OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSabohiddan Qudrat Oqsol
Asar nomiQosh qorayganda (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Hind adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Sabohiddan Qudrat Oqsol
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonHikoyat Mahmudova
Hajm20KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qosh qorayganda (hikoya)
Sabohiddan Qudrat Oqsol

Ilonizi soʻqmoq togʻga tutashib ketgandi. Soʻqmoqning yarmiga koʻtarilgan Rafiqbey yoʻl boʻyidagi oynalari chang bosgan kichkina boqqollik doʻkoni oldida toʻxtadi. Doʻkoncha qarshisi — shundoqqina yongʻin izlari bilinib turgan sayxonlik boʻlib, uning ortida dengiz koʻzga tashlanardi. U har kuni kechqurun ishdan qaytayotganda, shu yerda bir oz nafas rostlab olish uchun toʻxtardi.

Boqqollik doʻkonining ortida soʻqmoq qayriladi. Bu yerdan esa uning uyi shundoqqina koʻrinib turadi, shu vajdan qadam tashlashi oʻz-oʻzidan yengillashib, koʻngilli tuyuladi. Odatda, lang ochiq oyna oldida chorpoyada oʻtiradigan hurmatli doʻst-yorlari, doʻkandorlar bilan salomlashgancha, uyga yetib qolganini oʻzi ham bilmay qolardi.

Boʻyalmagan yogʻoch eshikni itarib, u moʻ‘jazgina hovliga kirdi. Tanish qadam tovushlarini eshitib, xotini unga peshvoz chiqdi. Odatdagidek, u erining qoʻlidan portfelini olib, boshidan shlyapasini yechdi-da: «Xush kelibsiz! Qanday yangiliklar bor?»—deb soʻradi. Mazkur savolga u har doim taxminan shunday javob berar-di: «Hammasi joyida, Nozima. Koʻcha biram issiqki».

Bu oqshom ham u odatdagidek javob berdi. Bu hech bir ma’noni anglatmaydigan javob faslga qarab turlanib turardi: yozda —issiq, qishda —sovuq, iliq kuz kunlari esa shamol haqidagi xabar ham qoʻshib aytilardi. Goʻyo Nozimaxonimni havo haqidagi xabardan boshqachada issiqmi, yeki sovuq ekanligini bilishga qurbi yetmaydigandek, Rafiqbey hech qachon oʻz odatini buzmasdn. Ular yuqoriga koʻtarilishdi. Bugun Rafiqbey har kungidan ham kamgap edi. Darvoqe, u gapga unchalik chechan emasdi. U faqat tvagilarning bahslari hamda hazil-mutoyibalariga quloq solib oʻtirardi. Lekin uning bugungi odamoviligi negadir xotinining yuragiga gʻul-gʻula soldi.
— Sizga nima boʻldi? Tobingiz qochdimi?
— Yoʻq, oʻzimshunday. Kofe tayyorlab ber. Xonada yolgʻiz oʻzi qolgach, u yengil nafas oldi, keyin

eshikka yaqinlashdi. Yolgʻizligingga hech kim daxl qilmasligi uchun berkinib olsangda, keyin deraza oldiga oʻtirib olib uylanib, xizmatga kirganingdan tortib hozirgi kungacha oʻtgan butun umringni bir boshdan eslasang. U qulfdagi kalitni buradi. Eshikning berkligiga qanoat hosil qilgan Rafiqbey kostyumini yechib, galstugini boʻshatdi-da, deraza oldidagi kresloga oʻtirdi. Oynadan hamon oʻsha tor koʻchaning oʻrtasidagi sayxonlik, uning ortida esa dengiz koʻzga tashlanib turardi. Dengiz va undagi kemalar uzoqdan xuddi akvarel boʻyoqli rasmga

