yukin».
* * *
Buyurmas aqllik kishi hech mahal
Tamizsiz kishiga muhimroq bir ish.
Boʻyra toʻqigan ham toʻquvchi, lekin
Qoʻlidan kelarmi ipak ish toʻqish.
* * *
Birovga sir aytib, saqla degandan,
Dil sirin hech kimga aytmagan ma’qul.
Ariq toshib ketsa, bogʻlab boʻlmaydi,
Suvni eng boshidan qaytargan ma’qul.
* * *
Ikki kishi adovatin oʻt desak agar,
Oʻtni tashib turuvchidir badbaxt igʻvogar.
Qayta totuv boʻlishganda bu ikki koʻngil,
U boʻladi baxti qaro, sharmanda, xijil.
* * *
Doʻst-la soʻzlashsang ham boʻlgil ehtiyot,
Dushman qulogʻiga yetishmasin boq.
Devor ichra har ne desang, hushyor boʻl,
Devor orqasida boʻlmasin quloq.
* * *
Qoʻldan kelgan hamma choradan keyin
Qoʻlga qilich olsang, ravo boʻladi.
* * *
Rahmdillik odamga oliy xulq, ammo
Dilozor yarasiga qoʻymagil malham.
Aylama rahm-shafqat ilon-chayonga,
Bundan ozor topar farzandi odam.
* * *
Ishonmagil maddoh, soʻzamollarga,
Zarracha naf’ uchun seni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang,
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.
* * *
Odamning tor ichagin bitta non toʻldirar, bas,
Butun olam ne’mati och koʻzni toʻydirolmas.
* * *
Bir ahmoq eshakni soʻzga oʻrgatmoq -
Boʻlib, sarf aylardi koʻp vaqtu koʻp kuch.
Bir donishmand dedi: «Ta’naga qolma,
Ey axmoq, behuda urinishdan kech.
Yaxshisi, sen undan sukutni oʻrgan,
Hayvon gapirishga oʻrganarmi hech?».
* * *
Kimki andishasiz soʻzlasa javob,
Soʻzi e’tiborsiz, chekar iztnrob.
Yo oʻylab soʻzlagil inson misoli,
Yo jim turaver hayvon misoli.
* * *
Zogʻ bilan bir boʻlsa bulbul qafasi,
Ne ajab, ichiga tushsa nafasi?
* * *
Dononi sharmanda qildim-ku, deya,
Gʻururga berilmish maqtanchoq nodon.
Bilmaski, nogʻora ovozi doim
«Hijoz» kuyin bosib ketadi oson.
* * *
Donodan bir pandu nasihat soʻrdim,
Dediki: «Nodonga qoʻshilma hecham.
Agar dono boʻlsang, aqmoq boʻlasan,
Yoʻqsa, nodonliging ortar yana ham».
* * *
Lutf etgan kishining xoki poyi boʻl,
Dagʻallik qilsa, soch koʻziga tuproq.
Dagʻal kishilarga yumshoq gapirma,
Zang archolmas egov boʻlganda yumshoq.
* * *
Gaping chinligini yaxshi bilmasdan,
Ogʻzing ochib, aslo soʻzga urma dam.
* * *
Yolgʻon seni banddan qilsa ham xalos,
Rost gapirgil. agar bandda qolsang ham.
* * *
Qush tushmas pastdagi dona ustiga,
Tuzoq uzra koʻrsa oʻzga bir qushni.
Boshqalarga ibrat boʻlmayin desang,
Oʻzing ibrat olib, yuritgil ishni.
* * *
Mening fe’lim agar boʻlsa yaramas,
Sen oʻz fe’ling qoʻldan chiqarmasang bas.
* * *
Qozi besh bodiring yesa gar pora.
Yuz polnz hukmiga topadi chora.
* * *
Oʻz toʻningga solsang agar yuz yamoq.
Oʻzga toʻnin soʻragandan yaxshiroq.

