OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Salomat Vafo. Ustyurt (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSalomat Vafo
Asar nomiUstyurt (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Salomat Vafo
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm66KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/06/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ustyurt (hikoya)
Salomat Vafo

Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari kesishgan ovloq vokzal binosi ustida sahroninig quyoshi asta-sekin bota boshlagan edi. Atrofda qalin kiyingan xotinlar turli oziq-ovqatlar, gazaklar va sabzavotlar sotib oʻtirishardi. Sabzavotlar olisroqdan kelgan koʻrinadi, negaki shimol taraflarda sabzavotlarninig yetishtirish muammo edi. Hali qorongʻi tushmagan boʻlsa-da, trassadan oʻtayotgan katta mashinalar chiroqlarini yoqib olgan va «vagʻillab» signal beradi. Harakat bir zum toʻxtamas, goʻyo mashinalar daryosi oqayotgan edi. Maydon turli tarafdan kelib qoʻnib oʻtayotgan odamlarninig «vagʻir-vugʻuri», sotuvchilarninig qichqirigʻi va mashinalar shovqiniga toʻla edi. Boshiga katta roʻmol oʻrab olgan Yorqinoy atrfoda daydib yurgan daydi erkak va kunda-shunda xotinlarni quvardi. «Tur yoʻqol hammang, tekintamoqlar». Uning yelim qogʻozdan qilingan uychasidan ikki uch daydi chiqib qochadi. «Bularga bir marta tishingni oqini koʻrsatsang boʻldi. Soʻng xira pashshaday atrofingda aylanadi». Har xil boʻyoqlarni yuziga chavplab tashlagan qiz pista poʻchoqlarini «chit» etib tuflaydi. «Tur Gavhar, senam ishingni qil. San oʻtirganinigga bular yelim boʻlib olishgan». Qiz oʻrnidan turib katta koʻkraklarini kerib, hamuza tortib kerishadi. «Namuncha chap tarafing bilan turdingmi, hammani quvasan. Ogʻir kuningga yaraydigan bizlar boʻlsak». Qiz Yorqinoyninig orqasida tahlanib yotgan qutilarga ishora qilib. «Uybay oʻlasanmi endi, Gavhar borsang-chi keyin kelasan. Hali pochin qilmadim. Ana Tohir akang kelayapti yangisini ergashtirib...» Gavhar hayron boʻlganday yurib maydonning oʻrtasiga keladi. Tohirni koʻrishi bilan yurishlari oʻzgaradi, harakatlarida noz-ishvaga oʻxshagan narsa paydo boʻladi.

Gavhar. Bormisiz Tohir aka, ja yangilarini topdingizmi deyman. Bizdan xabar olmay qoʻydingiz.

Qirqlariga yaqinlashgan va olifta kiyingan Tohir qoʻl telefonida kim bilandir bogʻlanolmay xunobi oshadi.U qizga yalt etib qarab basharasini burishtiradi. Izidan kelayotgan Nuriyaga «tez yur» ishorasini qiladi va Gavharga «hali ham shu yerdamisan» deganday yuzlanadi. Yoʻldan nimadir yegulik olgan Nuriya qoʻlidagi yaltiroq qutilarni ushlaganicha ildam yurdi.

TOHIR: «Ha yana nima kerak boʻlib qoldi»? Oyoq ostida oʻralashma dedim senga.. Bor yoʻlingdan qolma.

Gavhar maydon oʻrtasida turardi. Nedir najot istaganday yoʻlovchilarga paketli narsalar sotayotgan Yorqinoy tomonga qaradi.Chekkaroqda bir tuda yosh-yalanglar gulxan atrofida gitara chalib oʻtirardi. «Chyorniy glaza.. chyorniy glaza..». Gavharning koʻzlari sovuq yaltiraydi.

GAVHAR: Anavi tasqarani qaranglar. O’zicha Tohir bilan yurib odam boʻlib qolibdi. Sochini qaranglar, oʻzi olti tor sochi bor. Suvlab yaltiratib olganinichi.. Nuri hov Nuri avval uyingdagi anovi daydi akalaringni eplab olsang-chi?..

Nuriya Tohirninig biqiniga turtadi. Yonlaridan katta yuk mashinasi oʻtib ketadi. Erkak yigilib turgan uch-toʻrt nafar vokzal xodimlari bilan salomlashib toʻxtaydi. Sal narida qargalar ahlat titib «qagʻillashadi». Gavhar beixtiyor raqiblarininig orqasidan ergashadi.

TOHIR: Yoʻqolasanmi, yoʻqmi shu yerdan?. Yo oʻzim kovushingni toʻgʻirlab qoʻyaymi?. (urmoqchiday hezlanadi)

Gavhar maydon oʻrtasida toʻxtab qoladi. Nuriya erkakninig yonida allanarsani yegan kuyi yosh qizaloqlarday sakrab-sakrab oʻynab borardi. Tohir ikki-uchta yuk mashinasi orasida turgan KAMAZ kabinasiga avval oʻzi chiqib qoʻlidagi pichokni otib yuboradi. Soʻng Nuriyani yuqoriga qoʻlidan tortib oladi. Ichkaridan kabinaninig pardasi berkitiladi. Gavhar mashina koʻrinib turadigan joydagi yogochdan omonat qoqilgan oʻrindiqqa oʻtiradi va yerda tutab yotgan sigaretni olib chekadi. Yorqinoy yelim uyidan chiqib Gavharga qarab bosh chayqaydi. «Jinnisan» deb ishora qiladi. Gavhar koʻzlarini qisgan kuyi sigaretni chekib olis-olislarga choʻzilib ketgan Ustyurt kengliklariga hissiz tikiladi. Bayram arafasi boʻlgani uchun turli-tuman yemaklar sotayotgan sotuvchi ayollarninig bozori qiziydi. Kattaroq chodirdan kabobninig isi va tutuni chiqadi. Kabobchininig qoʻshnisi boʻlgan Yorqinoy ichkaridan katta roʻmol oʻragan boshini chiqaradi. Bozorchi xotinlarga xos shangillaydi.

YoRQINOY: Ey olsangchi …sizlarni dastingizdan boshqa birov savdo qiladimi yoʻqmi.. qoʻrangga nima balo koʻmirninig oʻrniga tezzak(kappon) solganmisang. Tinmay sasitasan?. Tura..Nari turlaring senlaram.Uybay Gavhar or-nomusing bormi.. ne qilvotirsan u yerda..Ke bu yoqqa..

Maydonda toʻplanib turgan erkaklar sigaret chekib chayqalayotgan mashinaga imo qilib kulishib olisroqqa surilishadi.Gavhar oʻljasini poylayotgan jondorday tek qolgan, sigaretini ham chekib boʻlgan. «Sigaret chekasanmi?».Erkaklar biri olib, biri qoʻyib gap otadi.»Balki nos chekarsan. Bular eri bilan urishgan shekilli..». «E, xotinlarga ham osonmas kun boʻyi sovuqda qotib oʻtirishadi». «Biz hali ikki soatga chidamayapmiz.». «Be..bularninig joni toshdan, sovuqda semirib ketadi bular». Aftidan ular ichib olgan qattiq-qattiq gapirishadi. Ogzi-burnidan tutun paravozday chiqqadi.QAlin kalta Poʻstin kiygan uch-toʻrtta erkak yegulik va ikki-uchta shisha aroqni koʻtarib vakzal deb atalgan harobgina binoga kirib ketishadi. Kun botayotgani uchun sovuq kuchaygan.Gulhan atrofidagilarninig shovqini yanada kuchaygan. Shamolda yaydoq choʻlda yantoqlar uchib yuradi. Gavhar kabinaga tikilib turadi-da, Ra’noning oldiga kelib oʻtiradi.Oʻylangan kuyi qoʻlini tahlanib turgan kunjutli holvalarga choʻzadi. Yorqinoy holvalarni uzoqiroq surib qoʻyib yupungina kiyingan yigitga baqiradi.»Hoy odam joningga Rahming kelsin sovuq oʻtadimi senga oʻzi. Oʻlasan sovuqda». U «morj-ku morj» deydi Gavhar. «E, bu morjmas morjninig skileti..».

Gavhar: - Anovi isqirt Nuriyani aytaman, shu qiz ilgari pochtaxonada ishlarmidi…Ukalari daydib har joyda yurardi. Hozir Tohir bilan qoʻl ushlashib Kamazinig ichiga kirib ketishdi.

Yorqinoy qoʻl silkiydi.»Qoʻy shu nas bosganlarni..gunohmiz koʻpayadi».

Vokzalga yopishtirib qurilgan sartaroshxonaninig kichik derazasidan «Oy..oy..» degan ovoz eshitiladi. Sartarosh Oliminig kichik boshi va bir burda yuzi koʻrindi.

Olim. –Ra’noninig ichini yonishini bir koʻrgin. Oʻlib ketyotir Tohirni rashk etib..

Maydonda yurganlar yalt etib Olimga qarashadi. Gavhar yerda yotan boʻsh baklashkani derazaga otadi. Oftobga isinib oʻtirgan mushuk «mov» deb boshqa tarafga qochadi. «It. Xotinak».Yorqinoyninig chiroyli yuziga kulgu yoyiladi.»Qoʻy endi sen ham burningni tiqmA bularning ishiga..». Derazadan Olimninig savlatdor bir kishini sochini olayotgani koʻrinadi.Olimninig nozik qoʻllarida ustara tez-tez harakatlanib koʻpikli yuzni qirtishlaydi.

Olim. Shu Tohirga ham hayron qolaman. Bugun birov bilan yursa ertaga boshqa ayol bilan yuradi. Bir rus xotinga uylangandi. Xotini buni tashlab Rossiyaga qochib ketdi. Shuninig uchun boshqalardan alamini oladi shekilli…Soch-soqolini oldirayotgan kishi (Xudoberdi)norozi holatda boshini chayqaydi.

Xudoberdi. Qoʻying shu yuviqsizlarni Olimboy. Har kimninig gunohi boʻlsa olloh jazosini beradi. Bundaylarni oʻrisninig shaharida ham koʻp koʻrdim. Yurtda oilasi boʻlaturib Kim oʻzi bilan kelgan erkakka erga tekkan. Kim oʻrisdan Xotin olgan. Ey qoʻying bularni… roʻza ogzimni harom qilmay.

Olim jonsarak holatda derazadan qarab «bizding qizlar zoʻr savdo qilyotir..erkaklarga bir balo boʻlganmi soqOli tizzasiga tushsa ham oldirishmaydi».

Olim. E..taqsir siz roʻzasiz-ku…yana ovuldagilar bugun orzular amalga oshadigan kun deyishganiga oʻlaymi..Tem bole Yangi yil..

