OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSaid Ahmad
Asar nomiTogʻ afsonasi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Said Ahmad
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm13KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/05/25
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
1969 yil.


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Togʻ afsonasi (hikoya)
Said Ahmad

Mashina xoʻp yaxshi narsa-yu, uning ham oʻziga yarasha nagʻmalari bor-da! Mattshna olgan odamlarning xotinlari hazil aralash, bu mashina emas, kundoshim, deyishar ekan. Sababi, er ishdan keliboq ovqatga ham qaramay, mashinasining tagiga kirib ketganicha yarim kechada moyga qorishib chiqar, azonlab yana mashinaga unnab ketarkan.

Vahobjon rayvodxozda texnik. Uning ham oʻziga yarasha koʻrimsizgina «Moskvich»i bor. Oʻzi haydaydi. Eski mashina mingan odam yaxshi shofyor hisoblanadi. Hadeb buzilavergandan keyin u yogʻini kovlaydi, bu yogʻini kovlaydi, xullas, ichida nimasi boʻlsa, barini bilib oladi. Yaxshiyamki, Vahobjon hali uylanmagan. Uylanganida, albatta, xotiii chidamasdi, yo meni deysan, yo mashinani deysan, deb turib olardi. Rostda, u boʻsh qoldi deguncha mashinani kovlaydi. Uni gurillataverib qoʻni-qoʻshnilarning joniga tegdi. Qoʻshnilar, shu Vahobjon uylana qolsaydi, oʻzidai tinchib ketarmidi, deyishadi. Ammo Vaxobjoining hali-beri uylanadigan niyati yoʻqqa oʻxshaydi. Oʻzi mundoq birortasini topmaydi, qarindosh-urugʻlar topganini yoqtirmaydi. Kampir oyisi nolib qolsa, xazilga oladida, yana mashina tagiga kirib ketadi. Oxiri jonidan bezor boʻlgan qoʻshnilar kampirga yalinishadi:
— Oʻgʻlingiz mashinani kechasi garajga oborib qoʻysin. Uxlatmayotibdi.

Rayvodxozning garaji yoʻq, qayoqda qoldiradi. Undan tashqari, oʻzingizga ma’lum, Vahobjonga kechalari ham u yoqni suv urib ketdi, bu yoqqa suv kerak, deb raislar telefon qilib turishadi. Shofyor olaylik deyishsa, qaysi shofyor bunaqa shaloq mapshnaga — bunaqa bezovta ishga koʻnadi. Bitta-yarimta yanglishib kelib qolgan shofyorlar ham ikki kunga chidamay tashlab qochishadi. Xullas, 6u ishga Vahobjonning oʻzidan boshqasi toʻgʻri kelmaydi.

Mana shu Vahobjon bahor toshqinida suv olib ketib, haligacha tuzatilmagan kanal toʻgʻonini tuzattirishga bir haftadan beri ovora edi. Shu paytgacha raislar shox bostirib, bu yogʻiga shagʻal toʻktirib eplab kelishayotgan edi. Shu alpozda paxta sugʻorib boʻladimi, kim qancha suv olayotganini bilib boʻlmasa! Raislar bay-baylab vodxoz masalasini byuroga qoʻyib qolishdi-ku. Ana vodxoz boshligʻining tipirchilab qoligaini koʻring. Ikki kunda tsement xam topildi, buldozer xam, beton plitalar xam topildi. Kechasiyu kunduzi ish. Kolxozlar odam xam topib berishdi. Dorotdel yoʻlga «oʻtilmasin!» degan belgi qoʻyib, mashina va avtobuslarni vaqtincha boshqa yoʻldan qatnaydigan qilib qoʻndi.

