OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Salomat Vafo. Poyezd (hikoya)
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSalomat Vafo
Asar nomiPoyezd (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Salomat Vafo
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm36KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Poyezd (hikoya)
Salomat Vafo

«
Hech kim yoʻq, hamma ketgan.
Yunon maqoli
»

Vokzalga yetib kelganimda baland-baland binonlarni tuman chulgʻab olgan «Toshkent« degan yozuv chiroqlari hira porlardi. Shimoliy poezdning joʻnashi endi e’lon qilinayottgan ekan. Katta maydonda odamlar yugurishar, yosh er-xotin jamadonlarini koʻtarolmay sudrashar, sayohatga chiqqan bir toʻp talabami, maktab bolasi shahdam qadam tashlab vagon eshiklariga singib ketishardi. Sport kiyim kiygan oʻrta yashar qop-qora erkak, kabobpazning qoʻlidan kaboblarni yoʻlqib olib poezd tomon chopadi. Burnimga olovda pishgan goʻshtning yoqimli xidi uriladi. Ogʻzimda soʻlak paydo boʻlib, jagʻlarim ogʻrib ketadi. Aftimni burishtirganimcha poezdning boshiga qarab yurib ketaman. "Shimoliy poezd birinchi yoʻldan joʻnaydi". Yoqasiga temir yoʻl belgisi qadalgan xizmat kiyimidagi nazoratchilar ola- bula tayoqlarini silkiganicha kechikayotgan olomonga norozi tikilishardi. Eshigiga 5 raqami yozilgan vagonning oldiga borib toʻhtadim. Kichik maydonchada patta tekshirayotgan nazortchiga ikki qoʻlimni koʻksimga qoʻyib hiyol jilmydim. "Xudo, xayringizni bersin, olib keting". U zamonaviy qimmatbaho kiyimlrim va kelishgan qaddi-qomatimga bir qoʻr koʻz tashlab, kattakon oynavand eshikka havotir bilan qarab oldida, »tez chiqing» dedi. Vagonning qizil gilam tashlagan yoʻlaklari, oynasidagi ohorli pardalari odamga allaqanday osudalik va ishonch bagʻishlardi. 2 raqamli kupeda boʻylari baland, toʻladan kelgan er xotin va xuddi oʻzlarigaoʻhshagan baqaloq bolakay oʻtirishardi. Erkak xursand boʻlib, darrov joy koʻrsatdi. Xotining yuzlarida avval qandaydir sarosima, soʻng sovuq tuygʻuning soyasi koʻrindi. U e’tibor bermayotganligini koʻrsatish maqsadida, bolasini yechintira boshladi.
— Kel-chi. . moʻ-moʻ,- ayol besh olti yashar bolakayning qip-qizil yanoqlaridan oʻpib qoʻyardi.
— Yoʻq, yoʻq, buni kiymayman, bu qizlarniki... - derdi oyogʻini tapillatib bola.
— Qaysini kiyasan unda bolam... mana bu chavandozlinimi?.
— Pauklisini. . pauklisini. . ,- derdi bolakay sakrab. - Chelovek pauk.
— Istaganini kigizsang-chi, bolani qiynamasdan, - deb bolasini harhashasidan hijolat boʻlib gapga qoʻshiladi semiz erkak.
— Ha. . pauklisi oʻlsin buni, yuvib qoʻysam, hoʻl holida kiyib ketadi. Joʻralari zoʻr, devorda oʻrmalaydigan odamning rasmi shu deganmish.
— Qayoqqa yurdingiz, singlim, - deydi semiz xotining ogʻzi shaloqligidan ogʻringanday yumshoq ohangda.
— Nukusga, - deyman gapirgan sari ogʻriyotgan jagʻimni ushlab.
— Tishingiz ogʻriyaptimi, - deydi baqaloq mehribonlik bilan.

Oynalaridan poezd gʻildaraklarining taraq-turugʻi va diktorning «Toshkent-Nukus» poezdi birinchi yoʻldan joʻnab ketyapti, degan ovozi kiradi. Xudoga shukur, odamlar oʻrnashib olganidan soʻng yuqoriga chiqaman. - Ha. . umuman. .
— Bolani ushlab oʻtiring, narsalarni joylashtiray, - deydi baqaloqning semiz xotini oʻrindiqda oʻynab oʻtirgan bolani «poʻp» etib, erining tizasiga qoʻyadi. Bu begona xotinga mehribonchilikning oqibati edi.
— Shamollatgan boʻlsangiz kerak, yo tishingizni oldirdingizmi, - deydi hira baqaloq.

Vagon derazasidan sirpanib oʻtayotgan koʻpqavatli uylar va son-sanoqsiz simyogʻochlarga tikilib boshimni liqillataman. Yoʻlakda poezd radiosining qitirlagan sasi eshitiladi. «Somsalar borr».
— Issiq saqlash kerak, - baqaloq yana allaqanday ichki bir ogʻriq bilan uzun qora sochlarimga qarab qoʻyadi.
— Mana bularni ushlab oʻtiring, - xotin yana ikkita katta tugunni erining tizasiga qoʻyadi.
— Ey, qoʻyasanmi, yoʻqmi... ol bolangniyam. . Bulkaday qizil bolakay qoʻrqib yigʻlab yuboradi.
— Nima qildim men sizga. .

Kupe eshigini asta surib, yoʻlakka chiqaman. «Balo qilding«. Ikkita yosh qiz tanburga yaqin turgan erkaklarga muqom qilardi. O’zimning aksim tushayotgan oynaga tikilib turdim. »Taraqa-turuq» etib ketayotgan poezd oppoq borliqni ikkiga ayirib olgʻa intilardi. Qor qoplagan uylar, tomlar, koʻchalar orqada qolardi. Odamlar mashinada va piyoda kechki tirikchilik tashvishida gʻimirlab yurishardi. Shovqin sur’on Bilan oʻtib ketayotgan poezdga qarashmaydi ham, oʻrganishib ketishgan. Biz esa ketib borardik.
— Ha, qizi nega bu yerda turibsiz?, - dedi vagon eshigidan kirib kelayotgan yoshi oltmishlarga borib qolgan nazoratchi Olim.
— Boshqa joy yoʻqmikan, xotin erini rashk qilayapti...
— Onasini uyida rashk qiladi bu poezd, jamoatchilik joyi. .
— Toʻgʻri, lekin juda charcha... - soʻzlarni iloji boricha yutib qolardim. - Ozroq dam. .