Xudoberdi. Qadr kuni.. har kimninig koʻngli oʻzida..

Olim qoʻlida ustarasini ushlagaicha hoholab kuladi.

Olim. Unda Tohir ham zoʻr kecha qiladigan boʻlibdida, - chayqalayotgan kabinaga ishora qilib..

Xudoberdi koʻzini ochmasdan «xudo hayringni bersin» deb ishora qiladi. Sartarosh bir joyda turolmay depsinadi.

Olim. Rossiyaga ketadigan poyiz kelguncha klentlarni ham topadi. Ishini ham bajaradi.

Yana hoholab kulib, chittakday sakrab derazani ochib Yorqinoyga baqiradi.Ichkariga mashinalar shovqin iva odamlarninig «baqIr-chavqiri» kiradi.

Olim. Yorqin anovilar hali chiqmadimi?.

Ra’no. Bilmiyman. Jumushingni qilsangshi…

Shu vaqt sartaroshxona eshigi ochilib ichkariga Gayrat kiradi.Uninig bir burda yuzida va yupun kiyimlar yopib turgan gavdasida jur'atsizlik balqib turadi. Yigitinig gavdasini qahraton sovuq surib olganday bir arashda novdaday ozgin edi.

Gayrat. Olim aka Yana suv olsam boʻladimi?. Qaynagan suvingiz yoʻqmi?.

Sartarosh unga yoʻliga ham koʻz tashlab qoʻymayydi. Kreslo atrofida tez-tez aylanib qorininig soch-saqolini olardi.

Olim. Sen ham odamga oʻxshab salom Ber propessor. Mana hori akang oʻtiribdi. Tem bole birga ketasizlar.Qaynagan suv nima qiladi menda.Nima men somavarmanmi?. Oʻzi qachon yuvinganimni eslolmayman-u..

Yigit qorini endi koʻrganday qovushmaygina egiladi.

Nuriddin. Zdastvuyte.

Olim. Oʻla..odam boʻlmay. Propessorninig oʻgli emish. Oʻrisda yashadim deb. Tilingni ham unutdingmi?. Qori aka bu bir propessorninig oʻgli..Dunyoni oʻzgaritiraman deb rusga borgan. Kinomi..muzikmi allanimabaloda oʻqigan. Oʻziyam sochiga jamalak taqib Moskvani changini chiqarib yuborgan. Oqibiat oʻzi oʻzgarib qaytgan.

Erkak «uff» tortib boʻynidagi sochiq bilan yuzini artadi.

Xudoberdi. Koʻp gapirarkansan sen bola…boʻynimni kesib yuborma…Namuncha bir joyda turolmay echkiday ekansan.

Nuriddin. Eto – i yest kozyol – deydi uyqudan uygonganday tilga kirib. Sartarosh unga joʻja xoʻrozday xezlanadi.

Olim. Hoʻy senga kozyolni kimligini koʻrsatib qoʻyaman..Hali Yana kirarsan peshonangga seni suv beraman..

Gayrat iljaygan kuyi uvni koʻtarib yoʻqoladi.Eshik asabga tegadigan daajada giyqillab yopildi.

Xudoberdi. Suv masalasi qiyinmi bu yerda?..

Olim. Privoznoy.. Oʻzi bu Garrikni men odam qilganman. Bor dokumentidan va pulidan ajralib oʻrisdan zoʻrga yetib kelgan bu yerga..

Mijoz jonidan toʻyganday ogir qoʻzgoladi.

Xudoberdi. – Olloh buyuk, kimsa nasibasi uzilmasa oʻlmas.

Nuriddin chang-chung va loyga belangan qizil mashinani yuvadi. Kapotdagi suv muz parchalari boʻlib shitirlab toʻkiladi. Yorhinoy koʻkarib ketgan Gayratga achinib qaraydi.

Ra’no. – Hey, inson qoʻlingga bir qoʻlqop kiysang-chi.Oʻpkangni sovuq oldirasan.

Gayrat unga bir qarab qoʻyib Yana yuvishda davom etadi.

Yorqinoy prilavkasininig ostidan bir piyolaga aroq qoʻyib Gayratga uzatadi.Hali ham pilavkaniing bir chetida oʻtirgan Gavhar aroqni menga deb oʻylab qoʻlini uzatadi. «San nima karomat koʻrsatding?».

Gayrat koʻkargan lablarini arang qimirlatadi.Butun vujudi sovuqdan tirishib kichrayib qolganga oʻxshardi. Uyalgan kuyi yerga qaraydi.

Gayrat. Yorqinoy Abdurashid aka pul bersa albatta qarzlarimni qaytaraman.

U yutoqib aroqni ichadi.Yorqinoy mayda-chuyda olib chiqish uchun yelim chodiriga kirguncha gapirib ketadi. «Berasan, berasan. Ikki oydan beri shu gapni eshitaman. Oʻlmasdan bahorga yetsang boʻldi. Berarsan. Bir kosa aroq bilan men kambagal boʻlib qolmasman. Uydagi piyonistalarni oʻn yildan beri boqaman».Nuridin piyolani olib kelib Ra’noga beradi. «Spasibo».

Yuk mashinaninig eshigi «sharaqlab ochilib avval Tohirninig qizargan va bir qadar mamnun yuzi koʻrinadi. U «tap» eti bega sakrab tushadi. Mashinasini kovlayotgan keng sayabonli shapka kiygan odam «zoʻr ekanmi?» dedi. Tohir kulganicha «hammasi bir goʻr» deb oʻtib ketadi.Maydonda shovqin-sur'on avjiga chiqqan. Sochlarini tuzatgan kuyi Nuriya ham unga ergashadi.Gavhar chayqalib oʻrnidan turib ularga qarab yurdi. Sartarosh deraza tomonga boshini choʻzib «anna endi tomoshaninig kattasini koʻradigan boʻldik».

Xudoberdi. Hoy musulmon juda galati odam ekansiz. Qoʻying shularni oʻz holiga…Boshimga ehtiyot boʻling.

Yana bir toʻp Yangi yoʻlovchilar kelib maydonnig har tomoniga tarqab ketdi. Olim shirin ovqat yeyishga hozirlanganday quvonchdan gir-gir aylanadi.

Olim. Iya qori aka boshim yoʻqmi boshingizni kesib..

Tohir ikki –uchta odam bilan allanarsalarni kelishib oladi.Gavhar osoyishta holatda ularga qarab boraveradi.

Gavhar. Qichigan joylaring qondimi?. Baxtiqaro.Yuviqsiz.

Nuriya parvo qilmay sakrab-sakrab oʻtib ketadi.Undan atir aralash ter hidi «gupp» etib uradi.

Nuriya.Alam qildimi?. Yangisi turganda eski kalishni boshiga uradimi Toxir aka.

Qiz yurib borayotgan joyida birdan qotib qoladi.Atrofga Yana Yorqinoyninig doʻkoni tomonga qarab oladi. «Nima deding?».

Gavhar. Kim eski kalish?.

Gavhar joyida qotib turadi.Nuriya qiyshanglab sakrab ilgarilaydi.Atrofdagilar, sotuvchilar qiziqsinib qaraydi.

Nuriya. Sen-da, kampir.

Vokzal maydonida yurgan yoʻlovchilar va bekorchilar asta yigila boshlaydi.

Gavhar. Ogzingga qarab gapir, jalab. Sani ayatadi kampir deb hozirdan soching tushib qolgan.

Nuriya. Ey suka hali shu gapingni, kal deganinigni Tohir akamga aytdim. Terigga samon tiqdiraman seni..

Bir sakrab Nuriyaninig qoʻlidan ushlab tortadi. Nuriya uni koʻkragidan itarib yuboradi.Gavhar tisarilib borib oʻtib orqasi bilan yiqiladi. Olislab ketgan Tohir Nuriyaga «tez yur» ishorasini qiladi. Gavhar sakrab oʻrnidan turib Nuriyaninig izidan bir hatlab yetib uninig koʻkragiga musht tushiradi. Vokzal maydonidagilar yigilib «Ur Gavhar, qolishma Nuriya» derdi.Olomon tamoshaga oshiqar, yolgiz Tohir maydondan uzoqlashib borardi. «Kim yutsa yuz dollor». «QAni gladiatorlar». «Yoʻoʻq bular amazonkalar».

Jismonan nozikroq va novacharoq Nuriyaninig labi yorilib qonga belangan edi.Sartaroshxonadan sochi chala olingan qori va qoʻlida mashinkasi bilan Olim boshini chiqaradi.

Xudoberdi. Insof qilinglar bandalar. Ajratinglar ularni ojiza-ku axir ular.Xarop boʻladi-ku axir ular.

Olomon xor boʻlib baqiradi.

Sport doʻppili yigit. Allaqachon harob boʻlib boʻlgan ular.Hech joningiz achimasin taqsir.

Shu payt Tohir vajohat bilan odamlarni yorib kiradi. Biron foeaninig sezganday derazada qorininig rangi oqaradi. Beihtiyor boshidagi koʻpiklarni artadi.Olomon «anna Tohir shef keldi». «Onadan tugilganiga pushaymon qildiradi».

Xudoberdi. Hey ukam shaytonga hay bering.

Tohir kelish bodiga Nuriyani bosib yotgan Gavharni otib yuboradi. Nuriyaning yuzga bir musht tushiradi.Qiz yiglab baqiradi.

Nuriya. Urushni anovi sterva topdi. Kampir..kal deydi.

Tohir shaht bilan Gavharni qoʻlidan tortadi.»Qoʻyib yubor meni iflos».

Xudoberdi boshini derazadan chaqiradi.»Tohirjon siz erkaksiz..».

Tohir yalt etib sartaroshxona derazasiga qaraydi. Va Gavharni oʻsha tomonga sudraydi. «Kim kal..unda men kal bilan yotgan ekanman-da. Senga koʻrsatib qoʻyaman». Olomon ularaga ergashadi. «Ena..yordam beringlar». Qori «astafurullo» deb chekkaga chiqadi. «Keling, keling Tohir aka».

Tohir. Ber mashinkani bu yoqqa.

Orqadan qorininig «insof Ber..». «Qoʻyvor endi senga begona boʻldimmi?. Gunohim ne oʻzi?». Gahar sudralib izillab yiglaydi.

Tohir. Ey Olim xez ob ke sochiq-pochigingni. Bogla qoʻlini..

Olim mushukday epchillik bilan Gavharni qoʻllarini orqasiga tortib boglaydi.Gavharninig koʻzidan bir tomchi yosh tushadi. Tohir mashinka bilan Gavharninig sochini «gart-gart»oladi. Yigilganlarninig dami ichiga tushib ketadi.Hamma orqaga chekinadi. Hatto Olim ham Allaqayoqqa goyib boʻladi. Odamlarninig ichiga kirib kelgan Oynur hamma narsani tushunadi. Indamay yerda yotgan sochlarni qoʻlidagi lattaga yigib soladi.

