OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Said Ahmad. Tut pishigʻi (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSaid Ahmad
Asar nomiTut pishigʻi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Said Ahmad
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm27KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/05/25
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
2001 yil 24 avgust. («Koʻz yoshi tomgan hikoyalar» turkumidan)


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tut pishigʻi (hikoya)
Said Ahmad

Toshkent —Namangan poezdi keldi. Provodnik ikki oyogʻining tizzasidan bir qarich pasti kesilgan nogiron kishini toʻrtta podshipnikka oʻrnatilgan aravachasi bilan koʻtarib tushdi. Uni shu koʻtargancha stansiyadan tashqariga, asfalt yoʻl boshlanadigan joyga chiqib vokzal chiroqlarining yorigʻi tushib turgan yerga qoʻyar ekan.
— Ana endi «Chayka»ni shaldiratib ketaverasiz, — dsb yelkasiga qoqib qoʻydi.

Hali tong otmagan, ufq cheti endi oqarib kelayotgan mahal. Qorongʻida aravacha ovozi asta uzoqlashib boradi.

Osmon etagi oqara boshladi. Nogiron yoʻlovchi hamon ikki taxtakach tayanchini asfaltga qadab oldinga intilyapti. Gʻildirak shaldirab-qaldirab asta siljib borardi. Yoʻlovchining qoʻllari toldi shekilli, aravacha xuddi benzini tugayotgan mashinaga oʻxshab siltab-siltab arang yoʻl bosardi.

Allaqachop tong yorishib ketganiga qaramay, bir yep-gil mashina olisni yorntuvchi chprogʻini oʻchnrmay oʻkdsk uchib kelardi. Uning oʻtkir nuridan yoʻlovchining koʻzla-ri qamashdi. Mashina xaydovchisi uni oʻn besh metrcha oraliq qolgandagina koʻrdi, zarb bilan tormoz berdi. U gʻiyqillab kelib yoʻlovchining aravachasiga urildi. Yoʻlovchi agʻdarilib tushdi. Aravachasi toʻnkarilib qoldi. Mashina xaydovchisi ayol kishi ekan, qilib qoʻygan ishidan qoʻrqqanidanmi, es-xun!ini yoʻqotib qoʻyganidanmi, gandiraklab yoʻlovchining tepasiga keldi. Yonboshlab qolib, oʻzini oʻnglay olmayotgan yoʻlovchining qoʻltigʻidan olib yerga oʻtqazib qoʻydi. Ayoldan tamaki tutuniga qorishiq konyak isi burqsirdi. Yoʻlovchi sergaklandi.
— Hozir... xozir aravachangizni xam oʻnglab beraman, — dedi u.

Yoʻlovchi hayrat bilan, afsus-nadomatlar bilan ovoz chiqardi:
— Suxsura, senmisan?..

Ayolning aravachaga uzatgan koʻli xavoda muallaq qoldi. Orqaga bir kadam tisarildi.
— Abdulla aka.

Ular bir-birlariga xayrat va daxshat bilan qarab turishardi.

Mashina kabinasidan erkak kishiiiig shirakayf tovushi eshitildi:
— Nima kilayapsan? oʻlmagan boʻlsa boʻpti-da, qayt orqangga, Suka.

Suxsura dsb atalmish ayol orkasiga tisarila-tisarila mashina tomon boradi.
— Kim ekan u? - dedi talaffuzidan qaysi millatga mansub ekanini bilib boʻlmaydigan bir oxangda.
— Bilmasam, — dedi Suxsura zarda bilan.
— Tezroq xayda. Ering soat toʻqqizda oʻtadigan Toshkent poezdida qaytadi. U kelguncha qishloqqa yetib olaylik. Meni Geldievaning uyiga tashlab oʻtarsan. Jindek mizgʻib olmasam, boʻlmaydi. Qachon uchrashishimizni Geldieva aytadi.

Suxsura koʻzyoshlarini tiyolmas, unsiz yigʻlab mashinani arang boshqarib borardi.

Abdulla otliq yoʻlovchi chaqmoq urgan odamdek esankirab qoldi. Nima boʻldi?

Hozirgina nafasi-nafasi bilan toʻqnashgan, ovozini aniq eshitgan Suxsurani tugaida koʻrdimi, yo u gʻoyibdan paydo boʻldi-yu yana gʻoyibga qaytib ketdimi?

Yoʻlovchi uzoqlashib ketayotgan mashina orqasidan hay-ronu lol qarab qoldi.

