OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSaid Ahmad
Asar nomiMenga yetib kelmagan xat (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Said Ahmad
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm15KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/05/24
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Menga yetib kelmagan xat (hikoya)
Said Ahmad

Ellik toʻrtinchi yili Saidaxondan bir xat oldim. Unda avval ham xat yuborganini aytgan edi.

«Bilmadim, bu yuborayotganim xatmi, hikoyami yo boshimdan oʻtgan savdolarmi? oʻqigan boʻlsangiz, oʻzingiz biron nima deb nomlarsiz...»

Saidaxon aytgan oʻsha xat menga yetib kelmagandi. «Boshimdan oʻtgan savdolar» deganidan xat yetib kelmagani ayon boʻldi.

Qaytib keldim. Saidaxon bilan diydor koʻrishdik. Bir kuni u oʻsha xatdan gap boshladi. Olmaganimni aytdim.
— Xatda ancha gap bor edi. Nimalar yozganimni hozir aytib berolmayman. Uyma-uy koʻchib yurganimdan xatning qoralamasi ham yoʻqolib ketgan. Afsus, yuragimdagi 6utun dard-hasratlarimni qogʻozga toʻkib, koʻnglimni boʻshatib olgan edim...

Yaqinda ish kabinetimni ta’mir qilish uchun kitoblarni, asarlarimiz bosilgan gazeta-jurnallarni, qoʻlyozmalarni ayvonga olib chiqdik. Shunda Saidaxon koʻpdan topolmay yurgan, yoʻkrlib ketgan deb gumon kilgan xatning qoralama nusxasi chiqib qoldi. Bundan qirq toʻrt yil muqaddam yozilgan bu xat ancha xiralashib, qora qalam bilan yozilgani uchun koʻp joylari oʻchib ketgan edi. Muk tushib oʻqiy boshladim.

«...Men uchun xamma yoʻllar bekilgan. Radio, gazeta-jurnallar, nashriyotlarga yoʻl yoʻq. Yozganlarimni redaktsiyalar olmaydi. Radioda bittagina «Kokiling» degan qoʻshigʻimni ba’zan eshittirib turishardi. U ham toʻxtadi. Shu koʻshiqning kuyiga Uygʻun boshqa she’r yozib beribdi. Roʻzgʻorning ham tagi koʻrinib qolgan. Qaynona-kelin bir-birimizga qarab mungʻayib oʻtiramiz. Biror joyga ish soʻrab boray desam, Uygʻun hamma tashkilotlarga, ishga olmanglar, deb xat yuborib qoʻygan. Nima qilishimni bilmayman. Oʻylab-oʻylab 15 yoshga toʻlganimda dadam sovgʻa qilgan tilla soatimni sotib, bir eski yozuv mashinkasini oldim.

Nashriyotdagi mashinistkalarga koʻchirtirish uchun tez-tez qoʻlyozmalar olib kelishadi. Lekin, oʻzlarining ishlari koʻp boʻlganidan goxida kaytarib berishardi. Endi kelgan qoʻlyozmalarni msnga yuborishyapti. Sal ishlarim yurishgandek boʻldn. Oz boʻlsa ham qoʻlim pul koʻrdi. Bpr qismiga roʻzgʻor qilib, yana bir qismiga u-bu olib, sizga posilka yuboraman.

Oyim sahar payti bomdod namozini oʻqishga turadi. Meni uygʻotib yubormaslik uchun joynamoz ustida past tovushda Qur'on tilovat qiladi. Tilovatdan soʻng msni uzoq duo qiladi. Yastiqdan bosh koʻtarib quloq solaman. «E xudoyim, shu musofirginani oʻzing qoʻlla! Shu farishtaginaga tikilganlarning yuzini teskari qil! Bola bechora kelin boʻlib nima halovat koʻrdi... Kelin boʻlib yayrab-yashnamadi. Borsa kelmasda bandi zindon boʻlib yurgan bolamning mushkulini oson qil! Qahri qattiq Istalinning koʻngliga insof solgin! Kelin boʻlib roʻsh-nolik koʻrmagan, oʻynab-kuladigan, yayrab-yashnaydigan paytida azoblarda oʻrtangan shu begunoh kelinginamning yoʻllaridan gʻovlarni olib tashla! Roʻshnolik koʻrsin shu bolaginam...»

