OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Salomat Vafo. Tutilgan oy (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSalomat Vafo
Asar nomiTutilgan oy (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Salomat Vafo
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm14KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/06/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tutilgan oy (hikoya)
Salomat Vafo

«
Olmay qadr qon boʻlsin, bermay otasi oʻstirmay onasi oʻlsin!...
Choʻlpon. «Oydin kechalarda»
»

Naqshinkor ustunlarning tilloviy tovlanishidan koʻz qamashadi. Turli xil yaltiroq toshlar bilan bezalgan mehrob shaklidagi pechlar, xayoliy tasavvurlar jo boʻlgan gulchin devorlar, aqlni oʻgʻirlaydurgon qon rangli gilamlar, mitti shamdonlardan iborat masrur qandillar osilgan sehrli bir ayvon, sehri bilan devorga suyanganicha qotib oʻtirgan bir goʻzalning xayolini buzishga ojiz. Enasi koʻp umidlar bilan Oybibi deb nom qoʻygan bu qizning yigidan qizargan koʻzida, gʻamdan koʻpchigan yuzida loqayd, beparvo bir tuygu qotib qolgan, xinador barmoqlarning nozik titrashidan, qora sochlari, kipriklarining ogʻir-ogʻir silkinishidan sovuq bir fojeaning sabolari esardi.

Oybibi charxi kajraftorning shafqatsiz doʻnishidan, kechagi sabohli kunning fojeaviy zulmatga aylanuvidan karaxt va jonsizday oʻtirardi. Ul baxtli sabohli kunda dunyoda Ozodbek degan, Turkiyada saboq olib qaytgan zakiy bir yigitning borligini bilgandi. Azbaroyi sevinganidan, suyunganidan uning boshiga kiyib olgan kiyimni koʻrsatib xandon-xandon kulgandi. Ul baxtli kun Oybibi:
— Boshingizdagi nadur, Ozodbek ogʻa, — dedi. Ozodbek oʻngʻaysizlanib bosh kiyimini qoʻliga olib, oʻzi ham goʻyo bu narsani birinchi bor koʻrayotganday hayron-hayron tikildi.
— Bu fasdur, Turkiyadagi turklarning milliy kiyimi.

Shunda qiz yanada qattiqroq kulib dedi:
— Siza oʻzimizning xorazmiy papaxlar va sheroziy choʻgirmalar ham dim yarashadi.
— Bilaman.
— Bilsangiz kiying-da.
— Endi kiyamiz-da.

Bir muddat yigit va qiz bir-biriga soʻzsiz tikilib, nigohlar ila ahdu-paymon qildilar.
— Odingizni kim qoʻygʻon-a?
— Enam.
— Oybibi — Bibilarning oyi!

Oybibi oʻyida gavdalangan Ozodbekning aziz boʻylarini qoʻmsab-qoʻmsab, atrofida shoʻx-shodon yurgan boshqa qizlarning saslarini eshitmay, mahkuma yuzlarini koʻrmay, endi koʻz ochgan boʻloqday koʻzidan mildir-mildir yosh oqdi.

Ey, Ollo nahot endi yozigʻligʻi shu boʻlsa? Nahot saroy mahkumalarining qismati, shu nahs bosgan bolorlar1 orasinda kechayotgai umri bir xil, har tun boradigan yoʻllarining oxiri xonning, harom va faxsh girdobida gʻarq boʻlgan toʻshagida tugasa?

Yo Ollo, kechagina ul baxtli kun Bibilarning oyi Ozodbek bilan sarrin-sarrin yellarga, bedana va bulbullarning sayroqi-sayroqi saslariga, beda va dala oʻtlarining goʻzal-goʻzal islariga toʻlgan keng dalada uchrashgan edi. Saraton qizning yuragiday yonib yotardi. Koʻkda quyosh shu qadar katta edi-ki, Oybibining yuragida Ozoddan boshqa, butun yer yuzida esa quyoshdan boshqa nur sochguvchi, kuydurguvchi yoʻq edi. Zoʻr kurashdan soʻng hijron jangida gʻolib chiqqan muhabbat qoʻshinlari, rashk va ayriliq oʻtlaridan gulxan yoqmoqliklari lozim edi. Nihoyat suyimli-suyimli, aziz-aziz diydorlashdilar. Bibilarning oyini sogʻinch va intizorlik unlariga toʻla tovushi qaltirab chiqdi.
— Assalom, — dedi bir baxtli lahzada.
— Valeykum assalom, — dedi qiz yuragining mangu kuydurguvchi quyoshi.

