OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSaid Ahmad
Asar nomiTaqdir, taqdir, muncha shafqatsizsan? (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Said Ahmad
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm29KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/05/25
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
2000 yil, may («Koʻz yoshi tomgan hikoyalar» turkumidan)


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Taqdir, taqdir, muncha shafqatsizsan? (hikoya)
Said Ahmad

Stalin oʻlgan, Beriya otilgan, mahbuslarga munosabat bir kadar yumshagan paytlar. Avgust oyida lagerimizga respublika ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general Jaqsiliq Stepanov kelib, mahbuslar bilan suhbatlashdi. Qamoq ichidagi qamoq, ya’ni kechasi mahbuslar ustidan kulflab qoʻyilgan baraklar derazalaridan temir panjaralar yaqin kunlarda olib tashlanishini aytdi. U Qozogʻiston Rossiya bilan chegaradosh Pavlodar viloyatida, Irtish daryosi boʻylarida katta boʻlgan, ruslashib ketgan qozoq oilasida tugʻilgan edi. U yetkazgan xushxa-bardan quvongan mahbuslar qarsak chalib, minnatdorchi-liklarini izhor qildilar.
— Yaxshi kunlarni kutinglar. Hammangizning tergov materiallaringiz ittifoq komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilyapti. Ular bizdan har biringiz toʻgʻringizda fikr soʻrashadi. Hozir yuzdan ortiq odam sizlarga xarakteristika yozish bilan band. Iltimos, tartib-qoidani buzmanglar. Oʻzini yaxshi, intizomli tutganlar vaqtliroq erkinlikka chiqadilar. Har kim oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish koʻrsatishi kerak.

Norkobil degan zek oʻrnidan turib, qoʻlini koʻtardi. U asli termizlik boʻlib, Amudaryo portida qayiqchi boʻlib ishlagan. Vazifasi — kemada kelgan yuklarning Afgʻonistonga tegishlisini qayikda narigi qirgʻoqqa oʻtkazib topshirish. U josuslikda ayblanib, oʻn besh yil muddatga hukm qilingan. Ya’ni aybi — daryoning naryogʻida afgʻon savdogaridan bir kostyum bilan tufli sotib olgani. Chet ellik shubhali odam bilan aloqada boʻlgansan, deb ayblangan edi. Hozir u qirq yoshdan oshgan. Hamon muddat ustiga muddat oladi. Iigirma yillik qamoq uni professional mahbusga aylantirgan. U josus soʻziga koʻnikib ketgan. Oʻzini chinakam josus boʻlsam kerak, deb oʻylardi. Va bunga ishonardi. Norqobil asosan lager tarbiyasini olgan. U blatnoylar tilini mukammal egallagan.Ozodlik, erkinlik, degan soʻzlar endi uning uchun oʻz ma’nosini yoʻqotgan edi. U butunlay «lager oʻgʻli» boʻlib ketgan.
— Grajdanin general, siz hozir, xar biringiz oʻz mutaxassisligingizni igaga solib xizmat qiling, dedingiz. Menga togpniriq bering, oʻz mutaxassisligim sohasida oʻzimni oqlay.

General Stepanov uning soʻzlarini eshitib, qiziqib soʻradi:
— Mutaxassisligingiz qanday? Albatta foydalanamiz.
— Shpionman, grajdanin general. Topshiriq beripg, bajarmasam gad budu.

Mingga yaqin mahbus qarsillab kulib yubordi. General uning chala-chulpa oʻrischa gaplariyu soʻkinigalaridan zavqlanib kulardi.
— Nega kulasizlar? Chego smeetes gadm, ex vm podonki.

Uning blatnoy doʻstlari esa:
— Vo daet zaraza, shuruy, shuruy natsmen, — deya uni ragʻbatlantirishar edi.

General ketdi. Zeklarning koʻnglida allaqanday erkinlik uchquni qoldi.

Ellik uchinchi yilning qishi juda ogʻir keldi. Har kuni shamol aralash qor boʻralaydi. Yoningda turgan odamni ham koʻrolmaysan.

Bunday paytlarda soqchilar soni koʻpaytiriladi.

Qor tingan paytlarda tuman bosadi. Lager devorlaridagi kuchli projektorlar zona ichini yoritish u yoqda tursin, projektorning oʻzi kogʻozga tomgan yogʻdek arang koʻrinadi. Tumanda adashib qolgan mahbuslar yoʻl topolmay, tikanli simlar bilan toʻsilgan devor yoniga borib qolishar, simga tegib ketganda trevoga zangi oʻzidan oʻzi chalinib, lager boʻylab uzoq vaqt jaranglab turadi. Devor burchidagi vishkada soqchilar avtomatdan osmonga oʻq uzadilar.

