OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiQabulxonada (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qabulxonada (hajviya)
Safar Kokilov

Eshigiga «hakimlar xonasi» deb yozilgan xonada navbatchi doʻxtur kresloga yastanib olganicha berilib televizordan futbol oʻyinini tomosha qilyapti. Asabiylashib tez-tez sigaret chekaverganidan xona ichi tutunga toʻla. Oʻyin avjida. Doʻxtur har zamon «ha boʻl, chop, tep» deb qiyqirib qoʻyadi. Xonaga kirib kelgan hamshiraga e’tibor ham bermaydi.

-­ Doʻxtur, hoy, doʻxtur. Qabulxonaga bemor keldi. Nima qilay?

Doʻxtur ikki koʻzi televizorda, qoʻl siltaydi.

-­ Oʻtqizib qoʻy. Soʻng... ha, ha, ur, ur...

-­ Bemor qoʻshni tumandan ekan.

-­ Oshir deyapman, oshir. Ha, tep. Unda yotqizma. Oʻzlariga borib yotsin...

-­ Doʻxtur, bemorni oʻzimizning tez yordamda olib kelishdi-da. Bizning tumanga mehmonga kelib kasallanib qolganmish.

-­ Unday boʻlsa, yotqiz. He, kallang qursin. Qayoqqa tepayotibsan?..

-­ Izidan hech kim kelmabdi. Dori-darmonlarning haqini toʻlashga puli ham yoʻq ekan.

-­ He, unda kutib tur. Oʻtqizma. Tekinga qiladigan dori bormi unga. Chop, chop...

-­ Ahvoli ogʻirga oʻxshaydi. Doʻxtur, oʻzingiz ham bir koʻrasizmi?

-­ Ogʻir boʻlsa, yotqizda. Nega qarab turibsan? Tep. Yugur. Bor. Boshni qotirma, koʻryapsan-ku, bandman, ­ dedi doʻxtur hamshiraga qarab jerkinib. ­ Oshir bu yoqqa.

Hamshira chiqib ketdi. Doʻxtur boshidagi qalpogʻini olib tizzasiga urdi. U muxlislik qilayotgan komanda yengilayotgan edi.

-­ Uf-f. Oʻyinni ham rasvo qilishdi. Trenerni haydash kerak. Ablahlar. Tekinxoʻrlar...

Shu payt yana hamshira qiz hovliqib chopib kirdi va tovushini balandlatib dedi:

-­ Doʻxtur, deyman, doʻxtur...

-­ Ha, nima? Namuncha baqirasan? Qoʻyasanmi oʻzi, yoʻqmi? Bu yoqda oʻzi oʻyin rasvo boʻlib turganda...

-­ Doʻxtur, bu yoqda bemor ham...

-­ Xoʻsh? Nima boʻldi? Oʻtqiz dedim-ku?!

-­ Bemor oʻlib qoldi...

-­ Ha, unda yotqizma. Qaytarib yubor. A?! Oʻlib qoldi?!

-­ Ha, oʻldi. Ogʻayinlari ham ustiga kelib qolishdi. Janjal qilishyapti. Doʻxturni chaqir, deyishyapti. Nega birinchi yordam koʻrsatmadi, deyishyapti. Nima qilay? Doʻxtur, nima qilay?

-­ Obbo. Bu yogʻi ham rasvo boʻlibdi-ku. Men-chi? Men nima qilay? ­ deb doʻxtur koʻzlari ola-kula boʻlib oʻrnidan turib ketdi. Tashqaridan odamlarning baqirgani, tapir-tupur ovozlar eshitildi.

-­ Doʻxtur, siz endi qoching. Mana bu shkafga kiring...

Doʻxtur deraza yoniga boradi. Hamshira baqiradi.

-­ Voy, qayoqqa? U yoqqa emas, bu yoqqa, voy, bu yer ikkinchi qavat. Doʻxtur, tashlamang. Shoshmang...

Derazadan tashqarida gursillagan va doʻxturning «voy-voy»lagan ovozi eshitiladi. Hamshira boshini ushlab baqrayib qoldi.

-­ Voy, oʻlmasam. Endi nima qildim. Uf-f. Endi doʻxturning oʻzini yotqizaman, shekilli...

Hamshira shunday deb tashqariga yugurdi...