Oynur: -Kerakmidi shu sharmandalik senga. Anna izlaganingni topding. Oldin ham aytganman senga Tohirdan uzoq yur deb. U odammas hayvon. Hamma yogig balchiq loy. Yur bu yoqqa.

Ular yetaklashib doʻkonlar ortidagi qora uyga kirishadi. Tashqaridan mashinalarninig signali va shovqini eshitilar. Hayot davom etardi. Gavhar qotib oʻtirar, yuzida bir tomchi yosh qotib qolgan edi.

Oynur. Gapir yuragingni och Gavhar, bunday oʻtiraversang ish topasan.Bilaman u seni qishloqdan olib kelgan, onangninig kasalligidan foydalangan..Harop qilgan ham shu. Soʻyla jonim..

Qora uy eshigida bir narsa izlagan kuyi Xudoberdi qori kiradi. Sochi qirib olingan Gavharni koʻrib qotib qoladi. «..qodir egam». Oʻrindiqdan doʻppiga oʻxshagan narsani olib eshikka yoʻnaladi. Ilaks toʻxtab Ra’noga shohi belbogini uzatadi.Izgirin yuzlarni chimchilaydi. Ra’no belbogni Gavharga boglab koʻzyoshlarini artib tashqariga chiqishadi.

RA’NO: Qoʻy siqilma qishloqqa borib jigrlaringni koʻrsang hali hammasi esingdan chiqib ketadi.Hali bola ekansan. Shu qoʻshmachidan oson qutulganingga shukur qil.

Boshiga katta rumol urab kaltak kutarib olgan yoshgina xotin allanarsani olib kochgan ikkita daydini kuvlardi. Sulokmonday va yuz-kuzini sokol bosgan daydilar orti-oldiga karamay kochishardi. Aybi daydi bulgani. Aybi uyi yukligi.. «Non deb kakshomoy ul. Ishla kutingni kiyna. Seni odam bulsin desam uydagi bilan birlashib olibsan».Xotin jaxl bilan llanarsalarni otmokchi buladi. »Ne beyte pojaluysta..umru.. ». Yalt etib usha tomonga karadim. Qali kirklariga xam chikmagan daydi Kir kullari bilan boshini berkitib utiradi. Xotin xam kulini kutarganicha turib koldi-da, sung orkasiga kaytdi. «Ichmay ul, buni tupa-tuzuk odamlarninig bolasi deyishadi. Ichkilikdan tushgan axvolini kara buni, zaxaringga yutguncha uyingga bor, Ishla..Men senlarni tuydiraymi..uyimdagi alkashni bokaymi..Uyimda xam bor bittasi bersang yeyman, ursang ulaman».
— Jenge, nega nervichit kilib yuribsiz, e kuying bularni suksangiz xam, ursangiz xam, suksangiz xam shu bular?.

Xotin boshini kutardi. Uninig chiroyli yuzi sovukda gezargan va koraygan edi. Karshisida turgan zamonaviy kiyingan, yosh erkakni kurib bir oz xayajonlandi. Sung kuzlari birdan jika yoshga tuldi.Kullarini kutarib rumolini tuzatgan va kuzyoshlarini artgan buldi.
— E, kurmaysanmi..esini yegan bular – ovozi pasayib- Bozorda mendan boshka odam bularga non pon beramaydi. Uyda ovkat ortib koladigan bulsa xam, itga bermay shularga olib kelaman. Bular xam odam bolasi deyman. E, anovi Pasha degani, xali kuvlab yurganim. Uyga borib ish-pish kilib turardi. Qa desa mendan berkitib uyda ichishadi.

Ugrilib Pasha tarafga karayman. U allakachon berkingan joyida chikib uziining kadrdon daydilar tudasiga kushilib shu yakindagi axlat uyimini titklab yurardi. Yonlarida turgan xaltalar shishalar va pivoninig tunka kutilariga tula edi. Olisda shafakninig sunggi kizilligi asta-sekin pastga enib borardi. Qavo sovuk va tinik bulgani uchun allakanday kushlarninig kanot kokib yurgani kuzga tashlanadi.
— Endi avtbus bulmasmikan. Nima deysiz jege? – dedim kasoskor ayolninig erta sula boshlagan yuzlariga tiilib.

Ayol bir oKrinib («yanga»degan suz yokmagadi)erga karab turdi.
— Men senga yanga emasman. Endi yigirma yettiga tuldim,-dedi kulgi aralash. - Sunggi avtobusning junab ketganiga ikki uch soatdan oshdi. Qaydovchilar karongi tushmasdan chuldan utib olishga shoshiladi. Yullar muzlagan shuninig uchun sekin yurishadi.Temirga ishonib buladimi, yarim yulga yetganda saxroda buzilib kolsa, xudo kursatmasin. Quv anovilar…- ayol kulini bostirma tomonga chuzib - ..xam chuldan utib uyiga yetib olish uchun birovi avtobus, birovi poyiz kutib utiribdi.

-Nimada ketsam ekan? – dedim minKirlab va ayolninig Kalati nigoxidan xayratda kolib.

Uninig korachuklaridan yakin karindoshnin, sevgilining nigoxida uchraydigan mexr va joziba porlab turardi.

–Tonggi turtda poezd buladi. Ushanda ketgin..odam xam kam buladi. Yotib choy ichib ketasan.
— Poezdda ertaga kechga tomon uyga yetib borarkanman.Bugun ketmasam bulmaydi.Aytguncha bayramingiz bilan. Ismingiz kim edi? - yana «jenge» deyishga tortinib.

Sotuvchi ayol oldidagi ichimlik va ovkatdan bushagan kosalarni yikan kuyi bir oz xayol surib koldi.Yana chiroyli nigoxlarini kadadi. Nazarida u nimadir demokchi bulardi-yu, aytishga torinardi.

– Raxmat. Olmagul - birdan uninig tund yuzi yashnab ketdi.- Bilmadim unda nima kilasan. Istasang bizning uyga borib ertalabgacha dam ol xorib kelgandirsan.

Ayolninig ochik kungilligi va mexmondustligi olis rus shaxarlarida ishlab kelgan menday odamning kalbini orziktirib yubordi.Shunda yurtimni va kishloKimni juda soKinganimni xis etdim. Uydagilarga olgan mayda-chuydalarim ichidan kichik bir atir va rangdor koKozli pechene olib ayolga uzatdim.

U xayron bulib, «sotishga narsa olmayman». «Men uni sizga, sovKaga berayapman». «Nega?». «Yaxshi va chiroyli ayolligingiz uchun», - «chiroyli suziga ataylab urgu berdim».

Uzimninig ustamonligimga xam xayron buldim. Yot shaxarlarda yashayverib xar kanday ayolni rom kilish kudratiga ega edim. Qozir nega shunday kilish kerakligini tushuntirib berolmasdim. Qoxladim, shunday kildim.

– Voy raxmat..raxmat – u guyo bir kalkib ketdi. - Meni karang sotishga emish..yuk..shu.., - u dovdirardi.Ayolninig kunglini egallash kanday oson ish. – sizga nima bersam ekan, kurinishingizdan ziyoli odamga uxshaysiz.
— Aslida xam ziyoliman-da, - dedim shuxlik bilan.
— Bildim, bildim. Shunga anovi odamlar bilan kiynalib kolma..ng dedim. Bugun erim xam uyda edi – ayol kizarib kuldi. «Ismingiz nima edi?».»Temur». «U yokda nima kildingiz?».
— Rossiyada bir turk urtoKim bilan universitetda ukigandim. Utgan yil Moskvaga ishga kelgan ekan. Shu chakirtirgan edi. Bir yildan beri usha yokdaman.
— Omadingni bersin. Lekin aksariyat borganlar kora ishlarda ishlashadi.
— Raxmat. Endi xar kimninig tuz nasibasi. Ushanga bayramga uyga yetib olay deb shoshayotgan edim.Yer yuzininig turli nuktalaridan Ustyurtga yetsak buldi. Uyga yetganimiz deb kelamiz. Shu yerga kelgada odamlar shishaga kamalgan xashoratday xarakatsiz koladi. Juda Kalati joy ekan nega xam bu tomondan yurdim. Sakkiz soatda uyingda bulasan deb chalKitishdi-da.Kirib kuraychi utirganlar nimada ketmokchi ekan.

Ayol indamadi. Lekin ketishimni xoxlamadi. Yerga karab ishlarini kilaverdi.Izimdan karab kolganini xis kildim. Nazarimda uninig yuragiga chug tashlagan edim. «Nima keragi bor edi. Uni boshka kurmasam, bilmasam. Negadir odamlarninig oldida uzimga buysunmay kolaman. Saxiyligimni kursatgim keladimiey. Boshka vaktlari aka-ukalarim bilan yuborgani pulim ustida kir-pichok bulaman. Ustyurtga xam pulni yaxshi kurganim va tejamkorligim okibatida kelib kolgan edim. Bu yerga yigilgan xudo urganlarninig bir yilda topadiganini ikki-uch oyda topishim mumkin». Uzmni koyigan buldim. Lekin endi befoyda edi.

Eshikdan kirib ostonada tuxtab koldim. Kadim zamonning chiroklaridan sal kuchlirok nur sochayotgan lompochkalar yorugida odamlar yuk va sumkalari bilan tikilib utirishardi. «Bugun saxrodan utadiganlar bormi?». Tikilib kolganlar birdan xarakatga kelishdi. «Avtobus keldimi?. Kaergacha boradi.Kancha deydi». Turda bir ikkitasi urnidan kuzgoldi. «Yuk, uzim ketmokchiman». «Eee..unda nega boshimizi ogritasan». Yana utirganlar, biror narsa yeyayotganlar va mudrayotganlar uz ishlari bilan Mashgul bulishdi. «Ke jura..». Ikki uchta yoshi kirklarga borib kolgan, sport duppisi kiyganlar yigilib gazeta ukib utirishardi. Sovuk bulsa xam xonaninig xavosi oKirlashib ketganini paykadim.Xonada sigaret va kirlanib ketgan paypok isi korishib ketgan edi. «Yeysizmi?». Barok kosh odam katta va serkadok mushtini chuzib turardi. U bir kaft yer YanKok tutardi. «Raxmat».
— Yaponlarga koyilman, - dedi yuzi chuzinchok ozKin odam gazetani buklab. – robotlarninig Yangi avlodini yaratishibdi. Odam kilgan xamma ishlarni bajararkan – xudi robotni uzi yasaganlay mAKrurlanib.

