OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiElchiga oʻlim yoʻq (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Elchiga oʻlim yoʻq (hajviya)
Safar Kokilov

Ular avval kichkina bir xonaga yigʻilishdi. Eshikni ichkaridan tambalashdi. Soʻng shu korxonada qirq yildan beri ishlayotgan, sochlariga oq tushgan, afti gʻijimlangan qogʻozday Darozov pingʻillab gap boshladi.
-Shu desangizlar, men juda yaxshi bilamanki, obuna boʻlish ixtiyoriy! Masalan chet ellarda... obuna qilishga hech kimning haqqi yoʻq...
-Toʻppa -toʻgʻri aytasiz, aka. Qari bilganni, pari bilmas degani shu-da. Men yuz poiz qoʻshilaman gapingizga...-deydi baqaloq, tepakal Gurjiev, ogʻzining burchagidan doim oqib turadigan soʻlagini qoʻli bilan artar ekan:- Axir bizda ham endi demokratiya-ku. Har kimning erki oʻz qoʻlida boʻlsa...
-He, har yili ahvol shunaqa. Ming dod voy degan bilan baribir majburlab obuna qildirishaveradi.-deydi mingʻillab boshini egib oʻtirgan Muloyimxonov.
-Yana tagʻin qaysi goʻrdagi kerak emas gazeta-jurnallarga obuna qilganiga oʻlaymi. Tavba!-deydi ingichka ovozli, xipchabel, qoraqosh Kaltaev.
-Boʻldi, oʻrtoqlar! Endi bunga chek qoʻyish kerak. Yuqorida shikoyat yozamiz, tamom-vassalom!-dedi stolni mushtlab Darozov aka.
-Shunday qilish kerak. Dardimizni eshitadiganlar bordir yuqorida...-deb, uni qoʻllab-quvvatladi baqaloq Gurjiev
-Yoʻgʻ-e, darrov yozish shartmikan –a?! Avval boshliqning oldiga bir kirib chiqsak boʻlmasmikan. Balki uning bu gaplardan xabari yoʻqdir. Barisini anovi bosh hisobchi bilan kassir qilayotgandir...-
-Uyoq-buyogʻiga qoʻrqa-pisa qaragancha mingʻirladi Muloyimxonov .
-He-e, bari bir goʻr. Hammasining tili bir, boshliq ham ular bilan... - chiyilladi Kaltaev
-Bu gap ham ma’qul-bosh irgʻadi Darozov:- Boʻpti, avval boshliqqa kiramiz. Vaziyatni shunday-shunday deb tushuntiramiz. Obuna boʻlmaymiz. Obuna ixtiyoriy deymiz. .. Koʻnmasa, yuqoriga yozamiz deymiz-da. Toʻgʻrimi? ... -Toʻgʻri shunday qilish kerak-dedi Gurjiev.
-Xoʻsh, kim kiradi boshliq oldiga?-hammaga bir-bir qaradi Darozov.
-Aka, oʻzingizdan yaxshisi yoʻq bu yerda. Kattamizsiz. Gapni bilasiz. Oʻzingiz kiring aka- dedi Kaltaev uni yelkasini silab.
-Yoʻq. Men kirmayman-dedi qat’iy ovozda Darozov bosh chayqab:- axir men yaqinda nafaqaga chiqib ketaman-ku. Sizga nima demaydimi? Men kirolmayman...
-Muloyimxonov kirsin boʻlmasam. Qachon qarasam xotinlar bilan til topishib yuradi. Demak gapni biladi-da-dedi Gurjiev koʻz qisib.
-He qoʻy-e. Shunday boʻlgan bilan qoʻrqoq. Boshliq oldida tili kalimaga kelmay qoladi. Boshliq senga xotin emas-ku, aylantirsa...Boʻmaydi-dedi Darozov va qoʻshib qoʻydi:- Kaltaev eplaydi. Shu kira qolsin.

Ha-a ana topdik. Kaltaev kirsin. Shu ichimizda eng dadilroq. Gapni ham oʻxshatib gapiradi. –dedi birdan jonlanib Gurjiev.
-Voy, qanday boʻlarkan. Nima deyman?-Qiyshangladi Kaltaev.
-Ha, aytdik-ku endi. Shartta kirda, men jamoa nomidan elchi boʻlib keldim degin. Shunday –shunday, Biz obuna boʻlmaymiz, tamom-vassalom... qoʻrqma, izingda mana biz bor. Oʻsha yerda eshik orqasida turamiz. Qolaversa, elchiga oʻlim yoʻq degan gaplar bor... Boʻpti, qani, bor boʻlmasam,-Darozov shunday deb oʻrnidan turdi. Ular yetaklashib korxona boshligʻi kabineti tomon yurishdilar. Kattaevni orqasidan itarib-itarib boshliq xonasiga kirgizib yuborishdi-da, goʻyo qochib chiqmasin degandek eshik orqasidan yelkalab itarib turishdi. Butun vujudlari quloqqa aylanib kuta boshladilar.

