OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiQuruq havas (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Quruq havas (hajviya)
Safar Kokilov

Boʻlim boshligʻi ishdan olindi. Yaxshi yigit edi. Lekin uzoq ishlamadi. Kattalar boʻlimga yangi mudir izlashayapdi. Men ham shu boʻlimda yigirma yildan beri ishlayman. Hamkasblarim meni hurmat qilishadi. Hammasi boʻlmasayam, juda koʻpchiligi «Agar bizdan soʻrashsa edi, boʻlimga sizni boshliq boʻlsin deb aytardik. Afsuski...» deyishardi. Oʻzim ham bilaman. Boshliq boʻlsam eplab ketaman. Ishning koʻzini bilib qolganman. Lekin negadir rahbarlarimizdan hech biri meni surishtirmaydi.

Bir kuni betimni qattiq qilib, uzoq qarindoshchiligi ham boʻlgan, kattaning oʻng qoʻli, muovini Qoraqulogʻovga yorildim.
— Oʻrtoq Qoraqulogʻov. Meni yigirma yildan beri bilasiz. Oraga tushing. Kattaga ayting. Boʻlimga meni boshliq qilib saylasin. Boʻlimda ahvol xarob. Jonim achishganidan... Meni toʻgʻri tushuning-u, agar men boshliq boʻlsam, ishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyardim. Ishoning. Kattaga shunday deb aygsangiz...
— Yoʻq. Boʻmaydi. Siz boʻlolmaysiz., – dedi dabdurustdan Qoraqulogov ma’nodor bosh chayqab.
— Nega endi? Ishni eplay olmaydi deyayotibsizmi? Axir anovi ishdan olingandan oʻlsam oʻligim ortiq-ku?! Mendan yaxshisini topa olmaysizlar. Men vijdonli odamman. Yuzingizni yerga karatmayman. Kattaga aytavering.
— Bilamiz, bilamiz. Ishni eplashga eplaysiz. Lekin... Iloji yoʻq. Yoʻq.
— Nega? Nega iloji yoʻq? Yoki boshqa odam topildimi?
— Xe, yoʻgʻ-e. Hozircha munosib odam chiqmadi. Lekin siz ham boʻlolmaysiz. Boʻmaysiz. Men sizga toʻgʻrisini aytsam, siz serzarda odamsiz. Qiziqqonsiz. Oʻzingizdan mansabi kattalar bilan gaplashishni bilmaysiz. Kattalar tanbeh berayotganda indamay turolmaysiz. Murosa qilmaysiz. Xafa boʻlmang-u...
— Shuginami?
— Men uning gapini boʻldim:
— Bu qiyin ish emas. Toʻgʻirlasa boʻladi. Boʻpdi. Bugundan boshlab indamay yuraman, indamay turaman. Hech kim bilan tortishmayman. Oqni qora deyman, qorani oq deyman. Kelishdik. Xe, bir oraga tushing. Ishonchli odam deng...

Qoraqulogov qovogʻi ochilib, biroz yon berganday boʻldi. Hayriyat. Yelkamga qoʻl tashlab, oʻziga tortdi va qulogʻim tagida astagina dedi:
– Unday boʻlsa... Xoʻp. Boʻpdi. Oraga tushganim boʻlsin. Kattagaga aytaman. Sizni saylaymiz. Gap yoʻq, Lekin bigga sharti bor... Oʻzingizdan qolar gap yoʻq. Avval bitta qoʻy soʻyib, kattalarga ziyofat qilib berasiz. Kattamizga bir sidra kiyim. Qurugʻidan ham... Xa, endi muovinlarga ximmatingiz. Axir, lavozim ham tekinga berilmaydi-da. Nima dedingiz?!

Mening rangim oʻchdi. Miyamga qon urildi.
– Nima? Ie, nega endi? Hali men amalni sotib olamanmi?!...

Qoraqulogʻov birdan kulib yubordi. Mendan uzoqlashdi.
– Ana, ana. Aytmadimmi. Mana shu-da. Hatto hazilniyam tushunmaysiz-u. Siz boshliq boʻlolmaysiz dedim-ku. Boʻlolmaysiz. Quruq havas bilan ish bitirib boʻlmaydi, oshno, boʻmaydi.

Boshqasini topamiz...