. oʻxshab qilt etmaydi. Lekin u oʻz xayollariga shoʻngʻigancha, hatto dengizni ham sezmay oʻtirardi. Qulogʻi gʻayri-tabiiy ravishda shangʻillab, tasavvurida navnihol Nozimaxonim, uning qalligʻi gavdalandi. U qalligʻini bundan oʻttiz toʻrt yil avval qanday boʻlsa shunday holda koʻrib turardi: nozik-nihol, muloyim mahliqo. Yillar uni qanday oʻzgartirib yubordi-ya! Sochlari xuddi namatga oʻxshab ketgan. Qoʻllari-chi. Rafiqbey uning oldiga birinchi marta kelganda, u burchakka oʻtirib olib achchiq koʻz yoshi toʻkayotgandi. Koʻz yoshdan hatto qovoqlari shishib ketgandi. Agar kelin toʻydan bir kun oldin taomildagidek yigʻi-sigʻi boshlamasa, odamlar uni ayb qilishgan boʻlardi. Uning koʻz yoshini tiyish uchun nimalar demagandi oʻshanda! Hech qanday gap kor qilmasligini sezib, u qizning qorday opdaq, yumshoq, muloyim qoʻlidan ushladi. Ha, uning Hozirgi yorilgan, dagʻal qoʻllari bir vaqtlar shunday edi.

Uning oʻzi ham chakki emasdi: egnida qora yoʻl-yoʻl matodan shim, yoqasi kraxmallangan koʻylak. Kanselyariyadagi birinchi yil xizmati. Ishdan keyin sabrsiz hayajon va sevgidan entikkancha uyga shoshilardi. Nozima uyatdan qip-qizargancha unga, oilalarida yaqinda uchinchi odam paydo boʻlishini bildirdi. Oʻshanda bu yangilikni eshitgach, shodlikdan nafasi boʻgʻziga tiqilib qolay degandi. Muqaddas, ularning toʻngʻich qizlari dunyoga keldi. Chaqaloq bilan birga uyga bir olam quvonch kirib kelganday edi! Mana shu quvnoq qizaloqqa hatto ikki yil ham yashash nasib etmasligini kim bilibdi, deysiz. Bu bebaqo dunyo mana shunday. Qizlarining oʻlimidan keyin, uch yilgacha farzand koʻrishmadi. Keyin Nurten dunyoga keldi, besh yildan soʻng Yilmaz tugʻildi, U oilaga tom ma’nosida baxt keltirdi, Rafiqbey xizmat pillapoyasida bir pogʻona koʻtarildi. Oʻshanda Yilmaz bir haftalik boʻlgandi. Butun kvartal gullayotgan akas hidiga chulgʻangan boʻlib, nazarida daraxtlar ham xuddi u kabi baxtdan entikayotganga oʻxshardi. Moviy osmonda pagʻa-pagʻa bulutlar suzib yurardi, Baliq bozorida yangigina tutilgan qalqonbaliqni tushirishayotgan edi. Ushanda shayton yoʻldan urib, Rafiqbey oʻzini tutolmay, bozordagi vino doʻkonchasiga kirgandi. Bor-yoʻgʻi uch qadahgina ichdiyu, uyiga xuddi qanot hosil qilganday uchib ketdi. Qani endi oʻzing bilan koʻchaning butun shovqin-suroniyu, bulutlarning namligi, barcha gullarning muattar atriyu daraxtlarni ildiz-pildizi bilan sugʻurib olib qoʻshqoʻllab uyga olib kelsang. Oʻshanda u eshikni oyogʻi bilan bir tepdi, eshik bechora devorga zarb bilan urilib, mungli gʻiy-qilladi. Pillapoyalardan sakragancha xonaga uchib-qoʻnib kirib bordi. Nozimaxonim uni adovat bilan kutib oldi, lekin uning parvoyi falak edi.

Yillar oʻtdi. Nurten oʻqishga bordi. Yilmaz yura boshladi. Keyin ham maktabga qatnadi. Oʻqishning birinchi sakkiz oyi badalida u qancha ruchkani ishdan chiqarishi hech kimning tushiga kirmagandi. Naq ellik beshta-ya!