«Boʻston»Dan

Chustiy tarjimalari
Eshit, ey hunarmand — dono kishi,
Emas ayb izlash hunarmand ishi.
* * *
Jahondan ketar paytda Noʻshiravon
Bu soʻzlarni Hurmuzga etmish bayon:
«Xamisha gʻariblar dilin ovlagil,
Sen oʻz rohating koʻzlagan boʻlmagil.
Agar rohatingni qilarsan havas,
Qoʻl ostingdagilar sira tinchimas.
Aqllikka ma’qul emas hech qachon,
Yesa qoʻyni boʻri, yotib qoʻychivon.
Chiqor hojatin hamma muhtojni,
Shular qoʻydi shoh boshiga tojni.
Daraxt boʻlsa shoh, xalq ildiz erur,
Bil, oʻgʻlim, tomir-la daraxt ulgʻayur.
Eling qalbin ogʻritma, berma zarar,
Qurur ildizing ranjisa el agar.
... U yurtda topolmaysap obodlik
Agar elda yoʻq shohidan shodlik.
Tushida koʻrar yurt obodligin
Xarob aylagach yurtu elning dilin.
Yomonlik, haroblik zulmdan kelur,
Ulugʻlar buning ma’nisin xoʻb bilur.
Sitam birla qatl etmoq elni ziyon.
Shular mamlakatda mador, soyabon.
* * *
Eshitdimki, Sheruyaga ushbu xil
Oʻlim vaqti Husrav dedi: «Yaxshi bil,
Nechuk ishni qilmoqqa etsang niyat.
Mudom el ishin yaxshilashga qarat...
Agar boʻlsa oʻtkir tigʻing qanchalik,
Emas tul xotinning dilin ohidek...
Yomon ham oʻtar, yaxshi ham, yaxshi bil,
Seni yaxshi nom birla yod etsin el...
Sila yaxshi boshini — bermas ziyon,
Yomonga tarahhum — oʻzingga yomon...
Tanish boʻlmagandan hazar yaxshidur,
Ki doʻstlik niqobida yov ham boʻlur...
Saxiy boʻl-u, xush xulqu mardona boʻl,
Gʻariblarga boqqilki, haq yoʻli shul.
Qololmas jahon ichra mangu kishi,
Faqat qolgusi yaxshi nomu ishi.
Tirik ulki, undan keyin qolsa joy,
Hovuz, qil koʻprik-la karvonsaroy.
Agar qolmasa har kishidap nishon.
Udir mevasi yoʻq daraxt begumon.
* * *
Badaxshonni(ng) la’lin ushatmoq oson.
Ushalgach, butun boʻlmagay hech qachon.
Hikoyat
Unutdimki, qaysi kitobda ekan,
Yoʻliqmish birov tushda shayton bilan.
Qadi sarvu shamshod ekan, chehra hur,
Yuzida quyosh nurlari tovlanur.
Yaqin bordi-yu, dedi: «Shaytonmisan?
Farishta bu xilda goʻzal boʻlmagan.
Shu xil toʻlgan oydek yuzing, surating,
Jahonda nega eng yomon shuhrating?
Oyoq ostida surating ne uchun,
Chizilmish bahaybat, yomonu zabun?»
Bu soʻzni eshitgach u baxti qaro
Kelib achchigʻi, chekdi ohu navo.
Dedi: «Shaklim ermas u yangligʻ xunuk,
Qalam dushman ilgidadir, ey buyuk!
Bihishtdanki, yuldim men ildizlarin,
Chizar suratim misli devi lain.
Bu yangligʻ goʻzalman va lekin hamon,
Mening suratimni chizarlar yomon».
* * *
Xatim begʻalat — toʻgʻri yurgach qalam,
Xato izlagandan nedir menga gʻam?
* * *
Koʻrarsan — bilarsanki, har kambagʻal —
Boqar boyga hasrat bilan har mahal.
* * *
Shoshib har kishiki, qilich ushlagay,
Pushaymon bila oʻz qoʻlin tishlagay.
Gʻarazlik kishi soʻzini soʻz dema,
Ishonib, anga, soʻngra afsus yema.
Aqlli kishi sabr etar har nafas,
Jaholatga yengilgan oqil emas.
Aziz nomi qolgan yetuk kishilar
Kishi moliga bermadilar zarar.
Agar och qolib, bersa ham mard jon.
Yetimlar haqin yemagay hech qachon.
Hikoyat
Ulugʻlararo bir ulugʻ ahli fan,
Dedi qissa Abdulaziz oʻgʻlidan.
Uzugin koʻzi bor ekan bebaho,
Xaridor kuchi yetmagan mutlaqo.
Yorutgaydi tunni ajoyib bu dur,
Quyoshdek sochardi jahon ichra nur.
Kelib elga ochlik yili nogahon,
Qadi yangi oydek egildi shu on.
Elin koʻrdikim, ochu darmoni yoʻq,
Muruvvatdan ermas oʻzi boʻlsa toʻq.
Kishi koʻrsa xalq komi ichra zahar,
Tomogʻidan oʻtmaydi sharbat-shakar.
Buyurdi — uzuk koʻzini sotdilar,
Yetim, tulga rahmi kelib shul qadar,
U bir hafta boʻylab ulashdi pulin,
Dilin onladi ochu qashshoq elin.
Biroq unga derdi malomatchilar:
«Topolmaysan endi bu yangligʻ guhar!»
Eshittim, der erdi u dono kishi,
Yuziga tomib sham’dek koʻz yoshi:
«Yarashmaydi ziynatlanish pyuh uchun,
Agar boʻlsa el holi ochu zabun.
Qoʻlimda bu koʻzsiz uzuk bezarar,
Zarar — e, dili gʻamda boʻlsa agar.
Oʻzidan burun har kim el rohatin
Agar koʻzlasa, unga ming ofarin!
Kishilar gʻamini yegan mardlar,
Boʻlib qaygʻuli, rohatidan kechar.
Agar yotsa shoh taxtida bohuzur,
Ishonmaki, el uxlab, orom olur.
Agar uxlamas shoh butun tun aro,
El uxlaydi orom olib doimo».
Hikoyat
Shahanshohlar axborida bor ekan,
Minib taxt uza, Tukla sardor ekan.
Zulm koʻrmadi davrida hech kishi,
Boʻlakka saboq erdi tutgan ishi.
Bir oqilga der erdi bir marta u:
«Hayotim butun behuda oʻtdi-ku!
Dil istar ibodatni xilvat aro,
Tilakka yetay boʻlmay umrim ado.
Qolur mansabu taxtu mulku chaman.
Olib ketmadi goʻrga hech qaysi tan».
Eshitdi buni oqili pokdil,
Chiqib jahli, aytdiki: «Ey Tukla, bil:
«Ibodat oʻzi xalqqa xizmat qilish,
Na tasbehda, na joynamozda bu ish.
Umr boʻyi taxt uzra sen shoh boʻl,
Dili noku xushxulqu ogoh boʻl.
Sadoqat, irodat bilan bogʻla bel,
Yomon lofu qofdan mudom saqla til.
Ulugʻlar dilikim, musaffo edi,
Shu xislat ularda muhayyo edi.
Sira oʻlmasam, deb kim ayta olur,
U kimdirki, dunyoda oʻlmay qolur.
Agar har kishidan qolur mulku mol,
Oʻzidan keyin boʻlgʻusi poymol.
Agar har kishi elga ehson etar,
Elidan mudom unga rahmat yetar.
Ulugʻ boʻlsa-yu, qolmasa yaxshi nom,
Nishonsiz oʻlib ketdi u, vassalom!»
* * *
Gʻariblarga berma azobu alam,
Seni mahv etar topsa paytin u ham.
* * *
Zulm birla yiqquncha oltin, axir,
Xazinangning boʻsh qolgani yaxshidir.
* * *
Chida zoʻr zulmiga, ey notavon,
Boʻlay, desang, undan koʻra pahlavon.
Gʻanimlarni himmat-la yengmoq zarur
Ki, himmat qoʻli barchadan zoʻr erur.
Hikoyat
Damashq ichra keldi qahatlik yili,
Unutdi mehrni kishilar dili.
Baxil boʻldi osmon chunon yer uchun,
Daraxtu ekin qaqshadi bus-butun.
Qadimiy buloqlar qolib qup quruq,
Yetim koʻz yoshidan boʻlak tomchi yoʻq.
Faqat bevalar ohi birlan chiqar,
Xar uy tuynugidan tutun chiqsa gar.
Daraxtlar gʻarib bir gadodek — shu hol,
Bahodirlar ahvoli tang, bemajol.
Na bogʻu na sahroda koʻklam u yil,
Chigirtka ekin yeb, chigirtkani el.
Shu on keldi yonimga bir eski doʻst,
Faqat unda qolmish suyak birla poʻst.
Taajjubda qoldim — baquvvat edi,
Juda moʻ’tabar, ham badavlat edi.
Dedim unga: «Ey yori pokiza dil.
Boshingga na ish tushganini degil».
Gʻazab birla dediki: «Ey oshno,
Oʻzing xoʻb bilursan, savoling xato.
Koʻrarsan mashaqqatli fursat bu dam.
Nihoyatga yetdi musibat bu dam.
Na yomgʻir yogʻar yerga koʻkdan bu on,
Na yerdan yetar koʻkka ohu figʻon».
Dedim: «Senga yoʻq xavf, bul soʻzni uq:
Zahar kor etar qayda taryok yoʻq.
Bu ochlik boʻlaklarni gar mahv etar,
Badavlatsan — oʻrdakni toʻfon netar?»
Qarab, ranjidi mendan olim shu on:
«Degaysanki, nodonga donosimon».
Dedi: «Chetda ham boʻlsa mardonalar,
Turolmas qarab, choʻksa doʻstlar agar.
Yuzim yoʻqchilikdan emas za’faron,
Yalangʻoch, ochlarga oʻrtandi jon.
Aqlli kishi xohlamas hech qachon
Elin, ham oʻzin jismiga bir ziyon.
Shukurkim, tanim sogʻu quvvatliman,
Dilim titragay oʻzgalar dardidan.
Majolsiz kasal yonida boʻlsa gar,
Kishi soppa-sogʻ boʻlsa ham, nam bosar.
Koʻringanda ochu gʻarib, notavon,
Zahar boʻlgay ogʻzimda har luqma non.
Agar bandu zindonda doʻsti yotar,
Kishi qayda gulzor sayrin etar».
Hikoyat
Tutab turgan el qalbi yondi butun,
Kuyib ketdi Bagʻdod yarmi shu tun.
Birov shukr etib, derdi yongʻin aro:
«Doʻkonim zarar koʻrmamish mutlaqo!»
Dedi bir kishi: «Ey xasis, aqlsiz,
Faqat oʻz gʻamingni yeding, betamiz!
Seninga doʻkoning omon qolsa bas,
Shahar kuysa, senga pisand ham emas!»
Baxildan boʻlak kim oʻzin toʻygʻazar.
Kishilar yomon holda, ochdir agar?
Koʻrarkim, gʻariblar yutar qon mudom,
Shu insofmi, boylar yesa gar taom?
Kasal boqqan odamni sen dema sogʻ,
U ham qaygʻu birlan kasaldir shu choq.
Borur garchi manzilga doʻstlar yetib,
Yetolmas keyin qolguvchilarni deb.
* * *
Yomon jinsidan qolmadi yaxshi nom,
Yomonlar yomonlik-la boʻlgʻay tamom.
* * *
Ketib qolsa agar qoʻldan taxtu toj,
Yoqangdan olur koʻp yalangʻochu och.
* * *
Qulogʻingni tug, gʻaflatingni qochur.
Eshitgil — oʻliklar nasihat qilur:
Yomonlikka yurmaydi yaxshi kishi,
Oʻtar yaxshilik birla doim ishi.
Yomon yoʻlga borar yomon har qachon,
Koʻpincha oʻlur yoʻlda misli chayon.
Birov foydasin koʻzlamaydi agar,
Qaro tosh bilan teng erur ul bashar.
Xato soʻzladim man, ayo yaxshi yor,
Qaro toshu temirda ham foyda bor.
Ul odam uyat birla oʻlsa tuzuk,
Gar undan qaro tosh boʻlsa tuzuk.
Na har kimsa yirtqichdan a’lo boʻlur,
Yomon kimsadan yirtqich afzal erur.