Mahbuslar yashaydigan oʻn bir barakdan to oshxonagacha oʻn bitta temir arqon tortiladi. Mahbuslar oshxonaga shu arqonni ushlab boradilar. Agar arqondan qoʻllari chiqib ketsa, to tuman tarqaguncha yoʻl topolmay sarson boʻlib yuraveradilar. Mahbuslar oʻn bir barakdan tortilgan arqonlarni quyosh nuriga oʻxshatishardi. Ba’zilar chumolilardek oʻn bir joydan oshxona tomon oʻrmalayotganlarga qarab: bu yerda hamma yoʻllar kommunizmga olib boradi, deb piching qilishardi.

Tuman chogʻlari mahbuslar qochmasdi. Qochganlarning qancha-qanchasi choʻlda muzlab qashqiru shoqollarga yem boʻlishgan.

Fayzsiz bunday qish oqshomlarida yuragi shundogʻam gʻamga toʻlgan zeklar murdadek qimirlamay oʻtiraverar-dilar.

Ishga olib chiqilgan mahbuslar to tuman tarqamaguncha olib kelinmasdi. Kon oldidagi atrofi tikanli sim bilan oʻralgan maydonchada qorga koʻmilib, och-nahor oʻtirib tuman tarqashini kutardilar.

Zeklar yashaydigan baraklar qanchalik yoritilmasin, odamlar koʻksini yoritolmasdi. Ular negadir qoʻshni uyda oʻlik yotgandek bir-birlari bilan shivirlab gaplashishardi.

Uzoq yillar qamoqlarda yashaganlar bu holga koʻnikib ketishgan edi. Ayniqsa, gʻarbiy ukrainaliklar erkinlikdan tamoman umidlarini uzgan edilar. Shu topda ulardan biri nara (toʻrt kishi yotishiga moʻljallangan ikki qavatli soʻri) ustida chalqancha yotgancha shiftga tikilib «Dvlyus ya na nebo» degan ukrainlarning eng sevgan gʻamgin qoʻshigʻini kuylayapti. Bu qoʻshiqni tinglagan har qanday toshyurak odam ham yum-yum yosh toʻkardi.

Odamzot qiziq boʻlarkan-da! Shundoq azobli, ayanchli damlarda ham bir-birlari bilan jiqqamusht boʻlardilar.

Barakdagi kattakon bak suvga toʻldirib qoʻyiladi.

Uning pastidagi joʻmrakka bandi zanjirlangan va qulflangan krujka osib qoʻyilgan. Koʻpincha musulmon dinidagi oʻrta osiyoliklar, kavkazliklar, tatarlar shu bak oldida choʻkkalab tahorat oladilar.

Boshqa dindagilar, biz suv ichadigan idishni harom qilding, deb toʻpolon qilardilar. Mushtlashish boshlanadi. Soqchilar barakka kirib, qonga belangan janjal-kashlarni ajratadilar. Bir, ikki zekni haydab opchiqib ketadilar.

Barak derazalaridagi panjaralarni olib tashlashga, barakni qulflamaslikka soʻz bergan ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general va’dasini bajarmadi. Mahbuslar kechqurun barakka kelishlari bilan nazoratchilar ularni sanab, ustlaridan qulflab qoʻyishadi. Hamma hojat ishlari shu yerning oʻzida boʻladi.

Men oʻsha paytda «Madaniy tarbiya» boʻlimida rassom edim. Vazifam qaysi brigada qancha ruda qaziganini sahargacha katta-katta shchitlarga yozib, zonaning koʻrinarli joyiga ilib qoʻyish edi.

Sovuq shundoq zaptiga olgan dekabr kechasi edi. Oltinchi barakda qiy-chuv boʻlib qoldi. Mahbuslarning dod-voylarini eshitib, oʻsha tomonga yugurdim. Barakda yongʻin boʻlayotgan edi. Mahbuslar etik bilan tepib, oynalarini sindirgan derazalardan buralib-buralib qop-qora tu-tun chiqardi. Oʻt ichida qolganlar yordam soʻrab qichqirishardi.

Kor qalin yoqqan paytlarida mahbuslarga piyma (valenka — tagcharmi yoʻq namat etik) berilardi. Ilashgan qor barakka kirganda erib, valenkalar jiqqa hoʻl boʻlib ketardi. Mahbuslar ularni quritish uchun barak pechi ustiga qator terib qoʻyardilar. Yongʻin ana shu valenkalardan boshlangan edi.

Nazoratchi starshina Demyanov yonayotgan barakka qarab, maxorka tutatib turardi.
— Eshikni ochmaysizmi? — deya unga zorlandim.
— Haqqim yoʻq. Maxsus buyruq boʻlmaguncha ocholmayman, — deya qat'iy javob qildi u.
— Yetmish ikki odam boʻgʻilib oʻladi-ku! Nahotki rahmingiz kelmasa? Bu ishingiz uchun hali javob berasiz, — dedim gʻazab bilan.
— Men buyruqni bajaraman. Bu fashistlar kuysa kuyaversin, yonsa yonaversin. Barakdan yetmish ikkita kalla bilan bir yuz qirq toʻrtta oyoq topilsa boʻlgani. U yogʻi bplan, oʻlik-tirigi bilan ishim yoʻq.