Kora paxtalik kiygan kishi engashib «ana ikkita tuz» deganicha gapga kuyshildi.
— Zur bulibdi-da. «Temir xotin» kinosidagi Kuchkorvoy aytgan ishni xam bajrarmikan Ortikvoy? – dedi shumlik bilan yer YanKok bergan odam.
— U nima ish bajargan edi? – dedim ataylabdan.
— Odamninig xar narsa bulgani yaxshi. Xotiinimni soKindim deb ochik aytavering? – dedi bilimdon Ortik. – Uzi Raxim aka sizga shunday gap bulsa buldi.
— Xotinini soKinishi tabbiy-ku, - dedim yana.
— Qa nima, robot Xotin buladigan bulsa, shu ishlarni xam bajarsin-da – gap suzlarga parvo xam kilmay.- Bizga uxshaganlar sovukda yotadimi pul ishlayman deb kakshab.Mana shunaka safarlarga birga olib chikadik. Kimmat bulsa pul tashlab xam olardik. Nima xotinmidi kizKansak, kunglimiz keng, biri mingga buladi. Yuvib tarab deganday, - kulgidan kotib Raxim.
— Rost agar shunday bulganda biz xam jon deb kushilardik. Urisninig shaxRida xam bir joyga borib yozilay desang. Pulingni xam olishadi. Kamiga kaltaklashadi.Yaponlarninig katta kuKirchoKi boshka gap. Ishni kilib sumkangga solib ketaverasan.

Xonadagilar «gurr» etib kulishadi.
— Zur nom kuydingiz «katta kuKirchok»- deyman kulib.
— Qey odam bulmay ullaring. Sizlarga Ayni desa. Kanaka odamizlar uzi, ne azob bilan birovninig eshigida kul bulib pul topasizlar.Topganingizni xotinlarga sarflaysizlar. Kelib uch kun tuy berasizlar. Bilmagan tanimagan odamlaringizga yedirasizlar.
— Uzi sen Ortik xech odam bulmaganding. Qamma ishning beliga teparding. Kursang.. kaymokday kaymokday, sochlari uzun rus kizlari bilan gaplashamiz. Yeymiz ichamiz ish usha joyga kelganida manovi Ortik allakaysi moKor bosgan kavakdan urmalab chikadi-da «bular spit bulsa-chi, boshkcha kasal bulsa-chi» deydi. Qey egangni…Shu bilan tamom..

Ortik pinagini xam buzmaydi gazeta ukib utiraveradi.Asta kulib kuyadi. Gazetani varaklayotgan vaktida «mani aytganimni kilmang edi. Uyingizga bola-chakangizninig oldiga soK-salomat kaytsin deyman. Kulingizni ushlamadim-ku».

Shu mAxal eshik ochilib toKora kutargan baland buyli,katta yokali Pustin kiygan misoli bir filday xotin burunlaridan buK chikarib paydo buldi.

«Issik gummalar borr..». «Uzingnikini xam kushib bersang bir toKora olardim». «Uchib utiring Raxim aka» degan Ortikninig past ovozi eshitildi.

– Ortik uzing xam yomon ishton biyti bulibsan. YiKishtiringlar mayda galarni bir gumma yeylik uladigan dunyoda. AchchiKi bormi…- deydi gummachi xotinga yuzlanib Raxim.
— Men xam yeyman, - deyman kulib.
— Nechta sizga? – Raxim xali xam kulganicha menga yuzlandi.
— Ikkita yetar,- deyman.
— Ikkita nima buladi. Biz Ortik bilan un dona olamiz. Bu juda lechebniy gumma-da molning upka , tumshuKi va burnidan pishirilgan.
— Qa mol burnini shunday kesib olib gummaga tikishgan - Ortik xam ochilishib. – Keling yakinrok utiring, - deb manzirat kiladi. – Rostdan xam juda kizdiradi yo ozgina ichvorsanmikan Raxim aka.

Barzangiday Raxim purijinaday sakrab tizzalab oladi.
— Voy Ortikboy uzingmisan uka. Kaerdan bunday saxiy bulib kolding. Mikroskoping kani yeguliklarninig sifatini tekshiradigan.Srogini kuradigan. Bormisan uka?.
— Qoy Suluv opa vodkalardan bormi yo tashkaridan olib kelaylikmi? – deydi maktovlardan iyib Ortik.

Kuli kuliga tegmay, oKzi burnidan buK chikarib, gumma sotayotgan Xotin «bor-da» deydi va «tak» etib ikki shishani stolga kuyadi.
— Voy Ortikboyjon uzing aklli yigitsan-da
— Iching zaxringizga endi uyga keldik – Ortik kulidagi gazetasini stolga dasturxon etib yoyib. – Uning nozik barmoklari musikchilarnikiga uxshab ketardi.
— Olinglar yigitlar- Raxim barcha tadbirkor odamlarday stol ostidan kolbasa, dudlangan gusht va tuzlamalarni olib kuydi. U abjirlik bilan kesib taksimchalarga taxlaydi. Men xam uyga deb olgan ozik-ovkatlarimdan chikarib kuyaman. Ichib yuborishadi. Ortikni kuzatib turdim: arokni burisha-tirisha zurKa yutdi. Pamidorni xidlagan kuyi yerga karab utirardi.
— Yevorda Ortik, xidlayverib pamidorni xam suldirib tashlading. Pamidor xam duyoga kelganiga pushaymon bulishdi.

YiKilganlar sharaklab kulib yuborishadi.
— Kani olinglar davra sovimasin, - deydi Ortik piyolani baland kutarib. – Yigit ulmaylik.

Raxim Ortika xayrat bilan tikiladi.
— Ey sen juda malades bola ekansan-ku, - deydi yelkasiga kokib. – Seni jimsi merov juda ishton biyti deb yurar edim.Tupa-tuzuk erkak ekansan-ku.
— Endi aka u yerda mast bulsangiz kup narsadan ayrilasiz. Ishdan xaydashadi. Pulingizni olishadi. Yoki tasaddifan urmonda muzlab kolishingiz mumkin. Endi xudoga shukur uydamiz. Ustyurt bizning vatan-da.Niyatimizni karang bayramda xammamiz uyda bulaylik deb shoshib kelib uchrashib utiribmiz. Qammamizni uyimizda intizorlik bilan kutib utirishibdi. Mana bu juramiz xam uzimizdan ekan.Kancha ishladingiz oKayni?.

«Be..Olib yuboringlar shuni endi. Maktagan vaktda maydalashmada..» deb xovlikardi Raxim.
— Uncha kup ishlolmadim. Uzi borganimga bir yil buldi – dedim minKirlab va bir oz extiyot bulib.
— Pullarinizni «Vestrn yunion» dan junatdingizmi:?. Foyizi katta emasmi?.
— «Vestrn yunion» dan. Qamma shundan yuborganiga foyizini surab xam utirmadim – dedi kulimga arok tulatilgan piyolani olib.

Ertalabdan buyon tuz totmaganim uchun boshim aylana boshlagan edi.
— Juda ezildinglar-da. Kani shuni olib yuboraylik – Raxim yov kuvganday shoshirib.

Ichib dasturxondagi ne’matlarni yeyishga tushishadi. Xona turida shovkin kutariladi. Ichib olgan yigitlar Suluv opa bilan kelgan yoshrok kizga tegishishardi.

«Shu kizingizni olib kochaman jenge».

-Kochirib kuymayman-da, muninig akalari va ularining chopoKon otlari xam bor.

«Be ot kolibdimi shu zamonda». «Iii..bi ovuldan ot bilan kattaymiz-da».. «Kalin beraman jenge.Bering shu kizdi. Kim bilan gaplashayotganinigizni bilasizmi?. Men kimsan Rustamboyman».
— Bilaman baringni ovzingo orok tiysa botir bulasin, boy bulasin – deydi yulovchilarninig bu taxlit kochirimlariga urganib kolgan Suluv beparvogina. – Ertaga kuchada kursang biring tanimoysan.
— Chuldan utadiganlar bormi? – deb bakirdi eshikdan kirgan va kosh kipriglarigacha kirov koplagan yigit.

Tutun va buKlarda arang kurinayotgan mast-alast olomon bosh kutaradi. Xira chirok yana xiralashgan edi.

«Anna xudo beraman desa, avtobus xam tayyor».

– Uchti yopik KAMAZ, odam boshiga olti mingdan besanglar besh soatda chuldan utkazib kuyamiz.

Yana xoadagilar vaKir-vuKur kilishdi.»Kuzovda upkangni shamollatasan». Kimlardir ichib «xoxolab» kulishadi.
— Ketdik. Fakat beshdan kiling. Un ikki kishimiz.Qar kalay pechkasi bor avtobus emassiz.
— Beshdan kutarmaydi. Benzinning uziga ketadi.Qoxlamaganlar pechkasi bor avtobusda ketaversin. Oltidan bulsa olib ketay. Bulmasa tongda poyizda ketaveringlar. Yangi yil utgandan yeyin uyda bulasizlar.

Yana odamlar doyaga turgan ipak kurtiday bosh kutarishdi. Yangi yil kirguncha uyga yetib borish Koyasi – eng oKrik nukta edi. Ortik kulida kolbasa va nonni bilan xaydovchiga tikilib koladi. Turdagi odamlar narsalarini yiKshtira boshlashadi. Raxim avval menga sung Ortika karaydi. Shishaninig ostida kolgan arokni shoshilinch uchga buladi.
— Ketik Ortik. Bu yerda emas mashinada uxlaymiz. Ikki xisob bir uttiz.
— Juda sovuk buladi-da, aka. Xudo saklasin biron kor xol bulsa chulda kul telefon xam ishlamas ekan – dedim men.

Raxim ikkala kulini beliga tirab uylanib turadi.
— Arokninig kuchi ketguncha uyda bulamiz – deydi ujarlik bilan u . – Ketdik bolalarimni juda soKidim. Ertaga xotiimning xam tuKilgan kuni.
— Mening onamning tuKilgan kuni. Buninig ustiga arokninig kuchi ketganidan sung odam battar sovukotadi – deydi uychanlik Ortik. – Lekin aka ishonib bulmaydi-da. Yulda mashina buzilsa yoki adashib kolsa-chi.
— Eee. Tursang-chi ana anovi sheriklarimiz turdi. Bitta uzimiz kolamizmi.Buzilsa shuncha erkak itarib xam boramiz. Mana Yangi sherigimiz Shuxratboy xam bizga kuyishiladi. TuKrimi?.

«TuKri» deyman bosh silkib.

