OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiKimyoviy hodisa (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Kimyoviy hodisa (hajviya)
Safar Kokilov

Eshigining orqasiga «Ordinatorskaya» deb yozilgan keng xona. Oʻrtadagi stolda qarama-qarshi oʻtirgan qiltiriqday ikki kishi shoshib nimanidir yozmoqda. Ular hozir bir nima sodir boʻlishini kutayotgandek, qandaydir ovoz eshitilishi kerakdek, butun vujudi quloqqa aylanib, sergaklanib qoldi. Xonadagi jimlikni devordagi soatning imillab chiqillashi buzardi. Oʻtirganlardan avval bittasi, soʻng ikkinchisi «taq» etib, stolga yoz ruchkasini tashladi va bir-biriga savol nazari bilan tikilib qolishdi.
– Erirmikan-a?!
– Bilmadim, har qalay erisa kerakda...
– Erir-e?!...
– Ha, endi bu yogʻi sizga bogʻliqda. Ishlovni yaxshi oʻtkazgan boʻlsangiz.
– Bu yogʻini-ku qotirganmiz-a... Hatto kechaning oʻzidayoq biroz qiyshayganday boʻldi-yu, men darrov ishni toʻxtatib, bugunga qoldirgan edim-da.
– Xa-a... Unday boʻlsa, boplabsiz. Kecha qiyshaygan boʻlsa, bugun yiqiladi.
– Bilmadim, bilmadim... Kecha kecha edi. Bugun esa yana qotib qoldimi, deyman-da. Mana soat ham 12 boʻldi. Haligacha natija yoʻq...
– Ha, endi, erish ham oson emas-da. Tayyorgarlik davri degandek...
– Oʻziyam... Juda qattiq ekan-da. Yumshatguncha, rosa terlaganman... Erish kerak... Koʻnglim sezib turibdi-ya...
– Sizga ishonaman... Yana yarim soat kutaylik-chi... Sabrning tagi oltin.
– Shunday-ku-ya... I-e... Bu yoqqa qarang... Ana... Eribdi...
– Xa-a... Eribdi. Eribdi... Ofarin sizga...

Oppoq xalat kiygan bu ikki kishi sevinchidan goʻyo keng xonaga sigʻmas darajada birdan «semirib ketishdi». Bir-birining qoʻlini qisganicha eshikdan tugun koʻtarib kelayotgan «mijoz»ga qarab tirjayishdi...