Butun vujudim ogʻriqdan tirishib qolganga oʻhshardi. Olim qora sport doʻppisini koʻtarib sochini «kirtillatib» turdi.
— Tushundim. Himm. Koʻraychi. .

Koʻp oʻtmay nazoratchining salqigan yuzi koʻrindi. Yana radio qitirladi.
— Hali yoshsiz-ku... qaytanga zerikmaysiz. . - derdi u mingʻirlab oʻziga taskin berayotganday.

3 raqamli kupening eshigi ochilishi bilan burnimga gup etib, atir va yana allaqanday gʻalati hidlar urildi. O’ng tomonda boshini roʻmol biln tangʻib olgan ikkita qiz qotib yotishardi. Eshikni ochganimizni ham bilishmadi. Yuqorida sochini sariqqa boʻyab olgan yigitcha qulogʻiga eshitgichlarni tiqib, oyoqlarini likillatib yotardi.
— Ha, yoshlar, yoshlar. . , - dedi Olim aka bosh chayqab.
— Ozgina, shu yerda yotsam boʻlarmikan, - deyman Tish orasida gapirib.
— Nafaqat yotasiz, uhlab ham olsangiz boʻladi kechki ovqatgacha... Bular, - tepaga ishora qilib. - pastni xush koʻrishmaydi.

Koʻzimni yumishim bilan qotib qolibman. Vagon «taqa-tuq«i allalardi. Miyamning mudrayotgan qavatlarida ogʻriqli hayollar suzib yurardi. "Endi qayoqqa boradi. Ota-onasi allaqachon dunyodan oʻtib ketgan. Kenja ukasi xotini bilan oʻsha mulkni ilonday qoravullaydi. Bitta singlisi Gulnora - telba. Kelgan ketganni bilmaydi ham. Ukasini tovugʻini, qoʻylarini boqadi. Endi u yerga ota-onasi yodi uchun boradi. Unikida uch kun turar, bir hafta, soʻng qayoqqa boradi. O’zi qayoqqa boryapti?. Kimdan qochib?. Yana azobli oʻylarni oʻylagisi kelmasdi. Hayotida dahshatli hodisa sodir boʻldi... Tushida kimdir, yosh bolami "oh,ohh" derdi. Mudrayotgan olam qarida tebranayotgan narsa va yolgʻiz oʻzi qolganday boʻldi. Yolgʻizlik naqadar yomon. Nima keragi bor hammasini, bolalarini ham. O’zi hech kim qech kimga kerak emas ekan?. Bira toʻla hammasidan qutulsa-chi?. Olislarda nimadir "taqillardi". Hamisha qulogʻiga taqillayotgan eshik ovozi kelardi. Ovoz tobora kuchayardi. Qarongʻi olamlarda sirgʻana-sirgʻana arang koʻzini ochdi. Kupe eshigi taqillayotgan ekan. Oynadan "... giyoʻl" degan bekatning yozuvi »lip» etib oʻtib ketdi. Eshik ochilishi bilan turli-tuman basharalar, shovqin-sur’on solib kirib kelishdi.
— Voy, bular hali toʻyishmabdi, - toʻda kirib bemalol pastki oʻrindiqlarga oʻrnashib oldi. Shundagina qarshimda yotgan roʻmollilarning birini erkak ekanligini angladim. Ularning ikkalasining ham ishtoni yoʻq edi.

Toʻda allaqanday yegulik kovshanar, kimlaridir pivo ichar, yana boshqasining koʻzlari, bu yerga adashib kirgan oʻgʻrnikiiday «alang-jalang» edi.
— Kisa, syuda, zoʻr narsa bor,- dedi yuqoridagi malla soch, sil kasaliga uchragan odamday rangpar yigitga.
— Nu, hvatit, turinglar, kovshanamiz.

Yelim haltaning shildirashi va shishalarning bir-biriga urilishi eshitildi. Juda kuchli xorijiy musiqa yangradi. Sariqsoch mushukday pastga sakradi-da, irgʻishlay ketdi. «nu,nu Xoʻjik, davay«. Xoʻjik borgan sari jazavaga tushib misoli echkiday sakrardi. "Kto ona takaya". "Eto. Sosedka nasha". "Staruxa, pasajirka". Shu mahal yuqorida birov " qaq-qah" otib kuldi. Tahtalar silkinib ketdi. »Vse, opyat peredozirovka».
— Ma, ich, yana qorani sifatsizidan olgansan. - koʻz oynak taqqan yigit yuqoriga choymi, mineral suv uzatdi.
— Namuncha hasissan, shu shipritsdan ikkinchi kun urvotsan. Giegena degan narsani bilasanmi?.
— O’zbekcha psixologiya.
— Radik, nima dedim man sanga, yigʻishtir ukol, pukollaringni. Paxaningga aytib beraman.
— Otstan-a, hammasini chizib qoʻyganman - pastga qonga belangan isqirt shprits tushdi.

Miyam aylana boshladi, kupe havosi ogʻirlashadi. «Toʻhtat, toʻhtat, iflos».
— Ogʻzigizga qarab gapiring mamasha.
— Man sani onang tengi boʻlaman. Onangni hurmat qilasanmi oʻzi?. Bu yerda odam yotibdi deb oʻylamaysizlarmi?.
— Ja, jonga tegdi shunaqa «natattsiyalar». Qachon qutularkanmiz shulardan.
— Uyda shu gap, koʻchada shu gap. «Kattalarga gap qaytarma... ular nohaq boʻlsa ham-a».
— Hatto poezdda. Mi ne dumaem tolko kataemsya.
— Qoch, qoch chiqib ketaman.
— Hali ham ushlab qolayotganimiz yoʻq hola.
— nam staruxi nenujno.
— Bizga pulli bor yosh qizlar kerak.
— Senlarni ham bolalaring shunday qaqshatsin.
— Unas deti ne budet. Tolko seks. Tolko udovletvorenie.