Barcha mast-alaslar bir-birini suyab eshikka yurishadi. «Tuxta etigimni zamogini kutaray». «Kurtkam kolib ketibdi».
— Kim ketsa chikaversin.
— Suluv opa Yana ikkita arok Bering. Yulda Ortik muzlasa ostiga utin kalab gulxan yokaman. Eritib xotiining kuyniga solamasam bulmaydiganga uxshaydi.

Tashkariga chikishimiz bilan muzday chul xavosi yuzimizga sanchiladi. Qali xam katta trassada chiroKini yokan baxaybat yuk mashinalari va avtobuslar vaKillab utadi. Maydon chetiga tizilgan yelim koKozdan yasalgan uychalarda xira chiroklar yonadi. Mayda chuyda sotib utirgan xotinlar shu tarika jon saklayotgan edi. Uychaniig ichida chiroklar va shamlar yaltirab kurinadi. Birinchi chodirga bosh sukdim. Karasam kunduzi daydilarni kuvlagan ayol, kadrdon Olmagul radio eshitib utiribdi. «Oydinlar, oydinlar..bizdan salom bulsin oydinlar».
— KiraKuy, uyga bor desam bormading. Qavo sovub ketdi. Yana Raxmim kelib Pasha bomjni uyga junatdim, - deydi Olmagul yakiniga gapirganday kunglini ochib.- U axmok bulsa Yana kaytib kelibdi.Uyda arok kolmabdi shekilli… – oy tavokday yuzlarininig sovukdan kizargani uziga yarashgan edi.
— Ketadigan buldik, xayrlashay degandim.

Ayol Yana unKaysizlanib rumollarini katta va kupol kulari bilan tuzatgan buladi. Guyo jigari..yakin odami junab ketayotganday achinish bilan karadi.
— Avtobus keldima? - chiroyli va kisik kuzlarii tikib.
— Usti yopik yuk mashinasi bor ekan. Bir yigirma uttiz yigit junamokchimiz.

Tuykus Olmagulninig chiroyli yuzi tundlashdi. Tashkariga boshini chikarib bir karab kuydi. «Uylab suylaysenbe mashin yurganda sovuk un marotaba kuchli buladi. Kotib kolasan yoki Biron joyingni sovuk oladi. Anovi axmok Pavlik xam shu mashinda ketaman deb aytib ekan-da».

Yana boshini yelim koKozli uychasidan chikarib osmonga karab kuydi. Undan sham isi kelardi.
— Endi shuncha odam ketadadi. Shafyor besh olti soatda daryo buyiga chikamiz deydi.

U yana asabiylashib oldidagi narsalarni boshadan taxlay boshladi. Men bergan sovKalar ularninig orasida kurinmasdi.
— Uzing bilasan. Men bulganimda ketmasdim.Uch-turt soat sabr kilsang issik vagonli poezd keladi.

«Sheriklarimdan kolmay» deyman uz-uzimga. Yoki kolsammikan degan uy paydo buladi.

Yuk mashinasining ostiga temir koplangani uchun issikrok bulsin degan ma’noda ovuldan somon ortishibdi.
— Endi samonda aKanab uxlab ketadigan buldik. Tezrok kimirlanglar turroKidan joy olaylik issikrok buladi.

Mashina eshigini ochib bostirmaga yakin kelishi bilan yigitlar «tapir-tupur» chikib olishdi. «Kuy dedim ketmayman. Uzim bilaman» derdi mast yigitlar. »Eski yuldan yuramiz. Shunda turt besh soatda yetamiz». Kulida katta bir narsa kutargan Olmagul paydo buladi.
— Qov kora kosh yigit.. Shuxrat manovdi ol bovrim. Pasha bilan uranib ketasizlar. Galstuklaringni yechib sumada issik kiyim bulsa kiyib ol. Gde ti Pasha?.

«Bizga xam bir boking Suluvxon. Bizninig xam kora koshlarimiz bor. Bizga xam pustinmi kurpami bering».
— Zdes ya zdes – dedi karonKilikdan birov.

– Meni kurpa sexim bormi kizik ekansizlar. Qar kun kuch-kuronimni kutarib ot aravada zurKa kelaman. Dosvidaniya Pavlik. Gde ti bila bud zdorov.
— Raxmat, - Yana «opa yoki yanga» deyishga xijolat bulaman. – Voy-bu..buni Antraktidadagi ok ayiklar kiysa xam tempiraturasi chikib ketadikui. Raxmat. Yulim tushsa tashlab utarman.

«SoK bul» nazarimda xotinnig kuzlarida yoshmi, kirovmi yaltiraydi. Sunggi suzlarni ovozi bir oz kaltirab gapirdi choKimda.

Kudratli mashina vaKillab yulga tushadi. Burnimizga benzin va tutun xidi uradi. Barchamiz mast bulsak xam, «ovmin» deb kulimizni yuzimzga suramiz. Mashina yalanglika chikandan keyin uninig ming xil teshiklaridan kirgan shamol tinmay xushtak chala boshladi.»Xushtakvozlik buladigan buldi-yu» deydi Raxim yutalib.
— Qa sizga xukizday bukib ichmang dedimmi xozirdan yutalayapsiz.
— Yutialaman-da..yigirmata odam bir vaktninig uzida yel chikarayotgani keyin..Uzi xaydovchilar xammaga bittadan protivogaz berishi kerak edi. Ayniksa xozir ichilgan arokdan keyin.

Utirganlar xoxolab kulishadi. Shu mAxal burnimga arok isi va achchik rutubat isi uriladi.
— Karanglar telefonlar xam uxlabdi. Mana monitorida «net svyaz yozilgan».
— Brat zdorovo. Kalaysan?
— Zdorovo – karonKida uninig Pavlik ekanligini anglayman u barcha kozoklarday yakin kurib «senlardi».
— Yaxshi. Pasha nega bu axvolga tushib kolding. Jenge seni yaxshi odamlarninig bolasi bulgan deydi.

KaronKi SAxn sovuk shamollarda guvlayotgan motorga kushilib zulmat aro ilgarilaydi. Bir zumda yulovchilarninig ovozidagi shodonlikdan asar kolmadi. Sovuk badanimizni pichokday kesardi.
— Dolgo istoriya. Nemnoshko nalyte rassaju..- deydi pustin ostiga «xakim bor deganday »oyoKini tikib.

Mashina siltovida yengilgina sakrayotgan yoshgina yigitninig allakachon adoi tamom bulganini anglayman.»Baloni ichsin.. Shuninig sassik xikoyasini boshingizga urasizmi?» deydi Raxim uyku aralash tunKillab. Paypaslab arok shishalarini topaman.Qali ichishga ulgurmaganimiz uchun Raxim piyoladagi avrokni shishaga kaytarib solgan edi. Nixoyat yengilrok shishani chaykab kurib, Pavlininig bir oz kaltirayotgan kuliga tutkazaman.

«Ma xoxlagancha ich». «Eto nasvsem mne». «Na sovsem tebya». Mashina chaykaladi, Kijirlaydi, chul shamoli tinmay xushtak chaladi. Daydi xamroximninig ovozi eshitilmay.. «uvik..uvik» degan yutinishi kuloka chalinadi. U shishani paxolga «dupp» tashlab jimib koladi. «Qey urtok Pavlik Moroz uxlash yuk. Rasskaji pojaluysta..». «Ux sovuk utib ketdi-ku xamma yoKimdan. Xolodilnik xam issikrokdir.Shuxrat juda erinmagan banda ekansiz-da shuninig sassik xikoyasi nimaga kerak sizga». «E, aka sizga uxshab mazza kilib uxlasam edi..Mana soat endi undan oshibdi.Kasofat bateriyasi utirib kolyapti».»Kaerga kelgan ekanmiz»» deydi Raxim. «Saxroga. Kim biladi kaerga klganimizni..». «. Shamol Kuvillaydi, kiynalib ilgariyotgan mashina unkir-chunkirlarda koptokday sakraydi.»Kaysi axmok unga eski yuldan yur degan ekan».Olis-olislarda daydi chul shamollari kashkirlarga uxshab uv tortadi. Dikat bilan kulork solinsa, motor Kuvillashi orasida minglab ot tuyoklarining sasi kelganday buladi. «Pavlikninig:»A chyom..Da..da..»degan kayf va uyku aralash sasi uzuk-yuluk eshitiladi. «Moya mama Roza Xasanova v etix stepyax radilsya. Moskve VGK uchilsya i tam ostalsya..- nazarimda mudrab ketadi. Men daydi bir odamninig oKzidan chikayotgan gaplarga xayratda kolar edim. Olmagulning aytganicha bor ekan: «chindan yaxshi va xatto katta odamlarninig farzandi ekan». «Kaysi asrda tuKilgansiz Shuxrat..» - mashina silkinib-silkinib tuxtab koladi. Qamma nafasini ichiga yutib tashkariga kulok soladi. «O, xudoyim» degan nolalar eshitiladi.Kimdir kabinani «duk-duk» urib kuyadi. Motor Yana ut olib yurib ketadi. «Shafyorlar uxlab kolmadimikan uzi» deydi Ortik uziga gapirganday. «Potom roditeli rozashlis. Ya s materey ostalsya..uxxu.. ona muchilsya s moim vospitaniem. 1995 god v vremya se’yomok yeyo serdtse ostonavilas. Togda 12 bila mne. Potom otpravili syuda k step babushku..I nedavno ona toje umerla..».Pasha oKir xursinib burnini tortib kuyadi.Allanarsalarni shitirlatadi. «Shumkadam. Onasi xakida gapirishini karang.Magazinga borib keldim. U yerda setkam uzildi deganday. Voy kuchada ulgur..» deydi asablari kakshab Raxim. «Moskve mashenniku papal uxxu.. oni kvartira moya prodali..nachala pit spasti ot xoloda svoyo shukuru.I vot brojus kak svobodniy veter..». U yana shishani izlab topadi. «Ey svobodniy veter uchasanmi yukmi. Alkash, dangasa yaramas. Onasi ne azoblarda olgan kvartirasini alkashligi okibatida yukotibdi. Endi ulsang xam Moskvadan kvartira olomaysan».Daydi yana burnini tortib uzicha «ux»lagan buladi. «Raxim aka kuying endi. Qar kimninig xayotda takdir nasibasi bor». «E kuydim. Bu svobodniy veter ichmaganida takdir nasibasi boshkacha bulardi.» Raxim tizzasiga «shapillatib uradi. ».»Pashsha endi kayoka ketyapsan?». «Piteru..tam znakomiy yest».Uninig ovozi motorninig guvillashida uzuk-yuluk eshitiladi. «Znakomiy kto on toje bezdomniy».Pasha Raximdan xaykib bir muddat jim koladi. «Bezdomniy no on rabotaet dvornikom. U nee podvale tyopliy mesta yest». »Takoy mesto zdes polno j..Skolko let tebe?». «Tridtsat dva..Pravilno no zdns domoy gonyaet..tolko videli je..» «A tam iz doma vigonyaet da».Shamol xushtak chaladi, mashina kiynalib ilgarilaydi. «Voy..voy ..shuncha yoshmi bu..Man bir elligidan oshgan deb uylabman. Shuxrat xozir uchmasa pastga otib yuboraman. Burilarga yem buladi».»Kuying birovni uvoliga kolmang».» E bu spirtnoy svobodniy veterdi buri xam yemaydi. Yesa xam otravlenie bulib uladi» chidolmaydi Raxim. «Aka, nima deysiz» deyman asta.. Pavlikninig ovozi chikmay koldi.Mashinaninig ichi sovib yanada kuprok silkitadi. Raxim va Ortik tunKillay-tunKillay jimib kolishdi. Eshishikka yakinrokda yotganlar muzlaganday kotib kolishpadi. Odamlarning uxlab kolganini bilganday chul shamoli kuturib mashinaninig tunukasini dupuratar, Materialdan yasalgan tusiklarni «shaloplatib» urardi.Chul urtasida karonKilik baKrida ulkan mashinamiz Kuvillab ilgarilardi. Barcha erkaklarninig uyida archalar bezatilgan va bayram dasturxonlari yoyilgan. Kuchadan utgan mashinalarninig ovoziga kulok solishadi.»Karang otang..akang kelmabdimi?» deyishadi. Asta urmalab eshik tirkishidan tashkariga karadim. Pavlikninig kuchukboladay Kingshigan ovozi eshitildi. Atrof zim-ziyo olis-olislarda shafakninig okish bir bulagi kuzga tashlanadi. Uzimni jon xolatda orkaga oldim. Birdan eshik ochilib ketib tushib kolsam nima buladi. Yo sovukdan kotib ulaman, yo yovvoyi jonvorlaraga yem bulaman. «Ey xudo dunyoninig barcha avliyolariga iltijo kilaman. Bola-chakamiz xaki eson-omon yetib olaylik. Ming lan'at senga Raxim, nega xam mashinaga chikdi.». Yana urmalab kelib issik pustinning ostiga kirdim. Silkina-silkina chulninigmi, shamolinig «oxx»lariga va motorninig Kuvillashiga uzok kulok solib yotdim. Bundan un yillar oldin bir rus kizi bilan poezdda ketgandim. Uning buylari baland, moviy kuzlari sokin dengiga uxshardi. Yedik ichdik. Kechasi shu ishga ishora kilsam karshilik kursatmadi. Sung u bilan kovushdik.Vagon chaykalib allalardi. Umrimda birinchi marotaba begona ayol bilan kovushishim edi..Nega esladim yoki biron kungilsizlik yuz berarmikan?.