Oyimning mayin, xasta ovoz bilan qilayotgan iltijolaridan oʻpkam toʻlib, koʻzlarimga yosh qalqiydi. Oyimni bagʻrimga bosib, baqirib yigʻlagim keladi. Oʻzimni bosaman. Koʻrpani boshimga tortib, ezilib-ezilib yigʻlayman. Koʻzim toʻla ssh bilan uxlab qolaman. Uygʻonganimda derazadan tushgan oftob stol ustidagi billur koʻzada chaqmoqdek yal-yal yonadi. Uning aksi devorda nurli shakllar paydo qiladi. Oyim kirib peshonamni silaydi.
— Turing, bolam, choy damladim. Tamaddi qilib oling, — dsydi.

Andijondagi hovlimiz esimga keladi. Buvim xuddi shunaqa mahal ariq boʻyida piyola yuvadi. Barmogʻidagi uzugi piyolaga tekkanda chiq-chiq etib ovoz chiqazardi. Keyin choy damlab, sochiqqa oʻrab qoʻyadi. Boshimga kelib: «Tur, tura qol, Saida», deb boshimni silaydi. Shu topda buvim ham choy damlab, singillarimni uygʻotyapti. Qandoq beozor, bearmon kunlar edi Andijondagi kunlarim! Meni Toshkentga nima bogʻlab turibdi? Shu mehribon, shu pokiza kampir bilan takdirimiz birlashib ketganidanmi? Unga behad mehr qoʻyganimdanmi? Ayriliq dogʻida oʻrtangan shu musichadek beozor xotinni tagalab ketish menga xuddi xiyonatdek boʻlib tuyilishidanmi? Shu mungligʻ, kichkinagina jussasida togʻdek yukni ingramay, faryod urmay koʻtarib yurgan jannati xotinni tashlab ketish MUMKINMI? Biz oyim bilan ikkimiz bitta vujud boʻlib ketganmiz, axir! Otilgan toshlar ikkovimizga barobar tegadi. Ovsinim xam, egachilarim ham oyimni mendan qizgʻanishadi. Bizni Fotima-Zuxralar deb piching qilishadi.

Charchab, diqqat boʻlib qolgan paytlarimda oyim: «Yuring, ovsiningiznikiga boramiz», deb qoladi. Mehmon qiladilar. Oshga unnaydilar. Shunda ovsinimning biron gapi oyimga tegib ketadi. Anjancha gapimnimi, «r»ni aytolmasligimnimi ermak qilsa, oyim darrov oʻrnidan turib, tugunini qoʻlga oladi. «Turing, Saidaxon, ketdik!» deydi. Meni xech kimga choʻqittirib, ermak qildirib koʻymaydi. Eng shirin taomni oldiga qoʻyganda ham, «yuring, Saidaxon, ketdik», derdida yoʻlga tushib ketaverardi.
— Oyi, bekor qildingiz, ovsinim xafa boʻlib qoldi, — deyman yoʻl-yoʻlakay.
— Xafa boʻlsa boʻlar! Tiliga ehtiyot boʻlsin-da! Bilib koʻying, sizni ularga talatib qoʻymayman. Siz Andijondek shaharni, onangizni, bir etak ukalaringizni tashlab, yenimda gʻamgʻuzorlik kilyapsiz. Har saxar sizga xudodan umr tilayman. Bu kunlar ham unut boʻlar, bolam ham kelib qolar. Shunda ikkovimiz bir-birimizning pinjimizga sukilib yashaganimizni ertakdek eslab yuramiz.

Biz uyga yetib kelganimizda ovsinimning oʻgʻli vslosipedga suyaiib, kutib turgan boʻladi. Ovsinim oshni suzib, bir togʻorachada berib yuboradi.
— Katta oyi, birpasdan keyin adam bilan oyim kelishadi, — deb jiyaningiz velosipediga minib joʻnab ketadi.

