OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Said Ahmad. Sumbul (hikoya)
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSaid Ahmad
Asar nomiSumbul (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Said Ahmad
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm16KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sumbul (hikoya)
Said Ahmad

Vahobjon Denovga bemahal kelganidan u yoq bu yoqqa telefon qilib, hech kimni topolmadi. Oxiri oʻylab-oʻylab kolxoz mehmonxonasida tunab qolishni ma’qul topdi. Mehmonxona qorovuli choponini boshiga yopib uxlab yotgan ekan, uning iltimosiga doʻngʻillab-doʻngʻillab zoʻrgʻa koʻndi.

Vahobjon ishlagan paytlarda bunaqa bogʻ yoʻq edi. Mehmonxona ham keyin qurilibdi. Qorovul uni aylanma taxta zinadan boshlab chiqib chiroqni yoqqanda, ikkovlari bir-birlariga tikilib qolshndi.
— Koʻzimga issiq koʻrinasan, uka. Kaerda koʻrganman?...
— Men sizni taniyapman. Qosim aka emasmysiz? Bundan yigirma olti yil oldin koʻr ichagingizni kesib tashlagan edim.

Qosim akaning koʻzlari chaqnab ketdi.
— Anavuni qarang-a, anavuni qaranga. Voy, joningdan...

Qosim aka uning qoʻlidagi chamadonini olib, qaerga qoʻyishiii bilmay, xonani bir aylanib chiqdi. Oxiri stol ustiga qoʻyib, unga qaradp. Keyin chamadonni yana olib ushlab turganicha, gapira boshladi:
— Tirik odam axir bir kun birbirini koʻrar ekan. . Tan-joningiz sogʻmi? Buni qarang-a. Hozir, hozir.

U gapini tugatmay, yigitlardek chaqqonlik bilan zinadan tushib ketdi. Sal oʻtmay pastdan toʻqtoʻq oʻtin yorgan tovush eshitildi. Vahobjon derazani ochib yubordi. , Kech kuz boʻlishiga qaramay, koʻklam havosi uyga yopirildi. Toshkentdan chiqayotganda izgʻirin jonini achitar, allaqachon yalangʻoch boʻlib qolgan novdalarni buydalar edi.

Xurmozor orqasidan yarim palla tarvuzdek qipqizil oy koʻtarila boshladi. Vahobjon papiros kulini tashlash uchun kuldon qidirib u yoq bu yoqqa alanglagan edi, bufet ustida turgan kulrang narsaga koʻzi tushdi. Beixtiyor yaqin borib qaradi. Karadi, badann gʻalati ses kandi. Bu dur bogʻlagan sumbul butogʻa edi. Qoʻliga oldi. Panjadek butoqlar usti novvot duridek qalinlashib ketgan, soch tolasidek sumbul novdasi faqat durning singan joyidan arang koʻrinib turardi.

U sumbulni qoʻliga olib, chiroq tagiga keldi. Qoʻllari beixtiyor titrardi. Shu payt Qosim aka patnisda xurmo, anor, olma olib chiqdi. Vahobjon unga yoʻl beraman deb, qoʻlidan sumbul durini tushirib yubordi. Sumbul polga tushib, jaranglab sindi. Vahobjon afsuslanib boʻlaklarini terib olar ekan, Qosim akaga gunohkorona qaradi.

— Hechqisi yoʻq. Serob narsa. Xurmoni ermak qilib turing, hozir choy damlab chiqaman.

Vahobjon sumbul siniqlariga tikilib, oʻylab ketdi. U bu sumbullarning qaerda bitishini biladi. Sumbul-soyda xayol surib oʻtirgan kunlarni esladi.