Kattaev boshliq xonasiga kirdi. Oʻziga tanish gavdalik, semizligidan xoʻkizga oʻxshab pishillab, toʻrdagi stolda nimadir yozayotgan boshliqqa koʻzi tushganidanoq eti jimirlashib, tili kalimaga kelmay qoldi. Dir-dir titray boshladi. Boshliq unga bir qarab qoʻydi-da, yozishdan toʻxtamasdan,
-Xoʻsh, nima gap?-dedi gulduragan ovoz bilan. Kattaev choʻchib tushdi va qaltirayotgan qoʻli bilan ogʻzini artgan boʻlib, tomogʻini qirib oldi.
-Men... Shu... Haligi... Elchiman...-dedi Kattaev qaltiragan ovozda.
-Nima?-Boshliq yozuvdan bosh koʻtarib qoʻlidagi ruchkasini stolga tashladi-da, stol suyanchigʻiga yastanib olib, unga vajohat bilan tikildi.
-Elchiman deysanmi? Qanaqa elchi? Tuzuk gapir, chigirtkadek chirillamay...
-Men, jamoamiz xodimlari nomidan elchi boʻlib kelgan edim, oʻrtoq boshliq...-dedi Kattaev chiyillab:-Tashqarida ham odamlar bor...
-Hmm, elchiman degin, xoʻsh chaqirmaysanmi qolganlarni ham. Chaqir tezroq. Meni vaqtim tigʻiz. Hozir hokimiyatga borishim kerak...-Boshliq shunday deb oldidagi qogʻozlarni yigʻishtira boshladi. Kattaev yugurib eshikni ochdi va kabinetdan tashqariga chiqdi. Karidorda hech kim yoʻq edi. Hovliga chiqib qarasa, sheriklari binoning narigi burchagida hadaha ketib borishardi. Chaqirgan edi «Oʻzing kiraber, biz yoʻqmiz» degandek qoʻli bilan imo-ishora qilishdi-da, ura qochishdi. «Voy ablaxlar-ey». Endi nima qildim...»

Kattaev boʻyniga arqon solingan buzoqdek taysallay-taysallay yana boshliq oldiga qaytdi.
-Sheriklar ketib qolishibdi,-dedi yerga qaraganicha.
-Xoʻsh, elchiboy, nima darding bor edi. Oʻzing gapiraver unda... Qoʻrqma, elchiga oʻlim yoʻq. Gapir...-miyigʻidan kuldi boshliq.
-Men ... haligi ... shu obuna masalasida...

-E-e, shunday demaysanmi. Obbo, buncha chaynalasan. Hoynahoy yana qoʻshimcha gazetalarga obuna boʻlamiz deb kelgan boʻlsalaring kerak-da. A?! Topdimmi?
-A?!... Ha! Yoʻq... E-e, shunday-shunday...
-Juda yaxshi . Mana men hozir hokimiyatga shu obuna boʻyicha hisob bergani borayotgan edim. Yaxshi boʻldi. U yerga borib «bizning xodimlar yana... xoʻ-oʻsh, yana yigirmata gazetaga obuna boʻlishmoqchi. Oʻzlari tashabbus koʻrsatib, kelib aytishdi deyman. Molodets! Yashanglar! Qani endi hamma shunday boʻlsa. Boʻpti. Arzlaringni qabul qildim. Borib ayt jamoangga. Katta bizni qoʻllab quvvatladi degin. Obunaga koʻnmaganlar ishdan ketish haqida arizasini yozaversin ekan de. Obuna- bu davlat ahamiyatidagi gap! Hamma ixtiyoriy-majburiy obuna boʻlar ekan degin. Boʻpti bor, bor. Men ham shoshib turibman...

Kattaev tashqariga otilib chiqdi. Yelkasidagi ogʻir yukni tashlagandek, chuqur nafas olib qaddini rostladi. Bir yutinib qoʻydi. Soʻng xushtak chalib, ishxona tomon tez-tez yurib ketdi. Katta binoning burchagida uni kutib turgan sheriklariga qarab, labini choʻchchaytib, chiyilladi.
-He oʻrgildim sizdaqa elchilardan baloga meni itarib, qochish ekanda,a?!
-Ha endi biz senga ishonamizda, uka-dedi Darozov qiypanglab:
-Xoʻsh, aytingmi dardimizni?
-Aytdim...
-Xoʻsh, nima dedi?
-Nima derdi. Gapimni ma’qulladi...
-Yoʻgʻ-e?!-koʻzi qinidan chiqqudek boʻldi Gurjievning.
-Nahotki?!-ogʻzi katta ochilib ketdi Muloyimxonovning
-Xoʻsh, obuna nima boʻldi?-betoqlanib soʻradi Darozov.
-Nima boʻlardi. Boʻldi. Yana yigirmata har xil gazetalarga obuna boʻlar ekanmiz. Ixtiyoriy-majburiy ekan. Obuna boʻlmaganlar arizasini yozsin ekan...
-A?!
-Nahotki?!
-Yigirmata?!

Ular ancha vaqtgacha boshiga tayoq tekkan mollarday qayoqqa yurishini bilmay sermalanib qolishdi. Nihoyat, Darozov tilga kirdi.
-He, elchi boʻlmay oʻl-e...
-Kechirib qoʻyasizlar meni. Elchiga oʻlim yoʻq ogʻainlar. Boʻlganim shu... Oʻzlaring...

-He, seni elchi qilganlarning ham uyi kuysin-e...