Zona devoridagi soqchi boʻlayotgan vokeani kuzatib turgan ekan. Telefonda shtabga xabar qilibdi. Zudlik 6ilan shtab navbatchisi yetib keldi. Demyanovga eshiklarni och deb buyruq berdi.

Dadajon ham shu barakda yashardi. U bir yarim oydan beri toʻshakka yotib qolgan, hassaga tayanib arang oshxonaga borib-kelardi. Koʻpincha xamyurtlari unga ovqatini keltirib berardilar.

Dadajonga nima boʻldiykin, deb tashvishlana boshladim.

Barak eshigi oʻt oʻchirish qoidalariga rioya qilinmay oʻrnatilgan edi. Eshiklar ichkariga ochilardi. Bu barakni mahbuslarning oʻzlari qurgandilar. Prorab kancha tayinlamasin, kuloq solmagandilar. Yongʻin chiqqanda, yo yer qimirlagan paytda ichkaridagilar oʻzlarini eshikka uradilar. Shunda eshik yopilib kolib, ochishning iloji boʻlmaydi. Maxbuslar barakda oʻzlari uchun oʻzlari qopqon yasagan edilar. Bir soldat lom olib kelib eshikni buzdi. Ichkaridan tutunda xolsizlanganlar biri-birini itarib tashqariga chiqa boshladilar, toʻlib oqayotgan anhor qirgʻogʻi oʻpirilganday boʻldi. Odamlar tinmay yoʻtalishar, oʻkchishardi. Ular orasida Dadajon koʻrinmasdi. Deyarli hamma mahbuslar tashkariga chikdi. Dadajon yoʻq. Nazoratchi mahbuslarni bir-bir sanadi. Ularning soni yetmish bitta edi.
— Dadajon yoʻk, ichkarida qolib ketibdi. — dedim. Batareya chirok ushlagan toʻrt soldat gaz niqob kiyib barakka, tutunlar orasiga kirib ketdi. Sal fursatdan keyin hushidan ketgan Dadajonni koʻtarib chikishdi. Qalin qor bosgan yerga yotqizishdi. Shoshib bordimu bushlat bogʻichini yechib, koʻkragiga kuloq tutdim. Yuragi urmasdi. Lekin tani xali issik edi. Bilagini koʻtarib, tomirini ushlab koʻrdim. Oʻttiz uch yil dukillab muttasil urib turgan yurak endi urishdan toʻxtagan edi. Uning ochiq qolgan koʻzlariga karadim. Tun qorongʻusida koʻzlarida qanday ifoda kotib qolganini bilolmadim. Qaboqlarini kaftim bilan pastga qarab siladim. Yetdim, deganda yiqilgan Dadajonning bu dunyoga toʻymagan, erkinlik yoʻliga intizor tikilgan koʻzlari endi bir umrga yumildi.

Garnizondan kapitan Rasulov yetib keldi. Qator yotqizib qoʻyilgan, tinmay oʻqchiyotgan oʻttiz besh choqli maxbusning boshiga borib, bir-bir qarab chikdi. Dadajonning tepasiga kelib uzoq turib qoldi.

Bosh vrach Shkarin holsiz yotganlarning hammasini sanitar zambarida kasalxonaga joʻnata boshladi

Lager uygʻonib ketgan. Mahbuslar panjarali derazalardan 6u tomonga jimgina qarab turishibdi.

Dadajoshsh zambarga yotqizishdi. Bir tomopidan oʻzim koʻtarishib oʻlikxonaga obordik.

Soat sakkizda barcha baraklarning eshigi ochildi.

Oltinchi barak lop etib yondiyu alanga ichida qoldi. Achimsiq tutun hidiga toʻlgan lager ustida, tumanlar orqasidan tong yorishib kelardi.

Bir yurtning odami har qanday sharoitda ham bir-biriga qayishar ekan. Biron soatlar oʻtib, kapitan Rasulov qogʻozga oʻroqli bir narsa berib ketdi. Ochib qarasam, sakkiz metr oq surup. Dadajon uchun kafanlik edi bu. Hali ham tuman tarqagani yoʻq. Ancha baland koʻtarilib qolgan quyosh tuman pardasi orqasidan xuddi qizdirilgan chaqadek koʻrinadi.
— Kafanlikni men olib kelganimni birov bilmagani durust, — dedi u yoq-bu yoqqa alanglab Rasulov. —Marhumning jasadini soat uchlarga tayyorlanglar.

To soat uchgacha marhum Dadajonni yuvib, kafanlab, janozasini oʻqidik. Brichka aravada darvozadan olib chiqishdi. Vaxtada tunda eshiklarni ochmay, shuncha odamga shikast yetkazgan, Dadajonning oʻlimiga sabab boʻlgan nazoratchi starshina Demyanov turardi. Brichkani qoʻriqlab borastgaplarga tanbeh berdi:
— Kafanni ochib qaranglar. Badaniga shtik sanchib koʻringlar, mugʻombirlik qilayotgan boʻlmasin.

