OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiShoshilinch chaqiriq (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Shoshilinch chaqiriq (hajviya)
Safar Kokilov

Ertalab. Soat 10-00.

Tez yordam boʻlimida telefon jiringlaydi. Oq xolat, qalpoq kiygan navbatchi (dispetcher) boshqaruvchi goʻshakni koʻtardi.
– Da. Tez yordam eshitadi.
– Familiyang nima?
– Familiyamni nima qilasiz? Xizmat boʻlsa aytavering, yozib olaman.
– Senga familiyangni ayt deyapman.
– Siz kimsiz oʻzi?
– Men hokimiyatdanman. Familiyangni ayt, tez!
– Navbatchi boshqaruvchi Aliev eshitadi. Xoʻsh xizmat?
– Nega darrov shunday demaysan? Kimsan? Duxturmisan oʻzi?
– Ha. Feldsherman. Nimaydi?
–Menga bosh hakim kerak. Tez top!
– Bosh hakim yangi ochilgan ambulatoriyaning faoliyati bilan tanishgali ketgan. Tushlikdan soʻng kelib qoladi.
– Unda kelsa ayt. Toʻxta. Qogʻoz-qalam olib, yoz.
– Ayting.
– Xoʻsh-sh. Tezlikda hakim muovining uyiga koʻz ogʻriqqa qarshi tomchi doridan 2-3 dona olib borsin. Tezlikda. Yozdingmi? Shu bugundan qolmasin. Tayin ayt. Familiyang nimaydi?
– Alievman. Yozib oldim. Yetkazaman.
– Shunday boʻlsin. Aytib quyay. Familiyang Aliev ekan. Yozib oldim. Agar unutsang, oʻzingdan koʻr. Hokimiyatning topshirigʻini bajarmagan deb, ishdan xaydataman-a. Bildingmi?!
– Xoʻp aka, xoʻp. Soʻzma-soʻz yetkazaman. Agar juda shoshilinch boʻlsa, aptekalardan olib tursa boʻlardi-ku.
– Aql oʻrgatma. Sendan soʻralmaydi. Buyruqni bajar. Hokimiyatning ishlari senga oʻyin emas. Tushunding?!
– Xoʻp, xoʻp, kechirasiz.
– Shunday boʻlsin.
– Xoʻp. Ha, aytgancha. Bosh hakimga bu buyruqni kim aytdi deyin? Siz kimsiz? Familiyangiz?
– Hoy bola, men hokimiyatdanman, dedim-ku senga. Xoʻjaqulovman. Hakim muovining muoviniman. Haliyam tanimadingmi? He, xumpar. Qoʻy trubkani...

Navbatchi boshqaruvchi qizarib goʻshakni quyarkan, hayronlikdan labini choʻchchaytib, yelkasini uchirib quydi. Oʻziga oʻzi mingʻilladi:
– Tavba! Muovining muovini emish. Bosh hakim qoʻshni tumanga toʻyga ketgan, birov soʻrasa, haligiday deb quy degan edi. Obbo. Endi nima qilsam ekan...

* * *

Kechqurun. Soat 8 dan 10 minut oʻtgan.

Tez yordam telefoni jiringlaydi. Navbatchi boshqaruvchi goʻshakni oladi.
– Da. Tez yordam eshitadi.
– Bu menman. Bosh hakimman. Tinchlikmi? Meni hech kim soʻramadimi?
– Ie. Oʻozi oʻozievich, sizmisiz? Soʻrashdi. Hokimiyatdan Xoʻjaqulov degan telefon qildi.
– Nima deydi?
– Hokimning muovining uyiga tezlikda bir-ikkita koʻz ogʻriq dori olib borarkansiz. Tezlikda.
– Qachon aytdi?
– Kunduzi soat oʻnlar edi.
– Eh-he-e. Endi nima boʻladi?! Obbo. He, kallang qursin saning. Shuncha vaqtdan beri kutib oʻtiribsanmi?
– Nima qilishim kerak edi? Sizni kutdim-da, oʻozi oʻozievich.
– Qachon senlarga aql kiradi-ya. Shuni oʻzlaring oborib bersalaring ham boʻlardi-ku. Hoy kallavaram. Tezda bironta feldsheringni koʻchaga chiqar. Tungi aptekalardan koʻz ogʻriq dori sotib olsin. Oborib bersin. Tushundingmi? Tez boʻl.
– Xoʻp, xoʻp. Dorining pulini berishadimi ular?
– Ye. Nima deyapsan. Kallang joyidami? Oʻsha dori qancha turadi? 5-10 soʻm turar koʻp boʻlsa. Shuni ham soʻrab oʻtiradimi. Uyat boʻladi-e. Bu savob. Axir odam savob ham qilib turish kerak-da. Tez yubor. He seni qara-yu. Pul deysan-a. Bilib qoʻy, ertaga hokimiyatdan gap eshitsam, seni ishdan haydayman. Tushundingmi? Tez yubor. Borganda, avval kechirim soʻrashsin...
– Xoʻp, xoʻp, oʻozi oʻozievich. Hozir yuboraman.