Ichkaridan otilib chiqib, birov quvganday yoʻlakning ohiriga chopdim. Hasirab nafas olardim. Kupedan qattiq kulgi eshitildi. U yerda koʻrganlarimni hazm qilolmasdim. Balki tushga oʻhshardi. Poezd tuya oʻrkachiday oqarib yotgan qirlar, adirlar, olis-olislarda qaqayib turgan temir minoralarning, shamolda uchib yurgan tussiz yontoq, yelim hatalarning yonidan vashat solib oʻtib borardi. «Yer yuzi qanchalar keng». Qoʻshni xonadan yaxshi yashashi afti-angoridan bilinib turgan oʻttizlaridan oshgan bir yigit chiqdi-da, tanishini koʻrganday jilmaydi.
— Siz Sabohat Kamolmi?.

Koʻzlarimni bir oz qisganimcha notanish qoʻshnimga tikilardim. Shu lahzada na biron odam bilan tanishish, na gapirish istagi bor edi. Dunyo, hayot jonimga tekkan edi. 3 chi kupedagi yoshlar kayfiyatimga juda qattiq ta’sir qilgan, ular notanish, birovning bolasi boʻlsa-da, kufrimni qoʻzitardi. Har xil joylarda seminar,uchrashuv oʻtkazib yuraveribman. Dunyo oʻzgarib ketibdi.
— Ayol va erkak psixologiyasi haqidagi kitobingizni oʻqiganman. Sizga rahmat aytadigan va bahslashadigan ham joylari bor ekan.

Jagʻimni ushlab boshimni chayqadim. «Xudo xayringni bersin, faqat bahslashma. . ».

Poezd sekinlab kelib toʻhtadi. Vagonlarning eshigi ochilib yoʻlbonning yupungina kiyingan yordamchilari paqir olib pastga tushishdi. Qor bosib yotgan doʻnglikni kurab-kurab koʻmir olishdi. Koʻmir qorning yonida yanada qoraroq koʻrinardi. Toʻsatdan poezd yurib ketib, yordamchlar qolib ketsaya... Bechoraning holi ne kecharkan?. Poezd yurmadi , nazoratchi qolmadi ham. U bir paqir koʻmir bilan vagonga sakrab chiqdi. Aftidan u bu ishini yillar davomida qilib yurganga oʻhshardi. Koʻp oʻtmay «Dargʻonota» degan bekat asta-sekin orqada qola boshladi. Bekat qorli sahroning oʻrtasida joylashgani uchun unda inson zoti koʻrinmas, oʻzi uni bu yerga qurishgan ekan degan oʻyga bordim. Vagon uzra qachonlardir dunyodan oʻtib ketgan Otajon Xudoyshukurov degan mashxur xofizning qoʻshigʻi yangrardi.

"Tushsa hamki bogʻlarga kuzak,

Oralasa sochlarimga oq,

Eshigingdan oʻtarman bir kun,

Eshigingdan oʻtarma bir kun. "

Nahotki, bunday klassik musiqalar yangraydi bu yerda deya oʻyladim, asta uchinchi raqamga koʻz tashlab.
— Xoʻsh, yana nima boʻldi? - dedi Olim salqi yuzlarini yaqinroq olib kelib.
— U yerda na faqat uhlash, hatto nafas olib boʻlmaydi.
— Yana bir joy bor, oʻzingiz tengi ayollar. . Lekin sizga toʻgʻri kelmaydi. Hozir bekat nozirlariga xizmat qilishyapti.
— Qanaqa xizmat?.

Olimning koʻp narsani koʻrgan koʻzlari jimgina tikilib turdi. Asta yurib ketarkan oʻz-oʻziga gapirganday «seni zamonaviy xotin« deb oʻylabman. »Zamonaviylik deganda nimani tushunadi , zamonaviylik hamma fahsh va buzgʻunchiliklarga bosh qoʻshishmi?. Vagonlarni tortib yuradigan elektovozning asbob uskunalarida magnit koʻp deyishadi. Bu cholning poezdda yuraverib boshqa a’zolariga qoʻshilib miyasi ham magnitlanib qolganga oʻhshaydi.

Hali ham erkak va ayol munosabati toʻgʻrisida javobimni kutib turgan faravon qoʻshnimga qoʻlimni koʻksimga qoʻyib imo qildim. «Rahmat«. Sumkamdan tezgina bloknot oldim va oʻylanib qoldi. »Olim aka, jahlingiz chiqmasin. Koʻp gapimrolmayman. Yaqinda baxtsizlik yuz berib jagʻimdan operatsiya boʻlgan edim. Narkoz olganman. Shovqin-sur’on yoqmaydi. O’zimning ham shular tengi ikkita oʻgʻlim bor. Ular ham tunu-kun koʻchadan beri kelishmaydi. Nahot ular ham boshqa bir joyda menga oʻhshagan bir ayolni behurmat qilishadi deb qoʻrqib ketdim. Hali chiqqanimda yoʻl pulini kissangizga solib qoʻygandim. Aytishga uyaldim. Meni kechirasiz. Men katta dargohda ishlaydigan juda obroʻli odamman». Soʻnggi gaplarim oʻzimga yoqmay oʻchirib tashladim. Obroʻlimanmi, obroʻsizmanmi, kattami, kichikmi, poezdda oddiy yoʻlovman-da.

Koʻpeda mashmasha qilaverib Olimnig ham joniga tegdim chogʻi, u bir togʻora toʻgʻralgan savzini yordamchisiga berib nima haqidadir uzoq gaplashdi. Imlab chaqirdim-da xatchani berdim. Uning charchagan yuzida ajablanish paydo boʻlib ajinlari yanada quyuqlashdi. Yana derazadan u qorli dunyoni kuzata boshladim. Yana yakkam-dukkam binolar, tashlandiq qoʻralar choʻzila-choʻzila oʻtib ketadi. Kupeda tinchgina oʻtirib, bir xildagi oppoq manzarani kuzatsang, tashqari necha darajada sovuq ekan. Quyoshning soʻnggi nurlarida qaqqaygan yolgʻiz uylar, temir yoʻl svetaforlari koʻrinadi. Uylarning oldida allaqanday roʻdapo kiyim kiygan erkak va ayolning qorasi koʻrinishi bilan koʻzdan yoʻqolardi. Olis-olislarda qor quyunlariing ortida «Konimex« degan soʻzlar arang koʻzg tashlanadi. Moviy yaltiroqlik koʻrinadi. Suv boʻlsa kerak. Qaysi koʻl boʻldi ekan?. Hech qaysisi Orolga yetmaydi. Ey, xudoyim shunday sharoitlarda ham odamlar yashaydi. Yana qoʻshiq qulogʻimga kirdi. »Ul sevar yordan ayrildim. Koʻzlari dildordan ayrildim».
— O’zingiz ham juda injiq ekansiz. Hozir uhlash mumkin boʻlgan joyga olib boraman. Yo sizni anovi 9 chiga olib borsammikan?.
— Kim bor oʻzi u yerda?.
— Yoʻq, u yer sizga toʻgʻri kelmaydi. Boshda ham aytvudim buni sizga.