Rasulov:
— Tekshirib koʻrilgan, xotirjam boʻl, — deb javob qildi.

Uni dafn qilishga meni olib chiqishdi. Ana shunda Rasulovning millatga qayishishiga tan berdim. Goʻr qazish, murdani koʻmish uchun buxorolik uchta soldatni yuborayotgan edi. Ulardan biri Qur'onni juda chiroyli tilovat qilar ekan.

Tuman tarqagan. Oftob qor bostan oppoq choʻlda koʻzni qamashtiradi.

Qabristonga kelganimizda generalning iti koʻmilgan joyga qaradim. Juda chiroyli qilib gumbaz koʻtarilibdi. Befarzand general oʻlimi oldidan, «Mendan qolgan pullarni sarf qilib sodiq itimga yodgorlik oʻrnatinglar», deb vasiyat qilgan ekan. Yodgorlik yaqiniga bordim. Qora marmar toshga shunday soʻzlar oʻyib yozilgan:

«Mening sodiq va vafodor doʻstim, oʻttiz yetti qochoq mahbusni tutib bergan va oʻzi yovuz mahbus qoʻlida halok boʻlgan Jek nomli itga minnatdor doʻsti general mayor Maksim Mixaylovich Rechnikovdan».

Atrofga qarayman. Bu qabristonga akademik Tupolevning iste’dodli shogirdi, Mehnat qahramoni Dudintsov koʻmilgan. SSSR xalq artisti Vera Kvitko, Valeriy Chkalovning samolyotini hamisha uchishga sinchkovlik bilan tayyorlaydigan aviatsiya mayori Stepanov, Buxoroda rishta kasalini tugatishda katta xizmat koʻrsatgan Rustam Azimzodalar shonsiz-sharafsiz koʻmilgan. Ularning qabri qani? Allaqachon tep-tekis boʻlib ketgan. Birgina shu Jek deb atalgan itga qoʻyilgan savlatli yodgorlik qabristonni «obod» qilib turibdi.

Taqdir, takdir, muncha qahring qattiq! Muncha shafqatsizsan! Shu buyuk zotlarni bitta it qatori koʻrmading-a!

Fayzsiz, qishda boʻronlar uvillagan, yerdan bosh koʻtargan giyohlarni saraton qovjiratib tashlaydigan bu befayz ayanchli badbaxt dala manzarasiga qarab bu xunuk, bu sovuq qabristonga qarab ich-ichimdan faryod urardim.

Uch buxorolik azamat yigit lom bilan, belkurak 6ilan toshga aylanib ketgan zarang yerni kavlab kabr ochguncha terga pishib ketdilar. Jasad lahadga qoʻyildi. Ogʻzi yassi tova tosh bilan bekitildi. Buxoroning Shofirkonidan xizmatga chaqirilgan Mir Arab madrasasining talabasi Istam Ahadov degan yoshgina yigit tilovat boshladi. Shagʻal aralash tuproqni qabrga tashlay boshladik. Istamboy Qur'on oʻqishning hadisini olgan ekan. Oyatlarni tiniq, yurakka toʻppa-toʻgʻri borib qadaladigan ajib bir ohang bilan oʻqirdi. Bir umr tilovat eshitilmagan bu qaqir choʻlda muallaq turib vijirlayotgan qushlar ham tepamizda chir aylanar edi. Ular ham qori bolaning ovozidan mast boʻlgan edilar.

Tilovat tugab, toʻrtovimiz yuzimizga fotiha tortdik.
— Istamboy ukam, rahmat senga. Iltimos, shu yerda yotgan musulmon bandalarning ruhiga ham bir tilovat qilsang.

Istamboy boshladi. Boya tilovat paytida tepamizda chirqillib aylangan, endi esa sovuqdan jon saqlab, qalashib yotgan toshlar orasidagi xas-xashakdan yasalgan uyalarida hurpayib oʻtirgan qushlar Istamboyning ovozini eshitib, yana tepamizga qaytib keldilar. Qanotlarini pirpiratib havoda jimgina muallak qotib turardilar. Ular balandga ham chiqmas, pastga ham tushmas, allaqanday koʻrinmas ip bilan tepamizga osib qoʻyilgandek tek qotgan edilar.

Ikki oyogʻi bilan tumshugʻi qip-qizil, boshida gunafsha rang kokili bor bu kushlarning paydo boʻlganiga hali qirq yildan oshgani yoʻq. Ularning asli nomi qanaqa, hech kim bilmaydi. Qozoqlar Beyisht qushi, Qrim tatarlari Ridvon (Rizvon) qushi, deb ataydilar.

Ular toshlar orasidagi inlariga choʻl giyohlarining urugʻlarini yozda gʻamlab oladilar. Boʻron turganda, yogʻingarchilik paytlarida haftalab inlaridan chiqmaydilar.

Odamlar ularning inlari ogʻziga non ushoqlari, har xil don-dunlarni sochib qoʻyadilar.