Rafiqbeyning hushi oʻziga keldi. Kimdir eshikni jon-jahdi bilan taqillatmoqda edi. Yuragi oʻynagancha sakrab oʻrnidan turdida eshikni ochishga shoshildi. Rangi dokaday oqarib ketqan Nozimaxonim qoʻlida likobda qahva koʻtargancha unga qoʻrqa-pisa qarab turardi.
— Nima qilyapsan?—dedi jon holatda u.— Besh minutdan beri taqillatyapman. Nega eshikni ochmading? Sening dastingdan jinni boʻlish hech gapmas.

Rafiqbey miq etmasdi. Xuddi shundoq yonginasida qahva maydalagich taraqlayotgandek qulogʻi hamon shangʻillab turardi. Nozimaxonim bir oz oʻzini tutib olgach, nega darhol eshikni ochmaganligini soʻrab-surishtira boshladi. Unga nima desaykin? «Huv birda ichib kelganimni eslayotgandim, desinmi?» Bu bilan nimaniyam tushuntirolardi? U eriga hech baloga aqli yetmay hayrat-lanib qaraydi-da, miyasi aynibroq qobdi, shekilli, deb oʻylaydi-qoʻyadi. Ba’zida oʻzimizga-oʻzimiz tushunolmaymiz-ku, boshqalarni, hatto u eng yaqin odaming boʻlsa ham tushunishi chikora! Hech kim, hech qachon shu vaqtgacha birovning qalbida nima boʻlayotganini anglab yetgan emas.

U Nozimaxonimning qoʻlidan likobchani oldida, yana kresloga borib oʻtirdi. Xotini uning qarshisiga oʻtirib erining yuziga sinchkov tikilgancha, gʻayritabiiy qiligʻining magʻzini chaqishga urinardi. Qahvadan hoʻplagach, Rafiqbey oʻzini bir oz durustroq sezdi. Uning qarshisida navnihol kelinchak emas, keksa ayol — uning xotini oʻtirardi. Gullayotgan akasning muattar hidi ham bir zumda uchdi-ketdi. Hafsalasi pir boʻlganini sezdirmaslik uchun qahvadan hoʻpladi, nihoyat, yuragi bir maromda ura boshlaganini sezdi. U sigaretani tutatib, huzur qilib tortganidan soʻng, Nozimaxonimdan:
— Nurten kelmadimi?— deb soʻradi.
— Hali kelgani yoʻq. U bugun tikuvchinikiga, keyin dugonasinikiga bormoqchiydi, agar vaqti qolsa, tish doktoriga uchramoqchi edi.
— Oxirgi vaqtda tez-tez kech iyeladigan odat chiqardimi, deyman. Bu birinchi marta emas, hali qarasang, tikuvchinikiga ketgan boʻladi, hali qarasang, tish doktoriga uchrashmoqchi, hali qarasang, dugonasinikiga.
— Bekorga xafa boʻlyapsiz Bechora ertayu-kech mashinka qilgani-qilgan. Bir oz koʻnglini yozib kelsa, nima qipti? Axir, har qanday asablar ham dosh berolmaydi,
— Kim uni mashinkada yozsin, deb majbur qilibdi? Ha, mayli! Yilmaz qayerda?
— Klubga chaqirishgan ekan.. Ertaga ularning matchiku.

Nozimaxonim eriga nima boʻlganligini bilolmay oʻrnidan turdi-da, kechki ovqat tadorigida oshxonaga ravona boʻldi. Eri rosayam qarib qolibdi-ya! Hatto nima qilayotganini ham bilmaydi-ya. Issiq bilan horgʻinlik uning tinkasini quritgan, shekilli. Xonaga berkinib olib, eshikni ochmaganiga oʻlasanmi! Keyin goʻyo hech narsa boʻlmagandek eshikni ochib, bolalarni surishtira boshlaganiga nima deysiz?