Aqlli kishini chin inson degil,
Agar qonxoʻr erkanmi, hayvon degil.
Gar inson esa, uxlasa doimo,
Ne farqi boʻlur vaxshiydan el aro?
Agar yaxshilik tuxmini ekmadi,
Murod xirmanidan unga tegmadi.
Eshitgan emasman shu yoshga kirib:
«Yomonning jazosi boʻlur yaxshi!» — deb.
* * *
Dedi kimsa oʻz oʻgʻliga bir zamon
(Unutma sen oqil soʻzin hech qachon):
«Bil, oʻgʻlim, goʻdaklarga qilma sitam,
Oʻzingdan ulugʻ jabr etar senga ham.
Sen, ey beaql boʻri, hech bilmading,
Meni sher yorar, deb xayol qilmading.
Edim yoshligimda ajab zoʻravon,
Kichiklarni ranjitgan erdim chunon.
Yedim bir zabardast mushtin chunon,
Kichikka musht urmasman shundan buyon».
* * *
Ajam mulkida bir qalandarsimon
Der erkan: «Ayo shoh Noʻshiravon!
Otangga vafo qilganida bu baxt,
Qachon senga tekkay edi toju taxt?
Sen oltinni Qoruncha yigʻsang — bitar,
Qolur xayring-u, oʻzgasin yer yutar».
Zamon nahsu nomardga davlat berur,
Gʻariblarga qaygʻu-mashaqqat berur.
* * *
Tugʻilsa tuzukdir xotindan ilon.
Tugʻilguncha devi laindek yomon.
* * *
It a’lo erur mardumozordan,
Kishilarni kiynovchi makkordan.
* * *
Butunlikcha dushmanga oʻtmay yaroq,
Qoʻlingda uni singani yaxshiroq.
* * *
Qalam boshiga kelsa oʻtkir pichoq,
Tili boʻlgay oʻtkir, yana yaxshiroq.
* * *
Eshit dushmaningdan xatoigni butun.
Koʻringay goʻzal har ishing doʻst uchun.
* * *
Yoʻling ustida choh qazilsa agar.
Qilur doʻst undan seni boxabar.
Yoʻl ozganga, desang, soʻling toʻgʻridur,
Bu unga jafoyu sitam, zulm erur.
Xatongni demaslar yuzingga agar,
Jaholat-la aybingni dersan hunar.
* * *
Shu xil boʻlki, olam desin ofarin,
Yomon demasin oʻlganingdan keyin.
Yomonlik bilan umr oʻtkazmagil,
Senga toki yogʻdirmasin la’nat el.
* * *
Gar ish aqlu tadbir bilan ham boʻlur,
Yarash yov bilan jangdan afzal erur.
Yengish yovin zoʻr birla boʻlsa qiyin,
Kerak zar-la yopmoq urush eshigin.
Agar xavf esa senga yov zarbidan,
Tilin bogʻlagil lutfu ehson bilan.
Zarar oʻrnida yovga soch siymu zar,
Yov oʻtkir tishin lutf boʻlmas etar.
Boʻlur chalsa tadbir nogʻorasini,
Qilur xiyla zoʻrlarni chorasini.
Chunon aylagil dushmaning hurmatin,
Keyin poʻstini shil, topib fursatin.
* * *
Agarchi esang qanchalik pahlavon,
Urushdan yarash yaxshidir har qachon.
Kuching yetmasa gar murosa bilan,
Ravodir koʻtarsang qilich unda san.
Boʻyin tovlama, yov yarash istagach,
Jilov tortma, dushman kurash istagach.
* * *
Temir qal’ani agʻdarur sa’y etib,
Qari fikru yoshlar qilich ishlatib.
* * *
Agar yovdan ortiq esang qancha ham,
Tunab qolma yov yurtida hech dam.
* * *
Jahongashta er mardu oqil boʻlur,
Koʻp issiq-sovuqlarni koʻrgan erur.
* * *
Gar obod boʻlsin, desang, yurtu el,
Ulugʻ ishni har kimga topshirmagil...
Kichiklarga topshirmagil katta ish,
Ezolmaydi sandonni musht yoki tish...
Desangkim, harob boʻlmasin bu jahon,
Sinovsizga topshirma ish hech qachon.
Chopar ovchi it sherga payti bilan,
Urush koʻrmagan sher qochar tulkidan.
* * *
Turish begʻam ikki zaif yov aro
Emas mardlik, ushbu ishdir xato.
Agar til biriktirsalar har ikov,
Boʻlurlar jasoratli bir katta yov.
Birin makru nayrang-la ovora qil,
Birin yanchibon, mayli, yuz pora qil...
Yoving dushmani birla doʻstlik zarur,
Oʻshanda jahon unga zindon boʻlur.
Gʻajir boʻrilar bir-birini agar,
Shu fursat aro qoʻylar orom olar.
* * *
Qilich qoʻlda-yu, jangda boʻlganda ham,
Unutma yarash yoʻlini hech dam.
Bilimli, hunarmand, bahodir eli,
Qilur zohiran japg, yarashda dili.
* * *
Shirinsoʻz gʻarazgoʻydan etgil hazar,
Boʻlur, ehtimol, ul asalda zahar.
* * *
Agar bandi ichmoqchi boʻlganda qon,
Sitamgarning qonin soʻrar beomon.
* * *
Kishilarga bildirmagil niyating,
Koʻpincha boʻlur gaptoshar ulfating.
* * *
Jahonni musaxxar qilurman desang,
Xaloyiqqa shafqat qil-u, qilma jang.
Agar lutfu shafqat-la ish boʻlsa hal,
Yomonlik kerak boʻlmagay hech mahal.
* * *
Tiriklikda gʻam ye, sen oʻlgan koʻnoq,
Oʻgʻil-qizda meros boʻlur ishtiyoq.
Butun boyliging elga bergil — yesin,
Seniki emas oʻlganingdan keyin.
* * *
Tilanmasliging shukrin et doimo,
Quruq qoʻyma eshikka kelsa gado.
* * *
Yetimlar boshiga mudom soya sol.
Arit gardu changin tikan kirsa ol.
Yetim tursa oldingda ma’yusdil,
Oʻz oʻgʻlingni hatto oʻpib suymagil.
Hikoyat
Dedi bir aqllikka bir hiylakor:
«Chuqur loyga botdim, ketibdir mador.
Bir ablahdan olgan edim oʻn diram.
Yurak ichradir necha botmon bu nam.
Tunim doimo qaygʻu birla oʻtar,
U soyam kabi kunduzi ergashar.
Koʻngil ranjitar har gasht har zamon,
Yurakni teshar soʻzi xanjarsimon.
Xudo unga bermabdi goʻyo koʻmak,
Butun umrida oʻn diramdan boʻlak.
Qun oʻtkazmayin doimo har sahar.
Kelib beibo eshigimni qoqar.
Surarman xayol: «Qaysi himmatli er.
Degayki: «Mana, ol-u, qarzingga ber!»
Bu soʻzni eshitgach, u nuroniy chol
Berib ikki tilla, dedi: «Ola qol!»
U yolgʻonchi pulni qoʻliga olib,
Qadar ketdi zardek yuzi ochilib.
Birov cholga dediki: «Bilgil uni,
Kishi yigʻlamaydi u oʻlgan kuni.
Egarlab minar sherni ham ul gado,
Abu Zaydni ham mot etar mutlaqo».
U dam obid achchigʻlanib dedi: «Bas!
Bu ishning siri menga ma’lum emas.
Agar toʻgʻri boʻlsa, uni yoqladim,
Elu yurt aro hurmatin saqladim.
Agar soʻzi yolgʻonu hiyla erur,
Oʻzing oʻyla, oxir pushaymon boʻlur.
Men oʻz hurmatim saqladim zar bilan
U yolgʻonchiyu hiylagar makridan.
Qil ehson yomon birla yaxshiga ham,
Ham ehson boʻlur, ham boʻlur daf’i gʻam».
Masal
Qiziga dedi yaxshi dehqon ayol:
«Toʻkinlikda ochlikni qilgil xayol.
Idishlarni suv birla toʻlgʻaz tamom,
Ariqdan oqib turmagan suv mudom.
Butun davlating doʻst uchun sochmagil,
Zarar berguvchi yovdan andisha qil.
Quruq qoʻl qilolmaydi mushkulni hal,
Uzun qoʻl oʻyar dev koʻzin har mahal.
Boru yoʻqni sarf etganingdan keyin,
Topilmas kerak vaqtida bir tiyin.
Gadolar-ku toʻymaydi xayring bilan,
Oʻzing och qolursanmi, deb qoʻrqaman».
Hikoyat
Doʻkondan olib Shibliy bir xalta don,
Koʻtargancha kishloqqa yetdi shu on.
Chumolini koʻrdiki, sarson boʻlib,
Yurar doni ichra parishon boʻlib.
Butun tunda uyqusi kelmas edi.
Olib keldi oʻz joyiga, soʻng dedi:
«Muruvvatdan emas chumolini man
Ayirsam, judo qilsam oʻz joyidan».
Ezilgan kishilar dilin shod qil,
Oʻshanda diling nyud boʻlur muttasil.
Eshit nok Firdavsiydan sen buni,
(Xudo yorlaqab, raxmat etsin uni):
Chumolini ranjitma aslo dilin,
U ham jonlidir, hammaga jon shirin.
Bosib, ezma ojizni, ey pahlavon,
Oʻzing ham boʻlursan biroq notavon,
Yomon holga tushganni shod et dilin,
Unutma, yomon kun kelib qolmasin.
Qara: sham’ parvonaga oʻt qoʻyib,
Oʻzi ham el oldida bitdi kuyib.
Birov balki sendan koʻra notavon,
Birov balki sendan koʻra pahlavon.
Kerak, ey oʻgʻil, vahshiy oviga zoʻr,
Koʻngil ovlamoqlikka ehson zarur.
Qilib yaxshilik, bogʻla yov boʻynidan,
Kesilmas bu zanjir sira tigʻ bilan.
Yomonga yomonlik qilur doʻsti ham,
Ekib arpa, kim qildi bugʻdoy gʻaram.
Solursan agar doʻstga ranju alam,
U kelmaydi, boqmaydi rangingga ham.
Agar yovga kim shafqatin koʻrsatar,
U ham oxiri balki doʻsti boʻlar.
Yomonlarga ham mehribon boʻl mudom,
Tuzing oqlagay itga bersang taom.
Hikoyat
Eshitdimki, bir mardi pokizadil,
Yurardi Rum atrofida muttasil.
Jahongashtalar-la edim hamsafar,
Ziyorat qilurmiz uni, dedilar.
Unib yuz-qoʻlin har kishini u dam,
Qilib hurmat oʻtqazdi, oʻtirdi ham.
Badavlat ekan, bor ekan unda baxt
Va lekin oʻzi msvasiz bir daraxt.
Yuzi issigʻ-u soʻzda xoʻb mehribon
Va lekin oʻchogʻ muzda, suvda qozon.
U uygʻoq butun tunda toat bilan,
Biz uygʻoq — qorin och, qanoat bilan.
Tong otgach, eshik ochdi bel bogʻlabon,
Oʻshal kechagidek shirin, mehribon.
Bor edi shirin bir pigit — shoʻxchan.
Musofir shu manzilda u biz bilan.
Dedi: «Boʻsa» harfin tuzat, soʻngra ber.
Gado boʻsadan toʻshani yaxshi der.
Qilib ehtirom, kavshim artish nadur?
Berib menga non, mayni kavsh ila ur!»
Hikoyat
Eshitdimki, Hotamda bir timqaro
Oti bor ekan, uchquru bebaho.
Momoguldirakdek ekan kishnashi,
Chaqindan oʻzar unga mingan kishi.
Chopar togʻu sahroga u ter sochib.
Bulut, derding, oʻttanda ogʻzin ochib.
U seldek borar choʻlda borgan sayin.
Qolar chang kabi yel ham undan keyin.
Shaharlarda Hotamni el maqtashar.
Uning madhi sultoni Rumga yetar.
Saxiylikda hech tengi yoʻq derdilar,
Uchar otini maqtashar erdilar.