Ufadagi Madrasayi oliyada tahsil olib qaytayotgan bir talaba qushlarning inlari oldiga tiz choʻkib, yigʻlab qur'on tilovat qilgan ekan. Uning gapiga qaraganda, bu qushlar oddiy qushlar emas, mana shu tep-tekis boʻlib ketgan qabrlardagi azob-uqubatlarda shahid boʻlgan begunoh insonlarning bir kalima tilovatga ilhaq boʻlib yotgan ruhlari emish.

Kimki Rizvon qushiga ozor bersa, tuzalmas dardga mubtalo boʻlarmish. Shu qabriston yonidan tunda oʻtgan odamlarning aytishlaricha, qushlarning uyalaridan tong otguncha yigʻi, ohu faryodlar eshitilarmish.

Lagerimizda yer yuzida barmoq bilan sanasa boʻladigan Assira-Vavilonliklarning biri — Davidov degan mahbus bor edi. Rizvon qushining bitta xoʻrozi bilan bitta makiyonini tutib kelgan edi. Yaqinda shu Bobil farzandi tutqanoq kasaliga uchrab olamdan oʻtdi. Bobilliklarning yana bittasi dunyodan ketdi.

Istamboy qiroatni sogʻingan ekan. Armiya safiga chaqirilgandan beri komsomollarning zugʻumiga uchramaslik uchun ovoz chiqarmay, ichida tilovat kilib yurarkan. Nazarimda tilovat qilayotganda uning oʻzi ham allaqanday ruhiy oziqlanayotgandek edi.

Gap-soʻz boʻlishdan choʻchimay, bu dafn marosimiga yoʻl ochib bergan hamyurtim, kapitan Rasulovga dil-dilimdan rahmatlar aytdim.
— Ukam, — dedim Istamboyga, — Qoʻlingni fotihaga och: shu Rasulov degan azamat inson xaqiga bir duo qil!

Bu dunyoning gʻamlaridan, ayriliqlaridan, adolatsizliklaridan u dunyoga faryod urib ketgan alamdoshim, hasratdoshim Dadajonni kimsasiz choʻl tuprogʻiga topshirib qaytib kelyapmiz.

Qish kunlari bir tutam. Soat besh boʻlmay qorongʻi tushgan. Zona devorlaridagi projektorlar yoqib qoʻyilgan. Gurillab yonayotgan gulxan oldida mahbuslar tik turganlaricha goh qoʻllarini, goh osqlarini oʻtga tutib isinishardi.

Zonaga birov kirmas, birov chiqmasdi.

Hammaning ogʻzida bitta gap: «Starshina Demyanovga chora koʻrilsin, jinoiy javobgarlikka tortilsin».

Yongʻin paytida barak eshiklarini ochmagan starshina Demyanov vaxtada poʻstinga oʻralib, qorovullar bilan qaynoq choy ichib oʻtiribdi. Uning basharasiga tuflagim keldi. Afsuski, buning sira iloji yoʻq edi. U ozod grajdanin, men esa hamma xukuklardan mahrum qilingan mahbusman.

Bir pastkash, insonlik qiyofasini yoʻqotgan, shafqatsiz, hissiz toʻnka oldida ojizu notavon qolish naqadar alamli, naqadar oʻkinchli!

Mahbuslar soʻzlarida turishdi. Ertasiga ham ishga chiqishmadi. Mahbuslarga bosh-qosh boʻlgan Norqobilni kechasi soldatlar opchiqib ketishgan ekan. Ertalab zonaga iljayib kirib keldi. Operativ vakil undan mahbuslarni tinchitishni, ertaga ishga chiqishlaripi tushuntirishni soʻrapti. Agar shu topshiriqni bajarmasa qoʻzgʻolon koʻtarishda ayblanishini aytibdi.
— Gapiga koʻndingmi, durak, — deya ta’na qildi maxorka tutunidan moʻylovlari sargʻayib ketgan, ismi mutlaqo unli xarfsiz yoziladigan Mkrtch degan armani chol.
— Meni kim deb oʻylayapsan? Bilib qoʻy, ya ne seksot i ne durak.

Tushga yaqin lager boshligʻi zonaga kirdi. U baraklarni aylanib chiqqandan keyin orqasidan, boshliq nima qilarkin, deb ergashib yurgan mahbuslarga dedi:
— Boʻldi endi. Ertadan ishga chiqinglar.

Norqobil unga e’tiroz bildirdi:
— Poka starshina jazolanmas ekan, rabotat ne budem.

