OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiOlamshumul yangilik (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Olamshumul yangilik (hajviya)
Safar Kokilov

— Mamat brigadir uyiga bir pritsep xashak tushiribdi...
— Qoʻying. Bu mayda-chuyda gap.
— Sulaymon qorovul jamoa bogʻining olmalarini oʻzimniki deb har bozor chiqarib sotadi.
— Buyam mayda-chuyda.
— Raimov-chi? Mudir boʻlgandan beri fermadagi sara hoʻkizlarni sotib yeb, oʻrniga jaydarilardan toʻldiribdi. Bu endi aniq fakt.
— He-e, nima qilamiz oʻzimizni sharmaida qilib. Ishqilib joyini toʻldiribdi-ku. Mayda- chuyda. Siz menga shunaqa gap ayting-ki, olamshumul boʻlsin.
— Jamoamizda hech kim ishga qiziqmay qoldi. Hamma oʻzining tomorqasida...
— Uf-f, juda injiq ekansiz-da. Shuyam gap boʻldi-yu. Nima, oylik, maosh boʻlmagach, odamlar ochidan oʻlsinmi, tomorqasiga ishlaydi-da. Buning nimasi yangilik? Hammaga ma’lum gap-ku.
— Traktorchilar, haydovchilar-chi? Jamoaning mashinasi va traktorida «levak» ishlashadi. Qancha benzin, solyarka...
— Ha, endi, «zapchast»ni oʻz choʻntagidan sotib olgach, foydalanadi-da. Qoʻying, mayda-chuyda gaplarga parvo qilmang, dedim-ku.
— He-e, siz ham qoʻying-e. Muxbirman deysiz, fakt kerak deysiz. Aytganlarimning barini mayda-chuyda deysiz. Tushunmay qoldim. Nima ham deymiz, biz oʻzi mayda odammiz, bilganimiz ham shuda. Agar sizga kattaroq gaplar kerak boʻlsa, ana, rais bovadan – kattamizdan soʻray qoling. Qaerdan topaman deysizmi? Hoʻ, ana, xoʻjalikning mehmonxonasida, dam olib, kun boʻyi bilyard suradi...
— Nima, nima? Bilyard? Yoʻgʻ-e? Rais bilyard oʻynaydimi? Zoʻr-ku. E, sizni kerang-u, nega darrov shuni aytmadingiz? Axir bu olamshumul yangilik-ku. Rais bilyarl oʻynasa-yu, siz sskin gapirasizmi? Axir bu jamoa xoʻjalitada madaniy-ma’rifiy va sport ishlari besh degani-ku. Exxe-e... tasavvur qiling-a... Sport maydonlari. Madaniyat uyi, futbol, shaxmatchilar klubi. Ayni hozirgi zamon ruhida-ya. Ana yangilig-u, mana yangilik. Olamshumul yangilik. Vax-xa... He, yashavoring, akam...