Navbatchi boshqaruvchining rangi oʻchib, navbatchi vrach, feldsher va haydovchidan iborat tez yordam brigadasini oldiga chaqirdi va bosh hakimning buyrugʻini yetkazdi.
– Puli-chi? – dedi ular baravariga.
– He, katta odamdan pul soʻrab boʻladimi?! Uchovlarning pul qoʻshib, tungi aptekadan sotib olasizlar ekan. Savob boʻlarkan. Savob, savob... Qani, tez joʻnanglar. Tez, tez.

Birrozdan soʻng tez yordam mashinasi koʻk chirogʻini lipillatganicha, sirenasini chalib, koʻchaga «otildi».

* * *

Kechqurun. Soat 9.

Hashamatli uy yoniga tez yordam mashinasi shitob bilan kelib toʻxtadi. Duxturlar shosha-pisha hovli eshigining qoʻngʻirogʻini bosishdi. Birozdan soʻng eshik ochilib semiz, gajakdor, uzun xalat kiygan ayol koʻrindi va tez yordam duxturlarini koʻrib seskanib tushdi:
– Voy oʻlmasam. Nima gap?
– Chaqirtirganmidingiz? – dedi oldinda turgan duxtur hovliqib.
– Voy, yoʻ-oʻq. Chaqirmadik.
– Bizni bosh hakim yubordi. Koʻz ogʻriq dori opkeldik.

Xotin koʻkragiga tuflay-tuflay oʻziga keldi-da, soʻng qosh-qovogʻi yana uyilib, baqirdi:
– Ha-a. Endi keldilaringmi? Eh-he-e. Xoʻjayinga ertalab ishga joʻnash vaqtida aytgan edim-ku. Voy-boʻ-oʻ. Tez yordam emish, tagʻin. Kasal oʻlib, goʻrga qoʻyib kelgandan soʻng kelarkansizlarda, a?!
– Uzr endi, opa. Uzr. Ozgina tushunmovchilik boʻlibdi. Dispetcher yoshlik qipti. Kechirasiz. Mana. Kech boʻlsa ham dorini opkeldik. Topib keldik, opa. Oling.

Duxtur kichkina shishachadagi dorini uzatdi. Xotin oʻzini orqaga oldi...
– Voy, voy. Buni men nima qilaman?! Oʻzlaring tomizib ketasizlar endi.
– Boʻpti opa, boʻpti. Yuring. Kimning koʻziga tomizish kerak. Koʻrsating. Tomizamiz.

Xotin duxturlarni hovliga boshlab kirarkan, oldinda javrab ketardi:
– Yuringlar, yuraveringlar. He, ordonasi qolsin, ilohim. Ana. Bostirmaning tagida. Ikki kundan beri hoʻkizlardan birovining koʻzi ogʻrib qopti. Qizarib, shishib ketgan...

Duxturlar birdan taqqa toʻxtab, bir-biriga qarab qolishdi:
– A?! Hoʻkiz?!
– Ha, ha. Hoʻkiz. Duxtur oʻzingiz yaxshilab davolab keting. Tuzuk boʻlsa, ertaga bozor chiqartiraman, savilni. Boravering. Voy, qoʻrqmang, ovvosh...

Bostirma tagida hoʻkiz pishqaradi. Duxturlar dagʻ-dagʻ titraydi. Xotin esa ularni orqasidan itaradi:

– Yuring. Voy yuravering. Qoʻrqmang, yuvvosh. Yuvvosh deyapman-ku...