5 raqamli eshikka kirganimizda kupening ichi allaqanday ovqatlarning xidga toʻlgan edi. Toʻrda kupeni toʻldirganicha doʻppili, semiz odam kichik taom stolining qarshisida oʻtirar, hoʻrillab choy ichar, qahraton qish boʻlsa-da peshonasidan terlar oqardi. Shunda xonaning ichidan ter va yana dori-darmonning ham isi kelayotganini angladim.
— Mana sizbop joy. Bu kishi qori domlamiz. Xotinlarining mazasi yoʻq Toshkentdan olib kelyaptilar.

Shundagina qorining ortida yuzlari mumday oqargan qari ayolning bir burda boʻlib yotganini koʻrdim. Ayolning ustiga yupqagina choyshab yopilgan edi.
— Yangamning mazasi yoʻq ekan. Nega koʻrpa olmadingiz?. Yo yana bir odyal beraylikmi? - dedi yoʻllarda koʻp yuraverib diydasi qotib ketgan Olim ham iyib va koʻnglimni sezganday.
— Kelinglar. Kuchik-puchugingiz yoʻqmi?, - dedi dabdurustdan qori huzur qilib choy simirib.
— Qanaqa kuchuk, poezdda kuchuk nima qiladi?.

U ogʻir qoʻzgʻolib oldidagi sal kam bir togʻora suyakka ishora etdi. Men qoʻrqa-pisa kasalni kuzatardim. Eri bosib-yanchib qoʻymasa edi.
— Behuda isrof boʻlyapti? - dedi uzun kekirib.
— Suyaklar isrof boʻlmasin desak. Poezdni it bosib ketardi. Bu singlim sizlar Bilan Nukusgacha ketadi.

Qori choyni stolning ostiga sepib yubordi-da, semiz qoʻlini tantanavor holda duoga ochdi. Goʻyo biz yoʻqmiz. «Ovmin, ollohu akba. . aar». . ohirgi akbaar soʻzi xudo haqqi yana kekirishga oʻhshab ketdi.
— O’tiring. Endi. . ayollar uchun fotihamni yoki namozimni buzolmayman. Mana shu elti. . shu qishlogʻimizda mullaning xotinini shunday deydi. Xullas u ham beshinchi oʻgʻlim Husayinni tuqqanda mashinada tugʻib qoldi. Bamdodni oʻqidim dardi boshlandi. Huftonni oʻqidim yana dard tutadi. Dod-voy koʻtaradi. Soʻng eshikni yopib qoʻydim, u esa ataylab qilganday yoʻlda tugʻib oldi. Ollohning farzini xotinimni dard tutsa ham buzolmayman-da.

Kasal huddi shu gaplarni eshitayotganday, bezovta boʻlib tamogʻining qaeridadir «qiqir-qiqir» degan sas chiqarardi.
— Boʻpti, joylashavering, - dedi Olim allanarsani yoqtirmay chiqib ketdi.
— . . endi nomozni buzaman desang, hamisha bahona topiladi. Mening shunday odatim bor, nomozmi…namoz…elti ustimni yopmanglar. Ichim yonyapti deydi.

Shu mAhal nimadir «tirr. . rrr« degan sas chiqardi. Qori » astofurullo. . astofurullo. . ». Qaysi bekat ekan bu?. Gazlimikan?. Yoʻq, hali Gaziliga uzoq. . - singil aybga qoʻshmaysiz gemaroy boʻlganman. Operatsiyadan soʻng shunday yel chiqadigan boʻlib qolgan. Dabdurustdan qimirlasam chiqadi, ketadi. Jamoat joyda uyalasan ham kishi. Tahorat ham buziladi. Buning ustiga saxarman, tez-tez yeyishim kerak. Ilgarilari elti ich kiyimlarimi har kun yuvib yurardi. Endi kuchi qolmadi. Kelinlarga aytishga odam uyaladi. Ulamolar sizning issiq sovugʻingizga qaraydigan yoshroq juvon kerak deydi.

Qorining yoqli yuziga yarashiqsiz kulgi yoyiladi.
— Siz bahuzur. . bahuzur. . - uyalganday.

Kampir qimir etmaydi, oʻlib netib qolmadimikan deb koʻz tashlayman. Agar ajali yetmasa ham bu yerning buzuq havosidan bugʻilib oʻlishi mumkin. Qori imillab-simillab,«astofurullo«ni ayta-ayta tahoratini yangilashga chiqib ketadi. Garang boʻlib oʻtirardim. Eshikni lang ochib qoʻyaman, yoʻlakdan toza havo va musiqa sasi kiradi. Yelkasiga, boshiga rangdor oʻyinchoqlar osib olgan odam har bir kupega moʻralaydi. "O’yinchoq, oʻyinchoqlar". "Nari ket qoʻrgʻiroqchi hayotimiz oʻyinchoq". Qoriing ulkan gavdasi musiqani ham toʻsib turgan ekan. Farovon qoʻshnim eshikdan moʻralab oʻtadi. Kampir tosh qotganday chayqaladi. Apil-tapil ustki kiyimimini almashtirib, yuqoriga tirmashdim. Baqaloqqa Rahmim kelganidan emas, u kechasi kampirni yanchib qoʻymasin deb qoʻrqdim. Domla oʻlsa ham ikkinchi oʻrindiqqa tirmashmasdi. Koʻzlarimni yumdim, vujudim va qattiq ogʻriyotgan boshim bir rohat tuydi. Ovul. . koʻlga qachon yetaman?. Yoʻlakdan »issiq ovqatlar bor» degan sas eshitildi. Bir mahal roʻparamda Odil qorining boshi paydo boʻldi.
— Yotdingizmi?.