U bundan oʻn yilcha oldin raykom byurosida suyuqoyoq Geldieva degan ayolning raykom sekretarligiga oʻtayotganda ovoz bermagan Abdulla gʻapporov edi. Oʻsha paytda gʻapporov rayoi gazetasining muharriri va raykom byurosining a’zosi edi. Oʻshanda Geldieva uni millatchilikda ayblagan: «Erim rus boʻlgani uchun shunday qilyapti», — deb da’vo qilgan edi.

Geldieva uni sudga bergan, sud esa «xalqlar doʻstligini tan olmagan, ayniqsa, ulugʻ rus ogʻamizning tinch-totuv oilasiga rahna solmoqchi boʻlgan» millatchi gʻapporovni yetti yil qamoq jazosini oʻtashga hukm qilgan. Hukm oʻqilganda Geldieva:
— Erim ulugʻ rus xalqining vakili ekanidan faxrlanaman. Sen esa qamoq jazosini oʻtab kelganipgda xotiningni bir chulchutning qoʻynida koʻrasan, — dsb «bashorat» qilgan edi.

Bir vaqtlar yursa sr gursillaydigan, bilagiga kuchi sigʻmagan gʻapporovniig xotindan omadi kelgan edi. Koʻrgaining koʻzini kuydiradigan tengsiz goʻzal umr yoʻldoshi bilan baxtisr boʻlgan, endi esa tom ma’noda yarimta boʻlib qolgan, raqibiga zarba berish imkoniyatidan mutlaqo mahrum boʻlgan gʻapporov qishloqda oʻzini qanday savdolar kutayotganini hali bilmasdi.

Oftob charaqlab chiqdi. Gʻapporov atrofga alangladi. Shundagina yoʻl chetidagi devordan shoxlari koʻchaga oshib oʻtgan azim tup marvarid tutga koʻzi tushdi. Har bittasi bodrokdek keladigan oppoq tutlar yer bilan bitta boʻlib yotardi. Gʻapporov lagerlarda sarson-sargardon kezgan paytlarda tuitiga mahalla masjidining hovlisida oʻsgan tut kirardi. Qoʻyniga yarimta kulchani solib, shoxlarda gʻarq pishgan tutlarni nonga koʻshib toʻyib yegan paytlarini eslardi. Endi bu damlar aslo qaytib kelmasligini oʻylab ich-ichidan xoʻrsinib qoʻyardi.

Gʻapporovning lablari quruqshab, kechadan beri suv koʻrmagan ogʻzida tili aylanmasdi.

Tanu joni sogʻ odamga ikki qadam, gʻapporov uchun yetib boʻlmas olis egaik bir vaqtlar uning qoʻlida korrektor boʻlib ishlagan Zumrad xolaning xovlisi edi. Rahbarlarning nutqlari bosiladigan kuni gazetaga koʻpincha yarim kechasi imzo chekilardi. Shunday paytlarda gʻapporov uni shu uyga mashinada opkelib koʻyardi.

Taxta yashiklardan yasalgai darvoza biqshshdagi eshik ochilib, koʻlida supurgi bilan bir kampir chikdi. Bu Zumrad xola edi. U xar kecha yotish oldidan supaga chodir yozib koʻyar, ertalab toʻkilgan top-toza tutlarni togʻoraga solib, yoʻlovchilarning ogʻzi tegsin, deb yoʻl chetiga oborib koʻyardi. Yerga toʻkilganlarini supurib tuxumi shirin boʻladi, deb tovuqlarga berardi.

Zumrad xola xam qarib qopti, sshi saksonni qoralab qolgandir-ov, deb koʻnglidan oʻtkazdi gʻapporov.

Zumrad xola tut toʻldirilgan togʻorani yoʻl chetiga olib kelarkan, besh-olti kadam narida — asfalt yoʻlning oʻrtasida oʻzini oʻnglayolmay kiynalayotgan ikki oyogʻi toʻmtoq odamni koʻrib, unga tomon yura boshladi.
— Senga nima boʻldi, bolam? — dedi tspasiga kelgach. Unga yaqinlashib tikildiyu xayratdan yoqasini ushladi. — Gʻapporovmisan, senga nima boʻldi? Seni shu alpozda koʻrmay mengina oʻlay.

Zumrad xola undan koʻp yaxshiliklar koʻrgan, ikki nevarasini shu gʻapporov Toshkentga oborib oʻqishga joylagan, har bayramda uni sovgʻa-salomlar bilan yoʻqlab turadigan ajib bir mexribon inson edi.

Zumrad xola shoshib uyga kirib ketdi. Uxlab yotgan oʻgʻlini uygʻotib chikdi. Uning oʻgʻli rayon pochtasining usti brezentlik yuk mashinasini minar, Toshkent poezdida rayon pochtasiga keladigan xatlarni, posilkalarni olib qaytardi. Navbatdagi Toshkent poezdi kelguncha mashinani hovliga kiritib, ozgina mizgʻib olardi.