Oti — kema daryoda, choʻl ichra — sel,
U uchganda shunqor ucholmas dadil.
Dedi shunda dono vaziriga shoh:
«Uyatdir adovat qilish begunoh.
Tilay zotli tulporini bir safar,
Muruvvat-la topshirsa Hotam agar.
Bilurman, saxiydir, agar rad qilur,
Dovul bongidek shuhrati puch erur».
Ilmli bir oqilni Tayga shu on,
Qoʻshib oʻn kishi birla qildi ravon.
Bulut yosh toʻkardi yer oʻlgansimon,
Shamol qaytadan keltirar erdi jon.
Yurib yetdi Hotam uyiga alar,
Degil, suvga yetdi yurib tashnalar.
Soʻyib otu qandu shakar toʻkdi u,
Etaklab toʻla nuqra — zar toʻkdi u.
Tunab ul kecha, ertasi ertalab
Ular etdilar otni undan talab.
Parishonlik oʻrtardi Hotam dilin,
U hasrat tishi birla tishlab qoʻlin,
Der erdi: «Ayo oqili zufunun,
Burunroq menga aytmading ne uchun?
Men ul uchqur otimni soʻygan edim,
Pishirgan edim, sizga qoʻygan edim.
Kecha boʻldi-ku shuncha boʻron-shamol,
Borish qoʻraga boʻldi amrimahol.
Qoʻlimda yoʻq erdi shu otdan boʻlak,
Shuni poiloj kecha etdim gazak.
Menimcha, muruvvat emasdi shu on,
Qarab tursam-u, yotsa och mehmon.
Saxinlik-la dunyoda qolsin otim,
Agar ketsa ham, mayli, shunday otim».
Joʻnatdi berib molu zar shul nafas,
Tabiiy erur xulqu, kasbiy emas.
Yetib Rumga Tay mardidan xushxabar,
Dedi shah: «Yasha! Ofarin! Top zafar!»
Shu birlan tugal dema Hotam ishin.
Eshit yaxshiroq qissasin aytayin.
Hikoyat
Birov eshagi loyga botgan edi,
Bu ishdan dili qonga botgan edi.
Yogʻar erdi yomgʻir, edi choʻl sovuq.
Butun yer yuzida qorongʻu quyuq.
Tong otguncha ahvoli ogʻir edi,
Soʻkindi — tiliga ne kelsa dedi.
Soʻkar edi shohu gadolarni ham,
Bugun dushmanu oshnolarni ham.
Kelib qoldi shu lahzada podsho,
Biroq sezmadi u kishi mutlaqo.
Eshitgach uning koʻp haqoratlarin,
Biror soʻz demoq shohga boʻldi qiyin.
Uyaldi-yu, boqdi sipohlar tomon,
Dedi: «Nega soʻkkay meni koʻp yomon?»
Biri aytdi: «Ey shoh, boshin kes shu dam,
Bu dard oʻtmasin to boʻlaklarga ham».
Nazar soldi shoh unga ushbu mahal:
Eshak loyda, kulfatdadir kambagʻal.
Shu damda gʻaribning gunohin oʻtib,
Unutdi haqoratni — jahlin yutib.
Zaru otu toʻn berdi ushbu mahal,
Qasos vaqtida mehr qanday goʻzal!
Biroq dedi: «Ey beaql, sodda chol,
Tprik qolmogʻing erdi amrimahol».
Dedi: «Shikva menga muvofiq edi».
Shu qilgan ishi shohga loyiq edi.
Yomonlikka oson yomonlik qilish,
Yomonlik uchun yaxshilik — ogʻir ish.
Hikoyat
Birov sarf etishga botinmas edi,
Puli koʻp-u, hech koʻzi qiymas edi.
Yemas erdi och yursa ham tunu kun,
Na bergay edi xayru ehson uchun.
Oʻzi — zar asiri kecha-kunduzi,
Kishan solgan oltinga ham shul oʻzi.
Bilib oldi oʻz oʻgʻli poylab sekin,
U nokas koʻp oltinlarin koʻmganin.
Eshitdim: zar oʻrniga tosh berkitib,
Sovurmish butun zarni barbod etib.
Saxiy mardda u zar tura olmadi,
Sal oʻtmay qoʻlida sira qolmadi.
Oʻzini boʻgʻardi ota dod etib.
Oʻgʻil bazm etardi dilin shod etib.
Ota uxlamay, tunda yigʻlar edi,
Oʻgʻil ertalab kuldi, unga dedi:
«Ota, zarni yigʻmang-u, yeng, deydilar,
Zaru toshni koʻmganda teng, deydilar.
Qazib konlar, oltin olurlar nechun?
Maishat uchun, xayru ehson uchun!
Xasis ilgida boʻlsa oltin agar,
Hali ham u tosh bagʻri ichra yotar.
Oʻgʻil-qiz bilan yemasang zar turib,
Sira nolima qargʻacha oh urib.
Baxil boyda har qancha ham boʻlsa zar,
Ilondek bu ganj uzra bosib yotar.
Ilondek zar ustida titrar baxil,
Shuning-chun turar oltini qancha yil.
Ajal topish-la yanchadirlar uni.
Zarin taqsim etgaylar oʻlgan kuni.
Chumoliga oʻxshab, tashib ye bu kun,
Seni goʻrda qurtlar yemasdan burun».
* * *
Aql qancha zoʻr boʻlsa-yu nomdor,
Uni ishq zoʻri qilur tor-mor.
* * *
Boʻlak yaxshi nom istama — shul yetar:
Seni yaxshi odam desa, el agar.
* * *
Aqlli ulugʻlar jahonda sira,
Gʻariblarga kulmas qilib masxara.
Koʻpincha ulugʻlar tushib qoldilar,
Gʻariblar ular oʻrnini oldilar.
* * *
Agar mard esang, hech maqtanmagil,
Zafar topmadi maqtanib kimsa, bil.
* * *
Piyoz poʻst erur — boshqa hech narsa yoʻq,
U oʻylar oʻzin pistadek magʻzi toʻq.
* * *
Kishi pul bilan boʻlmagan muhtaram,
Eshakdir eshak gar ipak kiysa ham.
* * *
Shirin soʻzli shilgay gʻanim poʻstini.
Dagʻal soʻzli dushman qilur doʻstini.
Yuzin kimki sandon kabi aylamas,
Boshi bolgʻadan hech zarba yemas.
Zafar topsa boʻlgay shirin soʻz bilan,
Azobda yurar kim dagʻalsoʻz ekan.
Shirin soʻzni urgan mudom Sa’diydan,
Dagʻal soʻzli odam oʻtar gʻah bilan.
* * *
Oʻzingga yomonlikni koʻrma ravo,
Dagʻal soʻzli badbaxt boʻlur doimo.
Agar yoʻq ekan senda molu puling,
Bu Sa’diycha ham yuqmi shirin tiling?
* * *
Ulugʻlar jafosini koʻrmay kishi,
Kichiklar azob cheksa ham yoʻq ishi.
* * *
Choʻpon yaxshilik birla qoʻygil qadam.
Yomonlashga soʻz topmasin muttaham.
Ogʻir botsa dushman soʻzi, angla, bil.
Ne aybingni aytsa, shuni qilmagil.
Shu odam boʻlur menga chin doʻstu yor -
Ki, aybim yuzimga desa oshkor.
El oldida boʻlgʻung aziz, moʻ’tabar,
Oʻzingni desang hammadan kam agar.
* * *
Zafarning kalidi senda yoʻq ekan,
Ochilmaydi baxt eshigi zoʻr bilan.
* * *
Dema har sadaf qornidan dur chiqar,
Va yo oʻq nishonga tegar har safar.
* * *
Oʻziga qarab ish qilur mardlar,
Uyalmas kishi lof urmas agar.
* * *
Qaroqchi erur yaxshiroq, ey jiyan,
Oʻzini pok koʻrsatgan iflosdan.
Riyo sirtiga bermagil e’tibor,
Bu suv ostida balchigʻu loyqa bor.
* * *
Koʻringay kiyim avrasi har qachon,
Shuning-chun u yaxshi-yu, astar yomon.
* * *
Kerak boʻlsa senga agar yaxshi nom,
Yasatma tashing, dilni pok et mudom.
* * *
Yesam arpa nonini mehnat bilan.
Shirindir birovlarning oq nonidan.
* * *
Qorin bandasi uxlamas tun boʻyi,
Birov jaz-juzida qulogʻi, oʻyi.
* * *
Bol izlab, yeguncha ari nashtarin.
Qanoat bilan shinni yesang shirin.
* * *
Dili gʻamli shohdan jahonda, axir,
Dilida gʻami yoʻq gado yaxshidir.
* * *
Diling kuymasin noumidlik bilan,
Yorugʻ kun tugʻilgay qaro kechadan.
* * *
Yetuk durshunoslar sadaf singari
Ocharlar ogʻiz kelsa soʻz gavhari.
Soʻzi birla ovora sergap bari
Nasihat eshitmaydi kar singari.
Agar soʻzlasang betinim, zoʻr berib,
Qolursan birov soʻzidan benasib.
Durust-nodurust soʻzga sabr aylagan
Erur yaxshi hozirjavob laqmadan.
Soʻz inson kamolotidir, yaxshi bil,
Bilib soʻzlagil, hurmating toʻkmagil.
Yaqin boʻlma sergap kishilar bilan,
Aql ishlatib, ozu soz soʻzla san.
* * *
Yuz oʻq otding-u, hammasi ham xato,
Bir oʻq birla ur — boʻlsa aqling raso.
Kishi yoʻqda ham demas ul soʻzni mard,
Agar fosh boʻlganda keltirsa dard.
Birov gʻiybatin qilmagil zinhor,
Devordan pari ham eshitguvchi bor.
Diling shahru, sir — bandi bu shahraro,
Shaharni ochiq koʻrmasin mutlaqo.
Tilidan yonar sham’ majlis aro,
Shuning-chun tilin yigʻdi aqli raso.
* * *
Ajab totlidir barahmanning soʻzi:
«Oʻzin hurmatin saqlar odam oʻzi».
* * *
Mabodo siring boʻlsa fosh el aro,
Yopish qayta mumkin emas mutlaqo.
* * *
Alangaki, boshdan-oyoq til erur,
Bir oz suv bilan oʻchirilsa boʻlur.
* * *
Hunarmand kishi men hunarmand demas,
Uni ta’rif aylar hunar har nafas.
* * *
Agar senda mushk yoʻq, jim oʻltir, axir.
Agar boʻlsa, hidning oʻzi aytadir.
* * *
Yomon soʻzga solma quloq hech qachon.
Koʻzing yum yalangʻochni koʻrgan hamon.
* * *
Oʻzini tutar yaxshi dono kishi,
Birovning ishi birla boʻlmas ishi.
Hikoyat
«Hazilmi?» — dedim, kimsa soʻzlar edi,
Oʻgʻirlikni gʻiybatdan a’lo, dedi.
Dedim unga: «Ey fikri xom, beaql,
Ishonmaydi bu qissaga aqlu dil.
Oʻgʻirlikda ne fazl koʻrgan eding,
Oʻgʻirlikni gʻiybatdan afzal deding?»
Dedi: «Chunki oʻgʻri jasorat qilur.
U mardlik kuchi-la qorin toʻygʻazur.
Ne orttirdi gʻiybatchi gʻiybat qilib?
Faqat qoldi oʻzi xijolat boʻlib».
* * *
Vazifa yer erdim Nizomiyadan,
Oʻtardi kunim darsu takror bilan.
Mudarrisga bir kun ayoni dedim:
«Hasad qildi menga faloni, — dedim.
Qachonkim, soʻzim ma’ni dodin berur,
Negadir, uning qorni tars yorilur».
Mudarris soʻzimni eshitgan edi,
Kelib achchigʻi, ancha afsus yedi.
Dedikim: «Seningcha hasad-ku xunuk,
Degil, senga kim aytdi — gʻiybat tuzuk?»
Kishilarni har kimki, derkan yomon,
Seni ham u yaxshi demas hech qachon.
Yomonlaydi har joyda orqangdan u,
Birovlarni ham u yomonlardi-ku!
* * *
Demishlarki, uch shaxsga gʻiybat ravo,
Oshib ketsa toʻrtinchisiga — xato.
Biri podshohu jafokor erur,
El undan hama vaqt bezor erur.
Uning zulmin aytmoq halol dam-badam,
