OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSardor Hasanov
Asar nomiKimga toʻy, kimga aza
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Sardor Hasanov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Maqolalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
"Hurriyat" gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Kimga toʻy, kimga aza
Sardor Hasanov

Ming yillardan beri yelkama-elka turib, qarindoshlik rishtalari bilan chambarchas bogʻlanib ketgan Markaziy Osiyoning birodar xalqlari azaldan suvni obi hayot deb e’zozlaydi.

Suv hamda faqat bir yoqadan bosh chiqarib yechish mumkin boʻlgan unga bogʻliq muammolar mintaqa xalqlarini bejizga yaqinlashtirmagandir? Balki shu bois ham Markaziy Osiyo xalqlarining boshqalarnikiga oʻxshamaydigan mentaliteti vujudga kelgandir. Ikki azim daryo — Amudaryo va Sirdaryo mintaqa xalqlarini oʻzaro yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi vosita boʻlib xizmat qilgan va daryolar suvidan mintaqa xalqlari bahamjihat foydalanib kelganlar.

Suvdan foydalanuvchilarning talabini qondirish maqsadida bu yerda koʻplab gidrotexnik inshootlar va tizimlar (suv omborlari, toʻgʻonlar, suv tarqatgich, kanal, nasos stantsiyalari va b.) barpo etilgan. Birinchi navbatda mazkur inshoot va tizimlar qishloq xoʻjaligi ehtiyojini qondirishga, asosan sugʻorishga moʻljallangan edi. Albatta, bular mintaqaning oʻziga xos xususiyatlari – unumdor yerlarning mavjudligi, issiqlikning yetarli ta’minlangani va, muhimi, zamindorlikning uzoq yillik tajribalarini e’tiborga olib amalga oshirilgan.

Shu bilan birga mazkur inshootlarning elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlaridan ham samarali foydalanilgan, biroq gidrotizimlar, birinchi galda sugʻorish hamda yerlarni suv bilan ta’minlashga qaratilgan. Ushbu mutanosiblik saqlangani tufayli mintaqani suv bilan ta’minlashga erishildi. Bugunga kelib 45 milliondan oshiqroq aholi istiqomat qilayotgan qoʻriq yerlar oʻzlashtirildi. Ularning hayot kechirishi uchun toʻliq infratuzilma tizimi yaratildi.

Mintaqa davlatlarining mustaqillikka erishishi barobarida turli hududlarda qolib ketgan suv omborlaridan foydalanishdagi hal etilmagan muammolar va oʻzaro kelishmovchiliklar sababli, nainki qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarga, balki ichimlik suvi ta’minotiga ham salbiy ta’sir koʻrsatdi.

Yuzaga kelgan vaziyatni biroz yumshatish maqsadida turli darajada davomli muzokaralar olib borildi, katta tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Natijada bir bitimga kelinib, 1992 yilning 18 fevralida Almatida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmaniston Respublikalari oʻrtasida «Davlatlararo suv manbalaridan hamkorlikda foydalanish va boshqarish, ularni asrash» boʻyicha kelishuv imzolandi. Davlatlararo suv manbalaridan oʻzaro kelishuv asosida foydalanishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etildi. «Amudaryo» hamda «Sirdaryo» suv havzalari suv ajratish ijroiya idoralari tuzildi.

Shu bois oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalarida mintaqa davlatlaridagi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning bir-biridan farq qilishiga qaramay, iqtisodiyotning turli sohalarini suv bilan ta’minlashda ma’lum barqarorlikka erishildi.

Shuning uchun ham suvdan foydalanish rejimining zigʻirdekkina oʻzgartirilishi, shundoq ham omonat barqarorlikka putur yetkazib qoʻyishi mumkin. Bunday holatning oqibatlari ogʻir va hatto ijtimoiy beqarorlikka ham olib kelishi hech gap emas.

Yuqoridagilarga koʻra ke­yingi paytlarda ayrim ommaviy axborot vositalarida ahamiyati «koʻpirtirilib» baholanayotgan Norin va Vaxsh daryolarida qoʻshimcha gidroelektrostantsiyalar barpo etish rejasi xavotir uygʻotishi tabiiy.

Balki asl maqsad mintaqada istiqomat qilayotgan aholi nazdida goʻzal turmush kechirish hissini uygʻotib, daryolarda yangi gidroinshootlar qurib olishdir?

Biroq mintaqada istiqomat qilib kelayotgan 45 milliondan ortiq aholining turmush tarzi bevosita mazkur daryolar suviga bogʻliq va

daryolar oʻzaniga kiritiladigan har qanday oʻzgartirish kutilmagan oqibatlarga sabab boʻladi.

Shu bois yirik korchalonlardan iborat guruhlarning manfaatlarini qoʻllab-quvvatlovchi turli uyushmalar tashkil etish orqali Norin va Vaxsh daryolarida yana bir necha GES qurish hamda arzon elektr quvvati ishlab chiqarish evaziga katta foyda olish harakatlarini toʻxtatish zarur. Buning oqibati aniq: Norin, Rogʻun, Sangtoʻda va Vaxsh daryolarida Qambarota-1 va Qambarota-2 GESlarining barpo etilishi mintaqadagi, avvalo, sugʻoriladigan yerlarning suv ta’minotiga katta zarar yetkazadi. Qurilajak GESlarning elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati oʻzgartirilmay qolingan taqdirda ham yoz oylarida elektr quvvatining haddan oshib ketishiga olib keladi. Buning ustiga sugʻoriladigan yerlarga suv yetkazib berish tizimiga putur yetadi. Albatta, GES qoʻshimcha suv taqsimlagichlarning barpo etilishi yoz mavsumida sugʻorish suvlari tanqisligini keltirib chiqaradi va ulkan yer maydonlarida qurgʻoqchilikka sabab boʻladi.

Mintaqa aholisining 65 foizi qishloqlarda istiqomat qilishi va ularning yagona hayot manbai sugʻoriladigan yerlarda olib boradigan qishloq xoʻjaligi ekanini e’tiborga oladigan boʻlsak, suv tanqisligining kelajakda naqadar beqarorliklarga sabab boʻlishini bashorat qilish uchun oʻta bilimdon tahlilchi boʻlish shart emas.

Sun’iy hosil qilinayotgan qurgʻoqchilik oqibatlari mintaqa chegalaridan oshib ketishiga shubha yoʻq. Ishsiz va hayot kechirish uchun ilojsiz qolgan kishilar ommaviy ravishda qoʻshni davlatlar hududlariga oqib oʻtishi mumkin.

Mintaqadan tashqariga ham salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ijtimoiy beqarorlikning oldini olish maqsadida davlatlararo oqib oʻtuvchi daryolar uzra qurilajak har qanday inshoot yoki mavjudlarining ta’mirlanishi suvdan foydalanuvchi davlatlar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi kerak.

Mutaxassislar davlatlararo umumiy suv manbalaridan kelishib va samarali foydalanish yoʻlga qoʻyilsa, ularning koʻp yillar davomida iqtisodiyotning barcha sohalariga yetishini isbot qilishgan. Shu bois alohida korchalonlarning manfaatlari uchun suv manbalaridan hamkorlikda foydalanish va bosh­qarish tizimini buzish beqiyos xatardir.