Vahobjon urushdan oldin medittsina texnikumini tugatib, Sumbulsoyga yuborilgan edi. Sumbulsoy togʻ oraligʻgtdagi qishloq. Pastu baland tepaliklar, archa va qaragʻaylarga burkangan, yonbagʻirlari koʻz yoshidek tiniq buloqlar, mayda barg azamat tollar qoʻyiida mudragan soʻlim bir qishloq, Kishloqning qoq belidan kesib oʻtgan soydan kechib adirga koʻtarilsa, butun qishloq kaftda turgandek koʻrinadi. Adirning orqasida esa tigʻ jarlik. Bu jarlikda faqat qushlarning chirqillashi-yu, shamolning guvillashi eshitiladi, xolos. Jarlik tubida majnuntollar qoʻyniga yashiringan Sumbulsoy bor. Qishloq yigitlari yozning jazirama kunlari adir oshib shu jarga tushishada. Xuddi novvotdan yasalgan qasrdek, Sumbulsoyda bir tekis shuvillagan tomchilarga quloq solib, soatlab oʻy surib qolishadi. Unsurlardan osilgan soch tolasidek qora sumbul novdalaridan shudring tomadi. Yillar oʻtib bu shudringlar toshga aylanadi. Sumbul tolalari yoʻgʻolashib, ba’zan tok zangidek durga aylanadi. Vahobjon ham Sumbulsoyda soatlab qolib ketardi. Bu yerda sumbul tolalaridan toʻkilayotgan tomchilarniig qoʻlsoat chiqillashiga oʻxshash tovushiga quloq solib, koʻngliga oʻt solgan qizning kelishini kutardi. Togʻliklar odati yomon. Kiz bolaning yngit bilan xilvatda turganini koʻrishsa, katta janjal chiqadi. Shunga qaramay, qiz kelardi. Adirlardan oshib, toshlar panasida biqinib, Sumbulsoyga yetib kelardi. Gulsum qishloqning oʻqimishli qizi edi. U ota-onasining qarshiligiga qaramay, Samarqanddagi medsestralar kursini bitirib kelgan. Ambulatoriyada Vahobjonning qoʻlida ishlardi. U paytlarda qishloq ayollari erkak doktorga koʻrinmasdilar. Vahobjon uchun Gulsum nihoyatda zarur edi.

Vahobjon bilan Gulsum Sumbulsoyda juda koʻp uchrashardi. Ishk-muhabbat oʻrtagan yuraklarning bir-birlariga tiknlib ovutishardi. Ammo kichkinagina qishloqda bunday siriing uzoq saqlanib qolnshi mumknn emas edi.

Kimdir ulariing Sumbulsoyda uchrashishlarini payqab qolgan. Ana shunday uchrashishlarning birnda toʻrt-besh yigit ularning yoʻlini poylab, Sumbulsoyda tutib olishadi. Qizni qoʻyib yuborishadiyu, Vahobjonni qishloqqa olib tushishadi. Betiga qora surtib, eshakka tesqari mindirgancha qishloqdan chiqarib yuborishadi.

Choʻlda qoʻli bogʻliq, eshakka teskari mingan Vahobjonning qoʻlini choʻpon chol yechib yuboradi, unga rahmi kelib, otida Denov yoʻligacha chiqarib qoʻyadi. Choʻpon cholning gaplari hali ham Vahobjonning qulogʻida:
— Odatimiz qursin, bolam. Kelgindiga qiz bermaymiz. Qizimizga sal mundoroq qaraganni ayamaymiz.

O’shanda Vahobjon Denovga tongotar paytida kirib kelgandi. Odamlarning koʻzlari besaramjom. Hamma tashvishda. Urush boshlanibdi. Urushga ketgani ma’qul.

Vahobjon toʻppa-toʻgʻri Harbiy komissariyatga uchrashdiyu, ertasigayoq armiyaga joʻnab ketdi.

Kirq yil qirgʻin boʻlsa, ajali yetgan oʻladi, deydilar. Vahobjon frontda toʻrt yil kezdi. Qancha yaradorlarni jang maydonidan sudrab olib chiqdi. Qancha behol jangchilarga qon quydi. Badanlari oʻkdan ilma-teshik boʻlib ketdi.

Urush tugashi bilan tugʻilib oʻsgan Chinozga qaytib keldi. Dunyo kezgai odam bir joyda turolmas ekan. Toshkentga keldi. Instituta kirib yana oʻqishga shoʻngʻib ketdi. U frontda paytlarida ikki-uch marta Sumbulsoyga xat yozib, javob kutdi. Ammo Gulsum oʻrniga imzosiz javob kelardi. «... Basharang qorakuya sogʻingan boʻlsa kela qol... »

Ana shundan keyin u xat yozishni toʻxtatdi. Gulsumni ham, Sumbulooyni ham unutdi.

Shu topda u dur boylagan sumbul siniqlarini ushlab turib, oʻsha voqealarni bir-bir esladi. Koʻngli ham quvonch, ham alam bilan oʻrtandi. Qosim aka yelkada sochiq, qoʻlida choynik bilan chiqqanda u ana shunday oʻylar bilan band edi.
— Obbo, doʻxtir uka-e, muni qarang-a, koʻrisharkanmiz-a. Tinch-omonmisiz? Esingizdami, Sumbulsoydan qaytganingizda, biznikida tunagan edingiz, oʻzim armiyaga kuzatib qoʻygan edim.