Oyim ginalarni unutib, uy yigʻishtirishga kirishadi.
— Siz samovarga oʻt tashlang! Piyolalarni kul bilan yuviig. Bilasiz-ku, Zuxurxon dogʻ boʻlgan pislada choy ichmaydi, — deydilar.

Zuhurxon akani juda yaxshi koʻraman. Toʻgʻri soʻz, halol, birovni yalab-yulqashni bilmaydi. Bor gapni tikka betiga aytadi.

Bilib turibman, Zuhurxon akam bizning arazlab ketganimizdan ranjigan. Er-xotin jindek choʻqishib olishgan. Bu noxushlikni tarqatish uchun er-xotin kelishyapti.

Taxminim toʻgʻri chikdi. Shayxontohur bozorchasidan mayda-chuyda xarid qilib kelishibdi. Hech narsa boʻlmagandek oyim ularni xandon-xushxon kutib oldi. Alla-pallagacha gaplashib, oʻtirib ketishdi.

Kech kirib, oʻz xonamga kirdim. Sizning toʻningizni kiyib, mashinka bosishga oʻtirdim. Aziza opa degan yaxshi bir mashinistka bor edi. Uziga olgan qoʻlyozmalarning teng yarmini menga berardi. Haq berilsa, barobar boʻli-shib olardik. Yaqinda u Muxtor Avezovning «Abay» romanini koʻchirishga olgandi. Roman juda katta hajmda 6oʻlib, Aziza opa: «Hammasini oʻzingiz bosing, qoʻlimda ish koʻp», degan edi. Men ichkari uyda chiqillatib mashinka bosaman. Bir tomoniga ip bogʻlangan koʻzoynagini taqib, oyim Huvaydo gʻazallarini ovoz chiqarib oʻqiydi. Ba’zan ishimni toʻxtatib quloq solaman. Oyim shikasta ovoz bilan gʻazallarni juda ravon, mayin oʻqiydi. Gohida oldiga chiqib, pinjiga suqilib eshitaman. Oyim Huvaydoni negadir ayol kishi deb oʻylaydi.
— Bolam, bilasizmi, Huvaydo bu gʻazallarni xudoning jamoliga oshiq boʻlib bitgan, — derdi oyim.

Oʻzingiz bilasiz, uyda oyimning toʻrtta kitobi bor. Biri Kalomi Alloh. Esingizdami, uyimizni tintuv qilgan tergovchi Qur'onni olib ketayotganda oyim yigʻlab-yigʻlab uning qoʻlidan tortib olgandi. Fuzuliy, Mashrab, Huvaydo gʻazallari oyimning ovunchogʻi.

Bir kuni ishlagim kelmay dangasaligim tutdi. Oyimdan gʻazal eshitgim keldi. U Fuzuliy gʻazallarini oʻqidi. Bir joyda toʻxtab, baytni ikki-uch marta qaytardi. Magʻzini chaqqandan keyin menga tushuntira boshladi.
— fuzuliy chiroyli ayollarga bagʻishlab koʻp oshiqona gʻazallar bitkan. Manavi baytni eshiting:

«Mahshar kuni koʻram deram ul sarvi qomatin,

Gar anda ham koʻrolmasman, kel, koʻr qiyomatin».

Bilasizmi, 6u nima degani? Yorning jamolini qiyomatda koʻraman, agar qiyomatda ham koʻrolmasam qiyomatning ham qiyomatini chiqazaman, degani!

Oyim Mashrab gʻazallarini kam oʻqiydi. Oʻqigan taqdirda ham, albatta: «E xudo, oʻzingga tavba!» deb qoʻyadi.
— Nega tavba qilyapsiz? — deb soʻrayman.
— Bolam, shoh Mashrab sal devonaroq boʻlgan ekanlar. Ba’zan ogʻizlaridan kufr soʻzlar ham chiqib ketadi.Hatto Makkayi mukarramani pisand qilmagan paytlari boʻlgan. Bir gʻazallarida: «Ibrohimdan qolgan u eski doʻkonni na qilay», deydilar. Yoki «Etagimning gardidan yuz ming Xizr paydo boʻlur» deydilar. Shunaqa baytlarni oʻqisam, oxiratim kuymasin, iymonim susaymasin deb, allohga tavba qilaman.

