OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiIkki odam - ikki olam (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ikki odam - ikki olam (hajviya)
Safar Kokilov

Kitobim chiqdi. Bir donasini «Muallifdan» deb yozib, unga taqdim etdim. Uning koʻzlari porlab ketdi. Meni quchoqlab oldi. Qoʻllarimni uzoq qisib turdi.
— Tabriklayman. Tabriklayman. Juda xursandman. Ijodingizga baraka... – derdi hayajonlanib. Kitobni varaqladi.
— Oʻh-hoʻ. Zoʻr, zoʻr. Jildini qarang-a. Qanday chiroyli. Rasmlari ham tiniq chiqibdi. Varaqlari oppoq qogʻozdan ekan. He, yashang. Kam boʻmang. Gʻayrat qiling. Buni shu bugunoq oʻqib chiqaman. rahmat...

Uning maqtovlaridan qanot chiqarib uchdim. Oʻzimda yoʻq xursand boʻlib, buning kabinetiga kirdim. Allakimga idora hujjatlarining kseronusxasini sotib, narxiga tortshiib turgan ekan. Kitobimning bir donasini bunga ham «Muallifdan» deb yozib, uzatdim. Buning koʻzlari ham chaqnab ketdi. Bir menga, bir kitobga tikilarkan, qovoq-tumshugʻi osildi. Koʻzoynagini taqib, kitobni varaqladi:
— Ixm. Brashurangiz necha pulga chiqdi?

Aygdim. Bu labini burib qoʻydi.
— Oʻh-hoʻ. Rosa qimmat-ku? Endi buni qanday sotasiz?
— Oʻrtoklar yordam berishadi...
— Ancha foyda qilsangiz kerak. Boy boʻlib qolasiz.
— Toʻgʻrisi, meni ma’naviy tomoni koʻproq qiziqtiradi.
– He-e, gapda, – bu kitob varaqlashda davom etdi: – Jilti uncha yaxshi chiqmabdi-ya. Rasmlari ham xira. Qogʻozi uchinchi sortmi deyman... Ye. Manovi yerda bitta vergul qolib ketibdimi. Ana. Bu notoʻgʻri...

U noyob narsa topib olgandan birdan xursand boʻlib, qoʻlini bigiz qilganicha, ma’nodir ta’kidladi:
– Bu no-toʻgʻ-ri-i. Xato!

Soʻng beoʻxshov tirjaydi:
— Boʻpga. Tashlab keting. Tekshirib qoʻyaman. Tanqidiy fikrlar biddirib yozsam xafa boʻmaysiz-da. Xix-xix-xi-xi-xi...
— Bemalol. Sshday odamning fikri bizga qadrli.

Buning oldidan qanotiga oʻq tekkan qushday boʻlib chiqdim. Unisi oddiy til-adabiyot oʻqituvchisi, bunisi esa tuman gazetasining muxbiri edi.