Bilib, ehtiyot boʻlgusi xalq ham.
Ikkinchi hayosiz — yashirma uni,
Oʻzin pardasin yirtadi har kuni.
Hovuzga tushishdan uni toʻsmagil,
Quduqda yiqilgay, axir, yaxshi bil.
Uchipchi — tarozuda aldoqchilar,
Yomon fe’lidan qancha bilsang — gapir.
Hikoyat
Eshitdimki, bir oʻgʻri choʻldan kelib,
Seyistonga kirdi sayohat qilib.
Oʻziga kerakli yemak ichmakin.
Sotib oldi baqqoldan u qanchasin.
Tarozudan baqqol oʻgʻirlab edi,
Solib shovqin, ul oʻtri shunday dedi:
«Agar tunda yoʻlni toʻsar oʻgʻrilar,
Seyistonlik kunduz kuni yoʻl toʻsar.
Yomon fe’l uchun tunda ham qoʻrqaman,
Bu kunduz kunn qoʻrqmagay kimsadan».
* * *
Kishilarki, dushman soʻzin keltirur,
Ular dushmaningdan yomonroq erur.
Kishi eltsa doʻstiga dushman soʻzin,
Qilibdir u dushmanga chin doʻst oʻzin.
Turib yuzma-yuz soʻz deyolmaydi yov,
Meni soʻz bilan qoʻrqitolmaydi yov.
Yov aytolmagan soʻzni menga ayon
Degaysan, shuning-chun sen undan yomon.
Chaqimchi yana eski kek qoʻzgʻatar,
Yuvoshgan koʻngilni gʻazablantirar.
Sen unga yaqinlashma mumkin qadar -
Ki, oʻlgan ilon boshini qoʻzgʻatar.
U zindon aro gar kishanda yotir,
Chaqib yurganidan shu ham yaxshidir.
* * *
Urush — ikki tan oʻrtasida olov,
Chaqimchi oʻtin toshiguvchi moxov.
Erur hammadan ham chaqimchi yomon,
Uningdek razil koʻrmadim qech qachon.
Buzuq fikru nodonligi birlan ul,
Buzar ikki doʻst oʻrtasini nuqul.
Bular doʻstlashurlar boʻlib jonu dil,
Uyatga qolur oʻrtada ul razil.
Ikki tan aro kimki oʻtlar yoqar,
Aqldan emas bu, oʻzi ham yonar.
Bu Sa’diycha xilvatda kim zavq olur,
Tilin ikki olamdan ul tortadur.
* * *
Xotin boʻlsa gar poku aqli raso,
Erin shoh etar garchi boʻlsa gado.
Koʻngilga muvofiq esa yor agar,
Zafar sozini chalki, topding zafar.
Agar gʻamgusor ersa yor tun boʻyi,
U gʻamni dema gʻam, yesang kun boʻyi.
Agar boʻlsa yoring inoqu goʻzal.
Murodingga yetding — muroding oʻshal.
U boʻlsa shirinsoʻzli-yu pokdil,
Uni yo xunuk, yo goʻzal demagil.
Dili pok xotin agarchi xunuk,
Yomon xulqli xushnamodan tuzuk.
Eri sirka bersa, u halvo degay,
Na halpo yebon erga achchigʻlagay.
Dil oromidir yaxshi boʻlsa xotin,
Yomon boʻlsa, undan Xudo saqlasin!
Esa toʻti bir zogʻ bilan hamqafas,
Qafasdan qochish istagan har nafas.
Boshingni olib ketgil ovoravor
Va yo boʻyning eg unga bechoravor.
Kovush tor esa, kiymagan yaxshidir,
Urush boʻlsa uy, turmagan yaxshidir.
Yomon xotini boʻlsa uyda agar,
Hayitdek boʻlur ul kishiga safar.
Ul uy ichra yop shodlik eshigin,
Urush birla shovqin chiqarsa xotin.
Xotin boʻlsa nodonu ham kiryurak,
Xotinmas, boshingga balodan darak.
Xotinning yomoni ogʻir bir azob,
Xotin yaxshisi yoru olijanob.
Hikoyat
Birov xotini birla nosoz edi,
Kelib keksa donoga nolib dedi:
«Yukim koʻp ogʻir dushmanim dastidan,
Chunonki, tegirmon toshin ostiman».
U dono dedikim: «Kerakdir chidam,
Chidam bersa, er boʻlmagay boʻyni xam.
Tegirmon toshisan-ku kirganda tun.
Tong otganda boʻlmaysan osti nechun?
Uzib gulni, boʻlgan esang shodmon,
Tikan dardini tortasan begumon.
Yesang bir daraxt mevasin muttasil.
Tikan sanchilib qolsa, dod demagil!
Koʻcha sevgisi uyni barbod etar.
Uyingni xotin mehri obod etar».
* * *
Jahondan kechib, gʻorda joy topsa ham,
Butun el yuziga eshik yopsa ham,
Qutulmas kishi ayb izlovchidan,
Tuzukmi, buzuqmi — yoshingan bilan.
Boʻlur kuch bilan toʻssa daryo yoʻlin,
Toʻsish mumkin ermas chaqimchi tilin.
Va yo tulkilik, xoh sherlik bilan
Qutulmaysan aslo ular dastidan.
Agar kirsa xilvat aro har kishi,
Uning boʻlmasa kimsa birlan ishi.
Malomat qilurlarki, aylab riyo,
Qochar xalqdan dev kabi doimo.
Agar boʻlsa xushsuhbatu pokdil,
Demaslar bu pokiza yoki asil.
Qiyin kunga qolsa biror kambagʻal.
Degaylar bu badbaxt erur har mahal.
Kuyib yigʻlasa bir gʻaribu gado,
Degaylar bu qashshoq bu baxti qaro.
Kelib qolsa bir boy va yo podshoh,
Degaylar buni bizga berdi Xudo.
Bu manmanlig-u kibr tokay boʻlur,
Bu shodlikni orqasidan gʻam kelur.
Biror kambagʻalga kelarkan agar,
Sharaf, omadu baxtu tole, zafar,
Adovat-la tish qayrashurlar hadeb —
Ki, dunyo boqar pastu nomardga deb.
Ishing oʻng kelibroq yurishsa agar,
Haris yoki dunyoparast deydilar.
Qoʻl urmas esang ishga himmat qilib,
Tekinxoʻr deyishgay malomat qilib.
Bu ezma, degaylar, gapirsang seni,
Bu — surat, degaylar, jim ersang sani.
Demaslar chpdamlini bu mard ekan,
Degaylar boshni egdi qoʻrquv bilan.
Agar boʻlsa boshida mardonalik,
Qocharlar debon bu devonalik.
Agar kam yesa, ta’n etib deydilar:
«Boʻlaklar uning molini yeydilar».
Agar u topib yesa yaxshi taom,
Qorin bandasi boʻldi, derlar mudom.
Qilib balki ortiqcha ziynatdan or,
Kiyib yursa oddiy libos moldor,
Oʻzidan ayar pulni, badbaxt debon,
Qilurlar unga tilni xanjarsimon.
Uyini agar rang-barang naqsh etar,
Taniga agar toza shohi kiyar,
Gʻarazgoʻylari ta’n etib har kuni,
Yasangay xotinlarcha, derlar uni.
Safar qilmasa gar dili pok er,
Safar qilguvchi oni nomard der.
Degaykim, xotin oldidan chiqmagay.
Oʻzin aqlini to hanuz yigʻmagay.
Jahongashtaning ham shilib terisin,
Degaylar u sarsonu badbaxt, lain.
Uning boʻlsa baxtdan nasibi agar,
U boʻlmas edi darbadar, deydilar.
Xotinsiz yigitni gʻajib bir talay,
Degaylar: gunohiga yer titragay,
Xotin olsa, derlarki, nafsi uchun
Eshakdek botib qoldi loyga bu kun.
Gʻajirlar koʻrimsizni ham har nafas,
Goʻzallarni qanday ular chaynamas.
Agar chiqsa jahonga biror on seni.
Degaylar bu johil, parishon seni.
Birov birla qilsang murosa agar,
Buning gʻayrati asli yoʻq, deydilar.
Degaylar saxiyga nasihat qilib:
«Puling qolmagay, sarf qilgil bilib».
Qanoat bila yursa, qoʻysa qadam.
Malomatga qolgay u bechora ham.
Degaylar u nokas otadek oʻlar,
Ketar qaygʻu tortib, bu dunyo qolar.
Kishidan kishi hech qutulmas ekan,
Asir oʻz ilojni topar sabrdan.
Hikoyat
Bir oqil, hunarmand yigit bor edi,
Juda notiqu mardu hushyor edi.
Xudojoʻyu pokizadil, xush qiliq.
Qaro moʻylabi husnixatdan silliq.
Lugʻatdon, bilimdonu ilmi yetuk.
Deyolmasdn «sh» harfin ammo tuzuk.
Bir oqil kishiga dedim bir kuni:
«Tishi yoʻqmi oldin qatorda uni?»
Mening bu soʻzimdan qizardi shu on,
Dedi: «Nu kabi soʻzni aytmoq yomon.
Koʻzingni yumib bir talay fazlidan,
Koʻrib birgina aybini aytasan».
Hikoyat
Yiqitdi choʻchib oti shahzodani,
Taniga botib ketdi boʻyni ani.
Tanu boʻyni bir boʻldi fildek shu dam,
Tan aylanman, aylanmagay kalla ham.
Tabiblar turar erdi hayratda jim,
Faqat shunda yunonlik dono hakim
Tomirlarni ishqab, boshin tikladi,
Yoʻq ersa, u goʻrga tiqilgay edi.
Eshitti — unutmish uning xizmatin,
Gapirmas emish hech uning qiymatin.
Shoh oldiga keldi yana bir mahal,
U pastkash nazar solmadi loaqal.
Uyaldi u donoyu, egdi boshin,
Eshitdim, oʻzicha der erdi sekin:
«Burab boʻynin ul kun iloj qilmasam,
Bu kun yuz oʻtirmasdi mendan bu ham».
Qulidan yubordi u bir doruni,
Solib oʻtga, hidlash kerak, deb uni.
Shoh oldiga yetkuzdi kul ham shu on,
Uning aytganin qildi shoh shul zamon.
U dam shohni chuchkurtdi hidli tutun,
Taniga yana botdi boshu boʻyin.
Hakimga uzr aytgali ul kuni,
Koʻp axtardilar — topmadilar uni.
Kishi yaxshi kun qadrini bilmagay,
Yomon kun agar boshiga kelmagay.
Sovuq yilda qishlash gʻaribga ogʻir,
Badavlat kishi qayda sezgay, axir.
Agar yoʻlda chaqqonsan u dovyurak,
Shukr qil, yurolmasga bergil koʻmak.
Qarilarga yoshlar koʻmak aylasin,
Gʻariblarni davlatlilar qoʻllasin.
Suv qadrini sen kemachidan koʻra,
Quruq choʻldagi tashnalardan soʻra.
Kishi dard chekib to kasal boʻlmagay,
Tani sogʻlik qadrini bilmagay.
Qorongʻu kecha koʻp uzangan bilan.
Pa bplsnn uyida qotib uxlagap.
Isitma azobida oʻtkarsa tun.
Shu odam bilurkim, tun ermish uzun.
Xoʻja endi turdi — chalingach dovul,
Na bilgayki, qanday tun oʻtkazdi qul?
* * *
Yomon ketidan tushmagil avvalo,
Tushibsanmi, mahv et uni mutlaqo.
* * *
Tili boʻlsa edi oʻlikda agar,
Der erdi qilib dodu faryodlar:
Umr oʻtdi bizlarda gʻaflat bilan,
Qoʻlingdan bu fursatpi boy berma san!
* * *
Ming afsuski, shunday ajoyib hayot,
Yashindek oʻtib ketdi tez, besabot.
Piyola sinib, unga tushsa qadoq.
Uning narxi tushgay oʻshal ondayoq.
* * *
Umiding agar ersa xirmon qilish,
Ekinni qil oʻz vaqtida parvarish.
* * *
Malomat bilan qilma umringni hayf,
Shu fursat gʻanimatdir, «Alvaqtu sayf!»
* * *