Oyim tasavvuf falsafasini bilmaydi. Uchchala kitobdagi may toʻgʻrisida gʻazallar bor boʻlgan sahifalarga xatchoʻp tashlab qoʻygan. Shu sahifalarni menga xam oʻqib bermaydi. Oʻqing, desam, qoʻying, bolam, oxiratimiz kuymasin, deydilar.

Bundan tashqari, oyim bu qama-qamalarni Stalin bilmaydi deb oʻylaydi. «Stalin bilsa, hamma mahbuslarni qoʻyib yuborardi», deb umid qiladi. Stalin oʻlganda oyim nihoyatda xafa boʻddi. Skverdagi haykali atrofidan bir necha marta aylanib oʻtdi.

Stalin oʻldi, Beriya otildi. Ammo, biron yengillik boʻlishidan darak yoʻq. Juda diqqat boʻlib ketdim. Usmon Yusupov Ministrlar Sovetiga rais boʻlib keldi, oyimning nomidan unga ariza yozdim. Ahvolimizni tushuntirdim.
— Oyi, manavi arizani Usmon Yusupovga olib chiqib berasiz. U kishi oʻgʻlingizni yaxshi taniydi, — dedim.
— Voy bolam, u kishini qaydan topaman?! Borsam, oldiga kiritishmaydi. Undan koʻra, oʻzingiz opchiqib ber-sangiz yaxshi boʻlarmidi, — dedi oyim.

Jahlim chiqib ketdi. Qaynona-kelin oʻrtasida gap qochdi.
— Agar opchiqib bermasangiz, men Andijonga ketaman! oʻgʻlingizni kutish kerak boʻlsa, Andijonda ham kutaveraman! — deb shart qoʻydim.

Oyim mungʻayib qoldi. Koʻzlarida yosh aylandi. Unga ta’sir qilish uchun yanada qattiqroq gapirdim. Oʻsha gaplarimga haligacha pushaymon qilaman. Oʻzimni oʻzim kechirolmayman. Xullas, oyim rozi boʻldi. Ertalab vaqtli ikkovimiz «Qizil maydon»ga borib, daraxt tagida qimirlamay oʻtirdik. Soat toʻqqizlarda Yusupovning mashinasi uzoqdan koʻrindi.

Arizani oyimning qoʻliga berdim.
— Yuguring! Anavi militsioner turgan eshikka qarab yuguring! — dedim.

Oyim qoʻlida ariza bilan oʻkdek otilib ketdi. Yusupov mashinasidan tushayotgan payt oyim ancha berida edi.
— Hoy, bolam! Hoy, Yusupov bolam! — deb qichqirdi oyim.

Ichkariga kirmoqchi boʻlib turgan Yusupov orqasiga oʻgirilib qaradi. Bu kampir kim ekan deb, bir-ikki qadam oyim tomon yurdi.
— Keling, aya. Keling!
— Men yozuvchi Said Axmadning onasiman. Shu qogʻozni sizga olib keldim. Hamma gap shunda yozilgan. Adolat qiling, bolam! Sizdan boshqa hech kimdan umidim yoʻq.

Yusupov qogʻozni olib, bir nima dedi. Oyim boshini tebratdi.
— Qaerga borasiz? Ana, mashina eltib qoʻyadi.
— Yoʻq-yoʻq!

Oyim shunday dediyu zudlik bilan orqasiga qaytdi. Oyim koʻzdan yiroqlashguncha Yusupov orqasidan qarab turdi.

Shu voqeadan oʻn kunlar oʻtib, Navoiy koʻchasida Sobir Abdullani uchratib qoldim. Yusupov bir nechta atoqli yozuvchilar bilan suhbat oʻtkazgan ekan. Shunda Yusupov Uygʻunni tikka turgʻizib qoʻyib, qattiq-qattiq gapiribdi.
— Yoshlarni turmaga tayyorlaganmizmi?! Qayoqqa qarab oʻtiribsan?! Agar Said Axmad dushman boʻlsa, sen bilan men ham dushmanmiz! Chunki uni biz tarbiyalaganmiz.

Uygʻun javob berolmay, lavlagidek qizarib-boʻzarib, joyiga oʻtirib qolibdi.