Bu orada yana Rafiqbeyning fikrlari oʻtmishga qaytib, tizginsiz xayollari xuddi toshqin vaqtida yoʻlida uchragan dalayu-dasht, shahar hamda qishloqlarni yuvib ketayotgan daryodek hokimona, shafqatsizlik bilan yopirilib kelmoqda edi.

Pastdan, oshxonadan kuygan yogʻning qoʻlansa hidi kelardi. Aftidan, baqlajon qovurishayotibdi, shekilli. Dengiz ustidagi osmon qop-qoraydi. Kvartaldagi yogʻoch uylar, uning ilonizi soʻqmoqlari nimqorongʻilikka chulgʻangan. Uzoq-yaqinda bitta-yarimta chiroqlar koʻzga tashlana boshladi. Besh daqiqayam oʻtmasdan qorongʻilik quyuqlasha borib, tez orada hammayoqqa zimiston choʻkdi. Shahar uzra yorugʻ kunning qolgan-qutgan manzaralarini ham yoʻl-yoʻlakay oʻz qa’riga tortgancha tun choʻkmoqda edi. Charchab, holdan toygan erkak va ayollar ishdan qaytib kelmoqda edilar. Deraza oldida oʻtirgan Rafiqbeyga koʻzi tushgan odamlar u bilan salomlashishar yoki unga qarab muloyim jilmayib oʻtishardi. Uning koʻz oldidan oʻtmishning soyalari birin-ketin oʻtardi, boshliqlar, xizmatdoshlari, qahvaxonadagi oshnalari, qarindosh-urugʻlari, yoshligida gazetadagi rasmlaridangina taniydigan mashhur odamlar, tramvay hamda avtobus konduktorlari.

Shahar tashqarisidagi Kuchuksuvga qilgan safarlarini esladi. Koʻprikning oldida ular tiqin paroxodga oʻtirdilar. Boʻsh joy yoʻq edi. Sovuq kotlet, doʻlma hamda pirojki solingan paketlarni qoʻlda ushlagancha tikka turishga toʻgʻri keldi. Paroxod Kuchuksuvga kelib toʻxtaganda yoʻlovchilarning yarmi tushish taraddudiga tushishdi. U ham trapdan xotini bilan gaplashib, koʻz urishtirgancha odimlab bordi. Koʻksuv arigʻi yaqinidagi oʻtloqqa joylashishdi. Gilamchalarni solib, qahva qaynatishdi. Ushanda Nurten oʻn toʻrt, Yilmaz esa toʻqqiz yoshda edi. Bolalar ariq boʻyida turli rangdagi toshlarni terishardi. Soat oʻn birda hammalari jam boʻlib, kotlet, doʻlma hamda pirojkilar toʻkib tashlangan dasturxon atrofiga oʻtirishdi. Ovqatdan keyin yana qahva ichishdi. Soʻng, u boshiga kostyumini buklab qoʻyib uxlash uchun yotdi. Oh, oʻshandagi unutilmas, ajabtovur tush! U tushni ayni oʻsha Kuchuksuvda, ovqatdan keyin uyquga ketganda koʻrgandi. Yonginasida xotini, bolalari. Tasodifni qarangki, ayni oʻsha kuni uning tushiga ya’ni, bola-chaqalari qurshovidagi oila boshligʻiga, kanselyariyada stoli uning stoli qarshisiga qoʻyilgan hamkasabasi Xandon kiribdi. Hatto hozir ham oʻsha tushni eslaganda yuragi orqasiga tortib ketadi.

Tushiga Xandon ikkalovlari shoʻx-shodon gaplashgancha qayiqqa oʻtirayotganlari kiribdi. Uning qoʻngʻir sochlari shunday goʻzalki, beli esa xipchagina Xandon deganda, hammaning ogʻzining suvi bekorga qochmasdi-da, oʻziyam. Mana shu parivash qulogʻiga koʻnglini iydiradigan gaplarni shivirlagancha, pinjiga suqilib borardi.

