OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSaid Anvar
Asar nomiQiziqlar va velosiped (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Said Anvar
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qiziqlar va velosiped (hajviya)
Said Anvar

Sarlavha didingizga uncha oʻtirishmadi-a? Ammo menga bu ikki soʻz negadir egizakday koʻrinadi. Bu, hoynahoy, velosipedini oʻgʻirlatmagan qiziqchi boʻlmaganini surishtirib bilganim va bul haqda qiziqchi boʻlish uchun velosiped oʻgʻirlatish kerak yo velosiped oʻgʻirlatgan odam qiziqchi boʻladi, deya olamshumul xulosa chiqarganim sabab boʻlsa kerak.

Oxunjon qiziq yangi velosiped olibdi. Buni koʻrib ogʻaynilari, «Yuvaylik, yuvaylik!» deyishib, qiziqni oshxonaga sudrashibdi. Xoʻp, «yuvib» qaytib chiqishsa, qiziqning yap-yangi velosipedi oʻrnida gʻildiraklari qiyshayib ketgan, egari, qanotlari yoʻq bir balo narsa turganmish­da! Hatto uni minib ham boʻlmasmish. Oxunjon qiziq uni yetaklab yoʻlga tushibdi. Dam oʻtmay:
— Yuvaylik, yuvaylik! — degan xitoblar eshitibdi.

Qiziq qoʻli koʻksida, boshini tasdiq ishorasi qilib qimirlatgancha javob qilibdi:
— Yuvdik, yuvdik. Savobtalablar boʻlsa, yuraversin, koʻmgani ketyapman, koʻmgani!

* * *

Tesha qiziqning ham velosipedini oʻgʻrilar urib ketibdi-da! Melisaxonaga qatnashni boshlabdi, velosipedimni topib beringlar deb. Vey, sizlarga yolgʻon, menga rost, rosa ellik marta melisaxonaga boribdi, natija yoʻq.

Bir kuni odamlar qarashsa, Tesha qiziq yoʻl boʻyidagi qabristonda oʻtirganmish.
— Ha, Teshavoy aka, qabristonda nima qilib oʻtiribsiz? — soʻrashibdi yoʻlovchilar.
— Oʻgʻrini ushlashlarini koʻrmoqchiman, — javob beribdi qiziq.
— Ie, oʻgʻrini qabristonda ushlashadimi? — odamlar hayron boʻlishibdi.

— Bu melisalaring, oʻgʻri oʻlib shu yerga kelganda ushlashmasa, boshqa paytda ushlasholmaydi! — dermish qiziq.