OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiQozon boshiga hujum (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qozon boshiga hujum (hajviya)
Safar Kokilov

Bir kuni oʻzimizning xoʻjaliqdan boʻlgan Tullakov degan odam bilan uchrashib qoldim. U yer-bu yerga ishga kirib, ishni ham yolchitmay, ogʻirning ustidan yengilning ostidan yuradigan bu kishi qoʻlida bir-ikki daftar koʻtarib yurgai ekan.
— Qani, Tullakov aka, tinchlikmi? Daftar qalam koʻtarib yuribsizmi? Nima savodning chalasi bor ekanmi? Yana oʻqiyapsizmi? - dedim hazillashib.
-Savod-ku chiqqan. Lekin bu daftarlar boshqa maqsad uchun...

Bu yerda paktlar bor. Paktlar... - dedi u sirli ohangda, allaqanday viqor bilan.
— Yoʻg-e?! Yana bir ishning boshini tutgan koʻrinasiz, avzoingizdan. Nima gap?
— He, koʻrmaysizmi. Bizning xoʻjalik raisi oʻzining bir toʻda yaqinlarini atrofiga yigʻishtirib, qozonning boshiga oʻtirib olgan. Choʻmich qoʻlida. Aylanib ham ichadi, oʻrgilib ham ichadi. Qolganini urugʻ-aymogʻiga beradi. Nima, bizlar yerdan chiqqanmi? Aybimiz nima oʻzi? Xudoga shukur, oʻninchini tugatgak boʻlsak. Yozish qoʻlimizdan keladi. Ukkagʻarlarning ustidan pakt toʻpladim. Yuqoriga bir yozib, yegan-ichganini zahar qilmasam, otamning oʻgʻli emasman...
— Ha-a, shunaqami?! Toʻgri, toʻgʻri. E, qozon boshiga hujum deng, aka...
— Ha, shunday desa ham boʻlaveradi. Haqiqat qaror topmaguncha qoʻymayman. Dunyo beega emasdir, yuqorida soʻraydiganlar bordir. Nima dedingaz?
— Ha, bor, bor. Faqat yozganlaringiz oʻz isbotini topsa-da.
— He-e, topdiramiz. Mana bu yerda barisi yozilgan. Kim qancha yegan, qancha ichgan. Barisi pakt...
— Ha, unda ishlaringizga omad, ~ deb qoʻydim uning gaplariga uncha ishonqiramasam ham. Oʻshandan beri oylar oʻtdi, yil oʻtdi.

Taqdir taqozosi bilan yana uchrashib qoldik. Oldimga sariq rangli «Jiguli« mashinasi shitob bilan kelib, »gʻiyq» etib toʻxtadi. Choʻchib qarasam, oʻsha, Tullakov. Semirib, qorin qoʻygan. Oʻsha paytdagi qoshiqday yuzlari shirmon nonday poʻrsillab turibdi. Tirjayib kelib, koʻrishdi.
— Ha-a, muxbir uka. Qandaysiz endi, soʻragandan beri?..
— Ie, assalomu alaykum, Tullakov aka. Oʻzingizdan soʻrasak? Juda oʻzgarib ketibsiz-a?!.
— Ha, endi. Yuribmizda uka, jamoa ishlari bilan degandek...

Shunday deb Tullakov bir kekirib qoʻydida, choʻntagidan gugurt choʻpi chiqarib tishining orasini kavlay boshladi.
— Tullakov aka, hoʻ oʻshandagi gaplar amalga oshdimi, ishqilib?
— Qaysi gaplar? Chto-to esimda yoʻq.
— Hoʻ-oʻ, oʻsha gap-da... Qozon boshiga hujum-chi?! Xoʻjalik rahbarlari xoʻjalikni talon-taroj qilyapti. Yeb ketdi, ichib ketdi. Yozaman. Haqiqat qilaman deb yurganingaz-chi?!..

Tullakov qah-qah urib kulib yubordi.
— Ha-a, oʻsha gaplarmi? Obbo, siz-ey. Pamit ham zoʻr ekanda-a?! He-e, u gaplarni hal qilib yuborganmiz,
— Xoʻsh, xoʻsh. Nima boʻldi? Muttahamlar jazosini oldimi? Haqiqat qaror topdimi?
— He, boʻmasam-chi. Oʻsha gaplardan soʻng jamoaga ombor mudiri boʻlib oʻtdik-da... – dedi gerdayib, ikki yelkasiini kerib.
— A?! Yoʻgʻ-a?! He, qoyil-e. Oʻsha yeb-ichganlarning birovining joyini olibsizda, unda.
— Ha, shunaqa boʻldi. Oʻsha gaplardan sal keyinroq bir kuni rais chaqirtiribdi. Kimdir niyatimni yetkazgan, shekilli. Uning har qadamda shipyonlari bor. Xullas, chaqirib: «Uka, keling, gina-kudrat boʻlsa, unutaylik. Siz oʻzi nazarimizda bor edingiz. Mana vaqti soati keldi. Birga ishlaylik. Sizni ombor mudiri qilib tayinladim. Oldingisi sal noinsofroq chiqdi, ishdan oldik. Bir ishlab oʻzingizni koʻrsatsangiz. Buyogʻi oʻzimiz yordam beramiz», - deb qolsa boʻladimi. Na iloj... Raisning oʻzi shunday deb turgach... Oʻlib turgan ekan demasin deb, biroz tarang qilib turdim-da, soʻng rozi boʻldim.... Mana, oʻshandan beri ishlab yuribmiz jamoaning bir chetiga ilashib, degandek...

Shunday deb Tullakov yana qornini selkillatib, huzur qilib kuldi.
— E-e, qozonning bir chetiga ilashib deng. Obbo, siz-ey. Demak siz izlagan haqiqat ham shu ekan-da?! Qassobga moy qaygʻu, echkiga jon qaygʻu degandek, rais sizga qarashib yuboribdi-da...
— Shunday, shunday. Unga jon qaygʻu... Xix-xix-xi-xi...

Men ham zaharxanda kulib, dedim:
— Endi, ishqilib, yana birov asl haqiqatni yuqoriga yozib yubormasa deng, sizni ham qoʻshib...
— He-e, yozolmaydi. Mendaylar kam bizning jamoada- dedi u viqor bilan.
— Nega endi? Uchrab turadi. Masalan, mana biz yozamizda endi, sizni, Tullakov aka...-dedim unga sinovchan tikilib.

Uning birdan rangi oʻchib, dami chiqqan pufakday boʻshashib ketdi.

— A?! Yoʻg-e?! Hazillashmang-e. Qoʻying, uka, bu gaplarni. Yuring, bir choy ichaylik. Anovi yerda zoʻr palov qiladi-da... -deb Tullakov mening qoʻltigʻimdan oldi. Men ham biroz tarang qilib turdim. Soʻng qoʻltiqlashib qozon boshiga karab ketdik.