Soch-soqoli oʻsib ketgan Vaxobjon, projektor yenida turgan montyor bolaga baqiradi, shagʻal toʻkayotgan samosvalga chirokni toʻgʻrila, kabelni tort, suv tegmasin, deb qichqiradi. Orqasiga tisarilib, shagʻalli mashinaga yoʻl koʻrsatadi. Ish qizigandan qizib ketgan. Yoz kechalari shunaqa ishlashlik boʻladi. Ayniksa, bu tomonlarning oqshomiga hech narsa teng kelolmaydi. Daryo shovullaydi, togʻ orqasidan osmonga sut purkagandek boʻlib, avval oy shu'lasi koʻrinadi, keyin oʻzi salmoqlab osmonga koʻtariladi-da, togʻ choʻqqisiga ayri minib, turib qoladi. Biram chiroyli, biram yoqimli shamol esadi. Saraton dazmoldek qizdirgan toshlarni shu shabada puflab sovutadi. Oʻt-oʻlanlarni silkitadi. Joʻjasi hali uchirma boʻlmagan ona oʻrdaklarning allaga oʻxshash gʻalati gʻaqillashini uzoqlardan olib keladi. Kanalning betoʻsiq betoʻlqin suvi oydinda xuddi poyoni yoʻq yaxlit oypadek yaltiraydi. Quloq boshida suv ochayotgan miroblarning tovushi eshitilib qoladi. Ayniqsa, bittasi ezib-ezib ashula aytadi. Kechasi olisdan kelgan qoʻshiq gʻalati boʻlarkan. Odamning tomir-tomiriga kirib ketaman deydi. Betonchi bola xam qoʻshiqqa ishqivoz ekan, ovozi biram doʻrillagan. Qoʻshiq soʻzlarini poyma-poy qilib xonish kilib qoladi. Quruvchilar atayin UNI mayna qilib «yana boʻlsin», «doʻst» deb qoʻyishadi. Yigit ham ularning «iltimosi»ni yerda qoldir-may, ashulaga ashulani ulab ketadi:

Toshga yomgir kor qilurmi,

Muttasil yoqqan bilan...
— Doʻst, bu Navoiydanmi?
— Yoʻgʻ-e, Mashrabnikidir. Qiyqiriq, kulgi.

Shu zaylda kulgi bilan, koʻshiq bilan ish davom etadi. Vaxobjon u yoqdan-bu yoqqa zir yugurib, ishni jadallatadi. Kattakon bak oldida choy damlangan tunuka choynakni choʻkqa qoʻyib oʻtirgan cholning yoniga tushib ketayotgan edi, uzoqdan mashina chirogʻini koʻrib toʻxtadi. Ma-shina «oʻtilmasin!» belgisi qoʻyilgan muyulishdan oʻtib, toʻppa-toʻgʻri kelaverdi. Vaxobjon ijrokomdan birov kelayotgan boʻlsa kerak, deb oʻyladi. Tikilib qarasa, tangadek zangori chirogʻi bor. Nechuk taksi mashinasi bu tomonlarga oʻtdi ekan, deb yoʻlga chikdi-da, qoʻlini koʻtarib uni toʻxtatdi.
— MUMKIN emas, belgini koʻrmadingizmi, qayting!

Shofyor kabinadan bosh chiqarib, qoʻlini koʻksiga

koʻyib, uzr aytgan boʻldi.
— Koʻktoshga ketayotgan boʻlsanglar. Xonimobod tomondan aylanib oʻtasizlar.

Xonimoboddan aylanib oʻtish uchun ortiqcha oʻn toʻqqiz kilometr yoʻl yurish kerak. Har qanday odamga xam taksida borish jabr boʻladi!

Shofyor kabinadan tushdi. Ikki qoʻlini beliga qoʻyib, U yoq-bu yoqqa qaradida, oʻtib ketishning sira iloji yoʻqligini bilgandan keyin, noiloj orqa eshikni ochib, ichkariga qarab yelkasini qisdi.
— Iloji yoʻq, opajon. Buyogʻi koʻp qolmadi. Piyoda yigirma minutda yetasiz. Xonimoboddan borsangiz qimmatga tushadi. Mayli desangiz, yana oʻzingiz bilasiz. Menga bari bir.

Mashinadan chamadon koʻtargan bir ayol tushdi. Vahobjon qorongʻida uning yuzini anik koʻrolmadi. Ayol shofyor bilan ancha vaqtgacha nimanidir gaplashib turib qoldi. Keyin mashina orqasiga qaytdi. Ayol bitta-bitta bosib Vahobjonning oldiga keldi. Koʻktoshga qaysi tomondan borishni soʻradi. Tavba, ovozi tanish. Qaerda eshitgan bu tovushni? Shu payt shagʻal toʻkib boʻlgan samosval keskin burilgan edi, uning oʻtkir chirogʻida ayolning yuzi bir dam yorishib ketdi.