Lager boshligʻi polkovnik Samsonov biron tayinli gap aytishga ojiz edi.
— Kelinglar, ochiqchasiga gaplashaylik. Demyanov masalasida harbiy prokurorga murojaat qildik. U starshina qonun doirasida ish tutgan. Ustavni buzmagan,

jazolab boʻlmaydi, deb javob qildi. Undan keyin harbiy tribunal bilan gaplashdik. Uning fikri boshqacha. Jazolash kerak. Odamlar xalok boʻlishini kutib oʻtirmay, shtabga yongʻin toʻgʻrisida zudlik bilan xabar qilishi kerak edi, deb javob qildi. U albatta sud qilinadi, degan fikrni aytdi. Xotirjam boʻlinglar, biz ham qarab turganimiz yoʻq. Shuni yaxshi bilinglarki, Davlat xavfsizligi komiteti bilan Ichki ishlar vazirligi hech qachon mahbuslar fikrini tan olmaydi. Ishga chiqishdan boshka ilojlaring yoʻq.
— Barak eshiklari qachon ochiladi, — deb soʻrashdi undan.
— Kutyapmiz. Yuqoridan alohida ruxsat kelishi kerak. Kutyapmiz.

Polkovnik chiqib ketgandan keyin Norkobil boshchiligida gulxan atrofida maslahat «majlisi» boʻldi. Toʻrtinchi barakdan Dorfman degan yuristni chaqirib kelishdi. U erkinlikda Leningrad advokaturasida ishlagan, koʻp chigal sud jarayonlarida yutib chikkan obroʻli advokatlardan edi.
— Agar xafa boʻlmasanglar, gapning ochigʻini aytaman. Hozirgi urinishlaringiz hech qanday natija ber-maydi. Mahbusning vazifasi — itoat qilish. Birop nimani da’vo kilishga mutlaqo xaqqi yoʻq. Chunki u grajdanlik xukuqidai maxrum qilipgan. Da’volaringizning birontasi inobatga olinmaydi. Vazifangiz faqat va faqat boʻysunish.
— Nima, biz qul chto li? — dedi norozi boʻlib Norqobil.
— Undan ham battar, — dedi Dorfman. — Bu qilayotgan ishimiz yaxshilik bilan tugasa-ku mayli-ya, oqibati yomon boʻlishi, besh-olti kishining jazo muddatini oshirib koʻyishlari ham mumkin. Ana unda yomon boʻladi.

Dorfman toʻgʻri aytayotgan edi. Lagerda yuz yildan ortiq muddatga kesilganlardan anchagina bor edi. Lager ichki intizomini buzgan, yo biron jinoyat qilib, oʻn-oʻn besh yillab muddatini oʻtaganlariga qaramay, yana yigir-ma besh yildan jazo muddati olganlar bor edi. Juk degan maxbus yigirma yettinchi yildan buyon muddat ustiga muddat oʻtab keladi. Hozir uning jazo muddati bir yuz oʻn toʻrt yilga yetgan.

Dorfman tajribali odam. Qonun-qoidalarni biladi. Uning gaplari toʻgʻri edi. Maslahat bilan ertadan ishga chiqishga qaror qilindi. Ertalab vaxtada oʻn yetti kishini toʻxtatib qoldilar. Oʻn yetti kishining hammasi troyka qarori bilan har xil muddatga kesilganlar edi. Boshliq oʻrinbosari hammamizni toʻplab, «troyka» qarori bilan kesilganlarga yengillik bsrilganini, ular maxsus ruxsatnoma bilan tashqarida soqchisiz ishga borib kelishlari mumkinligini aytdi. Ana shu jazo muddati yengillatilganlar orasida men ham bor edim. Rasulov meni garnizon klubini bezatish uchun oʻzi bilan olib ketdi.
— Qish ogʻir kelyapti. Shaxtaga borsangiz sovukda qiynalib qolasiz. Endi issiqqina klubda soldatlar shavlasidan yeb, suvrat chizaverasiz. Uzoq ishlanadigan suvrat tanlang. Bahorga yetib olguncha ishlanadigan suvrat boʻlsin. U oldimga bir dasta «Ogonyok» jurnalini tashladi. Jurnaldagi rangli suvratlarni koʻrib, «Stalingrad panoramasi»ni tanladim. Unda yuzdan ortiq odam suvrati bor edi.
— Bu ish endi sizga muddatingizni oʻtab boʻlguningizcha yetadi, — dedi Rasulov.

Ishga juda berilib ketgan edim. Orqamda kimdir turganini sezib, oʻgirilib qaradim. U bolalik oʻrtogʻim, birinchi sinfdan to toʻqqizinchi sinfgacha birga oʻqigan, juda ham qadrdon doʻstim, mahalladoshim Hamid Azizov edi. U oʻninchini tugatgandan keyin Toshkent meditsina institutiga oʻqishga kirgan, institutni bitirmay frontga yuborilgan, qaytib kelgandan keyin yana oʻqishini davom ettirgan edi.

Uni koʻrmaganimga koʻp yillar boʻlgan. Oradan shuncha vaqt oʻtib, endi, juda noqulay vaziyatda koʻrishib turibmiz. U meditsina xizmati mayori, koʻksi orden, medallar plankasi bilan toʻla edi.

