OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiAyb doʻstimning doʻstida…
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ayb doʻstimning doʻstida…
Safar Kokilov

Har kungi odatimni kanda qilmay, gazeta sotadigan kioskadan yangi gazeta olib varaqladim. Ne koʻz bilan koʻrayki, toʻrtinchi betda bir yozuvchi oshnam toʻgʻrisida yarim betlik maqola chiqib turibdi-da. Kioskadan uzoqlashmay, gazetani yutoqib oʻqishga tushdim. Obbo, doʻstim-ey! Qoyil, qoyil! Molodets! Gazetada uning yangi kitobi chiqib, kitobxonlar qoʻliga tekkani haqida yozilib, soʻng muallif kitob ichidagi hikoyalarga sharhlar yozgan, umuman rosa maqtagan edi. Goʻyo mening kitobimni maqtagandek rosa xursand boʻlib ketdim. Ozgina gina ham qildim. Axir, yaxshimi-yomonmi bordi-keldi qilib yurardik, kitobi chiqib allaqachon kitobxonlar qoʻliga tegibdi-yu, men endi, yana tagʻin gazetadan bilib oʻtirsam-a. Yana oʻzimga «hay» berdim. Doʻstlarda gina boʻlmaydi. Tezlikda hali uydan chiqmasdan borib uni tabriklab kelaman. Doʻst degan otimiz bor-a. Taksi ushlab unikiga uchdim. Yettinchi qavatga halloslab chiqib, qoʻngʻiroqni uzoq bosib turdim. Doʻstim hovliqib eshikni ochdi va meni koʻrib:
– Ha, tinchlikmi? – dedi.
– Oʻzingdan soʻrasak, tinchlikmi yoki ... – dedim uni kulib bagʻrimga bosarkanman, – E, doʻst ham shunday boʻladimi. Men yaqin doʻst boʻlaturib yangiliklarni koʻchadan, gazetalardan oʻqib bilsam-a. Tabriklayman-e...

Men unga gazetani uzatib, toʻrtinchi betni koʻrsatdim. U gazetani qoʻlimdan shoshib oldida bunday koʻz yugurtirib, birdan koʻzi olayib ketdi:
– Nima? E, e, e ... Hali ...

U shunday degancha apil-tapil koʻcha kiyimlarini kiya boshladi.
– Ha, ha, tinchlikmi? – hayron boʻlib qoldim.
– Men hozir, – degancha u uydan otilib chiqib, zinapoyadan pastga qarab oʻqday otilib tushib ketarkan menga qaramasdan baqirdi:
– Uzr, hali kitobim chiqqani yoʻq...

Men izidan angrayib qoldim...

Soʻng eshitsam, u gazetadagi bir doʻstiga kitobi haqida oʻzi taqriz yozib, «nomingdan chiqaraver» deb tayinlab qoʻygan ekan. Doʻstimning doʻsti tushmagur sal shoshibdi...

Men doʻstimga ishonaman.

Ayb doʻstimning doʻsti-da...