Qosim aka asli denovlik boʻlib, oʻtin kesish uchun Sumbulsoyga atayin borardi. Bir kun yongʻoqzorda sarjin kesayotganda qornini changallab yotib qoladi. Ikki yigit zambilda uni ambulatoriyaga olib kelishgandi. Vahobjon qarasa, koʻrichagi tutib qolgan ekan. U umrida operatsiya qilmagan. Ammo uni darrov operatsiya qilmasa, nobud boʻlishi aniq edi. Vahobjon tavakkal qilib operatsiya qiladi. Qosim aka omon qoladi.

Vahobjon qishloqdan quvilganda, Denovga kelib, shu kishining uyida tunagan edi. Mana, bemahalda u bilan yana uchrashib qoldi.
— Sizdan oʻla-oʻlguncha qarzdorman. Qoʻlingiz yengil ekan. Mutlaqo tuzalib ketdim. Urushga ham borib keldim. Ikki orden, uch medal oldim. Xoʻsh, endi soʻrab qoʻyay: biz tomonlarga sizni qaysi shamol uchirdi?
— Qizim shu yerda. Ikki oy boʻldi ishga kelganiga, Dushanbadan qayta turib qizimni koʻrib oʻtay, dedim.
— Shunaqami? Qani, choyga qarang. Siz bor paytlaringizda bunaqa xurmolar yoʻq edi, shekilli. Hozir hammayoq xurmozor, limonzor boʻlib ketgan. Hali Sumbulsoyga yoʻlingiz tushmagandir? Ha, ajab zamonlar edi. Sumbulsoyda ham oʻzgarishlar katta.

Telefon jiringladi. Qosim aka trubkani olib, «yoʻq» deb javob berdiyu, yana joyiga ilib qoʻydi.
— Raisni soʻrayapti. Rais Oybarakka ketgan. Vahobjon bir burda non ushatib, ikki-uch piyola choy ichdida, yana oʻriidan turib, tashqariga qaradi. Oydinda archalarning uchi baliq skeletidek taralib koʻrinadi. Semon ariqda suv shaldirab oqadi. Qaydadir sa’va sayraydi. Osmoni falakda chirogʻini miltiratib samolyot ketyapti. Unpng ovozi eshitilmaydi.

Shu payt elektr lampasi sekin-sekin xiralashib, qizil ipdek boʻlib qoldi. Sal oʻtmay u ham soʻndi.
— Shunaqa, dvijok oʻn ikkigacha ishlaydi. Xudo xohlasa, biron haftadan keyin katta simga ulaymiz. O’shanda kecha-yu, kunduz yonadigan boʻladi. Sim Nurekdan kelyapti. Lampa yoqib beraymi?
— Yoʻq, ovora boʻlmang. Yotaman. Yoʻlda urinibmansheknlli. Qosim aka qorongʻida timirskilanib karavotga joy qilib berdida, gugurt chaqib, zinadan tushib ketdi.

Vahobjon oʻrniga yotib, ancha vaqtgacha koʻz yummay, oʻy surdi. Bu joylarda kechgan kunlarining hammasini esladi. Koʻziga Gulsum koʻrinib ketdi. Endn u yoshligining unutib boʻlmas bir parchasi boʻlib koʻrinardi. Vahobjon oʻylab-oʻylab, oxiri uxlab qoldi.

Qizi xat yozganda, Denovdan qaerga yuborishlari hali noma’lum, degan edi. Ertalab u shu yerning oʻzidan rayon sogliqni saqlash boʻlimiga telefon qildi. Qizipi surshntirdi. Unga: Zarofatning Sumbulsoy ambulatoriyasiga ishga yuborilganini aytishdi.

Ajab, oʻzi ishlagan ambulatoriyaga endi qizi ketibti. Vahobjon ikkilanib oʻtirmay oʻsha yoqqa borishga qaror qildi.

Kosim aka bilan xayr-xoʻshlashib guzarga chiqdi. Kitob savdosi mashinasi Sumbulsoyga ketayottan ekan, shofyordan iltimos qilgan edi, rozi boʻldi.

Endi u bir vaqtlar eshakka teskari minib qochgan yoʻllaridan ketyapti. Yoʻl-yoʻlakay shofyorni hayron qoldirib, goh kuladi, goh qoshlari chimirilib, jiddiy boʻlib qoladi.

Sel olib ketgan joylar, togʻdan dumalab toshgan xarsanglar boʻlmasa, yoʻl yaxshi boʻlib ketibdi. Onda-sonda yangi imoratlar uchrab qoladi. Olisda esa, qishloqni bagʻriga olgan asriy qoyalar sadaf devor boʻlib turibdi.