KuloKimga kirgan vaKir-vuKurdan uyKonib ketdim.Pavlik xuddi ulikday dong kotib yotar, yana turt beshta uykusi kattik odamlar birininig oyoKi, boshka birovininig yelasi ochilganicha kotib yotishardi.Kuzlarimni ishkalab pastga tushdim. Mashina tuxtab odamlar uykusirab, junjikib turishardi.Qavo juda sovuk bulgani uchun xammaninig burnidan paravoznikiday tutun chikardi. Chor atrof sarik tusda, olislardan shurxok yerlar kishdan kolgan kor bilan kushilib okarib kurinadi. Nazarimda dunyoninig chetiga chikanday edik. Bu yerda tsvilizatsiyaninig belgilari sifatida kachonlardir asfaltlangan endilikda butkul tuproka botib ketgan yul va boshimizda Kuvillab turgan yuksak chastatali elektr simyoKochari va kayoklargadir uzangan simlar bor edi. YiKilganlarninig avzoyiga kurib yuragim «shuvv» etdi. Biron kor-xol yuz berganini anglagan edim. Telefonimninig bateriyasi utirib kolgan edi.Bir soatlardan sung uydagilar uyKonib issikina sutli choy ichishadi. Bayramga tayyorlangan shirinliklar, kolbasa, dudlangan tovuk gushti va somsalar yeyishadi. Olislardan tong okara boshlagan edi. Miyamdagi «endi nima buladi» degan savol zurlik kilar, boshka narsalar xakida uylolasdim.
— Nimaga mazgini…..san a, nimaga mazgini komposirovat kilasan. Kulingdan kelmasa nega chikasan yulga iflos. Qozir urib basharangni yorib tashlayman, - Raxim boshchiligida ikki uchta yulovchi xaydovchi yigitlarni burchakka tikishardi.

Yigitlar bir chekkada Kujanak bulib utirishardi.Bosh kiyimini kimdir urib tushirgan sochlari shamolda tuzKirdi.
— Yarim tunda uxlab kolmay deb sherigim bilan almashgandim. Uykusirab kayrilib ketibman shekilli..
— Voy onangni..adashib ketibman demaydi.» ..kayrilib ketdim» deydi. Senga yigirma odamninig xayoti uyinchokmi..Nega kecha almashgan joyingga yana kaytib kelibman demaysan. It.

Biz tap-takir saxroninig urtasida turar e

Dik.
— Tuxtang Raxim aka, ataylabdan kilishmadi. Bu yerdan kutulishni uylaylik. Kani akalar nima kilamiz.

Uykusilikdanmi yiKidanmi kuzlari kizarib, ichiga boib ketgan xaydovchininig ovozi tamoman buKilib kolgan edi.
— Un un besh litr benzin koldi. Yuldan birinchi zopravkada kuyaman deb uylagandim.
— U..u..kani kuyganing?.
— Yigitlar, yigitlar endi foydasi yuk.

Qaydovchilar kontalash kuzlarini olis-olisga tikishadi.

-Sherigim bilan piyodalab katta yulni izlab kelsakmikan – deydi takdirga tan berganday.- Yana adashib yursak benzinni xam..

»Shuni oldinrok uylash kerak edi» degan gap suzlar eshitildi orkadan.

«Uxx» atrofdagi kayfi tarkaganlar kolgan-kutgan sigaretaralrini tutatib turishardi. Chekkada utirgan yigit telbalarday uz-uzidan boshini silkitardi. »Bugun mani tuyim..». «Nimaa?». «Mashinami yoki psix bolnisami». /ildirakka suyanib kuzlari uykusizlikdanmi yoki yiKidanmi kizarib ketgan yigitga karashadi. U uzok uf tortdi..«25 dekabrda uyga yetishim kerak edi. Vokzalda pasport, pul va telefonimni olib bir xafta kamab kuyishdi. Chikib un kun deganda yetib keldim. Ustyurtdan utsam buldi deb akalardan iltimos kilib mashinaga chikib olgan edim». «Erkak kishi uyalmaysanmi yiKlagani..yana uylanarmishlar».»Aka, yiKlamadim. Uydagilar xamisha gapining ustidan chikmaydigan odam deb xisoblashardi. Mana endi…»

Raxim bir chekkada boshini ushlab utirardi.Tap-takir sarKish cheksiz saxro odamni vaximaga solardi.Yakin orada kuzga tashlanadigan narsaninig uzi yuk. Chulninig ulkanligiga kiyoslaydigan xech narsa yuk. Uninig uzi shu xolicha – butun yer yuzidan iborat edi. Dunyoda saxrodan uzga nom yuk edi. Bu maxobat oldida inson irodasi deganlari bekor edi. Bu cheksizlik xar kanday narsani uz izmiga solardi. Bu yerninig aloxida konunlari va mezonlari bor edi. Ulchamlarninig nomi - esa saxro edi. Kuz ilKamas uzoklikda na tarakiyot va na xayot izlari kuzga tashlanardi.Olis-olislarga chuzilib ketgan elektr simlari kuchli shamolda «Kuvillab» guyo noma’lum yomonliklardan dapak berayotganday chaykalardi.

Bir paytlar uzimni xamma narsaga kodir odam xisoblardim. Lekin maxobatli tabiat va texnika oldida bir zarra xam emas ekanman.Ochlikdan kornim kuldirab ketardi. Shunda kadim sufiylar ochlikdan kutulish uchun kornini tortib boKlashganlarini esladim. Kamarimni tortibrok boKladim. «Shuvv» etib ichimga shamollar okib kirdi. OyoKim, barmoklarim muzlab kolayozgan edi. Aylana bulib «dup-dup» sakrayotganlar safiga kushildim. Gapirishga xam xolim kolmadi. Negaki bir tuxtamga kelmasak biron fojeaga uchrashimiz tayin edi.
— Unda benzin yetguncha ketaversakmisan? – minKirladi xaydovchi.

Sakrayotganlar birdan tuxtadi.
— Keyin duch kelgan joyda tunKiday kotib ulasanmi?.Telefon ishlamasa..

Shamol kuchayib yana minglagan xushtaklar ishga tushdi. «Qushtakboz shamol».Baxtsiz kuyovninig burnini tortib yiKlayotganini anik eshitib turardik. U xuddi otasidan gap eshitgan usmir yigitchaday xung-xung yiKlardi. Yana aylana bulib sakray boshladik. »Xudojon nima gunoximiz bor edi» deb nola kilardi mashinaninig orksida yana birov.
— Unda yulKun va saksovul kupirok joyda tuxta. Gulxan yokib jon saklab turamiz. Qozir vaktni utkazmasdan yozilib olinglar - dedi Ortik oKir xayolga chumib.

Odamlar sal naroka chikib zaruratini bajarishdi.Falokatda insonning eng nozik tuyKulari uyat va andisha yemrilib ketarkan. Ochlik bizni xayvonlarga yakinlashib kuygan edi.

Yana yurib ketdik. Nazarimda shamol kuchayib motorninig guvillashi xam zaifrok eshitila boshladi. Shamol xar kuchanganda birdaniga yigirmata odamni yuragi tuxtab kolganday buladi. Negaki mashina tuxtashi bilan manzilimizninig xam sunggi bulardi. «Naxotki shu yerlarda bir balolarga uchrasak. Naxotki uligimiz saxrolarda kolib ketsa». Men xali xam axvolimizga uncha ishonkiramay, Karib xolatimizni baxolay olmayotgandim. Agarda sovukda tunKib ulsak, uligimizni yovvoyi xayvonlar Kajirmikan?. Qali bekatda kish kattik kelganidan buri, tulki va yana allakaysi xayvonlarninig kuylarga xujum kilgani xakida eshitgandim. «Biz kupchilikmiz» yana dalda berdim uzimga. Nazarimda bizni kutkaruvchi samolyotmi yoki mashina yetib keladiganday edi. «Eng yomoni bizning adashib kolganimizni na u yokdagilar va na bu yokdagilar biladi. Baxtga karshi bugun xamma idorada-yu tashkilotlar va uylarda 20…yil bayram tayyorgarligi… ».Kasofat shamol Kuvillar, ignaday teshidan tuyaday sovuk kirib ochlikdan kakshagan vudjudimizni Kijimlardi. Oradan bir soatcha vakt utmay mashinamiz silkinib-silkinib uchib koldi. «Ana onangnikiga.. yetib keldinglar». «Uligimiz shu yerda kolib ketmasa buldi».