Ona-bola gʻapporovning tepasiga kelishdi. Oʻgʻli gʻapporovni bola koʻtargandek qilib bagʻriga bosib koʻtarib oldi. Zumrad xola asfalt yoʻlda toʻnkarilib yotgan aravachani sudrab supa oldiga kelishdi. Kampir to uydan koʻrpacha olib chiqquncha oʻgʻli gʻapporovni koʻtarganicha turardi. Gʻapporovning tomogʻi quruqshaganidan tili gapga aylanmas, soʻz oʻrniga xirillagan xunuk ovoz chiqarardi. Kampirning oʻgʻli uni xuddi kapalakdek ehtiyot qilib koʻrpachaga oʻtqazdi. Kampir choy damlagani kirib ketarkan oʻgʻliga:
— Oftobroʻy tarafdagi shoxni silkit. Pishgan-pishgan tutlarni patnisga terib ol, — dedi.

Bir ozdan keyin Zumrad xola qoʻlida choynak-piyola bilan chiqdi. Gʻapporov choy toʻla piyolani olarkan:
— Shoshilma, sal kaynogʻi tushsin, — deb ogohlantirdi.

Gʻashyurov chidab turolmadi. Ogʻzi kuysa ham, ikki hoʻplashda piyolani boʻshatdi. Yana ichdi. Uch piyolani boʻshatgandan keyin koʻrib qolgan qovun poʻchogʻidek boʻlib tang-layiga ilashmayotgan tili yumgaadi. Xirillashi ham bosildi.
— Rahmat, xolajon.
— Rahmat dema, bolam. Yaqin odamlarimizdan, qadrdonlarimizdan bir piyola choyni ayasak, Xudoning gʻazabiga uchramaymizmi? Bolam, endi manavi tutni yeb ol. Tut yemaganingga ham oʻp yil boʻlib qolgandir?

Gʻapporov bosh qimirlatib qoʻydi. Uning xayoli bu-tunlay boshqa yokda — ahd-paymonlarini burbod qilgap Suxsurada edi. Olis yurtlarda tushlariga kirgan tutlar shu topda yer bilan bitta boʻlib yotardi.

Birov, falonchi oʻlsin-e desa, unaqa demang, tut pishigʻini koʻrib qolsin, dsyishadi.

Tut pishigʻi xosiyatli fasl. Ana ketamanmana ketaman deb, oʻlimini kutib yotgan bemorlar tutga ogʻizlari tegishi bilan quvvatga kirib, yurib ketadilar.

Tut pishigʻi yoz fasliga eshik ochib beradi.
— Endi qayoqqa borasan, bolam? — dsdi Zumrad xola.
— Uyga boraman, — dedi gʻapporov qat'iy qilib.
— Borma, shu yerda qol. Suxsura endi senga xotinlik qilmaydi.
— Baribir uni koʻrigaim, nega bunaqa yoʻlga kirganini bilishim kerak.
— Xotiningning husni boshiga balo boʻldi. Yaramas, buzuq Geldieva uni shu koʻyga soldi. Uyingga borma, bolam, borma.

Hozir hech qanaqa gap gʻapporovning kulogʻiga kirmasdi. Oxiri noiloj qolgan Zumrad xola oʻgʻliga:
— Nuriddin bolam, akangni oborib qoʻygin, — deb buyurdi.

Mashina gʻapporovning totli damlari kechgan, baxtli umrining unutilmas daqiqalariga guvoh boʻlgan qadrdon uyi eshigi oldida toʻxtadi. Nuriddin eshikni itargan edi, ochilib ketdi. U gʻapporovni koʻtarib hovliga olib kirdi. Aravachasini tekis yerga qoʻyib, ustiga uni oʻtqazdi. Sahni yer bilan teng xonaning eshigi qulflanmagan ekan, halqasidan tortganda ochilib ketdi.

Gʻapporovning xushi oʻzida emasdi. Nazarida xaqikiy Suxsura chiqib boʻyniga osplib, qayoqlarda yuribsiz deb lablarini burib, ta’na qiladigandek edi.

Gʻapporov atrofga alangladi. Hovli ayol kishining oyogʻi yetmagan, biron marta supurgi koʻrmagan, fayzsiz, farishtasiz edi. Vinodan boʻshagan shishalar, gʻijimlab tashlangan papiros qutilari sochilib yotar, atrofida kul uyilib qolgan kabob koʻrasi yonida koʻmir toʻldirilgan shlyapa. Toshkentga borishganda uni Suxsutsa sovgʻa qilgan, oʻz qoʻli bilan kiydirib qoʻygan edi. Oʻchoq chetidan irkit qozonsochiq osilib turibdi. Bu matbuot kuni gʻapporovga redaktsiya xodimlari sovgʻa qilgan yashil galstuk.

