OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Safar Kokilov. Eshak (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiEshak (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Eshak (hajviya)
Safar Kokilov

U avvallari xirmon qorovul, tabelchiga yordamchi – egat oʻlchab beradigan va idoraga kunlik terimning hisobotini yetkazuvchi, dalada samovor qaynatuvchi lavozimlarida ishlagan. Shoʻro armiyasiga chaqiruv qogʻoz tarqatgich boʻlgan. Endi esa gʻisht zavodda gulax boʻlib ishlayapti. Bir kecha – kunduz ishlaydi, ikki kun dam oladi. Xotini kamqon, kamquvvat boʻlganiga qaramasdan dalada ishlardi. Beshta bolasi bor. Uni-buni bahona qilib bechorani tepkilar, uraverib mayib qilib tashladi. Nihoyat, xotinning akalari undan ajratib, bolalari bilan oʻzi yonlariga olib ketishdi. Endi u yolgʻiz. Boʻsh vaqtida hovli eshigi oldida oʻtirib oʻtgan-ketganga itini «olkishlab« oʻtiradi. Salomga alik olmaydi. Oʻzi ham salom bermaydi. Koʻpchilik oʻtirgan uyga kirib kelganda oʻzi ham salomsiz indamay kirib oʻtiraveradi. Birov yarim qoʻl uzatsa, qoʻlining uchini berib qoʻyadi. Qoʻli muzdek. Koʻzlari mushukning koʻzidek, burni tanqaygan, shalponquloq bu zot qishin-yozin yoʻl-yoʻl mayka ustidan harbiycha kostyum kiyib yuradi. Yagʻiri chiqib ketgan. Uzi aytishicha, "suv osti kemasida xizmat qilganda" toʻkilib ketgan taqir boshida burchaklari titilib ketgan ola doʻppisi bor. Koʻngli ham nozikroq, tanbexni koʻtarolmaydi. Mahalla faollarini »ax tuflar» deb oʻzicha nazar-pisand qilmaydi.

Qishloqda nima koʻp-toʻy, maraka koʻp. Hammadan oldin boradi. Davraga oʻtirib oladi-da:
– Qani opkel. Nimang bor? – deb sabrsizlik bilan baqiradi. Oldiga quyilgan kosadagi shoʻrvaga nonni rosa toʻgʻrab, boʻktirib yeydi. Barmoqlarini shapillatib yalaydi. Dasturxondagi qand-qurslarni ikki-uchtadan qilib ogʻziga tashlaydi. Oxirida qolganlarini choʻntagiga tiqadi. Soʻng yonida oʻtirgan odamning oldidagi choynakni soʻrab oʻtirmasdan olib, choy ichadi. Boshqalarga uzatash yoʻq. Choynak boʻshagach, qopqogʻini shaqillatab, yana choy chaqiradi. Qorni ham, koʻzi ham toʻygach, oʻzini devor tomonga tashlab, kalish kiyaverib qorayib, hidlangan oyogʻini kimningdir yonboshiga uzatadi-da, davrada boʻlayotgan suhbatni dabdurustdan buzib qoʻshiladi:
– Hey, menga qaranglar. Men bu hayotdan koʻp yashab, bir narsa ni koʻp kuzatdim. Oxiri tushundim-ey. Bu eshak degani kuniga bir necha marta hangramasa turolmas ekan-ey. Ichi qisilib ketsa kerak-da„ Har kuni oʻzimning eshagimni yetaklab sugʻoraman. Anhorga borguncha «hingq-hingq» qilib ketaveradi. Ana hangradim, mana hangradim deganida tumshugʻiga qoziq bilan bir tushuraman. Jim boʻlib qoladi. Birozdan soʻng yana xingqillay boshlaydi. Yana uraman. Yana tinchiydi. Yana birozdan soʻng... Xullas, oxiri mening qanday qilib ongimni oladi-da, hangrab yuboradi, ukkagʻar. Demak, bu eshaklar hangramay turolmas ekan-ey...

Davraga odamlar kelib-ketib turibdi. Oʻtirganlar narxu-navodan, ob-havodan, dunyoviy gaplardan gurung qilishsa, u qayga-qayta oʻzining oʻsha bashoratadan – eshakning hangramay turolmasligidan soʻzlayveradi. Kimdir kuladi. Kimdir sekingina «He, xangramay oʻl», deb qoʻyadi. Oʻzi turib ketmaguncha uni hech kim davradan chiqarib yuborolmaydi... U esa yonboshlab oladida, kemshik tishlarini koʻrsatib baland ovozda yana boshlayda...