Sochlari boshiga chambarak qilingan, lablariga bilinar-bilinmas qizil surtilgan, yigirma-yigirma ikki yoshlardagi kelishgan qiz. Vahobjon uni tanidi. Bu qizni u bir marta, atigi bir marta koʻrgan. U bilan yonma-yon oʻtirib choy ichgan. Shu qizning oʻzi unga choy quyib bergan. Ammo Vahobjon, toʻgʻrisini aytganda, u quyib bergan choyni qiynalib ichgan, nsgaki, bu kizning bir qoʻlida odamning kalla suyagi bor edi. Vahobjon oʻtgan yilning avgustida sirtki institutga imtihon topshirgani Toshkentga tushgan edi. Konsultatsiya oʻtkazadigan oʻqituvchining tobi qochib qolib, institutga kelolmay qolibdi. Dekan Vahobjonga oʻqituvchining uyiga borishni maslahat bergan edi. Bordi. U Chilonzordagi katta koʻcha betidagi uyning ikkinchi qavatida yasharkan. Kirib gaplashdi. Bilmaganlarini soʻrab oldi. Oʻqituvchi Vahobjonga imtixonga kirsangiz boʻladi, deb maslahat berdi. U xursand boʻlib chiqsa, mashinasining bir gʻildiragi shalpayib yotibdi, kameraning zolotnigini birov burab olib qoʻyibdi. Asfalt yoʻlkada «bosdimmi» oʻynayotgan qizchalar unga qarab turishardi. Ularning biri yaqin kslib shivirladi.
— Akbar minnarsangizni burab olib qoʻydi.
— Qanaqa Akbar?
— Hu anavi uyda turadi. Hozir qochib chiqib ketdi. Inobat opamlarning ukalari.

Vahobjonning juda jahli chiqib ketdi. Bu qanday gap! Zapas gʻildirak boʻlganda ham boshqa gap edi.

Vahobjon boyagi qiz koʻrsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. Javob boʻlmadi. Yana qoʻngʻiroq tugmasini bosgan edi, ayol kishining: «Ho Akbar, eshikni och, birov keldi» degan tovushi eshitildi. Hadeganda eshik ochilavermadi. Anchadan keyin shippak tovushi yaqinlashdida, eshik qarsillab ochildi. Vahobjonning qarshisida odamning kalla suyagini ushlagan koʻhlik bir qiz turardi. Vahobjonning yuragi orqasiga tortib ketdi. Qiz qoshlarini kerib, kimda ishingiz bor edi, degandek hayron boʻlib turibdi.
— Akbarda ishim bor edi. Chaqirib bersangiz. Qiz ermak qilayotgandek orqasiga qarab qichqirdi:
— Hoy, Akbar, oʻrtogʻing keldilar, bu yoqqa chiq! Ichkaridan trusichan, olti yoshlardagi bir bola bur-

nini tortib chikdi. U Vahobjonni koʻrishi bilan toʻxtadi. Keyin Vahobjonning oʻrtogʻi birdan orqasiga tiraqaylab qochib qoldi. Qiz nima gapligiga tushuna olmay xayron. Vahobjon boʻlgan gapni aytib berdi. Qiz xijolat boʻlib, undan uzr soʻradida, hozir oʻsha buyumni olib beraman, deb orqasiga burildi. Keyin toʻxtab, qoʻlidagi kalla suyagini Vahobjonning qoʻliga tutqazdi.
— Hozir, hozir olib bsraman.

Akbar vannaxonani ichidan berkitib olgan ekan. Qiz yalindi.

Oxiri Akbar eshikni ochdi. Vahobjon qarasa, u vannaga suv toʻldirib, ming yamoq boʻlib ketgan avtokameraga nasos bilan yel berayotgan ekan.
— Bu oʻlgur choʻmilishga kerak-da. Suzishga oʻrganayotganmish. Qani, ber, kim oʻrgatdi senga birovning narsasini olishni?!
— Magazinda yoʻq-da, boʻlmasa olarmidim, — dedi Akbar burnini tortib.

Shunday dedi-yu, vannadagi ilma-teshik kamera ogʻzidan zolotnikni chiqazib berdi. Vahobjon qizga rahmat aytib, tashqariga chiqdi. Ust kiyimini yechib, mashinaga domkrat qoʻyib, gʻildirakni koʻtardi, uni chiqarib olib, boshqatdan yel bera boshladi. To u ishini bitkazguncha kora terga tushib ketdi. Ancha kech boʻlib qolgan edi. Uning qiynalayotganini balkondan koʻrib turgan qiz:
— Kirib yuvinib oling, — dedi.

Vahobjon bir soʻz demay qaytib kirdi. Qiz yelkasida sochiq, qoʻlida sovun bilan uni kutib turardi.

U yuziga sovun surtayotganida ham, oppoq, kraxmallangan sochiqqa artinayotganida ham bir oʻy kallasidan ketmasdi: «Qanday chiroyli qiz-a, ammo qoʻlidagi odamning kalla suyagi nimasi».
— Choy damlab qoʻydim, ichib ola qoling, qorningiz ham ochgandir.

Vahobjon uzr aytsa ham qiz qoʻymadi. Choy quyib uzatdi. Bola bechora ichishni ham, ichmaslikni ham bilmay hayron edi. Ichdiyu yana boyagi kallani esladi. Oxiri, u qizga rahmat aytib ketar ekan, Akbarga zolotnik keltirib berishga va’da qildi.