Bir-birimizga soʻzsiz qarab turibmiz. Koʻz oldimda uning rangi oqara boshladi. Oxiri yuzidan qon qochib boʻzga aylandi. Nima boʻldi, tobi qochdimi... Yoʻq, u hozir tirik «xalq dushmani»ni koʻrib qoʻrqib ketgan edi. Toʻgʻrisi, undan hazar qilayotgan edi.
— Iya, iya, — dedi u lablari titrab. Biroz turib yana, iya, iya, dedi. — Men hozir... hozir...

U shunday orqasiga oʻgirildiyu yov quvlagandek, shitob bilan tashqariga chiqib ketdi. Shu ketganicha qaytib kelmadi.

Qish oyoqlab, bahor qadami eshitila boshlagan, tepalik joylarda qor erib, zanglagan yerda mis kukunlari xuddi yashil baxmal yopingandek koʻrina boshlagandi. «Stalingard» panoramasi yarimlab qolgan.

Rasulov munkaygan rus kampirini ergashtirib keldi.
— Bu opa marhum serjant Gavryushevning xotini. Eslaysizmi uni?

Gavryushev lager qoshidagi oʻt oʻchirish komandasining boshligʻi, yongʻinga qarshi ogohlantiruvchi plakatlarga buyurtma berardi. «Chekilmasin! Ruxsat etilmagan joyda chekish mana bundoq oqibatlarga olib keladi», degan suvratlar ishlab berardim. Uni duradgorlik kombinati, shaxtalar, benzin skladlari devorlariga mixlab qoʻyardi. Bu plakatlar uchun u durustgina haq olar, bir qismini menga tashlab ketardi. Gavryushev oʻtgan yili qazo qilgan edi.
— Bitta iltimos bilan kepti. Yoʻq, demang.

Kampir roʻmolchaga oʻralgan nimanidir menga uzatdi, ochib qaradim. Fotosuvrat. Nihoyatda mohir, professional fotochi olgan leytenant yigitning suvrati edi.
— Gavryushevning oʻgʻli. Praga ostonasida halok boʻlgan. Shuni moyli boʻyoq bilan ishlab bersangiz. Toʻrt kundan keyin oʻgʻlining tugʻilgan kuni ekan. Pominka qilmoqchi.
— Boʻpti, Gavryushevning hurmati, albatta ishlab beraman, — dedim.

Kampir qogʻoz xaltadagi yigirmatacha tuxumni stol ustiga qoʻydi.
— Keragi yoʻq, olib keting, — dedim qat'iy
— Olavering, kampirning oltmishta tovugʻi, sakkizta xoʻrozi bor. Bozorda tuxum sotadi.

Portretni aytgan muddatda bitqazdim. Kampir keldi. Qoʻltigʻida nihoyatda chiroyli bir babaq xoʻroz bor edi.
— E, qoʻying, olmayman. Men eringizdan koʻp yaxshiliklar koʻrganman. Haq olsam uyat boʻladi-ya.
— E, bolam. — dedi u kulib. — Xoʻrozim koʻpayib ketyapti. Ularni nima qilaman. Tuxum qilmasa bu oliftalar kimga kerak. Baribir bozorga opchiqib sotvoraman. Yaxshisi, sen shoʻrvaga bos bu gʻoʻdaygan uxajyorni...

Qoʻltigʻimda xoʻroz bilan zonaga keldim. Kutubxona oldidagi kichkinagina gulzor biqinida xoʻroz uchun katak yasadim. U juda faol xoʻrozlardan ekan. Tovuqlarini sogʻindi shekilli ertalabgacha yetti-sakkiz marta qichqirdi. Uzoq-yaqindan boshqa xoʻrozlar unga javob qayta-rishdi. Tashqariga chiqsam, mahbuslar ham hovliga chiqib, xoʻroz qichqirishini eshitib oʻtirishgan ekan. Shu birgina xoʻroz ularga qadrdon qishloqlarini, oydin kechalarni eslatib, uyqularini qochirgan ekan.

Mahbuslar xoʻrozni juda erkalatib yuborishdi. Uni katakdan chiqarib yuborishim bilan baraklar oldida mahbuslar tashlagan ushoqlarni terib yer, kechalari esa ularning uyqusini qochirib sahargacha qichqirardi.

Dushanba kuni kechqurun lager ola-toʻpolon boʻlib ketdi. Soat toʻqqiz boʻldi, haligacha sakkizinchi shaxtaga ishga chiqqan mahbuslar qaytib kelmayapti.

Boshliqlar, garnizon komandirlari zonada asabiy bir holatda bir-birlariga gap ma’qullardilar.