Mashina aylanma, pasti baland yoʻllardan oʻtib, togʻ orasiga qarab oʻrmaladi.

Sumbulsoy hamon oʻshandek. O’sha gerdaygan qoyalar, oʻsha sharqiroq telba suvlar. Yonbagʻirlarda oʻsgan asriy archalar orasida ilashib qolgan bulutlar sokin sudraladi. Kiraverishdagi tepa ortida Kizqoʻrgʻon koʻkka intilgan. Kizqoʻrgʻonning uchini bulut oʻragan. Uning qizgʻimtir tanasida oʻsgan giyohlar yerga qarab osilgan.

Vahobjon tanish manzaralarga mahliyo boʻlib borarkan, xuddi yigitlik chogʻi qaytib kelgandek entikardi. Goʻyo hozir Gulsum jamalak sochlarini silkitib chopib kelayotgandek...

U shunday xayollar bilan ambulatoriyaga yetganini bilmay qoldi. Eshik oldida bir dam toʻxtab, u yok bu yoqqa qaradi. Uning xuddi yonginasidan toʻlagina bir xotin gursillab oʻtdi. Zina oldiga kelib, tuflisining changini qoqib kirib ketayotgan edi, Vahobjon gap otdi:
— Zarofat Vahobovnani chaqirib yubormaysizmi? Xotinning ishi tigʻizroq ekan shekilli, javob oʻriiga bosh irgʻab kirib ketdi. Sal oʻtmay oq xalat kiygan Zarofat chiqdi. Dadasining kutmaganda kelishiga hayron boʻlib, qoshlarini kerib qarab turdiyu, birdan uning bagʻriga otildi. Ota-bola shu kuyi ancha turishgandai keyin, Zarofat uni ichkariga undadi. Vahobjon koʻnmadi.
— Ishingni qilaver, bolam. Men qishloqni biron soat aylanib kelaman. Kechqurun yana qaytib ketaman. Yoʻl ustida koʻrib oʻtay dedim.

U, qizi harchand qilsa ham, koʻnmay, aylangani ketdi.

Vahobjon Sumbulsoyga borishni ahd qilgan edi. O’sha tarafga yoʻl oldi.

Adir oʻrtasidan ikki arava sigʻadigan yoʻl ochishibdi. Yoʻl tepasida harjoy-harjoydan nov kesib oʻtgan'. Novning yorigʻidan yoʻlga suv tomib turibdi. Arava izlaridan pastga qarab suv siljiyapti. Vahobjon yuqoriga intildi. Tepaga chiqib qishloqqa yana bir marta qaradi. Butun qishloqning yarmiga togʻ soyasi tushgan. Qishloqning yarmida kechasi-yu, yarmida kunduziga oʻxshaydi. Vahobjon suqlanib bir dam qarab turdida, keyin adirning ortiga qarab ketdi. Jar yoqasiga keldi. Pastlikdan majnuntollar koʻrindi. U shiddat bilan oʻsha yoqqa qarab tusha boshladp. Bir gala qush chagʻ-chagʻ qilib koʻtarildi. Vahobjon zum oʻtmay jarning tubiga yetdi. Majnuntollarning tanasi yanada, yoʻgʻonlashib ketibdi. Yerda sudralgan novdalarni koʻtarib Vahobjon ichkariga kirdi. G’or ichi jimjit. Tepadan tungab turgan boʻyradek oftob nuri durdan yasalgan devorlarni gʻalati yoritgan. Tarnovlar boʻyniga osilgan sumalakdek durlar uchidan suv tomchilaydi. Tomchilar durga sachraganda, pashsha qanoti tekkan tanbur simidek nozik tovush chiqaradi. Katta xarsang toshlar ustidan yopirilib uchi suvga tegib turgan xoʻl sumbul tolalari xuddi bosh yuvmoqchi boʻlib jomga engashgan xotinlarning sochiga oʻxshaydi.

Devor toshlari dur bogʻlagan bu gʻor xuddi kattakon novvot qozoniga oʻxshardi. Har bir dur boylagan sumbultolasidan mayda, koʻzga koʻrinmas tomchilar sachraydi. Nafas olmay quloq tutgan kishi muttasil shovillagan tovush eshitadi. Goʻyo olisda shivalab yomgʻir yogʻayotgandek.

Vahobjon xarsangga oʻtirdi. Suvning shovillashiga quloq soldi.

U ertaklar olamiga kirib qolgandek, har bir tovushdan, har bir tomchining chaqnashidan, sachraganda jaranglashidan hozir qandaydir moʻ‘jiza yuz beradi deb kutardi.

