OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Safar Kokilov. Ma’ruza (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiMa’ruza (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ma’ruza (hajviya)
Safar Kokilov

Ertalabdan beri kallasi xumday, qorni meshday Mallaev uyida. Oʻzi magʻrurlanib «kabinetim« deb ataydigan, kitoblarga liq toʻla bir necha javon va stol-stullar bilan toʻldirilgan kichkina bir xonada ertaga katta yigʻinda oʻqiydigan ma’ruzasiga tayyorlanib oʻtiribdi. Xotini ketma-ket damlab kirayotgan issiq koʻk choydan xoʻplab-xoʻplab, tarelkadagi "rachki" konfetidan chaynab-chaynab ishlamoqda. Ertangi yigʻinga yuqoridan xam »kattalar» qatnashadi degan gap bor. Shunga yarasha tayyorlanmasa ham boʻmaydi-da, Oldida Ibn Sino, Navoiy, Umar Xayyom, Suxomlinskiy, Makarenko asarlari, Qur’oni sharif, hadislar toʻplami va yana bir qancha kitoblar u yer-bu yeridan varaqlari buklangan holda qalashib yotibdi. U oppoq qogʻozga hali u kitobdan, hali bu kitobdan kerakli joylarini koʻchirar va ba’zan oʻzidan ham toʻqib, qoʻshib yozib qoʻyardi.

"...Yosh bola bilan muomala qilganda qoʻpollik qilmaslik kerak. Xuddi katta kishilar bilan gaplashgandek e’tibor bilan gaplashish kerak. Chunki, yosh bola oʻta ta’sirchan, koʻngli nozik boʻladi. Arzimagan bir gap va xarakat bilan yosh bolaning asablarini yoshliqdan mayib qilib qoʻyish mumkin. Shuning uchun...

Shu payt xona eshigi ochilib ikkinchi sinfda oʻqiydigan qizi kirib keldi. U nimalarnidir berilib yozayotgan otasiga qarab, gapiraymi, yoʻqmi deb biroz taraddudlanib turdi-da, soʻng sekingina dedi:
– Dada. Matematikamni koʻrib bering. Manovi misolni yecholmayotibman.
– Obbo...

Axir har lahza ganimat boʻlib, fikrlar endi jamlanib, ishi yurishib turgan vaqtda birovning halaqit berishi ortiqcha edi, albatga.

Mallaevning rangi boʻzarib-qizarib ketdi. Yozuvdan bosh qoʻtarmay, oʻshqirdi:
– Yoʻqol. Kallamni achitma. Ish qilyapman. Vaqtim yoʻq.

Qizi nima qilishini bilmay yigʻlab yubordi. Soʻng chiqib ketdi.

«Matematika deydi-ya. Bu yerda olamshumul gaplar bitilayotgan bir paytda-ya. He, sadqai sar yigʻlasa. Qiz bola yigʻlasa, koʻzi qora boʻladi...»

Mallaev yana fikrini jamlab, ilhomi joʻsh urib, ma’ruzani yozishda davom etdi: «...ya’ni masalan oʻtkan allomalarimiz aytishlaricha yosh bola tarbiyasi oʻta nozik masalaki...»