Qandaydir bir jiddiy, koʻngilsiz voqea yuz berganga oʻxshaydi. Zonaga qaytib kelganlarning hammasini safga tizishdi. Oshpazlarni ham, kasalxona vrachlariyu sanitarlarini, novvoyxonadagilarni ham haydab chiqib safga tizdilar. Shoshilmay, birma-bir sanadilar. Yana sapadilar. Yetti marta sanadilar. Bir mahbus kam chiqaverdi. Mahbuslarning hammasini bitta qoldirmay 6araklarga tiqishdi. Eshik oldiga qoʻyilgan soqchilar, nazoratchilar ularning ismi, familiyasini, raqamini yozib, bittalab chiqara boshladilar. Uch soat davom etgan bu «tadbir»dan keyin roʻyxatni shtabga opchiqib ketdilar. Shtabdagi roʻyxatga solishtirib, ikki soatdan koʻproq urinib, gʻoyib boʻlgan maxbus Norqobil a’lamov degan shaxs ekani aniq boʻldi.

Sakkizinchi shaxtadap brigadani kechasi soat ikkilarda olib kelishdi.

Lager boshligʻi ham oʻsha tun uxlamadi. Papiros ustiga papiros chekadi. Tongga yaqin xoʻrozimiz choʻzib-choʻzib qichqirdi. Uning tovushidan gʻazabga kelgan boshliq yer tepib baqirdi.
— Xoʻroz boqishga kim ruxsat berdi? Yoʻqotinglar, hoziroq yoʻqotinglar 6u xoʻrozni.

Demyanov quvib yurib xoʻrozni tutib keldi. Boshliqning oyogʻi ostida xoʻrozning tanasini kirza etigi bilan bosib boʻgʻziga pichoq tortib yubordi-yu, kiyimiga qon sachratmaslik uchun hali joni uzilmagan jonvorni qoʻyib yubordi. Xoʻroz tapirlab, yerdan yarim metr balandlikka ikki-uch marta sapchib jon berdi.

Mahbuslarga uylarini, qishloqlarini, bola-chaqalarini eslatib har oqshom, har sahar qichqiradigan xoʻroz ularning koʻzlari oldida qonga belanib jon berdi.
— Baribir qoʻlga tushadi bu natsmen, — dedi Demyanov qoʻliga sachragan qonni irkit dastroʻmoli bilan artarkan. — Bu choʻllardan bironta mahbus qochib qutulmagan.

Lekin Norqobil tutib boʻlmaydigan, qoʻlga tushmaydigan boʻlib qochgan edi.

Konchilar posyolkasida mahbuslik muddatini oʻtab boʻlgan, besh yillik surgun jazosini oʻtayotgan sobiq mahbuslar ham yashardilar. Ularga boshqa tomonlarga borib ishlashga ruxsat yoʻq edi. Ular ham konda ishlashga majbur edilar. Ular orasida Norqobilning blatnoy doʻstlari koʻp edi. Ular konga maxsus guvohnoma bilan kirib ishlardilar.

Oʻtgan seshanba kuni sakkizinchi shaxtada ishlaydigan blatnoy doʻsti uning raqamlangan kiyimlarini kiyib, mahbuslar bilan zonaga keladi. U besh kun mahbuslar bilan ishga borib kelaveradi. U dushanba kuni ishga kelganda yashirib qoʻygan oʻz kiyimlarini kiyib ruxsat-nomasi bilan shaxtadan chiqib ketadi.

Norqobil esa doʻstlari tayyorlab qoʻygan grajdan kiyimi bilan, ular toʻplab bergan anchagina pul bilan, suvrati yopishtirilgan, haqiqiyligiga hech kim shubha qilmaydigan qalbaki nasport bilan shu besh kun ichida Termizga yetib keladi. Puflab shishirilgan buzoq terisini minib, afgʻon shamoli quturgandan quturib koʻz ochirmayotgan tunda jiyanlari koʻmagida Amudaryoda suzib, chegaradan oʻtib ketadi.

Shu topda, uni tutamiz, qoʻlga tushiramiz, jazosini beramiz, deb gapirayotganlarida u Afgʻonistonning Hayraton qishlogʻida, choʻpon oʻtovida koʻk choy ichib, oʻrischa soʻkinib oʻtirar edi.

XOTIMA

Qamoqdan boʻshagan kunimdan bir hafta avval Demyanovning unvoni oshirildi. Zonaga pogonida bitta yulduz bilan kirib keldi.

Qadrdon Toshkentimga eson-omon yetib keldim. Vayron boʻlgan roʻzgʻorimni tikladim. Farzand koʻrdim. Qator-qator kitoblarim chikdi. «Xalq yozuvchisi» unvoniga sazovor boʻldim.

Hovlida oʻtirgan edim. Eshik qoʻngʻirogʻi jiringladi. Chiqib eshikni ochdim. Ostonada bolalik «oʻrtogʻim» Hamid Azizov turardi. U bagʻriga bosib koʻrishmoqchi boʻldi. Orqaga chekindim. U juda noqulay ahvolda qoldi. Tutila-tutila, toʻy qilayotganini, toʻyga taklifnoma olib kelganini aytdi. Xoʻp, xayr, dedimu eshikni bekitib, ichkariga kirib ketdim. U hayronu lol, serraygancha qoldi. U bergan taklif qogʻozini oʻqimay, gʻijimlab, yoʻlakdagi axlat chelagiga tashladim.