OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Safar Kokilov. O-o buyuk buyuk…
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiO-o, buyuk, buyuk…
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





O-o, buyuk, buyuk…
Safar Kokilov

Boʻlimimiz faoliyatini yorituvchi bir devoriy koʻrgazma tayyorladik. Pastrogʻida ozroq boʻsh joy qolgan edi. Men oʻzim yozgan she’rdan,

    «Mustaqil yurt odamlari sogʻ boʻlsin,
    Qalbi pok shifokorlar bor boʻlsin»

deyilgan bir bandini koʻchirib, yozib quydim. Koʻrgazmani devorga ildik. Hammaga yoqdi.

Bir necha kundan soʻng shifoxonani tekshirgali kelgan tuman rahbarlaridan biri bizning boʻlimizga ham toʻsatdan kirib keldi. Yangi arboblardan. Kalondimogʻ. Chet el mashinasida yuradi. Ilgari benzin quyish shoxobchasida sotuvchi boʻlib ishlardi. Soʻng ish joyini xususiylashtirib oldi. Zamona zayli bilan hokimlikda muovinlardan biriga aylandi.

U boʻlimni aylanib tekshirgan boʻldi. Kamchiliklar topib, tuzatishni buyurdi. Devordagi koʻrgazmani ham nazardan qochirmadi.
– Manovi soʻzlarni kim aytgan? Afturini yozib quyish kerak, – deb buyruq berdi. Boʻlim mudirimiz maqtandi:
– Oʻzimizda ishlaydigan bir duxturimizning soʻzlari. She’r yozib turadi.

Birdan rahbarning koʻzlari olayib, qoshlari chimrildi:
– Nim-ma? Qanaqa duxtur? Bunaqa stendlarga buyuk kishilarning soʻzlari yozilish kerak. Tezda oʻchiring. Oʻzgartiring. Bir soatdan soʻng qaytib kelib tekshiraman...

Boʻlim boshligʻimizning rangi oʻchib, menga qaradi:
– Endi nima qilamiz?
– Bir iloji topilar. Oʻzimga qoʻyavering, – dedim uni yupatib.

Soʻng oʻylab-oʻylab, «bilsa – hazil, bilmasa – chin» dedim-da, haligi soʻzlarning tagiga «Sappariano. Italyan faylasufi», deb yozib qoʻydim. Rahbar janobi oliylari bir soʻzli ekan, qaytib keldi. «Qani, nima der ekan» deb, hammamiz yurak hovuchlab turibmiz. U oʻqidi va birdan yuzi yorishdi:
– Ha-a. E-e-e. Bu soʻzlar italyan faylasufining soʻzi ekanmi? Ana. Aytmadimmi. He, sizni qarang-u. Oʻzimizning duxturniki deysiz-a. Oddiy duxtur shunday buyuk gaplarni aytaolarmidi. O-o, bu italyan faylasuflari juda-a zoʻr boʻlishganda. Qarang-a. Gaplari naqd hozirgi zamon ruhida aytilgan ekan-a. O-o, buyuk. Italyan faylasuflari juda buyuk. Kamissar Kattani ham shulardan-da. A?! Koʻrganmisiz?
– A?! Kim? – boʻlim boshligʻi soʻrashga jur’at qildi: – Katani?
– Ha. Kamissar Kattani-chi. Mikela Plachido. He-e, oʻlganda men ham plachit qilganman. Oʻh-hoʻoʻ, mafiyani rosa qiyratadi-ku. Lekin baribir oʻzini ham oʻldirishdi-ya. Zoʻr, zoʻr-da. U yoqda mafiya ham zoʻr, faylasuflari ham buyuk. O-o, buyuk, buyuk...

Rahbar boʻlimdan koʻtarinki kayfiyatda chiqib ketdi. Boʻlim mudirimiz xursand. Biz esa ... kulib qolaverdik.