Hovli eshigi berk paytlarda pochtachi devordan otib tashlagan xatlar sochilib yotardi. Bu qoʻlda yasagan konvertlar ichida gʻapporovning olis lagerlardan yuborgan, koʻz yoshlarga qorishiq xatlari, iztirob toʻla dardlari oʻksib yotardi. Ularning birortasi ochilmagan. Konvertlarda oyoq izlari qolgan.

Gʻapporov aravachasini shildiratib xonaga kirdi. Dimogʻiga qoʻlansa konyak xidi urilib, koʻngli behuzur boʻldi.

Suxsura xonada yoʻq. Yaqinda chiqib ketgan boʻlsa kerak, xona ichida sigareta tutunlari xali ham suzib yuribdi. Stol ustida kursi. Tepasida shiftdagi ilgakka tashlangan arqon osigʻligicha qolgan. Demak, Suxsura oʻzini osmoqchi boʻlgan, lekin jur'atsizlik qilib niyatidan qaytgan. Stol chetida ikki buklangan qogʻoz, unga uzuk bostirib qoʻyilgan. Gʻapporov uzukni olib u yoq-bu yogʻiga qaradi. Bu oʻsha — nikoh kechasi Suxsuraning barmogʻiga taqib qoʻygan uzuk edi. Gʻapporov koʻzlarini yumdi. Qulogʻiga yor-doʻstlarning chapaklari, «gorko-gorko» deb qichqirishlari eshitilib ketdi.

Gʻapporov qoʻllari qaltirab qogʻozni oldi, ochdi. Xuddi hozir moʻ‘jiza roʻy beradigandek shoshib oʻqiy boshladi:

«Abdulla aka, bu xatni ixtiyori qoʻlidan ketgan, ochiqda yurgan bir «mahbus», gunohlarga botgan Suxsura otliq Xudoning bir bandasi yozyapti. Bir vaqtlari yogʻ tomsa yadagudek boʻlgan hovlimizni bu ahvolda koʻrib hayron boʻlmang. Sizni «xalq dushmani» deb olib ketganlaridan bir yil oʻtar-oʻtmay, uyimiz davlat foydasiga musodara qilingan. Sobiq hovlimizga kirmaganimga koʻp yillar boʻlgan. Endi bu hovlida boshimizga shu qaro kunlarni solgan Geldieva-Andreeva keldi-ketdi «mehmonlar»ni kutadi.

Bugun spzni koʻrganimda, albatta, shu uyga kelishingizni bilardim. Soʻnggi marta koʻrib qolish uchun intiqlik bilan kutib oʻtirdim.

Birinchi may arafasida Geldieva-Andreeva nima bilandir mukofotlangan ekan. Bir hafta burun bu hovlida mukofotni yuvish marosimi boʻlgan. Mast-alast rahbar xodimlar kommunist Geldievaning salomatligi uchun toʻyguncha ichishgan.

Boshimdan oʻtgan savdolarii aytib bermoqchi edim. Ammo koʻzingizga qarashga dosh berolmasligimni bilib xat yozayapman. Shoshib turibman. Oʻlishim kerak. Oʻzimni osmoqchi edim. Mendek xiyonatkor xotin uchun bunaqa jazo juda joʻn, juda oson boʻlib tuyuldi. Men ana shuning uchun xam oʻzimga atab tikkan dorning sirtmogʻiga boshimni suqmadim. Men eng dahshatli jazoga loyiq xotinman. Bir necha daqiqadan keyin shunaqa oʻlimni kidirib chiqib ketaman.

Men siz bilan baxtiyor edim. Cheksiz baxtiyor edim. Baxtimni yulib oldilar, olis yurtlarga uloqtirdilar. Men sizni jon-dilim bilan, butun vujudim bilan yaxshi koʻrardim. Dilimni vayron qildilar. Vujudimga ega chiqib oldilar. Men ochikda yurgan bir mahbus boʻlib qolganman. Ustimdan istaganlaricha hukm yuritaveradilar.

Endi nomim Suxsura emas, Suxsurka boʻldi. Bu ham yetmagandek, Suxsurka nomim qisqartirilib Suka boʻldi.

Bank bogaqaruvchisi Akopov astoydil yopishib oldi. U pasportimga allaqaysi ZAGSdan nikoh muhrini bostirib kepti. Beixtiyor uning xotini boʻlib qoldim.