Soʻng yana odatiy soʻzsizlik davraga qalqib, yuz yillardan beri bir-birini izlab yurgan, intizor-intizor nigohlar uchrashdi.
— Turkiqda chiqqan «Qur’oni karim»ni keltirdim.
— Nichik, yaxshi, — qiz «Qur’oni karim» ni peshonasiga surib tavof qilib nari surdi.
— Koʻrmaysizmi?! — Ozodbek hayrat va mehrga toʻla qorachuqlarini qizning oy yuziga tikdi.
— Axir, — negadir qiz gapirolmay koʻzini yerga tikildi.
— Ustun...

Yigit uning, tahoratni yangilamoq kerak, degan andishali iddoasini tushunib, qiyiqchaga tugilgan bir tahlam suvratni qizga yaqinroq surib:
— Unda buni koʻring, — dedi.

Dizning taxyosi ostidan qochishga chogʻlangan sochlari beda va ajiriqlar ustida yaqinda poʻst tashlagan ilonday yaltirab yotardi. Shoyi koʻylagining keng etagi tizzalari ustidan osilgan, oyoqlarining ostida, bahoriy chechaklar va kamalak ranglari mujassam gulchambarday yoyilib yotardi.
— Bu man, bu joʻram Sultonbey, — dedi Ozodbek Bibilar oyining yelkasi osha suvratlarga tikilib.

Qizning boʻyinlaridan, sochlaridan bahoriy dala chechaklarining boʻylari anqirdi. Yigitning boshi aylanib, koʻzlari suzilib, qizga bir soʻz dedi:
— Men Amriqo, Farang, Olmon yurtinda boʻldim, lekin hech yerda yurtimizday bexishtiy joy, inoshunday maftunkor chiroy koʻrmadim, — dedi zoʻr hayajon bilan.

Yigitning dabdurustdan bunday deyishi Oybibiga ogir botdi, xayoli yomon narsalarga ketdi.
— Nachun bundin yomon gaplarni qiz bolaga oytasiz?! Hozir turaman-u, ketaman.
— Tovba qildim, dilim kasilsin.

Qizning jahlidan kulgusini zoʻrga bosgan Ozodbek, bugun ataylab kiyib kelgan Sheroziy papaxini toʻgʻirlab qoʻydi. Shu on qoʻli muattar boʻylar taratib yer uzra yoyilib yotgan sochlarga tegib oʻtdi. Bir lahzada kelajakdan yaxgan kunlar tilagan ikki koʻngil, ikki havasmand oshiq bir-biriga soʻzsiz tikilib qoldi, goʻyo ikki yurakning qoni, harorati, ruhi quyulib kelib bir-biri ila qovushishga intilardi. Oybibi bugun oʻzgacha yasanib — oq yaktaq ustidan beqasam qalami chakmon kiygan yigitga bir chimrilib qarab, nozik bir ishtiboh ila soch oʻrimlarini orqasiga oʻtkazib yubordi. Ozodbek tumanlar ichra adashgan sayyohday mungli va najotli, aziz bir juft qora koʻzga tikilib, nechundir yurak-yuragidan bir oromsiz hijron his qildi. Chiroyli yuziga tabassum bahor jilgʻalariday tez yoyildi, ixcham soqolini silab, borliqning kunduz dunyosida adashib porlayotgan munavvar yogʻduda oy tomon egildi.
— Sultonbey joʻramiz bahorda kelmoq va’da qilgʻon. Galsin, sizdi goʻrib bi-ir kuysin.

Bibilariing oyi qizarib, oy yuzini yashirmoq niyatida yana quyiroq engashdi.
— Bular Hofiz, Rumiy, Zamaxshariy va Najmiddin Kubro qulliyotlari. Tubandagi manim suvratlarim.
— Idoraviy marshruta dagani nadur?

Ozodbek bu gapni eshitib, belbogʻi ustiga qovushtirib oʻtirgap qoʻlini yoyib, hayron-hayron tikildi. Yuz ifodasi tez oʻzgarib soʻlgʻin tus oldi.
— Bu gap kitobda aytilgʻonmi? — deya qizning qoʻlidagi kitobga engashib qaradi.
— Behos yodima tushdi. Solijon ogʻam joʻralari bilan shu xususda joʻp soʻllashadi.
— Bu soʻzni aytmoqdan saqlanmoq lozim, aks holda ogʻangizning hayoti xavf ostida qoladi. Savdogar, mulla-eshon, madrasa toliblari va yosh xivaliklar — idoraviy marshruta, ya’ni ta’sis kengashi harakatining asosini ta’min qiladur. Bu harakatga vaqtida Polvonhoji Yusuf oʻgʻli raislik qilgʻon. Xon esa harakatning dushmani yon berishni istamaydi chogʻimda, shusiz ham koʻp zahmat va jabr chekkan millat va yurtning taqdirini, kelajagini saqlab qolmoq lozim. Yaxshisi mundin soʻng soʻllamang bu xususda, — Ozodbek diqqat bilan tikiltb oʻtirgan qizga qarab olib. — Agar... shahodat va vakolat idoraviy-marshuruta a’zolariga berilsa — Urusiya tomonidan yaqinlashayotgan xavf ma’lum bir vaqtga kechikkan boʻlardi. Illo, ular agar, bizga qoʻshilsangizlar qutilasizlar, kuragasangizlar yiqilasizlar» , demaydi. Ularning azaliy niyati — millat va din — Islomni oyoq osti qilmaydigan jumhuriyat barpo qilish. Qoʻying-en, siyosat bilan erkaklar band oʻlsin.