Bu gaplarni Sobir Abdulla aytib berdi.

Bilmadim, Usmon Yusupov aralashdimi, hartugul, meni Birlashgan nashriyotga korrektor kilib ishga olishdi. Bu nashriyotda asosan siyosiy adabistlar bosiladi. IIlenumlarda oʻqilgan dokladlar ertalabgacha bosmadan chiqarilib, tarqatilishi kerak. Kechasi soat ikki-uchlargacha ishda qolib ketaman. Muxarrir oʻrinbosari Rixsi Saxiboev, oʻzTAG tarjimoni Yaxyo Ioʻldoshevlar bilan qayti-shim kerak. Ular sizning uyingizda yashayotganimni bilib qolmasinlar deb, oldinroq piyoda uyga joʻnayman. Koʻchalar xavfli. Oʻgʻrilar, yoʻltoʻsarlar koʻp. Tongotarga yakin uyga yaqinlashganimda katta koʻchaning boshida oyim qimirlamay kutib turgan boʻladi.
— Ha, ishingiz xam bor boʻlsina!

U mening sogʻ-omonligimni bilgach, pildiragancha oldimga tushib ketadi. Orqasidan xovliga kiraman. Dasturxonga oʻrab qoʻyilgan iliq ovqatni oldimga koʻyadi. Mudrab-mudrab bir-ikki qoshiq ovqat yeymanu yechinmasdan koʻrpacha ustida uxlab qolaman.

Shu uxlaganimcha soat oʻnlarda uygʻonibman. Choy ichib oʻtirgan edik, koʻcha tomondan mashina tovushi eshitildi. Bir ozdan keyin eshigimiz taqilladi. Oyim borib eshikni ochgan edi, bitta oʻris xotin ichkariga kirdi.
— Zunnunova Saida shu yerda yashaydimi? - deb soʻradi u.
— Izdes, izdes, — deb javob berdi oyim. Men hovliga tushdim.
— Zunnunova men boʻlaman, — dsdim.
— Moskvaga ariza yuborgan edingizmi?
— Ha, — deb javob berdim.
— U yokdan sizning ishingizii tekshirgani odam keldi. Soat toʻrtda Markaziy Komitetga boring. Siz bilan gaplashishadi.

U ketgandan keyin shoshilib kiyindimu nashriyotga chopdim. Nashriyot direktori Vasiliy Fyodorovich Arxangelskiy bir ajoyib insoi edi. Unga meni yuqoriga chaqirishayotganini aytdim.
— Xabarim bor, - dedi u. - Kecha kechqurun men bilan gaplashishdi, sen toʻgʻringda bilganlarimni aytib berdim. Bejiz kelmagan. Yaxshilik boʻlishini sezib turibman. Koʻpam hayajonlanmasdan, oʻzingni bosib gapirgin. Ortiqcha gap aralashtirma...»

Qirq toʻrt yil muqaddam yozilgap ushbu xatning oxirgi sahifasi yoʻq edi. Partkomissiya vakili nima dedi, bilmadim. Shuni yaxshi bilamanki, 1954 yilning oʻrtalarida Saidaxondan hamma ayblar olib tashlandi. Yezuvchilar uyushmasining a’zoligiga tiklandi. Gazeta-jurnallarda asarlari birin-ketin chop etila boshlandi. Oʻsha yili «Gullar vodiysi» nomli she’riy toʻplami ham bosilib chikdi.

Oyim qazo qilganda Saidaxon hamma marosimlarini bir farzanddek ado etdi. Oʻzi ham to umrining oxirlarigacha, oyim undoq edilar, oyim bundoq edilar, deb eslab yurdi.

Qirq toʻrt yil koʻzdan yashirilgan xat bugun qoʻlimda. Kichkinagina jussasida shuncha gʻamlarni fildek koʻtara olgan Saidaxonning munis chehrasi koʻz oldimga keldi. Ichimdan alamli bir xoʻrsiniq otilib chikdi-yu boʻgʻzimii kuydirdi.

Dunyoning ishlari shunaqa ekan-da, chidamay ilojing qancha, deb oʻzimni oʻzim ovutaman.