U Gulsum muhabbatini shu joyda, shu afsonavor tovushlar orasida tuygan edi. Qani u? Bormikan? Bor boʻlsa, hali ham oʻshandaymikan?

Oradan yigirma olti yil oʻtib, Gulsum hamon oʻshanday qizaloq boʻlib turgandek tuyulardi unga.

Yigit qizlarning qiyqirigʻi uning xushini oʻziga keltirdi. Bosh koʻtarib, tolning roʻdapo novdalari orasidan tepaga qaradi. O’n choqli qiz-yigit shu tarafga qarab yugurishardi.

Vahobjon qimirlamay oʻtiraverdi. Biri fotoaparat, biri papiros qutisidek radiopriyomnik bilan gʻorga kirib kelishdi. G’or ichi shovqin-suron boʻlib ketdi.

Radiodan taralgan qoʻshiq dur devorlarda aks-sado berib, chiqib ketolmay aylanardi. Yigitlar tepaga tirmashib chiqib, gʻalati dur haykalchalarni sindirib tushishardi. Durlar har singanda jaranglab ketardi.

Vahobjon ularning oʻyin-kulgisiga halal bermaslik uchun gʻor ichidan chiqdi. U endi ariqchadan hatlayogganda qorachagina qiz kelib uning qoʻlidan tutdi.
— Sumbulsoyga kelib quruq ketyapsizmi? Mana buni oling.

U Vahobjonga xuddi oyoqlarini kerib turgan kiyikka oʻxshash durni berdi. Vahobjon unga rahmat aytib, tepaga intildi. Urning bir qoʻlida bir siqim qopqora sumbul, bir qoʻlida dur qoplagan sumbul butogʻi. Avaylab, sindirib qoʻymaslik uchun, ehtiyot qilib tepaga chiqib oldi.

Zarofat eshik oldida uni kutib turardi.
— Qayoqda edingiz? Anchadan beri kutaman.
— Qizim, senga sumbul olib keldim.

Zarofat bu yoqqa yaqinda kelganidan Sumbulsoyni hali koʻrmagan edi. Shoshib dadasining qoʻlidan sumbulni oldi.
— Sochga oʻxshar ekan. Yuring birpas dam oling. Vahobjon charchagan edi. Qiziga ergashib yana soyning narigi tarafiga oʻtdi. Bir tavaqali eshikdan hatlab keng hovliga kirishdi. Bir kampir oʻchoq oldida nimadir qilyapti. Uyga kirishdi. Shifti toqili uy devorlari oqlangan, tokchalarda har xil kitoblar.
— Bosh vrachimizning uyi. Yaxshi odamlar. Mana shu xonani menga boʻshatib berishgan.

Boya ambulatoriya eshigi oldida uchragan xotin kirdi. Xali Vahobjon uning yuzini koʻrmagan edi. Endi koʻrdi. Bu oʻsha. Usha Gulsum. Ikkovlari birbirlariga tikilishganicha qimirlamay qolishdi. Gulsum, oxiri koʻzini olib qochdi-da, titroq tovush bilan eshitilar-eshitilmas salomlashdi.

Gulsum chiqib ketdi. Shundan keyin Vahobjon ketar chogʻida ham koʻrinmadi. Vahobjon choʻlga chiqqanda ham, Denovga yetib kelganda ham uning oppoq, sochlarini, ajin qoplagan yuzlarini, ayniqsa, iyagidagi tirtiqni koʻz oldidan nari ketkizolmadi.
— Qarib qaripti. Bemahal qaripti. Koʻzlari hamon oʻshanday.

Oradan oʻn besh kunlar chamasi vaqt oʻtib, Vahobjoi qizidan xat oldi.

«Dada, bosh vrachimiz oʻsha kuni siz bilan xayrlasholmay qolgani uchun afv etishingizni soʻradi. O’sha kuni bir bemorni koʻrish uchun toqqa jadal ketib qolgan ekan. O’zi juda yaxshi, mehribon xotin. Boshidan juda koʻp savdolar oʻtgan, deyishadi. Qirq birinchi yilda eri otilgan emish. Nima sababdandir u Gulsum ayani pichoqlagan ekan. Bolasi yoʻq. Ayniqsa, siz kelib ketgandan keyin menga juda mehribon boʻlib qoldi. Roʻparamga oʻtirib koʻzimga tikiladi. Kecha yana shunday qildi. Koʻzimga uzoq tikilib turdida, yigʻlab, bagʻriga bosdi... »

Vahobjon xatni oʻqib, ogʻir uh tortdi. Boʻgʻzidan nafas emas, olov otilib chiqqandek boʻldi.