OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiTavsifnoma (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm4KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tavsifnoma (hajviya)
Safar Kokilov

Kichkina xonada baqaloq, tepakal, koʻzoynakli odam-kasaba uyushma raisi nimanidir yozib-chizib oʻtiribdi. Oldiga och sariqdan kelgan, oʻrta boʻyli, sochlariga oq oralagan, kichkina qorinchasi bor odam asta salom berib kiradi. Rais bosh koʻtarmay soʻraydi:
-Xoʻsh xizmat?!
-Tafsifnoma bersangiz degan edim. Tez olib kel deyishyapti.
— Oʻzing yozib ol-da. Menga nega kelding?
-Qanday? Yozib olaman?
-Shunday. Tavsifnomani oʻzing yoz, men qoʻl qoʻyib beraman. Nima koʻrmaganmisan. Hamma oʻzi yozadi. Birov senga yozib berarmidi? Tavba! Ey menga qara ikkovimizdan qaysi birimiz seni yaxshi biladi? Oʻzingda, albatta... Ma, ruchka, qogʻoz. Oʻtir. Yoz. Menga halaqit berma faqat.

Ishxona xodimi uning qarshisiga oʻtirdi-da qoʻliga ruchka olib qogʻoz ustiga engashdi.
-Xoʻ-oʻsh, tafsif-no-ma... Berildi ushbu ...

«Oʻrtoq... bizning jamoamizda yigirma yildan beri kichik xodim boʻlib ishlaydi. Ish faoliyatida oʻzini...-
-Xodim ruchkaning boshini tishlab picha uylanib turdi-da, soʻng raisga qaradi:-Rais bova?
-Xoʻsh, yana nima?
-Rais bova, men faoliyatimda oʻzimni qanday koʻrsatdim?
-Qanday? Hech qanday. Nima xoxlasang shunday deb yozaver.
— Ish faoliyatida oʻzini yomon koʻrsatgani yoʻq deb yozsam boʻladimi?
-Tovba! Kim shunday deb yozadi. Bu axir tavsifnoma-ku, galvars. Yoz, juda yaxshi deb yoz...
-Xoʻsh-sh, oʻziga berkitilgan vazifani ... «-xodim yana yozishdan toʻxtab nimanidir oʻchirib-yozayotgan raisga qarab qoladi;-Uzr, Rais bova, bir sekund vaqtingizni olaman yana. Aytingchi, men oʻz vazifamni qanday bajaryapman! Sizningcha?

Rais bosh koʻtarmasdan qayta soʻradi:
-Qanday deysanmi? Ha-a, hech qanday. E.e yozavermaysanmi yaxshi deb. Muncha koʻp gapirasan-a. Indamay yozsang-chi, halaqit beryapsan.
-Uzr. Demak, «Oʻz vazifasini yaxshi bajaryapti» Shundaymi?
-Uf-f. Qaerda shunday deb yozganini koʻrgansan. Yoz, «sidqidildan juda yaxshi bajaryapti» deb yoz. Kim koʻrib oʻtiribdi, sening ishga bir kelib, bir kelmay ichib yurishingni.
-Ha-ya, toʻgʻri aytasiz. Xoʻ-oʻsh, rais bova «jamoa oʻrtasida obroʻyi uncha yomon emas» desam boʻlarmikan-a?!
-Qanaqa obroʻ? Senda obroʻ degan narsaning oʻzi bormi? Tovba, tovba! Qaysi goʻrdan kelding oʻzi? Menga halaqit beryapsan, axir.
-Nima deb yozay boʻmasam?
-Uf-f, bir tafsifnomani yozishni bilmaydi-ya. Yigirma yil ishlab... He, oʻrgildim sendan. Yana tagʻin bu attestatsiya topshirmoqchi emish... Yoz,
-Rais oʻzining ishini toʻxtatib, unga ayta boshladi.

«... Intizomliligi va printsipialligi bilan oʻz jamoasi orasida obroʻ qozongan. Aql-zakovat talab qiladigan har qanday ishda oʻzini koʻrsata oladi, dadillik bilan harakat qiladi. «Yozdingmi? Yana yoz «Ma’muriyat tomonidan bir necha marta hayfsan e-e toʻxta, «bir necha marta tashakkurnomalar olgan. Oʻz ishining oʻta ustasi, juda bilimdon. Xoʻsh-sh, Yoz, u har ishda tashabbuskor, jur’atli, toʻgʻri soʻz va ma’naviy yetuk inson, Xi-xi-xi, agar koʻp ichib koʻchada agʻanab yotganini aytmasa, xi-xi-xi, buni yozma-e, hazil bu, hazil. Xoʻsh, yozdingmi? Xoʻ-oʻsh, yana nima qoldi? «Oʻz oʻrtoqlariga mehribon, gʻamxoʻr. U buyuk, tengi yoʻq odam. Oilasining suyachigʻi». Xotining bilan yarashdingmi? Yoki hali ham xotining bolalari bilan otasinikidami?
-Keldi, keldi. Yarashdik. xoʻoʻp, «oilasining tayanchi».., yozdim, keyinchi...
-Keyinmi?- Boʻldi-da shunchasi. Nima, deputatlikka saylanarmiding. Bor yoʻgʻi kasbiga loyiqligi toʻgʻrisida attestatsiyadan oʻtish uchun shu ham boʻlaveradi. Tugatdingmi. Xoʻp, opkel, qoʻl qoʻyaman....

Rais uning tafsifnomasiga qoʻl qoʻyar ekan aftini bujmaytirdi va qogʻozni unga irgʻitdi.
-Voybu-u, bu nima yozuv? Kim aytadi seni oliy ma’lumotli xodim deb. Bor, qaytadan koʻchirib kel. Anovi kompyuterchiga ber, chiroyli qilib koʻchirib beradi.
-E-e rais bova, men kechikib ketaman. Qoʻl qoʻyaqoling endi.
-Yoʻq, boʻmaydi. Bunaqa aji-buji yozuvga men ham korxona boshligʻi ham qoʻl qoʻymaymiz. Kompyuterda yozdirib kel. Bor-bor. Vaqtimni olma. He oʻrgildim sendaqa...

Xodim norozi qiyofada xonadan chiqib ketadi. Rais esa yana yozishga tushadi.

-Xoʻ-oʻshsh, «U oʻn yildan beri shu korxonada kasaba uyushma raisi boʻlib ishlab kelmoqda. Jamoa orasida alohida hurmatga ega... u toʻgʻri soʻz, koʻzboʻyamachilikka toqati yoʻq, oʻta printsipial odam...» , Xoʻsh-sh...