OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Safar Kokilov. Konsilium (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiKonsilium (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Konsilium (hajviya)
Safar Kokilov

Sigaret tutunga toʻla katta xonada oq xalat kiygan bir necha oʻta jiddiy qiyofadagi kishilar ertalabdan beri munozora qilishadi.
– Yoʻq, yoʻq. Men ololmayman. Bemorning dardi jarroxlik emas. Uni terapevt olsin. – dedi sakkizinchi marta soʻz olgan jarrox Jovliev.
– Ye, nega endi? Bemor chisto infektsionniy-ku?! Tagʻin izidan hech kimi yoʻq ekan. Uni yuqumli kasalliklar boʻlimiga yotqizish kerak. Tamom-vassalom. – e’tiroz bildirdi terapiya boʻlimi boshligʻi xoʻppasemiz Qorbosdiev.
– Hech qachonda. Bemorning barcha dardi oʻpkasida-ku. Uni sil kasallar boʻlimiga yotqizish kerak. – dedi infektsionist pashsha qoʻriyotgandek qoʻl siltab.
– Rentgentda sil belgisi koʻrmadim. Dardi jigarida. U terapevtniki. – dedi oʻninchi marta toʻngʻillab Toʻngʻizboev.
– Hechamda. Asli hamma gap yurakdan. Uni kardiolog olaqolsin. Palatasi boʻshab yotibdi. – dedi Qorbosdiev boshqalarga koʻz qisib.
– Prichyom bu yerda yurak. Bemorning qorni taranglashgan-ku?! Yasno. U jarroxlarniki. – dedi qoshini suzib kardiolog Kurraev.
– Ha, aytgancha, yaxshisi bemorni reanimatsiyaga yotqizsak-chi?! – dedi nihoyat jarrox Jovliev. - Hammamiz navbat bilan borib koʻrib turardik...
– Bekorlarning beshtasini aytibsiz. Hisobot-chi?! – dedi mudrab oʻtirgan reanimatolog oʻassolov birdan chiyillab. - Oʻlimning hisoboti yana mening boʻynimga tushadimi? Yoʻq, yoʻq, boʻmaydi. Sil boʻlsa, ftiziatr olsin-da-e...
– Yoʻq. Meniki emas. Infektsionist olsin.
– Bemor terapevtniki.
– Bekor aytibsiz, u kardiologniki.
– Yoʻq, u jarroxniki...

Kun peshindan ogʻdi. Ular esa...

Nihoyat eshik shiddat bilan ochilib qabulxona xamshirasining boʻgʻriqqan yuzi koʻrindi.
– Mumkinmi?
– Xoʻsh?! Nima gap?..

Hamma unga tikildi.
– Duxtur, koridorda kechadan beri yotgan bemorning tanasini nima qilaylik?
– A?!..

Konsilium ishtirokchilari xamshiraga bir zum hayrat bilan tikilib qolishdi. Soʻng yuzlaridan xayrat yoʻqolib, oʻrniga mamnunlikka oʻxshagan bir ifoda paydo boʻldi.
– Oʻldimi-ey?!
– He, bechora-ey...
– Oʻzi juda ogʻir edi-da...
– Ha-a. Nachora, bandachilik...

Soʻng duxturlar bir-biriga qarashganicha bir ovozdan xamshiraga javob qilishdi:
– Qaerga boʻlardi, oʻlikxonagada. Morgga...

Xamshira yugurib ketdi. Xonada oʻtirganlar ham sekin qoʻzgʻolishdi. Uy-uyiga...