Yoshi kattarok yullovchilar sakrab tushib ketishdi. Kuzovga somondan kolgan bir dona buKdoy bashoKi ilinib turardi. Shart uzib olib oKzimga soldim. Nonning ta’mini xuzur kilib surib yotdim.Pavel urmalay-urmaylay yerga tushib ketdi. «Eto dorogo Pitera..» degan ovozi eshitildi. Daydiinig alaxsirashiga xech kim kulmadi. «Eto Moskva..Moskva.tush daydi kuzi.Yetib kelding». Barcha atrofga utin tergani tarkab ketishdi. Ular bir karashda inidan yegulik uchun tarkayotgan yaltirok kanotli chumolilarga uxshardi. «Uzoka ketib kolmanglar adashasizlar». «Utinni terguncha terib orkaga kaytinglar».

Shamol kuchaygandan kuchayib sarKimtir kulranglikdan iborat cheksizliklarda kuyun xosil kilib, utgan yilgidan kolgan yantok va kamishlarni uchirib yurardi.. Qamroxlarimninig barchasi kamonday engashib kolgan edi./am va yul azobidan bir burda bulib kolgan xaydovchilar mashinaning yumshok urindiklarini sudrab kelishdi. Kora moy izidan doK-duK bulib kolgan sholchani saksovulining egri tayoKiga ilib pana kilib kuyishdi.Burnimizga yoK va benzin isi urardi. TuKrisi usha xiddan, ya’ni xayotni esga soladigan xid bir oz kungimizni kutarardi. «Ustiga xam biron narsa topsak zur bulardi». Utinga ketganlarning besh-oltitasi kaytib, yarim soatda urina-urina olov yokdik. «Gugurt va utinni tejanglar». Ozik ovkat xakida gap bulishi mumkin emas edi. Qamma och edi.
— Qammamiz kancha edik. 23 nafarmi?. Unda nega 22 miz. Kim yuk bilasizlarmi?.

YiKilganlar bir-biriga karab jim kolishdi.Odamlarni bir-bir sanagan bulishdi.
— Mani sherigim Ernazar yuk. Lekin u oldindan ishlab yurgan odam. Qozir bir kuchok utin bilan kaytib kelsa kerak.

Qaydovchilarninig kattasi Ortika yuzlandi.
— Aka, sherigim bilan katta yulga chikib kelmokchiman.

Barcha sergak tortib xaydovchiga karashdi. Shamol xam kengliklar aroyunalishini ugartirganday buldi.
— Katta yul kaerda uzi?.

U sokoli usgan ozKin yuzini bekitib oldi.Shamol xam tuxtab odam bolasi nelarga kodirligini kurmokchi bulganday jim koldi.
— Xudoyim bir yul kursatar?.

Raxim va yana bir ikki barzangi urnidan sakrab turdi. Ortik «akalar jim» deganday kullarini kuksiga kuydi.
— Xudoyingni kanday yul kursatganini bir marta kurdik. Mana utiribmiz saxroda ulimimizni kutib.

Qaydovchi uykusizlik va Kamdan kizargan kuzlarini Raximga iltijoli tikdi. Nazarimda mijjalarida yosh yaltiradi.
— Endi mening xam sizlardan farkim kolmadi.Oddiy yulovchiga aylandim. Bunday utiraversak..- gapini davom ettirolmasdan kattik yutindi. - Xudo biladi kaerdaligimizni karonKi tushmasdan bir ilojini topsak degandim.

Barzangilar kul siltab mashinaninig orkasiga utib ketishdi.
— Ketavermaydimi, baribir xech baloni eplolmaydi. Ketgan kaytib keladimi uzi? – u Ernazarga ishora kilayotgan edi.
— Uchib utiring Raxim aka. U yokda ketaylik deb miyamni yedingiz. Endi xaydovchining asabida uynaysiz. Kanday odamsiz uzi?..Nima istaysiz? – dedi Ortik jaxldan buKrikib.

«Mama..mama..». Barchamiz yalt etib mashina tarafga karadik. Pasha sap-sarik kurtkada bukchayib bir burda bulib utirar, shamol yokalari va etaklarini uchirardi. Kuzovdan tushib xali bir kadam xam yurmagan bizninig «Pavlik bomoj» yiKlab utirardi.»Mama..mama..prosti menya..». Daydi yuvilmagan iskirt sochli boshini va yerni mushtlardi. Yelkalari titrab – titrab yiKlardi. Nazarimda juda ichkisi kelayotganidan jazavaga tushib, «arok» deyishni urniga, bizdan kurkanidan «mama» derdi. Uninig yonida na xaltasi va na tanish shishalar kurinardi. Ichkilikdan abgor bulgan yuzini va xiralashgan kularini tap-takir sarKish saxroga tikkanicha yiKlardi.Saxro xam ming yillik yolKizligi va Kamlari bilan bakrayib turardi. Ayni shu choKda unga inson va uninig Kami begona edi. U fakat aravasida uzining kushiklarini aytganlarnigina boshini silardi. Odam baribir begona edi.«Qa Pashajon endi enang yodingga tushdimi. ». Kulgan buldik. Qaydovchi sherigi bilan tupdan ajralib noma’lum manzil sari yulga tushdi. Ernazar xali xam kaytmadi. Bir uzi yulni izlab ketganmikan?. YiKilganlar kuzlari bilan kuzatib tursada, uzlarini kurmayotganday tutardilar. Ularninig safdan ajab ketayotgani kungllarni Kussaga tulirar va nazarida ular kutulib ketadigan va biz saxroda xalok buladiganday edik.
— Anovini karanglar. U nima ekan? – Raxim kunchikar tomonda arang kuzga tashlanayotgan narsaga tikildi.
— Miraj. Chulda, kumda shunaka narsalar uchraydi – dedi ilgari xam bu yerdan utgan odam.»Sarob degin». Mashina ortida Pashaninig ichikib yiKlagani xali xam eshitilib turardi. «Proklyatoe mesto. Nenaviju tebya, ne naviju..Eto step, veter proklyatie, bezsmislennoe nebo. Nenaviju tebya jizn. Mama umeret xochu..est xochu».

Barcha ochlikdan tirishib ulayozgan edi.Kimdir telefonini gulxanga tashlab ketibdi.Shu bilan xalos bulish xakidagi umid tuyKusidan kutulgan kurinadi. Utin xam tugadi. Utin bulgan takdirda xam uni yokishga biron kimsada istak yuk edi. KaronKilik kora lashkarday bosib kelayotgani bois barchaning ruxi tushib ketdi.Qaydovchilaring kaytib kelmagani odamlarninig xalos bulish xakidagi ishonchini sundirgan edi. Endi yokishga utin yuk, yerda kolish xam kurkinchli edi. Shuninig uchun barchamiz urmalab-urmalab asta sekin mashinaga chikdik. Samonlar muzlab oyok ostida ezilardi. Kuzovninig ichi muzxonaga aylangan edi. «Ernazar kaytmadi-ya». Shu suzdan sung mashina ichi yana xam sovub ketdi. «U adashib kolgan bulsa..Yo sovukotib uladi, yo xayvonlarga yem buladi».»Shafyorlar nima buladi». «Yulga chikan bulsa kelar. Adashgan bulsa..bilmadim». Chulninig telba shamoli butkul xukmron bulib olganday kuchayib «chiyillab xushtak» chalardi. Agar somon bulmaganda allakachon savuk kotib ulishimiz tayin edi. Nazarimda barchaninig koni kotib muzlab kolayotgan edi. Tashkaridan elas-elas yiKiga uxshagan sas chor atrofga trakalar edi.
— Birov yiKladimi? – dedim karoKilika karab.
— Ernazar kaytib keldimikan?.

Yana jim koldik shamol allakaydan odam yiKisini olib kelardi.
— Burininig urKochisi xam oy chikanda shunday uliydi – dedi kimdir.

Yana jim koldik. «..ama..aa» dega uzuk-yuluk sas eshitildi.
— E, bu bomojimizninig ovozi-ku – dedim.
— U kasofat kachon chika kolibdi?.

Eshik dukilladi. Bir muddatga tilimiz kalimaga kelmay koldi. «Otkroyte..».Yana jim koldik. Balki chul arvoxlaridir, Pasha tilida gapirayotgan. Muzlab kolgan eshikni zurKa kiynalib ochdik. Eshikdan olam-jaxon sovuk kirdi.Oy chikan, lekin xavo bulut edi. «yop..tezrok yop» deyishdi ichkaridagilar.
— Svoloch Raxim vibrasil mnya na ulitse..

U karshimda arvoxday kaltirab turardi.

--Sen kaerda eding? - dedim xayron bulib.

Ichkaridagilarninig norozi ovozi eshitildi.
— Kaysi gurdan keldi jondorga yem bulgur.
— Ya dumal v kabine teplo budet. «Nechego ne delal, tolko: Almagul dura skazala..potomu chto ona vodka ne dala ..» Ya golodna kak soboka – dedi xirillab.
— Qamma och ?..Bu bomoj sovukdan kanday saklanishni biladi.
— jimm..eshityapsizlarmi..- dedi birov astagina.

«Ey xudoyim oyoKim muzlab koldi. OyoKimdan ayrilib kolmasam gurga edi.»
— Odamning sasimi nazarimda kichkirik kuloKimga kirdi?

«Yord..amm» derdi zulmat kuynidagi ming yillik saxro , bor jur'atini yiKib. Olis – olislarda saxromi osmonmi «ox» chekardi.
— kurkinchdan vas-vas bulib ulmasak yaxshi edi.Bu temir kafasda..
— e, kar bulganmisizlar ana kulok solingar, Buri ulayapti-ku..

Birdaniga xamma jim bulib koldi.Zim-ziyo saxroninig urtasida bir mashina odam tuzoka tushgan sichkonday kamalib kurkinchdan kaltirardi. «Burilar kolgan ekan-a..».
— Bular odam isini oldi. Yoki..- uninig nima deyishini bilib turardik.

U gapininig davomida «burilar xaydovchilarni yoki Xudoynazarni yeb endi bu yoka kelmokda» demokchi edi.

Shu maxal kabina eshigi «sharaklab» ochilib ketganday buldi.