Bema’ni tushdan ta’bi xira boʻlgan Rafiqbey anchagacha oʻziga kelolmadi. Na xotini tutqazgan qahva, na maktabdagi qoʻshiqlarini xirgoyi qilayotgan Nurtenning chugʻurlashi, na Yilmazning oʻpichlari uning avvalgi xush kayfiyatini qaytarolmadi. Boz ustiga, oila a’zolarini chulgʻagan shod-xurramlik uni bundan beshbattar jigʻiga tegardi. Nega endi uning tushiga faqatgina soʻrashib yuradigan, shunda ham hatto haftalab gaplashmaydigan ayol kirdi ekan-a? Aslida ularning gaplashadigan gaplari ham yoʻq! Kelib-kelib shu xotin uning tushiga kiribdi-ya, tagʻin deng, shundoqqina yonida xotini, bolalari borligiga qaramay qayiqda uchib, uning boshini aylantirishiga nima deysiz? Keyinchalik, u oʻzining oʻshandagi asabiylashgani sabablarini anglash uchun bu haqda bot-bot xayolga tolardi: bu ahmoqona tush koʻrganidanmidi yoki bevaqt uygʻonganligidanmi, balki Xandon bilan boʻlgan sayr faqat tush boʻlgani uchun alam qilgandir.

Nozimaxonim uni ovqatga chaqirgani keldi. Rafiqbey xuddi uyqudan uygʻongandek choʻchib ketdi. Tashqariga qaradi: shahar chiroqlar ogʻushida charogʻon edi. Xona esa qop-qorongʻi. Qaranga, u tun bostirib kelganini payqamabdiyam!
— Bolalar kelishdimi?—deb soʻradi xotinidan.
— Qachonlar kelishgan edi. Dasturxon atrofida sizni kutib oʻtirishibdi.
— Soat necha boʻldi?
— Salkam toʻqqiz, bugun ovqat ham birmuncha kechikdi.
— Negadir ovqat yegim kedmayapti, Nozima.
—Oʻtakamni yormasangiz-chi? Sizga nima boʻldi? Munday ochiq-yoriq gapirsangizchi, axir?
— Hech narsa, hechqisi yoʻq.

Rafiqbey oʻrnidan turdida, xotini bilan pastga yoʻnaldi. Nurten bilan Yilmaz dasturxon atrofida ovqatlanib oʻtirishardi. Rafiqbey endi mum tishlab oʻtirishni oʻziga ep koʻrmadi. U dastlab Yilmazga murojaat qilishga qaror qildi:
— Xoʻsh, qayerlarda daydib yuribsan?

Yilmaz tarelkadan oftobda kuyib, qop-qorayib ketgan yuzini koʻtarib:
— Klubga bordim,— dedi.— Ertaga matchga ketaman.
— Qayoqqa?
— Bursuga.

«Bursuga, Nozima aytgan ayolning oldiga emasmikin, ishqilib?»—deya oʻyladi Rafiqbey. Aftidan, onasiga ham oʻgʻlining Bursuga dambadam qilib turadigan safari yoqmaydi, shekilli.
— Oʻgʻlim, — dedi ona. — Balki, yaxshisi, bormay qoʻya qolasanmi-a?

Yilmaz oʻz xarakterini koʻrsatib qoʻymoqchi boʻldi shekilli, atayin baland ovozda:
— Nega endi?! Nega endi hamma borishi mumkinu menga mumkin emas ekan? — dedi.

Suhbatga Nurten aralashdi:
— Oyi, uning ishlariga aralashib nima qilasiz. Yoki oʻgʻlingizni komandadan haydab yuborishlarini xohlaysizmi?
— Albattada —deya uning gapini ma’qulladi Yilmaz. — Komandada mensiz ham ikkita markaziy hujumchi bor. Mening borolmay qolishimni toʻrt koʻzlab kutib turishibdy. Ey yoʻq, unaqasi ketmaydi!