Oybibi sahar chogʻi gulbargidan zamiiga tushgan shudryng jarangiday nozli-nozli kuldi. Qizarib lab ustidagi tuklari bilinar-bilinmas terlaganday boʻldi. Uzini oʻnglab olib, yigitga yurak-yuragidan oʻtadigap qilib, qiyo boqdi-da, bir soʻz dedi:
— Ularning dilini2 oʻrganish onson boʻlmogʻondir?
— Kimlarni?
— Turklarni!
— Oybibijon — Oʻqigʻon qiz, nahot ular bilan bir tilda soʻllashimizni bilmasangiz.
— Ibiiy, xudo ursin, agar, xavarim yoʻqakan.
— Ont ichmang-ey, yomon boʻladi.

Aytganidan yomon boʻldi, yomon boʻldi, rang-roʻim somon boʻldi, somon boʻldi, bogʻda bulbul oʻrnina boyoʻgʻli kuldi, u chekkan ohlar osmona uchdi, yerlara kirdi. Muzlagan koʻksida orzular oʻldi, orzu daraxtining yashil yaprogʻi— xonning tosh saroyida soʻldi.

Oybibi hanuz koʻzlarini yarim ochgancha, kechagi kuni garq boʻlgan, hasrat dengizining oʻpqonlarida, girdoblarida sarosar kezib yurardi. Hasrat dengizinnng adashgan tomchilari, borliq dunyoning kechasida adashmay porlayottan oy yuzini yuvib tushardi. Kimningdir qattiq turtuvidan seskangan Oybibi oʻziga kelib, oldidagi bir toboq seryogʻ shavlani, soʻng engashib turgan qoracha yoqimligina qizni koʻrdi.
— Muncha yigʻlamasang, bari befoyda...
— Baribir xonniki boʻlishing darak.

Shavla sovib, yogʻlari qotdi u yana hasrat dengiziga choʻkib ketdi. Soʻng uni qadim sharq bozorlaridan sotib olgan tilsiz bir qulday, itoatkorligidan shod boʻlib choʻmiltirishdi, yasantirishdi. Turfa xil zarrin liboslarga burkangan, oʻzining alamidan ozroq qimmatbaho toshlar va zebu-ziynatlarni osib koʻzgu oldida turgan qizga har kim bir soʻz dedi:
— Mangloyi qora-ya, xon seni yeb qoʻyadi.
— Xiyla ishlat, xiyla.
— Mozoli soʻlla tez yuradi
— Ogʻiri shugun.

Oybibini xilma-xil rangdor glamlar osigʻligʻ, baxmal koʻrpachalar soligʻligʻ, juda katta shinam xonaga kirgizgan xotinlar kunduzgi arvoxday bir zumda gʻoyib boʻlishdi. Xona toʻrida katta yasatigʻligʻ kart, uning qarshisida ulkan tosh koʻzgu joylashgan. Butun devorni qoplagan eroniy gilam ostiga choʻgʻday yongan koʻrpachalardan joy qilingan, noz-ne’mat toʻla xontaxta qoʻyilgan edi. Deraza rafiga qoʻyilgan O’sh sham xona ichiga ajib osoyishtalik va halovat bagʻishlagan dunyoda hech qanday xavf va tajovuz yoʻqligidan dalolat berganday miltillab yonardi. Miyasiga, qochib ketsamchi degan oʻy kelib, deraza oldiga chopib bordi, Derazadan sal narida qorin quygan ikkita sarboz aylanib yurardi. Oybibi nomus va hijolatdan qoʻli bilan yuzini berkitdi, kaftlari nam buldi. Shu lahza tashqari eshikni ochilib yopilgani, gilamlarga bosilgan qadam tovushlari eshitildi Oybibi tislanib borib gilam qotilgan devorga suyuldi, koʻzini yumib oldi. Deraza ortidagi allaqanday dunyodan suvning shildirashi, xaram qizlarining behayolik bilan hoholab kulgani elas-elas eshitildi. Shu lahza keluvchi belidan qattiq quchdi, qiz xushidan ketib yiqilmaslik uchun devorni ushladi. Yuziga issiq nafas urilib, dimogʻida yoqimli islar qoldi.
— Goʻzingni och, qoʻrqma!

