OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiJahli tez odam (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Jahli tez odam (hajviya)
Safar Kokilov

Ishga besh minut kech kelganim uchun boshligʻimiz 20 foiz ish haqidan ushlansin deb buyruq chikaribdi. Ba’zi odamlar soatlab, kunlab ishga kelmay qoladi-yu... Oʻzingiz bilasiz, mening jahlim tezroq. Birdai qizishib ketdim. Kotiba qizning «xay-hay»lashiga qaramasdan shartga eshikni ochib, ichkariga bostirib kirdim. Meni koʻrib boshliqning rangi oʻchdi. Oʻchmay ham koʻrsin-chi. Yugurib borib giribonidan ilib oldim.
– Xoy bola, oʻrmagingni yigʻasanmi, yoʻqmi? Yigʻmasang, oʻzim yigʻaman. Nega muncha menga osilib qolding?! Nima, indamasa qoʻrqadi deyapsanmi? A?!..

U dagʻ-dagʻ titraydi. Qip-qizarib ketgan. Tili kalimaga kelmaydi.
— Yana bir marta shunday qilsang, oʻzingdan koʻr. Onangni uch qoʻrgʻonidan koʻrsataman. Tushundingmi? Tushundingmi deyapman? – deb koʻrsatkich barmogʻimni koʻziga tiqqiday qilib niqtadim.
– Ha, ha. Xoʻp, xoʻp. Xoʻp, aka. Uzr. Uzr Bshtmabman. Boshqa qaytarilmaydi. Jon aka. Chin soʻzim. Bir martaga kechiring...

Rangi devorday oppoq boʻlib, qoʻli koʻksida, yarim bukilganicha meni kuzatab qoldi... Yoʻq, yoʻq Kuzatib qolsa deyshim kerak. Axir men xayol suryapman-ku.

Shirin xayollarimdan havollanib beshinchi marta boshliqning eshigani ohista chertdim. Soʻng eshikni qiya ochib ichkariga bosh suqdim:
– Mumkinmi?

Katta xona toʻrida kresloga yastanib olganicha telefonda kim bilandir berilib suxbatlashayotgan boshliq men tomonga koʻz qirini tashlab, qoʻli bilan «chiq, chiq, xalaqit berma» degandek ishora qildi. Men yana qabulxonadagi divanga chiqib oʻtirdim...

Birozdan soʻng eshik ochilib, boshliq xonasidan chiqdi. Irgʻib oʻrnimdan turdim. Ust-boshimni tuzatib, ikki qoʻlim koʻksimda unga moʻltillab tikildim. Lekin u oldimdan indamay oʻtib ketdi. «Nega turibsan» ham demadi. Aqalli men tomonga bir qarab qoʻymadi. Men yana divanga choʻkdim... Yoʻq, yoʻq. Oʻzingiz bilasiz jaxlim tezroq, Birdan lovillab ketdim, desangiz. Ye. Bu nima degan gap? Izidan yetib bordim-u, shartta yelkasidan ushlab, oʻzimga qaratdim-da... He, ogʻzimga kelganini qaytarmay aytdim oʻziyam. Rosa soʻqdim.
– Hozir kelaman, aka. Kechiring, aka. Uzr, aka. Hozir. Bir minutga. Jon aka. Zahar tang qilgan edi. Shunday kiraman-u, chiqaman. Hozir aka... – derdi u chotini ushlab tipirchilarkan. Oʻziyam rosa yalinib-yolvordi. Yoqasini qoʻyvordam. Boʻpti. Borib kelsin-chi.

Harqalay rahbar, tagʻin ishtoniga...

Men uning qaytib kelishini kugib, xayol sura-sura koʻzim ilinibdi. Turtkidan uygʻondim. Tursam, boshimda farrosh ayol pol yuvadigan tayogʻini koʻtarib turibdi.
– Turing. Kun kech boʻldi. Hamma ketdi. Bu yer sizga gastinsa emas, – desa boʻladimi.

Oʻzingiz bilasiz, jahlim tezroq. Shartga oʻrnimdan turdim-u, baqirib ketdim.
– Nega turtasan? Nima haqqing bor. Sen kimsan oʻzi? Boʻlsang bir farrosh boʻlibsanda. Ye. Biring boshliqman deb turtkilaysan, biring... Nima? Andeshaning otini koʻrqoq deyapsanlarmi? Senlarga koʻrsatib qoʻyaman. Suyangan togʻing kim oʻzi? A?! Ayt, kim? Oʻsha boshliqmi? Ikkovingni ham yoʻqotaman. Yozaman. Kuningni koʻrsataman. He, sendaqa...

Rosa soʻqdim. Erkak kishi boʻlgandami, urardim ham. Farrosh ayol bir ogʻiz ham gap qaytarolmay, dagʻ-dagʻ titraydi. Faqat koʻziga zoʻr beradi. Toʻgʻri-da. Oʻzingiz bilasiz, jaxlim tez. Shunday boʻlgach, men bilan ehtiyot boʻlib muomala qilsin-da...