Birdan nigohlarimiz toʻqnashdi, Sargʻish qorachuqlarda odamni choʻchitadigan, allaqanday boʻshliq bor edi. Ichimda nimadir «shuvv» etib ketdi. Shopa-pisha:
— enamga nima…- imshora Bilan qotib yotgan xotinini koʻrsadim.
— ha eltimi. . Bilmayman tupa-tuzuk yurgan edi. O’z oyogʻi Bilan Toshkentga bordi. Orif oʻgʻlimiznikiga, oʻzi ham kelini ham doktor. Elti Toshkentga kelmasidan oldin qishloqda ikki uch oy yotib qolgan edi, - u pishillab Yana oʻrindiqqa choʻkdi. Bechora kasal ayolning Yana yuzi koʻrinmay qoldi.
— O’shanda Orifni sogʻinib rosa ichikdi. Menga telefon qilib chaqiring. Orifni koʻrmay oʻlsam armonda ketaman dedi. Endi ishlik odamni bir tumov boʻlganga ham chaqiradimi. . Qoʻngʻiroq qilmadim, qilsam ham kelolmas ekan. Chet elga ketgan ekan. Shunga oʻzi kelib edi. Sayohatdan oldin sovuqda non yopishdi. Tovuq soʻyib tozalashdi. O’shatda shamollagan shekilli yotib qoldi.
— O’gʻlingiz?... - deb Yana iyagimni choʻzdim.
— Ha, ular biz borgan kunning ertasi bolalarini bilan Chimyonga bir haftaga ketishdi. Qogʻoz olib qoʻyishgan ekan. Elti shu kuni yotib qoldi. Kechasi bilan yigʻlab chiqdi. Qoʻy kampir, bular koʻz yoshingga arzimaydi, dedim. Yigʻlayverdi, Xotin-da… Nervichit qilganidan oyogʻida ogʻriqlar qoʻzgʻolib, devordagi isitgichga uqalayverdi. Yarim kechada kelin kelib, isitgichni tepmay yotinglar« deb ketdi. Soʻng u koʻrpaning ostidan bir ogʻiz gap aytdi: «Toshkentdagi Orif boshqa ekan" dedi. "Imm…". Bunday kekiradi bu odam, deb oʻyladim. Ichida havo ham qolmagandir har yogʻidan yel chiqaverib. "Toshkentdagi Orif boshqa ekan" deb takrorladim. Miyamda turli oʻylar aralash-quralash edi. Derazadan qarasam, allaqachon qarongʻi tushgan, poezd goh chiroqlar "gʻuj", goh qarongʻi joylardan yelib borardi. Nega Dunyo shunday adolatsiz tuzilgan. Kampirning Orifday nodon oʻgʻli boʻlguncha menday qizi boʻlsa yaxshimasmidi?. Nega shunda ekan?. Yoki mening ota-onam vafot etmagan boʻlganda,Gulnora kasal boʻlmaganida, qanday soz boʻlardi?. Nosoz Dunyo… Miyamning allaqaysi qavatlari uyquga ketardi. Erimning oʻynashi. . jingalak sochlari. . janjal. . jagʻimga musht tushgani…erimning jahldan olaygan koʻzlari. . Soʻng operatsiya yigirma bir kun jagʻlarimni tikib qoʻyishgani…oʻgʻillarim. . Men qochib ketgan kasalxona darvozasi koʻz oldimda aylanar. Bir xil oʻy va fikrlar uhlayotgan miyam qavatlarini ochib takror-takror kirib kelaverishardi. Nima keragi bor. Chekil ey qora fikrlar. Men hali uzoq yashayman. Chala yarim uhlayman. Poezd toʻhtaydi. Kupelar eshigi ochilib yopilib odamlar tushib chiqadi. Yoʻlakda yoʻgʻon ovozli bir gado: sadaqa qiling yahshilar deb oʻtadi. Bu yerda yaxshining oʻzi yoʻq, hammasi eshigini berkitib yotgan yomonlar. Nafas ololmayman, bugʻilaman. Nahot erim yetib kelib, "qayoqqa qochasan j. . " deb boʻgʻa boshladi. Qulogʻimga ". . qiqir-qiqir", tikuv mashinasining "shigʻ-shigʻ"day degan saslar kiradi. Kofe qaynatgich. Kofe ichaman. "Tir. . tir-tirr". . Birdan koʻzlarim ochilb ketadi. Koʻp oʻtmay poezda ekanimni anglayman. HIra yorugʻlikda kampirning yuzi endi Sargʻish kulrang boʻlib koʻrinadi. U goʻyo jon berayotganday dagʻ-dagʻ titrar, juda katta, yaltiroq koʻzlri har zamon ochilib, allaqanday shivir eshitiladi. O’rindigʻimning qoq ostida yotgan qorining Yana kasal yel chiqargichi ishga tushgan, poezd chayqalishiga monand "tirrilash" kuchayardi. Nazarimda kampirga havo yetishmasdan bugʻilib oʻlayozgan edi. Kupe isigan va sasib-bijgʻib ketgan edi. Bir togʻora goʻsht zaharli gazga aylanib, zaharli ogʻuda kampir ikkalamiz jon berayotgan Edik. Sakrab pastga tushdim bor kuchim Bilan eshini tortdim. Yoʻlkda poʻsib oʻtirgan toza havo bostirib kirdi. Zaharli havoga oʻrgangan kampirning oʻpkasi tobora kuchli qiqirlar va gʻichirlardi. Asta boshini koʻtarib bir piyola suv tutdim. Ichimdan koʻtarilib chiqayotgan oʻkiriklarni zoʻrgʻa bosib turardim. U goʻdakday tamshana-tamshana yutinib tinchigaday boʻldi. Tualetga zoʻrgʻa yetib oldim, "oʻoʻ. . Oʻoʻ" ichak-chavagʻim agʻdarilar darajada qayt qilardim. Ishtonim ham hoʻl boʻldi. "O’oʻ. . Oʻoʻ". Nazarimda ichimda Biron a’zo OMON qolmadi. Hammasini qayt etib yubordim. " Onajon. Voh jonim, ona. . ". Kimdir boshimni ushladi. »O’. . Oʻoʻ. . ». Boshimni koʻtarib qarasam Oliming uyqusiragan yuzi koʻrindi.
— Nima boʻldi senga qizim?.