Ovqatdan keyin Rafiqbey yana oʻz xonasiga koʻtarildida, oyna qarshisidagi kresloga choʻkdi. Nurten unga qahva keltirib berdi. Qizi uning oldiga likobni qoʻyayotganda Rafiqbey koʻz qirila uni kuzata boshladi. Qizini, sohibjamol, deyish mumkin edi. Baland boʻyli, shaffof koʻzli, oqsariqdan kelgan. Katta-katta binafsha gulli koʻylagi ham oʻziga juda yarashgan. Ammo-lekin, yoshi yigirma sakkizga kirib qolgan boʻlsa ham, hamon turmushga chiqmagandi. Darvoqe, buning qanday ahamiyati bor? U oʻzini qattiq hayajonlantirgan imzosiz xatni esladi. Xatda, xususan, Nurten keksayib qolgan puldor kishi bilan don olishishini, u bilan hashamdor restoranlarga borishi hamda mashinada shahar tashqarisiga sayr qilishi haqida yozilgan edi. Avvaliga Rafiqbey xatni xotiniga koʻrsatishni ep bilmadi, lekin kunlardan bir kuni azonda, soat beshlarda yurak sanchigʻidan uygʻonib ketib, chidab turolmadida, xotinini ham uygʻotib bor gapni aytib berdi. Shunisi ajablanarliki, Nozimaxonim bu xabarga oʻta xotirjam munosabat bildirdi.

«Qizchaning dushmanlari koʻpligini bilmaysizmi, har baloni toʻqiyverishadi. Bu yerda tushunmaydigan hech narsa yoʻq?!»— dedi u loqaydlik bilan va oʻsha zahoti yana uxlab qoldi. Bunday javobni eshitgach, u ham xotirjam tortdi.

Qoʻshni xonadan jaz muzikasining ovozlari eshitildi. «Qizim radioni qoʻydi, shekilli», — toʻngʻilladi Rafiqbey va tentaklarcha oʻzi bilan oʻzi gaplashayotganiga jilmayib qoʻydi. Nurten radiodan jaz muzikasi tinglayapti. Yilmaz karavotda yotgancha sport jurnallarini varaqlayapti va oʻzini raqib darvozasiga pushkadek toʻp kiritayotgan futbol qiroli, deb tasavvur qilib ohista suyunyapti. Nozimaxonim oshxonada idish-tovoq yuvish bilan band.

Rafiqbey hamon oʻzini tang ahvolga solib qoʻygan sarosimalik hissidan qutulolmay garang edi. U dengiz sathida jimirlayotgan chiroqlarga qaragancha, bugun ertalab boʻlgan voqeani xotinimga qanday qilib aytsam ekan, deb oʻylardi. Yuragini bosib turgan ogʻir yukdan xalos boʻlish uchun hozir aytsamikin yoki hali yotishgandami? Gapni nimadan boshlasaykin? Aksiga, miyasiga hech narsa kelmasdi. Balki, yaxshisi, hammasini bir boshdan gapirib bergani ma’quldar.

Ertalab, Rafiqbey odatdagidek kanselyariyada paydo boʻlishi bilanoq, hamkasblari unga jiddiy, shu bilan birga gʻamgin qarashayotganini sezdi-yu, lekin buning sababini bilolmadi. Tushga borib yuragini baxtsizlikning ogʻir hissi qamrab oldi. Bu his qay tomondan kelishini bilolmay dogʻda edi. Keyin uni direktor huzuriga chaqirishdi. Direktor stulga oʻtirishni ishora qildi, Rafiqbey oʻtirishdan bosh tortdi. Shunda direktor oʻrnidan turib, deyarli majburan uni oʻtkazdi. Birmuncha vaqt ular bir-birlariga soʻzsiz tikilib qoldilar. Bir oz titroq ovozda direktor Rafiqbeyning benuqson xizmati bilan oʻzini koʻrsatganligi, shuning uchun ham dam olishga toʻla huquqliligi hamda oʻrtoqlari uni hech qachon unutmasliklari haqida balandparvoz nutq irod qildi.

