OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Safar Kokilov. Reportaj (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiReportaj (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Reportaj (hajviya)
Safar Kokilov

Musiqa yangraydi.

Togʻlar. Dala. Eshak mingan bola. Qishloq. Oʻrtada qora toʻn, telpak kiygan basavlat, ikki beti qip-qizil kishi tilla tishlarshsh koʻrsatib turibdi. Jikkakgina, qorachadan kelgan, sochi qirqilgan, shim kiyib olgan qiz uning tumshugʻi tagiga mikrofon tutib turibdi.
— Rais bova. Marhamat qilib mahallangizda amalga oshirilayotgan ishlaringiz haqida teletomoshabinlarga gapirib bersangaz,
— Ixm. Xoʻp. Avvalo, assalomu alaykum. Mahallamizga kelib bizni xursand qilganingiz uchun sizga katta rahmat, singlim. Qolaversa, mahallamiz tumanda eng ilgʻor, ibratli mahalla xisoblanadi. Odamlarimiz bir-biriga ogʻaini, inoq yashashadi. Har xil tadbirlar, toʻylar oʻtkazib turamiz. Qariyalardan xabarlashib turamiz. Xoʻ-oʻsh, yana nima desam ekan. Shuda-e...
— Rais bova, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish qay ahvolda.

Shular toʻgʻrisida... Faqat qisqaroq...
— Xoʻp, xoʻp. Mahallada ikkita doʻkon bor. Supermarket. Unda chet elda chiqadigan hamma narsa bor. Jinsi deysizmi, shortik deysizmi. Banan, apelsinlar tiqilib yotibdi. Ichimlik tur-turi

bilan bor. Har xil saqich, shokoladlar. Yaqinda un va shakar opkelamiz deb turibmiz.
— Sartaroshxona bormi? Choyxonachi? Barisini aytavering.
— Bor, bor. Choyxona ham bor. Bilyardxona bor. Pivnoy bar, video bar. Hammasi bor.
— Yaxshi, yaxshi. Sizning mahallangizda homiylar, saxovatli kishilar ham bormi?
— Bor, bor. Shu aytganlarimizning barisiga fermer Donaev Eshmurodboy homiylik qiladi. Uning mol fermasi bor. Qassobxonasi bor. Yaqinda kolbasa tsex qurmoqchi. Xoʻ-oʻsh, yana nima desam ekan. Endi singlim, maqganganday boʻlmaylik., Yaxshisi xalqdan soʻrang, xalqdan.
— Aziz teletomoshabinlar. Koʻrib turibsizki, mahalla raisi juda kamtarin inson. Boʻpti. Yuring, Yuz eshitgandan bir koʻr deganlar. Mahallani aylanib koʻramiz. Biron ibratli xonadonlarga

ham kirsak. Turmushlari bilan tanishsak.
— Marhamat. Yuring. Manovi ikki qavatli uyga kira qolaylik.
— Juda yaxshi. Yuring, kiramiz. Oʻx-xoʻ, Neksiyasi bor ekan. Yaxshi. Mana bu faravonlik belgisi. Ana aziz tinglovchilar, ishlagan minadi-da. Bu kimning uyi?
— Bu tadbirkor fermer Donaev Eshmurodboyniki.
— Rais bova, endi mahalla ahli bilan ham suhbat qilsak. Fikrlarini bir bilsak degan edim.
— Marhamat. Mana tanishing. Mahallamizning eng keksa otaxonlaridan.
— Otaxon, oʻzingizni tanishtirsangiz.
— Bolam, men Donaev Xolmatman. Yoshim 86 ga kirdi. Shu raisning soyasida yashab turibmiz. Umridan baraka topsin. Biz undan rozimiz.
— Xola, siz ham oʻzingizni tanishtiring.
— Bolamjon, meni Donaeva Misqolmomo deyishadi. Shu cholning gaplariga yuz parasan qoʻshilaman. Rais yaxshi yigit. Issiq-sovugʻimizdan xabarlashib turadi. Yaqinda Tashkandan jimpir, kalish opkeldi.
— Rais bova, mahalladan moddiy yordam olayotganlardan bir-ikkitasini aytsangiz.
— Xoʻp, xoʻp. Masalan, Donaev Marqa, Donaeva Misqol, Donaev Olim, Donaeva...
— Boʻladi, boʻladi. Sizlarda kam ta’minlangan oilalar ham bormi. Shular haqida ham„.
— Kam ta’minlangan oilalardan Donaev Murot, Donaeva Misqol, Donaev Olim va boshqalar yordam olib turibdi. Berib turibmiz borini...
— Katga rahmat sizga, rais bova. Mana mahallangiz bilan ham tanshpib chikdik. Aytgangizcha bor ekan. Maxallangiz haqiqatdan ibratli ekan. Hamma sizdan rozi ekan. Mahalla ahli kelgusi yil ham sizni raislikka saylashsa xato qilmaydi deb oʻylayman. Sizga omad. Mana, aziz teletomoshabin oʻrtoqlar, sizlarga Donoobod mahallasi va uning fuqarolar yigʻini raisi Donaev Eshmurodning ish faoliyati haqida olib borgan lavhamiz oʻz nihoyasiga yetdi. E’tiborlaringiz uchun rahmat. Yana oynai jahon orqali uchratshuncha xayr. Viloyat televideniyasi uchun maxsus. Jurnalist Donaeva. Tasvirchi Donaev.

Musiqa yangraydi. Yana togʻlar. Yana dala. Yana eshak mingan bola. Yana qishloq. Oʻrtada yana oʻsha...