Qoʻlim Bilan ishora qildim. «Sasib ketdi».
— Koʻrdim, eshikni ham ochib ketibsan. Kampir bechora kasal shamollab qolmasa edi.

Olim meni yoʻlakdagi stulga oʻtirgʻizib qoʻydi.
— Nima qilsam ekan sani. Bu yerlarda senga sira joy yoʻq. Hech qaer toʻgʻri kelmaydi.

Olim uyquli koʻlarini uqalab, hira yoriyotgan yoʻlakka, shamolda uchayotgan pardalarga qarab chayqalib turdi.
— Uhlab tursang boʻldi-da seni. . unda hozir, - oʻzi yotadigan kupe tomonga ildam yurib ketdi. Derazalar sovuq yaltirar edi. Tashqari zim-ziyo qarongʻi, onda sonda olislarda chiroqlar yilt etib oʻtib ketardi. Dunyo chayqalardi.
— Ke manavi yerda yot. Bir oqshom ming oqshom emas. Ertalab oʻzim uygʻotaman. Bular uhlab qolishgan, hozir derazani yelim pardasini tortaman. Har safar Dargʻonota bekatida sindirishadi. Yana aynan shu oynani…Tovba qildim. Bu yer eng soʻnggi koʻpe boʻlgani uchun sovuq. O’ranib yot, anna shunday. Chiroqni yoqib yurma.

Olim mehribon otaday sovuqdan dildirayotgan tanamni va oyoqlarimni oʻrab qoʻydi. Poezd toʻhtab odamlarning vagʻir-vugʻuri eshitildi. Boshimni koʻtarib qaradim, oynada hech narsa koʻrinmasdi. Nazarimda noma’lum bekatda toʻhtagan edik. Toʻgʻrisi, hozir bularning sira ahamiyati yoʻq edi. Qavoqlarim tosh osilganday yumilib ketayotgan edi. Ogʻzi burnimda bugʻ koʻtarilardi, boshimni koʻrpaga oʻrab oldim. «Bu yerdagilar jinni boʻlgan boʻlsa kerak. Shu qahratonda ham singan oyna Bilan yuradimi?. Kun boʻyi charchab bir dam oladigan joy topolmaganim uchun darov toshdek qotib qoldim. Bir mAhal tushimmmi, oʻngimmi koʻpeda birovlar, yurar, gapirar, «boshim. . qoʻlim qani. . akula. . akula. . " degan gaplar qulogʻimga kirganday boʻldim. Koʻzimni ochishim Bilan aylanib yurgan sharpalar zim-ziyo boʻlib qarongʻilik qariga singib ketdi. Poezd qattiq chayqalib tormoz berdi. Yuqori oʻrindiqdan plastik stakancha "poʻk" etib, taom stoliga tushdi. Yarim kecha yoki erta SAhar boʻlgani uchun kupening ichi uncha koʻrinmasdi. Yoʻlak ham jim-jit . Chiroqlar Bilan yoritilgan RAVOT degan yozuvli bekat oʻtib ketdi. Oradan koʻp oʻtmay yuqoridan birov qoʻlini choʻzdi. To stakanchani olib bermaguncha turaverdi. Uchinchidagi nashavandlardan boʻlsa kerak deb uf tortib qoʻydim. Finjonni boshim uzra ikki minutcha ushlab turdim, qoʻl egasi sira olay demasdi. Aftidan uhlab qolgan boʻlsa kerak. »Kasofatlar qaydan ham uygʻotishdi, endi uyqum kelmaydi» . Sovuq tunda dildirab, hojatga borib kelishimni erinib uyladim. Ustimga kurtkamni ilib:
— manna stakaningiz, yoki suv ichasizmi, - dedim.

Yuqoridagilar yo mast, yo oʻlguday qattiq uhlashardi. Poezd tormoz bilan chiyillab oʻng tomonga qayrila boshladi. Bir mAhal ikkinchi oʻrindiqdagi odam agʻdarila boshladi. Uni jon-jahDim Bilan ushlab, itardim. U temir sovut kiyib olganday qattiq edi. «Hey,hey yiqilib tushasiz«. Javob qayda qotib yotishardi. Temir yoʻlovchini amallab joyiga yotqizdim-da, chiroqni yoqdim. Yuqoridagi ikki oʻrindiqda ogʻzi-burni bogʻlangan ikkita erkak yotardi. Bechoralar operatsiyadan chiqqanmikan. Barmoqlarimga yopishgan yelimli qagʻoz shitirlab gʻashimga tegdi. Yoruqqa tutdim. "Soliev Otanazar. 1964 yil. Orol" deb yozilgan va tushunib boʻlmas muhr bosilgan edi. Ikkinchi oʻrindiqdagi hamrohimga yaqinroq borib tikildim. Otanazarning bir koʻzi skochlangan, ikkinchi koʻzi chala yopishtirilganmi ochilib ketgan edi. Birdan dahshatga tushib ikkinchi oʻrindiqqa qaradim. U yerda ozgʻin yuziga, ataylabdan soqol yopishtirib qoʻyilganday yigirma yigirma besh yoshlaridagi soqolli yigit yotardi. Uning ikkita koʻzi ham ochiq holda shiftga qarab turardi. Dafatan hech narsani anglamadim. Allaqaerlarda pravoz "vupillab" hayot borligidan darak berdi, Yana vagonlar taraq-turuq etdi. . Sal tovush chiqarsam yotganlar ushlab oladiganday koʻzlarimni murdalardan uzmasdan eshikni ochdim. Engaki, oyoq-qoʻli misoli bir goʻdakday bogʻlab tashlangan tanalar tobora tez chayqalardi. Tongi sovuq havo tanamga urilib birdan oʻzimga keldim. "Ey, xudo ikkalasi ham agʻdarilib tushsa nima boʻladi". Atrof jim-jit, faqat bechora poezdgina hansirab oldinga yugurardi. … »onajon. . onajo…» dahshat Bilan oʻliklar xonasidan qochib chiqar ekanman necha qadam yurganimni bilmayman. Gursillab yiqildim. Boshim qaygadir tegdi, nazarimda hushimni yoʻqotdim.

