OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifSarvar Xurramov
Asar nomiDoimiy roʻyxatdamisiz?
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Sarvar Xurramov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Maqolalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/03
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
"Hurriyat" gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Doimiy roʻyxatdamisiz?
Sarvar Xurramov

Favqulodda vaziyatda yordamga chaqirilgan 050 xizmati nega kelmadi?

Shahar aholisi 050 xizmati, ya’ni favqulodda yordam koʻrsatish boʻlimi haqida toʻliq ma’lumotga ega. Boʻlim xodimlari koʻp qavatli bino liftida biror kishining qolib ketishi, xonadonlarga yosh bolalarning qamalib qolishi va boshqa favqulodda vaziyatlarda insonlar hayotini saqlab qolishga mas’uldirlar. Ochigʻi, koʻp-da ishim tushmagani bois 050 xizmati haqida yaxshi bilmas ekanman. Yaqinda kutilmagan bir hodisa sabab boʻlib, favqulodda vaziyatlarda eng avval yordam qoʻlini choʻzishi zarur boʻlgan xizmat toʻgʻrisida koʻp narsa bilib oldim...

Talaba boʻlsam-da, qulay boʻlgani uchun ijarada yashayman. Uydagilarim tez-tez kelib turishadi. Oxirgi marta kelishganida yosh jiyanimni ham tashlab ketishdi. Oʻqishim tugagan. Amaliyot oʻtayapman. Har doimgidek, ertalab uydan chiqib ketdim. Berilgan topshiriqlarni bajarib kunni kech qildim. Uyga kelib eshik qoʻngʻirogʻini bosaman-u, qani endi jiyanim ochsa. Kalitni tiqib koʻrsam, ichkaridan qulf­langan. Shu paytda xayolimdan nimalar oʻtmadi, deysiz. Gaz plitasini trubadan oʻchirmasa boʻlmasligini ogohlantirish yodimdan koʻtarilibdi. Uxlab qolgandir deya yana oʻzimga oʻzim dalda beraman. Ammo har qanday uyqusi qattiq odam bu baqir-chaqirlarimdan, temir eshikning zarbidan tinimsiz jiringlayotgan eshik qoʻngʻirogʻidan uygʻongan boʻlardi. Temir eshik zarbidan yugurib chiqqan qoʻshnilarim vaziyatni bilgach, 050 ga qoʻngʻiroq qilishimni maslahat berishdi. 050 boʻlimi xodimlari tezda yetib kelib yordam berishga va’da berishdi. Ikki soat mobaynida qoʻshnilaru men «baraka topishsin» deb duo qilish bilan mashgʻul boʻldik. Kelaverishmagach, qayta qoʻngʻiroq qildim. Goʻshakni koʻtargan xodim 050 xizmatidan foydalanish uchun doimiy roʻyxatda boʻlishim va uy oʻzimning nomimda boʻlishi kerakligini uqtirdi. Ichkarida gaz yoqigʻliq qolgani va yosh bola borligini yana bir bor tushuntirdim. Shunga qaramay, 050 xizmati xodimi uzr soʻrab goʻshakni qoʻyib qoʻydi.

Faraz qiling, bemor jon talvasasida yotsa-yu, shifokor doimiy roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, ukol qilaman deb tursa. Uy yonib tamom boʻlish arafasida, ichidagi oila otash azobida qolsa-yu, oʻt oʻchiruvchi esa uy egalari doimiy roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, olovni oʻchiramiz desa. Biror xonadonda qotillik yuz bersa-yu, militsiya xodimlari jabrlanuvchidan doimiy roʻyxatdan oʻtganligini soʻrasa. Bu mantiqqa ham, Asosiy qonunimizga ham toʻgʻri kelmaydi. Konstitutsiyamizning biror joyida inson hayotini saqlab qolishda uning millati, ijtimoiy kelib chiqishi va doimiy roʻyxatda turganligi e’tiborga olinsin, degan modda uchramaydi. Bilmadim, balki Chilonzor tuman 050 xizmati boshqa bir nizom asosida faoliyat yuritar...

Jiyanimni qutqarish uchun uzun narvon yasab, uchinchi qavatga chiqdim. Haqiqatan ham, gaz chiqib turganligi uchun qattiq uxlab qolgan ekan...