Bu bogʻ sarvi qancha baland boʻlsa ham,
Boshini ajal yeli qilguvsi xam.
Topar voya oʻttiz yil ichra nihol,
Yemirgusi bir zumda qattiq shamol.
Jigarni kabob etdi bu ikki bayt,
Rubobchi oʻqirdi esimda u payt:
«Ming afsuski, bizsiz kelur koʻp bahor,
Ochilgay kulib, yashnagay lolazor.
Kelur fasllar qancha yillar, esiz,
U vaqtlarda biz gʻishtu tuproqmiz...»
Hikoyat
Topib oldi bir tillo gʻisht bir kishi,
Xamisha xudojoʻylik erdi ishi.
Toʻsib aqlini, qildi tillo garang,
Bu savdo bilan qalbini bosdi zang.
Butun tun boʻyi oʻyicha der edi,
Tuganmas umr boʻyicha der edi:
«Yalinmoq, tilanmoq bilan qomatim
Birovga egilmas, ketib hurmatim.
Solay osti marmar ajoyib bino,
Toʻsin, vassa, shamshodu ud, hokazo.
Solay bir goʻzal hujra doʻstlarga xos.
Ochay bogʻdan eshik, yozay soz palos.
Zerikdim bu yirtiq-yamoq dastidan.
Uchoq taftida yondi-ku jonu tan.
Pishirsin taomlarni oshpaz kelib.
Qilay parvarish jonni rohat qilib.
Juda qiynadi jonni qattiq namat,
Yotay parqu, shohida endi faqat».
Ketib aqli, boʻldi oʻzi telbatob.
Boshin magʻzi hirs panjasida harob.
Chiqib ketdi sahroga magʻrurlanib,
Na turdi, na oʻltirdi u aylanib.
Birov goʻr oʻyib, loy qilardi shu kun.
Bu goʻr loyidan gʻisht quymoq uchun.
Chuqur oʻyga botdi oʻshal damda chol.
Dedi nafsiga: «Koʻrgil-u, ibrat ol.
U gʻishtga diling berding, ey bexabar.
Seni loy qilib, bir kuni gʻisht quyar.
Tama’ ogʻzi ochiq erur doimo,
Yumilmaydi bir luqmadan mutlaqo.
Kech, ey himmati past, bu gʻisht mehridan,
Toʻsolgʻungmi daryoni bir gʻisht bilan?
Pulu mol yigʻishni qilursan xayol,
Etib umr sarmoyasin poymol.
Gʻurur changi aqling koʻzini toʻsar,
Kibr oʻti umr xirmoniga tushar.
Gʻurur surmasidan pok etgil koʻzing
Yetib goʻraro surma boʻlgung oʻzing».
* * *
Birov margidan boʻlmagil shodmon,
Seni ham tirik qoʻymagay bu jahon.
Bu bosh oxiri boʻlgusidir fano,
Degaysan koʻzi yoʻq edi mutlaqo.
Chopardim baland tepani bir zamon,
Qulogʻimga yetdi bu ohu figʻon:
«Hushing birla teshangni ohista ur,
Yuzu koʻzu boshu quloq shundadir.
U kun shoh edim — mulkim erdi jahon,
Qaro yerga tengman, qara, bu zamon».
Hikoyat
Bir ablah oʻzi el haqin yer edi,
U har damda shayton lain der edi.
Koʻrib yoʻlda, shayton unga dedikim:
«Seningdek razil dunyoda koʻrmadim.
Axir, dilda-ku ikkimiz doʻstmiz,
Nega tigʻ koʻtarding menga, betamiz?!»
Shoislom Shomuhamedov tarjimalari
Yaxshilik qilgan hech koʻrmas yomonlik,
Yomon oʻz joniga topmas omonlik.
* * *
Musofirga mehr koʻrguzsang agar,
Ular yaxshi noming olamga yoyar.
* * *
Ulugʻlar z’zozlab gʻarib odamni.
Shuhratlari tutdi butun olamni.
Ozor chekib ketsa gʻarib xotiri.
Mamlakat shuhrati soʻnar oxiri.
* * *
Begonadan boʻlmoq kerak ehtiyot,
Doʻst qobigʻi ichra uchrab turar yot.
* * *
Qattiqlik, yumshoqlik yuz berar boham,
Tabib ham nish urar, ham qoʻyar malham.
* * *
Mard boʻl-u, karamli, ham xushfe’l boʻl,
Haq senga, sen esa bandaga top yoʻl.
* * *
Donolar soʻzini yodingga olsang:
«Sinamay ish tutgan holi boʻlur tang».
* * *
Oʻylab koʻr oʻqini boʻshatmay kamon,
Boʻshatib, soʻng oʻylab, boʻlma pushaymon.
* * *
Ishim, soʻzim toʻgʻri boʻlsa, ne gʻamim,
Nima desa-desin gʻiybatchi gʻanim.
Hikoyat
Eshitdim — adolatli bir podsho,
Kiyarkan astaru avra boʻz qabo.
Biri debdi: «Shohim, toʻning juda joʻn,
Xitoyi shohidan tikdir yaxshi toʻn!»
Debdi: «Bul kiyimda tanga osoyish,
Bundan ortigʻidir zebu oroyish...
Mening boshimda ham yuz-yuzlab havas,
Lekin gʻazna tanho meniki emas.
Qoʻshinlar haqidir boyligu gavhar,
Shoh ziynati uchun emas siymu zar.
Gar askar boʻlmasa shohidan rizo,
Vatan chegarasi qolur xavf aro.
Dehqon eshagini talab ketsa yov,
Nechuk soliq solar sulton beayov.
Gʻanimlar talasa, shohi olsa boj,
Ne iqbol koʻradi unday taxtu toj.
Yiqilganga zoʻrlik muruvvat emas,
A’lo qush chumoli donini yemas...
Kishvar olish mumkin soz xulqing bilan.
Qon toʻkma jang qilib oʻz xalqing bilan.
Qasam mardlik haqqi, butun keng jahon,
Sira arzimaydi yerga tomsa qon.
Eshitdim baxtiyor Jamshid podsho,
Buloq boshga yozmish shunday bir ma’no:
«Koʻplar ham bu chashma boshiga yetdi,
Suv ichdi, dunyodan koʻz yumib ketdi.
Qanchasi zulm ila olamni oldi.
Goʻrga oʻzi ketdi, olgani qoldi».
Hikoyat
Eshitdim, bir kuni ov qilib quvnoq.
Ulugʻ Doro ketmish lashkardan yiroq.
Qoʻqqis roʻparadan chiqmish yilqibon.
Qoʻrquvda dilidan oʻtkazmish sulton:
«Boshlamasdan burun bu menga hujum,
Bir aniq oʻq bilan gum qilayin, gum!»
Shunday, uni dushman etibon gumon.
Oʻq tortib, oʻqtaldi kayoniy kamon.
Ul der: «Ey Eronu Turon podshohi.
Yurtingga tushmasin yomon nigohi.
Men shoh yilqilarin nigahboniman,
Bunda yuradirman shul xizmat bilan»,
Shohning koʻngli tushib joyiga shu choq,
Kulib unga dedi: «Ey aqli choʻloq,
Naq joningga ora kirdi farishta,
Kamonim taxt edi, oʻqi sarishta».
Kulib shohga shunday debdi yilqibon:
«Vallomatdan soʻzim tutmasmap nihon.
Yaxshilikka eltmas agar shahanshoh,
Ajratmasa doʻstni dushmandan, e voh!
Ulugʻlik shartidir, hokimlik naqshi:
Kichiklarni bir-bir bilmoqlik yaxshi.
Meni saroyingga chorlab necha bor,
Yilqilardan soʻroq qilding, hukmdor!
Bu kun mehr bilan chiqqandim peshvoz,
Dushman hisob etding, boshlab tirandoz.
Mingta ot ichidan men, ey shahriyor,
Keragin taniyman adashmay zinhor.
Chunki yilqilarim bilan aqlim band,
Sen ham yilqilaring unutma harchand».
Choʻpondan bu soʻzni eshitib Doro,
Yaxshilik koʻrsatdi, ayladi duo.
Ketarkan oʻzicha derdi koʻp xijil:
«Bu soʻzni lavhaga yozib qoʻysin dil.
Taxtu mulk xatarda, kuchayar harif,
Shoh boʻlsa tadbirda choʻpondan zaif».
* * *
Qoʻlingdan kelgancha mehnat qil, mehnat,
Mehnatdan yogʻilur boshingga rahmat.
Hikoyat
Bir itga duch keldi birov sahroda,
Tashnalikdan yotar jonsiz, aftoda.
Dastorin arqondek quduqqa soldi.
Uchiga qalpogʻin boylab, suv oldi.
Xizmatga belini mahkam bogʻlab u,
Majolsiz kuchukka qoʻldan berdi suv.
Uning bu ishidan tonibon xabar,
Qozidan gunohin soʻrar paygʻambar.
Hushyor boʻl, zulmdan qilgil andisha,
Vafoyu karamni aylagil pesha.
Yaxshilik mukofot topdi itdan ham,
Gar odamga qilsang, boʻlmas undan kam.
Har kim oʻz holicha yuk koʻtarar, bil,
Chigirtka oyogʻi chumoliga zil.
Hikoyat
Shol tulkini koʻrib qoldi bir kishi,
Koʻp hayratga soldi Xudoning ishi:
«Tirikligi qanday oʻtar bu ahvol,
Xoʻragi ne boʻlur — oyoq-qoʻli shol?»
Shunday xayol bilan darvesh turar lol,
Bir sher chiqib qoldi tishida shagʻol.
Ovin yeb, yoʻliga ravon boʻlar sher,
Qolgan sarqitini tulki toʻyib yer...
Ertasiga koʻrsa, yana shu ahvol,
Tulki sarqit terib, yashar bemalol.
Buni koʻrib, yana fikr qildi u,
Yaragganga behad shukr qildi u.
Dedi: «Bundan keyin burchakka kirsam,
Kuch birla rizq topmas zoʻravon fil ham».
Mehriboning Xudo oʻzi ermasmi?
Yaratgach, ul oʻzi rizqing bermasmi?»
Na begona keldi uning qoshiga,
Na doʻst yetib keldi gʻarib boshiga.
Gʻoyibdan rizq kutib, yotardi yakka,
Oqibat yopishdi poʻsti suyakka.
Oxir qimirlashga qolmadi majol,
Devordan bir ovoz keldi: «Quloq sol,
Oʻrningdan turib, sher boʻl, ey bedavo,
Shol tulki yoʻlini tutma mutlaqo.
Sherdek topib ye-da, qolganin irgʻit,
Odamsan, tulkidek yemagil sarqit.
Sher magʻrurligiga odamlik payvast,
Tulkidek sudralgan sayoq itdan past.
Oʻzing topib yegil doʻst birla boham,
Oʻzgalar sarqitin koʻzlama bir dam.
Bilak kuching bilan ishlabon xalol.
Himmat tarozusi oʻlchaganin ol.
Mardlik ila topgil uz rohatingni.
Boshqadan koʻzlama farogʻatingni.
Yoshlikda tuta bil keksalar qoʻlin,
«Qoʻlimni tut!» debon tutmagil qoʻlin.
Kimdan yengil boʻlar xalqning zahmati.
Oʻshanga yogʻilar Xudo rahmati.
Kimda himmat boʻlsa, unga aql yor.
Himmatsizda na hush va na aql bor.
Yaxshi ishga kelur yaxshilik javob,
Yaxshining boshiga yogʻilar savob.
* * *
Oʻzi kabi oddiy inson ishqidan
Oromin yoʻqotar dilu qalbu tan.
Kunduz dilga fitna solur jamoli,
Kechasi band etar yana xayoli.
Ishqiga bir qadam qoʻyganing zamon,
Unut boʻlar undan oʻzga keng jahon.
Sevging oldida zar topolmas qadr.
Sening uchun zaru tuproq baribir.
Oʻzga hamdamligin diling istamas,
U bor joyga sigʻmas boshqa biror kas.
Koʻzlaring ichidan berasan manzil,
Koʻzlar yumilganda manzildir koʻngil.
Na rasvo boʻlishdan dilda musibat.
Na bir dam toqatga dilingda quvvat.
Jon istasa, labdan tutarsan jonni.
