OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Said Ahmad. Xurrak (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSaid Ahmad
Asar nomiXurrak (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Said Ahmad
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/04
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Xurrak (hikoya)
Said Ahmad

Odamning qanaqaligi safarda bilinadi.

Kalonxoʻjaev oʻrinbosar tanlashga juda usta odam. Mana, Moʻminov degan moʻmingina odamni oʻziga oʻrinbosar qilib oldi. Bechora Moʻminov musichaning oʻzi. Kalonxoʻjaev qoʻngʻiroq bosib chaqirganda egilib, gʻildirakka oʻxshab gʻildirab kiradi-da, uning gaplarini churq etmay eshitib, koptokka oʻxshab yana dumalab chiqib ketadi.

Umuman Kalonxoʻjaev oʻrinbosardan yolchib qoldi. Bugun ular safarga — komandirovkaga chiqishdi. Moʻminov qoʻsh chemodan koʻtarib Kalonxoʻjaevning orqasidan mehmonxona nomeriga kirdi. Choy opkeldi, handalak opkeldi.

Hangomaning kattasi kechasi soat 23 dan 17 minut oʻtganda chiqdi. Kalonxoʻjaev qattiq uxlagan ekan, karavotiga bir traktor kelib urildi. U shundoq tarillardiki, sira chidab boʻlmasdi. Kalonxoʻjaev qoʻrqib birdan koʻzini ochsa traktor qayoqda, divanda yotgan Moʻminov xurrak tortayotgan ekan.

Kalonxoʻjaevning jahli chiqdi. Moʻminovning yelkasidan turtib uygʻotdi. U bechora momaqaldiroqdek bir-ikki qaldirab, xurragining oxirini katta avj bilan tushirib, boshini koʻtardi.
— Nima gap, xoʻjayin, choymi? Hozir.
— E, xurrak ham evi bilan-da!
— Xoʻp, xoʻjayin, bu yogʻi evi bilan boʻladi.

U bu gapni shunday ishontirib aytdiki, boshqa gapga oʻrin qolmay Kalonxoʻjaev yana yotdi.

Uyqu shirin narsa. Uyqusi nozik kishiga pashsha gʻingʻillasa ham boʻldi — uxlolmaydi. Kalonxoʻjaev deganimiz esa, yostigʻiga qirov tushsa ham ovozini eshitadigan odam. Mana u koʻzini yumdi. Yumdi-yu, yuragi oʻynab ketdi. Kimdir derazadan bomba tashladi. Bomba yomon portlarkan. Derazalar zirilladi, eshikning qulfi buzilib, ochilib ketdi. Kalonxoʻjaev dod, deb oʻrnidan turdi. Yoʻq, hamma yoq tinch. Moʻminov bitta, ammo kelishtirib kalta xurrak tortgan ekan.

Kalonxoʻjaev qayta yotolmadi. Stulga oʻtirib, mudray boshladi. Birdan pulemyotbozlik boshlanib qoldi. Bu ovozing oʻchkur pulemyotning lentasi nega tamom boʻlmaydi-ya! Koʻzini ochib qaray desa, Kalonxoʻjaevda qani yurak. U arang bir koʻzini ochib qaragan edi, pulemyot-mulimyot yoʻq. Moʻminov labini titratib xurrak otyapti. Qalonxoʻjaev gʻazab bilan qoʻliga qogʻoz, qalam oldi-da, nimalarnidir yozdi. Keyin Moʻminovning tepasiga kelib yelkasidan turtdi.

Moʻminov erinib koʻzini ochdi. Kalonxoʻjaevni koʻrib:
— Choymi, xoʻjayin!—dedi.

Kalonxoʻjaev qogʻozni qoʻliga tutqazdi. Moʻminov xatni chiroqqa solib oʻqisa, buyruq:

«... ishni eplolmagani uchun vazifasidan boʻshatilsin!

Kalonxoʻjaev...»