Kurkinch bilan saxroda kolib ketgan uch nafar sherigimizinig takdiri xakida uyladik. Kuz oldimga burilarninig konga botgan tumshuKi va junlari keldi. Inson konini ichgan jondorlarninig xukm va tantanaga tula vaxshiy ovozi chulu-saxrolar uzra muallak osilib turadi. «Uuu..uvv…uyimni buzgan senmi koch yulimdan ey ikki oyokli jonzot».Mutasil esadigan shamol,poyonsiz kengliklar ovoz maxobatini yanada oshiradi. «Aaa» degan sas eshitildi. Kuzovga temir daranglab urilib- urilib ketardi.
— Raxim-ku bu yuringlar. Bir narsa buldi – aftidan Ortikdan boshka xech kim kuzKolmadi. Odamlar kurkinchdan bujmayib kolishgan edi. Eshikni ochishimiz bilan sutday yoruKlikdan kuzimiz kamashdi.Oy bulutlar orasiga gox berkinib, gox chikardi. Yerga sakrashimiz bilan ikki uchta kora sharpa «shuv-shuv» yonimizdan utib ketdi. Oy momoninig raxmi kelganday bor nurini mashina ustiga tukardi. Yakinginada jondorninig xirillagani, Kingshigani eshitilib va «gusur-gusur» yugurib yurgan odam sharpasi kuzga chalindi.
— Raxim aka – deb xitob kildi Ortik.

«Temir.. kabina..olib ke» xalloslardi Raxim.»Mana onalaringni sani.. bir».

Temirninig yumshok narsaga tekkan buKik ovozi eshitilardi. Biz uzun uzun kutargichlar bilan mashinani daranglatib urardik. Sung Ortik karonKilik kariga yugurib ketdi.TuKrisi uninig ortidan borishga kurkdim.Shu maxal mashinaninig signali xam chalinib ketdi. Chuchib tushdim. Kimdir burilarni chuchitish maksadida jon-jaxdi bilan signal chalardi. «Bob..boboppp». Tovush butun borlik aro aks-sado berardi. Biz uz xolicha atrofga «SOS» chakiruvini tarkatardik. Lekin chakirikimizni xamma vaktdagiday xech kim eshitmas edi. Qayolimda buri kelib yopishadigan bulsa olishishga madorim yuk derdim. OchiKi kurkayotganimni tan olishim lozim edi. Sovukdanmi, kurkinchdanmi butun vujudim titrardi. Yonimdan «shuvillab» kora sharpalar uchib utdi.OxirroKida sekinrok chopayotgani itdan tikrok bir balo edi. Ularninig chuKday yonib kuzlaridan kurkinchli bir jondor ekanini angladim. Men burini shaxarda xayvonot boKida kurgan edim xalos. Raxim bilan Ortik xalloslab alanarsani sudrab kelishdi.
— Uldirdingizmi..buri ekanmi? – dedim xayratlanib Raximga.

Ikkalasi xam negadir jim edi. U narsani yerga kuyishgan edi: «shilk» etib tushdi.. Engashib karasam kop-kora bulib kurinayotgan narsa odam ekan. Beixtiyor bir-ikki kadam orkaga tisarildim. Shu paytgacha ulgan odamni bu kadar yakindan kurmagan edim.
— Bechora..shu yergacha kelgan ekan. Mashining tomi nikeldan emasmi, oy nurini kaytargan va olisdan xam yaltirab kuringan. Voy bechora yetib kelganda talashibdi…Nazarimda u kup yordamga chakirgan. Men borganda xam xali tirik edi.Nazarimda shu yergacha nimadadir kelgan. Otdami..aravada kelgan bulsa, ot burilardan xurkib ketdimi?. Buri razil xayvon uljasini tamoKidan osiladi – dedi Raxim buKik ovozda.

Yana jim oldik. Olisdan yana burilarning sasi eshitildi.
— kim ekan bu? – dedim
— Kimligini nima farki bor. Biznini birodarimiz. Bular kon isini oldi endi tong otguncha ketmaydi. Ulikni nima kilamiz. Bechoraya xali badani sovimabdi xam.
— Raxim aka..tuxtang bu ayol-ku..
— Ayol?. Esingni yedingmi ayol nima kiladi bu yerda?. Iya, rostdan ayol ekan. Yopiray?.

Qammamiz xayratlanib ulikni urab oldik va engashib taniydiganday karay boshladik.
— Raxim aka, - Raximniing mardligi uchun xurmat kilib unga murojat kildim. – Bu kechagi vokzaldagi ayol emasmi..Olmagul Pasha ikkalamizga pustin berib yuborgan.
— Ushami..- dedi engashib Raxim. – Voy bechora kechasi chulda kanday adashib koldi ekan.Yoki ovuli uzokmikan?.Kani Pashani chakiraylik bulmasa..

«Yo xudoyim ovuldan aravada kelaman» degandiya.

Daydi Pavel xuddi shuni kutib turganday zulmat kuynida paydo buldi. U jondorlarday tunda jonlanib ketgan edi.
— Ya vam zdorovo pomagla da.. Otzvuka ubejali tvari..- derdi kuvonib Pasha poyintar soyintar xolda.
— Pasha znaesh eta jenshina.. ti u nix bila?.

Pasha kop-kora xaykalday kotib turadi.

-- Otkuda edes jenshina. Razve kuzove jenshina bila?.
— E, gapni kupaytirma..bu kechagi vokzaldagi xotinmi? - Ortik yerda sochlari yoyilib yotgan xotinni kursatib.

Pasha sarxushlik umrida birinchi marta xushyor tortib:
— Da..da..a chto s ney?.
— Bu yoKi senga kerak emas, kasofat - kukragidan itraib Raxim.
— Oy radi xrista yego volki grezili.. o boje..

«Senam xudoni bilarkansan. Borgan joying palakat».

Bir zum chul xam odamlar xam sukutga chumdi.

Yukriga chikaramizmi? – dedi Ortik.

Ichkaridagilar bosh chikardi. «Tinchlikmi?». «Tinchlik».

Yana jim kolishdi. Burilarninig ovozi kuchayardi.
— Eshitayapsan-ku. Bular och bulsa daraxtga xam chikadi. – dedi yana Raxim Kussali ovozda.
— Unda ichkariga olaylik.
— E kuy shu xezalaklarni – «xezalaklarninig » ichida men xam bor edim. – ulik bilan bir joyda yotadimi shular.Yana chuldan topdik desak. Yuragi urishdan tuxtab kolar. Yaxshisi kabinaga olakolaman.

Biz Ortik bilan ulikni kabinaga kuyib yana mashinaga chikdik.»Baribir Pashaninig yuragi bor ekan. Signal chalishga akli yetganini kara. Rusda rus..» Raxim ulik bilan yolKiz koldi.»Uxlamanglar, gaplashib yotinglar muzlab kolasizlar».

Guyo kirishimiz bilan kuzov ichi sovub shamol yana xam kuchayib ketdi. Pustinga uralib somonga bikinib oldim. Asta sekin butun vujudimdan sovuk uta boshladi. QAli xam bu yerda yigirma odam nafas olayotganimiz uchun tashkaridan bir oz farki borday edi. «Bechora ayol kanday kilib chulga chikib kolibdi. Nega bu yerda paydo bulib oldi». Miyamda ming xil fikrlar aylanar, ich-ichimdan ayolninig falokatini uzimga boKlikligini xis kilardim.»Muzlamadinglarmi?. Pasha tirikmisan»?. Ovozim sovuk temirlarga urilib chil-parchin buldi. Yana shamol Kuvillab saxro urtasidagi inson yaratgan uyinchok ustida kaxr bilan raksga tushardi. Mashinani rostmona aKdarib yuboradiganday chaykardi. Issik xonam..shirin ovkatlar va kip-kizil bulib totli buy tarkatadigan nonlar bir-bir kuz oldimdan uta boshladi. «Bunday ulishni xoxlamayman..xoxlamayman». Kuzlarim sovukdanmi, uykudanmi toshday oKirlashib mudrab ketaman.

Yonginamda allanarsa daxshat bilan ulidi. Kurkinchdan kuzlarim ochilib ketdi. Mashina tomida bir narsa jundor panjalari bilan «shit-shit» yurardi. Uninig utkir tirnoklari temirga «chirt-chirt» urilardi.»U..uvv..uvv». «Kelinglar bu yerda Kalati ulja bor deb chorlar edi tuda boshi..». Chor- atrofda sukunat xukmron. Mashinadagilarning barchasi muzlab yolKiz uzim bu zulmat dunyosida kolib ketganday buldim. «Xudojonim uzing sakla..aziz avliyolar yordamga kelinglar..».. Men tinmay xudoga nola kilar va shuninig barobarida muzga aylanayotgan kuz yoshlarim..ya’ni muz parchalari yutardim. Birdan xayolimga Raxim keldi. «Ey xudo jinnilik kilib temir-semirni kutarib chikib ketmasa edi». Chunki mashina atrfida aftidan besh-oltita buri aylanardi. Ular xansirab kiska-kiska nafas olishar va ora-sira bir-biri bilan tishlashib kolishishardi. «Shitir..shitir». Aftidan jondor kovlab tushmok bulib temirni tirnalardi.Ana siyib xam yubordi. Balki buri temir tirnok bulganda xam kopotni tesholmasdi. Lekin usha paytda shunday ojiz va natovon ximoyasiz bir odam edim-ki, nazarimda buri xali zamon tomni teshib tushadiganday edi. Tom gusursur buldi. Afidan jondorlar bir-birini tishlar edi. Olis-olisda poezdninigmi alla kanday motorninig ovozi eshitlganday buldi. Kecha yulga chikan poezd Ustyurtga manzilga yakinlashib kolgan edi. Kaerdadir miltik otildi. Kuzov tepasidagi jondorlar bir zum tek kolib sung sharpasiz pastga «dup-dup» sakrashdi. Mening kavoklarim oKirlashib kularim yumila boshlagan edi. Chunki ikki sutka davomida uxlamayotganim uchun uyku ulkan kuchkilarday yanKliK bosib kelardi. Kuzim yumilib, nafasim ichimga tushib keta boshladi. Qaroratim kutarildimi, alaxsiray boshladim. «Qayr orzularim..xayr issik uyim. Qayr Olmagul.Seniig ulimingda aybim yuk. Lekin keyin angladim. Notanish odamga pustin xadya etgan odam. Uni zulmatlararo izlashga xam kodir ekan. Qayr Olmagul balki kurishib kolarmiz..Seninig ulimingda aybim yuk..». Sung xech narsani eshitmay koldim. Balki bu yoruK olamdagi eng sunggi fikrlarim, mexrga tashna kalbimning sunggi talvasalari edi.

2006