Geldieva-Andreeva hamon ortimdan qolmaydi. Allaqaerdan bir barzangi yuristni bogalab keldi. Shu hov-limizda, mana shu xozir men sizga xat yozayotgan joyda unga boshimdan oʻtgan savdolarni aytib berdim. U nimalarnidir yozib oldi. Keyin «eslab yuring» deb sizga yuborgan suvratimni koʻrsatib: «Ering seni menga qimorga yutqazgan, endi bu suvrat ham seniki boʻldi deb, oʻz qoʻli bilan bergan», — deb aytdi. Uning vajohati yomon edi. Yonidan pichoq chiqarib, boʻgʻzimga qadadi. «Yo meniki boʻlasan, yo shu yerda qonga belanib oʻliging qoladi. Endi sen mening tirik mulkimsan» — deya hirs bilan bagʻriga bosa boshladi... Eshik poylab oʻtirgan Geldieva-Andreeva: «Mana, 6u boshka gap. Unga itoat qil, boʻlmasam xolingga voy» — deb iljayib chikib ketdi.

U millatinnng xam, dinshpshg xam tayini yoʻk bir chulchut. Oʻgʻrilar olamida «Tarakap» nomi bilan mashhur boʻlgan Brika degan karokchi ekan.

Aytingchi, shunaka xotin bilan yashashga rozi boʻlasizmi? Siz rozi boʻlsangiz xam, men rozi boʻlmayman. Pok odamning toʻshagini nopok tanam bilan bulgʻatishga koʻksimda tasodifan saqlanib qolgan ignaning uchidek zarra diyonat bunga yoʻl bermaydi.

Xayr endi. Eng dahshatli, eng azobli oʻlimni izlab ketdim».

Gʻapporovning boshi gʻuvilladi. Naxotki, Suxsura oʻzini oʻldirgani ketdi? Orqasidan yugurib borib toʻxtatib qolishga ilgari istagan yeriga zumda oboradigan oyoqlari endi yoʻk, olis yurtlarda qolib ketgan. Inson uchun eng dahshatli fojia — bu nochorlik. Uning miyasiga kelgan oʻylar xuddi radiotoʻlkinlaridek uzluksiz almashinib turibdi. Geldieva-Andreeva xozir Suxsurani soʻroqlab keladi. U egalik kilayotgan uyda begona odam oʻtirganini koʻrsa, shangʻillab, toʻpolon qilmaydimi? Endi 6u uyda gʻapporovning zarracha xaqqi yoʻq. Oʻz uyingga oʻzing sigʻmaydigan zamonlar kelibdi. U aravachasini shaldiratib koʻcha eshigi oldiga bordi. Ikki poya zinadan tusholmasligidan afsuslanib, birorta yoʻlovchi oʻtib qolishini kuta boshladi. Gʻildiragining yeli chikib ketgan velosipedini yelkalab bir yigit kela boshladi.
— Ukam, meni shu zinadan tushirib qoʻy.

Yigit velosipedni devorga tirab oldiga keldi. Gʻapporovni aravachasi bilan koʻtarib yoʻlkaga olib qoʻydi.

Olisdan mashinalarning oʻtkir sirenalari eshitila boshladi. Birozdan keyin yigʻma narvoni baland imoratlarning tomigacha yetadigan oʻt oʻchirish mashinasi uzluksiz qichqirib oʻtib ketdi. Undan soʻng poezd vagonlarini ham koʻtara oladigan koʻtarma kran, «Tez yordam» xamda militsiya mashinalari xammayoqni shovqinga toʻldirib oʻtib ketishdi.

Oynalari koraytirilgan bir «Pobeda» mashinasi gʻapporovning shundok yonginasiga kelib toʻxtadi. Undan qora koʻzoynak taqqan ellik yoshlardagi bir kishi tushdi. U negadir juda shoshar, atrofga tez-tez alanglab olardi. U gʻapporovni azot koʻtarib mashinaning old oʻrindigʻiga oʻtqazdi. Keyin aravachani orqa oʻrindiqqa joyladi. Shoshib mashinaga chikdiyu, motorga oʻt berdi. Gʻapporov uning kimligini bilmasdi. Kimligining axamiyati xam yoʻk edi. U anchagina yoʻl yurgandan keyin ovlok joyda, kalin oʻsgap butalar panasida mashinani toʻxtatib, koʻzidan oynagini oldi.
— Endi tanidingizmi, Abdullajon? — dedi u kulimsirab.

U asli xakkulobodlik Karimjon degan, lagerlardan yetti marta qochgan, xar qoʻlga tushganda yigirma besh yil muddatga xukm kilingan, jami 175 yil muddatga kesilgan mahbus edi. Lagerlardagi zoʻravon-blatnoylar, bir pachka maxorkaga odamni sotib yuboradigan seksotlar undan ajaldan koʻrkkandek koʻrqardilar.

