OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Safar Kokilov. Artist (hajviya)
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiArtist (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Artist (hajviya)
Safar Kokilov

– He-e, oshna, ishimning nimasini soʻraysan. Chatoq, chatoq. Yigirma yillik hayotim ostin-ustun boʻlib ketdi-ku. Men oʻzi hech omadi chopmagan odam ekanman-da...
– Ha, namuncha, hasratingdan chang chiqmasa?!
– Ish joyimda tinchlik yoʻq, oshna, tinchlik. Mana bir oy boʻlayotibdiki xuddi qil koʻprik ustida turgandayman. ?ragimni hovuchlab yuraman. Gapiramanmi, yozamanmi, barisini oldindan repetitsiya qilib olaman...
– Ie, nega endi? Nima, artist boʻlib ketdingmi?
– Artist?! Oh-oh, ayni topib aytding-da. Xuddi oʻzi. Artistman... Lekin, afsuski, bu yangi rolimga hech koʻnikolmayotibman. Nima qilay, axir, oldingi rolimda naqd yigirma yil oʻynagan edim-da. Yod boʻlib ketgandi. Yana biroz vaqt boʻlganda shu rolimdan nafaqaga chiqib ketgan boʻlardim-a. He attang... Boʻmadi. Bu rahbarlarga ham hayronsan. Sal yoqmadimi, shartta oladi-qoʻyadi.
– Hoy doʻstim, nima deyayotibsan oʻzi?! Bundoq tushuntirib gapir. Kimni oladi? Nega oladi?...
– He-e, eski yaramga tuz sepib nima qilasan, oshna. ... Xoʻjayinimdan ayrilib qoldik, oshna, xoʻjayindan. Shuncha yildan beri soyalaridan bahramand boʻlib, unib-oʻsi-ib kelyatuvdim...
– Ie, nima, oʻldimi? Kasalmidi?...
– He, battar boʻldi. U kishini ishdan olishdi. Ketdi. Tamom. Soyai-davlatimizdan ayrilib qoldik. Voy-voy-eey, endi nima qildim-ey... Voy, pushti-panohim-ey, armon bilan tashlab ketgan akam-e-ey...
– E-e, sekinroq-e. Atrofdagilar qarashyapti. Bu yer axir oshxona-ku. Sekinroq... Xuddi otang oʻlganday yigʻlaysan-a. Ketsa ketibdi-da bir rahbaring. Yana birovi keladi. Ishlayver-da kim boʻlsa ham... He seni qara-yu...
– Ho-o, yigʻlamay boʻladimi? Otam qilmagan yaxshiliklarni qilgan. Otamdan ulugʻ edi. Hah, shoʻr peshonam-a... Endi qanday yashayman. Qanday ishlayman. Tanimagan, sirdosh boʻlmagan odamga qanday qilib kulib qarayman, qanday qilib egilaman. Boshim qotgan. He-e, avvalgi xoʻjayin juda vallomat odam edi-da. Oʻzi qatori meni ishga olgan. Ikkovmiz bir tan-bir jon edik. Bir mayizni boʻlib yer edik. Yoʻq, yoʻq, kattarogʻini unga berganman. Nima ish qilar boʻlsa meni chaqirib maslahat soʻrardi. «Parpiboy undoqmi, Parpiboy, bundoqmi». U kishining soyasi edim, soyasi. Boshqa odamlar ishi boʻlsa, avval menga uchrashardi:
– Parpiboy, xoʻjayinga aytib qoʻying...
– Parpiboy, bir yordam qilib yuboring...

– Qarang-a, davr kelsa bir kelarkan-da. Hammasi sovun koʻpigiday paq etdi-yu yoʻq boʻldi. E, voh! Endi boʻlsa, mana, nima qilishni bilmay boshim qotgan. Oʻzi asli vazifamning ham tayini yoʻq edi. «Fuqaro mudofaasi»dan oylik olardim-u, bunday olganda, xoʻjayinning ish boshqaruvchisi edim. Xotinim esa xoʻjayin mehmon kutadigan mehmonxonada oshpaz edi. Mayda chayna-ab yeb yotgan edik. Bu boshliq kelgandan beri... Uf-f, davleniya boʻlay deyapman. Allambalo hujjatlarni soʻraydimi-ey. Yigirma yildan beri hech kimga kerak boʻlmagan «Grajdan mudofaasi» endi kerak boʻlib qoldi. Hammaning taqdiri shunga bogʻliq emish. Tavba! Umrimda koʻrmagan «protivogaz» degan narsani soʻraydimi-ey... He, savil juda maydakash ekan. Odam xoʻjayin deyishga til bormaydi. He, savlatingdan oʻrguldim. Qiltiriq... Jir yoʻq. Pastkashligini qarangki, hamma qatori oshxonaga chiqib ovqatlanadimi-ey. Yo tavba! Umrim oʻtib bunday rahbarni koʻrishim. Xizmat mashinasi turib, ishga piyoda keladi. Ichmas, chekmas emish... Qarang, shunday rahbar ham boʻlarkan-da. Tili zahar, faqat kamchilikni topib soʻkkani-soʻkkan. Kabinetma-kabinet yurib, oʻzi ma’lumotnoma yigʻadi. Sekretari bor, boʻmasam. Ataylab shunday qiladi, ishlayotibdimi, yoʻqmi deb. He-e, hammaning dardi ichida. Hamma oʻzini ish bilan ovutadi-da, boʻmasam, yashash qiyin... Bir kuni burnimni kavla-ab, xayol surib oʻtirsam, kirib qoldi. Bir savil qogʻozni soʻradi, topib berolmadim. Oʻzi yoʻq edi-da Bir nima deb gʻoʻngʻillab ketdi, oʻtakam yorilayozdi. Keyin bilsam, «sizni oʻqitish kerak» degan ekan-e, men esa uning gapini «sizni yoʻqotish kerak» deb eshitib, labimga uchuq toshib uch kun kasal boʻlib qoldim desangiz. ?ragim hozir ham tez uradigan, sanchadigan boʻlib qolgan. He-e nimasini aytay, ishdan ketay desam, boʻlak ishni eplay olmayman. Dalada ketmon chopishga boʻyin tob bermaydi, xullas arosatda qoldim, oshna, arosatda... Hay mayli, men endi boray. Tushlikdan kechikib borsang ham biron bahona topadi, Ishqilib, qildan qiyiq axtarib tepib yuborguncha yangi rolimda oʻynab turaychi... Chiqsa chiqdi, chiqmasa tamomda-e. Sahna bilan xayrlashamiz-da, nachora... Hih-hih-hi-hi...