OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSafar Kokilov
Asar nomiXatar bartaraf qilindi (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Safar Kokilov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Xatar bartaraf qilindi (hajviya)
Safar Kokilov

Ertalab toʻsatdan hamma oʻqituvchilar endi darsga kirgan mahal maktab hovlisiga tuman ta’lim boʻlimidan toʻrt kishidan iborat tekshiruvchi-taftishchilar kirib kelishdi. Hech kim hech qaerga qocholmay qoldi. Direktor ham endi «Men xalq ta’limi boʻlimiga ketdim» deb qoʻshni qishloqdagi dugonasinikiga kelin koʻrarga ketayotgan edi, ushlanib qoldi. Tekshiruvchilar oʻqituvchilar xonasiga oʻtirib oldiga har bir oʻqituvchini chaqirib birma-bir oʻta sovuqqonlik bilan ishlari va hujjatlarini tekshira boshladi. Vaziyat oʻta xavfli tus oldi. Darslar oʻz-oʻzidan toʻxtadi. Bolalar maktab sport maydonchasiga chiqarib yuborildi. Shunday qilib navbatdagi oʻqituvchi titrab-qaqshab qoʻltigʻida bir toʻp papka bilan tekshiruvchi oldiga keldi.
– Xoʻ-oʻsh, konspekt bormi? Koʻrsating.
– Bor. Mana, – oʻqituvchi koʻrsatdi. Taftishchi ochib koʻrmasdan chetga qoʻydi.
– Yaxshi. Demak bor. Ish rejangiz-chi?

Oʻqituvchi koʻrsatdi.
– Demak bor. Sinfdan tashqari ishlar daftari-chi?
– Bor, – oʻqituvchi koʻrsatdi.
– Ihm. Ota-onalar bilan ishlash daftari-chi?
– U ham bor.
– Oʻquvchilarni fanga tayyorlash toʻgʻrisida suhbat daftari?
– Mana.
– Xoʻsh, unda davomat nega past?
– Oʻquvchilarimdan toʻrt kishi kasal. Hozir gripp kasali koʻpaygan. Mana, ma’lumotnomasi.
– Yaxshi, yaxshi. Ota-onalardan tilxat bormi?
– Qanaqa tilxat? – hayron boʻldi oʻqituvchi.
– Ie, shuniyam bilmaysizmi? Maktabdan tashqari vaqtda oʻz bolamga oʻzim javobgarman. Oʻqituvchiga davoim yoʻq degan mazmunda-da. Yangi buyroʻq boʻyicha-da.
– E-e, ha, bor, bor. Kechagina olib chiqdik. Mana papkaga tikib qoʻyibman.

Taftish a’zolari bir-biriga qaradi. Yelka qisishdi. Nahotki hech kamchiligi boʻlmasa-ya.

Shunda chetroqda sigaret chekib kulini oyogʻi tagiga tashlab oʻtirgan jikkakkina tepakal odam soʻrab qoldi
– Dars oʻtayotganingizni tasdiqlaydigan tilxatlar bormi?
– Qanaqa?! Darsni har kuni oʻtyapman, – rangi boʻzardi oʻqituvchining.
– Ha-a, ana. Kamchilik bor. Sizning dars oʻtganingizni tasdiqlab har dars oxirida oʻquvchilardan tilxat olishingiz kerak edi. Tilxat yoʻq, demak siz dars oʻtmagansiz. Bu yaxshi ish emas. Demak, maktab boʻyicha shu hujjat yoʻq. Bunga chora koʻrishimiz kerak.
– Direktorni chaqiring, – dedi taftishchilar boshligʻi.

Oʻqituvchi boʻzarib chiqib ketdi. Xonada yolgʻiz qolgan taftishchilar haligi savol berganga qarab tirjayishdi.
– He, kallangizga qoyil-e. Hech kamchilik topolmasak, bugun tushlikni qaerda qilarkanmiz, deb qoʻrqib turuvdik. Qoyil bopladingiz. Endi maza qilamiz.

Bu paytda yer tagida ilon qimirlasa biladigan direktor hamma oʻqituvchilardan «mehmonlarga choy-non» uchun pul yigʻishni boshlab yuborgan edi. Shu bilan dovulday kelgan xavf bartaraf qilindi hisob. Yanagi tekshiruvgacha haligi tilxatni ham oʻquvchilar bir pasda diktant yozgandek yozib tashlashadi.