Ana shu voqeadan keyin Vahobjon qizni uchratmadi. Uyiga Akbarga va’da qilgan narsani olib borganda kiz yoʻk ekan. Mana, oradan bir yil oʻtdi. U oʻsha qizni eslaganida nihoyatda koʻhlik bir qizning yuzi, koʻzi, kslishgan gavdasi koʻz oldiga kelardi-da, zum oʻtmay, bu goʻzallik oʻrnini tirjaygan kalla suyagi egallab olardi. Shuning uchun ham Vahobjon uni eslamaslikka tirishardi.

Mana bugun dars shovullagan, shagʻallar qaldiragan togʻ oqshomida ikkovi yana baqamti kelib turishibdi. Qiz uni tanimagan boʻlsa kerak. Negaki, Vahobjonning soch-soqoli oʻsib ketgan, kiyimlari chang, tuproq edi.

Ularning xar ikkovi bir-birlariga qarab ancha turib qolishgandan keyin Vahobjon gap boshladi:
— Koʻktoshga ketyapman deng. U yerda qarindoshlaringiz bormi?
— Yoʻq, — dedi qiz. — Ishga shu yoqqa tayin qilishdi. Rayzdrav ixtiyoriga...

Qizning ovozi biram yoqimli, biram jarangli. Vahobjon seskanib ketdi. Demak, bu qiz rayonga doktor boʻlib kelyapti. U doktorlikni bitirgan. Odamning kalla suyagini bekorga koʻtarib yurmagan ekan u...
— Meni taniyapsizmi? — dedi Vahobjon.
— Yoʻgʻ-a, — dedi kiz yelkasini qisib.
— Uyingizga borgandim. Akbarning orqasidan vannaga kirgandim...

Vahobjonning gapi ogʻzida qoldi.
— A-a-a, oʻsha sizmidingiz, buni qarang-a, tanimapman. Uyimizga yana bir kelgan ekaisiz. Yoʻqligimni qarang-a.

Buldozerchi Vahobjonni chaqirib qoldi. U qizga: «Hozir kelaman» deb chopganicha ketdi.

Allamahal boʻlib qolgan edi. Vahobjon prorabga topshiriqlarni berib, qizning oldiga qaytdi.
— Qani, mehmon, ketdik. Koʻktoshga oʻzim oborib qoʻyaman.

Qiz qarshilik qilmay, «Moskvich» eshigini ochdi. Yoʻlga tushishdi. Oy xuddi mashina bilan yonma-yon ketayotganga oʻxshaydi. Soyadek boʻlib koʻrinayotgan togʻ tizmalari biram ajoyib, biram ajoyib.

Vahobjon rul boshqarib borarkan, oʻy oʻylardi:

«Qani edi shu qizga uylansam, menga tegarmikan? Tegmas, balki sevgani bordir...»

Mashina motori bir-ikki yoʻtalib oʻchdi. Vahobjon shoshib tushib, kopotni ochdi. Ventilyatsiya tasmasi uzilib ketibdi. Zapasi yoʻq. Endi nima boʻladi? Shu yerda tunab qolishdan boshqa iloj yoʻq! Ularning ikkovi ham hafsalalari pir boʻlib, toshga oʻtirishdi.
— Qiziq boʻldi-ku! — dedi Vahobjon xijolat chekib. Qiz indamadi. U azamat togʻ tizmalariga, qoya uchiga jigʻa boʻlib qoʻnib turgan baldokdek oyga jimgina qarab oʻtirardi.
— Bilasizmi, men hech toqqa chiqmaganman. Buni qarang, kechasi, ayniqsa, oydinda juda gʻalati boʻlarkan. Biram yaxshiki.

Kizning tovushidan sovuqqotganligi shundoqqina bilinib turardi. Vaxobjon mashinani ochib, old suyanchigʻini tushirib, ketidagisiga yondashtirib qoʻydi.
— Siz kirib bir oz mizgʻib oling.

Qiz avvaliga koʻnmay turdi. Keyin sovukdan titrab ichkariga kirib ketdi. Vahobjon radioni sekinlab burab qoʻydi. Qiz toʻnga oʻranib oldi.

Togʻ oʻngirida yoqimli kuy oqar, kichkinagina, koʻrimsiz mashina ichida esa husnda yagona bir qiz uxlardi.

Vahobjon uning atrofida papiros chekib aylanib yuripti.

Bu holat gerdaygan togʻ etagida tugʻilayotgan yangi doston, yangi afsonaga oʻxshardi.

Kim biladi, balki Vahobjon afsonavor bu oqshomda oʻz baxtini, muhabbatini qoʻriqlayotgandir. Zora shunday boʻlsa!