Karimjon endi oʻninchi siifni bitiraman deb turganda otasini «xalq dushmani» deb qamab yuboradilar. Ukalari, singillari vodiyning turli yetimxonalariga tarkalib ketadilar. Shunda oʻsha paytda kolxoz raisi boʻlgan gʻapporovning otasi shu Karimjonning boshini siladi. Oʻninchini bitirayotganda koʻngli oʻksimasin, deb bosh-oyok kiyintirdi. Karimjon maktabni bitirishi bazmida otasini, singillarini oʻylab, shu himmatli, shu muruvvatli odamga qachondir bir yaxshilik qilishini diliga tugib qoʻygandi. Vodiy yetimxonalarini kezib singillarini, ukalarini topolmagan Karimjon qaytib qishloqqa qadam izi qilmay ketdi.

Mahbuslikda yurgan gʻapporovning xam, ochikda yurgan xotinining ham boshiga tushgan kulfatlarga Suxsura yuborgan suvrat sababchi boʻlgan edi. Tarakan laqabli barzangi — ilgari militsiya tergovchisi boʻlib, «aybi»ni boʻyniga olmagan maxbusni urib oʻldirib koʻygani uchun kamalgandi. «Brika» otlik shafqatsiz 6u odam oʻsha laqab bilan mashxur edi. Tarakan gʻapporovning koʻlidan Suxsuraning suvratini tortib olib, oʻzi yotadigan joyning devoriga yopishtirib koʻygandi. Gʻapporov Xudoning zorini qilib yolvorsa xam, bermagan. «Sen bunaqa jononga munosib emassan» deb barak eshigi oldidagi axlat boʻchkasining yonida yotishga majbur qilgan edi.

Tasodifan lagerga Karimjon kelib qoladi. U gʻapporovni koʻrib hol-ahvol soʻraydi. Gʻapporov unga Tarakan azob berayotganini, xotinining suvratini olib qoʻyganini aytadi. Shunda Karimjon Tarakanning yoqasidan sudrab tashqariga olib chiqadi, axlat boʻchkasini koʻtarib toʻkib kelishga majbur kiladi. Suvratni undan olib, oʻzini axlat boʻchkasining yonida yotishga majbur qiladi.

Oʻshanda qish juda qattiq kelgandi. Qaragʻay kesishga olib chiqilgan mahbuslarning koʻpi sovukdan mudrab uxlab qolishar, uyqu ichida dunyodan koʻz yumganlarini sezmay kolishardi.

Shunday kunlarning birida gʻapporov qaragʻayga suyanib, boshiga tushgan savdolardan ezilib oʻtirardi. Koʻzi ilingan paytda Tarakan uning oyogʻidagi piymaning qoʻnjiga iliq suv kuyadi. Koʻz ochishga madori qolmagan gʻapporov iliq suvdan roxatlanib uxlab qoladi. Bir maxal qattiq oyoq ogʻrigʻidan qichqirib koʻzini ochadi. Piymaning qoʻnjiga quyilgan iliq suv sovib, muzlab qolgan, ikkala oyogʻini chidab boʻlmas darajada qisardi. Uning alamli tovushini eshitgan mahbuslar toshga aylangan piymani yechib ololmadilar. Ikki konvoy zambilda uni zonaga olib ketadi. Oʻsha kuni tun yarmida jarrohlar uning oyogʻini kesishadi.

Karimjon 6u ishlardan xabari yoʻq. U yana qochib ketgan edi.

Koʻchadan bir yuk mashinasi gurillab oʻtib ketdi. Karimjon shoshib koʻzoynagini taqib, oʻzini panaga oldi.
— Kayoqqa oborib qoʻyay? — dedi Karimjon. Gʻapporov yelka qisib qoʻydi. — Tezroq ayting, vaqtim ziq. Men Tarakanni qidirib kelganman. Sizning oʻchingizni olishim kerak. Otangiz menga yaxshilik qilganda, qachondir uning bu yaxshiligiga yaxshilik kaytarishni dilimga tugib qoʻygandim.
— Shoshmang, Karimjon, Tarakanning qaerdaligini men bilaman. Geldieva-Andreevaning uyida yashirinib yotibdi.

Karimjon uni Zumrad xolaning eshigi oldida tushirib, zudlik bilan orqasiga qaytib ketdi. Gʻapporov uni shundan keyin koʻrmadi.