Yana qaerdadir yotibman, butun olam tebranadi, hansiraydi. Yon-verimdn kulgular, musiqaning sasi eshitilar va yoqimli atir islari burnimga urardi. Atrofimda farishtalar ipak koʻylaklarini shitirlatib, u yoq bu yoqqa oʻtishardi. Endi hech qanday jasoralar ham kerak boʻlmay qoldi. O’liming muborak senga, Oysulton. Tugʻilgan yurtingga yetdim deganda yiqilibsan-da, Oysulton. Ovulingga baribir yetolmabsan-da. Ozodliging muborak boʻlsin.

Qulogʻimga frishtalarning yoqimli saslari urildi.
— Olimchik vagonda bir jinni Xotin bor. Hech joyga oʻrnasholmaydi, faqat tinch joy izlaydi, degandi. Bu oʻshav xotinmikan? - dedi sal dagʻalroq ayol ovozi.
— Nega unday deysan, afti-angorini qara sira jini xotinga oʻhshamaydi. Kiyimlarini qara, qimmatbaho, siynabandining oʻzi oʻn besh dollor turadi.
— Biz ham shu reysdan soʻng kiyinaylik Hosi…nima deding. O’lib ketsin bu pulni tanangga qoʻshib hamma narsangni sotasan-da, qoʻlingga mayda-chuyda tegadi. Olimning odamlariga ham hizmat qilasan, ham pulimizni oladi. Svolochlar.
— Narsalari bormikan?. Kissalarini qara-chi puli bormikan?. Kissasidan oʻn ming dollor chiqsa-ya. Nima qilarding Ravi.

Xonaga bir oz jimlik choʻkib, aftidan Rovi deganini dardi koʻp shekilli, uzun hamuza tortadi. Poezd qari tuyaday chayqala-chayqala olgʻa yuradi.
— Eng avvalo uy olardim. Alkash er Bilan yashash jonimga tegdi. Na hayotingda tinchlik, na yegan-ichganingda maza bor. Bolalarim Bilan tinch yashasam deyman.

Bir NASA shaqillaydi, soʻng sigaretni isi tarqaydi.
— Oh, Dubaydan kelganimdan soʻng allaqachon uy olgan boʻlardim. Nilu kelganidan soʻng vafot etdi-yu, shundan soʻng mentlar hitlanib qoldi. Hamma narsamizni musodara qilishdi.
— Qaysi Nilu anuv Sh kvartaldagimi?.
— Ha, shu borganidan soʻng oʻzicha delovoylik qilib, mama Rozni aytganini qilmadi.
— U shu ishga olib ketishayotganini bilmabdimi?.
— Bilmaganda, vot masala gde?. O’lasam oʻlaman shu ishni qilmayman deb turib oldi. O’y. . daje ne xochu vspominat. Bechorani yomon qiynashgan.

Yana jimlik choʻkadi. Yoʻlak jonlana boshlaydi. Aftidan tong ota boshlagan shekilli…Shu mAhal vagonga bomba tushganday «Gurs. . gurss» etib ketadi.
— Iya, nima bu Xosi. . Bilmasam Olimchikning yordamchisi uyqusirab koʻmir solaman deb somavarni agʻdarib yubordi shekilli….

Men «gursillash»ni nima ekanligini bilib yotardim. O’liklar kupesidagi Otanazar va uning sherigi nihoyat agʻanab tushgan edi. Chunki kechasi Bilan deraza yopiq turgani uchun jasadlar erigan va yumshab agʻanab tushishgan edi. Men gapirolmsdim, chunki hali yoqilganimda boshimga bir narsa boʻlganmi, na ogʻzimni va na koʻzimni ocha olardim.

Allaqanday qogʻozlar shildirab, «qars» etib sinadi va kupega kofening yoqimli hidi tarqaladi.
— Niluni nima qilishgan deysan, ol mazali funduklisi ekan- deydi Rovi yoki Hosi.
— Qish kunida vannaga Kir poroshogi solib oʻtqizib qoʻyishgan. Ikki uch kun oʻtmay yotib qoldi. Toshkentga ham koʻtarib olib kelishgan.
— Voy bechora. . , - deydi Hosi choy shimirib.
— Nimasi bechora uni oʻldi ketdi, biz roʻzigʻorimizni boqolmay, manavii…- men hech narsani eshitmasdim. Lekin ikki kaftini bir-biriga «paq-paq» etib urilganini eshitdim. - anna shuni orqasidan yuribmiz j…qilib.

Eshik shigʻillab ochilib Olimning ovozi eshitildi.
— Voy, manavi sayh bu yoqqa qachon keldi?. Kim qoʻydi uni?, U kupega kiradi janjal qiladi. Bunisini xotini rashk qiladi. Yana biri «pingg. . gg» etib yel chiqaradi, deydi. .
— Nima deydi, nima deydi?.
— Pingg. . pingg. . - kupeni boshiga koʻtarib kulishadi.

