OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSaid Anvar
Asar nomiBuni kalla deydilar (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Said Anvar
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Buni kalla deydilar (hajviya)
Said Anvar

Bizda atrofga razm solish degan narsa yoʻq. Bordiyu razm solganimizda qanday topqir, donishmand odamlar bilan zamondosh ekanligimizni bilardik, faxrlanardik. Mana, shularning bittasi Rahmonnazar. Uni biz haydovchi deb yuravergan ekanmiz. Kallasiga shunday bebaho fikrlarni jamlagan ekanki, ularni eshitib turib butun qishloq yoqasini ushladi.

Voqea oddiy narsadan boshlandi. Matvali aka pochtachi bilan aytishib qoldi. Odatdagi hol: kimnidir nafaqasini vaqtida olib kelmagan yoki besh-oʻn soʻm «chiqim»iga ushlab qolgan — janjal chiqadi-da. Ammo bu galgi janjal yuqori saviyada, koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Qarang, Matvali akaga oʻn ming soʻm, xotiniga esa oʻn ikki ming soʻm nafaqa tayinlanibdi! Qani bu yerda adolat? Matvali aka ham tugʻilganidan buyon paxtaning ichida, xotini ham. Qaytanga, xotinidan koʻp ishlagan boʻlsa ishlaganki, kam ishlamagan.

Odam toʻplandi: sabzisiga suv qoʻyayotgan Sarimsoqqoʻzi chiqdi, ketmonining loyi bilan. Uning ortidan achchiqqina sholgʻom shoʻrvani terlab ichib, endigina yonboshlamoqchi boʻlib turgan Soli qassob, sigirining kanasini terayotgan Toshpoʻlat togʻa... Ular safiga hatto bozordan kelayotgan Nomozvoy qopi bilan, Urayim-tezop traktorini yoʻl chetiga toʻxtatib, qoʻshildi. Ammo ularning birortasi ham Matvali akaning oʻta mantiqli dalillariga nisbatan joʻyali javob aytisholmadi. Ahvol azbaroyi tang boʻlib turganida, Rahmonnazar kelib qoldi.
— Zaharli moddalar bilan yoki noqulay ob-havo sharoitida ishlaganlarga davlat «vrednost», ya’ni qoʻshimcha pul beradi. Opamlarga ana shunaqa pul qoʻshib berishgan, — dedi u koʻrsatkich barmogʻini yuqoriga koʻtarib.
— Hov, sen, kallangni ishlat! Zahar sepilgan oʻsha paxtaning ichida menam ishlaganman. Oʻsha «vrednosingni» olishga meniyam yuz foiz haqqim bor, — boʻsh kelmadi aka.
— Opamga qirq gradus issiqda ishlaganlari uchun qoʻshib berishgani yoʻq u pulni. Siz ilgarilari rosa ichardingiz-a? — qoʻqqis savol tashladi Rahmonnazar.
— Ichgan boʻlsam, ichgandirman. Buning nafaqaga nima aloqasi bor, — yuzini burishtirdi Matvali aka.
— Ichardingiz. Ichganda ham har xil qoʻlbola, dudmal-chuchuk vinolardan ichardingiz. Har kuni uyingizga mast boʻlib kelardingiz. Opam bilan bir uyda yashardingiz, toʻgʻrimi?

Javob oʻrniga aka nosini chetga yurakdan chiqarib tufladi.
— Opamlarga, — Rahmonnarzar har soʻzini ta’kidlab davom etdi, — qirq yildan buyon siz bilan yashab, ogʻzingizdan chiqqan aroqning sassiq hidiga mardona chidab kelishgani uchun qoʻshimcha pul berilgan!

Bu gapdan keyin Sarimsoq ketmonining orqasini zarda bilan yerga urdi. Sulton qassob qoyil qolganligini boshini chayqab, «Hayt!» deyish bilan ifoda etdi. Urayim-tezop traktori tomon yurarkan, Rahmonnazarning boshiga imlab, «Malades, mana buni kalla deydilar. Boplading!» dedi.

Bunaqa topqirlik hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi-da. Xullas Rahmonnazarning gapiga hamma qoyil qoldi. Hatto Matvali aka xotini oldida tan berib, baralla xitob qildi:

— Ichma, ichma, deyaverarding!.. Mana, aroqning ham foydasi tegib qolarmikan!