Tigʻiga tutarsan bosh — sargardonni.
Hikoyat
Eshitdim sozanda soziga bir kun
Bir parivash tushib ketganmish oʻyin.
Oshiqlar oʻltirar edi boʻyni xam,
Oʻyinchi etagi kuymish tegib sham.
Dod solib, har yoqni buzganda jonon,
«Nima boʻpti?» demish bir dili vayron.
Sening etagingga oʻt boʻlsa tutash,
Mening xonumonim kuydirmish otash.
Yor esang, oʻzingni unut-chi, qani?
Bittadir yor ila oshiqning tani».
Hikoyat
Bir oshiq bor edi shahri Samarqand,
Shirin soʻz, tilining har samari qand.
Jamoliga garov boʻlardi oftob,
Shoʻxligidan taqvo asosi harob.
Husnda yakto u misoli oyat,
Goʻyo parvardigor etmish saxovat.
Oʻtganda undan koʻz uzilmas aslo,
Doʻstlari qilardi unga jon fido.
Ul esa ma’shuqa ketida soya,
Bir kuni ma’shuqa der bekinoya:
Ey xira, ketimdan yurmogʻing bejo,
Sening tuzogʻingbop qushmasman aslo.
Bilki, seni yana koʻrsam shu alfoz,
Boshingni uzayin misli qilichboz!»
Birov debdi: «Boshing olib qoch yiroq,
Oʻzingga yoʻl tanla bundan osonroq.
Bunga erishmogʻing, nazdimda, dushvor,
Jonon, deb joningdan ayrilma zinhor!»
Bu soʻzni eshitib oshiqi shaydo,
Dilidan koʻtarib ohu vovaylo.
Dedi: «Qoʻy, boʻlayin tigʻidan halok,
Qonimga qip-qizil boʻyalsin bu xok!»
«Yor tigʻidan oʻldi!» — desa doʻst-dushman,
Men ulugʻ sharafga yetgan boʻlamai.
Obroʻyimni nohaq toʻksa ham behis,
Uning koʻchasidan ketmasman olis.
Menga «Tavba qilgil» degandan koʻra,
Ey xudbin, sen oʻzing kechirim soʻra!
Kechirgum — menga ul nima qilsa ham,
Qonimga qasd qilsa, ezgulikka jam.
Har kecha yodidan kul boʻlib, hayhot,
Tongda xush boʻyidan topurman hayot.
Bu kun yor koʻyida jon bersam oxir.
Mahsharda yonida quraman chodir».
* * *
Dilingda ishq boʻlsa, musiqa emas,
Tuya qadami ham uygʻotar havas.
* * *
Arab nolasiga choʻlda, qariya,
Raqs tushib ketar hattoki tuya.
Tuyaga kuy shuncha kor etsa, demak,
Zavqi yoʻq kishi bir eshakdur, eshak.
* * *
Kimki oʻz yovini doʻst tutsa agar,
Uni oqil dema, u nodon ovsar.
* * *
Podshoh qizini soʻragan gado,
Koʻp tayoq yeydi-yu, koʻrar koʻp savdo.
* * *
Kim oshiqqa desa, ishqidan saqlan,
Oshiqning daliga sanchilur tikan.
* * *
Biror kimni chayon chaqsa nogahon,
Qay oqil unga der: «Tortmagil figʻon!»
* * *
Kimki nasihating tinglashdan yiroq,
Foydasizdir unga nasihat qilmoq.
Miqib ketmish kimning qoʻlidan jilov,
Kor qilmas sekinroq yur, degan undov.
* * *
Ne xush soʻzni aytmish Sindbod — soʻzamol:
«Ehtiros olovdir, nasihat — shamol!»
Shamoldan avj olib, gurillar olov,
Kaltak yegan yoʻlbars yovroq boʻlur, yov.
Hikoyat
Yodimda — uyqusiz yotardim tuni.
Qulogʻimga indi parvona uni.
Shamga der: «Men — oshiq, kuymak ravodir,
Sen yonib yigʻlaysan, bu ne balodir?»
«Ey mening haridor doʻsti miskinim,
Asaldan ajradim, yori shirinim.
Mendan uzoqlashgach Shirin visoli,
Farhoddek boshimda otash xayoli».
Shunday deb yigʻlardi jigar-bagʻri ob,
Kahrabo yuzidan oqardi selob.
Deyar: Ey da’vogar, ishq ermas koring,
Na sabru toqat bor va na qaroring.
Ketarsen shu’lamdan bir oz aylanib,
Turarman qimir etmay men oʻtda yonib.
Ishq oʻtida sening qanoting kuyar,
Mening bosh-oyogʻim, hayotim kuyar.
Bazmni yoritgan nurimga boqma,
Dil soʻxtam, koʻz yoshim koʻrgil, tutoqma».
Kamtarinlik odat aqlli erga,
Mevali shox boshi egilur yerga.
Ulugʻlik chechan soʻz, da’voda emas,
Balandlik xayoli havoda emas.
Tavoze’ koʻtarar boshingni baland,
Takabbur tuproqqa tiqar berib pand.
Kosasi oqarmas — kimki dimogʻdor,
Balandlik netaru oxir boʻlur xor.
Izzat-martabalar istasang agar,
Kishiga tashlama kibrli nazar.
Xushyor kishi xayol qilmaydi, axir,
Gʻurur bilan kishi topar, deb qadr.
* * *
Bilgil, toʻrga loyiq emas har kim ham,
Qadrini fazlidan topar har odam.
* * *
Oddiy qamish qancha oʻssa — boʻsh ichi,
Hech qachon boʻlolmas shakar qamishi.
Hikoyat
Sotardi asal bir shirin soʻz kishi,
Koʻngilni olardi uning royishi.
Shakar qamishidek beli belboqdor,
Molinn pashshadek talar haridor.
Uning moli zahar boʻlsa ham tugal,
Talab ketishardi misoli asal.
Bir dagʻal koʻz tashlab el gʻavgʻosiga,
Hasad bilan boqib bol savdosiga,
Ertasiga barvaqt bozorga keldi,
Asal sotmoq boʻlib, char yoqqa yeldi.
Kattakon qovoqda boshida asal,
Badburush bashara, soʻzlari dagʻal.
«Asal ketdi», deya qildi mashmasha,
Boliga qoʻnmadi xattoki pashsha.
Kechgacha bir pullik qilolmay savdo,
Uyga qaytar yana buzilib avzo.
Burchakda oʻltirar serjahl diltang.
Hayit kun zindoniy boʻlgandek tajang.
Xotini ustidan shoʻx soʻzlab kular:
«Badjahl qoʻlida asal ham zaxar!»
Yomon xulq doʻzaxga sudraydi oson,
Yaxshi xulq bixishtu jannatdan nishon.
Ariqda iliq suv boʻlsa, shuni ich,
Dagʻal kishi yaxna sharbatidan kech.
Serzarda kishining manglayi tirish,
Haromdir undaylar nonini yeyish.
Badxulq qiyinlikka uchrar aksari,
Badxulqning doimo baxti teskari.
Dunyo tashvishidan kech Sa’diysifat,
Yigʻilgay senda ham ilmu ma’rifat.
* * *
Dagʻal soʻz eshitib kelsang hokimdan,
Tobelarni ezma qoʻpollik bilan.
* * *
Oʻrtanma dushmaning yomonlasa gar,
Shamolga ber soʻzi yolgʻon esa gar.
* * *
Menga yaxshilikni istagan inson,
Ochiq aytar topsa xulqimda nuqson.
* * *
Tabib oʻzi boʻlsa dardga mubtalo,
Nechuk qilgay oʻzga dardiga davo.
Hikoyat
Onasiga yigʻlar yoʻlda boʻtaloq:
«Shuncha yurdik, kerak bir oz dam olmoq».
Onasi der: «Jilov boʻlsaydi qoʻlda,
Yuk bilan koʻrmasding meni bu choʻlda».
Mardliging pesh qilmoq odat bilmagil,
Mardliging koʻrsatib, nomard boʻlmagil.
* * *
Qanoat qudratli qilur insonni,
Ogohlantirib qoʻy ochkoʻz nodonni.
Dilga xotirjamlik sol, ey besabot,
Gardon tosh tagida oʻsmas nabotot.
Aql yor boʻlsa, koʻp semirtma taning,
Tanni semirtirsang, bilki, oʻlganing.
Aqlli kishilar boqqani hunar,
Tanasin boqqanlar hunarsiz qolar.
Odamlik xislatin kim qoʻysa ustun,
Avval oʻz nafs itnn aylagay zabun.
Yeb-ichib, uxlamoq hayvonning ishi.
Shu tariq yashaydi aqlsiz kishi.
Xilvatda oʻltirib baxtiyor odam,
Ilmdan hissasin olur damodam.
Kim ajrata olmas zulmatni nurdan.
Demak, farq etmaydi u devni hurdan.
Gar koʻra olmasang yoʻl ustinda chox.
Yiqilsang, qusuri oʻzingda, e voh.
Kim nafas bandasi — es-hushdan yiroq,
Hikmatdan boʻsh qolur ul toʻla qursoq.
Qorin va ikki koʻz — hech toʻymas kovak.
Boʻsh yurgani yaxshi oʻrama ichak.
Bilasanmi, erkin ul vahshiy hayvon,
Nafsi deb tuzoqqa tushar nogahon.
Yirtqichlikdan magʻrur qudratli yoʻlbars,
Qopqopga sichqondek ilintirar nafs.
Sichqondek gar birov osh-nonin yersan,
Qopqoniga tushib, paykonin yersan.
* * *
Qanoatni odat qnlsa nafs — balo,
Uning nazdida teng boʻlgur shoh-gado.
Tama’ surib borar shoh tomon, zero,
Tama’dap qutulsang, oʻzing podsho...
Kishini buzuq nafs etar xoru zor,
Aqling boʻlsa, nafeing qadr etma zinhor.
Hikoyat
Bir tama’gir barvaqt turib ketardi,
Xorazmshohga u sajda etardi.
Shohni koʻrib, yerga tashlar oʻzini,
Qaddin bukib, yerga surtar yuzini...
Bir kun oʻgʻilchasi debdi: «Otajon,
Mushkul savolnm bor — aylagil bayon:
Aytmabmiding qibla tomoni Hijoz,
Nechun bul tomonga oʻqursan namoz?»
Qanoat birladir sarafroz odam,
Tama’li kishining boʻyni doim xam.
Tama’ deb toʻkmagil obroʻying barin.
Bir arpaga sotma sharaf gavharin.
Kim tama’din kechar, boʻlmas sharmanda,
Na bironga tobe’, na nafsga banda.
Tama’ barcha doʻstdan etar mosuvo,
Seni etmay rasvo, undan boʻl judo.
* * *
Nafsing murodining yoʻlidan ketsang.
Ajabmas, hayotdan nomurod oʻtsang.
* * *
Yoʻqlikda ochlikka chidamoq uchun,
Me’yorida yegin toʻkinchilik kun.
* * *
Ulugʻlar — bulutli havoda quyosh,
Suvga botgan choʻgʻdir hasadchi bebosh.
Ulugʻ yana balqib chiqar bulutdan,
Suvga choʻkkan olov yonmas kuch bilan.
Zulmatdan choʻchimas aqlli inson,
Zulmat ichida ham bor obi hayvon.
* * *
Xabaring bormi, bu suyaging — qafas,
Joning — bir qush, uning nomidir nafas.
Bu qush gar qafasdan chiqsa bir bora,
Qayta tutishga hech topilmas chora.
Xayot bir nafasdir, har dam gʻanimat,
Har bir damga bering olamcha qimmat.
Olamga hukmdor erdi Iskandar,
Olamni qoldirib ketdi ul qaysar.
Umrin choʻzolmadi bir nafas, bir dam,
Bir dam uchun butun olam berib ham.
Har kim ketar ekan, ekkanin olar,
Undan yaxshi yoki yomon nom qolar.
Bizdan soʻng ham koʻp gul ochar bu boʻston,
Doʻstlar oʻltirishar gul terib shodon.
Sidqiy Xondayliqiy tarjimalari