Oʻsha kuni Karimjondan: tutib kelishlarini bilaturib yana qochasiz, bu qochishlar joningizga tegmadimi, deganida u shunday javob qilgan edi.
— Oh, ukaginam, ozodlik, erkinlik Xudoyimning inson bolasiga atagan bir buyuk ne’mati ekanini nahotki bilmasangiz? oʻsha bukj ne’mat tikanli simning naryogʻida. U yerda havo boshqacha, shamol boshqacha, oftob boshqacha. Shu tikanli simning naryogʻiga oʻn qadamcha yurib osmonga bir qarang, mana shu oʻtirgan yeringizdan koʻrinmagan yulduzlarni koʻrasiz. Osmonning tiniqligini, soʻngsizligini shu atigi oʻn qadam narida koʻrasiz. Men bu yerda baxtsizlik, erksizlik xavosida boʻgʻilib ketaman. Odamlar yiliga bir marta kurortga borib keladilar. Men xam ana shu «erkinlik» deb atalgan «kurort»da dam olib kelish uchun qochaman

Uning oxirgi uchrashuvida aytgan bu gaplari erkinlik uchun, ozodlik uchun jonipi ayamaydigan insonning ich-ichidan toshib chiqqan armonli, oʻkinch toʻla faryodi boʻlib gʻapporovning xotirida qolgandi.
— Qaytib kelishingni bilardim. Oʻz qoʻling bilan qurgan uyingga bir kun ham sigʻmasligingni bilardim — deb gʻapporovni kutib oldi Zumrad xola.

Gʻashyurov qattiq charchagan, uyqusizlik uni adoyi-tamom qilgan edi. U hamma narsani unutib, mudroq bosib oʻtirardi. Kampir uni ichkariga olib kirdi. Supaga joy qilib, nevarasiga uni koʻtartirib supaga yotqizdi. Gʻaiporov yotdi-yu uxlab qoldi. Uning bosh tomonida oʻtirgan Zumrad xola iyagiga kaftini tirab oʻy oʻylardi. Koʻzlaridan oqayotgan yeshni ham sezmasdi.

Gʻapporov shu uxlaganicha sahar payti Nuriddin Toshkent poezdidan pochta olib kelganda mashinasining gurillashidan uygʻonib ketdi.

Kecha Karimjon bir gap aytgan edi: «Bilasizmi, men shuncha yil qamoqda yashab, xoinlarga ofat boʻldim. Uraverdim, uraverdim... Ammo qon toʻkmadim. Topib boʻlmaydigan boʻlib tarqab ketgan singillarim uchun, ukalarim uchun, otib oʻldirilgan dadam uchui umrimning oxirigacha ularni jazolayman. Baribir meni yana tutishadi. Yana yigirma besh yil muddat berishadi. Bu yigirma besh yillar avvalgi yigirma besh yillar ustiga bostiriladi. Shunda toʻrt yuz yilga kesilgan boʻlaman. Xudo xohlasa, shu toʻrt yuz yilni yubiley qilaman» deb kulgan edi.

Zumrad xolaning bechorahol beva qoʻshnisi obdastada suv olib keldi.

Nuriddin bir vaqtlar u muharrir boʻlgan rayon gazetasining bugungi sonini uzatdi.

Gʻapporov qoʻlidagi choy toʻla piyolani dasturxon chetiga qoʻyib, shoshib qadrdon gazetani varaqlab sahifalariga koʻz yugurtira boshladi. Toʻrtinchi sahifa tagidagi ta’ziyanomaga nogahon koʻzi tushdi:

«Rayon banki jamoasi boshqaruv raisi kommunist Vazgen Akopovga turmush oʻrtogʻi Suxsura Akopovaning fojeona oʻlimi munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor qiladi».

Gʻapporovning koʻzlari tinib ketdi. Xoʻrsindi. Ichidan chiqqan qaynoq nafas boʻgʻzini kuydirib oʻtdi. Turli azoblarni, xoʻrliklarni koʻraverib, chidayverib pishib ketgan gʻapporov bu xil zarbaga chidash bermadi. Bir qalkib oldi. Ingrab unsiz faryod urdi. Qandaydir tubsiz chukurlik ka’riga tortayotgandek edi. Shu jarlik qa’rida Suxsura unga ta’na bilan qarab turganga oʻxshayverdi.

Zumrad xolaning ovozi uni xushiga keltirdi. Kampir oʻgʻlidan rayonda nima gap, deb soʻrayotgan edi.
— Anavi oʻris eri kochib ketgan Geldieva-Andreeva bor-ku, oʻshani Tarakan degan bosqinchi bilan ikkavining boʻyniga kimdir bitta sirtmok solib yongʻoq shoxiga osib ketibdi.