Allaqaydan juda tanish ihragan-sihragan sas eshitiladi.
— Jon pravadnik uka. Umr boʻyi duongizni etay eltini tushirib qoldirmang. Uygacha yetib borsin, ahIr ikki soatgina yoʻl qoldi. Bu SAhroning oʻrtasida qayga boraman?.
— Buni qori aka, poezdga oʻtirmasdan oldin oʻylashingiz kerak edi. Boyvuchcha oʻgʻlingiz Chimyonda changʻi uchguncha onasiga samolyotga bilet olib bersa boʻlmaydimi?.
— bahuzur. . bahuzur uka. . Endi man Azroil emasman. .
— Azroilning ham padariga ming lan’at. Uka. . pukangizni qoʻying. Bu Orolga boradigan passajir poezd, morg vagon emas. Mana bittasi morg kupeda yotib ne ahvolga tushdi?.
— Uka…- aftidan qori Olimning choʻntagiga pul tiqadi, lekin bizning vijdonli yoʻlboshimiz qorining pulini qaytarib beradi.
— Boring, qori aka, boring. Buni oʻzim hal qilolmayman. Uff. . Infark qiladi mani bular.
— Nima boʻldi, jonim? - deydi erkalanib Rovi. - Vash bos udovletvorena.
— Ha. . ha. . Hozir ja shunga boshim qotadigan. Nima qilishimni bilmayman. O’zi shu chol kampir vagonga chiqqanda koʻnglim sezvudiya. Anna aytganimday boʻldi, soppa-sogʻ kampir oʻlib, qand kasal togʻlora-togʻora ovqat yeydigan qori oʻtiribdi «tirrrillatib». .
— Nu. .
— Nimasi nu. . 5dagi kampir oʻlib qolibdi. Nuqul Orip, Orip dedi bechora… joni sira chiqmaydi bechorani. Orifi degani changʻichi hezalak oʻgʻli boʻlsa kerak.
— Bu Kim?. Yoʻlakdan behush topdik?.
— E, Kim boʻlardi, bir jinni Xotin?. Tinch kupe izlab butun vagonni aylanib chiqdi. Soʻng anavi sekret kupega yotqizdim. Ertalab hech narsani koʻrmasdan oʻzim uygʻotarman desam, Yana ishkal qilib oʻtiribdi.
— Olimchik, ayol kishini razve tak mojno. Oʻlib qoladi-yu. .
— Nima qilay oʻzi hech joyda oʻrnashmasa. Ishqilib bu ham oʻlib netib qolmasa boʻldi, agar shuday boʻlsa, nafaqagacha yetolmayman. Qamashadi meni. .
— Bu xotin qaysisini koʻrgan?.
— Baribirmasmi ikkalasini ham koʻrgan.
— Anovi Rossiyaga ishga borib oʻlgan Otanazari ham yoshmidi?.
— Yosh, yosh. . Haligi kattakonning oʻgʻli Sardor degani, Indoneziyami, Tailanddami toʻfonda suvga choʻkib oʻldi deganimchi. . O’shaning murdasi eski edi. Issiqda erib pastga tushib ketibdi. Bolang oʻlgan ekan, gap-soʻzdan qoʻrqib nima qilasan. Uydagi kelin baribir bir kunmas bir kun eshitadi. . Kurortga oʻynashi bilan bormay, xotini bilan boradimi?. Mana bittasi yotibdi mani kuydirib...
— Da. . nu. . xotinlar oʻlmaydi mani polvonim. Xotinlarning joni qattiq boʻladi.
— Anna bittasi oʻldi-ku.
— A, u edi kampir. Olimchik iltimos. Toʻhta, toʻhta Hosi shu vagondagi eng yahshi odam Kim. .
— aka Olimk.
— Poezda eng yaxshi odam Kim?.
— Aka. .
— Maqsad, maqsad? - deydi Olim kayfiyati oʻzgarmay.
— Maqsad jonim iltimos, kampirni tushirmagin. Hammamiz bir kun oʻlamiz. Shu kampir oʻldi deganingdan beri. . onam koʻz oldimga keladi. Hosi qachon ippodromdan bozor qilib keladi deb kutib oʻtirgandir. Olimchik pajalusta. . - E, sanlarga nima,birovning onasi, birovning xotini. Mana yana bittasi tayyor boʻlib yotibdi. Yo xudo…tizzalarini «shap-shap» ettiradi. Poezdmi bu…
— Tishsh. . - aftidan Hosi avvval Olimning labiga barmogʻini bosdi soʻng qattiq boʻsa olib gapirtirmay qoʻydi.
— Boʻpti, boʻpti. Kechasi band boʻmalaring. Lekin kechroq kelaman.

Eshik shaqirlab yopiladi.
— Anovini ol Hosi. . yuragim siqilib ketyapti.

Qadahlarning jaranglaydi. Kolbasami, qazining hidi kupega tarqaydi. - Hosi togʻang qarzingni barmayotvudimi?. O’zim undirib beraman. Karatedan qora belbogʻim bor.
— O’. . zoʻrsan-ku. Shuni olib chiqib zoʻr qilibsan. Anovi semiz qishloqini sira hazm qilolmadim. Badani umrida suv koʻrmaganga oʻhshaydi. Aroq yahshi boʻldi dizenfektsiya qiladi.
— Qaysi anovi fermermi?. Jinni boʻlibsan u Bilan yahshi gaplashishing kerak edi. Senga nima yuvinmasa… Fermerlar soda lekin puli koʻp boʻldi. Shuni doimiy mijoz qilib olishing kerak.
— Fu. . ola. . Yana qadahLar jaranglaydi. Yoʻlakda musiqa eshitiladi. «Ul goʻzal dildording ayrildim». Bu mening qoʻshigʻim, hamma narsadan ayrilgan odamning. Jagʻi singan xotin eriga qaytadimi. Muhimi bu emas, yuragim deraza ortidagi borliqday boʻsh. . boʻm-boʻsh. . Na sevgi… Yashashdan ma’no yoʻq. . Koʻnglim ayniy boshladi, yana oʻzimdan ketdim.

Koʻzimni ochganimda bir asr uhlagan odamday ogʻir edi. Kupe boʻm - boʻsh yoʻlakdan allaqanday xorijiy musiqaning sasi kelardi. Vagon xudi tarix muzeyiga qoʻyilgan eksponatga oʻhshardi.
— Oypopuk tusharsiz endi. Kuydirdingiz lekin. O’zingiz yuraolasizmi, tez harakat qilmasak poezdni boshqa yoʻlga oladi - dedi Olim horgʻin koʻzlarini ishqalab.

Qaddimni rostlab bir oz oʻtirdim. O’rindiqlardagi oʻrin-koʻrpalar doʻmaloq etib oʻralgan edi.
— Boshqalar qani?.

Ajablanib tikilib turdi. Horgʻin yuzi yanayam kichrayib ketganga oʻhshardi.
— Hech kim yoʻq. Hamma ketdi.

Kupedan chiqib derazaga koʻz tashladim. Kun ham kech boʻlibdi,ovulga boradigan mashina bormikan?. . Soʻng hech narsani anglamadim. Poezd Toshkent vokzalida turardi. Sarosima va qoʻrqinch bilan izimga qaradim. «Xudoga shukur, eson-omon Toshkentga ham yetib keldik« degan sas va supurgining »shigʻ-shigʻi eshitildi. . »