Oybibi koʻzini ochib, oʻzi tasavvur qilgan sakson yashar badjahl chol oʻrnida, baland boʻyli, kelishgan ozgʻin odamni koʻrib, hayron-hayron tikildp. Qarshisida kulib turgan odam, elatdoshlarp aytgan minglab odamlar yostigʻnin quritgan qonhoʻr Isfandiyorga sira oʻxshamasdi. Xalq qoʻshiq ham toʻqigandi:

Isfandiyorxon xon boʻldi, yegan-ichganimiz qora-qon boʻldi.

Amirona harakatga chorlovchi buyruqdan choʻchib oʻziga keldi.
— Barigal!

Ilon oldida jodulanib, dunyoning neligini unutgan bir jonzodday sudralib xonning oldiga bordi. Xon unga boshdan-oyoq tikilgach, koʻngli joyiga tushdi shekilli, yayrab, «oʻtir» deb imo qildi. Limmo-lim sharob toʻla xitoyi piyolani uzatdi. Oybibi bosh chayqadi.
— Ich. Koʻrqmiydigʻon boʻlasan.

Xon allanarsalarni oʻylab, na’shali-na’shali kulib, bir qoʻzgʻolib qoʻydi.
— Kim aytadi seni bekni qizi deb, bir kosa sharobni icha bilmasang.

Oybibining oy yuzi ichida qoʻzgʻolayotgan vulqonlar ta’siridan qizargan, oʻljasini poylagan burgut kabi qotib oʻtirardi. Xon shod va ma’sud yonboshlab, koʻrsatkich barmogʻidagi katta uzugi bilan sharob piyolani bir kuyga monand urib, «hay-y... hay-y... » degan ovoz chiqarardi. Xonaga shu yer jihozlariday ogʻir va mustahkam sukut choʻkkan, gilamlar, yaltiroq darpardalar, yostiq jildlari, xonning boshdan-oyoq zarga botgap libosi — Oʻzidan mudroq va erinchoq nur taratgan kuyi intizor bir osudalik bilan mudrab yotardi. Xonning kayfi, xumori qizitilgan tandirday tobiga kelgach, shirin bir xomuza tortib, sollona-sollona yurib tinmay bagʻriga chorlayotgan kartga borib ogʻir choʻqdi.
— Qani, kel-chi!

Jodulangan jondoz, Bibilarning oyi, koʻzida ongsiz va shuursiz purni alangalatib, uning koʻzlaridan ayirmay, yoshligi, nomus-hayosi, ul yigitga ilingan orzumand kuni barbod boʻladigan kartga yaqinlashdi. Shunda u Isfandiyorning minglab odamlarning hayotini, qismatini, «jallod» degan soʻzni aytishi bilan yer bilan yakson qalin labini, shahvoniy xirs va tam’a oʻrnashgan qorachuqlarini, bir zamonlar uni ham dunyoning shoʻriga bir ona tuqqanligidan dalolat berayotgan terlagan manglayini juda yaqindan koʻrdi. «Yot» degan buyruq yangrashi bilan, qonida ming yillik qasos va oʻchi kurtaklangan burgut kabi gʻanimining koʻziga chang soldi. Erka xansiroqlar, nozli kulishlar va mahkumaning bokiralik nishonasini kutgan koʻrpa-toʻshaklar, darpardalar, gilamlar, gʻalati noyob hodisadan silkinib-silkinib ketdi. Xonning har kun oʻn bora, balki yuz bora «jallod» chapagiga ochiladigan qoʻllarini qon aralashgan koʻz yoshlari yuvib tushdi, yuvib tushardi.
— Maram!!!

Eshik ochilib, suyakdan quruq qolgan sadoqatli laychalar kirib, tosh ma’budaday qotib turgan Oybibiga tashlandi.
— O’ldir garni, qaynogon suv quyib oʻldir!

Uni bir qop goʻshtday garib-u notavon etib, sudrab tosh hovliga chiqishayotganida, oʻyiga bedazorga qoʻnib orom olgan bir kun — ul baxtli kun keldi. Endi ul yerlarda yurmasligini bilib, Ozod degan yigitni qayta koʻrmasligini sezib boʻzlab yubordi. Uch-toʻrtta xotin och kalxatday yopirilib, qargʻab, tortqilab kiyimlarini yechdilar. Koʻpol yapaloq toshlar ustida ozod turgan qizning nozik vujudi, gulbargiday musaffo badanini koʻrmoqdan istihola qilganday oy yuzini berkitdi.

Tosh hovli odatdagiday, ertaning ozod oʻylari bilan yashagan bir mahkumaning qoʻrqinchli, talvasali unlarini yutib yubordi.