OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiTekshiruvchilar kelarmish (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tekshiruvchilar kelarmish (hajviya)
Safar Kokilov

Hurmatli oʻrtoqlar! Xoʻ-oʻshsh... Bugun navbatdan tashqari chaqirilgan yigʻilishimizdan maqsad – ertaga tekshiruvchilar kelarmish... ?qoridan... Ishimizni miridan sirigacha tekshirar ekan. Oʻzingiz bilasiz, oʻrtoqlar, hozir zamon chatoq. Sal xato qildingmi, tamom... Qulogʻingni ushlab ketishing hech gapmas. Ayab oʻtirish yoʻq. Ha, ha. Ayashmaydi... Endi-i, korxonamiz katta boʻlgach, oʻziga yarasha kamchiliklari boʻlishi mumkin. Beayb parvardigor degan. Chetdan kelganga tirnoqday narsa ham tuyaday koʻrinishi tayin. Umuman, bu tekshiruvchilar biron kamchilik topayin deb keladi-da. Tuzatayin, yopayin deb emas. Xoʻoʻ-oʻshsh, nima deyatuvdim? Ha, ha. Shuning uchun oʻrtoqlar ilojining boricha kamchiliklarni toʻgʻrilab qoʻymasak boʻmaydi. Hozir hammamiz qilinadigan ishlarni kelishib, belgilab olsak. Kechasi bilan uxlamay boʻlsa ham, tong otguncha biron kamchilik qoldirmay toʻgʻirlab qoʻyishimiz kerak. Netoluko kerak, shart! Xoʻ-oʻsh, birinchidan, korxonaning ish rejasi... Uch yillik ma’lumotnoma... Boʻpti, buni oʻzim toʻgʻirlayman. Toʻgʻrimi, Zamraxon? Mana sekretarimiz bor, hammasini eplaymiz. Bundan tashqari boʻlimlarning ahvoli toʻgʻrisida ma’lumotnoma... Bormi? Yoʻq. Nega yoʻq? Buni siz tayyorlaysiz oʻrtoq Moʻminov. Mening oʻrinbosarim sifatida bu ishlar sizning pryamoy abyazannotingiz. A?! Uniyam qilasiz, buniyam... Bilmadim, bilmadim, osmondan olib boʻlsa ham yozib qoʻying, tamom vassalom. Xoʻ-oʻshsh. Yana... Ma’naviyat boʻyicha nima ish qilganmiz? Hmm-m... Buni, Qodirova, sizga topshiraman. He-e eplaysiz, eplaysiz. Toʻylarda she’r oʻqiganingizni, oʻyinga ttushganingizni koʻrganlar bor. Buni ham boplaysiz. Sizga ishonamiz, tamom. Hozir chiqasolib manovi, yonimizdagi maktabga kiring. Chiroyli stendlari bor. Bir kirganda oʻzim koʻrganman. Bayroq, gerb, hammasi bor, zoʻr tayyorlashgan. Oʻshani bir kunga soʻrab obkeling. Beradi, beradi. Direktoriga meni aytsangiz beradi... Eshikdan kirgan joyga osib qoʻyasiz. Bir-ikki ma’ruzalar ham yozib, bir papka qiling. Bibliotekadan uch toʻrtta kitoblar ham opkeling. Buyuk kishilarniki boʻlsin, albatta. Xoʻpmi? Yaxshi, buyam ketdi... Ha aytmoqchi, bu yil qanday yil? Oʻtgan yili «qariyalar yili» edi-ya, bu yil... Boʻpti. Bu yil ham oʻsha gap – mehr kerak, muruvvat kerak...

Biz bechoralarga qachon muruvvat boʻladi, Bilmadim. Faqat tekshirgani tekshirgan. Koshki shundan biron oʻzgarish boʻlsa. Hay, mayli, chalgʻimaylik. Bu masala bilan shugʻullanishni Farmonovga yuklaymiz. Oʻtgan yilgisini ham bu yilgisini ham toʻgʻirlab qoʻying. Bir-ikki nafaqaxoʻrlarning uyiga boring. Yoningizda boʻlsa ham bir-ikki kilo shakarmi makaronmi oborib mening nomimdan berib keling. Tilxat olish yodingizdan chiqmasin-a. Kerak, papkaga tikasiz. Obbo, doim pulga yolchimas ekansiz-da, savob boʻladi-ku. Mayli ikki kilo shakarga oʻzim pul beraman. Boʻlim boshliqlari, sizlar ham qoʻshinglar... Savob axir... Yana nima qoldi? A? Tozalik? Aytilmadimi? E-e, bu asosiy masala-ku. Kelgan tekshiruvchilar avval tashqi koʻrinishimizga qaraydi-da. Xoʻjalik mudiri! Shu bugun, yoʻq, hozirdan ishga kirishing. Gul kerakmi, daraxtmi, darrov topib oʻtkazing, chtobu, ertalab bari ochilib tursin. Ha, ha shanbalik uyushtiring. Hamma chiqsin. Ikki soatmi, uch soatmi, ishni yigʻishtirib, hamma atrof-koʻchasini tozalasin! Hovli chinniday boʻlsin. Chiqmaganlarning roʻyxatini bering, jazolaymiz. Xoʻ-oʻsh. Eh-ha-a. Esdan chiqay debdi-ku. Profkom? Shu yerdami? E-e, Salimov bunday oldinroqda oʻtirsangiz boʻmaydimi? Darrov «keldi-ketdi» jurnali tuting. Yana, haligi, kimga ragʻbat, kimga mukofot bergansiz, barisining hujjatlari taxt boʻlsin. Boʻmasa, tezlikda yozib-chizib, toʻgʻirlab qoʻying. Manovi tekshiruvchilarni kuzatish uchun ham mablagʻ kerak-ku, darrov boʻlim boshliqlariga mukofot puli yozing, roʻyxatni menga opkiring, birgalikda koʻramiz... Xoʻ-oʻsh. Oʻrtoqlar, menimcha hamma ishlarni koʻrib boʻldik, shekilli. Boshqa qoʻshimchalar boʻlmasa, hamma ish joyiga. Har kim oʻz ish joyida tartib oʻrnatsin. Hujjatlar taxt boʻlsin. Soʻraganda shoshib kelmanglar. Sizlardan bu iltimos, ham talab. Meni uyaltirib qoʻymanglar, ishqilib... Shu ishlarni toʻgʻrilab qoʻysak, har qanday komissiya oldida ham yuzimiz yorugʻ, tilimiz uzun boʻladi. Keyin... E haligi... Sekretar, siz roʻyxat qiling. Hamma ming soʻmdan tashlab ketsin. Kerak. Busiz boʻmaydi. Choy-non degandik. Ming siz bizdan bir jiz-biz degan mashoyixlar... Ha, ha. Hoy orqadagilar? Nima shovqin? Eshikdan moʻralayotgan kim? A?! Tekshiruvchilar?! Kelibdimi? Nega endi bugun? Ie-e!... Obbo... Uyimiz kuyibdi-ku?! ...