Hammasini qanday boʻlgan boʻlsa shundayicha gapirib berish kerakmikin? Balki, xotini ham xuddi oʻziga oʻxshab avvaliga nima gapligini anglab yetmasa kerak. Bu yanayam yaxshi! Eri endi ishlamasligiga asta-sekin koʻnikkani durust yoki yaxshisi, umuman, hech nima demagan» ma’qulmikan? Ertalab odatdagidek uydan chiqib ketib magazinma-magazin tentisa, ogʻaynilarining oldiga borib gap sotsa, shoxlari tarvaqaylagan daraxt tagiga joylashgan sevimli qahvaxonaga kirib oʻtirsada, kechga tomon uyga qaytsa-chi? Yoʻq, boʻlmaydi. U umri bino boʻlnb xotiniga yolgʻon gapirmagandi. Endi nima maqsadda aldashi kerak? Axir kasalni yashirsang, «sitmasi oshkor qiladi-ku! Yaxshisi, ertalabgacha sabr qilish kerak. Tun dahshatli, ertalab quyoshning yorqin nurlari ta’sirida hammasi butunlay boshqacha ta’sir koʻrsatadi. Shunday qarorga kelgach.u nihoyat tinchlandi. Yana qulogʻi shangʻillab, koʻz oldidan oʻtmishdoshlarining chehralari oʻta boshladi. Yorqin, hayajonlantiruvchi, dam quvonchli, dam qaygʻuli, lekin shu bilan birga koʻngilga orom beruvchi esdaliklar xuddi oxiri yoʻq kinofilmdek birin-ketin oʻtib borardi.

U kreslodan turganda, uy sokinlik ogʻushida edi. Barcha xonalar qop-qorongʻi edi. U koʻchaga qaradi, boshqa uylarda ham chiroq oʻchgandi. Faqatgina dengizda olis nurlar miltillab turardi. U devordagi soatga qaradi —tungi uch boʻlgandi. Rafiqbey hovliga chiqdi. Qiya ochiq eshikdan oʻgʻlining xurragi eshitilardi. Uning hech qanday ayol bilan aloqasi yoʻq. Nozima hammasini ichidan toʻqib chiqargan. Ertaga bolakay Bursuga boradida, xudo biladi, mazkur matchda qancha ajoyib toʻp urarkan. Toʻsiq ortida Nurten uxlamoqda. U qiziga qarash uchun ichkariga kirdi. Balki, koʻylak, tufli, atirlar tushiga kirayotgandir. U haqdagi mish-mishlarning ham hammasi uydirma! Birovlarga yumaloq xat yozishdek yaramas odat borda dunyoda. U ohista yotoqxonaga kirib bordi. Nozimaxonim karavot chetida yonboshlab yotardi. U yana qaytib chiqdi-da, hamma xonalarni aylanib chiqdi. Derazalarni berkitdi, gaz plitaning kranlarini tekshirdi, kuldondagi kulni toʻkdi. Keyin uzoq vaqt derazadan tun qa’riga tikilib qoldi. «Ertaga, demak, aytaman»,— deb shivirladi u. Uning xotini va bolalari osoyishta uyqu ogʻushida edilar. Ularning chehrasi xotirjam edi. U ohista va sharpasiz xonama-xona yurgancha, uxlayotganlarning chehrasiga qarardi. Yotoqxonaga qaytib kirgach, u kostyumini yechdida, taburetkaga oʻtirdi.

Qalbining chuqur qa’ridan qaynoq toʻlqin koʻtarilib kelmoqda edi. «Balki, shuning oʻzi baxtdir», — deb oʻyladi u. Qizi, oʻgʻli va xotini uxlayotgan uning uyi — tunning tuganmas daryosida suzib ketayotgan kema demakdir. Ertaga ertalab, quyoshning dastlabki nurlari bilan birga ular yangi qirgʻoqda boʻlishadi.