Hech kimdan sado chiqmadi. Bu Karimjonning ishi ekani aniq edi.
— Suxsurani Qorajardan oʻt oʻchiruvchilar kran bilan opchiqishipti. Mashinasining butun joyi qolmapti. Oʻzi tanib boʻlmaydigan darajada majaqlanib ketibdi.

Gʻapporovning ikki koʻzi jikka yoshga toʻldi. Yuzini teskari oʻgirib oh urib yubordi.

Zumrad xola salmoqlanib gap boshladi.
— Endi gapimga quloq sol, bolam. Hadeb kuyaversang adoyi tamom boʻlasan. Senga bir tanmaxram kerak. Bugun xotinim oʻldi, uning tani sovumay turib menga xotin topyapsizlarmi, deb oʻylama. U eidi oʻlgani yoʻq. Oʻlganiga koʻp yillar boʻlgan. Butun rayon xalki uni allaqachon oʻldiga chiqarib qoʻygan. Albatta uni yovuzlar oʻldirishdi. Xor-zor qilishdi. Oyoqostiga olib tepkilashdi. Lekin sen yashashing kerak-ku. Shu axvolda sen kimga keraksan? Zudlik bilan boshingni ikkita qilib koʻyish kerak. Ayol kishi yolgʻiz oʻzi seni eplashtirolmaydi. Yonida bitta dastyor oʻgʻli bor xotin olishing kerak. Oʻgʻil bola senga tayanch boʻladi.

Zumrad xola boya gʻapporoviing qoʻliga suv quygan qirq yoshlardan oshgan juvonni koʻrsatdi.
— Toʻqqiz yildan beri qoʻshnichilik qilamiz. Qoʻli gul chevar, pazanda ayol. Shuni olib beray, oʻn bir yoshli dastyor oʻgʻli bor. Shunga oʻzing ota boʻl...

...Xotira maydonida odam koʻp. Kimdir oʻgʻlini, kimdir otasini, kimdir erini, kimdir akasini eslayapti. Odamlar maydonning eng baland joyida tiklangan gumbaz tagidagi ramziy qabr tomon oqib kelyapti.

Nogahon kimdir orqamdan quchoqlab oldi. Oʻgirilib qaray desam, uning baquvvat koʻllari bunga mone’lik qilardi.
— Kim bu? — dedim ajablanib.
— Toping, — dedi u.

Uning ovozi tanishga oʻxshab ketdi. Qaerda eshitganman bunaka ovozni?

Ikki qadam narida Zumrad xola shuni senga olib beraman degan beva koʻshnisi bizga karab jilmayib turardi.
— Gʻapporov, — dedim ishonch bilan.
— Topdingiz, — dedi meni quchogʻidan boʻshatar ekan. Oʻgirildim. Toʻq yashil kostyum-shim kiygan Abdullajon gʻapporov bor boʻyi bilan yonimda tik turardi. Boshqatdan koʻrishdik. Hayajon bilan oppoq sochlarini, yelkalarini siladim. Gap topolmay xayratdan dovdirab qoldim.
— Oʻn kundan buyon Toshkentdamiz, protez zavodida edik. Menga oyoq yasab berishdi. Unga oʻrgangunimcha rosa mashq kildirishdi. Necha martalab yurgizib, necha martalab sozlashdi, — u xotinining qoʻlidan olgan hassa bilan boldirlariga tarsillatib ikki-uch marta urib koʻydi. — Endi tamom, kadrdon shaldiroq arava bolalarga ermak boʻlib qoldi. Biron oyda xassani xam tashlayman.
— Tut pishigʻida sizni kutdik, — dedi gʻapporovning xotini, — ayamning ma’rakalariga kelib qolarmikinsiz deb oʻylagandik.

Yuragim zirkirab ketdi.
— Xudo raxmatli jannati xotin edilar, — dedim xazin bir ovozda.

Odamlar ramziy kabr oʻrnatilgap shiypon tomon yopirilib kelishardi. Ular orasida qolib ketdik. Tumonat ichida bir-birimizni yoʻqotib koʻydik. Prezident shiypondagi qabr yoniga kelib, ikki qoʻlini baland koʻtardi. Maydon birdan jimib qoldi.

Men yurtboshimizning bir vaqtlar toʻsdek qop-qora boʻlgan, endi oq oralab siyraklashib qolgan sochlariga, peshonalariga bevaqt tushgan ajinlariga qarab ich-ichimdan, «Ey xudo, hayotini xalq baxtiga bagʻishlagan, yurtim deb uyqudan, xalovatidan, roxatidan kechgan shu jonsarak insonning umri uzun boʻlsin», deya Ollohga iltijolar kildim.