Karamning madhini bayonida

Dilo, har kishi yozsa xoni karam,
Boʻlur nomdori jahoni karam.
Karam nomdori jahon aylagay,
Karam komgori zamon aylagay.
Karam moyai shodmoni boʻlur,
Karam hosili zindagoni boʻlur.
Karam ortida dunyoda kor yoʻq
Va mundin issiq hech bozor yoʻq.
Karamdin bori al dilin toza tut,
Jahonni saxodin purovoza tut.
Bagʻishlashda boʻl doimo mustaqim,
Ki jonni yaratquvchi bordur karim.

Saxovatning sifati bayonida

Saxovat qilur nekbaxt ixtiyor,
Ki kimsa saxodin boʻlur baxtiyor.
Qilib lutfu ehson, jahongir boʻl!
Saxovatning iqlimida mir boʻl!
Saxovatdur ahli basirat ishi,
Saxovat boʻlur yaxshining varzishi.
Saxovat emish aybga kimyo,
Saxovat bori dardlargʻa davo.
Chu qodir esang, aylagʻaysan saxo,
Ki yetgay ulugʻluq saxodin sango.

Baxilning mazammati bayonida

Baxil qasdigʻa gar jahon aylanur
Va ar iqbol aning gʻulomi oʻlur.
Va gar ilkida ganji Qorun esa,
Va gar tobe’i rub’i maskun esa.
Baxil arzimas ulki, tutqung otin.
Va gar roʻzgor etsa ham hidmatin.
Baxil moligʻa qilma bir iltifot,
Baxil molining otin aytmoq ust.
Baxil ar esa zohidi bahravar,
Bihisht ahli yoʻq dedi xayr ul-bashar.
Baxil archi moli bilan boʻlsa boy,
Chekar xorliq, oʻyla pulsiz gadoy.
Karam ahli molin yegay hosilin,
Baxillar yegay oltunining gʻamin.

Takabburning mazammati bayonida

Takabburdin albatta qil oʻzni pok,
Ki, bir qoʻlidin oʻlursan halok.
Takabbur ulugʻdin oʻlur nopisand,
Qilur kam muni kim esa hushmand.
Takabbur boʻlur odati johilon,
Ulugʻlardin oʻlmas takabbur ayon.
Takabbur Azozilni xor ayladi,
Ki la’nat chohigʻa duchor ayladi.
Kishini takabbur esa xislati,
Toʻla boʻlgʻusi boshida fikrati.
Takabbur yamonlarni(ng) boʻlgʻay ishi,
Takabbur boʻlur zoti nokas kishi.
Chu bilding, takabbur nega aylagʻung?
Xato aylagʻung va xato aylagʻung!

Ilmning fazilati bayonida

Topar ilmdin odam oʻgʻli kamol,
Na davlat bilan topilur bu xisol.
Tilab ilm, yonmoq kerak sham’vor,
Ki beilm topulmagʻay Kirdikor.
Boʻlur oqil odam talabgori ilm,
Ki doim qiziq keldi bozori ilm.
Kishigʻa azalda esa baxt yor,
Qilur ul kimsa oʻqush ixtiyor.
Talab aylamoq sanga ilm oʻldi farz,
Yana vojib istab etish qat’ arz.
Yugur ilm etokigʻa, mahkam qoʻl ur,
Ki ilming murodinggʻa qotishtirur.
Uqush aylamoq doim oqil ishi,
Ki beilm boʻlmoq bu — johil ishi.
Sanga ilm dunyou dinda tamom,
Ki koring topar ilm oʻqusang nizom.

Johillar suhbatidan qochmoq bayonida

Dilo, gar esang oqilu hushyor,
Jaholat eligʻa dame boʻlma yor.
Qochishlikda nodondin oʻl tirdek,
Qovushmasda boʻl shakaru shirdek.
Sango ajdaho boʻlsa gar yori gor,
Yamon yordin yaxshidur sad hazor.
Agar dushmani joning oqil erur,
Goʻzal doʻstdinkim, johil erur.
Jahonda chu johil kishi xor yoʻq,
Ki johil kabi bir yamon kor yoʻq.
Yamondin yamon ishdin oʻzga kelmas,
Goʻzal soʻzni andin kishi anglamas.
Saranjomi johil jahannam boʻlur,
Kim johil, goʻzal oqibat kam boʻlur.
Sari dora johil osilgʻoni xoʻb,
Ki johil elin xor boʻlgʻoni xoʻb.
Yamondin hazar qilgʻil, ey toza dil.
Ikki dunyoda boʻlgʻung andin xijpl.

Adolatning sifati bayonida

Chu Ezid sani ayladi podshoh,
Nechuk boʻlmagʻaysen adolatpanoh?
Adolat erur zevari xisravi,
Nechuk adl uchun tutmagʻung dil qaviy?
Sanga mamlakat boʻlgʻusi barqaror,
Adolat ishi boʻlsa gar dastyor.
Chu Noʻshiravon qildi adl ixtiyor
Goʻzal nomi alhol erur barqaror.
Adolat nishonidur oromi mulk,
Ki hosil boʻlur adldin komi mulk.
Jahongʻa adolatcha me’mor yoʻq,
Biyikroq adolat kabi kor yoʻq.
Sango yaxshi mundin ne hosil boʻlur,
Ki noming shaxanshohi odil boʻlur.
Saodatdin istar esang gar nishon.
Jafo eshigin bogʻla elgʻa, ayon.
Raiyat dilin saqlagil barqaror,
Sitamdidalarning murodin chiqor.

Zulmning mazammati bayonida

Xarob oʻlgʻusi zulm birla jahon.
Chu boʻstonki, koʻrgʻay xazondin ziyon.
Jafo sori mayl etma hech dar hol,
Ki mulkingni xurshidi topmas zavol.
Kishi yoqsa zulm otashin begumon,
Chiqargʻuvsi olam elidin figʻon.
Sitamdida gar cheksa bir oʻtlugʻ oh,
Suvu loy ham boʻlgʻay andin taboh.
Qila koʻrmagil notavonlargʻa zoʻr,
Oʻzing oʻyla, oxir erur tor goʻr.
Sitamdidagʻa koʻrma zulming ravo,
Sani oʻrtar el oʻtlugʻ ohi bilo.
El ozorini qilma, ey tiyraroyh
Ki nogah yetar sanga qahri Xudoy.
Sitam birla bechoranp qilma tang,
Ki zolim tamusqa ketar bedarang.

Qanoatning sufati bayonida

Dilo, gar qanoatqa hamrohsen,
Farogʻat jahoni aro shohsen.
Qatigʻlikdin, ey kambagʻal, qilma dod,
Ki mol oqil olidadur, oʻyla bod.
Faqirlikdin oqil nechuk qilgʻay or,
Payambargʻadur faqrdin iftixor.
Gʻaniyning esa oqcha oroyishi.
Vale yaxshi faqr ahli osoyishi.
Chu yoʻqsan gʻaniy, qilmagʻil iztirob,
Shah olmas xiroj, oʻlsa bir yer harob.
Qanoat hama vaqt aro xoʻb erur,
Qanoat qilur kimki, mahbub erur.
Qaioatni nuridin et dilni sof,
Agar nekbaxt ersang, ey bexilof.

Hirsning mazammati bayonida

Boʻlan hirs domigʻa, ey mubtalo,
Bu hirsing erur boshqa bitgan balo.
Ado qilma umringni yigʻmoqda mol,
Ki hamnarx guhargʻa boʻlmas safol.
Kishi tushsakim hirs bandi aro,
Olur borcha umrini bodi fano.
Qilay farz amvoli Qorun sango,
Bori ne’mati rub’i maskun sango.
San oxir boʻlursan giriftori gur,
Boʻlub oʻyla bechora, ey beshuur.
Nechuk kuygasen zar xayolotidan,
Chekarsen eshak kibi bori mihan.
Chekarsen nechuk ranjlar mol uchun,
Ki nogah boʻlur bir kuni sarnigun.
Chunon joy olibdur dilingda diram,
Ki zavqidan oʻldung nadimi nadam.
Boʻlubsen chunon oshiqi roʻyi zar,
Ki kezgʻung junun ahlidek darbadar.
Tillo saydigʻa sanda qasd oʻyla bor,
Ki hech etmagʻung yodi roʻzi shumor.
Ilohi, u nokas dilin tutma shod.
Ki dunyo uchun qilsa dinin fasod.

Shaytonning mazammati bayonida

Dilo, kimki mahkumi shayton erur,
Tunu kun gunoh ichra sarson erur.
Kishigaki, shayton esa peshvo,
Qachon yongʻusidur Xudo yoʻligo?
Dilo, qilma qasdi gunah zinhor,
Ki Haq qoshida boʻlmagʻung sharmsor.
Gunaxdin qilur xushmand ehtiroz,
Ki boʻlgʻuvsi suvdin shakarga gudoz.
Gunahdin qilur nekbaxt ijtinob,
Ki pinhon qilur kunni nurin sahob.
Yamon nafsingga boʻlma albatta yor,
Ki nogoh boʻlursan giriftori nor.
Gunoxdin agar yonmas ersa diling,
Boʻlur asfalasofilin manziling.
Tiriklik uyin qilmagʻaysen harob.
Yamon fe’l selobidan, ey shabob!
San oʻlsang agar fisqdin bir sori,
Boʻ(l)massan bixisht gulshanidin nari.

Vafoning sifati bayonida

Dilo, boʻl vafo uzra sobitqadam,
Ki besikka hech yerda yurmas diram.
Vafo yoʻlidin burmasang gar inon,
Aduv koʻnglida doʻst boʻlgʻung chunon.
Oʻgirma vafo koʻyidin roʻyi dil,
Ki yor olida boʻlmagʻaysen xijil.
Vafo yoʻlidin tashqari qoʻyma po,
Ki ahbobdin arzimaydur jafo.
Bori doʻstlardin judoliq xato,
Uzulmoq yorondin xilofi vafo.
Boʻlur bevafoliq xotunlar ishi,
San oʻrganma xotun ishin, ey kishi.

Shukrning fazilati bayonida

Kishiningkim, koʻngli esa haqshunos,
Kerak yoʻqki, bogʻlar zaboni sipos.
Dam urma Xudo shukridin oʻzgago,
Ki vojib erur shukri Ezid sango.
Toʻla boʻlgʻusi shukrdin ne’mating,
Eshikdin kirar fath ila nusrating.
Xudo shukrini gar qiyomatgʻacho
Mingidin birin qayda qilgʻung ado.
Vale shukrin aytmoq avlodurur,
Ki Haq shukri millatgʻa zevar erur.
Chu band etmasang shukri Haqdin zabon,
Kelur ilkingga davlati jovidon.

Sabrning faslini bayonida

Sanga gar saburi esa dastyor,
Kelur ilkingga davlati poydor.
Saburi erur jumla mursal ishi,
Oʻgurmas yuzin mundin eslik kishi.
Ochar sabr maqsudi jon eshigin,
Ki ochilmas ul sabrdin oʻzgadin.
Saburi chiqorgʻay murodi diling,
Ki ilm ahlidin yechilur mushkuling.
Saburi kalidi dari orzu,
Dagʻi fotihi kishvari orzu.
Saburi ba har hol avlo erur,
Aning tahtida necha ma’no erur.
Saburi saning maqsadingni berur,
Balo va alamdin sani qutqarur.
Saburi qilursan sanga boʻlsa din,
Ki shoshmoq erur kori shayton lain.

Rostliqning sifati bayonida

Dilo, rostliq aylasang ixtiyor,
Boʻlur davlating hamdamu baxt — yor.
Boshin chulgʻamas rostdin hushmand,
Ki nom oʻlgʻusi rostliqdin baland.
Daming rostdin ursang ar-subhvor,
Jaholat tunidin tutarsan kanor.
Dam urma bajuz rosti zinhor,
Ki soʻldin oshuqdur oʻng, ey nomdor!
Goʻzal rostdin dunyoda kor yoʻq,
Ki sadbargida rostning xor yoʻq.

Yalgʻonning mazammati bayonida

Kishigaki norasoliq boʻlsa kor,
Qachon roʻzi mahshar boʻlur rostgor.
Kishigʻaki boʻlsa zaboni durugʻ,
Charogʻi dili oni boʻlmas yorugʻ.
Durugʻ odamiyni qilur sharmsor,
Durugʻ odamiyni qilur beviqor.
Xiradmand kazzobdin tutqay or,
Ki odam deb oni qilinmas shumor.
Durugʻ, ey yigit, soʻzlama zinhor,
Ki kozib boʻlur xoru bee’tibor.
Jahon ichra yalgʻoncha yoʻq ish batar,
Yoʻq andin boʻlur nomi nek, ey pisar.